OVOZ HUSUSIYATI

Annotasiya

Ushbu maqolada ovozi tembri, ayollar, erkaklar va bolalar ovozlari turlari, farqlari, hususiyatlari va imkoniyatlari, ustozlar va otoloringolog shifokorlar tomonidan qilinadigan alohida e’tibor, ovoz turlarini to’g’ri aniqlash, to’g’ri yo’naltirish hamda bolalardagi o’smirlik davri ya’ni mutatsiya haqida so’z yuritiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Tadjiyev, E. . (2024). OVOZ HUSUSIYATI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(6), 767–770. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/34849
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada ovozi tembri, ayollar, erkaklar va bolalar ovozlari turlari, farqlari, hususiyatlari va imkoniyatlari, ustozlar va otoloringolog shifokorlar tomonidan qilinadigan alohida e’tibor, ovoz turlarini to’g’ri aniqlash, to’g’ri yo’naltirish hamda bolalardagi o’smirlik davri ya’ni mutatsiya haqida so’z yuritiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

767

OVOZ HUSUSIYATI

Tadjiyev Elmurod Bekchanovich

Oʼzbekiston Davlat Koservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy Estrada Sanʼati

instituti “Estrada xonandaligi” kafedrasi Estrada vokal ansambli oʼqituvchisi.

elmurodtojiyev@gmail.com

97-771-44-71.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12109712

Аnnotatsiya. Ushbu maqolada ovozi tembri, ayollar, erkaklar va bolalar ovozlari turlari,

farqlari, hususiyatlari va imkoniyatlari, ustozlar va otoloringolog shifokorlar tomonidan
qilinadigan alohida e’tibor, ovoz turlarini to’g’ri aniqlash, to’g’ri yo’naltirish hamda bolalardagi
o’smirlik davri ya’ni mutatsiya haqida so’z yuritiladi.

Kalit soʼzlar: Lirik tenor, dramatik bariton, bas, alt, kontal’to, Lirik soprano, kolorotura,

ovoz aparati, otorinoloringolog, Loringoskopik oyna, mutatsiya.

SOUND FEATURE

Abstract. This article describes the timbre of the voice, types, differences, characteristics

and capabilities of the female, male and children's voice, special attention from teachers and
otolaryngologists, the exact definition of voice type, the correct manner of performance, as well
as mutations in adolescence in children.

Key words: Lyric tenor, dramatic baritone, bass, alto, contalto, Lyric soprano, coloratura,

voice apparatus, otorhinolaryngologist, Laryngoscope, mutation.

ЗВУКОВАЯ ФУНКЦИЯ

Аннотация. В данной статье описывается о тембре голоса, видах, различиях,

особенностей и возможностей женского, мужского и детского голоса, особое внимание
со стороны педагогов и отоларингологов, точное определение типа голоса, правильная
манера исполнения а также о мутациях в подростковом периоде у детей.

Ключевые слова: лирический тенор, драматический баритон, бас, альт,

контальто, лирическое сопрано, колоратура, голосовой аппарат, оториноларинголог,
ларингоскоп, мутация.

Ovoz hususiyati deganda uning tembri, yo’g’on yoki nozikligi, harakatchanligi,

jarangdorligi va kuchliligi rang - barangligi koʼzda tutiladi. Inson ovozi ruhiyati qanday bo’lsa
uning xarakteri xam shunday bo’lar ekan. Bu borada yana ustozlarga murojaat qildik: "Ko’p
kuzatuvlarga binoan inson ruhiyati ovoz ruhiyati bilan mos keladi. Masalan, inson og’ir, bosiq,
beg’am bo’lsa, bunday kishilar ovozlari pastrok va dramatik xarakterga ega bo’ladi. Chaqqon,
doim shoshilib yuradigan, jaxldor xonandalarning ovozlari esa yuqorirok bo’lib, lirik xarakterga
ega bo’ladi. Lekin ko’rinishidan uzi og’ir-bosiq bo’la turib, ovozi lirik tenor xonandalarni ham
uchratish mumkin. Yoki aksincha, sho’x, shovqin-suronli xonandalarning ovozlari dramatik
bariton yoki bas ovozli bo’lishi ham mumkin.

Zamonaviy xonandalik pedagogikasi qadim tajribalarga, ichki hissiyotlarga boy ijrochilik

maxoratiga asoslangandir. Xonandalikdan dars bera olish o’quvchini bu borada to’g’ri yo’naltira
olishni nafaqat ilm, balki san’at deyish to’g’ridir. Qadimda kuylashga oʼrgatish san’ati sir saqlanib
kelingan. Chunki moxir ijrochi bo’lish, tajribalar ortirish uchun xonandadan juda katta vaqt, kuch,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

768

bilim talab etilgan. Аmmo xozirgi kunda tizim ancha o’zgargan. Lekin ustozning siri masalasiga
keladigan bo’lsak, har bir ustoz o’z o’rgatish uslubiga ega.

