31-oktabr, 2024-Yil
72
AVTOMOBILGA OID SO‘ZLARNING LEKSIK-TEMATIK GRUHLARI
(ingliz va o‘zbek tillari misolida)
Mastona Yuldasheva
Namangan davlat universiteti tayanch doktaranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13895818
Annotatsiya. Bugungi kunda tilshunoslar soha terminlarini chuqur o’rganish jarayonida,
terminlarning lug‘atlardagi o‘rni hamda ma’no jihatdan boyligini aniqlash uchun tematik
gruhlarga ajratishmoqda. Ushbu maqolada avtoleksikaga oid so‘zlarni leksik –tematik gruhlarga
bo‘lingan va misollar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: freym, frazeologik birliklar, paremeologik birliklar, leksik-semantik,
funksiya, struktur.
LEXICAL-THEMATIC GROUPS OF CAR-RELATED WORDS
(in the example of English and Uzbek languages).
Abstract. Today, linguists, in the process of in-depth study of field terms, divide them into
thematic groups in order to determine their place in dictionaries and their semantic richness. In
this article, autolexical words are divided into lexical-thematic groups and examples are given.
Key words: frame, phraseological units, parameological units, lexical-semantic, function,
structure.
ЛЕКСИКО-ТЕМАТИЧЕСКИЕ ГРУППЫ СЛОВ, СВЯЗАННЫХ С АВТОМОБИЛЕМ
(на примере английского и узбекского языков).
Аннотация. Сегодня лингвисты в процессе углубленного изучения отраслевых
терминов делят их на тематические группы с целью определения их места в словарях и их
смыслового богатства. В данной статье автолексические слова разделены на лексико-
тематические группы и приведены примеры.
Ключевые слова: фрейм, фразеологизмы, парамеологические единицы, лексико-
семантика, функция, структура.
Globallashuv jarayoni va natijada bilim va inson faoliyatining turli sohalarining jadal
rivojlanishi tilning terminologik tizimlarining leksik tarkibining kengayishini belgilab bermoqda.
Tilning terminologik tizimlari ilmiy kommunikatsiyaning maxsus sohasida lingvistik va
nolingvistik mexanizmlar ta'sirida lingvistik ifoda vositalarining ishlashini namoyon qiladi.
Maxsus yoki ilmiy bilimlar mazmunli, ongli, tizimlashtirilgan bilim bo‘lib, ularning ko‘p
qismi ma’lum bir guruh odamlariga – olimlar va mutaxassislarga ma’lum va tushunarli bo‘ladi.
31-oktabr, 2024-Yil
73
Professional kommunikatsiyaga maxsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan til (Language for
Special Purposes – LSP) xizmat ko‘rsatadi, uning dolzarbligi (relevantligi) tegishli bilim
sohasining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.
Hozirgi vaqtda taraqqiyot va texnologiya ta'sirida ingliz tilining "Transport" terminologiya
tizimining konseptual apparati shakllantirilmoqda. Mutaxassislarning kasbiy muloqot tili, ma'lum
bir kasbiy soha ehtiyojlariga xizmat qiladi, sanoatda takomillashtirilgan ish usullarini aks ettiradi,
shuning uchun u haqiqat va dunyoni tushunish jarayoni natijasi sifatida bilimlarni aks ettiradi.
Terminologik tizim terminologik tizimning majburiy muhim tarkibiy qismlari bo‘lgan
asosiy tushunchalar (har bir fanning konseptual sohasining "yadrosi")ni o‘z ichiga oladi .
Leksik ma'noni ko‘rib chiqishning eng maqbul usullaridan biri leksik birlikning
paradigmatik va sintagmatik xususiyatlarini bir vaqtning o‘zida aniqlashga imkon beruvchi hamda
kognitiv semantikaning o‘zak (markaziy) usuli sifatida
freym yondashuvi
olinadi, uning tadqiqot
obyekti g‘oyaviy (mental) makonlar tuzilmasiga kiruvchi tilning semantik maydoni, mazkur
fenomenlarning o‘zaro ta’siridir.
