Noyabr, 2024-Yil
46
BO‘LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA VIRTUAL
TEXNALOGIYALAR VOSITASIDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI
RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Suvonqulova Aziza Abdurazzoq qizi
Guliston davlat universiteti 2-kurs tayanch doktaranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14051911
Anontatsiya.
Mazkur maqolada bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida virtual
texnologiyalar vositasida axborot kompetentligini rivojlantirishning mazmuni, virtual ta’limning
metodik imokoniyatlarini shakllantirishning mazmuni va vazifalari, Virtual ta’limning afzalliklari,
qulayliklari haqida ma’lumotlar berilgan. O’quv jarayoning samaradorligini oshirishda virtual
ta’lim texnologiyasidan foydalanish jihatlari hususida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
kompetentlik, , virtual ta’lim texnologiyasi, virtual ta’lim muhiti, virtual
o‘quv muhiti, Virtual muzey, Virtual ko’zoynak, Virtual auditoriya, Virtual borliq shlemi,
Axborotli qo‘lqop, Interaktiv kompyuter o‘yinlari.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF DEVELOPING INFORMATION
COMPETENCE THROUGH VIRTUAL TECHNOLOGIES IN FUTURE PRIMARY
CLASS TEACHERS
Abstract.
In this article, the content of the development of information competence by
means of virtual technologies in future elementary school teachers, the content and tasks of the
formation of methodological possibilities of virtual education, the advantages and conveniences
of virtual education. Aspects of the use of virtual education technology in increasing the
effectiveness of the educational process are discussed.
Key words:
competence, virtual educational technology, virtual educational environment,
virtual learning environment, Virtual museum, Virtual glasses, Virtual audience, Virtual existence
helmet, Information glove, Interactive computer games.
НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ ИНФОРМАЦИОННОЙ
КОМПЕТЕНТНОСТИ С ПОМОЩЬЮ ВИРТУАЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ У
БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ
Аннотация.
В данной статье рассмотрено содержание развития информационной
компетентности средствами виртуальных технологий у будущих учителей начальной
школы, содержание и задачи формирования методических возможностей виртуального
образования, преимущества и удобства виртуального образования. Обсуждаются
Noyabr, 2024-Yil
47
аспекты использования технологии виртуального образования в повышении
эффективности образовательного процесса.
Ключевые слова:
компетентность, виртуальная образовательная технология,
виртуальная образовательная среда, виртуальная среда обучения, Виртуальный музей,
Виртуальные очки, Виртуальная аудитория, Шлем виртуального существования,
Информационная перчатка, Интерактивные компьютерные игры.
Bugungi kunda yurtimizda oliy ta’limni isloh qilish, ta’lim-tarbiya jarayoniga o’qitishning
innovatsion shakl va usullarini tadbiq etish yosh avlodni salohiyatli, kreativ fikrlaydigan, ularning
ma’naviy, intelektual salohiyati va raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish sifatini yuqori
darajaga ko’tarish orqali yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalashning ustuvor yo’nalishlar
belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.
Respublikamizda so‘nggi yillarda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tayyorlash,
o‘qituvchilarni zamonaviy axborot texnologiyalardan erkin foydalanishlari uchun raqamli
texnologiyalarni kiritishning me’yoriy asoslari yaratilmoqda va bo‘lajak o‘qituvchilarni
tayyorlash tizimiga tatbiq etilmoqda. “Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash
tizimini takomillashtirish «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasini muvaffaqiyatli amalga
oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni
ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi”. Bu esa jamiyatda axborotlashtirish bilan
bog‘liq o‘zgarishlar ta’lim tizimiga jiddiy darajada ta’sir qiladi, jamiyat taraqqiyotining
ehtiyojlariga javob beradigan yangi ta’lim amaliyotini loyihalashtirish imkoniyatini kengaytiradi.
