UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MILLIY MUSIQA CHOLG‘ULARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY PEDAGOGIK ASOSLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida milliy musiqa cholg‘ularidan foydalanishning nazariy-amaliy asoslari pedogogik jihatdan tahlil etilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning intelektual qobilyatini shakllantirish va rivojlantirishda milliy musiqa cholg‘ularining o‘rni tahlil qilingan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mamatov , M. (2024). UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MILLIY MUSIQA CHOLG‘ULARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY PEDAGOGIK ASOSLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(6), 951–955. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/34979
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida milliy musiqa cholg‘ularidan foydalanishning nazariy-amaliy asoslari pedogogik jihatdan tahlil etilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning intelektual qobilyatini shakllantirish va rivojlantirishda milliy musiqa cholg‘ularining o‘rni tahlil qilingan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

951

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MILLIY MUSIQA CHOLG‘ULARIDAN

FOYDALANISHNING NAZARIY PEDAGOGIK ASOSLARI

Mamatov Mashrab

Respublika musiqa va san’at kolleji katta o‘qituvchisi,

Qori Niyoziy nomidagi PFITI mustaqil izlanuvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12529008

Annotatsiya.

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida milliy musiqa cholg‘ularidan

foydalanishning nazariy-amaliy asoslari pedogogik jihatdan tahlil etilgan. Shuningdek,
o‘quvchilarning intelektual qobilyatini shakllantirish va rivojlantirishda milliy musiqa
cholg‘ularining o‘rni tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

intelekt, qobilyat, xalq milliy cholg‘ulari, musiqa madaniyati, pedagogik

asos, umumta’lim maktablari.

THEORETICAL PEDAGOGICAL PRINCIPLES OF USING NATIONAL MUSICAL

INSTRUMENTS IN HIGH SCHOOLS

Abstract.

In this article, the theoretical and practical foundations of using national musical

instruments in secondary schools are analyzed from a pedagogical point of view. Also, the role of
national musical instruments in the formation and development of students' intellectual abilities is
analyzed.

Key words:

intellect, ability, national folk instruments, musical culture, pedagogical basis,

general education schools.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ

НАЦИОНАЛЬНЫХ МУЗЫКАЛЬНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В ВУЗАХ

Аннотация.

В данной статье с педагогической точки зрения анализируются

теоретические и практические основы использования национальных музыкальных
инструментов в общеобразовательной школе. Также анализируется роль национальных
музыкальных инструментов в формировании и развитии интеллектуальных способностей
учащихся.

Ключевые слова:

интеллект, способности, национальные народные инструменты,

музыкальная культура, педагогическая основа, общеобразовательные школы.


Yoshlarning intelektual qobilyatlarini ta’lim tizimlarida shakllantirish va rivojlantirish

davlat ta’lim standartlari hamda milliy o‘quv dasturining asosiy maqsadidir. Umumta’lim
maktablarida o‘quvchilarning kognitiv kamolotini, intelektual qobilyatlarini, ijodiy iqtidorlarini
yuzaga chiqarish, uni to‘g‘ri yo‘naltirish uchun ko‘plab dasturlar, ish rejalar, chora-tadbirlar ishlab
chiqilmoqda. Ta’lim tizimlarida uzviylik va izchillikni ta’minlagan holda har bir o‘quvchining
qobilyatlarini aniqlash hamda ushbu iqtidorni ta’lim olishning samaradorligini ta’minlashga
yo‘naltirish kabi maqsadlar bugun yetakchilik qilmoqda.

Xalq musiqa cholg‘ulari vositasida o‘quvchilarning intelektual qobilyatini shakillantirish

nazariyasini ishlab chiqish tadqiqotimizning maqsadi sananaladi. Obyekti esa umumta’lim
maktablarida xalq milliy cholg‘ularini o‘rgatish natijasida o‘quvchilarning intelektual
qobilyatlarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari va mexanizmlarini
ishlab chiqish jarayonidir. O‘quvchilarning intelektual qobilyatlari shakillanishi va


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

952

rivojlanishining pedagogik shart-sharoitlari va mexanizmlarini xalq milliy cholg‘ularini o‘rgatish
asosida takomillashtirish, pedagogik jihatlarini aniqlash tadqiqotimiz predmetidir.

