Authors

  • Aziza Umarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.80166

Keywords:

globallashuvi va axborotlar oqimi ta’lim innovatsion jarayonlar raqamli texnologiya pedagogik shart-sharoitlar ta’lim xizmatlari diversifikatsiya menejmenti tizimi oliy ta’lim muassasasi.

Abstract

Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, davlat oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalalarini mustaqil hal etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga mablag‘larni jalb etish imkoniyatini kengaytirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida raqobat muhitini rivojlantirish masalalari xususida mushohada yuritilgan.

background image

1307

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

YANGI O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH

ISTIQBOLLARI

Umarova Aziza Sabirovna

Buxoro innovatsiyalar universiteti talabasi

70110103- taʼlim muassasalarining boshqaruvi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15251101

Annotatsiya.

Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar

samaradorligini oshirish, davlat oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini

ta’minlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalalarini mustaqil hal etish, ilmiy-

tadqiqot faoliyatiga mablag‘larni jalb etish imkoniyatini kengaytirish hamda oliy ta’lim

muassasalari o‘rtasida raqobat muhitini rivojlantirish masalalari xususida mushohada

yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

globallashuvi va axborotlar oqimi, ta’lim, innovatsion jarayonlar, raqamli

texnologiya, pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim xizmatlari, diversifikatsiya, menejmenti tizimi,

oliy ta’lim muassasasi.

ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ СИСТЕМЫ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ В НОВОМ

УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

В статье рассматриваются вопросы повышения эффективности

реформ, реализуемых в системе высшего образования, обеспечения финансовой

устойчивости государственных высших учебных заведений, самостоятельного решения

вопросов укрепления материально-технической базы, расширения возможностей

привлечения

средств

на

научно-исследовательскую

деятельность,

развития

конкурентной среды среди высших учебных заведений.

Ключевые слова:

глобализация и информационный поток, образование,

инновационные

процессы,

цифровые

технологии,

педагогические

условия,

образовательные услуги, диверсификация, система управления, высшее учебное заведение.

PROSPECTS FOR DEVELOPMENT OF THE HIGHER EDUCATION SYSTEM IN

NEW UZBEKISTAN

Abstract.

This article examines the issues of increasing the effectiveness of reforms being

implemented in the higher education system, ensuring the financial stability of state higher

education institutions, independently resolving issues of strengthening the material and technical

base, expanding the possibility of attracting funds for research activities, and developing a

competitive environment between higher education institutions.


background image

1308

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Keywords:

globalization and information flow, education, innovative processes, digital

technology, pedagogical conditions, educational services, diversification, management system,

higher education institution.

Dunyoda ta’limning globallashuvi va axborotlar oqimining tezkor rivojlanishi

jarayonlarida oliy ta’lim muassasalarining transformatsiyasi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida

qaralmoqda. YUNESKO ning oliy ta’lim kvalifikatsiyalarini tan olish to‘g‘risidagi Global

konvensiyasida oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanadigan yuqori malakali mutaxassislarni

tayyorlash va ularning innovatsion rivojlanishini ta’minlash oliy ta’lim muassasalaridagi

transformatsion jarayonlar bilan uzviy bog‘liqligi alohida qayd etiladi. Bu o‘z navbatida oliy

ta’lim muassasalaridagi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, ta’limdagi innovatsion

jarayonlar hamda raqamli texnologiyalarga asoslangan transformatsion jarayonlarni taqazo

etmoqda.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida oliy ta’lim muassasalarining innovatsion

salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy ta’lim kampusi sifatidagi ijtimoiy-madaniy mavqeini

mustahkamlash, kreativ-ilmiy infrastrukturasini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlari

olib borilmoqda. Mazkur jarayonlarda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning zamonaviy

tendensiyalaridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari transformatsiyasining tashkiliy

pedagogik shart-sharoitlarini yaratish, raqamli texnologiyalarni tatbiq etishning samarali

mexanizmlarini joriy etish, ta’lim xizmatlarini diversifikatsiyalash hamda sifat menejmenti

tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda oliy ta’lim

muassasalarini nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda transformatsiya qilish,

raqamli ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish asosida bilimlar transferini ta’minlash

masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida

“Ilm-fan taraqqiyotiga ko‘maklashadigan zamonaviy axborot muhitini shakllantirish, oliy ta’lim