“Transport” leksik-semantik sohasini o‘rganish quyidagi freymlarni aniqlash imkonini
berdi: “Suv transporti”, “Yer usti transporti”, “Havo transporti”. “Suv osti transporti” freymi, o‘z
navbatida, leksik-semantik guruhlarga yoki kichik freymlarga: “Avtomobil transporti”, “Temir
yo‘l transporti” va boshqalarga bo‘linishi mumkin. Transport lug‘atini keyingi strukturalashni
amalga oshirib, “Avtomobil transporti” leksik-semantik kichik guruhlarga:
“Avtomobil”, “Yoʻl” va boshqalar guruhiga ajratish mumkin. Maydon tuzilishida
markaziy (yadro) va periferik hududlarni ajratish mumkin. Markaziy elementlar ushbu sohani
belgilaydigan xususiyatlarning to‘liq to‘plamiga ega. Ular maydon funksiyalarini bajarish uchun
nisbatan ixtisoslashgan bo‘ladi, nisbatan tez-tez uchraydi va monomorfemik bo‘ladi, jumladan:
car (automobile), road, driver, passenger, train, rail, ship, boat, plane (airplane) pilot
va
boshqalar
Til tizimining tashkil etilishi turli freymlarni bir-birining ustiga qo‘yish imkonini beradi,
natijada o‘tish zonalari hosil bo‘ladi. Masalan, norasmiy lug‘at o‘zining to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ma’nosida boshqa leksik-semantik sohalarga ishora qiladi, jumladan, avtomobil faralari (
eyeballs
)
ko‘zlarga o‘xshash, OD radiosi (ears) esa quloq bilan qiyoslanadi va shu bilan birga
ear/ quloq
va
eyeball/ko‘z
soqqasi leksemalari "Inson tanasi" freymi tarkibiga kiritilgan va h.k.
"Transport" leksik-semantik sohasini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, uning freym tarkibi
yaterlicha hajmli va tashkiliy jihatdan murakkab bo‘lib, har bir blok o‘z tuzilmasi bilan o‘z tizimini
ifodalaydi.
31-oktabr, 2024-Yil
74
Lingvistik nuqtai nazardan qaralganda, texnika sohasidagi jami terminlar tilning
terminologik sistemalardan birini tashkil etadi, o‘z navbatida, bu sistema muayyan gruxlardan,
ya’ni tematik qismlardan iborat.Terminologik sistemani tematik gruxlarga ajratib o‘rganish juda
zarur boisi,shu sohadagi sistemani umumtermin boyligi haqidagi tassavurga ega bo‘lamiz,
ikkinchidan bu tizimda so‘z yasash imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz va tizimning
har qaysi tematik gruppasidagi o‘ziga xos so‘z yasash modeli qanday ekanligini bilib olamiz.
D.S.Lotte texnik terminologik sistemada qanday leksik birliklar termin bo‘lishi
mumkinligi to‘g‘risida fikr yuritib shunday deydi: “…texnikida quyidagi tushunchalarni
anglatuvchi asosiy kategoriyalar terminlashadi: jarayonlar; texnika predmetlari (materiallar,
qurollar, asboblar, detallar va h.k); xossalar; hisobiy tushunchalar (parametrlar, geometrik obrazlar
va h.k); o‘lchov birliklari”
1
.
Renat Doniyorovning o‘zbek tilining texnik terminologik sistemasining quyidagicha
tematik gruppalarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya qilgan
2
.
I.Texnik predmetlar (har qanday tenikaga oid narsalar) ni ifodalovchi terminlar.
II. Texnik soha va kasblarini anglatuvchi terminlar.
III. Faoliyati texnika bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarni ifodalovchi terminlar.
IV. Texnik jarayonlarni anglatuvchi terminlar.
V. Texnk miqdorlarini anglatuvchi terminlar.
VI. Texnik o‘lchovlarini anglatuvchi terminlar.
VII. Texnik vositalarini anglatuvchi terminlar.
Biz tadqiqotimizga ko‘ra avtomobil terminlarida soha va kasbni anglatuvchi terminlar
bilan faoliyati aynan avtotransport bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarni ifodalovchi atamalar bir xil
atalganligi uchun ularni umumiy qilib, kasbni anglatuvchi terminlar deb oldik. Bu kategoriyalarni
alohida misollar bilan ko‘rib chiqamiz.
