Authors

  • Egamqulov Sherzod

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.45244

Keywords:

axborot-ta’lim muhiti bo‘lajak muhandislar elektron ta’lim resurslari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kompetentlik ijtimoiy kompetent aloqa kompetenti axborot kompetenti tashkiliy kompetent.

Abstract

Ushbu maqolada bo‘lajak muhandislarning axborot-ta’lim muhiti orqali kasbiy kompetentligini rivojlantirish, axborot-ta’lim muhitida elektron ta’lim resurslaridan foydalanishga asoslangan ta’limni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan.

background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


668

BO‘LAJAK MUHANDISLARNING AXBOROT-KOMMUNIKATIV

KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Sherzod Anorboyevich Egamqulov

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi.

+998973252580.

sherxan2580@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14012526

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak muhandislarning axborot-ta’lim muhiti orqali

kasbiy kompetentligini rivojlantirish, axborot-ta’lim muhitida elektron ta’lim resurslaridan

foydalanishga asoslangan ta’limni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan.

Kalit so‘zlar: axborot-ta’lim muhiti, bo‘lajak muhandislar, elektron ta’lim resurslari,

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompetentlik, ijtimoiy kompetent, aloqa kompetenti,

axborot kompetenti, tashkiliy kompetent.

TECHNOLOGIES FOR THE DEVELOPMENT OF INFORMATION AND

COMMUNICATION COMPETENCE OF FUTURE ENGINEERS

Abstract. This article describes the theoretical and practical foundations for the

development of professional competence of future engineers through the information and

educational environment, the formation of education based on the use of electronic educational

resources in the information and educational environment.

Keywords: information-educational environment, future engineers, e-learning resources,

information and communication technologies, competence, social competence, communication

competence, information competence, organizational competence.

ТЕХНОЛОГИИ РАЗВИТИЯ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАТИВНОЙ

КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ ИНЖЕНЕРОВ

Аннотация. В данной статье описаны теоретические и практические основы

развития профессиональной компетентности будущих инженеров через информационно-

образовательную среду, формирования образования на основе использования электронных

образовательных ресурсов в информационно-образовательной среде.

Ключевые слова: информационно-образовательная среда, будущие инженеры,

ресурсы электронного обучения, информационно-коммуникационные технологии,

компетентность, социальная компетентность, коммуникативная компетентность,

информационная компетентность, организационная компетентность.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


669

Mamlakatimizning jahon miqyosida ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi yuqori

malakali zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash ta’lim jarayonini takomillashtirish muammosini

dolzarblashtirmoqda. Ta’lim oluvchilarning kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini shakllantirish

borasidagi muammolarni bartaraf etish uchun bo‘lajak muhandislarning shaxsiy ta’lim

trayektoriyasini belgilashga shart-sharoitlar yaratish, ta’limni individuallashtirish, ta’lim

jarayoniga o‘qitishning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

vositalarini joriy etish, hamda ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llagan holda o‘quv jarayonini tashkil qilish

muhim ahamiyat kasb etadi.

Tajribalardan shuni ko‘rish mumkunki, bo‘lajak muhandislarning kasbiy faoliyatida

mutaxasisslikka tegishli yangi axborotlarni izlab topish va ularga ishlov berish hamda ta’lim

jarayonida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali

kommunikativlik, loyihalash, konstruksiyalash, boshqaruv, tadqiqotchilik kabi kasbiy

kompetensiyalarini rivojlantirishni, o‘z-o‘zini faollashtirish, o‘z-o‘zini boshqarish va baholash,

butun hayoti davomida ta’lim olishga qaratilgan innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida ularda

mustaqil ta’lim olishni, xorijiy tillarni o‘zlashtirishni, faoliyatni tanqidiy tahlil qilish va jamoaviy

ishlash, qaror qabul qilish, doimiy ravishda yangi g‘oya, texnologiyalarni izlash asosida pedagogik

faoliyatda uzluksiz axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishni taqazo etmoqda.

Ta’lim va o‘quv resurslarini, dasturiy mahsulotlarni, statistik ma’lumotlarni, elektron

hujjat aylanishini, ya’ni axborot-ta’lim muhitini birlashtirgan ko‘p maqsadli, yaxlit tizimsiz

zamonaviy mutaxassisni tayyorlash mumkin emas.

