Authors

  • Muhammadqodir Bahromov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48468

Abstract

Ushbu maqolada jinoyat va jazo tarixiga alohida eʼtibor qaratilgan, ayniqsa, qadim zamonlarda jinoyatlarning sodir etilishi va jazolanish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, Oʻzbekistondagi jinoyatchilik holatiga, uning sabablari va oldini olishdagi muammolarga toʻxtalib oʻtilgan. Jinoyatlarning eng koʻp sodir etilgan turlari, ularning dinamikasi va iqtisodiy jinoyatlar ustunligi keltirilgan. Oʻzbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurashish mexanizmlari, jumladan, Jinoyat Kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksi asosidagi qonunchilik va huquqiy mexanizmlar tahlil qilingan. Maqolada jinoyatlarni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari, shuningdek, xalqaro hamkorlik va jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqilgan. Maqola Oʻzbekistondagi jinoyatlarning rivojlanish dinamikasini, jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimining samaradorligini va jinoyatlar sonini kamaytirish yoʻlidagi chora-tadbirlarni taqdim etadi. Jinoyatchilikni kamaytirish uchun muhitni yaxshilash, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni tahlil qilish, huquqiy savodxonlikni oshirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ko‘rsatilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

22

OʻZBEKISTONDA JINOYATLAR VA ULARGA QARSHI TURISH MEXANIZMLARI

Bahromov Muhammadqodir

Tashkent State University of Law.

muhammadqodirbahromov76@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14278751

Annotatsiya

. Ushbu maqolada jinoyat va jazo tarixiga alohida eʼtibor qaratilgan, ayniqsa,

qadim zamonlarda jinoyatlarning sodir etilishi va jazolanish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek,
Oʻzbekistondagi jinoyatchilik holatiga, uning sabablari va oldini olishdagi muammolarga
toʻxtalib oʻtilgan. Jinoyatlarning eng koʻp sodir etilgan turlari, ularning dinamikasi va iqtisodiy
jinoyatlar ustunligi keltirilgan. Oʻzbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurashish mexanizmlari,
jumladan, Jinoyat Kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksi asosidagi qonunchilik va huquqiy
mexanizmlar tahlil qilingan. Maqolada jinoyatlarni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi
masalalari, shuningdek, xalqaro hamkorlik va jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-
tadbirlar ko‘rib chiqilgan. Maqola Oʻzbekistondagi jinoyatlarning rivojlanish dinamikasini,
jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimining samaradorligini va jinoyatlar sonini kamaytirish
yoʻlidagi chora-tadbirlarni taqdim etadi. Jinoyatchilikni kamaytirish uchun muhitni yaxshilash,
iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni tahlil qilish, huquqiy savodxonlikni oshirish va xalqaro
hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar:

jinoyat, Shan Yan, St. Thomas Aquinas, Cessara Beccaria, jazo tizimi,

xalqaro tashkilotlar, Fyodor Dostoyevskiy.

CRIMES IN UZBEKISTAN AND THE MECHANISMS OF COMBATING THEM

Abstract.

The article also pays special attention to the history of crime and punishment,

particularly analyzing how crimes were committed in ancient times and the methods of punishment
used. Additionally, the article addresses the situation of crime in Uzbekistan, its causes, and the
challenges in preventing it. The most common types of crimes, their dynamics, and the prevalence
of economic crimes are highlighted. The mechanisms for combating crime in Uzbekistan, including
the Criminal Code and the Criminal Procedure Code, as well as the legal mechanisms, are
analyzed. The article also discusses issues related to crime prevention, the prevention of offenses,
as well as measures aimed at enhancing international cooperation and ensuring public safety. The
article presents the development dynamics of crime in Uzbekistan, the effectiveness of the crime-
fighting system, and measures to reduce the number of crimes. It emphasizes the need to improve
the environment, analyze economic and social conditions, increase legal literacy, and strengthen
international cooperation to reduce crime.

Key words:

crime, Shan Yan, St. Thomas Aquinas, Cessara Beccaria, penal system,

international organizations, Fyodor Dostoyevsky.

ПРЕСТУПЛЕНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ И МЕХАНИЗМЫ БОРЬБЫ С НИМИ

Аннотация.

Статья также уделяет особое внимание истории преступлений и

наказаний, особенно анализируя, как совершались преступления в древние времена и какие
методы наказания использовались.

Кроме того, статья касается ситуации с

преступностью в Узбекистане, её причин и проблем предотвращения. Рассматриваются
наиболее часто совершаемые преступления, их динамика и преобладание экономических
преступлений. Процесс борьбы с преступностью в Узбекистане, включая Уголовный


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

23

кодекс и Уголовно-процессуальный кодекс, а также правовые механизмы, подвергаются
анализу. В статье также рассматриваются вопросы предотвращения преступлений,
профилактики правонарушений, а также меры, направленные на усиление
международного сотрудничества и обеспечение общественной безопасности.

Статья

представляет динамику развития преступности в Узбекистане, эффективность системы
борьбы с преступностью и меры по сокращению числа преступлений. Подчеркивается
необходимость улучшения условий, анализа экономических и социальных факторов,
повышения правовой грамотности и укрепления международного сотрудничества для
сокращения преступности.

Ключевые слова:

преступление, Шань Янь, Св. Фома Аквинский, Чессара Беккариа,

пенитенциарная система, международные организации, Федор Достоевский.

I.Kirish

Avvalombor, jinoyat tushunchasining mazmuniga toʻxtaladigan boʻlsak, Oʻzbekiston

Respublikasi Jinoyat Kodeksining 14-moddasiga muvofiq, ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli
ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qoʻllash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.

Ushbu normadan shuni tushunish mumkinki, muayyan qilmish yaʼni harakat yoki

harakatsizklik jinoyat deb topilishi uchun u Jinoyat kodeksining bilan tartibga solinadigan ijtimoiy
munosabatlarga zarar yetkazishi, ayblilik xususiyatiga (ayblilik bu oʻz xatti-harakatlarini
tushunadigan va ularni boshqara oladigan aqli raso shaxsning huquqqa zid qilmishidan kelib
chiquvchi aybidir) ega boʻlishi, ijtimoiy xavfli yaʼni jamiyat aʼzolariga moddiy yoki maʼnaviy
zarar keltirishi va unga qarshi chora sifatida davlat tomonidan oʻrnatilgan jazolarga tortilishi
muqarrarligiga oid faktlar mavjud boʻlishi kerak. Jinoyat boshqa qonunbuzarliklardan oʻzining
ijtimoiy xavflilik xususiyati bilan ajralib turadi, ya’ni jinoyat boshqa qonunbuzarliklarga nisbatan
ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori hisoblanib, u tufayli kelib chiqaadigan oqibatlar ham jamiyatga
jiddiy moddiy va maʼnaviy zararlar yetkazadi. Insoniyat azal-azaldan ushbu taʼsiri keng
jamoatchilikni qamrab oluvchi illatga qarshi kurashib kelmoqda.

1

Tadqiqotlarga binoan ilk qotillik bundan 430 000 yillar oldin Shimoliy Ispaniyada qayd

etilgan boʻlib, bunda homo antecessor odam turi tomonidan sodir etilgan. Ammo biz buni yer
yuzida sodir etilgan ilk qotillik deb atay olmaymiz, chunki tarixdan bizga maʼlumki, azaldan
insoniyat oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun qon toʻkishdan ham tab tortmagan. Ibtidoiy davrlarda
bu hattoki odatiy hol boʻlib, bunday jinoyatlar uchun hatto jazolar ham joriy etilmaganligi
ehtimoldan holi emas. Jinoyatlar uchun ilk jazolar qachondan qoʻllanila boshlanganligi balki
nomaʼlumdir, ammo “crime” - jinoyat soʻzi ilk marotaba 1250-yillar atrofida eski fransuzcha
“crimne”, oʻz navbatida lotin tilidagi “crimen” soʻzidan olingan boʻlib, “Men qaror qilaman” yoki
“Men hukm qilaman” maʼnolarini anglatgan. Ammo usbu masala boʻyicha olimlar oʻrtasida bahs
mavjud xususan, Rabbi Ernest Kleinnig taʼkidlashicha, “crimen” lotin soʻzi aslida qadimgi yunon
soʻzi “Krima” dan kelib chiqqan boʻlib, “qoralash” yoki “sud hukmi” maʼnolarini anglatgan,

