Authors

  • Marhabo Mo'minova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31600

Keywords:

global education integration PIRLS international assessment program international assessment programs competence test tasks quality of education.

Abstract

In the age of developing technology, educating our students from a young age in accordance with the modern requirements of education and science has an impact on the development and growth of the country. In particular, economically and socially developed countries pay enough attention to the education of students and young people, and try to create opportunities for the next generation to mature, and the implementation of state education standards and requirements set by the state is continuous. It is important to analyze it. This article discusses the issues of organizing integrated education based on international assessment programs.

background image


515

XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ASOSIDA INTEGRATSIYALASHTIRILGAN

TA’LIMNI TASHKIL ETISH MASALALARI

Mo'minova Marhabo

Guliston davlat pedagogika instituti stajor-o'qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11096282

Annotatsiya.

Rivojlanayotgan texnika asrida o‘quvchilarimizni yoshligidan ta’lim va

fanning hozirgi zamon talablariga mos ravishda tarbiyalash mamlakatning rivojlanishi va

o‘sishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ayniqsa, iqtisodiy- ijtimoiy rivojlangan mamlakatlar o‘quvchi-

yoshlarning ta’lim olishiga yetarli darajada e’tibor qaratib, kelajak avlodni yetuk bo‘lishi uchun

imkoniyatlar yaratib berishga harakat qilinadi hamda Davlat ta’lim standartlari va Davlat

tomonidan qo‘yilgan talablarning bajarilishi doimiy ravishda tahlil qilib borilishining ahamiyati

katta hisoblanadi.

Ushbu maqolada xalqaro baholash dasturlari asosida integratsiyalashgan ta`limni tashkil

etish masalalari muhokama etiladi.

Kalit so‘zlar:

jahon ta’limi, integratsiya, PIRLS xalqaro baholash dasturi, xalqaro

baholash dasturlari, kompetensiya, sinov topshiriqlar, ta’lim sifati.

ISSUES OF ORGANIZING INTEGRATED EDUCATION ON THE BASIS OF

INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAMS

Abstract.

In the age of developing technology, educating our students from a young age in

accordance with the modern requirements of education and science has an impact on the

development and growth of the country. In particular, economically and socially developed

countries pay enough attention to the education of students and young people, and try to create

opportunities for the next generation to mature, and the implementation of state education

standards and requirements set by the state is continuous. It is important to analyze it. This article

discusses the issues of organizing integrated education based on international assessment

programs.

Keywords:

global education, integration, PIRLS international assessment program,

international assessment programs, competence, test tasks, quality of education.

ВОПРОСЫ ОРГАНИЗАЦИИ ИНТЕГРИРОВАННОГО ОБРАЗОВАНИЯ НА

ОСНОВЕ ПРОГРАММ МЕЖДУНАРОДНОЙ ОЦЕНКИ

Аннотация.

В век развития технологий воспитание наших школьников с юных лет

в соответствии с современными требованиями образования и науки оказывает влияние на

развитие и рост страны. В частности, экономически и социально развитые страны


background image


516

уделяют достаточно внимания образованию студентов и молодежи, стараются создать

возможности для взросления подрастающего поколения, а реализация государственных

образовательных стандартов и требований, установленных государством, идет

непрерывно. важно его проанализировать. В данной статье рассматриваются вопросы

организации интегрированного образования на основе международных программ

оценивания.

Ключевые слова:

глобальное образование, интеграция, международная программа

оценивания PIRLS, международные программы оценивания, компетентность, тестовые

задания, качество образования.

KIRISH

Hozirgi rivojlanayotgan zamonda davlatlar ta’lim sohasidagi o‘zgarish va o‘sishlarni tahlil

qilish va solishtirish hamda ta’limda integratsiyalashuvni amalga oshirish davlatlararo ta’limdagi

islohotlarni yaratishga imkoniyatlarni kengaytiradi.

Ushbu dolzarblikni inobatga olgan holda O‘zbekiston ta’limining jahon ta’limi bilan

integratsiyalashuvida xalqaro baholash dasturlarini qo‘llashning ahamiyati o‘ziga xos bo‘lib,

bunda asosiy e’tibor Milliy dasturdan kelib chiqqan holda jahon standartlari darajasiga tenglashish

muammosiga urg‘u berilganligidir.

O‘zbekiston ta’limi sifatini oshirish va jahon ta’limi bilan integratsiyalashgan holda

Xalqaro baholash dasturlarini o‘quv jarayonida qo‘llash davlat siyosati darajasidagi muhim

muammo hisoblanadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Integratsiya (lot. integratio — tiklash, to‘ldirish, integer — butun) fanlarning yaqinlashishi

va o‘zaro aloqa jarayoni, ikki va undan ortiq davlatlarning yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli

muammolarni sifatli va natijadorligini ta’minlagan holda hal qilishda o‘zaro muvofiqlashtirish va

birlashtirish degan ma’noni bildiradi.