Axborot-ta’lim muhiti

(ATM)

mazmunini aniqlashga oid ishlarni tahlil qilib, bir qator

tadqiqotchilar (V.A.Yasvin, G.Yu.Belyaev, A. X. Ardeevva boshqalar) axborot ta’lim muhitini


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


670

murakkab tuzilishga ega bo‘lgan “tizimli ob’ekt” sifatida belgilaydilar va quyidagi kometentlarga

ajratadi:

ijtimoiy kompetent

(oliy ta’lim muassasasining turli ish beruvchilar va tadbirkorlik

sub’ektlari tomonidan taqdim etilgan davlat, mintaqa kabi tashqi talablarni amalga oshirishdagi

faoliyat strukturasini, shuningdek, bo‘lajak mutaxassislar tomonidan ichki faoliyatni belgilaydi);

aloqa kompetenti

(Axborot ta’lim muhiti sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir qanday

amalga oshirilishini aks ettiradi);

axborot kompetenti

(atrof-muhitning ta’lim resurslari, shu jumladan texnik va texnologik

kompenentlar bilan muvofiqligini ko‘rsatadi). I.V.Robert fan mazmunini qurishda atrof-muhitning

tarkibiy qismlarini (ko‘rgazmali o‘qitish vositalari, dasturiy ta’minot, o‘qitish tizimlari, kompyuter

yordamida qayta ishlab chiqariladigan o‘quv va ko‘rgazmali uskunalar va boshqalar) mavzu

mazmuni bilan to‘ldirish zarurligini ko‘rsatadi.

-

tashkiliy kompetent

(ta’lim jarayonini boshqarish tamoyillari, o‘qitishda qo‘llaniladigan

shakl va usullar, qadriyatlar tizimi, tashabbuskor guruhlarni tashkil etish va boshqalarni ko‘rish

mumkin).

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

Ilmiy izlanishlar va tadqiqot tahlillari shuni ko‘rsatadiki,

mamlakatimizda ta’limda axborot-texnologiyalarini joriy etish, bo‘lajak mutaxassislar kasbiy

faoliyatining axborot-dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar R.X.Djurayev,

A.A.Abduqodirov,

M.M.Aripov,

U.Sh.Begimqulov,

Z.K.Ismailova,

F.M.Zakirova,

N.A.Muslimov, N.I.Tayloqov, M.Fayziyeva, Sh.S.Sharipov, O.X.Turakulov T.T.Shoymardonov,

S.S.G‘ulomov kabi olimlar tomonidan amalga oshirilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari olimlaridan V.P. Bespalko,

M.V.Bernavskaya, N.N.Dolovova, O.Y.Lebedeva, S.V.Savelyeva, N.I.Samoylova, S.V.Trishina,

K.A.Fedulovalarning tadqiqotlarida ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak mutaxassislarda

axborot bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan.

Xorijlik olimlardan Zh.S.Drevich, H.G.Widdowson, F.Hofstetter, D.Hymes, M.Pultz,

G.Krippel, J.Perner, E.S.Polatlarning ilmiy izlanishlarida talabalarning axborot-kommunikativ

savodxonligini oshirish, ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali

joriy etishning amaliy-texnologik asoslari yoritib berilgan.

B.A.Nazarova o‘zining ilmiy ishida D.Dyui, U.Uoller, M.Mid, K.Yung, P.Sorokin,

F.Znanetskiylarning falsafasida kasbiy kompetentlik tushunchasiga shunday ta’rif berganliklarini

ta’kidlaydi: «Bu muhitga o‘rganish vositasi, chunki kasb odamni unga to‘g‘rilaydi, odamning

qiziqishlarini aniqlaydi, bitta kasbda ishlagan odamlarning qiziqishlarini jamlaydi».


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


671

D.L.Tompson, D.Pristinlar: «Kasbiy kompetentlik - ishda kerak bo‘lgan bilimlarning va

barcha axloqiy qoidalarning yig‘indisidir», - deb ta’kidlaydilar.