Kimki xonandalikni oʼrganmoqchi bo’lsa, albatta o’zining daslabki kunlaridanoq

ovozining ruhiyati va qaysi turga mansub ekanligini aniqlab olmog’i lozim bo’ladi. Buning uchun
ikkita ovoz bo’yicha mutaxassis o’qituvchi va bir shifokor ya’ni otorinoloringolog kabi
mutaxassislardan xay’at tuzilib, tekshirilmog’i shart. Bu xay’at a’zolari asosan bo’lajak xonandani
uchta iqtidoriga baho berishlari shart: birinchisi; eshitish qobiliyati, ikkinchisi; ovozning ko’lami
yoki qaysi turga mansub ekanligini aniqlash, uchinchisi; ovoz aparati, nafas va eshitish tizimini
kasalliklardan holi, sog’lom ekanligini tekshirish. Daslabki ikki tekshiruv natijasini ya’ni eshitish
qobiliyati va ovoz turini xonanda mutaxassislar aytib berishlari lozim.

Ovoz aparati, nafas va eshitish a’zolari tashxisini esa shifokor otorinoloringolog aniqlashi

koʼzda tutiladi. Ovoz ruhiyatini, qaysi turga mansub ekanligini bir ko’rishda aniqlash qiyin albatta.

Qayta - Qayta tekshiruvlardan hamda shifokorning tashxisidan so’ng aniq bir hulosaga

kelish mumkin.

Ma’lumki ovoz qanchalik yo’g’on bo’lsa, tovush hosil qilishda yutqin harakati shunchalik

ko’payadi va ovoz paylarining baquvvatligi seziladi. Ovoz qanchalik baland bo’lsa aksincha ovoz
paylari shunchalik ingichka va yutqin nozik buladi.

Shifokor, tibbiyot fanlari doktori, otorinoloringolog Masharipov Rajabboy Raximovich

bilan birgalikda ikki oy davomida ovoz bo’yicha tadqiqodlar olib borildi. Bu izlanishlar bizni
yetarlicha qoniktirmadi, shunday bo’sada bir qator yutuqlarga erishildi. Loringoskopik oyna orqali
ovoz paylari ulandi. Bunda ovozi bas turiga mansub xonandalarning ovoz paylarining uzunligi 20
– 22 millimetrni, baritonlar 18 - 21 mmni, tenorlar 15 - 17 mmni, al’t ovozlari 14 - 16 mmni,
soprano 11 - 14 mmni, yuqori yoki kolorotur soprano ovozlari 9 - 11 millimetrni tashkil etdi. Ovoz
paylarini qalinligi esa yo’gon ovoz turlarida ya’ni baslarda 5 millimetrni, eng yuqori ovozlar ya’ni
kolorotur sopranolarda 2 millimetrni tashkil etdi.

Ba’zan ovoz paylarining paradoksal (odatdagidek bo’lmagan, ammo tabiiy holat)

ko’rinishi ham kuzatiladi. Masalan: yo’g’on bas ovoz sohibining ovoz paylari lirik tenor ovozining
ovoz paylariga o’xshaganini. Lirik soprano kontral’to ovoz paylariga, kontal’to lirik soprano ovoz
paylariga o’xshash bo’lgan be’morlar e’tiborimizni tortdi.

Kuzatishlardan malum bo’ldiki, agar tekshiriluvchining ovoz paylari yukori ovozga xos

bo’lsayu, to’g’ri aniqlangan tessiturada past ovoz belgilansa, demak yuqori tessiturali past ovoz
uchun xarakterli bo’lgan ovoz payli xonandaga nisbatan uning ovoz apparati tez-tez yallig’lanib
turgan. Bu ovozning xarakterini to’g’ri aniqlash ovoz eshitilishida yuqori yoki past tessiturasi
belgilanishi lozim.

Yuqori ovozlarning ko’rinishi yo’g’on ovozlarnikidek bo’lsa, ko’p hollarda ovoz ko’lami

keng, obertonlarga boy va baquvvat bo’lishi mumkin. Bu holatni biz «ijobiy mos kelmaslik» deb
atadik. Eshitilishi jixatidan ayon bo’lsayu tuzilishi jixatidan yuqori ovozlaridek ko’rinsa, ovoz
tembri chiroyli bo’lishi mumkin. Lekin ko’lam jixatidan qiska bo’ladi. Ko’pincha bunday insonlar
ovozi xirillagan va notekkis bo’lganligi uchun bu holatni biz «salbiy mos kelmaslik» deb atadik.

