Authors

  • Sevinch Mahmudova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58738

Keywords:

Qobusnoma lug‘at leksema grammatik xususiyatlar so‘z o‘zlashtirish.

Abstract

Ushbu maqolada Kaykovusning “Qobusnoma” asaridagi leksemalar hamda undagi notanish, tarixiy so‘zlar haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, asardagi tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarning tahliliga to‘xtalib o‘tilgan.

background image

1202

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

KAYKOVUSNING “QOBUSNOMA” ASARIDAGI LEKSEMALAR TAHLILI

Mahmudova Sevinch

TerDU O‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14562623

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Kaykovusning “Qobusnoma” asaridagi leksemalar hamda

undagi notanish, tarixiy so‘zlar haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, asardagi tushunilishi qiyin

bo‘lgan so‘zlarning tahliliga to‘xtalib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Qobusnoma, lug‘at, leksema, grammatik xususiyatlar, so‘z o‘zlashtirish.

ANALYSIS OF LEXEMES IN KAYKOVUS'S "QOBUSNOMA"

Abstract.

This article discusses the lexemes in Kaykovus's "Qobusnoma" and the

unfamiliar, historical words in it. It also touches upon the analysis of words that are difficult to

understand in the work.

Keywords:

Qobusnoma, dictionary, lexeme, grammatical features, word acquisition.

АНАЛИЗ ЛЕКСЕМ В «КОШМАРЕ» КАЙКОВУСА.

Аннотация.

В статье рассказывается о лексемах в произведении Кайковуса

«Кошмар» и незнакомых, исторических словах в нем. Также обсуждается анализ трудных

для понимания слов в произведении.

Ключевые слова:

Кабуснома, словарь, лексема, грамматические особенности,

усвоение слов.

“Qobusnoma” – Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy taʼlimiy

asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (XI asr). Tabariston (Mozandaron)

hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus, 1021—98)

tomonidan fors tilida yozilgan (1082—83) va “Nasihatnomai Kaykovus” deb atalgan.

“Qobusnoma” shu asarning oʻzbekcha tarjimasidir.

Muallif asarni oʻgʻli Gilonshohga bagʻishlagan. Kaykovus og‘li Gilonshohga tarbiya

berish unga ma'naviy meros qoldirish uchun shu asarni yozganligini ta'kidlaydi. U shunday deydi:

“Har ota-ona umri davomida yiqqan terganlarini farzandiga qoldirib ketgisi keladi. Men ham shuni

xohladim. Mening hayotim bo’yi yig‘gan mana shu so’zlarimni senga qoldirib ketyapman og‘lim”

deydi Kaykovus. “Qobusnoma” asosini Qurʼoni karim suralari, Muhammad (sav)ning faoliyati va

koʻrsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar 44 bobdan iborat.

Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Paygʻambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh neʼmatiga

shukr qilmoq haqida boʻlib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, sanʼatni

egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni oʻrganish, odob-axloq qoidalariga rioya

etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi.


background image

1203

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Asarda hunar va ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari deb qaraladi. Odamlar uch

guruhga boʻlinib, ularning jamiyatda tutgan oʻrni belgilanadi; odamlarning fazilatlari ham uch

guruhga boʻlinadi: aqllilik, haqgoʻylik, juvonmardlik. Kaykovus dunyodagi mavjudotni bir-biri

bilan bogʻliq va murosasiz deb talqin qiladi. U kishi ruhiyatini ham ikki guruhga boʻladi: jismoniy

sezgini modda, ruhiy hissiyotni esa “jon” bilan bogʻlaydi va bularning birini moddiy, ikkinchisini

ruhiy hayot mahsuli deb koʻrsatadi.

Barchaga ma’lumki, Kaykovusning “Qobusnoma” asari g‘arb va sharq mutafakkirlari

tomonidan e’tirof etilgan, o‘nlab tillarga tarjima qilingan farzand tarbiyasi haqidagi mufassal

bayon hisoblanadi. Bilamizki, ko‘plab kitoblarda biz tushunmaydigan, notanish tarixiy so‘zlar

ko‘p keltiriladi. Ma’lumki,til doimo o’zgarib turadi.