Kasbiy kompetentlik

– bu qaysidir kasbda bor bo‘lgan standartga rioya qilish. A.P.Akimova

kasbiy kompetentlikni shunday ta’riflaydi: «O‘z faoliyatida kerak bo‘lgan yangiliklarning,

bilimlarning, qobiliyatlarning yig‘indisi va atrof muhit bilan o‘zaro to‘g‘ri kelishi».

Tadqiqot metodologiyasi.

Muhandislarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda

axborot muhitining

metodik ta’minoti muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot muhitidan dars

mashg‘ulotlarida samarali foydalanish ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda hamda

muhandislarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda asosiy omillardan hisoblanadi.

Axborot

muhiti orqali tashkil etiladigan dars mashg‘ulotlari uchun muhandislardan zamonaviy

texnoloniyalardan yetarlicha foydalanishga zamin yaratadi.

Bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentlik tashhisi kasbiy shakllanishning mohiyatli

xarakteristikalariga diagnostik, kommunikativlik, boshqaruv va proektiv o‘quvlar guruhlarini

kiritish lozim. Muhandislarning bilish faoliyati ko‘p jihatdan o‘rganilayotgan narsalarning

murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalarni ajratib turadigan chegaralarning

ta’siri, ularni izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki

dunyosini modellashtirish malakasini nazarda tutadi. Mazkur holda o‘z-o‘zini tartibga solish

xususiyatlari o‘z bilim va malakalarini doimo takomillashtirish zarurati, boshqa odamlarga

qaratilgan o‘z hatti-harakatini qathiy muvofiqlashtirish uquvi bilan tavsiflanadi.

Tahlil va natijalar.

Ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning malaka darajasi va

ularning mehnat bozoridagi talabi sezilarli darajada oshib bormoqda. Buning uchun o‘zlashtirilgan

bilimlarni amalda qo‘llash va olish asosida imkon qadar ko‘proq maxsus o‘qitish usullarini ishlab

chiqish zarur. O‘quv dasturlarida fanlar sikllarining o‘zaro bog‘liqligi ko‘zda tutilishi, kafedralar


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


672

o‘rtasidagi fanlar uzluksizligi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Jamiyatning kompyuter

texnikasini mukammal biladigan professional muhandislarni tayyorlashga ijtimoiy jihatdan

aniqlangan ehtiyoji, bir tomondan, kasbiy kompetentlikni shakllantirishga yangicha yondashuvlar,

ikkinchi tomondan, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish lozim. Axborot

madaniyati bo‘lajak muhandislarning kasbiy mahoratini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat

qiladi. Mutaxassisning kasbiy kompetentsiyasini shakllantirish darajalari shaxsning axborot

madaniyati darajalariga o‘zaro bog‘liqdir. Ish axborot texnologiyalarini joriy etish orqali oliy

ta’limda maxsus fanlarni o‘qitishni takomillashtirish imkoniyatlari xilma-xil ekanligini ko‘rsatadi.

Mutaxassis o‘z ta’limini pedagogik yordam bilan amalga oshirish uchun zarur malaka va malaka

darajasiga erishish uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan sharoitlarda

individuallashtirish usuli sifatida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim ayniqsa dolzarb bo‘lib qoladi.

Xulosa va takliflar.

Bo‘lajak muhandislarni tayanch, amaliy, kasbiy tayyorlash jarayonida

dasturlashtirilgan ta’lim vositalarini qo‘llashni takomillashtirish asosida umumkasbiy fanlar

bo‘yicha o‘quv axborotini ko‘rgazmali-obrazli tarzda havola etishning bosqichlari va didaktik

imkoniyatlar (qulaylik, vizuallik, amaliy yo‘nalganlik) ochib berildi. Hozirgi kunda

respublikamizda barcha sohalarda, shu jumladan, aholi yashash joylari, qishloq xo‘jaligi

korxonlarida, sanoatda, qurilishda, ishlab chiqarishda axborot texnologiyalari shu darajada

rivojlandiki, ulardan foydalanib, ishlarni takomillashtirish davr talabiga aylanadi va boshqa

sohalarda ham axborot texnologiyalari bilan ishlash va ularning samaradorligini oshirish uchun

ham yangi dasturlar va zamonaviy dasturlarda amalga oshirilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida

tayyorlanayotgan bo‘lajak muhandis kasbiy sohasi bo‘yicha egallagan bilim va ko‘nikmalarini

amaliyotda qo‘llay olishi bilan birga muhandis uchun muhim bo‘lgan shaxsiy sifatlarga ega

bo‘lishi lozim.

