Authors

  • Nodir Rashidov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.34093

Abstract

Ushbu maqolada jinoyat protsessual muddatlarni asosiy protsessual institutlardan biri sifatida e’tirof etilishini ilmiy asoslash, uning nazariy asoslari hamda tahlilini o‘rganish, shuningdek, jinoyat-protsessida muddatlarga rioya qilmaslik va uning huquqiy oqibatlarini ilmiy izohlash munozara qilingan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

201

JINOYAT PROTSESSUAL MUDDATLAR INSTITUTINING NAZARIY ASOSLARI

HAMDA TAHLILI

Rashidov Nodir Normurod o‘g‘li

O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

“Tergov faoliyati” yo’nalishi magistranti.

E-mail:

rashidovnodir1997@gmail.com;

Phone: +99850 578-90-00.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11536005

Annotatsiya.

Ushbu maqolada jinoyat protsessual muddatlarni asosiy protsessual

institutlardan biri sifatida e’tirof etilishini ilmiy asoslash, uning nazariy asoslari hamda tahlilini
o‘rganish, shuningdek, jinoyat-protsessida muddatlarga rioya qilmaslik va uning huquqiy
oqibatlarini ilmiy izohlash munozara qilingan.

Kalit so‘zlar:

jinoyat protsessual muddatlar, jinoyat, protsessual muddatlar, muddat,

jinoyat huquqi, tergovga qadar tekshiruv, dastlabki tergov, javobgarlik, protsessual harakatlar,
jinoyat protsessi ishtirokchilari.

THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE INSTITUTE OF CRIMINAL

PROCEDURAL TERMS ARE ALSO ANALYZED

Abstract.

This article discusses the scientific justification of the recognition of criminal

procedural deadlines as one of the main procedural institutions, the study of its theoretical
foundations and analysis, as well as the scientific interpretation of non-observance of deadlines
in the criminal process and its legal consequences.

Key words:

criminal procedural terms, crime, procedural terms, term, criminal law, pre-

trial investigation, preliminary investigation, liability, procedural actions, participants in criminal
proceedings.

ТАКЖЕ АНАЛИЗИРУЮТСЯ ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИНСТИТУТА

УГОЛОВНО-ПРОЦЕССУАЛЬНЫХ СРОКОВ.

Аннотация.

В данной статье рассматривается научное обоснование признания

уголовно-процессуальных сроков одним из основных процессуальных институтов,
исследование его теоретических основ и анализ, а также научная трактовка
несоблюдения сроков в уголовном процессе и его правовых последствий.

Ключевые слова:

уголовно-процессуальные сроки, преступление, процессуальные

сроки, срок, уголовный закон, досудебное расследование, предварительное расследование,
ответственность, процессуальные действия, участники уголовного процесса.


“Muddat” bu vaqtning aniq biror-bir ish, narsa uchun belgilangan bo‘lagidir

1

. JPKda

muayyan protsessual harakatlar sodir etilishi kerak yoki ularni bajarish man etilgan vaqt oralig‘i
protsessual muddat deyiladi. “Jinoyat protsessual muddatlar – protsess ishtirokchilarining huquq
va majburiyatlarini amalga oshirish yoki bajarishdan o‘zlarini tiyishga oid protsessual qonunda
ko‘rsatilgan yoki unga binoan jinoyat ishini yuritishga mas’ul shaxslar tomonidan belgilangan

1

O‘zbek tilining izohli lug‘ati (80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi) J.5. – Toshkent: “O ‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – 626 , b.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

202

muddatlardir”. JPKning 39-bobini ushbu ta’rifdan boshlash lozim

2

. Jinoyatlarning qanchalik tez

va to‘la ochilishi hamda aybdorlarning fosh etilishi kelgusida jinoyatlarning takrorliyligi va
latentligi oshib borishining oldini oladi. Shu maqsadda, protsessual tezkorlikni oshirish uchun
davlatlar o‘z sud-huquq tizimlarini qayta ko‘rib chiqib, sud ish yurituvining zamonaviy talablarga
mos shakllarini ishlab chiqishlarini tavsiya etilayotganligini ham ta’kidlash joiz. Yevropa
Kengashi qo‘mitasi tomonidan 1987 yilda qabul qilingan “Jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni
imkon qadar soddalashtirish to‘g‘risida”gi tavsiyalarida, odil sudlovni ta’minlash muddatlarining
cho’zilib ketayotganligi huquqni muhofaza qilish organlar obro‘siga salbiy ta’sir etib, insonlarning
oqilona muddatlarda sud muhokamasiga bo‘lgan xalqaro umum e’tirof etilgan huquqlarining
buzilishiga olib kelayotganligi ta’kidlangan. Bu kabi holatlar jamiyatda, aniqrog‘i har bir insonda
adolat borligiga shubha tug‘dirishi begumon. Shu bois, sodir etilgan jinoyat va buning uchun
adolatli hukm chiqarish vaqtini imkon qadar yaqinlashtirish orqali jinoyatchilikka qarshi o‘z
vaqtida kurashishga erishish lozim.