Jahon ta’lim muassasalarining bugungi kundagi asosiy vazifalari sifatida jamiyat hayotini
o’zgartirishga qaratilgan islohatlar zamirida malakali kadrlar tayyorlash va yosh avlodga sifatli
ta’lim berish masalalarining umumta’lim tizimidan boshlanishini ko’ramiz.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni, 2020-
yil 6-oktabrdagi PQ-4851 son “Axborot texnalogiyalar sohasida ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni industriya bilan integratsiya qilish
chora-tadbirlar to’g’risida” gi qarori, 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245 son “Axborot-
kommunikatsiya texnalogiyalar sohasida loyiha boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida Respublikamzda amalga oshirilayotgan turli
sohalardagi yangilanishlarda ta’lim muassasalarining faol ishtirokini ta’minlashga to’siq
Noyabr, 2024-Yil
48
bo’layotgan bir qator muammolarga yechim bo’lish uchun asos bo’lib hizmat qilmoqda desak
mubolag’a bo’lmaydi.
Xususan, oliy ta’lim tizimida o’qitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim olayotgan talabalar
bilmini baholash tizimi bugungi talablariga javob bermaydi; professor-o’qituvchilar faoliyatining
zamonaviy ta’lim muhitidagi innovatsion pedagogik faoliyatiga yo’naltirilganligi ta’lim sifatiga
salbiy ta’sir ko’rsatmoqda; zamonaviy raqamli va o’qitishning texnik vositalari bilan
jixozlanishining jadallashtirilgan dasturini ishlab chiqilmaganligi, oliy ta’lim muassasalarida
o’quv fanlari jumladan Pedagogika, Pedagogik mahorat fanlarini o’qitish jarayonida talabalar
faolligini ortiruvchi ularning mustaqil ijodiy tafakkurini rivojlantirish imkoniyatini beruvchi
interfaol metodlar, pedagogik texnalogiyalar, yangi dasturlar joriy qilinmayapti.
Bugungi 21-asr axborot texnalogiyalari asrida zamonaviy bilim, ko’nikma va malakaga
ega bo’lgan o’qituvchiga bo’lgan talabning yuqoriligi hech birimizga sir emas. Zotan, axborot asri
bolalarining virtual olam va internet tarmoqlari bilan kundalik hayotdagi hamohangligi endi ularda
an’anaviy darslar va bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini keskin pasayishiga olib kelmoqda.
Bunday sharoit bo’lajak o’qituvchidan ta’lim jarayonida virtual texnalogiyalardan
foydalana olish bilim, ko’nikma va malakalariga ega bo’lishni talab etmoqda.
Uyning asosi uning poydevori bo’lganidek, ta’limning asosi ham boshlang’ich ta’lim
ekanligi barchamizga nurdek ravshandir. Kundalik hayotimizga kirib kelayotgan Virtual ta’lim,
Virtual muzey, Virtual ko’zoynak, Virtual auditoriya atamalarining bugungi kunda
ko’payayotganligi va zamonaviy ta’limdagi ahamiyati tobora oshib borayotganligi diqqatimizni
tortmoqda. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining virtual texnalogiyalar vositasida axborot
kompetentligini rivojlantirish esa zamonaviy ta’lim standartlaridan biriga aylanmoqda desak
mubolag’a bo’lmaydi.
Xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimiga nazar tashlasak Yevropaning ko’plab
mamlakatlarida o’quv dasturlariga ta’lim oluvchilar kerak kompetensiyalarga erishishi uchun asos
tayyorlashga qaratilgan. Dunyo olimlarining ko’pchiligi bugunda eng muhim tayanch
kopetensiyalarning cheklangan to’plamini belgilash zaruratini ta’kidlamoqdalar. Yevropa
kengashining “Yevropa uchun asosiy kompetensiyalar” mavzusidagi Simpoziumida asosiy
kompetensiyalarning taxminiy ro’yxati belgilangan.
Ushbu ilmiy ish mavzusi ilmiy-nazariy tadqiq etilishidan avval atamalarning mazmum va
mohiyatiga o’z diqqatimizni qaratsak. Jumladan “Kompetensiya” tushunchasi keng ma’noga ega
bo’lib, uning mazmun va mohiyati turli soha olimlari tomonidan turlicha talqin etiladi.
Noyabr, 2024-Yil
49
Kompetentlik- bu biror narsani yaxshi yoki samarali bajarish qobilyati, u yoki bu soha
bo’yicha bilimdonlik. Sinonimlar: qobilyat, o’rganish , mahorat, izlash, iste’dod.
