ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
734
KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK VOSITALAR
Sherzod Anorboyevich Egamqulov
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi.
+998973252580
https://doi.org/10.5281/zenodo.14013120
Annotatsiya. Ushbu maqolada asosan o‘quv jarayonida axborot texnologiyalari va
didaktik vositalar yordamida ta‘limni rivojlantirish va foydalanish haqida tadqiqotlar olib
borilgan va ma’lumotlar keltirilgan. O‘quv jarayonida axborot texnologiyalari va didaktik
vositalar yordamida o‘qitishni tashkil etish, oʻqitishda axborot texnologiyalari va didaktik
vositalardan foydalanishning nazariyasi va amaliyotini tahlil qilish, dars mashg‘ulotlarida
axborot texnologiyalari va didaktik vositalaridan foydalanishning psixologik va didaktik
yondashuvlarini aniqlash uchun o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish va
jamiyat talablariga munosib yangi dunyoviy tafakkurga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni
tayyorlashning sifati va samaradorligini keskin ko‘tarish zaruriyati belgilab olindi.
Kalit so‘zlar: axborot texnologiyalari, didaktik vositalar, kompyuter multimediasi, internet
texnologiyalari, kompyuter savodxonligi, ta’limni axborotlashtirish, kasbiy kompetentlik,
psixologik va didaktik yondashuvlar, texnologiyalari va didaktik vositalaridan foydalanish
metodikasi, yangi axborot muhiti, axborot ta’lim muhiti, kompyuter dasturlari, bilim va
koʻnikmalar, materialning interaktivligi, materialning multimediyaligi, materialning
gipermatnliligi, avtomatlashtirilgan oʻqitish tizimi.
DIDACTIC TOOLS IN THE FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE
Abstract. In this article, researches and data are presented about the development and use
of education with the help of information technologies and didactic tools in the educational
process. To organize teaching with the help of information technologies and didactic tools in the
educational process, to analyze the theory and practice of using information technologies and
didactic tools in teaching, to determine the psychological and didactic approaches of using
information technologies and didactic tools in classes the need to sharply increase the quality and
efficiency of training teachers who have a new secular mindset worthy of the formation and
requirements of society was determined.
Keywords: information technologies, didactic tools, computer multimedia, Internet
technologies, computer literacy, informatization of education, professional competence,
psychological and didactic approaches, methods of using technologies and didactic tools, new
information environment, information educational environment, computer programs, knowledge
and skills, interactivity of material, multimedia of material, hypertextuality of material, automated
learning system.
ДИДАКТИЧЕСКИЕ СРЕДСТВА В ФОРМИРОВАНИИ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ
КОМПЕТЕНТНОСТИ
Аннотация. В данной статье представлены исследования и данные о развитии и
использовании образования с помощью информационных технологий и дидактических
средств в образовательном процессе. Организовать обучение с помощью информационных
технологий и дидактических средств в учебном процессе, проанализировать теорию и
практику использования информационных технологий и дидактических средств в
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
735
обучении, определить психолого-дидактические подходы использования информационных
технологий и дидактических средств на занятиях.
Определена необходимость резко повысить качество и эффективность
подготовки учителей, обладающих новым светским мышлением, достойным
формирования и требований общества.
Ключевые слова: информационные технологии, дидактические средства,
компьютерная мультимедиа, интернет-технологии, компьютерная грамотность,
информатизация
образования,
профессиональная
компетентность,
психолого-
дидактические подходы, методы использования технологий и дидактических средств,
новая информационная среда, информационная образовательная среда, компьютерные
программы, знания. и навыки, интерактивность материала, мультимедиа материала,
гипертекстуальность материала, автоматизированная система обучения.
Mamlakatimizda ta‘lim sohasidagi islohotlar, yangilanish jarayonlari pedagogik kadrlar
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri qilib
qolmoqda. Hozirgi kunda bilimga chanqoq yoshlar fan-texnika taraqqiyotining yutuqlaridan
unumli foydalangan holda mustaqil bilim olishga intilmoqda. Bilimli yoshlarga keng imkoniyat
yaratib berish jarayonida ularda axborot texnologiyalari va didaktik vositalar yordamida o‘qitishni
tashkil qilish bilim olishning eng qulay ususllaridan biridir. Shu sababli axborot texnologiyalari
va didaktik vositalar yordamida ta‘limni rivojlantirish, undan ta‘limning barcha turlarida
foydalanish ta‘lim sohasida katta yutuqlarga erishishga olib keladi.