Bugungi kunda sudgacha bo ‘lgan bosqichda tezkorlikka erishish maqsadida

A.Ponomaryov va I.Maslov ayrim turdagi jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovning surishtiruv
shaklida olib boorish yetarli ekanligini, bu ancha vaqt va mablag‘ni tejashga imkon berishi

3

ni

takidlaydi. Darhaqiqat, yrim ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar
yuzasidan tergov olib boorish behuda vaqt yo‘qotishlarga olib keladi. Vaholanki, ushbu ishlar
bo‘yicha dalillarni to‘plash yuqori malakali tergovni talab etmay, surishtiruv chegarasida, jinoyat
protsessining yanada soddalashgan shaklida olib borilishi mumkin. Ayni paytda, jinoyat huquqida
bo‘lgani kabi jinoyat protsessida ham differensiyatsiyalashga erishish ya’ni jinoyat huquqida
jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra turlarga bo‘linganidek, jinoyatlarning tez va to‘la
ochilishi uchun jinoyat protsessi ham turkimlanadi. Bu esa sudgacha bo‘lgan bosqichni, balki sud
muhokamasi bosqichini ham isloh etishga xizmat qiladi. Umuman jinoyat protsessini
differentsiylanishi – har bir jinoyat ishining taqdiri adolatli yakunlanishiga kafolatlaydigan tartibda
ammo uning ijtimoiy xavfiga asoslangan holda hal qilinishi zarur deganidir

4

. Shu ma’noda,

javobgarlik nuqtai-nazaridan protsessni individuallashtirish hamda jinoyat protsessual vazifalarni
tezkorlik bilan amalga oshirish usullaridan biri hisoblanadi. Hozirda dunyoning barcha burchagida
huquqshunoslar, sudyalar va boshqa amaliyot xodimlari jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik
darajasiga ko‘ra protsessni ham muvofiqlashtirish haqiqat ekanligini to‘la tan olishadi

5

.

Jinoyat protsessual muddatlar jinoyat protsessining mustaqil instituti sifatida o‘zining

mazmuni va mohiyatiga ega bo ‘lib, protsesul harakatlarning bajarilishi, protsessual qarorlarning
qabul qilinishi hamda muayyan vazifalarning ado etilishida muhim o'rin tutadi.

Mamlakatimiz tarixida jinoyat-sudlov sohasini tartibga solgan birinchi milliy yozma

huquqiy manba bo‘lgan O‘zSSRning 1926 yil 16 iyunda qabul qilingan va 1926 yil 1 iyulda
kuchga kirgan JPKda protsessual muddatlar hamda ularni tartibga solishga oid ilk normalar o‘z

2

Qadirova Mohigul Xamitovnaning yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi

Toshkent. 2011

3

Пономарев.А До судебное производство: возможности совершенствования //Законность. -М, 2009. №6-С

47-48; Маслов.И Реформа досудебного производства //Законность –М, -№5. –С. 20.

4

Muhitdinov.F.M. Jinoyat protsessi: mohiyat, mazmun, shakl. –Toshkent. 2002 –B 231

5

Гуценко.К.Ф., Головка.Л.В, Филимонов.Б.А. Уголовный процесс западных государств. 2-е изд. -М :

“Зерцало-М”, 2002.-С. 28-29


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

203

aksini topa boshladi. Unda protsessual muddatlar va sud chiqimlariga bag‘ishlangan oltinchi bob
(80-85-moddalar) ajratilib, protsessual muddatlar huquqiy maqomga ega bo‘lgan. O‘zSSRning
navbatdagi 1929 yil 29 iyunda qabul qilingan va 1 avgustda kuchga kirgan JPKda protsessual
muddatlarga bag‘ishlangan bob yoki bo‘lim mavjud bo‘lmay, uning ayrim moddalarida muddatlar
va ularni uzaytirish asoslari keltirib o‘tilgan. Bunday qoidalar O‘zSSRning 1959-yil 21-mayda
qabul qilingan va 1960 yil 1 yanvardan kuchga kirgan JPKda o‘z aksini topib, uning 5-bobi
“jinoyat ishi bo’yicha protsessual muddatlar va sud chiqimlari” deb nomlangan. Ta’kidlash
o‘rinliki, mustaqil O’zbekistonning 1994-yilda qabul qilingan amaldagi JPK muqaddam amalda
bo‘lgan jinoyat protsessual qonunlardan demokratiya hamda inson huquq va erkinliklarini oliy
qadriyat sifatida e’tirof etishi, insonparvarlik va odillik singari g’oyalarga sug’orilganligi bilan
ajralib turadi hamda protsessual muddatlarning tartibga solinishiga oid muddatlarni hisoblash,
protsessual majburlov choralari qo‘llanganda protsessual muddatlarni hisoblash, muddatlarni
uzaytirish va muddatni tiklash qoidalarini alohida “Protsessual muddatlar” deb nomlangan 39-
bobda belgilab beradi. Ilgari amalda bo‘lgan JPKlarda protsessual muddatlarga ta’rif berilmagan
bo‘lib, yuridik adabiyotlarda unga turlicha ta’riflar keltirib o‘tiladi. Masalan, ayrim tadqiqotchilar,
protsessual muddatga – muayyan protsessual faoliyatni amalga oshirish uchun qonunda
belgilangan vaqt