Har bir inson dunyoni his va idrok etish tizimlari orqali anglaydi. Ma’lumki, insonning 5
xil sezgi retsepterlari mavjud bo’lib, bular: ta’m bilish, hid bilish, ko‘rish, eshitish va sezish. Xuddi
shu retseptorlar orqali qabul qilingan ma’lumot miya tomonidan qayta ishlanishi natijasida inson
ongiga atrof- muhitdan ma’lumotlar oqimi kelib tushadi. Virtual voqelik texnologiyalari axborotni
insonga yetkazishda aynan shu sezgi organlaridan foydalanadi. Bunda obyektiv tabiiy voqelikni
sezgi organlari yordamida idrok etish o‘rnini maxsus interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz
vositasida sun’iy yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Ammo virtual voqelik real fizik
voqelikdek lazzat baxsh eta olmaydi, chunki bu voqelik ta’sirida vujudga keluvchi his-tuyg‘ular
ko‘p jihatdan uning o‘zi bilan emas, balki uni biz qanday idrok etishimiz bilan belgilanadi.
Inson miyasidagi neyronlar virtual elementlarga haqiqiy dunyo elementlariga javob
bergani kabi javob beradi. Shuning uchun inson virtual muhitni idrok etadi va virtual olam ichra
sodir bo‘layotgan voqealarga haqiqatda sodir bo‘layotgan voqealar singari munosabatda bo‘ladi.
Virtal olam - foydalanuvchi tomonidan yaratilgan 3D virtual muhit. Virtual olam haqiqiy
dunyoga qanchalik yaqin hamda interfaol, tezkor, xatolarsiz bo‘lsa, foydalanuvchi virtual olamga
shunchalik oson singib keta oladi. Agar insonning uchishi, balandlikdan sakrab o‘tishi kabi
jarayonlar real hayotdan uzoq bo‘lsa, haqiqiy virtual voqelikni yaratib bo‘lmaydi.
“Virtual borliq” atamasi 1980 -yillarning oxirida paydo bo‘lgan. Virtual borliq (VR,
inglizcha Virtual reality, VR, sun’iy borliq) - bu texnik vositalar yordamida yaratilgan, odamga
uning hislari: ko‘rish, eshitish, teginish va boshqalar orqali uzatiladigan dunyo. Virtual borliq
ekspozitsiyani ham, ta’sirga javobni ham taqlid qiladi. Borliq sezgilarining ishonarli kompleksini
yaratish uchun virtual reallik xususiyatlari va reaktsiyalarining kompyuter sintezi real vaqtda
amalga oshiriladi. Virtual borliq ob’ektlari, odatda, moddiy voqelikdagi o‘xshash narsalarning
xattiharakatlariga o‘xshaydi. Foydalanuvchi ushbu ob’ektlarga fizikaning haqiqiy qonunlariga
muvofiq harakat qilishi mumkin (tortishish kuchi, suvning xususiyatlari, ob’ektlar bilan
to‘qnashuvi, aks etishi va boshqalar). Biroq, ko‘pincha ko‘ngilochar maqsadlarda virtual olam
foydalanuvchilariga hayotda mumkin bo‘lganidan ko‘proq ruxsat beriladi (masalan: uchish, har
qanday narsalarni yaratish va hk).
«Virtuallik» atamasi lotincha «virtualis» so‘zidan olingan bo‘lib, «muayyan bir
sharoitlarda sodir bo‘ladigan yoki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan», yoki mavjud bo‘lmagan, lekin
amalga oshish ehtimoli mavjud bo‘lgan jarayon kabi ma’nolarni anglatadi.
Noyabr, 2024-Yil
50
Ushbu atama inson faoliyatining juda ko‘p sohalarida uchraganligi uchun ham uni ta’lim
tizimiga olib kirishga yetarlicha asoslar mavjud. Turli fanlarga oid tushunchalarni izohlashda
bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Jumladan, fizika fanida faqat boshqa zarrachalarning
o‘zaro ta’sirlashish holatidagina mavjud bo‘la oladigan zarrachalar virtual zarrachalar (virtual
foton, bozon va boshqalar) deb yuritiladi. Virtual zarrachalar tufayligina real elementar
zarrachalarning o‘zaro ta’sirlashuvi yuzaga keladi va bunda virtual zarrachalarning o‘zaro
almashinuvi sodir bo‘ladi.