Fan-texnika rivojlanishi tufayli o‘quvchilarga berilishi zarur bo‘lgan axborot miqdori
nihoyat darajada ko‘payib bormoqda. Bu axborotlarni o‘quvchilarga an’anaviy usul va vositalar
yordamida yetkazib berish murakkab vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda
o‘quvchilarga bilim berish jarayonida axborot texnologiyalari va didaktik vositalardan foydalanib
o‘qitish juda zarur vositalardan biri bo‘lib, jahon miqiyosida bu sohada katta yutuqlarga
erishilmoqda [1].
Hozirgi jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim masalalaridan biri ta’limda axborot
texnologiyalari va didaktik vositalardan foydalanishdir.
Axborot texnologiyalari va didaktik vositalardan foydalanishning maqsadi, o‘qitishning
boshqa usullari qo‘llanganda tasavvur qilish, koʻz oldiga keltirilishi qiyin boʻlgan materiallarni
tushunarli boʻlishini ta’minlashdan iborat. Axborot texnologiyalari va didaktik vositalar
yordamida oʻquvchilarga ma’lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi koʻrinishida
taqdim qilish mumkin.
Bulardan koʻrinadiki, hozirgi vaqtda ta’limga axborot texnologiyalari va didaktik
vositalarni jadal tatbiq etish, ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish asosiy masalaga aylangan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida axborot texnologiyalari va didaktik vositalarni oʻquv
jarayoniga keng tadbiq qilish masalasi qoʻyilgan. Unda, shuningdek, axborot texnologiyalari va
informatika sohasida kadrlar tayyorlash, shu jumladan Internet texnologiyalarini barcha sohalarda
keng joriy qilish dolzarb masalasi ekanligi alohida uqtirib oʻtiladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
736
Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, har bir
sohaga tatbiq qilish, mutaxassislarning kompyuter savodxonligini oshirish kabi masalalar davr
talabiga muvofiq yechilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgandan so‘ng ko‘pgina sohalar bilan bir
qatorda ta’lim sohasida ham katta o‘zgarishlar yuz berdi. Bunda asosan rivojlangan davlatlarning
ta’lim tizimlari namuna sifatida olinib, bizning xalqimiz imkoniyatlari va yutuqlariga mos holda
yangi ta’lim tizimi ishlab chiqildi. Pedagogik ta’lim muassasasining zamonaviy axborot
texnologiyalari muhitini yaratish ob’ektiv zarurat ekanligi asoslandi, uni ishlab chiqishning
metodik asoslari yaratildi va tarkibiy qismlari shakllantirildi. Ta’limni axborotlashtirishning bosh
maqsadi etib ta’limda yangi axborot texnologiyalari va didaktik vositalarni qo‘llash asosida,
o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish va jamiyat talablariga munosib yangi
dunyoviy tafakkurga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni tayyorlashning sifati va samaradorligini keskin
ko‘tarish zaruriyati belgilab olindi.
Maktab matematika darslarida axborot texnologiyadan foydalanish metodikasini ishlab
chiqishda koʻzda tutilgan quyidagi vazifalari belgilandi:
1.Oʻquvchilarni matematikaga oʻqitishda axborot texnologiyalari va didaktik vositalardan
foydalanishning nazariyasi va amaliyotini tahlil qilish, matematika darslarida axborot
texnologiyalari va didaktik vositalaridan foydalanishning psixologik va didaktik yondashuvlarini
aniqlash.
2.Oʻquvchilarni matematikaga oʻqitishda axborot texnologiyalari va didaktik vositalaridan
foydalanish metodikasini ishlab chiqish.
3.Matematika darslarida axborot texnologiyalari va didaktik vositalaridan foydalanish
metodikasining samaradorligini tajribalar orqali tekshirish.