6

, deb ta’rif berishadi. Ta’rif nazarimda to‘liq bo‘lmay, protsessual muddatlar

faqatgina protsessual muddatni amalga oshirish uchun emas, balki protsessual bosqichlarning
boshlanihi va tugallanishi uchun ham belgilanadi.

Ba’zi huquqshunoslar protsessual muddatlar subektning u yoki bu protsessual faoliyatni

amalga oshirish yoki protsessual qarorlarni qabul qilish huquqini aniqlashga xizmat qilishini

7

ta’kidlashadi. Mazkur mualliflar protsessual muddatlarning u yoki bu ta’rifini bera turib, muyyan
mezonlardan kelib chiqishadi. Xususan, R.P.Sokol va T.L.Karepanovalar shaxsning huquq va
erkinliklarini himoyalash kafolatlarini asos qilib olib, “Protsessual muddatlar – bu qonuniylik
hamda shaxsning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari (erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, sud
himoyasi, yetkazilgan ziyonni qoplash huquqi) himoyasini ta’minlash mexanizmida muhim
ahamiyatga ega huquqiy vositadir

8

”, deb yozadi.

Zamonaviy huquqshunos olimlarning aksariyati, protsessual muddat – bu vaqt oralig‘i

bo‘lib, uning mobaynida protsessual harakatlar amalga oshirilishi yoki ularni amalga oshirishdan
tiyib turish talab etilishi hamda ular JPKda belgilanganligi bois, majbur etuvchi xususiyatga ega
ekanligini nazarda tutishadi

9

. Ushbu mazmundagi ta’rif muddatning ham harakat, ham

harakatsizlikni tartibga solishi hamda imperative xususiyati (rioya etish majburiyligi va huquqiy
oqibatlarning mavjudligi)ni ancha to‘liq ochib beradi. Protsessual harakat yoki

6

Скворцова С.А, Угольникова Н.В, Шуренкова С.С, Уголовный процесс: Учебное пособие.

7

Уголовно-процессуальное право: Учебник / под. Обш. Ред. В.И.Рохлина –СПб : «Юридические центр

Пресс», 2004. –С. 22б.

8

Сокол Р.П. Процессуальные сроки в судебных стадиях уголовного судопроизводства Российской

Федерации: правовая регламентация и процессуальные особенности. Автореф. дисс. ...канд. юрид. наук. -
Владимир, 2008. -С. 5; Корепанова Т.Л. Процессуальные сроки как гарантия защиты конституционных прав,
свобод личности в российском уголовном процессе: Автореф. дисс. ...канд. юрид. наук. -Ижевск, 2004. -С. 7.
Жиноят процесси (Умумий қисм): Дарслик. / З.Ф.Иноғомжонова ум. таҳрири остида. -Т.: Янги аср авлоди, -
Б. 366; Минов Г.М. Уголовный процесс: Конспект лекций. -Ростов-н.Д.: Феникс. -Новосибирск, -С. 127.

9

Маслов.И.В Актуальные проблемы правовой регламентации процессуальных сроков в судебном

производстве по уголовыим делам: Дисс. ....канд. юрид. наук. –Москва. 2003. –С 175.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

204

harakatsizliklarning muayyan vaqt oralig‘ida yoki muayyan muddatda amalga oshirilishini
aniqlash va umuman, jinoyat protsessual muddatlarga ta’rif berishdan avval, “muddat” so‘zining
ma’nosi va mazmun mohiyatiga e’tibor qaratish lozim. Jumladan, semantik yondashish “muddat”
atamasining quyidagi ma’nolarini aniqlashga imkon beradi: biror narsaga kirishish, bajarish
fursati, muhlat