Tadqiqotning vazifalari:

1. Maktab ta’limida o‘quvchilarning intekeltual qobiliyatlarini aniqlashda “Musiqa

madaniyati” fanining o‘rni va ahamiyatini aniqlash;

2. Xalq milliy cholg‘ulari vositasida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar natijasida

o‘quvchida manaviy, madaniy, milliy qadriyatlarni shakillantirishning pedagogik asoslarini ishlab
chiqish;

3. O‘quvchilarda xalq milliy cholg‘ulari vositasida olib boriladigan mashg‘ulotlar

natijasida intelektual qobilyatlarning rivojlanishini o‘rganish;

4. Xalq milliy cholg‘ulari vositasida o‘quvchilarning psixomotor xususiyatlarini

eksperemental tad qiq etish;

5. Umumta’lim maktablarida xalq milliy cholg‘ulari vositasida o‘quvchilarning intelektual

qobiliyatini shakillantirish va rivojlantirishning pedagogik metodlarini ishlab chiqish.

Intellekt (lot. bilish, tushunish, idrok qilish) – insonning aqliy qobilyati. Hayotni, atrof-

muhitni ongda aynan aks ettirish va o‘zlashtirish, fikrlash, o‘qish-o‘rganish, dunyoni bilish va
ijtimoiy tajribani qabul qilish qobilyati; Intelekt tarkibiga idrok qilish, xotirlash, fikr yuritish,
so‘zlash va h.k. psixik jarayonlar kiradi.

1

Qobilyat – insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobilyat bilimdan keskin

farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, qobilyat shaxsning psixologik va fiziologik
tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobilyatning yetakchi xususiyatlaridan biri – narsa-hodisalar
mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir.

2

O‘quvchilarda xalq milliy cholg‘ulari vositasida ijodkorlik qobilyati shakllantiriladi.
Ijodkorlik qobilyati – insonning ijodiy qarorlar qabul qilish, tushunish, qabul qilish va

tubdan yangi g‘oyalarni yaratish qobilyatidir. Shuningdek, aqliy qobilyatga ham kuchli ta’sir
ko‘rsatib, o‘quvchida yodlab qolish, tahlil qilish, analiz va sintez qilish, xulosalash kabi bir qator
jarayonlarni shakillantiradi va rivojlantiradi.

Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning aqliy va ijodiy qobilyatlarini shakllantirishga

xizmat qiluvchi xalq milliy cholg‘ularini o‘rgatish va o‘qitishga oid metodik nazariyalarni ishlab
chiqish bugungi ta’lim tizimimiz uchun dolzarb sanaladi. Bu esa tadqiqotning dolzarbligini
belgilovchi asosiy omillardandir. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-
yil 1-fevraldagi PF-60-sonli “2022-2026-yillarga mo‘ljalangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risi”da, 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi tizimini 2023-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonlari,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son “Umumiy o‘rta
va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi,2019-
yil 30-sentyabr PQ-4467-son “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini
tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini
yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari, shuningdek,

1

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Тошкент, Б. 216

2

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Тошкент, V жилд. Б.318


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

953

mazkur sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga
oshirishda milliy musiqa cholg‘ularining ta’lim tizimidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.

Tadqiqot mavzusining o‘rganilganlik asosini falsafa, pedagogika, psixologiya, fiziologiya,

musiqashunoslik sohalaridagi ishlar tashkil etadi, xususan jahonda:

-

musiqa san’atining shaxs shakllanishidagi o‘rni haqidagi eng muhim qoidalar:

Suqrot,

Platon, Aristotel, Pifagor, Y.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, A.L.Gotsdiner, V.V.Medushevskiy,
E.V.Nazaykinskiy, G.S.Tarasov va boshqalar tomonidan ilgari surilgan;

- Y.K.Babanskiy, I.Ya.Lerner, M.N.Skatkin, V.A.Slastenin va boshqalar tomonidan belgilab

berilgan psixologiya-pedagogika fanining nazariy tamoyillari; shaxsning ma’naviy kamolotida
san’atning o‘rni haqidagi ta’limot (Yu.V. Borev, M.S.Kagan);

- G.L.Troshin, L.S.Vygotskiy, V.I.Lubovskiy, J.I.Shif va boshqalar tomonidan sog‘lom

bolalar va rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning aqliy rivojlanishida kontseptual qoidalar;

