ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
730
IJODKORLAR MAHORATINI BELGILASHDA BADIIY SAN’ATLARNING O‘RNI
Minavarxo‘jayeva Qizlarxon Qosimxo‘ja qizi
Guliston davlat universiteti magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.12098029
Annotatsiya. Ushbu maqolada ijodkorlar mahoratini belgilashda badiiy san’atlarning
o‘rni o‘rganilgan. Alisher Navoiy, Umar Boqiylarning badiiy merosi taxlil qilingan.
Kalit so‘zlar: Layli va Majnun, doston, badiiy, Saj’ san’ati, Lafziy san’atlar, Tavzi’.
THE ROLE OF FINE ARTS IN DETERMINING THE SKILLS OF CREATIVES
Abstract. This article examines the role of artistic arts in determining the skill of creators.
The artistic heritage of Alisher Navoi and Umar Baqi is analyzed.
Key words: Layli and Majnun, epic, artistic, Saj' art, Verbal arts, Tavzi'.
РОЛЬ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В ОПРЕДЕЛЕНИИ ТВОРЧЕСКИХ
НАВЫКОВ
Аннотация. В данной статье рассматривается роль художественного искусства
в определении мастерства творцов. Анализируется творческое наследие Алишера Навои и
Умара Баки.
Ключевые слова: Лейли и Меджнун, эпос, художественное, садж-искусство,
словесное искусство, Тавзи.
Alisher Navoiy ham, Umar Boqiy ham “Layli va Majnun” dostonida badiiy san’atlarni
mahorat bilan qo‘llagan. Xususan, Navoiy Layli ta’rifida, uning yuz go‘zalligini bayon etishda
mubolag‘adan san’atkorona foydalangan. Bu san’at badiiy timsol holati yoki harakatini bo‘rttirib,
kuchaytirish bilan birga, Navoiy fikrining go‘zal ifodasiga ham xizmat qilgan:
Boshkim qo‘shib ikki egma qoshi,
Husn ichra ikisining taloshi.
Un voqif o‘lub bu mojarog‘a,
Mushkin xutaba kirib arog‘a.
Umar Boqiyning mahorati shundaki, o‘quvchi ko‘z o‘ngida Laylining go‘zal qiyofasi
yorqin bo‘yoqlarda namoyon bo‘ladi.
Mana bu baytda Navoiy Layli jismining go‘zalligini tashbih san’ati vositasida betakror
tasvirlashga erishgan:
Jismiki bor erdi yosamingul,
Hummo qilur erdi otashingul!
Bu baytda shoir yorning muxtasar ta’rifini keltirar ekan, labining shirinligi og‘ziga ham
yuqqan, shundan so‘zlari ham shirin chiqadi. U bir toza niholki, jilvasi bilan dillarga qiyomat solur,
deb aytadi. Umar Boqiyning “Layli va Majnun” dostonida asosiy voqealar asosan bir she’riy
o‘lchov – hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf vaznida bayon etilgan. Unda Navoiy dostoniga
xos bo‘lgan ritmik variatsiyani uchratmaymiz. Bizningcha, bu hol til xususiyatlari bilan bog‘liq
bo‘lsa kerak. Umuman, har ikki shoir “Layli va Majnun” dostoniga konseptual qarashlarini
singdirgan. Poetik tasvir vositalaridan, xususan, badiiy san’atlardan mahorat bilan foydalangan.
Teran mazmunni go‘zal badiiy shaklda yuksak ijodiy salohiyat bilan betakror talqin etishga
erishgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
731
Saj’ san’atining qo‘llanilishi
. Saj’ san’atining eng yuksak bosqichga ko‘tarilgan davri
o‘rta asrlarga, ayniqsa Navoiy ijodiga to‘g‘ri keladi. Navoiyning nazmiy, nasriy asarlarida saj’
san’atining oliy darajadagi murakkab namunasi qo‘llangan, “Xamsa” dostonlari nasriy sarlavhalari
ham saj’ san’ati asosiga tuzilgan. Xalq dostonlari, qissa, ertaklarda ham saj’ san’ati qo‘llanadiki,
bular asarlarga o‘ziga xos ko‘rk, chiroy bag‘ishlaydi. Odatda, Umar Boqiy va qator nasriy
bayonchilar asosiy matnni ham saj’ san’ati asosida tartib berishga uringanlar. Mir Maxdum esa
matnni saj’ asosida berishga intilmaydi. Chunki so‘zlarni qofiyali qilib tartib berish ijodkordan
katta iqtidor talab etadi, uning vazifasi imkon qadar asarni soddalashtirish. Umar Boqiy va G‘afur
G‘ulom nasriy bayonlarini tahlil qilgan G‘.Salomov tarjima va tabdilda aynan saj’ni qo‘llash shart
emasligini ta’kidlaydi.