REFERENCES

1.

U.Sh.Begimqulov. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning

ilmiy-nazariy asoslari / Monografiya. – T.: Fan, 2007.

2.

Ҳамидов

Ж.А.,

Зухуров

Й.Т.

Концептуальные

основы

подготовки

общеобразовательных предметов на основе современных педагогических технологий

и средств. // «XXI аср таълим тизимида инновацион ва интеграцион ёндошувлар»

мавзусидаги Халқаро илмийамалий онлайн конференцияси материаллари. – Жиззах,

2021. Б. 16-19.

3.

Sh.A.Egamkulov. Creation of pedagogical and psychological basis and methodical system

of teaching geometry courses using information technologies. Web of Scientist: International


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


673

scientific resear Journal. ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 5, May. 2022.

(

https://wos.academiascience.org/index.php/wos

/article/view/1766

).

Xalqaro

OAK

tasarrufidagi jurnal.

4.

Sh.A.Egamkulov.

Didaktik

vositalardan

foydalanib

o‘qituvchilarning

kasbiy

kompetentligini shakllantirish. Ilmiy Axborotnoma. Namangan davlat universiteti. 2022-yil.

ISSN: 2181-0427.

www.journal.namdu.uz

.

5.

Hamidov J.A., Zuxurov Y.T., Hamidov O.A. “Kartografiya” fani bо‘yicha multimediali

elektron uslubiy kо‘rsatma dasturi. О‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi. –

DGU 14602. 16.02.2022

6.

Egamkulov Sh.A. Dars mashg‘ulotlarida o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini

shakillantirishda elektron ta’lim resurslarini qo‘llash texnologiyalari // Buxoro davlat

universiteti. Pedagogik mahorat. Ilmiy-nazariy metodik jurnal. Buxoro, 2023. – № 6. – B. 27-

32.

7.

Egamkulov Sh.A. Elektron ta’lim resurslaridan foydalanib bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy

kompetentligini rivojlantirish // Ta’lim, fan va innovatsiya. Ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-

uslubiy jurnal. Toshkent, 2023. – № 3. – B. 398-402.

www.esijournal.uz

References

U.Sh.Begimqulov. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari / Monografiya. – T.: Fan, 2007.

Ҳамидов Ж.А., Зухуров Й.Т. Концептуальные основы подготовки общеобразовательных предметов на основе современных педагогических технологий и средств. // «XXI аср таълим тизимида инновацион ва интеграцион ёндошувлар» мавзусидаги Халқаро илмийамалий онлайн конференцияси материаллари. – Жиззах, 2021. Б. 16-19.

Sh.A.Egamkulov. Creation of pedagogical and psychological basis and methodical system of teaching geometry courses using information technologies. Web of Scientist: International scientific resear Journal. ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 5, May. 2022. (https://wos.academiascience.org/index.php/wos /article/view/1766). Xalqaro OAK tasarrufidagi jurnal.

Sh.A.Egamkulov. Didaktik vositalardan foydalanib o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish. Ilmiy Axborotnoma. Namangan davlat universiteti. 2022-yil. ISSN: 2181-0427. www.journal.namdu.uz.

Hamidov J.A., Zuxurov Y.T., Hamidov O.A. “Kartografiya” fani bо‘yicha multimediali elektron uslubiy kо‘rsatma dasturi. О‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi. – DGU 14602. 16.02.2022

Egamkulov Sh.A. Dars mashg‘ulotlarida o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakillantirishda elektron ta’lim resurslarini qo‘llash texnologiyalari // Buxoro davlat universiteti. Pedagogik mahorat. Ilmiy-nazariy metodik jurnal. Buxoro, 2023. – № 6. – B. 27-32.

Egamkulov Sh.A. Elektron ta’lim resurslaridan foydalanib bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish // Ta’lim, fan va innovatsiya. Ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-uslubiy jurnal. Toshkent, 2023. – № 3. – B. 398-402. www.esijournal.uz