-

Musiqaning aqliy rivojlanishga psixologik-pedagogik ta’sirini ochib beruvchi

tadqiqotlar

: L.B.Baryaeva, N.L.Belopolskaya, N.Yu.Boryakova, T.A.Vlasova, T.V.Egorova,

E.A.Ekjanova, T.N.Nyazeva, L.V.Kuznetsova, I.Y.Y.Kuznetsova, R.I.Lalaeva, K.S.Lebedinskaya,
I.F.Markovskaya, N.A.Nikashina, V.B.Nikishina, M.S.Pevzner, E.S.Slepovich, U.V.Ulenkova,
N.A.Tsypina, E.V.Shamarina, S.G.Shevchenko va boshqalar;

-

Musiqiy pedagogika va musiqiy psixologiya sohasidagi ilmiy tushunchalar:

E.B.Abdullin, B.V.Asafiev, O.A.Apraksina, L.G.Archajnikova, Yu.B.Aliev, L.A.Barenboim,
N.A.Vetlugina, D.B.Kabalevskiy, T.A.Kolysheva, E.D.Kritskaya, E.D.Kritskaya, O.P.Rapatskaya,
B.M. Shkolyar va boshqalar.

Muammoning Markaziy Osiyoda o‘rganilishi:

Markaziy Osiyoda psixologiya, pedagogika

va musiqashunoslikka oid tadqiqotlar tarkibida musiqaning bola intelektual qobilyatiga ta’siri
yoritilgan. Masalan, Abu Nasr Farobiy “Musiqa haqida katta kitob”, Abu Ali ibn Sino “Kitob ash
shifo” (ushbu kitobda musiqaga oid maxsus bo‘limi bor), “Tib qonunlari”, Al-Xorazmiy “Bilimlar
kaliti”, Sayfuddin Urmoviy “Oliyjanoblik haqida kitob”, “Sharafiya kitobi”, Abduraxmon Jomiy
“Musiqa haqida risola”, Abduqodir Marog‘iy “Musiqa ilmida ohanglar to‘plami”, Najmiddin
Kavkabiy Buxoriy “Risolai musiqiy”, “Risoliyi dar bayoni Duvozdax maqom”, Al-Xusayniy
“Konuniy ilmiy va amaliy musiqiy”, Muhammad Nishopuriy “Musiqa – ilmi haqida kitob”, Boqiy
Namniy “Zamzamai vaxdat”, Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub”, “Majolis ul-nafois”, Darveshali
Changiy “Tuxfat us-surur”, “Risolayi musiqiy” kabi asarlarda tadqiqotimiz mavzusiga oid
qarashlar mavjud. Shuningdek, Abdurauf Fitrat “O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi” asarida
musiqaning inson ruhiyatiga va uning aqliy qobilyatiga ta’sirini bayon qilgan. Bugungi kunda
Q.Mamirov “Musiqa vositasida yoshlarni axloqiy-estetik ma’naviyat ruhida tarbiyalash”,
O.Soipov “Shaxsni shakllantirishda musiqaning o‘rni va ahamiyati”, S.Karimov “Bolalar musiqiy
idrokini shakllantirishda psixologik yondashuvlarning o‘rni”, D.Karimova “Musiqa o‘qitishning
pedagogik tashxisi va metodlari” kabi maqolalarida; Sh.Abdullayevning “Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarini

xalq

musiqa

san’ati

orqali

axloqiy

tarbiyalashni

shakllantirish”,

K.Xudaybaxshovning “Milliy musiqa ohanglarining inson ruhiyatiga ta’siri” nomli magistrlik
dissertatsiyalari musiqaning inson ruhiyatiga, ma’naviyatiga ta’siri tadqiq qilgan.

Kutilayotgan ilmiy yangiliklar:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

954

-

Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining intelektual qobilyatlarini milliy musiqa

cholg‘ulari bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar orqali shakllantirish metodikasining ilmiy-
pedagogik sharoitlari hamda ustuvor prinsiplari jamiyat talablariga muvofiqligi aniqlashtiriladi;

-

Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining intelektual qobilyatlarini shakllantirish

mexanizmlariga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli tizimli, faoliyatli, kreativ,
kompetensiyaviy yondashuvlar va faoliyat funksiyalari (intellektual, motivatsion, emotsional,
irodaviy, o‘z-o‘zini boshqarish)ni muvofiqlashtirish asosida takomillashtiriladi;

-

Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining intelektual qobilyatlarini shakllantirish

mexanizmlarini takomillashtirish jarayoniga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillar tizimi,
irodaviy o‘zini nazorat qilish, ijtimoiy ahamiyatli vaziyatlarni egallashning samaradorligini
baholash mezonlari hamda ko‘rsatkichlari tizimi ishlab chiqiladi;

-

Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining intelektual qobilyatlarini shakllantirish

mexanizmlari refleksiv faoliyat elementlari diagnostik, maqsadli, mazmunli, jarayonli va tahliliy)
ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik va demokratik qadriyatlar, insonparvarlik, ideallarga mos
yo‘nalganlik asosida daraja (zaruriy, optimal, maksimal) ko‘rsatkichlari aniqlanadi.