1

David Mcculloch, (2023)

A History of Crime: Investigations, Trials and Punishments

https://www.lexology.com/library/detail.aspx?g=9b39aef7-9f6a-4689-9f53-d7d1a4977c16


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

24

shuningdek, “crimen” soʻzi “cry of distress” – qaygʻu yigʻisi iborasidan kelib chiqqan boʻlib bu
Oʻrta Asrlar oxiriga yaʼni 15-asrlar oxiriga toʻgʻri keladi.

II. Metodologiya
Jinoyat va jazo tarixi.

Jinoyat ijtimoiy hodisa hisoblanib, jamiyat rivojlangan sari, jinoyat turlari va amalga

oshirish usullari ham oʻzgarib boradi. Bunga yaqqol misol sifatida axborot resusrlari rivojlanishi
natijasida vujudga kelgan kiberjinoyatlarni keltirish mumkin. Ushbu jinoyat turlari endigina paydo
boʻlayotgan jinoyat turi hisoblanib, barcha davlatlar ham unga qarshi turish mexanizmini
oʻrnatgani yokida toʻliq oʻrnatgani yoʻq. Endi jinoyat va jazo tarixiga nazar tashlasak, jinoyatlar
avvaldan faqatgina qasos olish maqsadida sodir etilgan, yaʼni agar biron kishi boshqa shaxsni
oʻldirsa buning evaziga ham jon bilan toʻlashi talab etilgan va bunda “qonga qon, jonga jon”
iborasi asosida amalga oshirilgan. Odamlar qanday jinoyat sodir etsalar xuddi shunday jinoyatlar
bilan jazolangan, ammo bunda jinoyat sodir etgan shaxsning subyektiv holati yaʼni qasd yoki
ehtiyotsizlik, motiv va maqsadlarni inobatga olmagan holda belgilangan. Oʻz navbatida bunday
jazo cholari tarbiyalashdan koʻra koʻproq qasos olish maqsadida qoʻllanilgan va koʻpchilik
hollarda jazo choralari jinoyatlarning xavflilik darajasiga umuman mos kelmagan. Keyinchalik
qonunlar takomillashtirilib, jazo choralari jinoyatlarga mutanosib ravishda belgilanishiga alohida
eʼtibor berildi.

2

Eng dastlabki qonunlarga misol sifatida “Hammurapi qonunlari” keltirish

mumkin, aynan manashu qonunlarda har bitta jinoyat turi uchun alohida jazo choralari
qoʻllanilgan. Usbu qonunda jazolarni belgilashda yosh, mansab va jins hisobga olingan. Yaʼni agar
boy odam oʻgʻirlik osdir etsa kambagʻal sodir etgan oʻgʻrilikka nisbatan koʻproq jarima
belgilangan. Oʻzbekiston tajribasidan esa, “Temur tuzuklari”ni koʻrish mumkin, bu qonunda ham
jazolar jinoyat turiga qarab belgilangan. Tarixda mutanosiblik va insonparvarlik prinsipini nazarda
tutmagan holda jazo choralari belgilanishining asosiy sababi qadimda hokimiyat tepasida turganlar
jazo choralari qanchalik ogʻir boʻlsa, oddiy fuqarolar shunchalik jinoyat sodir etishdan qoʻrqib
jinoyat sodir etmaydilar deyishgan, xususan, miloddan avvalgi

3

390-338-yillarda yashagan xitoy

faylasufi Shan Yanning fikricha

“Qattiq jazo choralarini qoʻllab, jinoyat uchun oʻzaro

javobgarlik tizimi joriy etilganda odamlar oʻzlarida qonun kuchini sinab koʻrishga jurʼat
qilolmaydilar”

