ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
251
INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI
RIVOJLANTIRISH METODI
Raxmatulloyeva Gulasal Ulug‘bek qizi
BuxDu tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishi 1-bosqich magistranti.
Qodirov Arif Maxmudovich
Ilmiy rahbar. BuxDu tasviriy va amaliy san’at kafedrasi professori.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11543553
Annotatsiya
. Ushbu maqolada innovatsion yondashuv va bu yondashuv asosida
talabalarning musta’qil ta’limini rivojlantirish usullari hamda shakllari haqida bir muncha
ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Kalit so`zlar:
innovatsion yondashuv, mustaqil ta’lim, talabalarni rivojlantirish metodlari
METHOD OF DEVELOPING INDEPENDENT EDUCATION OF STUDENTS
BASED ON INNOVATIVE APPROACH
Abstract.
This article provides some information about the innovative approach and the
methods and forms of developing independent education of students based on this approach.
Key words:
innovative approach, independent education, student development methods
МЕТОД РАЗВИТИЯ САМОСТОЯТЕЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ СТУДЕНТОВ НА
ОСНОВЕ ИННОВАЦИОННОГО ПОДХОДА
Аннотация.
В данной статье представлены некоторые сведения об инновационном
подходе, а также методах и формах развития самостоятельного образования студентов
на основе этого подхода.
Ключевые слова:
инновационный подход, самостоятельное образование, методы
развития студентов
KIRISH
Ta’lim sohasida bo‘layotgan har bir o‘zgarish jamiyatimiz ravnaqiga ijobiy ta’sir qilishiga
shubha yo‘q. Mamlakatning intellektual salohiyatini oshirish, davlat ta’lim standarti talablariga
javob bera oladigan, yetuk, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil hisoblanadi. Qaysi
sohada bo‘lmasin bilimlarni mustaqil ravishda egallashga intilish – talaba faoliyatining ta’lim
muassasasidagi eng ajralib turadigan xususiyati, mustaqil o‘qib, bilim orttirish asosi hisoblanadi.
Ta’lim tizimida mustaqil bilim olish, nazorat qilish mustaqil ta’lim olishning asosiy
omillaridan biri hisoblanadi. Mustaqil bilim olishda avvalo, talabalarda mustaqil ishlashga, erkin,
ijodiy faoliyat yuritishga va eng asosiysi mustaqil fikrlashga ehtiyojni shakllantirish lozim.
Mustaqil ta’lim o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha
bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada va auditoriyadan tashqarida ijodiy hamda
mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga
qaratilgan tizimli faoliyatdir. Mustaqil ishlar didaktik maqsadi, vazifasi, murakkablik darajasi,
kimga (individual yoki jamoa uchun) mo‘ljallanganiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bundan
tashqari, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda kreativlik usullaridan foydalanish juda
muhim sanaladi.
Kreativlik (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) individning yangi
g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
252
tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida,
muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni
yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlari, zehni o‘tkirligini tavsiflaydi. Shuningdek,
kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.
Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, “kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari
surish; farazni tekshirish va o‘zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni
aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qarama-qarshiligiga
nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi”.
1
Kreativ yondashuv deganda, ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga
undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar
qo‘llanganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun
jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondashuvning foydali jihatlari
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
– asosiy e’tibor ijodiy ishga qaratilishi;
– ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
– ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
– ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;
– o‘qish shiddati ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;
– ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;
– amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
– ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Talabalarning mustaqil ishlari oliy ta'limda ilm olish jarayonining asosiy va muhim tashkil
etuvchisi hisoblanadi. Ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda bunga umumiy ta'lim vaqtining
yarmidan ko‘pi ajratiladi. Fan bo‘yicha o‘quv maqsadlariga erishish uchun bu ulkan zahira
hisoblanadi. Afsuski, amalda undan to‘la foydalanilmaydi, ba'zan o‘qituvchining e'tiboridan
chetda qolib ketadi.
Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mustaqil ishni tashkil qilishning juda ko‘p
usullari ishlab chiqilgan.