I.
Avtomobil vositalarni ifodolovchi terminlar.
Bunda avto mexanizmlar ya’ni bitta yoki bir nechta jismning harakatini uzatuvchi, boshqa
jismlarning zarur harakatiga aylantirib beruvchi qurilmalar, detal nomlari nazarda tutiladi.
Masalan: g‘
ildirak, motor, richag, gidravlik, rul, radiator, pedal, tormoz, kuzov, dvigetel...
II.
Avtotransport soha va kasblarni anglatuvchi terminlar.
1
Д.С.Лотте. Основы построения научно-технической терминологии,29 с
2
Дониёров.Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг айрим масалалари. – Т., 1977. – 45 б.
31-oktabr, 2024-Yil
75
Bu guruhga
mashinasoz, avtomoykachi, haydovchi, avtoelektrik, avtomexanik,
xodovoy(motor)ustasi, avtoslesar, avtodizayner, avtodiler, avtomotokaskadyor, avtomenedjer,
avto tunukachi, avtokonstruktor, avtomotorist, yo‘l harakati xavfsizligi xodimi, avto yuvuvchi,
avtoinspektor, avtoinstruktor
,
shinalar o‘rnatuvchi, kraskachi
kabi kasblar kiradi.
III.
Avtotexnik jarayonlarni anglatuvchi terminlar. Bu jarayonda mashina harakatga
keltiradi albatta biror kishi tomonidan, dastlab ishga tushgan detal boshqa detallarni ham ishga
tushiradi. Biz ularni har birini farqli ishlar bajarishini bilamiz. Natijada, terminologik sistemlarda
qayd etilgan tarzdagi ishlarni barchasini o‘ziga xos atamalar yuzaga keladi.Masalan:
avtomatlashtirish, boshqarish, haydash, yurgizish, buzilish, to‘xtash, uchish, qo‘nish
kabilar
shular jumlasidan.
IV.
Avtotexnikaga oid miqdorlarni anglatuvchi terminlar. Bundan texnik kattaliklarga
uzunlik, massa, hajm, temperature, bosim va boshqa fizik kattaliklar kiradi. Bu tematik guruhga
quyidagilarni misol qilib olishimiz mumkin:
Tezlik, tezlanish, yoritganlik, kuch, bosim, elektr
miqdori,
V.
Avtotexnikaga oid o‘lchovlarni anglatuvchi terminlar. Avtomobilga xos bo‘lgan
o‘lchovlar bular
litr, kilometr, minut, tonna-kuch, metr kub
ni misol qilib olishimiz mumkin. Bu
o‘lchovlar orqali bosib o‘tilgan masofani, yoqilg‘ini ishlatilishi, gazni o‘lchovini va bosib o‘tilgan
vaqtni xam xiusoblash mumkin.
VI.
Avtotexnikaga oid xossalarni anglatuvchi terminlar. Avtomobilga oid bo‘lgan
xossalar bular,
zichlik, qattiqlik, bog‘lanuvchanlik, elastiklik, eruvchanlik, radioaktivlik,
bug‘lanuvchanlik, sovuvchanlik, bardoshlilik
kabilar misol bo‘lishi mumkin. Texnikaviy vositalar
shunday predmetlarki, ularni tayyorlashda Mendeleyevning davriy sistemasidagi deyarli barcha
elementlardan, turli xil minerallardan foydalaniladi. Xossalarni anglatuvchi aksariyat terminlarga
o‘zbek tilida –lik affiksisi qo‘shilish orqali yasaladi.