Virtuallik tushunchasi meteorologiya sohasida ham qo‘llaniladi. Ushbu sohada muayyan
namlikka ega bo‘lgan havo haroratining xuddi shu bosimga mos ko‘rsatkichlaridagi quruq havo
ko‘rsatkichi virtual harorat deb yuritiladi.
Virtual borliqni kengaytirilgan borliq bilan aralashtirib yubormaslik kerak.
Ularning asosiy farqi shundaki, virtual yangi sun’iy dunyoni quradi, kengaytirilgan voqelik
esa real olamni idrok etishiga individual sun’iy elementlarni kiritadi.
Virtual reallik — bu sun’iy hosil qilinadigan axborot muhiti bo‘lib, u atrofmuhitning odatiy
usuldagi tasavvurini — turli texnik vositalar asosida hosil qilinadigan axborotlar bilan
almashtirishga qaratiladi. Ta’limiy maqsadlarda virtual reallik vositalarini ishlab chiqishga
qaratilgan axborotlarni vizuallashtirish vositalarini yaratish — boshqa texnik vositalar yordamida
erishib bo‘lmaydigan pedagogik samarani berishi mumkin. Kompyuterning tasavvur qilinadigan
xotirasi — virtual xotira sifatida qabul qilinib, u fizik jihatdan hech bir alohida olingan xotira
tashuvchisiga muvofiq kelmaydi, ya’ni, virtual xotira kompyuter elementlarining o‘zaro
funksional ta’sirlashuvi natijasi sifatida yuzaga keladi. Shunday qilib, virtual xotirani yuzaga
keltiruvchi dasturiy vositalar yordamida inson juda ulkan hajmdagi axborotlardan foydalana olish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Amaldagi zamonaviy kompyuterlarning
barchasi maxsus java virtual mashinasi bilan jihozlangan.
Virtual borliqning bir nechta turlari mavjud:
Immersiv bo‘lmagan virtual voqelik
To‘liq immersiv virtual voqelik
Yarim immersiv virtual voqelik
Kengaytirilgan voqelik
Hamkorlikdagi virtual voqelik
Immersiv bo‘lmagan virtual voqelik (ingl. Non-immersive Virtual Reality)
- insonning o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda kompyuter orqali virtual muhitdagi
qahramon yoki harakatlarni boshqarishi. Bunda virtual muhit inson bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
Noyabr, 2024-Yil
51
aloqada bo‘lmaydi. Bunga kompyuter o‘yinlaridagi qahramonlarni boshqarishni misol keltirish
mumkin, ya’ni virtual muhit bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani o‘yin qahramoni amalga oshiradi,
foydalanuvchi esa virtual muhit bilan texnik jihatdan aloqada bo‘ladi. To‘liq immersiv virtual
voqelik (ingl. Fully Immersive Virtual Reality) - immersiv bo‘lmagan virtual voqelikning aksi.
Bunday voqelik haqiqiy virtal tajribani ta’minlaydi. Bunda odam o‘zini virtual dunyoda
jismonan mavjuddek, u yerda sodir bo‘layotgan voqealarda ishtirok etayotgandek sezadi. Haqiqiy
virtual tajribani ta’minlash uchun sensorli detektorlar bilan jihozlangan VR ko‘zoynaklar,
qo‘lqoplar, virtual kostyum kabi maxsus uskunalar talab qilinadi. Sensorlardan olingan
ma’lumotlar kompyuter tomonidan qo‘llaniladi va virtual dunyo foydalanuvchilarga real virtual
tajribani taqdim etish uchun real vaqtda javob beradi. Masalan, virtual o‘yin maydonida maxsus
virtual qurilmalardan foydalangan holda virtual muhit va undagi qahramonlar bilan o‘zaro aloqada
bo‘lish mumkin.Yarim immersiv virtual voqelik (ingl. Semi-Immersive Virtual Reality) -
immersiv bo‘lmagan va to‘liq immersiv virtual voqelik o‘rtasidagi jarayon.