muassasalarining innovatsion infratuzilmasini shakllantirish, ularning transformatsiyasini

rivojlantirish” vazifalari belgilandi. Bu esa oliy ta’lim muassasalari transformatsiyasining

tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini yaratish va uning tashkiliy-boshqaruv, pedagogik

mexanizmlarini takomillashtirishni taqazo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-

yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha

Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston

Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash

to‘g‘rsida”gi, 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning

yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari


background image

1309

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

to‘g‘risida”gi farmonlari, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada

rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son “Oliy ma’lumotli

mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini

yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2020-yil 27-oktabrdagi 655-son “Oliy ta’lim muassasalarini nufuzli xorijiy oliy

ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

qarori va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu

dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Transformatsiya (ingl. transformation) bu ma’lum bir ijtimoiy-madaniy birlashma yoki

yaxlitlikning krizisga uchrashi natijasida uning tashqi ta’sirlar natijasida yangitdan paydo

bo‘lishi va rivojlanishi sifatida tushuniladi. Ta’limdagi transformatsion jarayonlar esa, ta’lim

jarayonlarini modernizatsiyalash, ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion yondashuvlar vositasidagi

yangilanish, o‘zgarish jarayonlari sifatida tushuniladi.

Oliy ta’lim muassasasi transformatsiyasining ijtimoiy-pedagogik zaruratini asoslaydigan

muhim komponentlardan biri ham ta’lim sifati va ta’lim sifatini boshqarish bilan bog‘liq

jarayonlarning asosi ta’limdagi innovatsion jarayonlar sanaladi. Oliy ta’lim muassasasidagi

innovatsion jarayonlar esa o‘z navbatida quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi:

1. Ta’lim oluvchilar uchun ijtimoiy-madaniy qadriyatlar tizimining shakllanganligi, ta’lim

mazmunining shaxsga va ehtiyojlarga yo‘nalganligi.

2. Ta’limning ekotizimlarga (davlat, jamiyat, ishlab chiqarish, ijtimoiy institutlar va

boshq.) tezkor moslashish darajasi, barqaror rivojlanish maqsadlariga yo‘nalganligi, ta’lim

sifatini doimiy (uzluksiz) ravishda takomillashtirib borish zarur.

3. Oliy ta’lim muassasalarining faoliyat yo‘nalishlari va ta’lim xizmatlari

traektoriyasining kengayishi, diversifikatsiyasi hamda globallashuvi. Umuman olganda, jamiyat

va iqtisodiyotning rivojlanishi bilan universitetlar funksiyalarining rivojlanish jarayonlari ham

ma’lum bir tendensiyalarga ega bo‘lgan holda vaqt o‘tishi bilan ular o‘zgarib va takomillashib

borgan va bu holat hozir ham davom etmoqda.

Oliy ta’lim tizimida yuzaga kelgan muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish

maqsadida keyingi yillarda sohani tubdan takomillashtirish, izchil rivojlantirish, XXI asr

talablariga moslashtirish, zamon bilan hamnafas qilish borasida aniq, izchil va keng ko‘lamli

kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, soha taraqqiyotiga yo‘naltirilgan o‘nlab

muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida oliy

ta‟limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan, yuqori

malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni

modernizatsiya qilish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va


background image

1310

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-

yil 8-oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun dasturulamal vazifasini

bajarmoqda. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar

tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni

mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari

vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini isloh

qilishning ustuvor yo‘nalishlarini aks ettirdi.

Unda oliy o‘quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish,

raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish,

innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoriylashtirish, xalqaro

e‟tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar belgilab berildi. Bularning barchasi

ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun xizmat qildi. So‘nggi yillarda

mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida xalqaro standartlar asosida keng ko‘lamli ishlar amalga

oshirildi. Asosiy e‟tibor talaba-yoshlarning ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi

bilan birga, davlat byudjetining 3/1 qismi ta’limga yo‘naltirildi. Natijada, o‘tgan 6 yil mobaynida

oliy o‘quv yurtlari soni 77 tadan 210 taga yetdi, ularga qabul 3,5 baravarga ortdi. Yoshlarning

oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 39 foizga oshirildi. Bu esa, oliy ta’limda ta’lim

xizmati sifati va raqobatbardoshligini oshirishga alohida e’tibor qaratish va ta’lim jarayonini

xalqaro talablarga moslashtirish, oliy ta’lim raqobatbardoshligini oshirishda marketing

strategiyalaridan foydalanishga oid ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.

