Authors

  • Shuxratjon Nishonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.76040

Keywords:

Jismoniy madaniyat Sport pedagogikasi Motivatsion yondashuv Pedagogik jarayon Insonparvarlashtirish Gumanistik yo‘nalish Jismoniy tarbiya.

Abstract

Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchilarning jismoniy madaniyatini sport pedagogikasi vositasida rivojlantirishning metodik tizimi ishlab chiqilgan. Ushbu tizim orqali jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, sog‘lom turmush tarziga motivatsiyani kuchaytirish hamda sport faoliyatiga qiziqishni shakllantirish maqsad qilingan. Samarali pedagogik usullar va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Natijada sport pedagogikasining jismoniy tarbiya jarayonidagi ahamiyati va uning ta’sirchanligi aniqlangan.

background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

481

BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING JISMONIY MADANIYATINI SPORT

PEDAGOGIKASI VOSITASIDA RIVOJLANTISHNING METODIK TIZIMI

Nishonov Shuxratjon Abdullayevich

Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti preventiv tibbiiyot asoslari, jamoat salomatligi,

jismoniy tarbiya va sport kafedrasi assistenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15120922

Annotatsiya.

Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchilarning jismoniy madaniyatini sport

pedagogikasi vositasida rivojlantirishning metodik tizimi ishlab chiqilgan. Ushbu tizim orqali

jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, sog‘lom turmush tarziga motivatsiyani kuchaytirish

hamda sport faoliyatiga qiziqishni shakllantirish maqsad qilingan. Samarali pedagogik usullar

va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Natijada sport pedagogikasining

jismoniy tarbiya jarayonidagi ahamiyati va uning ta’sirchanligi aniqlangan.

Kirish so’zlar:

Jismoniy madaniyat, Sport pedagogikasi, Motivatsion yondashuv,

Pedagogik jarayon, Insonparvarlashtirish, Gumanistik yo‘nalish, Jismoniy tarbiya.

Kirish

Bo‘lajak o‘qituvchilarning jismoniy madaniyatini sport pedagogikasi vositasida

rivojlantirish, ularda yangicha dunyoqarash va tafakkurni tarbiyalash hamda jismoniy ta’lim sifati

va samaradorligini oshirishda ularning kasbiy kompetetligidan yuqori darajada foydalana olishda

motivatsion yondashuvdan foydalanish, motivatsion favoliyatni yuzaga keltirish va shu asosda

ijtimoiy o‘zgarishlarga erishish maqsad qilmoqda.

Bo‘lajak o‘qituvchilarning jismoniy madaniyatini sport pedagogikasi vositasida

rivojlantirish jarayoni pedagogik jarayonni inosnparvarlashtirish, kuch vositasida emas,

tushuntirish, ruhiy ta’sir ko‘rsatish asosida ta’lim sifatiga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lmog‘i

lozim. Pedagogik jarayonning gumanistik yo‘naltirilganligi ta’limning ilg‘or prinsiplaridan biri

bo‘lib, jamiyat va shaxs maqsadlarini o‘zaro uzviy mujassamlashtirishni talab qiladi. Ta’limni

insonparvarlashtirish zamonaviy jamiyatdagi ko‘p qirrali jarayonda muhim o‘rin egallaydi.

Jismoniy ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish – bu jismoniy ta’lim va tarbiya fanlari va

gumanitar bilimlarni aks ettiruvchi fanlarni integratsiyalash; ijtimoiy fanlar (huquq, falsafa, etika,

estetika, adabiyot, psixologiya va boshq.)ni jismoniy tarbiya fanlarini o‘qitilishida foydalanish,

inson huquqlari, erkinliklari, uning sha’ni va etnomadaniy xususiyatlarini hurmat qilish, madaniy

qadriyatlar va axloq normalarini egallash, qurilayotgan jamiyatga, tabiatga g‘amxo‘r munosabatda

bo‘lishga asoslanadi.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

482

Bundan tashqari, mazkur tamoyil pragmatizatsiya (aytib o‘tilgan fanlar mazmunining

tayyorgarlik yo‘nalishi, bitiruvchining pedagogik faoliyati xususiyatiga yaqinligi), diversifikatsiya

(majburiy va elektiv (talabaning tanloviga ko‘ra) gumanitar fanlar doirasini kengaytirish) va

integratsiya (fanlararo kurslarni o‘qitish va o‘rganishni tashkil qilish)da o‘z aksini topadi.

Bo‘lajak

o‘qituvchilarning jismoniy madaniyatini sport pedagogikasi vositasida rivojlantirishda ularning

irodaviy sifatlarini ham rivojlantirish talab etiladi. Bu boradagi asosiy maqsadlar quyidagilardan

iborat: jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarida jismoniy tarbiyaga bo‘lgan qiziqishni va

talablarni imkon darajada qoniqtirish, jismoniy tarbiya ishlarini takommilashtirishda qo‘shimcha

tashqi resurslarni jalb etish, jismoniy tarbiyaning ta’limiy va tarbiyaviy sifatlarini oshirish.