10

. Muddat tushunchasi vaqt tushunchasi bilan uzviy bog‘liq, ya’ni muddatni

hisoblashda vaqtning umumiy birliklari: soat, kun, hafta, oy va yillardan foydalaniladi

11

, lekin ular

orasida tafovutlar mavjud. Masalan, vaqt muddatdan farqli o‘laroq, jilovlanmas, uzluksiz, inson
hoxishidan tashqarida bo‘lgan mustaqil obektiv voqelikdir

12

. Muddat esa aksincha, to‘xtatilish,

uzaytirilish, tiklanish kabiyuridik mohiyatga: muddat o‘tishining boshlanishi va tugallanishi
xususiyatlariga ega

13

. Shu jihatdan muddatni vaqtga tenglashtirib bo‘lmaydi. Protsessual muddat,

avvalo, huquq institutlaridan biri bo‘lib, huquqiy me’yorlar (qonun, qonun osti hujjatlar)da aks
etadi va majbur etish xususiyatiga ega. Muddatlarning qaysi huquq sohasida aks etkanligiga qarab,
uning huquqiy mohiyati ham belgilanadi. Chunonchi, jinoyat protsessual huquqida muddatlar
jinoyat protsessual munosabatlarni tartibga solganligi bois, jinoyat protsessual muddatlar deb
yuritiladi va uning huquqiy mohiyati jinoyat protsessual qonunchiligi bilan belgilab beriladi.

Huddi shuningdek, jinoyat protsessida surishtiruvchi, tergovchi va prokurorlar ushbu

muddatlar bilan birga Bosh prokurorning, IIVning nizom va yo‘riqnomalarida belgilangan
muddatlarga ham amal qiladi. Bunday muddatlarga rioya etmaslik esa, jinoyat protsessual qonun
normalarini buzish hisoblanmaydi va faqat intizomiy javobgarlik yuzaga keltiradi. Shu jihatiga
ko‘ra, ular jinoyat protsessual muddatlar hisoblanmaydi.

Jinoyat protsessual qonunda ko‘rsatilgan yoki jinoyat ishini yuritishga mas’ul shaxslar

tomonidan belgilangan muddatlarga rioya etmaslik esa bundan farqli o‘laroq, jiddiy huquqiy
oqibatlarni yuzaga keltiradi, masalan, protsessual harakatlarning oqibatlari tan olinmasligiga yoki
qabul qilingan qarorlarning haqiqiy emas deb topilishiga; majburiy keltirilishiga; gumon
qilinuvchi yoki ayblanuvchining qamoqdan ozod etilishiga sabab bo‘ladi.

Ularning huquqiy mohiyatini belgilashda esa vaqtning jilovlanmas, inson xohishidan

tashqarida kabi xususiyatlarini emas, muddatga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, terminlarni
qo‘llashda yagona yondashuvni yaratish va so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llash talab etiladi. Shu
ma’noda, jinoyat protsessida protsessual munosabatlar muayyan vaqt bilan emas, balki muayyan
muddat bilan tartibga solinadi. Ayni paytda, protsessual qonunchilikda, protsessual harakat yoki
harakatsizliklarning muayyan muddat ichida bajarilishidan tashqari, muayyan muddatgacha va
muayyan muddadan so‘ng ham amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Buni esa quyidagi misollarda
ko‘rishimiz mumkin:

-

Muayyan muddatgacha protsessual harakatning bajarilishida, ayblanuvchining qamoqda

saqlab turishning yoki u uy qamog‘ida bo‘lishining belgilangan muddati tugashidan kamida olti
sutka oldin tegishli prokuror qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish
to‘grisida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqarishi (JPKning 247-moddasi) hamda

10

Ахмедов Ғ., Бектемиров Ҳ. Русча-ўзбекча юридик атамалар луғати. -Т.: «Адолат», 2002. -Б. 261;

Юридический словарь / Под ред. А.Н.Азрилияна. -М., 2007. -С. 968.

11

Большая юридическая энциклопедия. -М.: Эксмо, 2008. -С. 566.

12

Философский словарь / Под. редакцией И.Т.Фроловой. 4-е изд. -М., 1990. -С. 64.