Zamonaviy oʻqituvchining jamiyatni axborotlashtirish sharoitida ishlashga tayyorligini
belgilab beradigan quyidagi axborot-kommunikativ salohiyatlar muhim hisoblanadi:
‒Kasbiy vazifalarni informatikaning zamonaviy vositalari va metodlarini axborot
texnologiyalari va didaktik vositalardan foydalangan holda bajara olish malakasi;
‒Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari va didaktik vositalardan foydalanish borasida
tayyorgarlik darajasini real aks ettiruvchi, shakllanib ulgurgan shaxsiy sifatlari;
‒Vaziyatni toʻg’ri baholash va pedagogik faoliyatda axborot texnologiyalari va didaktik
vositalardan foydalangan holda samarali qarorlar qabul qila oladigan maxsus bilimlarni tashkil
etish imkoniyatiga ega boʻlish.
Yangi axborot muhitining an’anaviy muhitdan farqi, uning oʻziga xos kichik texnologik
tizimdan iboratligidadir. Zero, istalgan ta’lim muassasasi axborot texnologiyalari va didaktik
vositalarning ta’lim jarayoniga integratsiyasi, ta’limning boshqa barcha didaktik, tashkiliy,
iqtisodiy, nazariy-metodologik jihatdan kichik tizimlardagi tub oʻzgarishlar bilan kechadi [2].
Axborot ta’lim muhiti imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun pedagogning
iste’molchi sifatida oʻzi moʻljaldagi texnik imkoniyatlarining toʻliq toʻplamini egallagan boʻlishi
talab etiladi.
Axborot texnologiyalari va didaktik vositalardan ta’lim jarayonida foydalanish, ta’lim
samaradorligini oshirish uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Jumladan, oʻqitish jarayoni bilan
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
737
axborot texnologiyalari va didaktik vositalardan foydalanib oʻqitish orasidagi farqni bilb olish
qiyin emas.
Bunda nafaqat tinglash, oʻqish balki oʻquvchilar bir dars jarayonida mustqail ta’lim olish,
olingan nazariy bilimni amalda kuzatish va mavzuni mazmunidagi yangilikni tadqiq qilish
imkoniyatiga ega boʻladilar.
Matematika darslarida axborot texnologiyalari va didaktik vositalardan foydalanish uchun
avvalo kompyuter dasturlari va ulardan foydalanish yoʻllarini bilib olish zarur. Bu esa kompyuter
dasturlari nafaqat oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini shakllantirish, balki kompyuterni
qoʻllash orqali ularning ijodiy koʻnikmalarini rivojlanishiga ham yordam beradi [3].
Oʻqitishda qoʻllaniladigan axborot texnologiyalari va didaktik vositalar vazifasiga qarab
quidagicha tavsiflanadi:
‒oʻquv materialining interaktivligi, multimediyaligi,
katta hajm va gipermatnliligini
ta’minlaydigan elektron intellektual darsliklar asosida avtomatik oʻqitish tizimlari;
‒ mikromirlar deb ataluvchi fanga yoʻnaltirilgan muhitlar;
‒ laboratoriya mashg‘ulotlari;
‒ trenajyorlar;
‒ ma’lumotnoma tizimlar;
‒ kompyuterli oʻyinlar.
Avtomatlashtirilgan oʻqitish tizimi
oʻquv kursini yoki uning katta boʻlimini mustaqil
oʻzlashtirishga imkon yaratadi. Bu tizim oʻzida oddiy darslik, masalalar toʻplami, laboratoriya
mashg‘ulotlari, ma’lumotnoma va oʻzlashtirilgan axborotni tekshiruvchi ekspert xususiyatlarini
mujassamlantirgan:
‒materialni oʻrganishning maqbul yoʻlini ta’minlaydi, ya’ni oʻquvchiga nazariyani
oʻzlashtirish va misollar hamda namunaviy masalalarni yechish koʻnikmalarini ishlab chiqish
navbat-tartibini mustaqil tashkil etishiga, shuningdek olgan bilim va koʻnikmalari sifatini oʻzi
tekshirishiga imkon beradi;
‒ tahlil va tadqiqotchilik faoliyati koʻnikmalarini singdiradi;
‒ oʻquvchining vaqtini tejashga imkon beradi.