. Bundan tashqari yunon faylasufi Aristotel ham jinoyatlarni oldini olishda qattiq

jazo choralarini qoʻllashni yoqlagan, uning fikricha qattiq jazo choralari jinoyatchilarni qayta
oʻsha jinoyatlarning sodir etishdan va boshqaa fuqarolarni jinoyatlar sodir etishdan saqlaydi deb
ishongan. Shuning uchun qadimda jinoyatlar insonparvarlik prinsipiiga mutlaqo zid boʻlgan.
Ammo shuni ham taʼkidlash joizki, mana shu qattiq jazo choralari xalqda kuchli norozilikni
keltirib chiqargan va hokimiyatdan qoʻrqish, ertangi kuniga umidsizlik hissini uygʻotgan, keng
omma noroziliklari va ommaviy tartibsizliklarga yoʻl ochib bergan.

Qadimgi odamlar hattoki jazolash “Xudoning irodasi” deb ishonishgan va jazolovchilarni

esa “Xudoning elchilari” deb ishonishgan va jinoyatchilar uchun qanday jazolar qoʻllanilishi
muayyan qoidalarga asosan belgilanmagan, ularning fikriga koʻra jinoyatchi agar aybsiz boʻlsa

2

Volo museum blog, (2020)

History of Crime and Punishment

https://www.volocars.com/blog/history-of-crime-and-

punishment

3

Ziyouz.com kutubxonasi, (2013)

SHAN YAN

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/hikmatlar/mumtoz-faylasuflar/shan-yan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

25

uni Xudoning oʻzi moʻjiza koʻrsatib qutqaradi deb ishonishgan. Masalan jinoyatchini sovuq suvga
tashlab yuborishganda, agar jinoyatchi choʻkib oʻlmasa demak u aybsiz deb ishonishgan va
“Xudoning moʻjizasi”

deb bilishgan. Shuningdek jazo choralari xalqqa maʼlum tarzda ommaga

maʼlum holatda amalga oshirilgan, toki xalq bundan oʻrnak olishi uchun, bunga misol sifatida
Qadimgi Rim davrida ochiq osmon ostida xochga tortilganlarni keltirish mumkin.

Jinoyat va jazo

tizimida dinni aralashtirmaslik gʻoyasi St. Thomas Aquinas tomonidan “Summa Theologica”da
yozilgan va uning fikricha Xudo tomonidan tabiiy qonuniyatlar yaratilgan boʻlib insonlar tabiatan
yaxshi ishlar qilish uchun yaratilgan, jinoyatchi esa jamiyat oldida ham, Xudo oldida ham birdek
javobgar deb topilgan. Jinoyatlar odamlarni Xudoga nisbatan ishonchsizlik hissini keltirib
chiqargan deb taʼkidlaydi u. Aniqroq aytadigan boʻlsak, jinoyatchi jazoga tortilayotgan vaqtda
meni Xudo asrab qolmadi deb, jabrlanuvchi esa jinoyatlardan aziyat chekkanligi sababli Xudodan
uzoqlasha boshlagan va unga nisbatan gʻazab shakllangan.

Yana bir yangi gʻoya Italiya yozuvchisi

Cessara Beccaria tomonidan ilgari surilgan boʻlib,

unga koʻra, jinoyatlarni jazolashdan koʻra ularni oldini olishga kurashish kerak va yana uning
taʼkidlashicha, hukm qiluvchi faqatgina jinoyatchining aybli yokida aybsizligini aniqlashi
jazolarni esa muayyan belgilab qoʻyigan qonunchilik asosida belgilashi lozim. Bu shuni
anglatadiki, endilikda hukm qiluvchi oʻzi istagan jazolarni jinoyatchiga qoʻllay olmaydi va albatta
jazo choralari jinoyatlarning xavflilik darajasiga munosib boʻlishi zarur.