Аlbatta ovoz paylarining xajmi va ovoz turi bir - biriga mos kelsa bu xonandaning yutug’i.
Oqibatda biz tekshirgan 90% xonandaning ovoz paylari xajmi va ovoz turi bir - biriga mos

keldi, atigi 10% gina salbiy va ijobiy mos kelmadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

769

Har bir xonanda o’z ovoz tessiturasini ya’ni turini shogirdlikni daslabki kunlaridanoq

aniqlab olishi lozim. Аks holda tovush sifatini buzish kabi salbiy holatlarga olib keladi. Аgar ovoz
baland bo’lsa past pardalarni ijrosiga xarakat qilish besamardir. Аytaylik ovoz past bo’lsa yuqori
pardalarga chiranib chiqish ham ovoz paylari zo’riqishi va oqibatda buzilishiga olib keladi.

Hayotda bu kabi ovoz sifatini buzib qo’yish hollarini ko’plab misollarini keltirishimiz

mumkin.

Ovozlarni turga ajratish har qanday bilimdon ustoz uchun ham qiyin kechadi. Masalan bir

o’quvchini ovozini u yoki bu turga mansub ekanligini aytish uchun avvalo ovozning tembriga
ya’ni ovozning rangiga e’tibor beriladi. So’ngra uning ko’lamiga nisbatan ovozlar turlarga
ajratiladi. Ba’zida shunday ovozlar ham uchraydiki, tembr jixatidan yo’g’on ya’ni bariton
bo’lsada, k’olam jixatidan ovozining yuqori pardalari tenor kabi bo’ladi, yoki ovozi mayin
yumshoqligi tenorlar singari bo’lsa ham ko’lami kichikrok ya’ni yuqori pardalarni ijro eta
olmasligi ham mumkin.

Аgar meditsina tomonidan olib qaraydigan bo’lsak, erkaklarda ovoz paylari va

rezonatorlari xajmi nisbatan kichik bo’lsa, u albatta tenor yoki al’t ovoz turidir. Qancha ovoz
yo’gʼonlashgan sari ovoz hosil qiluvchi aʼzolarning xajmi shunchalik kengayib boradi. Lekin
aytishlaricha taniqli xonanda Koruzoning ovoz paylarining xajmi baslarnikidek bo’lsada uning
ovozi lirik tenor ekanligini hech kim rad eta olmaydi.

Tajribali ustozlar ovoz kuchi va quyukligi jixatidan bariton lekin ko’lam jixatidan tenorga

o’xshagan ovozlarni turga ajratish uchun shu xonandaga yuqori pardalarda so’z ayttirish orqali
ham bilishadi. Shunda agar ovoz tenor bo’lsa avjlardagi so’zlarni anik va qiyinchiliksiz talaffuz
etishadi, aks hollarda bariton yoki bas ovozining og’iz artikulyatsiyasi va nutqi past pardalardagi
kabi bemalol emas, ulgurmaydi hamda qiynaladi.

Bundan tashqari ularni turlarini aniqlashda tashqi ko’rinish ham muhim ahamiyatga ega.
Аgar ozg’in, harakatchan, salga jaxli chiquvchi xarakterga ega bo’lsa bu odam tenor

bo’ladi. Mobodo uzun bo’yli, tepsa tebranmas, kam gap og’ir va salobatli b’olsa bilingki u albatta
bas ovozli xonandadir.

Baʼzi ustozlarning takidlashicha «an’anaviy xonandalik sohasida ovozlarni turlarga bo’lib

dars berish uslubi unchalik to’g’ri emas», deb hisoblashadi. Аgar yuqori pardalarini ola olmasa bu
o’quvchini o’z holiga qo’yib, ashulalarga ovozi yetmasa bir - ikki parda pastroqdan ham ijro etish
mumkin deyishadi. Bu qanchalik to’g’ri yoki notug’ri ekanligi biz uchun muhim emas. Gap
shundaki har bir asarning o’z pardasi, o’z ko’lami mavjud. Xonanda asarlarini me’yoriga yetkazib
ijro etish uchun asardagi joziba, shiddat avjlarni go’zalligini ochib berish kabi xislatlarini ham
qo’shishi kerak. Bu asarlarni yaratgan bastakorlari aynan belgilangan parda uchungina
bastalashgan bo’lsachi? Bu pardalar masalasi hali uzok yillar davomida baxs munozaraga mushtoq
jabhalardir. Shuning uchun ham konservatoriyaga yoki kollejlarga oʼqishga kirgan bo’lajak
xonandalar tajribali ustoz saboqlaridan bahra olishga intiladilar.

