Authors

  • Dilnura Abdullaeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32725

Abstract

Today, in our republic, it is necessary to correctly determine the lack of mineral elements in agricultural crops and feed plants with appropriate mineral elements in time. The symptoms that occur due to the lack of mineral nutrients in the plant can be drought, excess moisture, cold, damage to the plant's growth or damage by pests, and soil types can affect organic growth. fertilizers contain nitrogen, phosphorus, potassium, calcium and other elements necessary for plant nutrition, as well as organic substances that positively affect the properties of the soil.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

630

O’D.K. 635-31.

KO‘MIR KONI ChIQINDILARIDAN OLINGAN ORGANO-MINERAL O‘G‘ITINI

TUPROQQA QO‘LLASh ORQALI TUPROQ UNUMDORLIGI VA

O‘SIMLIKLARNI RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Abdullaeva Dilnura O‘ktamboy Qizi

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.

dilnura@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11211802

Annotatsiya.

Bugungi kunda respublikamizda

qishloq xo’jaligi ekinlarida mineral

elementlarning yetishmayotganligini to‘g‘ri belgilash va o‘simliklarni tegishli mineral elementlar
bilan o‘z vaqtida oziqlantirish kerak bo’ladi. O‘simlikda mineral oziq elementlarining
yetishmasligi tufayli sodir bo‘ladigan alomatlarga qurg‘oqchilik, ortiqcha namiqish, sovuq,
o‘simliklarda bo‘yining yoppasiga shikastlanishi yoki ularni zararkunandalar ta’siridan
zararlanishi va tuproq tiplari ta’sir ko‘rsatishi mumkin organik o‘g‘itlar tarkibida azot, fosfor,
kaliy, kalsiy va o‘simliklarning oziqlanishi uchun kerakli boshqa elementlar, shuningdek,
tuproqning xossalariga ijobiy ta’sir etadigan organik moddalar bo‘ladi.

Калит сўзлар:

organo-mineral o‘g‘itlar, tuproqqa qo‘llash orqali tuproq unumdorligini

oshishi va o‘simliklarni rivojlanishi.

EFFECT OF SOIL FERTILITY AND PLANT DEVELOPMENT BY APPLICATION

OF ORGANO-MINERAL FERTILIZER FROM COAL MINE WASTE

Abstract.

Today, in our republic, it is necessary to correctly determine the lack of mineral

elements in agricultural crops and feed plants with appropriate mineral elements in time. The
symptoms that occur due to the lack of mineral nutrients in the plant can be drought, excess
moisture, cold, damage to the plant's growth or damage by pests, and soil types can affect organic
growth. fertilizers contain nitrogen, phosphorus, potassium, calcium and other elements necessary
for plant nutrition, as well as organic substances that positively affect the properties of the soil.

Keywords:

organo-mineral fertilizers, increasing soil fertility and plant development by

applying to the soil.

ВЛИЯНИЕ НА ПЛОДОРОДИЕ ПОЧВЫ И РАЗВИТИЕ РАСТЕНИЙ ПРИ

ПРИМЕНЕНИИ ОРГАНО

-

МИНЕРАЛЬНЫХ УДОБРЕНИЙ ИЗ ОТХОДОВ

УГОЛЬНЫХ ШАХТ

Аннотация.

Сегодня в нашей республике необходимо правильно определять

недостаток минеральных элементов в сельскохозяйственных культурах и вовремя
подкармливать растения соответствующими минеральными элементами. Симптомами,
возникающими из-за недостатка минеральных веществ в растении, могут быть засуха,
избыток влаги, холод, нарушение роста растения или поражение вредителями, а на рост
могут повлиять типы почв, содержащие азот, фосфор, калий, кальций. и другие элементы,
необходимые для питания растений, а также органические вещества, положительно
влияющие на свойства почвы.

Ключевые слова:

органо-минеральные удобрения, повышающие плодородие почвы и

развитие растений за счет внесения в почву.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

631

Mavzuning dolzarbligi; o‘simlikda mineral oziq elementlarining yetishmasligi tufayli sodir

bo‘ladigan alomatlarga qurg‘oqchilik, ortiqcha namiqish, sovuq, o‘simliklarda bo‘yining
yoppasiga shikastlanishi yoki ularni zararkunandalar ta’siridan zararlanishi va tuproq tiplari ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Mineral elementlarning yetishmayotganligini to‘g‘ri belgilash va
o‘simliklarni tegishli mineral elementlar bilan o‘z vaqtida oziqlantirish kerak.