“XVIII - XIX asr o‘zbek nasridagi saj’ xarakterini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, bu davrlarda
ijodkorlar ko‘proq xalq prozasidagi saj’ xarakteriga yaqin saj’ qo‘lladilar”. Tabdilchi XV asrga
xos bo‘lgan baland, jimjimador saj’lanib kelgan so‘zlarni nisbatan o‘z davriga moslashtiradi.
Natijada, juda ham sodda emas, badiiy go‘zalligini saqlab qolgan saj’ ko‘rinishini oladi.
Bu
dostonda Shirin Farhodni ishqida jon bergani, Mihinbonu bilib ul dog‘i jon Shirinni tark qilg‘oni,
bu holatda Bahrom dilovar Chin shahridin lashkar tortib kelgani, Sheruya zolim Farhod uchun
zulmlarni rad qilib armanda odil podshoh ta’yin etgoni va Chin birla arman lashkarini yondurub
o‘zi Farhod tarbiyatida mojuvor bo‘lg‘oni, saltanatga yetgani
.
Ayrim o‘rinlarda matn ichida ham saj’ san’atini qo‘llaydi, lekin bu muttasil davom
etmagan:
G‘amga ham davo topmay, ko‘ngullarini tindurub va behuda havaslarni sindurub,
hamalari xudoi taoloni farmonig‘a qone’ bo‘lub, qazog‘a rizo berib sabrni xo‘y qildilar.
Ijodkorning yana o‘ziga xos ajralib turadigan xususiyati shundaki, garchi asar doirasidan
chekinmasa-da, undan ijodkorning “men”i sezilib turadi. Qissalarni mutolaa qilish davomida
kitobxonda quyidagi tasavvurlar uyg‘onadi: Navoiyning shoh asarini mehr bilan qo‘liga ushlab,
murakkab jumlalar ustida bosh qotirayotgan kishi gavdalanadi; eski shahar xonadonlaridan birida,
orqasida devordan o‘yib ishlangan qadimiy taxmonda qator kitoblar terilgan, kechalari sandal
atrofida shishachiroq yoki sham yorug‘ida mijja qoqmay, qalb qo‘rini satrlarga singdirayotgan,
o‘rta yosh bir kishi ko‘z o‘ngimizga keladi. Bayon ortidan uning nimalarni o‘ylayotgani, nimalarni
berishni rejalashtirayotganini sezish mumkin. Matn zamirida uning ruhiyati, o‘y-fikr, kechinmalari
yaqqol sezilib turadi.
“Xamsa”dagi har bir dostonda Navoiy o‘z maqsadini, tafsilotlarni asta-sekin kerakli
sharoitda, vaziyatda yuzaga chiqaradi. Bu kitobxonni yanada diqqat bilan asarni mutolaa qilishga
da’vat etadi. Nasriy bayonchi Navoiy bilan izma-iz borar ekan, shoir ozgina sirli qilib yoki
qisqaroq to‘xtab o‘tgan o‘rinlarda adibdan oshirib ochiqroq aytishga, kengroq to‘xtalib o‘tishga
moyilligi seziladi. Jumladan, Iskandar tarixi haqida Navoiy unga qisqaroq to‘xtashini aytadi:
Va lekin bu daftarda gunjayishi,
Emas siqqudek borcha oroyishi.
Zaruratdin alqissa harxol ila,
Aning qissasin surdum ijmol ila.
Tabdilchi Navoiy so‘zlarini takrorlab “
zarur to mujmalroq bayon qilarmiz
” deydi-yu, biroq
qisqacha to‘xtab, Iskandarning tug‘ilishiga oid ma’lumotlarni keltiradi. “Sab’ai sayyor”da Navoiy
yetti davlat shohlari qizlari va Bahrom o‘rtasidagi munosabatni chiroyli qilib tushuntiradi,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
732
tabdilchi esa ular nima qilishi lozim, nima qilishi lozim emasligini alohida ta’kidlab o‘tadi. Ayrim
o‘rinlarda nosir voqeani tezkor bayon etishga intilayotgani seziladi.