Yosh xonanda o’qituvchilarimizning ichida oqilona dars berib, yaxshi ko’rsatgichlarga ega

bo’layotganlari ham bor. Lekin yosh xonandaning ovoz ko’lamini aniqlamay turib, ovozni
qiynash, ortiqcha zo’riqtirish va oqibatda ovozi sinib ketayotgan xonandalarimiz ham topiladi.

Bu albatta o’qituvchini tajribasizligidan kelib chiqadigan nohush holatdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

770

Bolalar ovozlari yaʼni diskantlarni ovoz ko’lamini e’tibor bilan tekshirmay turib, ovozni

zuriqtirish yaramaydi. Ma’lumki bolalar ovozlari yillar davomida ashula aytish natijasida borgan
sari ko’lami kengayib, ovoz paylari mustaxkamlanib boradi. O’smirlik davriga kelib, bolalarda
ovoz o’zgarishi kutiladi, buni mutatsiya ya’ni rasidalik (oʼsish) davri deb ataydilar. Bolalik davrida
ovoziga yaxshi ishlov berilgan xonandalar mutatsiya davridan tajribali ustoz maslahatlari bilan
silliq, qiyinchiliksiz o’tadilar. Shunday holatlar bo’ladiki bolalikdagi ovoz ko’lami yetuklik
davrida ham o’zgarmaydi, ovoz to’lishishi va tembr o’zgarishini aytmaganda. Bu albatta bolalik
ovozini yaxshi ishlov berilganligi va mutatsiya davrining muvaffaqiyatli kechishi oqibatidir.

Bolalik ovozlarini yaxshi tarbiya toptirish va mutatsiya davrini silliq, qiyinchiliksiz o’tishi

uchun ovoz mashqlarini hamda yurg’izish, qizdirish yo’llarini o’quvchiga yaxshilab o’rgatish, bu
amallarsiz asar ijrosiga o’tmasligi kerakligini uqtirish, tez-tez shifokor otorinoloringolog
ko’rigidan o’tish kabi muhim masalalarni tushuntirish lozim. Iloji boricha har bir dars va shifokor
ko’rigidagi sezilgan o’zgarishlarni yozib belgilab borish kerak. Boladagi o’pkaning kengayishi
ovoz paylarini rivojlanishi doimo nazorat ostida bo’lishi lozim. Undan tashqari ovoz ko’lamini
kengayishi, asarlar xaqidagi ma’lumotlarga tobora ega bo’la borishi, asarlardagi sir - sinoatlarni
o’rgana borishi va ustoz tomonidan kuzatilgan barcha o’zgarishlar yozib borilishi bo’lajak
xonanda uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Mutatsiya davriga kelib o’smir xonanda ovoz ko’lami bir muncha qisqaradi va ovozdagi

jarangdorlik yorqinlik o’rnini nisbatan to’liqlik hamda qo’pollik egallaydi. Bu davrda xonanda
keng ko’lamli asarlardan vaqtincha voz kechib, kichik ko’lamli asarlarni ijro etishi lozimdir.

Аlbatta ovoz mashqlarisiz ijro boshlash mutlaqo maʼn etiladi. Mashqlar ham ovozni

silliqlash va ovoz paylaridan taralayotgan tovushni ortiqcha qaltis harakatidan saqlash kabilida
bo’lishi shart.

REFERENCES

1. "Vokal’niy slovar" lug’at. I. Koncheva, А. Yakovleva. Leningrad 1986 yil.
2. "Voprosy vokal’noy pedagogiki" maqolalar to’plami. Moskva 1962 yil.
3. "Razvitie pevtsa i yego golosa" D.Аspelund Moskva-Leningrad 1952 yil
4. "Yosh xonandalarning kamoloti" M.Rizaeva Toshkent 2003 yil.

Bibliografik manbalar

"Vokal’niy slovar" lug’at. I. Koncheva, А. Yakovleva. Leningrad 1986 yil.

"Voprosy vokal’noy pedagogiki" maqolalar to’plami. Moskva 1962 yil.

"Razvitie pevtsa i yego golosa" D.Аspelund Moskva-Leningrad 1952 yil

"Yosh xonandalarning kamoloti" M.Rizaeva Toshkent 2003 yil.