Talabalar sog‘ligini mustahkamlash, ularda sabr-toqat, matonat, qat’iyatlik, mustaqillik,

intiluvchanlik kabi sifatlarni rivojlantirish juda muhim jarayon degan fikrni bildirishdi. Talabalar

esa ushbu jarayondan manfaatdor shaxslar sifatida jismoniy tarbiyada o‘zlariga yoqgan sport

turlari bilan shug‘ullanish imkoniyatlariga ega bo‘lish, asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirishga

bo‘lgan ehtiyojlarini qoniqtirish (yigitlar - kuch, chaqqonlik, tezkorlik, chidamkorlik; xotin-qizlar-

egiluvchanlik, chaqqonlik, chidamkorlik, tezkorlik), qat’iyatlilik, jasurlik, matonat va

mustaqillikni rivojlantirish kabi sifatlarga ega bo‘lish istagini bildirishdi.

Bularni birlashtiruvchi maqsad, talabalarda irodaviy sifatlarni rivojlantirish jarayonini

ishga tushirish emas, balki shu yo‘nalishda aniq maqsadga yo‘naltirilgan va urg‘u berilgan ishlarni

tashkillashtirish va amalga oshirishdir.

Jismoniy tarbiya darsi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning asosiy shakli bo‘lib,

talabalarning irodaviy sifatlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Boshqa shakllardan farqli

o‘laroq dars shakli bir necha ustunliklarga ega: dars-eng ommaviy shaklda tashkillashtirilgan,

tizimli va majburiydir; ilmiy asoslangan dastur asosida o‘tkazilib, uzoq muddatga mo‘ljallangan;

jismoniy tarbiya mutaxassisi rahbarligida o‘tkaziladi; dars o‘tishda talabalarning yoshi, jinsi,

jismoniy va individual xususiyatlari hisobga olinadi; tibbiy guruhi, sport natijalari, harakat

qobiliyatlaridan qat’iy nazar, barcha talabalarning har taraflama rivojlanishida yordam beradi.

Jismoniy mashg‘ulotlarning darsdan tashqari shakllari (sport turlari bo‘yicha sport

to‘garaklari, maktab musobaqalari, jismoniy tarbiya oyliklari va tadbirlari va boshqalar)

talabalarda ommaviy sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarni orttiradi, sog‘lom, faol va mazmunli dam

olishni ta’minlaydi.

Shu bilan birga bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida irodaviy sifatlarni

rivojlantirishda darsdan tashqari jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish katta ahamiyatga ega.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

483

REFERENCES

1.

Abdullayeva Sh.A., Xurramov E.E. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini innovatsion

faoliyatga tayyorlash. Zamonaviy ta’lim jurnali, 2016. №5. – 17 b.

2.

Bekov D.X. Talabalar o‘rtasida jismoniy tarbiya va ta’lim uslublaridan foydalanish tartibi //

Mejdunarodnыy nauchnыy jurnal «Internauka» // № 7 (29), 2017. – 129 s.

3.

Daukeyeva A.O. Bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik kompetentligini rivojlantirishning

psixologik- pedagogik shartlari. – Nukus: NDPI. 2020. – 12 b.

4.

Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish. – Toshkent: Fan va texnologiya.

2008. – 69 b.

5.

Ubaydullayev R.M.

Bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarzi jismoniy

madaniyatini sport pedagogikasi vositasida rivojlantirish texnologiyasi. // "Zamonaviy ta'lim

tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g‘oyalar, takliflar va yechimlar" ilmiy-

amaliy anjumani materiallari, 2024.

6.

Usmanova Sh.Sh., Yoqubova D.M.

Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi. // O‘zbekiston

davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘quv qo‘llanmasi, 2019.

7.

Asqarov F.A.

Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyalari. // Namangan davlat

universiteti o‘quv qo‘llanmasi, 2022.

References

Abdullayeva Sh.A., Xurramov E.E. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash. Zamonaviy ta’lim jurnali, 2016. №5. – 17 b.

Bekov D.X. Talabalar o‘rtasida jismoniy tarbiya va ta’lim uslublaridan foydalanish tartibi // Mejdunarodnыy nauchnыy jurnal «Internauka» // № 7 (29), 2017. – 129 s.

Daukeyeva A.O. Bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik kompetentligini rivojlantirishning psixologik- pedagogik shartlari. – Nukus: NDPI. 2020. – 12 b.

Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish. – Toshkent: Fan va texnologiya. 2008. – 69 b.

Ubaydullayev R.M. Bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarzi jismoniy madaniyatini sport pedagogikasi vositasida rivojlantirish texnologiyasi. // "Zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g‘oyalar, takliflar va yechimlar" ilmiy-amaliy anjumani materiallari, 2024.

Usmanova Sh.Sh., Yoqubova D.M. Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi. // O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘quv qo‘llanmasi, 2019.

Asqarov F.A. Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyalari. // Namangan davlat universiteti o‘quv qo‘llanmasi, 2022.