Ekinlardan yuqori hosil olishda organik o‘g‘itlarning o‘rni katta. Organik o‘g‘itlarga

go‘ng, torf, go‘ng shaltog‘i, parranda qiyi, turli xil kompostlar, ko‘kat o‘g‘itlar kiradi. Organik
o‘g‘itlar tarkibida azot, fosfor, kaliy, kalsiy va o‘simliklarning oziqlanishi uchun kerakli boshqa
elementlar, shuningdek, tuproqning xossalariga ijobiy ta’sir etadigan organik moddalar bo‘ladi.

Ekologik muammolar orasida eng muhimlaridan biri atrof-muhitni ifloslantiruvchi turli

organik modda saqlovchi chiqindilar (sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) muammosidir. Bu
muammoni yechishning asosiy yo‘llaridan biri ularni qayta ishlash orqali tuproqni organik
moddaga boyitishga hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishga hizmat qiluvchi
organo-mineral o‘g‘itlar tayyorlash va ularni qo‘llash masalasidir.

Ikkinchidan tuproqni gumus miqdori uning unumdorligini belgilovchi asosiy

ko‘rsatkichlaridan biridir. Shu sababli tuproqlarni organik moddaga boyitish orqali ular
unumdorligini qayta tiklash va oshirish katta amaliy ahamiyatga ega.

Ma’lumki, respublikamiz sug‘oriladigan tuproqlari tabiatan gumusga boy emas, ulardan

qishloq xo‘jaligida foydalanish esa ko‘p hollarda gumus miqdorining kamayishiga olib kelmoqda.

Bu holatni oldini olish hamda sug‘oriladigan tuproqlarda gumusning defitsitsiz balansiga

erishish uchun har bir gektar yerga har yili 10-15 tonna go‘ng berish talab etiladi. O‘zbekiston
qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda
respublikamizda to‘planayotgan go‘ng miqdori har gektar yerga 5-6 tonna ga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu sababli qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning eng dolzarb masalalaridan biri tuproqlarni

organik moddalar bilan boyitishning yangi yo‘llarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tadbiq
etishdir.

Ishning maqsadi va natijasi Toshkent viloyatida tarqalgan tuproqlarning xossa

xususiyatlarini kompleks ravishda o‘rganib, yerlarning litologik-geomorfologik holatiga
bog‘langan holda tuproqlarning unumdorligini tiklash va oshirish, qishloq xo‘jaligi ekinlari
hosildorligini ko‘paytirishga qaratilgan bo‘lib, tuproqda mikrobiologik jarayonlarni, gumus, ozuqa
elementlari balansi hamda agrofizikaviy, agrokimyoviy, mikrobiologik va meliorativ xossalarini
o‘rganish, dala tajribalari qo‘yilib, tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab
chiqishdan iborat.

Dala va laboratoriya sharoitida olib borilgan tadqiqotlar tuproqshunoslik va

mikrobiologiya ilmiy-tekshirish sohasida keng qo‘llaniladigan va sinalgan uslublar asosida olib
borildi. Shu bilan bir qatorda tuproqlarning unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jalik ekinlaridan
yuqori hosil olish yo‘llarini izlash maqsadida dala tajribalari qo‘yiladi. Tajriba ko‘mir koni
chiqindilaridan tayyorlangan natriy gumati, biologik preparat, go‘ng, ma’danli o‘g‘itlar bilan olib
boriladi

Ilmiy ish o‘tkazish uslubi va uslubiyoti:

tahlillar O‘zPITI (1977) va Arinushkinaning

tuproqning kimyoviy tahlili qo‘llanmasi bo‘yicha (1970) olib boriladi:

tuproqning hajm og‘irligi – silindr yordamida (V+50 sm

3

);


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

632

solishtirma og‘irlik – piknometr yordamida;
umumiy g‘ovaklik – hisoblash orqali;
tuproqning mexanik tarkibi – N.A.Kachinskiyning pipetka uslubi bo‘yicha;
tuproqning maksimal gigroskopik namligi, so‘lish namligi, suv o‘tkazish qobiliyati,

suvni o‘zida ushlab turish qobiliyati

tuproqning agregatlarining suvga chidamlilik holati – Velinskiy usulida;
gumus – I.V.Tyurin uslubi bo‘yicha;
umumiy azot – K’eldal uslubi bo‘yicha;
umumiy fosfor va kaliy – Gritsenko va Malseva uslubi bo‘yicha;
harakatchan shakldagi R