Ushbu gʻoyalar jinoyat va uni jazolash tizimida tub burilish yasab, uni mutlaqo oʻzgartirib

yuborishga sababchi boʻlgan va hozirgi global dunyoga mos keladigan zamonaviy qonunchilikni
yaratish uchun asos boʻlgan.

Oʻzbekistonda jinoyatlar va unga qarshi kurash.

4

Oʻzbekistonda qayd etilgan jinoyatlar statistikasiga toʻxtaladigan boʻlsak, 2021-yilda

jinoyat ishlari boʻyicha tuman(shahar) sudlarida birinchi instantsiya tartibida jami 46 871 ta, 2022-
yilda 58 691ta, 2023-yilda 56 636 ta, 2024-yil boshidan hozirga qadar 46 294 ta ish koʻrilgan.

Bundan koʻrinib turibdiki, jinoyatlar 2021-2022-yillar oraligʻida anchagina oʻsgan. 2023-

2024-yillarga kelib esa yana barqaror tarzda tusha boshlagan.

Eng koʻp jinoyat turlari iqtisodiy sohada qayd etilgan boʻlib, bular firibgarlik, oʻgʻrilik va

pora berish kabilarni oʻz ichiga oladi va ushbu jinoyatlarning eng koʻp ulushi Toshkent viloyatiga
toʻgʻri keladi.

Shuni taʼkidlash joizki, ushbu jinoyatlarni sodir etganlarning koʻpchiligi oilali, oddiy ishda

ishlaydigan va hattoki ishsiz, maʼlumoti oʻrta boʻlib muqaddam sudlangan.

Endi Oʻzbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurash mexanizmlariga toʻxtaladigan boʻlsak,

bunga “Jinoyat Kodeksi”ni misol qilish mumkin boʻlib, ushbu qonun jinoyat huquqi sohasidagi
ijtimoiy munosabatlarni qonuniy jihatdan tartibga solib turadi va ushbu qonunning vazifalari
Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat
manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan
qoʻriqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni Respublika Konstitutsiya va
qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

4

Public.sud.uz

https://public.sud.uz/report/CRIMINAL


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

26

Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun Kodeks javobgarlikning asoslari va

prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli
qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jazo va boshqa huquqiy
taʼsir choralarini belgilaydi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda qonuniylik, fuqarolarning qonun
oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning
muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi. Shu jumladan Jinoyat-protsessual kodeksi ham jinoyat
huquqiga oid munosabatlarni tartibga solib quyidagi vazifalarni bajaradi:

jinoyatlarni tez va toʻla ochishdan;

jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi boʻlmagan hech bir

shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishdan;

qonunning toʻgʻri tatbiq etilishini taʼminlashdan iboratdir.
Jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilangan tartibi

qonuniylikni mustahkamlashga, jinoyatlarning oldini olishga, shaxs, davlat va jamiyat
manfaatlarini himoya etishga yordam qilmogʻi lozim.

Bunga qoʻshimcha ravishda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi

kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining Qarorida huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish davlat
organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa
davlat tashkilotlari, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlarining (keyingi oʻrinlarda — davlat
idoralari va tashkilotlari) ustuvor vazifasi etib belgilanishiga alohida urgʻu berilgani ham
jinoyatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish qanchalik ustuvor vazifa etib belgilanganligining
yaqqol isbotidir. Bundan tashqari huquqbuzarliklarni oldini olish va ularni kamaytirish maqsadida
profilaktika ishlari olib borilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi
kurashda hamkorligi taʼminlanib, sudning mustaqilligini taʼminlashda qator chora tadbirlar amalga
oshirilmoqda.

Bundan tashqari Oʻzbekiston qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan jinoyatlarga

qarshi turish boʻyicha hamkorlikni amalga oshirmoqda. Masalan, Rossiya, AQSH va Xitoy bilan
kiberxavfsizlikni taʼminlash va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik olib, ushbu
sohada tajriba almashinish borasida treninglar olib borishga kelishuvlarga erishgan. Xalqaro
tashkilotlardan Yevropa Ittifoqi, BMT, Interpol, ShHT, YXHT bilan hamkorlik olib borib,
qoʻshma dasturlar ishlab chiqmoqda.