13

Головистикова A.H., Грудцына Л.Ю. Толковый словарь юридических терминов. -М.: Эксмо, 2008. -С. 352.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

205

muayyan muddatdan so‘ng protsessual harakatning amalga oshirilishida esa, hukm e’lon
qilinganidan keyin uch sutkadan kechiktirilmay, hajmi katta bo‘lgan taqdirda esa, o‘n sutkadan
kechiktirilmay, uning nusxasi mahkumga va oqlangan shaxsga berilishi (JPKning 475-moddasi);

-

Ayrim protsessual harakatsizlikning muayyan muddatgacha bajarilishida, tergvga qadar

tekshiruv o‘tkazilib, uning davomida qo‘shimcha hujjatlar, tushuntirilishlar talab qilib olish,
shuningdek shaxsni ushlab turish, shaxsiy tintuv va olib qo‘yish, hodisa sodir bo‘lgan joyni
ko‘zdan kechirish, ekspertiza o‘tkazish, taftish tayinlash, tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish
haqida topshriqlar berish mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini
o‘tkazish man qilinishi (JPKning 329-moddasi) hamda ayrim protsessual harakatsizlikning
muayyan muddatdan so‘ng amalga oshirilishida esa, appelyatsiya shikoyatlar va protestlari
belgilangan muddatdan keyin berilgan taqdirda, oqibatsiz qoldirilishi belgilangan (JPKning 497

4

-

moddasi).

Jinoyat protsessual muddatlar tushunchasini batafsil yoritish uchun o‘rganilgan ilmiy va

lug ‘aviy tahlil natijalari shundan dalolat beradiki, aksariyat adabiyotlarda unga ta’rif berib o‘tilgan
va ushbu ta’riflar ham turf axil. Jumladan, “O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi”da protsessual
muddatlar – jinoiy, fuqarolik va iqtisodiy ishlarini sudda ko‘rish va hal qilish uchun qonun bilan
belgilangan toki sud tomonidan tayinlangan muddatga aytiladi

14

. Ushbu ta’rif nazarimizda,

protsessual muddatlarning huquqiy mohiyatini to‘la ochib bermaydi, chunki protsessual muddatlar
faqat jinoiy ishlarini sudda ko ‘rish va hal qilishga emas, balki jinoyat protsessining barcha maqsad
va vazifalari, bosqichlari (shu jumladan, tergovga qadar tekshiruv, jinoyat ishini qo‘zg‘atish,
surishtiruv, dastlabki tergov va b)ni huquqiy tartibga solishga qaratilgandir.

Protsessual muddatlarning huquqiy mohiyatini yoritishda muddatlarni belgilash tartibi ham

muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular qonun tomonidan yoki surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning
qarori, sudning ajrimi bilan belgilanishi mumkin. (JPKning 316-moddasi) Ushbu muddatlarning
qay biri protsessual muddat hisoblanishi xususida munozarali fikrlar mavjud bo‘lib, ba’zi
tadqiqotchilar, faqat qonunda belgilangan muddatlarni protsessual muddatlar deb hisoblasa

15

,

aksariyat olimlar sud tomonidan tayinlangan muddatlarni protsessual muddatlar deb
hisoblashadi

16

, tergovchi tomonidan ishni tergov qilish jarayonida chaqiruv qog ‘ozi va topshiriqda

belgilagan tergov harakatlari muddatlari, uning tashkiliy masalalarni hal etish xususiyati bilan
protsessual muddat hisoblanmasligi va protsessual muddatlar deb, faqatgina huquqiy xususiyat
kasb etadigan muddatlar tan olinishini qayd etishadi

17

.

Bizningcha, birinchidan, protsessual huquqda barcha muddatlar huquqiy xususiyat kasb

etadi, chunki ular yordamida huquqiy munosabatlar boshlanishi va tamomlanishi

18

hamda huquqiy

14

Ўзбекистон юридик энциклопедияси / Масъул муҳаррир: Н.Тойчиев. -T.: “Адолат”, 2009. -Б. 374.

15

Матушевский Р.Г. Уголовно-процессуальное право: Пособие. -М., 2005. -С. 177; Калиновский К.Б.

Процессуальные сроки в уголовном судопроизводстве и их регламентация по Уголовно-процессуальному
кодексу Российской Федерации //Ленинградский юридический журнал, 2005. -№2(3). -С. 139-145.

16

Ўзбекистон юридик энциклопедияси / Масъул муҳаррир: Н.Тойчиев. -Т.: “Адолат”, 2009. -Б. 374.

17

Томин В.Т., Якупов P.X., Дунин В.А. Процессуальные документы, сроки и судебные издержки в уголовном

судопроизводстве. -Омск, 1973. -С. 19,20.