Fanga yoʻnaltirilgan muhit
oʻquv dasturlari paketidan iborat boʻlib, ma’lum sinf ob’ektlari
bilan ish koʻrishga, ular oʻrtasidagi munosabatni va ob’ektlar hamda munosabatlar ustida olib
boriladigan ishlarni bajarishga, shuningdek ob’ektlarni va ularning xossalarini yaqqol tasavvur
etishga imkon beradi.
O‘quvchi muhit ob’ektlari bilan ish koʻrganda topshirilgan didaktik masalaga erishish,
yoki mustaqil topshiriqlarni bajarishni maqsad qilib qoʻyadi.
Tekshiruvchi dasturlar
bilimlar sifatini tekshirish va baholash uchun moʻljallangan. Ular
oʻquvchiga: javobni umum qabul qilingan shaklga maksimal yaqinlashtirilgan hollda kiritish;
tekshirish natijalarini saqlash, yig‘ish, raspechatka olish (qog’ozga koʻchirish) va statistik tahlil
qilish; javobning shakli va sintaktik (gapning tuzilish) savodliligidan qat’iy nazar, adekvat baho
olish imkonini berishi lozim
.
Ma’lumotnoma tizimlari
– bu ma’lumotnomaga oʻxshagan turli oʻquv axborotlarini
saqlash va oʻquvchiga koʻrsatish uchun moʻljallangan dasturlardir. Bu dasturlarda oʻquv materiali
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
738
iyerarxik tartibda joylashtiriladi va axborotni turli belgilariga qarab tez izlab topish mumkin
boʻladi. Ular kontekst ma’lumotni olish, saqlash va nusxa chiqarishni ta’minlaydi.
Videokompyuterli oʻqitish texnologiyasi –
oʻquvchilarning faol bilish, bilim orttirish
jarayonlarini rag’batlantiruvchi texnologiyadir. Bu texnologiya oʻquv axborotlarining verbal va
tasavvurli shakllarini birgalikda namoyon etish, oʻqitish jarayonini maqsadlarga moslashtirish
imkonini beradi. O‘quvchilar kompyuter bilan individual oʻqitilganda darslarda kommunikativ
faoliyat koʻrsata olmaydi, bundan tashqari, muammoli oʻqitish zaminidagi evristik aspekt yoʻqqa
chiqadi [4].
Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan toʻrt yoʻnalishda foydalanilmoqda:
‒ oʻrganish ob’ekti sifatida;
‒ oʻqitishning texnik vositalari sifatida;
‒ ta’limni boshqarishda;
‒ ilmiy-pedagogik izlanishda.
Kompyuterli oʻqitishning afzalliklari juda koʻp:
‒ oʻquvchilarda ma’lum malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi;
‒ mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi;
‒ oʻquvchilarning ishlash sur’ati jadallashadi;
‒kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi natijasida oʻquvchi ta’lim
sub’ektiga aylanadi;
‒oʻquvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin boʻlgan jarayonlarni modellashtirish va
bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil boʻladi;
‒kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda darsni uzoqdagi manbalar bilan
ta’minlash imkoniyati hosil boʻladi;
‒kompyuter bilan muloqot didaktik oʻyin xarakterini oladi va bu bilan oʻquvchilarda oʻquv
faoliyatiga motivatsiya kuchayadi.
Ta’lim jarayonida foydalanishga moʻljallangan koʻplab elektron oʻquv materiallari
yaratilganki, unga elektron darslik, elektron oʻquv qoʻllanma, oʻrgatuvchi dastur vositalari
kabilarni misol qilib koʻrsatish mumkin. Ular oʻzida boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar,
sun’iy intellekt elementlari, hissiy moslashuvchanlik kabi xususiyatlar muvjudligiga koʻra
ta’limda ma’lum samaradorlikni ta’minlaydi.