Mamlakatimizdagi jazo tizimi haqida toʻxtaladigan boʻlsak, Jinoyat Kodeksining 43-

moddasiga muvofiq jazo tizimi quyidagilardan iborat:

Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar

qoʻllanilishi mumkin:

a) jarima;
b) muayyan huquqdan mahrum qilish;
b

1

) majburiy jamoat ishlari;

v) axloq tuzatish ishlari;
g) xizmat boʻyicha cheklash;
d

1

) ozodlikni cheklash;

e) intizomiy qismga joʻnatish;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

27

j) ozodlikdan mahrum qilish;
z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish.
Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish

tarzidagi qoʻshimcha jazo ham qoʻllanilishi mumkin.

Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazolar faqat harbiy

xizmatchilarga nisbatan qoʻllaniladi.

Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qoʻshimcha

jazo tariqasida ham qoʻllanilishi mumkin.

III. Natijalar

Olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻsatadiki, hozirda Oʻzbekiston turli qonun hujjatlarini

qabul qilish va ularni amaliyotda qoʻllash orqali jinoyatlar sodir etilishi va takrorlanishini oldini
olishga koʻproq eʼtibor bermoqda va bu borada ishlab chiqilgan qonun va huquq mexanizmlari
zamonaviy xalqaro tajribalarga mos ravishda ishlab chiqilmoqda. Hatto hozirda ham qonunchilik
hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi kutilmoqda. Oʻzbekistondagi jinoyat
statistikalarning natijalari shundan iboratki 2021-yilda jinoyatlarning sodir etilish koʻsatkichi past
boʻlgan boʻlsada, 2022-yilda ushbu koʻrsatkich sezilarli darajada oshgan, keyingi yillarda normal
holatda tushishi kuzatilgan. Bunda shuni aytish joizki, iqtisodiy jinoyatlar eng koʻp sodir etilgan
jinoyat turidir.

5

Jinoyatlarning eng koʻp qismi iqtisodiy sohada— 43,8%, jamoat xavfsizligi va jamoat

tartibiga qarshi jinoyatlar— 24%, davlat organlari, boshqaruv va jamoat birlashmalari faoliyatiga
qarshi jinoyatlar — 16,4%, shaxsga qarshi jinoyatlar — 15,2%, shuningdek, tinchlik va

5

Nurulloh Sh,(2024) Gazeta.uz:

So‘nggi 5 yil Ichida O‘zbekistonda jinoyatchilik 2,3 barobar oshdi

.

https://uz24.uz/uz/articles/jinoyat-2-19

iqtisodiy jinoyatlar

jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar

davlat organlariga qarshi jinoyatlar

shaxsga qarshi jinoyatlar

tinchlikka qarshi jinoyatlar

ekologik jinoyatlar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

28

xavfsizlikka qarshi jinoyatlar 0,4% va eng kami ekologiya sohasida sodir etilgan jinoyatlar 0,2%
ni tashkil etdi.

Yuqorida taʼkidlanganidek, ushbu jinoyatlarni sodir etganlarning koʻpchiligi oilali, oddiy

ishda ishlaydigan va hattoki ishsiz, maʼlumoti oʻrta boʻlib, muqaddam sudlanganlardir. Voyaga
yetmaganlar va ayollar tomonidan ham jinoyat sodir etishlar mavjud.

IV. Muhokama

Endilikda, Oʻzbekistonda nega jinoyatlarning davomiy tarzda sodir etilib kelinayotganini

muhokamasiga oʻtsak, natijalar shuni koʻrsatyaptiki, iqtisodiy jinoyatlar eng koʻp sodir etilgan
jinoyatlardandir. Ushbu jinoyatlarning sababi sifatida turli omillarni koʻrish mumkin. Masalan,
jinoyatlarga qarshi kurash mexanizmining yaxshi ishlamasligi, ishsizlik, moliyaviy qiyinchiliklar,
aholida huquqiy savodxonlikning yetishmovchiligi, bolalarning notoʻgʻri tarbiyalanishi,
eʼtiborsizlik, bilimsizlik va hokazo. Oʼzbekistonda mavjud jinoyatchilikka qarshi kurash va uni
oldini olish mexanizmlari mavjudligining oʻzi jinoyatlarni kamaytirish uchun yetarli emas.