Xalqaro

baholash

tizimiga

o‘tishning

ayni

vaqtdadolzarbligi

vaharsohada

rivojlanayotganO‘zbekistonRespublikasidaxalqta’limitiziminingo‘sishiga ta’sirini kuchaytirish

bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kiritilgan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini

yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF- 4947-sonli, O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi

Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


background image


517

2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim

standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha

chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvningyangitamoyillarinijoriy etish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro

tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli, O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712- son Farmoni,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va

yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PQ-4306-son Qarorlari tasdiqlanib, ijroga yo‘naltirilgan [1-4].

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Bilamizki, butun jahonda eng mashhur xalqaro ta’lim tadqiqotlarining asosi o‘qish

savodxonligi bo‘lib, boshlang‘ich ta’lim bitiruvchilarining jahon standartlariga mosligini

aniqlash, PIRLS xalqaro monitoringida aynan o‘qish savodxonligi kichik yoshdan

o‘quvchilarning o‘zlashtirganlik darajasini baholab boradi.

Ya’ni, biz milliy ta’lim tizimimizda 4-sinf o‘quvchilarining ona tili va o‘qish savodxonligi

BKMlarini o‘zlashtirish darajasini aniqlashda diktant yoki o‘quv dasturi taqvim-mavzu rejasi

asosida DTSlarni shakllantirib, shu asosda 20 ta ochiq va yopiq test topshiriqlari berilar edi.

Xalqaro tadqiqotlar monitoringiga tayyorlash buyicha tajriba-sinovlar boshlangandan

so‘ng, boshlang‘ich sinflarda PIRLS monitoringi jarayonining oldingi sikllarida foydalanilgan

materiallardan ishlatila boshlandi. Adabiy va axborot matnlarida to‘liq material taqdim etilib,

so‘ngra qiyinlik darajasiga qarab topshiriqlar berib boriladi, jarayonda berilgan materiallarni

o‘quvchi nafaqat yuzaki o‘qishi, balki, uni o‘qib, mushohadali (kreativ) fikrlashi zarurligi talab

etiladi.

Bunda o‘qituvchi mahoratidan kelib chiqib, o‘quvchiga aynan matndagi obrazlar o‘rniga

o‘zini qo‘yib ko‘rishi, hayotda bunga o‘xshash voqealar qaerlarda sodir bo‘lishi mumkinligini

faraz qilishi, shunday vaziyatda nima qilish zarurligi va hattoki, asar muallifi o‘rnida bo‘lganda

asarni qanday nomlashi yoki matnni qanday tugatishi mumkinligi bo‘yicha xulosa chiqarishga

undaydigan turli topshiriqlar beriladi.

Topshiriqlar murakkablik darajasiga ko‘ra:


background image


518

1-darajadagi - esda saqlash va takrorlay olish;

2-darajadagi - g‘oya va ko‘nikmalarni bildirishga undaydigan;

3-darajali - strategik fikrlash;

4-darajadagi - kengaytirilgan fikrlashga undaydigan topshiriqlarga ajratiladi. Topshiriqlar

biz ishlatgan ochiq yoki yopiq testlar (4 ta javobli) qolipidan chiqariladi.

Bunday turdagi topshiriqlar avval xorijiy tajriba namunalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima

qilingan holda olinib, o‘quvchi savodxonligini baholash uchun o‘qituvchilar tomonidan

qo‘llanildi.

Bugungi kunda xalqaro tajribalarni Milliy dastur bilan integratsiyalashtirib, o‘quvchi

savodxonligini aniqlash va baholashga oid o‘zimizning topshiriqlar tizimini yaratish bo‘yicha

ilmiy-metodik izlanishlar olib borilmoqda. Ilg‘or tajribalarga asoslangan holda mahoratli

o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy tavsiyalar ishlab chiilmoqda va ta’lim jarayonlarida

foydalanish uchun amaliyotga tadbiq etilmoqda.

Biz boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini oshirish, uning darajasini

aniqlash va baholashga doir muammolarni yechish maqsadida o‘z tadqiqot ishimiz va ilmiy

izlanishlarimiz natijasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishga harakat qildik:

Ta’lim jarayonida RIRLS xalqaro baholash dasturi topshiriqlariga o‘xshash o‘quv va sinov

topshiriqlarini tayyorlash orqali o‘quvchilarning fanga oid va tayanch kompetensiyalarini

rivojlantirishni takomillashtirish.

1-shakl. RIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘quvchilarning o‘qib tushunish

kompetensiyalarini shakllantirish modeli [6]

Kommunikativ

asos

Topshiriq

shakli va

mazmuni

MAQSAD

Sohaning

qamrov maydoni

Beriladigan

topshiriqning

murakkablik

darajasi


background image


519

TAHLIL VA NATIJALAR

Doimiy ravishda boshlang‘ich ta’lim o‘qish savodxonligining jahon standartlari

talablariga mosravishda integratsiyalashuvi islohotlari sababli PIRLS tadqiqotlarining keyingi 3

ta siklida Rossiya davlati yetakchilikni qo‘ldan boy bermayapti. Shu bilan birga PISA, TIMSS,

ICLIS va birqancha xalqaro tadqiqotlarda ham boshlang‘ich sinflardan o‘qish savodxonligi jahon

standrtlariga integratsiyalashuvi islohotlari o‘znatijasini ko‘rsatib borayapti [5].