Oliy taʼlim muassasalari o‘z vazifalarini bajarish uchun ustuvor yo‘nalishlarni va shunga

mos ravishda maqsadli resurslarni aniqlashi kerak. Universitetlar strategiyalarni aniqlay

olmasalar, ustuvorliklarni belgilay olmasalar, o‘qitish va tadqiqot maqsadlarini tanlay olmasa va

amalga oshira olmasa hamda umuman o‘z tuzilmalari va tashkilotlarini o‘zgaruvchan muhitga

moslasha olmasa, samarali va mustahkam bo‘lolmaydi. Shuning uchun ham, XXI asr OTMlari

boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan yangi yondashuvlarni qabul qilishi zarur va

korporativ boshqaruv kabi xususiy sektor modellariga amal qilish tez surʼatlarda o‘sib

bormoqda. Ushbu tizimga rioya qilgan holda, OTMlar korporativ siyosat va rejalashtirish

strategiyalarini ishlab chiqishda tajribaga ega bolgan va rahbarlik qilish hamda boshqarish

qobiliyatiga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan boshqarilishi lozimligini ko‘rsatadi. Mazkur

korporativ boshqaruv tuzilmasi oliy taʼlim muassasalarining nazorat va hisobdorlik

mexanizmlarini amalga oshirishi, uzoq muddatli biznes-rejalar tuzishi, o‘z missiyasi va strategik

qarashlarini aniqlashi, asosiy faoliyat va samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishi hamda

yillik byudjet harajatlarni belgilashi va nazorat qila oladi.


background image

1311

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Korporativ boshqaruv mexanizmlarini amalga oshirish universitet boshqaruvini

takomillashtirish va uning raqobatbardoshligini oshirish uchun harakatlantiruvchi vosita sifatida

ifodalash mumkin, chunki u strategiyalarni belgilashda kollegial nazorat va boshqaruvi orqali

samaradorlik olib keladi [3].

Shuningdek, ushbu tizim OTMning boshqaruvida duch kelishi mumkin bo‘lgan

muammolarni hal qilishga (boshqaruvni shaffof bo‘lishiga) yoki o‘sib borayotgan raqobatga

bardosh berishga (yangi taʼlim yo‘nalishini joriy etish yoki dolzarbligini yoqoyotgan yo‘nalishni

tugatish), reyting pozitsiyalarini yaxshilash, xarajatlar uchun chegaralarni belgilash va kengroq

hamjamiyat uchun ko‘proq iqtisodiy va ijtimoiy majburiyat bilan tavsiflangan munosabatni

qabul qilish imkonini beradi. Universitet faoliyatini yanada samaraliroq qilish, boshqaruv

organlarining masʼuliyatini oshirish, kollegial organlar taklif etilayotgan yo‘nalishlar ko‘lamini

takomillashtirish va kengaytirishga qaratilgan [4].

Universitetlar institutsional avtonomiyasini mustahkamlash uchun korporativ boshqaruv

tizimini shakllantirishi kerak, shu bilan birga jamiyatga nisbatan oshkoralik va natijalar ustidan

nazoratni kuchaytirishga sababchi bo‘ladi. Universitetlar boshqaruvi mustaqil, hisobdorlik va

baholashni bog‘lashi kerak. Shu maqsadda bizning OTMlarida ushbu tizimning boshlangich

qadamlari qo‘yilgan, jumladan, O‘zbekiston Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalarining

akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar

to‘g‘risida”gi qarorida 35ta OTMga moliyaviy mustaqillik berildi.

Moliyaviy boshqaruvning asosiy maqsadi — oliy ta’lim tizimi uchun zarur bo‘lgan

barcha moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash, xarajatlar va daromadlarni nazorat qilish,

shuningdek, institutsional barqarorlikni ta’minlashdir. Moliyaviy boshqaruvdagi muhim

jarayonlar quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: budjetlashtirish, daromad manbalari,

mahalliy budjetlar, xarajatlarning samarali sarflanishi nazarda tutiladi. Moliyaviy reja va

strategik maqsadlar asosida amalga oshiriladigan nazorat va hisobot berish jarayonlari oliy ta’lim

muassasasining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.