Ato jo‘ng ichra qoldi tortibon voy,
O‘g‘ul zavraqda bo‘ldi bahr paymoy.
Arog‘a tushti andoq ayru tushmak,
Ki mumkin bo‘lmas andin so‘ng ko‘rushmak.
Nasriy bayonda: “
Xoqon oh va faryod qilib katta kemada qoldi, Farhodning zavraqi daryo
ichinda o‘t yoqilg‘ondek yurub ketti. Xoqon bilan Farhodning orasig‘a andog‘ judolig‘ tushtiki,
mundin keyin qiyomatg‘acha ko‘rushmak mumkin bo‘lmas erdi”
.
Dostonda
qiyomat
so‘zi yo‘q, Farhod va otasi endi ko‘rusholmasliklari aytilmoqda va
kitobxon Farhodning qaytib kelishiga umid bog‘laydi. Nasriy bayonda
qiyomat
so‘zi bu umid
eshigini taqa-taq bekitadi. Muallifning voqealarni bo‘rttirishga moyilligi “oltin bayza”
mojarosidagi Iskandarning Doroga bergan javobida ham ko‘rinadi. Mir Maxdumning ish uslubini
faqatgina Mulla Siddiq Yorkandiy, Umar Boqiy, Mahzunlarning nasriy tabdillariga qiyoslash
kamlik qiladi. Uni o‘sha davrda toshbosmada nashr etilgan qator xalq qissalari, arab, fors-tojik
tillaridan tarjima qilingan asarlar uslubiga ham qiyoslash lozim bo‘ladi. Chunki ijodkor Navoiy
nazmidagi serjilo tasvirni kitobxonga yetkazishda mavjud asarlar, urf bo‘lgan xalqning diliga
yaqin bo‘lgan “Kalila va Dimna”, “Ming bir kecha” kabi asarlardan ham muayyan uslub,
yo‘nalishni olgan.
Ijodkorning badiiy mahoratini kuzatganimizda, to‘rttala doston bir xil uslubda davom etsa-
da, dostonlar vazn o‘lchoviga qarab ifoda birligi o‘zgarib borganligini ko‘ramiz. “Saddi
Iskandariy”da qo‘llangan vazn uning nasriy bayonida ham sezilib turadi. Unda zalvor, uzviy
izchillik, pishiq, puxtalik sezilsa, “Sab’ai sayyor”da boshqa, “Farhod va Shirin”, “Layli va
Majnun”ga o‘tilgandan so‘ng esa biz o‘zgacha bir holatni uchratamiz.
Agar Navoiyning badiiy mahorati nasriy bayonda qanday e’tibor saqlanganligiga e’tibor
beradigan bo‘lsak, nasriy bayonning qimmati anchagina pasayganday bo‘ladi. Jumladan,
Navoiyning Farhod ismini harflarga singdirib berishida ajoyib badiiy san’at hosil qilingan, nasriy
ifoda qilinganda uning she’riy go‘zalligi, kishiga beradigan his-tuyg‘u, estetik hissiyot kuchini
yo‘qotgan. Dostonning eng go‘zal, hayajonli kulminatsion nuqtasi bo‘lgan Xisrav bilan
Farhodning munozarasi ham qisqartirib berilgan. Quyida savol-javobdan parcha keltiramiz:
Ey
devona, san qaydin bo‘lursan? Farhod aydi: Devona vatandin xabardor bo‘lmas. Xisrav aydi:
Hunaring naturur? Farhod aydi: Ishq ichra devonaliqturur. Xisrav aydi: Bu hunardin kasb ro‘zi
bo‘lmas. Farhod aydi: Oshiq bo‘lsa yana kasb kerak emas. Xisrav aydi: Ishq o‘tidin afsona ayg‘il.
Farhod aydi: Ishq o‘tida kuymagan kishi ul afsona nishonasini ham tofmas. Xisrav aydi: Ishqda
kuyganni nishonasin bizga ma’lum qilg‘il. Joh saltanat ahlidin mahrumturur ( 72-b).