Kompyuter ekrani yoki VR ko‘zoynaklaridan foydalanib, virtual muhitda harakat qilish
mumkin, ammo vizuallikni yaxshilash uchun jismoniy hislar yetishmaydi. Virtual sayohat, virtual
avtotrenajyorlar yarim immersiv virtual texnologiyasining namunasi bo‘lishi mumkin.
Kengaytirilgan voqelik (ingl. Augmented Reality) - foydalanuvchiga telefon ekrani orqali
real dunyoni ko‘rish va unga ekranda virtual o‘zgarishlar kiritish imkonini beruvchi virtual
voqelikning bir turi. Kengaytirilgan voqelikni yaxshiroq tushunishga yordam beruvchi misol bu -
Pokemon Go mobil o‘yin ilovasidir.
Hamkorlikdagi virtual voqelik (Collaborative VR) - foydalanuvchilarning turli
manzillardan turib, virtual muhitda 3D proeksiyalangan qahramonlar shaklida birlashishi. Masalan,
PlayerUnknowns Battlegrounds (PUBG) kabi mobil o‘yinning virtual muhiti bunga misol bo‘la
oladi.
Virtual borliqqa kirishning eng oddiy yo‘li bu kompyuter ekrani hisoblanadi va bu borliqda
sichqoncha, klaviatura, djoystik yordamida ishlash mumkin. Bulardan tashqari virtual borliqni
yaxshiroq his etish uchun boshqa qurilmalarni ham ishlatish mumkin. Ular: Turli oynali ko‘zoynak
- bu qurilma tasvirni uch o‘lchamda (hajmli) ko‘rishga yordam beradi. Bir muncha murakkabroq
ishlaydigan ko‘zoynak ham mavjud bo‘lib, uning ishlash prinsipi quyidagicha: ekran orqali
ko‘zoynakning bitta ko‘ziga tasvir yuboriladi, ikkinchisi esa qorong‘u bo‘lib turadi. So‘ngra tasvir
keyingi ko‘zga o‘tadi, shu tarzda tasvir ketma-ket ko‘rsatiladi va ko‘zoynak ekranida uch
o‘lchamli tasvir illyuziyasi hosil bo‘ladi.
Noyabr, 2024-Yil
52
Virtual borliq shlemi (Head Mounted Display) - o‘ylab topilgan virtual borliqni to‘liq his
etish uchun mo‘ljallangan qurilma. Tasvir hajmini ko‘rsatish uchun shlem ichida ikkita uncha katta
bo‘lmagan ekran joylashgan bo‘lib, tasvir ham ikkiga bo‘linadi va ikkala ko‘z uchun alohida tasvir
yaratiladi. Ushbu shlem 360 gradus sohadagi barcha tasvirlarni vizual ko‘rish imkonini beradi,
hattoki bosh burilgan vaqtda mos ravishda tasvir joylashuvi ham o‘zgaradi.
Axborotli qo‘lqop - virtuallikni oshirish maqsadida ishlatiluvchi qo‘lqop bo‘lib, u
yordamida virtual borliqdagi predmetlarni ushlash, surish va harakatga keltirish mumkin.
VR-kostyum - virtual borliqning eng to‘liq to‘plamli qurilmasi hisoblanadi. Tananing
barcha nuqtalaridagi harakatni kuzatib boruvchi ko‘pgina magnitli sensorlardan iborat
kombinzon.Ko‘p kanalli dinamik tizimi ovoz manbasini lokalizatsiya qilish imkonini beradi, bu
esa foydalanuvchiga eshitish yordamida virtual dunyoda harakat qilish
imkonini beradi. Simulyatsiya qilingan taktil sezgilar Taktil yoki teginish hissiyotlarini
taqlid qilish allaqachon virtual haqiqat tizimlarida o‘z yo‘lini topdi. Bular qayta aloqa qurilmalari
deb ataladi. Ular virtual prototiplash va ergonomik dizayn muammolarini hal qilish, turli
simulyatorlar, tibbiy simulyatorlar, robotlarni masofadan boshqarish, shu jumladan mikro va nano
virtual haykallarni yaratish tizimlarini yaratish uchun ishlatiladi. Shuningdek, taktil sezgilarga
taqlid qilish qobiliyati o‘yin sohasida o‘z qo‘llanilishini topdi.