O‘qituvchilarning dars berish metodlarini xorijiy tajribalar bilan integratsiyalash jarayonini

tahlil etish va yangi metodikalar ishlab chiqish:

PIRLS xalqaro monitoringi natijalari asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining milliy

ta’lim metodlarini butun dunyo o‘qish savodxonligidan dars beruvchi pedagog xodimlarining

ta’lim uslublari bilan solishtirish imkonini yaratib, ijobiy va salbiy tomonlaridan kelib chiqib milliy

metodlar va jahon metodlari o‘zaro bir-birini to‘ldirib boradi.

Masalan, matnni o‘qishda matndagi har bir so‘zning ahamiyati borligini tushuntirish

uchun ona tili va o‘qish savodxonligi mashg‘ulotlarida milliy adabiyot hamda jahon adabiyoti

namunalaridan keltirilgan mavzularda ushbu metodlardan milliy modul sifatida keng

qo‘llanilyapti.

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, O‘zbekiston ta’limining jahon ta’limi bilan

integratsiyalashuvida xalqaro baholash dasturlarini qo‘llashning nazariy va amaliy asoslari

tayangan holda boshlang‘ich sinf bitiruvchilari orasida o‘tkazilayotgan Xalqaro baholash

dasturlaridan biri Xalqaro Ta’lim Tadqiqoti Assosatsiyasi (IEA- International Association for the

Evaluation of Educational Achievement) tomonidan o‘tkaziladigan PIRLS xalqaro baholash

dasturi qo‘llash va samarali natijalar olish milliy mentalitetni hisobga olgan holda amaliy

mexanizmlarini ishlab chiqilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan matnni o‘qish va

tushunishni, shuningdek, milliy ta’lim tizimidagi farqlar borasida tahliliy natijalarga asoslangan

PIRLS dasturlari doirasida 8 nomdagi o‘quvchi bilan ishlashga mo‘ljallangan maqsadli mashqlar

ishlab chiqildi va o‘qituvchilarga tavsiya etildi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-

sonli Qarori.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi


background image


520

tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli Farmoni

3.

Altinok N., Diebolt C., Demeulemeester JL, Ta'lim bo'yicha yangi xalqaro ma'lumotlar

bazasi. Sifat: 1965-2018 , 2013, 14-noyabr.

4.

Sjøberg S., PISA va Global ta'lim boshqaruvi – Loyihaning tanqidi, undan foydalanish va

Implications , Eurasia Journal of Mathematics, Science & Technology Education, 2015.

5.

Haydarova, S., & Nurqulova, G. (2023). EMERGENCE OF AGGRESSION AND

NEGATIVISM IN PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF ADOLESCENT

PERIOD. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 62-64.

6.

Nurqulova, G., & Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHOLOGICAL METHODS OF

EDUCATION

AND

DEVELOPMENT

ACCORDING

TO

THE

CHILD'S

TEMPERAMENT. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 92-95.

7.

Nurkulova, G. (2022). THE PSYCHOLOGY OF SUBORDINATE BEHAVIOR.

Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(12), 204-

207.

8.

Xudoyberdiyevich, R. B., & Abdurazzoqovna, S. A. (2023). BO ‘LAJAK BOSHLANG

‘ICH SINF O ‘QITUVCHILARDA PEDAGOGIK MAXORATINI VIRTUAL

TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI.

Ustozlar uchun, 25(1), 191-198.

9.

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ TECHNOLOGY in the Formation of

Inventive Abilities of Primary School Pupils. International Journal on Integrated Education,

4(9), 161-163.

10.

Ergashevna, N. G. (2023). Improving Educational Mastery Opportunities in Primary

School.

References

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli Farmoni

Altinok N., Diebolt C., Demeulemeester JL, Ta'lim bo'yicha yangi xalqaro ma'lumotlar bazasi. Sifat: 1965-2018 , 2013, 14-noyabr.

Sjøberg S., PISA va Global ta'lim boshqaruvi – Loyihaning tanqidi, undan foydalanish va Implications , Eurasia Journal of Mathematics, Science & Technology Education, 2015.

Haydarova, S., & Nurqulova, G. (2023). EMERGENCE OF AGGRESSION AND NEGATIVISM IN PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF ADOLESCENT PERIOD. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 62-64.

Nurqulova, G., & Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHOLOGICAL METHODS OF EDUCATION AND DEVELOPMENT ACCORDING TO THE CHILD'S TEMPERAMENT. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 92-95.

Nurkulova, G. (2022). THE PSYCHOLOGY OF SUBORDINATE BEHAVIOR. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(12), 204-207.

Xudoyberdiyevich, R. B., & Abdurazzoqovna, S. A. (2023). BO ‘LAJAK BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QITUVCHILARDA PEDAGOGIK MAXORATINI VIRTUAL TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI. Ustozlar uchun, 25(1), 191-198.

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ TECHNOLOGY in the Formation of Inventive Abilities of Primary School Pupils. International Journal on Integrated Education, 4(9), 161-163.

Ergashevna, N. G. (2023). Improving Educational Mastery Opportunities in Primary School.