Shuningdek, muassasa xodimlariga to‘lanadigan maoshlar, ta’lim jihozlari, o‘quv

materiallari, kundalik ovqatlanish va boshqa xizmatlar uchun sarflanadigan xarajatlar moliyaviy

boshqaruvning muhim tarkibiy qismidir. Moliyaviy samaradorlik va nazariy nazorat ostidagi

mablag‘lar harakati, davlat grantlari va ijtimoiy loyihalardan foydalanish, oliy ta’lim

tashkilotlarining barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Oliy ta’lim tashkilotlarini

boshqarishning moliyaviy jihatlari juda muhim ahamiyatga ega.

Bu tashkilotlarning samarali ishlashini ta’minlash, farzandlar uchun yuqori sifatli ta’lim

va tarbiyani tashkil qilish uchun moliyaviy resurslardan to‘g‘ri foydalanish talab etiladi.


background image

1312

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

OTMlarning o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tishida ta’lim xizmatlari bozorida oliy ta’lim

muassasalarining ayrim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga talab

yuqoriligi va moliyaviy barqarorligini inobatga olinadi.

O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalariga quyidagi

huquqlar beriladi:

yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini

oshirish maqsadida xodimlarga ustamalar va moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlari

miqdorlarini mustaqil belgilash;

iqtidorli, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan bo‘lgan

talabalarni moddiy rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash;

saqlash xarajatlari, vazifa va majburiyatlarni bajarish, o‘qitishning innovatsion shakl

va uslublarini joriy etish hamda xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish,

moddiy-texnik bazani mustahkamlash, dasturiy ta’minotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya

vositalari, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar hamda sarflanadigan laboratoriya materiallarini

(reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa ob’ektlar), shu jumladan,

kitoblar, jurnallar, o‘quv adabiyotlari xarid qilish va chop ettirish uchun mablag‘larni mustaqil

sarflash;

oliy ta’lim muassasasi infratuzilmasiga servis xizmatlari ko‘rsatishning alohida turlari,

jumladan, bino va inshootlar, talabalar turar joylari, sport ob’ektlaridan foydalanish, ularni

tozalash, ta’mirlash, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya tarmoqlarini saqlash va yuridik

xizmatlar ko‘rsatishni autsorsing shartlarida tashkil etish.

Shuningdek, bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda:

oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati, uning moddiy-texnik bazasi

imkoniyatlarini inobatga olib, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish

parametrlarini

belgilash,

yangi

bakalavriat

ta’lim

yo‘nalishlari

va magistratura

mutaxassisliklarini ochish;

oliy ta’lim muassasasini o‘zini o‘zi to‘liq moliyaviy ta’minlash miqdoridan kelib chiqib,

to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash vakolati berilmoqda.

Shuningdek, mamlakatimizda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalari:

davlat oliy ta’lim muassasalari Soliq kodeksiga muvofiq soliq to‘lashdan ozod etilgan;

moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalariga qonunchilikda

oliy ta’lim muassasalari uchun nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etiladi;

moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalariga ijtimoiy soliqning

12 foiz miqdordagi stavkasi qo‘llanadi.


background image

1313

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish, ularni samarali moliyalashtirish

tizimini ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, bir qator

hal etilishi lozim.

Xorij va mahalliy olimlarning tadqiqot ishlarini va tajribasini o‘rgangan holda yuqoridagi

kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida quyidagi ilmiy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi,

jumladan:

- professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlarning mehnatiga haq to‘lashning samarali

mexanizmi va me’yorlari ishlab chiqilmagan. Shu boisdan, ularning ish haqlari va ularga

to‘lanadigan ustama hamda mukofotlarni berish shartlari va tartibi bo‘yicha aniq normalarni

ishlab chiqish lozim, jumladan KPI tizimini joriy etishni tezlashtirish lozim;

- oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib boruvchi ayrim ishchi xodimlarning ish haqi

razryadlarining ularning ish hajmi va malaka (lavozim) talablariga mos emas.

Jumladan, oliy ta’lim muassasalarida oliy ma’lumot talab etadigan shunday lavozimlar

borki, ularning ish haqlari 1,5-2 mln so‘mga ham yetmaydi.