Talabalarning mustaqil ta'limini – talabaning o‘quv predmetiga aylantiradigan bilish
faoliyati, kasbiy rivojlanishda o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi shakllanadi, o‘qituvchi tomonidan
bilvosita nazorat qilinib, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirishga hamda bo‘lajak
mutaxassisning kasbiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu ta'rifda biz uchun quyidagi
xususiyatlar muhim ahamiyatga ega:
- talabalarning bilish faoliyati;
- o‘qituvchi tomonidan bilvosita rahbarlik;
- talabalar o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmini shakllantirish;
- kasbiy bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish:
- mutaxassisning kasbiy mahoratini rivojlantirish;
- mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish kompetentsiyalari shakllantirish;
1
Барышева Т.А., Жигалов Ю.А. Психолого-педагогические основы развития креативности. – СПб.:
СПГУТД, 2006.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
253
Talabalar mustaqil ta'limini faollashtirish – talabalar mustaqil ta'limining har bir bo‘g‘inini
qamrab oluvchi chora-tadbirlar tizimi: talabalarning ijodiy bilish faoliyati, rahbariyat tomonidan
mustaqil ta'limlarni takomillashtirish, mustaqil ta'limlarning faol shakl va usullaridan foydalanish
va mutaxassis shaxsining kasbiy sifatlarini takomillashtirishdir.
Yuqoridagi fikrlarga tayanib, mustaqil ta'limni tashkil etish jarayonlarini quyidagi
bosqichlarda amalga oshirish mumkin.
Mustaqil ishni tashkil qilish bosqichlari
Talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etish va uni faollashtirish psixologlar, pedagoglar,
hamda uslubshunoslar tomonidan pedagogik muammo sifatida muhokama qilinayotgan holatlar
ham juda ko‘p. Bunday tadqiqotlar ta'lim oluvchilarning o‘quv jarayonidagi mustaqil ta'limning
didaktik maqsadlarini umumiy ko‘rinishda shakllantirishga imkon yaratadi.
Olib borilgan izlanishlar natijasida ishlab chiqilgan o‘quv-uslubiy monografiyalar va
elektron ta'lim resurslari asosida bo‘lajak kasb ta'limi o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil
ta'limni faollashtirish uchun didaktik ta'minoti boyitiladi. Bunda talabalarning mustaqil ishlash
qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari (motivatsiya, yo‘naltirish, jalb etish va tajribalarni
boyitish) kengaytiriladi.
Talabalarda mustaqil ishlash metodik kompetentlikni shakllantirishning maqsadi kasbiy va
shaxsiy rivojlanish jarayonida talabaning o‘z-o‘zini anglash, baholash va boshqarish kabi tarkibiy
qismlarni rivojlantirish va turli ta'lim muassasalarida ishlashga tayyorlash sanalsada, umumkasbiy
va ixtisoslik fanlari asoslarini o‘rganish vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
-aniq pedagogik hamda ishlab chiqarish muammoli vaziyatlarda masalani ajratib olish va
ularni hal qilish usuli sifatida pedagogik va texnik-texnologiktafakkurni rivojlantirish;
-bo‘lajak kasb ta'limi o‘qituvchisining pedagogik-shaxsiy faoliyati asosi sifatida
pedagogik, umumkasbiy va ixtisoslikka oid bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ijobiy munosabatda
bo‘lishga erishish;
-bo‘lajak kasbiy faoliyat individual metodining asosi sifatida, o‘quv- pedagogik va ishlab
chiqarish harakatlarining reproduktiv va ijodiy usullarini shakllantirish;
-muhim kasbiy-pedagogik sifatlarini rivojlantirish (hamdardlik, bolalani sevish va
boshqalar), kasbiy va shaxsiy o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojini yuzaga keltirish hisoblanadi.
XULOSA
Talabalarning fanlardan mustaqil ta’limini tashkil etishda, avvalo, ularning mustaqil bilim
olishlari uchun ularning pedagogik-psixologik xususiyatlarini hamda ta’limiy yondashuvlarni
hisobga olish zarur. Talabalarning mustaqil ta’lim jarayonida bilim, ko‘nikmalarini
shakllantirishga kreativ yondashuvning mohiyati shundan iboratki, talablarni bilimlarni chuqurroq
egalashga, mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ega bo‘lishga yordam berad
i.
REFERENCES
1.
Барышева Т.А., Жигалов Ю.А. Психолого-педагогические основы развития
креативности. – СПб.: СПГУТД, 2006.
2.
Muslimov N.A., Qo‘ysinov O.A. Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil
ta’limni tashkil etish. Metodik qo‘llanma. – T.: TDPU, 2006. – 46 b.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
254
3.