Nemis tilshunosi V.Gumboldt tomonidan amalga oshirilgan “tildan etnosga” revolyutsion
inqilobi, xuddi Suqrotcha ilmiy tafakkurning “tabiat falsafasi (naturofilosofiya)dan odamga”
burilishiga o‘xshab, haligacha ilmiy tadqiqotlardagi zamonaviy tendensiyalarga o‘z ohangini
belgilab beradi. Inson "hamma narsaning o‘lchovi" bo‘lib qolmoqda va uning nutqi haqiqatni idrok
etishning ma'lum bir usulini aks ettiradi. Tilga ta'sir qiluvchi zamonaviy dunyo haqiqatlarini
o‘rganish muammosi ayniqsa muhimdir. Bu borada zamonaviy voqelikning ajralmas qismi sifatida
transport sohasining rolinining ahamiyati katta. Uning tarqalish maydoni global bo‘lib, avtomobil
sohasi bilan cheklanib qolmaydi: "deyarli barcha til tashuvchilari ishtirok etadigan muloqot, faqat
bitta xususiyat – yo‘l harakati bilan birlashtirilgan. Shu biln birga ularning ijtimoiy roli har xil.
31-oktabr, 2024-Yil
76
Bular haydovchilar (shu jumladan, mototsiklchilar, velosipedchilar), yoʻlovchilar,
piyodalar, yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari, yoʻlda boʻlmagan tasodifiy kuzatuvchilar, xizmat
koʻrsatish va yoʻl harakati qatnashchilariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa xizmatlar
xodimlari”.
Avtoolam moddiy va maʼnaviy madaniyat belgilarini oʻziga singdiradi, koʻp sonli ramz va
maʼnolar kontekstiga kirib boradi, ham sanʼat obyekti (badiiy adabiyot, rassomlik, kino va
boshqalar) sifatida ham, madaniy jarayonning bevosita ishtirokchisi sifatida ham harakat qiladi.
Bir tomondan, avtomobil dunyosi konsepsiyasi avtomobil sanoatini, keng avtomagistral
tizimlarini, avtomadaniyat va odamlarni birlashtiradi va shuning uchun haqiqiy muloqotda alohida
o‘rin tutadi. Boshqa tomondan, uning zamonaviy tavsiflardagi maqomi hali aniqlanmagan va
metodologik ishlovni (sayqalni) talab qiladi. Til birliklarining bir konseptual sohaga munosabati
asosida birlashishi o‘ziga xos tuzilishiga, markaziga, periferiyasiga, boshqa semantik sohalarga
o‘tish qismiga ega bo‘lgan leksik-semantik maydon (LSM) shaklida taqdim etilishi mumkin.
Shuni ta’kidlash mumkinki, leksik maydon atamasi o‘zi bildirayotgan obyektning lug‘aviy
til darajasiga mansubligini va lug‘aviy elementlardan iboratligini bildiradi. Unga sinonim bo‘lgan
LSM atamasi leksik birliklar qanday xususiyatlar asosida sohalarga guruhlanganligini aniqroq
ko‘rsatadi. Ularning leksik referensiyasidan tashqaridagi ma'nolar sohasini nazarda tutuvchi
"semantik maydon" atamasidan farqli o‘laroq, LSM atamasi "belgilangan" va "ma'no" o‘rtasidagi
ziddiyatnni bartaraf qiladi.
LSM bilan bog‘liq masalalar eng murakkab lingvistik muammolardan biri bo‘lib, ular til
haqidagi fanning har bir bosqichida nafaqat o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi, balki tadqiqotchiga o‘z
muammolarining yangi qirralarini (aspektlarini) ochadi. Bu kategoriyaning o‘ziga xos
xususiyatlari bilan ham, tilshunoslik fanining dinamikasi bilan ham bog‘liq. Natijada, ushbu
murakkab va ko‘p qirrali tadqiqot obyektining turli muammolari doimiy ravishda e'tirof etilgan
muhokama mavzusi sifatida saqlanib kelinmoqda.