18

С.Б.Россинский процессуал муддат ёрдамида ҳукуқий муносабат ўзгаришини ҳам таъкидлаб ўтади /

Россинский С.Б. Уголовный процесс России: Курс лекций. -2-е изд., исправлен, и дополнен. -М.: «Эксмо»,
2008. -С. 222.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

206

oqibatlar yuzaga kelishi mumkin

19

. Masalan jinoyat ishini yuritish munosabati bilan surishtiruvchi,

tergovchi, prokuror va sud tomonidan belgilangan tartibda chaqirilgan shaxslar aynan ko ‘rsatilgan
vaqtda hozir bo‘lishlari shart bo‘lib, uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan taqdirda ular majburiy
keltiriladilar (JPKning 261-moddasi). Ikkinchidan, protsessual huquqda barcha muddatlar
mohiyatiga ko‘ra tashkiliy vosita bo‘lib, odil sudlov maqsad va vazifalarini ta’minlash uchun
xizmat qiladi. Shu jihatdan ular protsessual shakl sifatida e’tirof etiladi

20

.

Protsessual huquqda muddatlar aksariyat hollarda muayyan harakat yoki harakatsizlik

bilan bog‘liq bo‘lib, jinoyat protsessida ishtirok etuvchi shaxslarning o‘z huquq va majburiyatlari
doirasida faoliyat yuritish imkoniyatlarini belgilab beradi, ya’ni protsessual muddat huquq bilan
birga majburiyatni ham yuzaga keltiradi. Masalan, bir tarafning belgilangan muddatda shikoyat
keltirish huquqi ikkinchi tarafga ushbu shikoyatni belgilangan muddat ichida ko‘rib hal etish
majburiyatini yuklaydi. Shuning uchun barcha muddatlar odil sudlovni ta’minlashda protsess
ishtirokchilarining qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarini bajarishlariga imkon beruvchi
protsessual shakl hisoblanadi.

Ko ‘pchilik hollarda muddatlarning uzaytirilishi tashkiliy vazifalarni hal etibgina qolmay,

protsessual bosqichlarga ta’sir etishi mumkin. Masalan, tergov muddati tugashidan kamida o‘n
sutka ilgari topshiriladigan tergovchining iltimosnomasiga asosan prokuror tomonidan tergov
muddatining uzaytirilishi (JPK 351-moddasi) – jinoyat protsessining ikkita mustaqil bosqichiga,
ya’ni dastlbki tergov muddatining tamomlanishi va jinoyat ishini sudda ko ‘rish uchun tayinlash
bosqichining boshlanishiga jiddiy ta’sir etadi. Shuning uchun qonunda belgilangan muddatlar
bilan birga, protsessual bosqichlarning boshlanishi va tamomlanishiga ta]sir etadigan (uzaytirish,
tiklash) kabi barcha muddatlarni ham protsessual muddat deb hisoblash joiz. Shuni alohida
ta’kidlab o‘tish joizki, istalgan huquqiy normaning mazmuni qaysi maqsad uchun ornatilgan
bo‘lsa, shunga yo‘naltirilganligiga oid qoida mavjud. Xususan, protsessual muddatlarning
belgilanishidan maqsad – protsess ishtirokchilaring huquq va erkinligi, qonuniy manfaatlarining
o‘z vaqtida himoyalanishi

21

hamda jinoyat ishi yurituvida oqilona tezkorligini ta’minlash talabini

ro‘yobga chiqarishga qaratilgan

22

. Protsessual muddatlarning vazifasi – vaqtning umumiy

birliklari asosida qat’iy chegalarni belgilash orqali jinoyat protsessining tezkor va samarali
yuritilishini hamda qabul qilingan qarorlarning barqarorligini ta’minlashdan iboratdir

23

.

Protsessual muddatlarning ahamiyati shundan iboratki, u haqiqatni aniqlashning huquqiy

vositasi va jinoyat natijasida jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar qoplanishini zaruriy shartidir. Shu
jihatdan, ular jinoyat protsessida huquqiy vositalarning bir turi sifatida protsessual kafolatlardan
biridir

24

. Ayni paytda, muddatlar jinoyat protsessi vazifalarini tez va samarali hal etish,

taraflarning huquqlari cheklanishini oldini olish hamda u yoki bu protsessual harakatlarni amalga

19

Петрова Г.Б. Сроки как элемент правового регулирования в уголовном судопроизводстве: Автореф. ... дисс.

канд. юрид. наук. -Саратов, 2004. -С. 26.

20

Рыжаков А.П. Уголовный процесс России: Курс лекции. -СПб: Питер, 2009. -С. 15.

21

Самылина И.Н. «Разумные сроки» в уголовном процессе // Российская юстиция, 2009. -№ 4. -С. 48.

22

Петрухин И.Л. Уголовно-процессуальное право. 2-е изд. -M.: “Проспект”., 2009. -С. 286.

23

Рохлин В.И. Уголовно-процессуальное право: Учебник. - СПб:«Юридический центр Пресс», 2004. -С. 226.

24

Калиновский К.Б. Процессуальные сроки в уголовном судопроизводстве и их регламентация по Уголовно-

процессуальному кодексу Российской Федерации // Ленинградский юридический журнал, 2005. -№2(3). -С.
39-145.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

207

oshirilish fursatini tartibga solinishini ham kafolatlaydi.