Аметов, Б. Т. (2021). Возникновение И Распространение Ударной Волны В Твердом
Теле. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(6), 42-44
4.
Zamira, E., Xalima, D., & Kizlargul, K. (2021). Integrated approach in teaching a foreign
language.
ACADEMICIA:
AN
INTERNATIONAL
MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH JOURNAL, 11(1), 448-452
5.
Furkatovna, S. A., Jurabekovna, T. M., & Mamurjonovna, T. P. (2021). Gender aspects of
politeness strategy in speech acts. Linguistics and Culture Review, 5(S2), 1488-1496.
6.
Кухарчик, П. Д. Научно-методические основы разработки и внедрения современных
образовательных
технологий
в
систему
профессиональной
подготовки
педагогических кадров: учеб.-метод. пособие / П. Д. Кухарчик [и др.]. Минск : БГПУ,
2006
7.
Монахов В.М. Введение в теорию педагогических технологий. Монография, г.
Волгоград «Перемена» 2006.
8.
Nozima, K. (2023). МУСТАҚИЛЛИК ШАРОИТИДА ТАЛАБАЛАР БИЛАН ОЛИБ
БОРИЛАДИГАН АҚЛИЙ ВАТАНПАРВАРЛИК ВА БАЙНАЛМИНАЛ АХЛОҚИЙ,
ҒОЯВИЙ-СИЁСИЙ
ДУНЁҚАРАШИНИ
ОШИРИШНИНГ
ДОЛЗАРБ
ВАЗИФАЛАРИ.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.Uz)
,
36
(36). извлечено
от https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/10158
9.
Кадирова Н. А., Розикова П. Инсон Психологиясида Рангларнинг Рухий Таъсири
//BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. –
2021. – Т. 1. – №. 5. – С. 341-346.
10.
MB S. et al. The Significance Of Decorative-Applied Art In The Educational Process Of
Higher Education //Journal of Contemporary Issues in Business and Government. – 2021.
– Т. 27. – №. 1. – С. 3162-3171
11.
Kadirov O. M., Kadirova N. A., Kahhorova M. METHODS OF USING FOLK TALES
AND FOLKLORE ABOUT CRAFTS IN THE ORIENTATION OF YOUNG PEOPLE
TO THE PROFESSION //E-Conference Globe. – 2021. – С. 74-77.
12.
Kadirov
A.
YOSHLARNI
KASB-HUNARGA
YOʻNALTIRISHDA MILLIY
QADRIYAT VA AN’ANALARNING OʻRNI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz). – 2022. – Т. 26. – №. 26.
13.
Kadirova N. ОСОБЕННОСТИ НАЦИОНАЛЬНОГО ПЛАТЬЯ ЖИТЕЛЬНИЦ
БУХАРЫ В XIX ВЕКЕ КАК ЭЛЕМЕНТ ИЗУЧЕНИЯ ИСТОРИИ РЕГИОНА
//ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 26. – №. 26.
14.
Abdumalikovna K. G., Arifovna K. N. History and Stages of Development of Uzbek Folk
Arts.
15.
Кадырова Н. А. УЗБЕКСКАЯ НАЦИОНАЛЬНАЯ ДЕТСКАЯ ОДЕЖДА И ЕЁ
ЭВОЛЮЦИЯ //Электронный периодический рецензируемый научный журнал «SCI-
ARTICLE. RU». – 2016. – С. 52.
16.
Nozima K. Yoshlarni mahoratiga qarab kasbga yo ‘naltirishda ajdodlarimizdan qolgan
amaliy hunarmandchilik sirlarini yetkazib berish //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz). – 2023. – Т. 38. – №. 38.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
255
17.
Nozima K. МУСТАҚИЛЛИК ШАРОИТИДА ТАЛАБАЛАР БИЛАН ОЛИБ
БОРИЛАДИГАН АҚЛИЙ ВАТАНПАРВАРЛИК ВА БАЙНАЛМИНАЛ АХЛОҚИЙ,
ҒОЯВИЙ-СИЁСИЙ
ДУНЁҚАРАШИНИ
ОШИРИШНИНГ
ДОЛЗАРБ
ВАЗИФАЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2023. – Т. 36. –
№.
36.
18.
Nozima K. YOSHLARNI MILLIY AN’ANALAR VA QADRIYATLARGA HURMAT
RUHIDA TARBIYALASH //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2023.
– Т. 40. – №. 40.