Xulosa qilib aytganda, umumta’lim maktablarida milliy musiqa cholg‘ularidan

foydalanishning nazariy pedagogik asoslarini ishlab chiqish natijasida milliy musiqaning
o‘quvchilar intelektual qobilyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga ta’sir etuvchi omil
ekanligini ilmiy asoslashga erishiladi. Shuningdek, tadqiqotdan kelib chiqib, ilmiy tahlil etilishi
lozim bo‘lgan quyidagi tavsiyalar berildi:

-

O‘quvchilarda milliy musiqa cholg‘ulari vositasida intelektual qobilyatlarni

shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash;

-

Milliy musiqa cholg‘ulari vositasida o‘quvchilarning intelektual qobilyatlarni

shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;

-

O‘quvchilarda milliy musiqa cholg‘ulari vositasida intelektual qobilyatlarni

shakllantirishni tatbiq etish yo‘llarini aniqlash.

REFERENCES

1.

Axmedova Z.K. O‘rta Osiyo mutafakkirlari ta’limotida musiqa san’atiga oid falsafiy
g‘oyalar// Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, Samarkand, SamDU., 2008.

2.

Dorofeyeva T. Mumtoz musiqaning tarbiyaviy-estetik mohiyati //Sog‘lom avlod uchun.-
1999.-№2.

3.

Feruza Asqar. Musiqa va inson ma’naviyati /Mas’ul muharrir Hamidova M.-T.:
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti,-2000.

4.

Hasanov A. Musiqa va tarbiya. –T;- O‘qituvchi. – 1993.

5.

Ismoilova N., Abdullayeva D. Ijtimoiy psixologiya. T.: 2013.

6.

Madaniyat va san’at atamalarining izohli lug‘ati. Toshkent- 2015.

7.

Mamedov K., Shoumarov G. Aqli zaif bolalar psixologiyasi. T.:1994.

8.

Nazarov A. Forobiy va Ibn Sino musiqiy ritmika xususida /Mas’ul muharrir F.Karomatov.-
T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1995.

9.

Jabborova N. Musiqa – millatning ruhi //O‘zbekiston ovozi.-2003.-13 mart.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

955

10.

Soipova D. Musiqiy va musiqiy nazariy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini
takomillashtirish. –T;- Fan va texnologiyalar, - 2006.

11.

Ворожцова О.А. Музыка и игра в детской психотерапии. –М., 2004.

12.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Тошкент,
2008.

13.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Тошкент,
2008. V жилд.

Bibliografik manbalar

Axmedova Z.K. O‘rta Osiyo mutafakkirlari ta’limotida musiqa san’atiga oid falsafiy g‘oyalar// Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, Samarkand, SamDU., 2008.

Dorofeyeva T. Mumtoz musiqaning tarbiyaviy-estetik mohiyati //Sog‘lom avlod uchun.-1999.-№2.

Feruza Asqar. Musiqa va inson ma’naviyati /Mas’ul muharrir Hamidova M.-T.: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti,-2000.

Hasanov A. Musiqa va tarbiya. –T;- O‘qituvchi. – 1993.

Ismoilova N., Abdullayeva D. Ijtimoiy psixologiya. T.: 2013.

Madaniyat va san’at atamalarining izohli lug‘ati. Toshkent- 2015.

Mamedov K., Shoumarov G. Aqli zaif bolalar psixologiyasi. T.:1994.

Nazarov A. Forobiy va Ibn Sino musiqiy ritmika xususida /Mas’ul muharrir F.Karomatov.-T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1995.

Jabborova N. Musiqa – millatning ruhi //O‘zbekiston ovozi.-2003.-13 mart.

Soipova D. Musiqiy va musiqiy nazariy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish. –T;- Fan va texnologiyalar, - 2006.

Ворожцова О.А. Музыка и игра в детской психотерапии. –М., 2004.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Тошкент, 2008.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Тошкент, 2008. V жилд.