Bunday ish haqiga hech qanday oliy ma’lumotli shaxs ishlashni xohlamaydi,

ishlaydiganlarning ham samaradorlik ko‘rsatkichi juda past.

Ularga qo‘shimcha ustama belgilashdan ko‘ra, shaffoflikni ta’minlash maqsadida mazkur

lavozimlarga qo‘yiladigan oliy ma’lumot talabani o‘rta yoki o‘rta maxsusga tushirish yoxud

ularning ish haqlarini (razryadini) oshirish maqsadga muvofiq;

- oliy ta’lim muassasalari davlat xaridlarini amalga oshirishdagi noqulayliklar hamda

buyurtmachi va yetkazib beruvchi o‘rtasida shartnoma shartlarining bajarilmaslik muammolari

tez-tez kuzatilmoqda. Davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmini qayta ko‘rib chiqish,

buyurtmachi va yetkazib beruvchilarning o‘z majburiyatlarini majarmaslik uchun javobgarligini

oshirish zarur;

- oliy ta’lim muassasalarining talabalarning to‘lov-kontrakt summalariga qaram bo‘lib

qolayotganligi, ularda qo‘shimcha manbalar jalb qilish bo‘yicha samarali mexanizmning mavjud

emas. Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha mablag‘larni jalb etish, mavjud mablag‘lardan

samarali foydalanish mexanizmini ishlab chiqish zarur;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 9 oktabrdagi PF-5847-son

farmoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida endaument fondlarni tashkil etishga ruxsat

berilganligiga qaramasdan, bu borada oliy ta’lim muassasalari tomonidan deyarli hech qanday

ishlar amalga oshirilmayapti. Bu boradi oliy ta’lim muassasalarida alohida bo‘limlarni tashkil

etish zarur;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi PF-5847-sonli farmoniga muvofiq

oliy ta’lim muassasalarini venchurli moliyalashtirish orqali moliyaviy mablag‘ bilan


background image

1314

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

ta’minlashga ruxsat berilganligiga qaramasdan, bunday mablag‘larni jalb etish ishlari juda sust

amalga oshirilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy va innovatsion loyihalari,

startap loyihalarini moliyalashtirish mazkur fondlarni mablag‘larini jalb etishga e’tibor qaratish

lozim va boshqalar.

Xulosa qilib aytganda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlaganidek, biz keng

ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi

Uyg‘onish davri, ya‟ni uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib

belgiladik. Aytish joizki, bugungi kunda olis hududda yashovchi Oliy ta’limga o ‘qishga kirish

istagi bo‘lgan yoshlarga Buxoro davlat pedagogika instituti ustozlari tomonidan qo‘shimcha

tayyorlov kurslari tashkil etilib, kelgusida OTMda tahsil olishlarida o‘z ko‘maklarini ayamay

kelmoqdalar. Oliy ta’limning moliyaviy jihatlarini to‘g‘ri boshqarish, ta’lim sifatini oshirish va

zamonaviy talablarga moslashish uchun muhim shartdir.

Moliyaviy barqarorlik va samaradorlik tashkilotning umumiy muvaffaqiyatiga katta ta’sir

ko‘rsatadi. Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlarining moliyaviy boshqaruvi — bu ko‘p jihatli

jarayon bo‘lib, buning ortidan ta’limning sifatini va samaradorligini ta’minlash uchun aniq

strategiya va rejalar zarur. Moliyaviy muddatlar, manbaalar va sarflar muvozanatini tutish va

samarali boshqarish — bu oliy ta’limning barqarorligini ta’minlashning asosiy shartlaridir.

REFERENCES

1.

Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг Креатив

қобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни.

Academic research in educational

sciences

,

2

(1), 778-782.

2.

Хасанова, Г. К. (2020). Classification of Educational Activities and Assessment

Classifications: Improvement of Pedagogical Problems.

International Journal of Advanced

Science and Technology

,

29

(11s), 1958-1961.

3.

Хасанова, Г. К. (2019). Педагогические особенности формирования творческой

активности учащихся в начальном образовании.

Научный журнал

, (6 (40)), 86-87.

4.

Хасанова, Г. К. (2019). Педагогические особенности формирования творческой

активности учащихся в начальном образовании.