Jinoyatlar yuzaga kelish sababi haqida mashhur rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiyning

“Jinoyat va jazo” kitobida muhokama boradi. Bunda ikki omil oʻrtaga tashlanadi: muhit yoki ruh.

Yaʼni odamlarning jinoyat sodir etishida koʻproq tashqi omillar: odamlarning yashash

tarzi, moliyaviy qiyinchiliklar, yashash sharoitlari, ishsizlik, atrofdagi muhitning buzuqligi sabab
boʻladimi yoki jinoyat sodir etishda subyektiv omillar: ruhiyatda azaldan gʻaraz niyatlar
mavjudligi, vijdonning nopokligi, tabiatan jinoyat sodir etishga moyillik sabab boʻladimi deya
bahs borgan. Hatto baʼzi odamlarning fikriga qaraganda, diniy taʼlimotning yetishmovchiligi ham
jinoyatlarga sabab boʻladi, yaʼni insonlar qanchalik Xudodan uzoqlashib, u va uning jazolari
haqida unutib qoʻysalar oxir-oqibat jinoyatlar sodir etishdan ham qoʻrqmay qoʻyadilar.

Mavjud tadqiqotlarimizning hayratlanarli jihati shundaki, jinoyatlar koʻp hollarda

muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan sodir etilganidir. Bu ularning qilgan qilmishidan tegishli
xulosa chiqarmaganidanmi yoki jazolash tizimining yaxshi ishlamayotganidamni degan savolni
oʻz-oʻzidan tugʻdiradi. Fikrimizcha jazolash tizimi yaxshi ishlasagina, biz jinoyatlar takror sodir
etilishining oldini ola olamiz. Bunda kuchli jazo choralarini qoʻllash nazarda tutilmayapti,
aksincha jazo choralari jazolashdan koʻra tarbiyalashni nazarda tutishi kerak. Mashhur bokschi
Mayk Tayson boks qonun-qoidalariga amal qilmaganligi tufayli 3 yil ozodlikdan mahrum qilish
jazosiga mahkum qilingan edi, shu jazoni oʻtagandan soʻng u aynan manashu uch yil uning
hayotining eng yaxshi kunlari boʻlganligini intervyularining birida aytib oʻtgan edi. Bundan aytish
mumkinki, biz jazo choralari yoki ozodlikdan mahrum qilish joylarini inson hayotini barbod qilish
emas, yangicha hayot boshlashi uchun imkoniyat sifatida tashkil etishimiz kerakdir. Toʻgʻri inson
birinchi marta muhit tufayli jinoyat sodir etishi mumkindir, ammo keyinchalik takror va takror
jinoyatlar sodir etish uning ruhiyati buzilganidan dalolatdir. Bunday holatda, bir xil jazo chorasini
unga qayta va qayta qoʻllash yoki jazo chorasining muddatini uzaytirish ahvolni oʻzgartira
olarmidi? Fikrimizcha, jinoyatchilar jazoni ijro etish kaloniyalarida jazoning muayyan qismini
oʻtagach, jamiyat va oʻzining ruhiy holati uchun foydali boʻlgan toʻgarak va mashgʻulotlar bilan
band boʻlishi zarur, aynan mana shunday holatdagina ularni ruhiy jihatdan tarbiyalashga erishish
mumkin. Vaholanki, mahbuslarni faqatgina bitta joyda saqlab turish aksincha ularning ruhiyatiga
salbiy taʼsir koʻrsatadi. Toʻgʻri bazi koloniyalarda bu qisman amalga oshirilmoqda, ammo bu
barcha koloniyalarda ham amal qilmaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

29

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak,

Oʻzbekistonda eng koʻp iqtisodiy jinnoyatlar

ommalashgan boʻlib, bular koʻpincha moliyaviy jihatdan ahvoli yaxshi boʻlmagan shaxslar
tomonidan amalga oshirilmoqda. Buning sabablari sifatida moliyaviy qiyinchiliklar, ishsizlik,
huquqiy savodxonlikning yetishmasligi va hokazolarni koʻrish mumkin. Jinoyatlarning oldini
olish va unga qarshi turish mexanizmi mavjudligining oʻzi yechim boʻla olmaydi.