Ko‘rinadiki, asliyatdagi joziba, so‘zlarning ta’sir kuchi bayonda yo‘qolgan. Mir
Maxdumning ish uslubi ko‘proq 1939-40 yillardagi nasriy bayonlardagi hajm tanqisligiga
o‘xshaydi. Ijodkorning mahorati “Saddi Iskadariy”dek ulkan va murakkab kompozitsion
tuzilishga ega bo‘lgan dostonni bitta asosiy g‘oya, ma’no yo‘lida birlashtira olganligida ham
ko‘rinadi. Ularni aynan to‘g‘ri yo‘naltira olganligi ham mohir noshir, tahrir va tasnif egasi, ijodkor
ekanligini anglatadi. “Ma’lumki, ijodkorlarning badiiy mahorati, eng avvalo, uning mazmun bilan
shaklga bo‘lgan munosabati orqali belgilanadi”. Navoiyning badiiy mahorati dostonda go‘zal
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
733
ko‘rinish va uslubda she’riy san’atlardan rang-barang holatlarda qo‘llab borishida namoyon
bo‘ladi. She’riy san’atlar o‘z nomidan anglashilib turibdi, ular she’rga, nazmga xos. She’riy
san’atlar nasriy bayon qilinganda ulardagi go‘zallik yo‘qoladi, faqatgina ma’noni izohlash orqali
Navoiy nazarda tutgan o‘xshatishlar, qochirimlar, qiyoslashlarni tushunish mumkin. Navoiy
she’riy usul bilan ifoda etgan ma’naviy va lafziy san’atlardan bir qanchasini tahlil qilamiz. Zero,
she’riy yo‘l bilan sirli ma’no, go‘zallik, ming bir xil jilva tashiyotgan misralardagi yetakchi
mazmun nasrda ham saqlanib qolgan bo‘lishi kerak. Quyida nasrda ham nazmda ham qo‘llash
mumkin bo‘lgan she’riy san’atlardan namunalar keltiramiz.
Lafziy san’atlar
. Lafziy san’atlar nutqning ifoda usuli bilan aloqador badiiy san’atlardir.
Bunday san’atlar so‘zning tashqi jihatdan shakliga tegishli bo‘lib, nasriylashtirilganda ulardagi
shakliy xususiyatga putur yetadi. Lafziy san’atlardan ham, ma’naviy san’atlardan ham bir
qanchalari nasrga ham xos bo‘lib, bu ayni damda nasriy bayonda qo‘llashga qulaydir. Ular orasida
saj’ san’ati shular jumlasidandir. Nasriy sarlavhalarda Navoiyning saj’li jumlalarini soddalashtirib,
yana saj’ asosida berishi uning bu san’atdan unumli foylanganini ko‘rsatadi.
Tavzi’
– nasr va nazmda ham ishlatilib, ohangdoshlikni yuzaga keltiradigan san’atdir,
“bunda shoir yoki umuman so‘zlovchi o‘z fikrini ifodalash uchun yangroqdosh, ya’ni bir xil
yangroq tovushga ega bo‘lgan so‘zlardan foydalanadi”. Tavzi’ san’atiga odatda, olimlar “Hayratul
abror” dan olingan quyidagi misralarni misol qilib keltirishadi:
Ganja ganjurikim chekib ko‘p ranj,
Qo‘ymish erdi jahonda besh ganj.
Nasriy bayonga ushbu doston tortilmagani uchun biz uning nasrdagi ifodasini keltira
olmaymiz.
Kim ul devona sori dev payvand,
O‘zi devu so‘zi devona monand.
Ul devona va devqomat bu ra’noni o‘zig‘a nihoyati oshiqi
darband qilibdur
Bukim dahr ahlig‘a nomuttafiqsen,
Muhiqsen, billahu vallah muhiqsen!
Aydiki: Ey haqiqat sirlarini xazinasi! Bu aytqonlaringni zamona xalqining haqida
ayding. Billahki rost aytursan.
Birinchi baytda
d
harfi, ikkinchi baytda odatda qayta-qayta qo‘llash qiyin bo‘lgan
h
harfi
takrorlanib kelmoqda. Nasriy bayonda bu holat qisman yo‘qolgan. Olima qizlar ismida ham tavzi’
san’atining go‘zal shakli qo‘llangan:
Diloromu Diloroyu Diloso,
Gulandomu Sumanbo‘yu Sumanso.
Parichehru Parizodu Parivash,
Paripaykar zihi o‘n ismi dilkash.
Nasriy bayonda bu misralar quyidagicha berilgan
: “Bu o‘n oy yuzlukning otlari birining
Dilorom, ikkinchisi Diloroyu, uchinchi Diloso, to‘rtunchi Gulandom, beshinchi Sumanbo‘y,
oltinchi Sumanso, yettinchi Parichehra, sakkizinchi Parizoda, to‘qquzunchi Parivash, o‘nunchi
Paripaykar erdilar”.