Ayniqsa, tilning leksikasi tez o’zgaruvchan bo’ladi. Tilning leksik qatlami asrlar mahsuli

hamdir,ya’ni bunda har bir tarixiy davr,ijtimoiy taraqqiyot bosqichi o’z ifodasini topadi. So’zlar

hamda til birliklari eskiradi, yangi so’zlar paydo bo’ladi. Shuningdek, “Qobusnoma” asari ham

bundan holi emas. Kitobxon bu asarni birinchi o‘qiganida yaxshi anglab ololmasligi tabiiy hol

ammo qayta-qayta tahlil qilib o‘qisa ayni muddao.

Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlab o‘tmoqchimanki, asarni takror o‘qishdan ko‘ra pastki

qismida berilgan lug‘atlar bilan ishlab, tanishib chiqish maqsadga muvofiqdir. Lug’atlar barchaga

barobar xizmat qiladi, ya’ni undan barcha soha vakillari foydalanishi mumkin. Lug’at tuzish

ma’lum maqsadlarni o’z ichiga oladi.

Insoniyat dunyoga kelibdiki, albatta, so’z bilan ish tutadi. So’z olamiga duch keladi va

undan foydalanadi. Nazariy yondashuvda leksik sath birligi tilshunoslikda leksema atamasi bilan

nomlanadi. Leksema tilshunoslikning eng muhim va markaziy tushunchalaridan biri. [1,101]

Asarni o‘qiyotgan kitobxon leksemalarning izohini ko‘rib biroz o‘ylanishi mumkin.

Masalan: asarning o‘ttiz birinchi bobi, ``ilm talabi va qozigarlik zikrida`` shunday jumla

keltiriladi: “

Ey farzand, agar muzakkir bo‘lsang,xofiz bo‘lg‘il va ko‘p narsani yod qilg‘il. Hech

kishi bila

jadal

va munozara qilmag‘il”

[2,133] Bu jumlani o‘qigan kitobxon birinchi o‘rinda

jadal”

degan so‘zni shunchaki “tez” ma’nosini bildiruvchi leksema deb bilishi tabiiy hol.Lekin

bu so‘zning izohiga qaraganimizda “

jadal”

so‘zining ma’nosi -

tortishuv

,

munozara

,

janjal

deb

keltirilgan ekan. ``

Jadal

`` so’zi Ahmad Yugnakiyning ``Hibatul haqoyiq``asarida ham

keltirilgan.Asarda bu so’zning ma’nosi-

intilish

deb berilgan. Bunday so‘zlarga ko‘plab misollar

mavjud.Masalan: Mahmud Koshg’ariyning ``Devon-u lug’otit-turk`` asarida ``

qayra

`` so’zi

keltirilgan. Bu so’zimizning ma’nosi-

qayramoq,

ya’ni o’tkirlamoq (pichoqni qayramoq,tishni

qayramoq). Asarda esa bu so’zning ma’nosi-

yana

deb berilgan. Lug’at bundan 450 yil muqaddam

ilgari tuzilgan bo’lib uni o’zbek tilida yaratilgan dastlabki izohli lug’at deyishimiz mumkin.

1) G‘ayrat-rashk. Bu so‘zning kuch degan ma’nosi ham bor.


background image

1204

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

2) Maraka-urush maydoni. Hozirda a’za degan ma’noni bildiradi.

3) Ravish-yo‘l. Hozirda so‘z turkumi ma’nosida.

4) Qoni-qanoatli

5) Qo‘lmoq-so‘ramoq va boshqalar.

Bu leksemalar qadimda shunday ma’no ifodalagan bo‘lsa-da, lekin hozirda ham ularning

yangicha ma’nolari yo‘q emas, albatta. Tillarni bir-biriga muqoyasa qilib, taqqoslab o‘rganish

shuni ko‘rsatadiki, ba’zi tillardagi leksemalarning ma’nolari, shakllari, grammatik xususiyatlari

bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. [3,186] Mening fikrimcha, yuqorida berilgan so‘zlar

qadimdan bizga o‘zlashib ketgan. Chunki, ularning hozirda yangi ma’nosi bor. Misol uchun, ilgari

momo-bobolarimiz sabzini boshqa nom bilan ataganlar, ya’ni “kachiri” deb. To‘g‘ri biz bulardan

bexabarmiz chunki ayni vaqtda sabzini hamma bir xil nom ostida qo’llaydi. Dunyo tilshunosligida

tillarning muntazam boyib borishiga xizmat qilayotgan so’z yasalishi har bir tilning taraqqiyot

darajasini,uning rivojlanib borish yo’llarini ko’rsatib beruvchi, boylik ko’lamini belgilovchi

muhim omillardan biri sanaladi.[6,3] Shuningdek, o’zbek tilshunosligida A.G’ulomov so’z

yasalishiga doir eng muhim ilmiy tadqiqotlar olib borgan olim hisoblanadi .[6,9] So‘z o‘zlashtirish

boshqa til so‘zlarining o‘zbek tiliga olinishidir.