Mavjud masala boʻyicha takliflar kiritishda

jinoyatlarga qarshi kurashishdan ham koʻra

koʻproq, ularning oldini olishga eʼtibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi tadbirlarni
amalga oshirish taklif etiladi:

bolalarni jinoyatchilikka kurash ruhida tarbiyalash, bu turli xil multfilm va oʻyinlar orqali

amalga oshirilishi kerak va ota-onalar buni oʻz navbatida nazorat qilib borishi zarur;

aholini huquqiy savodsizligiga barham berish va jinoyatlardan (jumladan, kiberjinoyatlar)

ogohlantirish targʻibot ishlarini olib borish;

jazo ijro etish kaloniyalarida mahkumlarni tarbiyalash tizimini joriy etish va uning yaxshi

ishlashi ustidan nazorat olib borish (bu ularni jamiyat turli toʻgarak va loyihalarni tashkillashtirish
orqali amalga oshiriladi);

jinoyatchilarni ruhiy holatiga alohida eʼtibor qaratish va bu borada mutaxassislarni jalb

etish;

jazodan ozod etilganlarni jamiyatda oʻz oʻrnini topib ketishga koʻmaklashish va ularni

oilaviy sharoitini yaxshilay oladigan real ish bilan taʼminlash (buning uchun ularni kalonidalik
paytida bu boʻyicha tayyorlab, taʼlim berish zarur);

aholining ishsiz qatlamini ish bilan taʼminlash va ularni tadbirkorlik, onlayn biznes kabi

qoʻshimcha moliyaviy manbalar bilan taʼminlaydigansohalar bilan shugʻullanishini qoʻllab
quvvatlash va ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi //

https://lex.uz/mact/-111453

2.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi //

https://lex.uz/mact/-111460

3.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori //

https://lex.uz/docs/-3141186

4.

David Mcculloch, (2023) A History of Crime: Investigations, Trials and Punishments //

https://www.lexology.com/library/detail.aspx?g=9b39aef7-9f6a-4689-9f53-
d7d1a4977c16

5.

Volo

museum

blog,

(2020)

History

of

Crime

and

Punishment

//

https://www.volocars.com/blog/history-of-crime-and-punishment

6.

Ziyouz.com kutubxonasi, (2013) SHAN YAN //

https://n.ziyouz.com/portal-

haqida/xarita/hikmatlar/mumtoz-faylasuflar/shan-yan

7.

Nurulloh Sh,(2024) Gazeta.uz: Soʻnggi 5 yil Ichida Oʻzbekistonda jinoyatchilik 2,3
barobar oshdi //

https://uz24.uz/uz/articles/jinoyat-2-19

8.

Public.sud.com //

https://public.sud.uz/report/CRIMINAL

References

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi // https://lex.uz/mact/-111453

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi // https://lex.uz/mact/-111460

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori // https://lex.uz/docs/-3141186

David Mcculloch, (2023) A History of Crime: Investigations, Trials and Punishments // https://www.lexology.com/library/detail.aspx?g=9b39aef7-9f6a-4689-9f53-d7d1a4977c16

Volo museum blog, (2020) History of Crime and Punishment // https://www.volocars.com/blog/history-of-crime-and-punishment

Nurulloh Sh,(2024) Gazeta.uz: Soʻnggi 5 yil Ichida Oʻzbekistonda jinoyatchilik 2,3 barobar oshdi // https://uz24.uz/uz/articles/jinoyat-2-19