Научный журнал

, (6 (40)), 86-87.

5.

Qosimovna, H. G. (2021). The concept of the development of the giftedness of Preschool

Children of Creative Self-Realization.

Middle European Scientific Bulletin

,

10

(1).

6.

Хасанова, Г. К. (2021). Педагогические основы развития социальной деятельности

студентов вузов.

Вестник науки и образования

, (17-3 (120)), 68-71.


background image

1315

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

7.

Хасанова, Г. Х., & Рахматова, Г. Ш. (2019). Некоторые вопросы обеспечения

взаимосвязи методов и средств обучения в развитии образовательного

процесса.

Academy

, (10 (49)), 41-43.

8.

Хасанова, Г. К. (2019). Цель использования электронных образовательных ресурсов в

системе обучения и образования.

Научный журнал

, (6 (40)), 84-85.

9.

Safarova, R., & Khasanova, G. (2024). RETRACTED: Organizing an environment for

cooperation of students in the educational process (for ensuring the development of the

new Uzbekistan society). In

E3S Web of Conferences

(Vol. 538, p. 05044). EDP Sciences.

10.

Хасанова, Г. К. (2021). Дилфуза Шавкатовна Мирзаева ПОДВИЖНАЯ

ТВОРЧЕСКАЯ ИГРА КАК ОДИН ИЗ МЕТОДОВ АРТПЕДАГОГИКИ.

Scientific

progress

,

7

.

11.

Умуров, З. Л., & Хасанова, Г. К. (2022). ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ

СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ У СТУДЕНТОВ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ

ЗАВЕДЕНИЙ.

Вестник науки и образования

, (2-2 (122)), 43-45.

12.

Хасанова, Г. К., & Махмудова, Х. У. К. (2020). Критерии, аспекты и уровни

применения педагогических технологий.

Academy

, (5 (56)), 29-31.

13.

Qosimovna, H. G. (2023). Boshlang'ich Sinflarda Raqamli O'yinlarga Asoslangan Ta'limni

Tashkil Etishning Ahamiyatli Tomonlari.

Miasto Przyszłości

,

42

, 334-336.

14.

Хасанова, Г. К., & Мирзаева, Д. Ш. (2021). ПОДВИЖНАЯ ТВОРЧЕСКАЯ ИГРА

КАК ОДИН ИЗ МЕТОДОВ АРТ-ПЕДАГОГИКИ.

Scientific progress

,

2

(7), 1067-1071.

15.

Хасанова, Г. К. (2019). Проблемы И Перспективы Становления Информационной

Грамотности Детей Дошкольного Возраста В Узбекистане.

ББК 71.0 И74

Редакционная коллегия Ответственный редактор

, 50.

16.

Хасанова, Г. К., & Мирзаева, Д. Ш. (2019). Условия успешного воспитания и

обучения детей. In

Наука и инновации-современные концепции

(pp. 86-90).

17.

Хасанова, Г. К. (2017). Интеграция предметов в современной школе как

педагогическое явление.

Педагогическое образование и наука

, (2), 127-129.

18.

Hasanova, G. Q. (2024). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR O ‘YININING

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.

Inter education & global study

, (7), 220-227.

19.

Kosimovna,

X.

G.

(2023).

PEDAGOGICAL

STRATEGY

AND

TALENT

DEVELOPMENT

TACTICS

EDUCATIONAL

SPACE

FOR

SCHOOL

CHILDREN.

Frontline Social Sciences and History Journal

,

3

(11), 20-25.

20.

Hasanova,

G.

(2023).

BO’LAJAK

O‘QITUVCHILARNING

KASBIY

KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA INTERAKTIV O’QITISH TIZIMINING

O’RNI.

Science and innovation

,

2

(Special Issue 9), 441-445.


background image

1316

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

21.

Хаитова, Н. И., Хасанова, Г. К., & Мухаммедова, М. Ш. (2016). ТВОРЧЕСКАЯ

ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ УЧАЩИХСЯ КАК СРЕДСТВО РАЗВИТИЯ КРЕАТИВНОГО

МЫШЛЕНИЯ.

Научная дискуссия: вопросы педагогики и психологии

, (3-1), 148-153.

22.

Умуров, З. Л., & Хасанова, Г. К. ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ.

ВЕСТНИК

НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ Учредители: Олимп

, 43-45.