So‘z o‘zlashtirish til taraqqiyotining qonuniy ko‘rinishidir: xalqlar o‘rtasidagi iltimoiy-

iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va ilmiy aloqalar bir tildan ikkinchi tilga so‘z va atamalarning o‘tib

turishini taqozo qiladi. [4,195]

Lug’atlarning yaratilishi uzoq tarixga borib taqaladi. Turkiy leksikografiyada lug’atlar XI-

XII asrlarda yaratilgan bo’lsa, Evropada, xususan, Rossiyada lug’at tuzish jarayonlari XVII

asrlarda boshlangan. Demak, yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, asarlarda keltirilgan lug‘atlarni yod

olib hamda o‘rganib chiqish asarni yanada mukammal tushunishga va tez eslab qolishimizga

yordam beradi. Lug‘atlar bilan ishlash kitobxonning so‘z boyligini oshiradi hamda dunyoqarashini

kengaytiradi. Leksema haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’ldik. Shu o’rinda leksemalashuv

hodisasiga ham to’xtalib o’tsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Internet manbalarida ham tildagi ayrim

elementlar va birikmalarning leksemaga aylanishi leksemalashuv hodisasi deb ataladi. O’zbek tili

materiallari ham leksemalashuvga tortilgan erkin birikma va hosila leksemaning ma’nolari

o’rtasida umumiylik, yaqinlik mavjudligi, xatto erkin birikma qismlarining ma’nolari

leksemalashgan birlikda to’liq aks etishini ko’rsatdi.[6,36] Leksemalashuv hodisasining mohiyati

shundan iboratki, bunda u yoki bu grammatik shakl o’z paradigmasidan ajralib chiqib, mustaqil

so’z, ya’ni leksema sifatida faoliyat ko’rsata boshlaydi. Shu o’rinda aytib o’tmoqchimanki,

leksemalashuvni so’z yasalishi bilan bog’liq hodisa sifatida o’rganish ayni muddao.


background image

1205

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

REFERENCES

1.

R.Sayfullayeva Hozirgi o‘zbek tili/ B.R.Mengliyev, L.R.Raupova, M.M.Qurbonova,

M.Q.Abuzalova, D.N.Yo‘ldosheva/. Darslik.-Toshkent: “Innovatsiya-Ziyo”. 2020. 200 b

2.

Qobusnoma. Kaykovus. Nashrga tayyorlovchilar: Subutboy Dolimov, Ulug‘bek Dolimov.

-Toshkent: Yoshlar matbuoti,2024.-224b

3.

Tilshunoslik nazariyasi. Z.Xolmanova-Toshkent: Spectrum Media Group,2022.-320b

4.

H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent- Talqin-2005.-138b

5.

Q.Mahmudov.Ahmad Yugnakiyning ``Hibatul haqoyiq `` asari haqida.

6.

Xolmuhamedov.B. O’zbek tilida leksemalashuv. Monografiya.-Samarqand:``Ipak yo’li``

nashriyoti,2021.-158b

7.

http://en.wikipedia.org.Computitional linguistics.

References

R.Sayfullayeva Hozirgi o‘zbek tili/ B.R.Mengliyev, L.R.Raupova, M.M.Qurbonova, M.Q.Abuzalova, D.N.Yo‘ldosheva/. Darslik.-Toshkent: “Innovatsiya-Ziyo”. 2020. 200 b

Qobusnoma. Kaykovus. Nashrga tayyorlovchilar: Subutboy Dolimov, Ulug‘bek Dolimov. -Toshkent: Yoshlar matbuoti,2024.-224b

Tilshunoslik nazariyasi. Z.Xolmanova-Toshkent: Spectrum Media Group,2022.-320b

H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent- Talqin-2005.-138b

Q.Mahmudov.Ahmad Yugnakiyning ``Hibatul haqoyiq `` asari haqida.

Xolmuhamedov.B. O’zbek tilida leksemalashuv. Monografiya.-Samarqand:``Ipak yo’li`` nashriyoti,2021.-158b