2

O

5

va K

2

O – B.P.Machigin uslubi bo‘yicha;

SO

4

– gips – 0,1 n CI so‘rim uslubi bo‘yicha;

SO

2

karbonatlar -Kudrinning atsidimetrik uslubida;

tuzlar miqdori - suvli so‘rim tahlili bo‘yicha.
Mikrobiologik tahlillar uchun alohida 0-30 va 30-50 sm chuqurliklardan vegetatsiya

davomida va yil mavsumlari bo‘yicha tuproq namunalari olinadi va tahlil qilinadi. Tadqiqotlar
davomida tuproqdagi mikroorganizmlarning miqdori Nizometdinova va Kandrateva
qo‘llanmasi (1988) bo‘yicha aniqlandi.

Tadqiqot sharoitlari va uslublari;

Dala tajribasi Toshkent viloyati Qibray tumanida har xil

darajada eroziyaga uchragan, sho‘rlangan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida olib
boriladi.

Dala tajribasi variantlari:

1.

Nazorat

2.

N

200

P

140

K

100

3.

N

200

P

140

K

100

+ 10 t/ga go‘ng

4.

N

200

P

140

K

100

+ Biopreparat

5.

30 t/ga ko‘mir koni chiqindisi (xom ashyo)
Natriy gumati organo-mineral o‘g‘itining tavsifi kutilayotgan natijalar;
Natiry gumatlari – bu gumin kislotlarining suvda eriydigan natriyli tuzlaridir.
Gumin kislotlari - bu tuproqning gumus qatlamida, torfda, qo‘ng‘ir va nuragan toshko‘mir

tarkibida mavjud bo‘lgan tabiiy organik moddalardir. Mazkur moddalar ularni natriyning eruvchan
tuzlariga aylantirish chog‘ida fiziologik faolikka ega bo‘ladi.

Natiriy gumatlari o‘simliklarning hayotiy faoliyatiga har tomonlama ijobiy ta’sir

ko‘rsatadi: ular modda almashinuvini keskin faollashtiradi, nafas olish va sintetik jarayonlarni
kuchaytiradi, o‘simliklar organizimiga mineral moddalarning kelib tushishini tartibga soladi.

Natijada ildiz tizimining rivojlanishi kuchayadi, ildizlar yanada uzunlashib, ivigansimon

ko‘rinish kasb etadi, barglardagi xlorofill miqdori oshadi, barglarning yuza qismi yanada
kattalashib, o‘simlik tezroq gullaydi va ulardagi mevalar ham tezroq yetilib pishadi. Sintetik
jarayonlarni jadallashtirish hamda o‘simlikka oziqaviy moddalarning kelib tushishini tartibiga
solish natijasida mahsulotning sifati yaxshilanadi: g‘alla ekinlaridagi kraxmal, shakar, proteinlar,
vitaminlar miqdori oshadi, kartoshkada – kraxmal, uzumda, meva-sabzavotlarda hamda poliz
ekinlarida – vitaminlar, shakar, fruktoza miqdori oshadi. Hosilning saqlanish muddati yaxshiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

633

Shuni alohida ta’kidlash kerakka,sabzavot ekinlari mevalarida mineral oziqlanishning to‘la

normasi jarayonida PDK ga nisbatan 5-7 martagacha nitratlar va nitritlar miqdori kamayadi. Bu
holat aminokislotalarning faol tarzda sintezlashuvi, ya’ni ularning hosil bo‘lishida nitratlarning
yanada to‘liqroq foydalanilishi bilan izohlanadi.

Shu narsa ham muhimki, natiriy gumatlari ta’siri ostida o‘simliklarda noqulay tashqi muhit

sharoitida ham yashovchan qobiliyati kuchayadi: xususan, qurg‘oqchilida, sho‘rlanishda, yuqori
haroratda, kuchli radiatsiya sharoitida, pistitsetlar qo‘llanilishining salbiy oqibatlari sharoitida ular
yaxshi samara beradi. Tuproqqa juda kam miqdorda bo‘lsada, natiry gumatlarini kiritish
tuproqdagi mikroorganizmlar xayotiy faoliyatini jadallashtirib uni yanada kuchaytiradi, bu esa o‘z
navbatida mineral oziqlanish elementlarining o‘zlashtirilishini, shuningdek, tuproqning agrotabiiy
hamda kimyoviy holatini yaxshilaydi.

Natiriy gumatlari zararsiz va ular “Gigienik me’yorlanishi shart bo‘lmagan o‘simliklarning

himoya qilish vositalarini” ruyxatiga kiradi.