References

Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг Креатив қобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic research in educational sciences, 2(1), 778-782.

Хасанова, Г. К. (2020). Classification of Educational Activities and Assessment Classifications: Improvement of Pedagogical Problems. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(11s), 1958-1961.

Хасанова, Г. К. (2019). Педагогические особенности формирования творческой активности учащихся в начальном образовании. Научный журнал, (6 (40)), 86-87.

Хасанова, Г. К. (2019). Педагогические особенности формирования творческой активности учащихся в начальном образовании. Научный журнал, (6 (40)), 86-87.

Qosimovna, H. G. (2021). The concept of the development of the giftedness of Preschool Children of Creative Self-Realization. Middle European Scientific Bulletin, 10(1).

Хасанова, Г. К. (2021). Педагогические основы развития социальной деятельности студентов вузов. Вестник науки и образования, (17-3 (120)), 68-71.

Хасанова, Г. Х., & Рахматова, Г. Ш. (2019). Некоторые вопросы обеспечения взаимосвязи методов и средств обучения в развитии образовательного процесса. Academy, (10 (49)), 41-43.

Хасанова, Г. К. (2019). Цель использования электронных образовательных ресурсов в системе обучения и образования. Научный журнал, (6 (40)), 84-85.

Safarova, R., & Khasanova, G. (2024). RETRACTED: Organizing an environment for cooperation of students in the educational process (for ensuring the development of the new Uzbekistan society). In E3S Web of Conferences (Vol. 538, p. 05044). EDP Sciences.

Хасанова, Г. К. (2021). Дилфуза Шавкатовна Мирзаева ПОДВИЖНАЯ ТВОРЧЕСКАЯ ИГРА КАК ОДИН ИЗ МЕТОДОВ АРТПЕДАГОГИКИ. Scientific progress, 7.

Умуров, З. Л., & Хасанова, Г. К. (2022). ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ У СТУДЕНТОВ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ. Вестник науки и образования, (2-2 (122)), 43-45.

Хасанова, Г. К., & Махмудова, Х. У. К. (2020). Критерии, аспекты и уровни применения педагогических технологий. Academy, (5 (56)), 29-31.

Qosimovna, H. G. (2023). Boshlang'ich Sinflarda Raqamli O'yinlarga Asoslangan Ta'limni Tashkil Etishning Ahamiyatli Tomonlari. Miasto Przyszłości, 42, 334-336.

Хасанова, Г. К., & Мирзаева, Д. Ш. (2021). ПОДВИЖНАЯ ТВОРЧЕСКАЯ ИГРА КАК ОДИН ИЗ МЕТОДОВ АРТ-ПЕДАГОГИКИ. Scientific progress, 2(7), 1067-1071.

Хасанова, Г. К. (2019). Проблемы И Перспективы Становления Информационной Грамотности Детей Дошкольного Возраста В Узбекистане. ББК 71.0 И74 Редакционная коллегия Ответственный редактор, 50.

Хасанова, Г. К., & Мирзаева, Д. Ш. (2019). Условия успешного воспитания и обучения детей. In Наука и инновации-современные концепции (pp. 86-90).

Хасанова, Г. К. (2017). Интеграция предметов в современной школе как педагогическое явление. Педагогическое образование и наука, (2), 127-129.

Hasanova, G. Q. (2024). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR O ‘YININING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Inter education & global study, (7), 220-227.

Kosimovna, X. G. (2023). PEDAGOGICAL STRATEGY AND TALENT DEVELOPMENT TACTICS EDUCATIONAL SPACE FOR SCHOOL CHILDREN. Frontline Social Sciences and History Journal, 3(11), 20-25.

Hasanova, G. (2023). BO’LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA INTERAKTIV O’QITISH TIZIMINING O’RNI. Science and innovation, 2(Special Issue 9), 441-445.

Хаитова, Н. И., Хасанова, Г. К., & Мухаммедова, М. Ш. (2016). ТВОРЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ УЧАЩИХСЯ КАК СРЕДСТВО РАЗВИТИЯ КРЕАТИВНОГО МЫШЛЕНИЯ. Научная дискуссия: вопросы педагогики и психологии, (3-1), 148-153.

Умуров, З. Л., & Хасанова, Г. К. ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ. ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ Учредители: Олимп, 43-45.