Kompyuterlarni oʻquv jarayonida qoʻllash quyidagilarga imkon beradi:
‒ oʻquvchilarda bilish ehtiyojini shakllantiradi;
‒ oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi;
‒ oʻquvchilarda fanni oʻrganishga qiziqishni oshiradi;
‒ kompyuter bilan ishlashni oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqni oshiradi;
‒ kompyuterlardan foydalanish bilan bog’liq dunyoni ilmiy bilishning hozirgi zamon
metodlari bilan tanishtiradi;
‒ ta’limda oʻquvchining individuallik darajasini oshiradi;
‒ oʻquvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi;
‒ materiallar mazmunining xilma-xilligini ta’minlaydi;
‒ ta’limda foydalaniladigan oʻquv materiallari doirasini kengaytiradi;
‒ ta’limda koʻrgazmalilikni kuchaytiradi;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
739
‒ oʻquvchilarning oʻz-oʻzini nazorat qilishi, ya’ni baholash jarayonining omillarini
kengaytiradi.
Kompyuterli ta’lim vositalarini quyidagi toʻrt guruhga ajratish mumkin:
Matematika fanlarini oʻqitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, axborot
texnologiyalari va didaktik vositalarning jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo
uzviylikni ta’minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan
biridir [5].
Axborot texnologiyalari va didaktik vositalarni ta’lim muassasalariga tatbiq etish, oʻqitish
jarayonini optimallashtirishga keng yoʻl ochib beradi.
Keyingi oʻn yillikda matematika fanini oʻqitishda axborot texnologiyalari va didaktik
vositalardan foydalanish bir necha asosiy yoʻnalishlarda olib borildi. Bularga axborot
texnologiyalari va didaktik vositalar yordamida bilimni baholash, turli tipdagi oʻrgatuvchi
dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy oʻyinlarni ishlab chiqish va
boshqalar kiradi.
Matematika fanini oʻqitishda axborot texnologiyalari va didaktik vositalarning qulayligini
ayrim oʻquv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning
maqsadi, oʻqitishning boshqa usullari qoʻllanganda tasavvur qilish, koʻz oldiga keltirilishi qiyin
boʻlgan materiallarni tushunarli boʻlishini ta’minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida
oʻquvchilarga ma’lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi koʻrinishida taqdim qilish
mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur oʻrganish va oʻquv jarayonida sezilarli darajada
mustaqil namoyon etishga moyil boʻladilar [12].
Hozirgi zamon axborot texnologiyalari va didaktik vositalari ta’lim-tarbiyaviy yoʻnalishda
har xil imkoniyatlarga ega. Boshqa tomondan bu ta’limning muammolari ham yoʻq emas.
Birinchidan axborot texnologiyalari va didaktik vositalar shu darajada tezkor rivojlananib
ketadiki, hattoki pedagogik izlanishlar va metodik koʻrsatmalar shu darajada eskirib qolyapti.
Ikkinchi tomondan oʻqituvchining kasbiy faoliyatida texnik vositalar shunchalik xilma-
xilki ularni qoʻllashda yangi usullar paydo boʻladi. Oʻqituvchilar oldida esa axborot
texnologiyalari va didaktik vositalarini ta’lim jarayonida toʻgri tadbiq qilishda yangi masalalar va
muammolar paydo boʻladi. Axborot texnologiyalari va didaktik vositalarni matematikaga tadbiq
etish – bilim darajasi va sifatini keskin oshiradi, bunda ma’lum darajada nazariy va metodologik
jixatlariga etibor berish kerak. Bular oʻqitishning didaktik prinsiplaridir [11].
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
740
O‘quv jarayoniga axborot texnologiyalari va didaktik vositalarni tadbiq etishda didaktik
vositalar qanday yuzaga chiqishini koʻrib chiqaylik:
‒ Oʻqituvchi va oʻquvchi ortasida munosasbat pedagogik jarayon boʻlishi uchun har ikkala
tomon aniq vazifa belgilab olishlari kerak. Oʻqitilayotgan ta’limning mazmuni, harakteri va
qiyinligiga qarab axborot texnologiyalari va didaktik vositalar oʻz vazifasini belgilaydi. Yangi
materialni qabul qilishga tayyorlash, yangi ma’lumotlarni oʻzlahtirish va uni namoyish etish,
tushuntirish,
mustahkamlash, umumlashtirish olingan bilim, koʻnikma va malakani tekshirib
koʻrish.