Interaktiv kompyuter o‘yinlari o‘yinchining o‘zlari yaratgan virtual dunyo bilan o‘zaro
munosabatiga asoslanadi. Ularning ko‘pchiligi o‘yinchini o‘yindagi ko‘rinadigan yoki nazarda
tutilgan belgi bilan aniqlashga asoslangan.
O‘yinning virtual dunyosini haqiqatga sifatli yaqinlashtirish uchun yuqori sifatli uch
o‘lchovli grafikalar muhim degan fikr bor. Agar o‘yinning virtual dunyosi grafik go‘zalligi bilan
farq qilmasa, sxematik va hatto ikki o‘lchovli bo‘lsa, foydalanuvchining bu dunyoga sho‘ng‘ishi
qiziqarli o‘yin tufayli sodir bo‘lishi mumkin (oqimga qarang), uning xususiyatlari har bir
foydalanuvchi uchun individualdir.
Multimedia tizimining dasturiy muhitini ham ikkiga bo‘lish mumkin: amaliy va
ixtisoslashtirilgan. Amaliy dasturlar foydalanilayotgan yoki loyihalashtirilgan amaliy dasturlar.
Ixtisoslashtirilgan dasturlarga mul’timedia ilovalarini yaratuvchi dasturiy vositalar kiradi.
Bu toifadagi dasturlarga grafik muharrir, videotasvir muharriri, tovushli axborotni xosil qilish va
muharrirlash vositalari kiradi.
Virtual borliqning qo‘llanilish sohalari
Bugungi kunda «virtual borliq» tushunchasining kompyuterli modellashtirishga nisbatan
qo‘llanilishi eng ommalashgan ko‘rinishga ega. Bu sharoitda inson virtual amaliyotni yuzaga
Noyabr, 2024-Yil
53
chiqarishda sun’iy uch o‘lchamli yoki sensor muhiti bilan o‘zaro ta’sirlashadi. uchun u muloqot
uskunalari sifatida virtual shlem, maxsus qo‘lqop yoki yaxlit kiyiladigan kostyumdan foydalanadi.
Mazkur jihozlar yordamida inson mashina tomonidan generatsiyalanuvchi muhitga tushib,
unda turli yo‘nalishlarda harakatlanish, obyektlami boshqarish kabi muayyan harakatlarni bajaradi
hamda virtual voqealar ta’sirida har xil hissiyotlarni boshidan o‘tkazadi.
Virtual borliq inson faoliyatining tibbiyot, biotexnologiya, loyihalash ishlari, malting,
san’atshunoslik, ergonomika, ko‘ngilochar industriya singari ko‘plab sohalariga bevosita
aloqadordir. Virtual borliq yaratish texnologiyasidan real va virtual jarayonlarni modellashtirishga
katta ehtiyoj mavjud bo‘lgan kompyuter o‘yinlari, kosmik trenajyorlar, ko‘rgazma-savdo
namoyishlarida samarali foydalanilmoqda.
Yuqorida sanab o‘tilgan misollar «virtual ta’lim» tushunchasiga oydinlik kiritish hamda
uning virtuallik sifatlarini belgilash imkonini beradi. Virtual jarayonlarning bosh sababchisi —
real mavjud obyektlaming o‘zaro hamjihatlikdagi harakati hisoblanadi. O‘qituvchi bilan
o‘quvchining ta’lim jarayonidagi o‘zaro hamjihatlikka asoslangan faoliyati virtual holatni yuzaga
keltiradi. Real subyekt (o‘qituvchi-o‘quvchi)larning virtual holatdagi ichki o‘zgarishlari ta’lim
jarayoni va sifati bilan tasiflanadi.