25

Ular tashkiliy jihatdan, protsess

ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlanishini, protsessual bosqichlar
uzluksizligi hamda protsessual harakatlarning o‘z vaqtida bajarilishiga imkon beruvchi protsessual
kafolat hisoblanadi.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga asoslangan fikrimizga ko‘ra, jinoyat protsessual

muddatlar – jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini amalga oshirish yoki
bajarishdan o‘zlarini tiyishga oid jinoyat protsessual qonunda ko‘rsatilgan yoki unga binoan
jinoyat ishini yuritishga mas’ul shaxslar tomonidan belgilangan muddatlardir.

Ayni damda jinoyat protsessual muddatlar tushunchasida JPKda ta’rif berilmaganligini

inobatga olib, uning 39-bobini “Protsessual muddatlar” deb nomlanuvchi 313

1

-modda bilan

boshlash, uni yuqorida keltirilgan ta’rif bilan to‘ldirish maqsadga muvofiq. Qonunda ularga ta’rif
berilishi uning huquqiy mohiyatini, o‘ziga xos belgilarini aniqlashga oydinlik kiritadi.

Jinoyat protsessida muddatlar JPKning 2-moddasida belgilangan jinoyatlarni tez va to‘la

ochish, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi bo‘lmagan hech bir
shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etish, qonunning
to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlash vazifalarini bajarish uchun belgilab beriladi

26

. Jinoyat

protsessual vazifalarning tez amalga oshirilishi, ko‘p jihatdan muddatlarning belgilanishi bilan
bog‘liq va aynan ular jinoyat protsessida inson huquq va erkinliklarini to‘la ta’minlashning garovi
sanaladi. Jinoyat protsessining har bir bosqichidan keyingisiga ketma-ketlik va izchillik asosida
o‘tilar ekan, ana shu bosqichlarning barchasida qonuniylik prinsipiga rioya etilishi, protsess
ishtirokchilarining muayyan huquq va majburiyatlarining o ‘z vaqtida bajarilishi protsessual
muddatlar bilan bog‘liq.

Ularning belgilanishidan maqsad – protsess ishtirokchilarining huquq va erkinligi, qonuniy

manfaatlarining o‘z vaqtida hamda jinoyat ish yurituvida oqilona tezkorlikning ta’minashdan
iborat. Shunga ko‘ra, protsessual qonunda bosqichlardan tashqari, protsessual ehtiyot va
majburlov choralarning, qo‘llanilishi hamda protsess ishtirokchilari tomonidan muayyan qaror
yoki harakatlar ustidan e’tiroz, shikoyat, ariza, iltimosnomalar kiritilishi uchun ham muddatlar
belgilangan bo‘lib, ular yuridik fakt bo‘lganligi sababli, muddati o‘tkazib yuborilishi jiddiy
huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois, barcha protsess ishtirokchilarining
muddatlarga rioya etishi va qat’iy qoidalarga amal qilishlari talab etiladi. Yuqorida keltirilgan
qoidalarga amal qilmaslik natijasida turli huquqiy oqibatlar, jumladan, jinoyat to‘g‘risidagi ariza,
xabar va boshqa ma’lumotlarni yashirib, ularni qabul qilish, ro‘yxatga olish yoki ko ‘rib chiqish
bilan bog‘liq vazifalarning o ‘z vaqtida bajarilmaganligi uchun JKning 241

1

-moddasiga ko‘ra

jinoiy javobgarlik belgilangan. Muddatlarga rioya etmasdan bajarilgan protsessual harakatlar hech
qanday yuridik kuchga ega bo‘lmasligiga hamda muddatlarga rioya etilmay chiqarilgan huquqiy
hujjatlar bekor qilinishiga ham olib keladi. Masalan, JPKning 497

19

-moddasiga binoan, hukmning

bekor qilish yoki o‘zgrtirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

25

Гусинский С.Б. Уголовный процесс России: Курс лекций. -2-е изд., исправлен, и дополнен. -М.: «Эксмо»,

Л. -С. 222; Мариупольский Л.М. Настольная книга следователя. - М., 1949. -С. ПО; Гуляев А.П.
Процессуальные сроки

26

ФПКнинг 4-моддасига биноан, муддатлар фуқаролик ишларини тўғри,

ўз вақтида

кўриб чиқиш ва ҳал

қилиш вазифаларини таъминлаш учун белгиланган.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

208

1)

Sud tergovining to‘liq emasligi yoki bir yoqlama olib borilgaanligi;

2)

Sudning hukmida bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq

kelmasligi;