Ismlar orasidagi sanoq sonlar o‘zgarishga olib kelgan. Umar Boqiyning
“Farhod va Shirin” nasriy bayonida qizlar ismi quyidagicha beriladi: “
Ul o‘n qizni otlari
butururlar, Amir Alisher Navoiy buyururlar: Dilorom, Diloro, Diloso, Gulandom, Sumanbar,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
734
Sumanso, Parichehra, Parizod, Parivash va har biri ilmi donishda benazir va husnu jamolda
barkamol erdi
”. Unda ismlar ketma-ket berilib, shakliy uyg‘unlik saqlab qolingan, faqat oxirgi qiz
ismi Paripaykar tushib qolgan.
Iqtibos
– ham lafziy, ham ma’noga daxldor san’atlar jumlasidan bo‘lib, nasr yoki nazmda
bayonning yorqin va go‘zal jumlasi uchun oyat va hadislar keltirishdir. Dostonda, ayniqsa nasriy
sarlavhalarda oyatlardan namunalar keltirilgan. Jumladan, “Farhod va Shirin”da XIII, XV,
XXVIII, LIV boblarda, “Layli va Majnun”da bayonga tortilmagan II, III, IV, VIII boblarda
berilgan. Matn ichida esa
billah, maozalloh
so‘zlari bayonda saqlanib qolgan:
Agar maozalloh johilliq va adovat va zalolatliq qilsang boshingg‘a har nechuk ish kelsa
o‘zungdin ko‘rgaysan
REFERENCES
1.
Faizullayeva, O. H. (2022). Artistic Conditionality and Poetic Function of Signs in Lyrical
Series. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 14, 20-29.
2.
Fayzullayeva, O. (2024). THE ISSUE OF FORM AND CONTENT IN LYRIC CYCLES.
Евразийский журнал технологий и инноваций, 2(1), 55-60.
3.
Mamatkulov, M., & Fayzullayeva, O. (2024). Expression Of Symbols And Allegorical
Images In Lyric Cycles. Modern Science and Research, 3(1), 1-7.
4.
Kholbekovna, F. O., & Dehqonovna, D. G. (2020). The Hero Issue In The Lyrıcs.
International Journal of Advanced Science and Technology, 29(8), 3409- 3413.
5.
Tursunkulovna, S. I. (2022). Synthesis of national and postmodernist styles in Uzbek
independence novels. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(5),
433-436.
6.
Quilieva, G., & Tursunkulovna, S. I. (2021). Evolutionary development of tetralogy.
European Scholar Journal, 2(6), 115-117.
7.
Saymuratova, I., To‘rayeva, D., & Saidova, S. (2023). BADIIY ASARDA TAVSIFLASH
VOSITALARI. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(6 Part 3), 19-24.
8.
Mamatqulov, M. (2021). SAYYADI–GHAZAL WRITER. Bulletin of Gulistan State
University, 2021(1), 46-50.
9.
Kodirova, M. M., & Anvarova, S. (2024). TIBBIY MALAKALI MUTAXASISLARNI
TAYORLASHDA UMUMIY TIBBIY PEDAGOGIKADAN FOYDALANISH
MEHANIZMI.(KOMMUNAL VA MEHNAT GIGIYENASI FANINI OQITISH
MISOLIDA). Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi, 20(4), 59-63.
10.
Kodirova, M. M., & Muxammadova, G. Q. (2024). PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
TIZIMINING TIBBIYOT FANLARINI O ‘QITISHDAGI O ‘RNI (Kommunal va Mehnat
gigiyenasi dars mashgulotarini organayzerlar asosida). PEDAGOGS, 53(1), 37-41.
11.
Muxammadova, G. Q., & Kodirova, M. M. (2023). ISHLAB CHIQARISH SANOAT
KORXONALARINI AHOLI YASHASH JOYLARI ATMOSFERA HAVOSIGA
TASIRI. Экономика и социум, (11 (114)-2), 274-279.
12.
Mukhammadova, G. Q., Kodirova, M. M., & Boqijonov, F. A. (2024). THE EFFECT OF
INDUSTRIAL ENTERPRISES ON ATMOSPHERIC AIR. British Journal of Global
Ecology and Sustainable Development, 28, 5-9.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
735
13.
Mamatqulov, M. (2020). SAYQALIYNING “BAHROM VA GULANDOM”
DOSTONIDA IRSOL UL-MASAL SAN‟ ATI. Filologik ta‟ limni takomillashtirish
muammolari, 176.