Qishloq xo‘jalik sohasidagi bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan natriy

gumatlarini qo‘llashning xilma-xil usullari ishlab chiqilgan: urug‘larni ekishdan oldin ivitish,
rivojlanish davrida, o‘sish paytida purkash, o‘simliklar ildiziga kukun holida yoki mineral o‘g‘itlar
bilan aralashtirilgan holda solish shular jumlasidandir.

Ushbu jarayonlarning barchasida ularning samarasi qo‘llanilgan usulga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan g‘o‘za chigitini ekishdan oldin natiriy gumatlari qorishmasida ivitish paxta

hosilinnig bir gektariga 2,1 sentnergacha oshirish imkoniyatini beradi. O‘sishning dastlabki
bosqichida ularni g‘o‘zalarga purkash esa gektariga 1,5 dan to 5,0 sentnergacha hosilning
oshishiga, ildiziga solish esa – gektariga 2,5 dan to 7,0 sentnergacha hosilni oshirishga imkoniyat
beradi. Mavjud barcha usullarni solishtirga holda qo‘llash hosildorlikni bundanda yuqorilatish
imkoniyatlarini yaratadi.

Shuningdek, natriy gumatlarining ta’siri qishloq xo‘jaligi ekinlarining turiga ham bog‘liq

bo‘ladi. Masalan natriy gumatlaridan foydalanishda erishilgan hosil ko‘rsatkichlari ishonarli
hisob-kitoblar asosida qayd etilgan: boshoqli don –o‘simliklarida (urug‘ni ivitish) gektariga – 4 s;
sholida – 6 s; olmada (purkash) gektariga 20-32 s; baqlajonda gektariga 30-35 s; kartoshkada
gektariga 75 s; ochiq joyga ekilgan pomidorda gektariga 45-70 s; karamda gektariga 80-85s; yopiq
joyda yetishtiriladigan pomidorda – 1m

2

-2,2-2,4 kg, yopiq joyda yetishtiriladigan bodringda 1m

2

– 2,1-2,3 kg gacha hosildorlik oshadi.

Toshkent viloyati sug‘oriladigan bo‘z tuproqlari sharoitida tuproqlarining agrokimyoviy

va kimyoviy, fizikaviy va agrofizikafiy xossalari, granulometrik tarkibi, strukturasi, zichligiga
hamda ekinlar hosildorligiga natriy gumati organo-mineral o‘g‘iti va biologik preparatning ta’siri
o‘rganiladi. Sug‘oriladigan tuproqlarda gumusning defitsitsiz balansiga erishilishi o‘rganiladi va
tegishli tavsiyalar beriladi.

Хулоса.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joyizki, Qishloq xo‘jalik sohasidagi bir qator ilmiy-tadqiqot

institutlari tomonidan natriy gumatlarini qo‘llashning xilma-xil usullari ishlab chiqilgan natiriy
gumatlari ta’siri ostida o‘simliklarda noqulay tashqi muhit sharoitida ham yashovchan qobiliyati
kuchayadi xususan, qurg‘oqchilida, sho‘rlanishda, yuqori haroratda, kuchli radiatsiya sharoitida,
pistitsetlar qo‘llanilishining salbiy oqibatlari sharoitida ular yaxshi samara beradi Tuproqqa juda


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

634

kam miqdorda bo‘lsada, natiry gumatlarini kiritish tuproqdagi mikroorganizmlar xayotiy
faoliyatini rivojlantirib uni yanada kuchaytiradi, bu esa o‘z navbatida mineral oziqlanish
elementlarining o‘zlashtirilishini, shuningdek, tuproqning agrotabiiy hamda kimyoviy holatini.

REFERENCES

1.

Burchakov A. S. i dr., Texnologiya i mexanizatsiya podzemnoy razrabotki plastovix
mestorojdeniy, M., 1989; .-№10.-12-13 c

2.

Yermolov V. A. i dr., Mestorojdeniya poleznix iskopayemix, M., 2001. 257-259-c

3.

Tomalak S. M., Ugol Oʻzbekistova, T., 2001. -№10.-140-146 c.


References

Burchakov A. S. i dr., Texnologiya i mexanizatsiya podzemnoy razrabotki plastovix mestorojdeniy, M., 1989; .-№10.-12-13 c

Yermolov V. A. i dr., Mestorojdeniya poleznix iskopayemix, M., 2001. 257-259-c

Tomalak S. M., Ugol Oʻzbekistova, T., 2001. -№10.-140-146 c.