‒ Ta’limni har bir oʻquvchiga individual ravishda yetib borishini taminlash, ta’lim
jarayonida oʻquvchining ishtirokini kuchaytirish. Hozirgi zamon axborot texnologiyalari
oʻquvchining yoshi, uning individual imkoniyatlarini hisobga olib turli metodlar va usullarni
qoʻllash imkoniyatini beradi [10].
Matematika darslarini axborot texnologiyalari va didaktik vositalar yordamida oʻtish
uchun quyidagi bosqichlarga boʻlish kerak:
1.Oʻquv dasturining konkret mavzusini, alohida darslarni tanlash.
2.Oʻquv dasturidan ajratilgan mavzuni, oʻqitish metodikasini hamda axborot
texnologiyalari va didaktik vositalar yordamida oʻqitish texnologiyasini belgilab olish kerak.
3. Dars uchun topshiriqlarni ishlab chiqish.
4. Tanlangan dastur vositasida mavzuni ishlab chiqish.
5. Tegishli ma’lumotni tanlangan dastur asosida uzatish.
6. Dars materiallar ishlanmalarini tekshirish tahlil qilish.
7. Oʻquvchi uchun uslubiy ishlanmalarni tuzish.
8. Oʻtazilgan darsni tahlil qilish va kamchiliklarini oʻz vaqtida tuzatish.
Dasturiy va texnik vositalar darslarda qoʻllanilib oʻzlarining xususiyatlarini kiritadi.
Oʻqitishning odatdagi usullarini mukammallashtirishga undaydi. Oʻqituvchining roli ham
oʻzgaradi. Axborot texnologiyalari va didaktik vositalar yordamida oʻqitish darslarida oʻqituvchi
consultant vazifasini bajaradi, bu oʻquvchilarning bilish jarayonini tezlashtiradi ular tomonidan
mavzuni toʻlaroq bilib olishlariga imkon tugʻdiradi. Oʻqituvchi oʻquvchi bilan ilmiy individual
ishlashga imkon koʻpayadi [6].
Maktabda darsni mukammal oʻtkazish oʻqituvchining mavzuli korgazmali va soʻzlab
berishni axborot texnologiyalari va didaktik vositalarga bogʻlab koʻrsatish uning mahoratiga
bogʻliqdir. Oʻquvchining mavzuli qabul qilib olishi axborot texnologiyalari va didaktik vositalar
yordamida yanada yaxshilanadi. Matematika darsini qiziqarli va aniq axborot texnologiyalari va
didaktik vositalar yordamida oʻquvchiga taqdim etishda oʻqituvchining ishini ancha
yengillashtiradi [9].
Axborot texnologiyalari va didaktik vositalarning didaktik xususiyatlarini aks ettirib
koʻrsatamiz.
Oldindan tayyorlangan darslarni kerak vaqtda koʻrsatish, oʻqituvchi geometrik shakllarni,
funksiya grafiklarini chizishda vaqtni koʻp sarflamay koʻrsata olish, bu dars mobaynida
oʻqituvchining mehnatini yengillashtiradi va mazmunli dars oʻtishga yordam qiladi.
‒ Vaqtinchalik va keying qiyinchiliklarni yengishga imkoniyat tugʻdiradi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
741
Internet manbalarini ishlatishda oʻquvchilarga vaqt va fazoda chegaralangan
imkoniyatlarni koʻrsatish mumkin.
‒ Hodisa va jarayonlarning haqiqiyroq va kengroq ichiga kirib borishligining
imkoniyatlari.
Tajriba, jarayon va hodislarni oʻquvchilarga axborot texnologiyalari va didaktik
vositalarsiz
namoyish qilish, funksiya grafiklarini shakllantirishning oʻzgarishlarini
stereometriyada kompyuter ekranida namoyish qilish axborot texnologiyalari va didaktik vositalar
yordamida bajarilsa mavzu yanada tushunarliroq boʻladi [8].
‒ Oʻrganilayotgan hodisalarni rivojlanishida koʻrsatish.
Funksiyalarni oʻsish va kamayishi algebraik va geometrik progressiyalarni koʻrgazmali
demonstratsiya qilish, stereometrik jismlarning hajmi va sirt yuzalarini topish va hakozo.