Virtual jarayonlarning asosiy belgilariga: o‘zaro hamjihatlikdagi subyektlar uchun virtual
jarayonlar mavhumlik darajasining kuchliligi; har bir ishtirokchi uchun hamjihatlikning o‘ziga
xosligi; faqat hamjihatlik jarayonidagina mavjudlikning amal qilinishi kabilarni kiritish
mumkin.Virtual jarayon muhim virtual obyektlaming o‘ziga xos hamjihatligi ta’sirida muayyan
virtual makondagina ro‘y beradi.
Virtual ta’lim deganda, uning asosiy subyektlari o‘qituvchi- o‘quvchi orasidagi bevosita
ta’lim olish va berish paytidagi o‘zaro hamjihatligiga qurilgan jarayon va uning natijalari
tushuniladi. Virtual ta’lim makonini ta’limning asosiy obyektlari bilan uning subyektlari
sanaladigan o‘quvchi-o‘qituvchining aloqalarisiz tasavvur qilish mumkin emas. Boshqacha qilib
aytganda, ta’limdagi virtuallik muhiti sinf xonalari, ulardagi jihozlar, o‘quv qo‘llanmalari yoki
o‘qitishning texnik vositalari bilan emas, balki aynan ta’lim jarayonida ishtirok etadigan оbyekt
va subyеktlaming hamjihatligi orqaligina vujudga kеltiriladi. Ta’kidlash joizki, dasturlarda ba’zi
o‘rinlarda o‘quv matеriallarini o‘quvchilarning real o‘zlashtirish darajasi, ta’lim subyеktlarining
o‘zaro munosabatlari yеtarli darajada inobatga olinmasdan, taqdim etilish hollari kuzatiladi.
Shunday qilib, virtual ta’lim nafaqat masofaviy tеlеkommunikatsiyagagina xos jihat bo‘lib
qolmasdan, balki ta’limning barcha, jumladan, kunduzgi shakllarida o‘qituvchi, o‘quvchi,
o‘rganilayotgan obyеktlarning o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘lish xususiyatiga ega.
Noyabr, 2024-Yil
54
Masofaviy tеxnologiyalar virtual ta’lim asosida kunduzgi ta’lim imkoniyatlarini
kеngaytirishni ta’minlashga xizmat qiladi. Virtual ta’limning asosiy maqsadi, insonning real
borliqda tutgan o‘rnining tub mohiyatini anglab yеtishdagi — uning virtual va boshqa
imkoniyatlari uyg‘unligini ta’minlashdan iboratdir.
Kompyuter bilan muloqot chog‘ida yuzaga keladiga hissiyotlar (masalan, virtual shlemlar
yordamida) insonning mavjud real borliq bilan muloqoti jarayonidagi tuyg‘ulariga juda yaqin
bo‘lib, ba’zan ushbu hissiyotlar taqqoslanganda birinchisining usutunligi yaqqol sezilish hollari
ham mavjud. Kompyuter o‘yinlari texnologiyasidagi ongga chuqur kirib borishdagi maxsus ta’sir
effektlaridan ta’lim jarayonida ham samarali foydalanish mumkin. Ushbu ma’noda, inson ongi
turli vazifa, obraz hamda tasavvurlarni dastlab xayoliy amallar asosida talqin qilishi e’tiborga
olinsa, uning o‘zi qaysidir ma’noda virtuallik tabiatiga ega ekanligi anglanadi.
REFERENCES
1.
“Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-637-son. 2020-yil 23-sentabr. https://lex.uz/
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekistonRespublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni
//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 6-son, 70-modda
3.
O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni, Qonun xujjatlari to‘plami milliy bazasi,
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022– 2026-yillarda xalq
taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-sonli
Farmoni (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son)
5.
Hamidov J.A. “Using multimedia technology problems in professional education”. Eastern
European Scientific Journal/Auris – Verlag.de 2019, № 1. 187-190 cтр.
6.
Abduqodirov A.A., Pardayev A.X. Masofali o’qitish nazariyasi va amaliyoti. Monografiya.
T.: Fan. 2009. -146 b.
7.
Abduqodirov A.A., Toshtemirov D.E. Ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Monografiya. Guliston: “Universitet”, 2019. -
232 b.