3)

JPK normalarining jiddiy ravishda buzilganligi;

4)

JK normalarining noto‘g‘ri qo‘llanilganligi;

5)

Jazoning adolatsizligi.
Umuman, huquqni muhofaza etuvchi idora hodimlarining o‘z vazifasiga loqaydligi,

mas’uliyat bilan yondashmasligi natijasida birgina tergovning o‘zida jinoyat protsessul qonun
talablarining qo‘pol ravishda buzilishi – fuqarolarning noqonuniy jinoiy javobgarlikka tortilishiga,
ularning huquqlari pomol qilinishiga, uzoq vaqt mobaynida sansalorlikka yo‘l qo‘yilishi,
jinoyatlarrning asl sabab va shart-sharoitlari fosh qilinmasligi va bartaraf etilmasligiga sabab
bo‘ladi

27

.

Jinoyat protsessual muddatlar protsess ishtirokchilari tomonidan o‘z huqularidan imkon

qadar tez, to‘liq va to‘g‘ri foydalanishlari hamda majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishlari uchun
belgilangan ekan, unga amal qilishni umumiy rahbariy qoida sifatida tan olish joiz. Alohida
protsessual harakatni bajarishda yoki butun protsess davomida muddatlarga qat’iy rioya etish
jinoyatlarning tez va to‘la ochilishi, inson huquqlarining ta’minlanishida jiddiy ahamiyatga ega.
Protsessual muddatlarga rioya etilishi barcha hollarda, doimo majburiy ekanligi – bunday talabni
jinoyat protsessining prinsiplari darajasida baholash uchun asosdir. Prinsiplarga rioya etilishi
jinoyat protsessining samaradorligini belgilaydi. Qonunda belgilangan prinsiplarga jinoyat ishini
yuritishga mas’ul shaxslar va protsessning barcha ishtirokchilari rioya qilishga majbur. Protsessual
harakatlarni bajarishda prinsiplarga rioya qilinsada, ular qonunda belgilangan muddatlar
o‘tkanidan so‘ng amalga oshirilsa, samarasiz hisoblanadi. Shubhasizki, protsessual muddatlarga
rioya qilishni prinsip sifatida e’tirof etish mumkin.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi T. “O‘zbekiston” 2023-yil.

2.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun
hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

3.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat–protsessual kodeksi.

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti
www.lex.uz.

5.

Qadirova Mohigul Xamitovnaning yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun
yozgan dissertatsiyasi Toshkent. 2011

6.

Пономарев.А До судебное производство: возможности совершенствования
//Законность. М, 2009. №6-С 47-48; Маслов.И Реформа досудебного
производства //Законность –М, -№5. –С. 20.

7.

Muhitdinov.F.M. Jinoyat protsessi: mohiyat, mazmun, shakl. –Toshkent. 2002 –B 231

27

Po ‘latov.B.X Konstitutsiya talablariga rioya qilish – huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining huquqiy

madaniyati // TDYI Axborotnomasi -№8, 2009. –B 75.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

209

8.

Po ‘latov.B.X Konstitutsiya talablariga rioya qilish – huquqni muhofaza qilish idoralari
xodimlarining huquqiy madaniyati // TDYI Axborotnomasi -№8, 2009. –B 75.

9.

Рохлин В.И. Уголовно-процессуальное право: Учебник. - СПб:«Юридический
центр Пресс», 2004. -С. 226.

10.

Калиновский К.Б. Процессуальные сроки в уголовном судопроизводстве и их
регламентация по Уголовно- процессуальному кодексу Российской Федерации //
Ленинградский юридический журнал, 2005. -№2(3). -С. 39-145.



References

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi T. “O‘zbekiston” 2023-yil.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat–protsessual kodeksi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

Qadirova Mohigul Xamitovnaning yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi Toshkent. 2011

Пономарев.А До судебное производство: возможности совершенствования //Законность. М, 2009. №6-С 47-48; Маслов.И Реформа досудебного производства //Законность –М, -№5. –С. 20.

Muhitdinov.F.M. Jinoyat protsessi: mohiyat, mazmun, shakl. –Toshkent. 2002 –B 231

Po ‘latov.B.X Konstitutsiya talablariga rioya qilish – huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining huquqiy madaniyati // TDYI Axborotnomasi -№8, 2009. –B 75.

Рохлин В.И. Уголовно-процессуальное право: Учебник. - СПб:«Юридический центр Пресс», 2004. -С. 226.

Калиновский К.Б. Процессуальные сроки в уголовном судопроизводстве и их регламентация по Уголовно- процессуальному кодексу Российской Федерации // Ленинградский юридический журнал, 2005. -№2(3). -С. 39-145.