Oʻzlashtirish va tushunishga qiyin bolgan mavzularni oʻqitishda yaxshi natija beradi.
‒ Voqelikni tasvirlashni haqqoniyligi
Geometrik obektlarni turli tomondan real vaqt ichida dinamik koʻrsatish imkoniyatini
beradi.
Axborot texnologiyalri va didaktik vositalarni darsda qo'llashdan maqsad nima?
Birinchidan matematika boʻyicha yozilgan amaliy maslalarni yechsh uchun
Ikkinchidan o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va axborot texnologiyalri
orqali o‘qitish va nazorat qilishni yo‘lga qoʻyish. Test orqali nazorat qilish kompyuter yordamida
juda tez va obektiv amalga oshiriladi, bu usul juda muhum ahamiyatga ega [7].
Uchinchidan axborot texnologiyalari va didaktik vositalarni tadbiq etish o‘quvchilarda hal
qiluvchi kompetensiyalarni shakllantirishga imkon beradi. Matematikadan axborot texnologiyalri
va didaktik vositalar o‘quv dasturlari qo‘ygan masalalarni hal etishga yordam beradi.
REFERENCES
1.
Lutfillayev M. X. Methods of teaching in multimedia e-learning literature// Journal
"Continuous Education". 4-son. Tashkent, 2002.
2.
Yunusova D. Boʻlajak matematika oʻqituvchisini innovasion faoliyatga tayyorlash
nazariyasi va amaliyoti. – T.: Fan, 2009. – 165 b.
3.
Yunusova D.I. Ta’lim texnologiyalari asosida matematik ta’limni tashkil etish. T.,
“Universitet”, 2005, 131 b.
4.
Ishmuhamedov R.J. Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish
yoʻllari.–T.:Nizomiy nomidagi TDPU, 2004,
5.
Хеннер. Е. К. Формирована ИКТ-компетентности учащихся и преподавателей в
системе непрерывного образования Бином. Лаборатория знаний. 2008 — 188 с.
6.
A’zamov A.A. Xaydarov B.K. «Matematika sayyorasi» Toshkent 1993-yil.
7.
С.Е. Савотченко, Т.Г. Кузьмичева Методы решения математических задач в Maple.
Белгород. 2001 г.
8.
Алламуродова Н. Каххоров М. “Использование ИКТ при изучении математики”
Молодой учёный Ежемесячный научный журнал № 5 (85) / 2015
9.
Mominov B.B. Trenajyor dasturlar. Pedagogik mahorat. Buxoro. 2007 y
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
742
10.
Sh.E.Egamqulov. Tangirov X. Mardonqulov J. Umumta’lim maktablari va akademik
liseylarda algebra va geometriya kursini o’qitishda elektron ta’lim resurslaridan
foydalanish. “Fizika, matematika va informatika” ilmiy-uslubiy jurnal. 2018 yil № 3.
11.
Sh.E.Egamqulov. N.Toshpulatova. Creation of methodological systems of school
heometry for using information technologies. A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal.
June-2020. Research for Revolution. ISSN № 2581-4230. Impact Factor-5.785.
12.
Sh.A.Egamkulov. L.A.Egamkulov.
Pedagogical basis of using the electronic educational
application in the learning process.
A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal. June-2020.
Research for Revolution. ISSN № 2581-4230. Impact Factor-5.785.
13.
Sh.Egamqulov. Pedagogical and psychological basics of using electronic literature in the
learning process. Scopus, Web of Science umume’tirof etilgan indeksasiyalangan
ma’lumotlar bazalari jurnallariga kiruvhci “Internotional Journal for Innovative
Engineering and Management Research. A Peer Revieved Open Access International
Jurnal. ISSN 2456-5083. Impact Factor 7.011. Vol-09, Issue-11 Nov-2020.
14.
Sh.A.Egamkulov. Creation of pedagogical and psychological basis and methodical system
of teaching geometry courses using information technologies. Web of Scientist:
International scientific resear Journal.
ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 5, May. 2022.
https://wos.academiascience.org/index.php/wos /article/view/1766
). Xalqaro OAK
tasarrufidagi jurnal.