O‘tgan asrdayoq LSM ning semantik chegaralari mavhum edi, masalan, ba'zi olimlar
(Yu.N.Karaulov, L.M.Vasilyev) LSMni leksik-semantik guruhlarning bir turi deb hisoblashgan
bo‘lsa, boshqalar (A.A.Ufimseva ) LSM va LSG ni yirik tilshunoslik birlashmalarining teng
qismlari (a’zolari) sifatida kiritgan. N.G. Dolgix “Semasiologiya rivojlanishining zamonaviy
bosqichida semantik maydon nazariyasi” asarida “semantik soha” bilan turli leksik
shakllanishlarni, jumladan, LSMni aniqladi.
Bizning fikrimizcha, LSM talqinlaridagi noaniqlik quyidagi omillarga bog‘liq:
31-oktabr, 2024-Yil
77
1) atrof olam hodisalari tilning leksik qatlamiga o‘rnatilgan murakkab, xilma-xil, odatda
kesishuvchi munosabatlar bilan bog‘langan;
2) soha tavsifini qo‘llashning keng doirasi (fizika, mantiq, falsafa, sotsiologiya,
psixologiya), bunda soha o‘zaro bog‘liq omillar majmui sifatida belgilanadi. Xususan
tilshunoslikda sohalar spektri nihoyatda xilma-xildir: paradigmatik maydon (Y.Trir,
V.G.Admoni), sintagmatik maydon (V.Portsig), funksional-semantik maydon (A.V.Bondarko),
grammatik-leksik maydon (E.I.Shendels, E.V.Guliga), tematik maydon (G.A. Martinovich),
leksik-semantik maydon (K.Zommerfeldt), gaplarning sintaktik maydoni (G.A.Zolotova) va
boshqalar. Tilshunoslikda "maydon" ni tavsiflash va strukturalashtirish tamoyillari tilning partitura
tizimi sifatidagi g‘oyasi bilan bog‘liq, uning qismlari oʻzaro bogʻliq boʻlib, maydon “umumiy
mazmun bilan birlashgan va hodisalarni bildiruvchi konseptual, predmet va funksional
oʻxshashlikni aks ettiruvchi til birliklari yigʻindisi” deb taʼriflanadi .
3) LSM ni tashkil etuvchi birliklarning turli tarkibli to‘plami va ularning semantik
bog‘lanish usuli;
4) "toifa" va "tizim" atamalari nisbatan an'anaviy bo‘lib, ulardan erkin foydalanishga
xalaqit beradigan ko‘plab konnotatsiyalari vujudga kelgan va "maydon" atamasi umumiy
tushuncha sifatida, yadroviy invariant bilan leksikadan foydalanishning barcha ko‘rinishlarini
birlashtiruvchi giperonim sifatida juda qulaydir. Yu.N.Karaulov tomonidan ta'kidlanganidek:
“Leksik-semantik maydon juda keng qamrovli tushunchadir. Bu еrda leksikologiyaning asosiy
muammolari – sinonimiya, antonimiya, polisemiya muammolari, so‘z va tushunchalar o‘rtasidagi
munosabat muammosi kesishadi. Lug‘at tarkibidagi semantik maydonlarga oid masalalarni еchish
sanab o‘tilgan masalalarni yangicha yoritib berish imkonini beradi”.
Shunday qilib, turli leksik mikrotizimlarni farqlash mezonlari, LSMni tashkil etuvchi
birliklarning tabiati va LSMni tasniflash tamoyillari haqidagi savollar ochiq qolmoqda va
qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladi.
Leksik-semantik maydonlarning terminologik oʻzgarishlari nihoyatda xilma-xildir,
masalan, M.A. Krongauz LSM – bu "umumiy mazmun bilan birlashtirilgan yoki aniqrog‘i,
talqinning umumiy bo‘lmagan qismiga ega bo‘lgan so‘zlar to‘plamidir". I.V. Arnold tomonidan
berilgan ta'rif alohida e'tiborga loyiqdir: "LSMni inson tajribasining ma'lum bir sohasini qamrab
oluvchi va shuningdek o‘z ma'nosi bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zlar to‘plami sifatida tushunish
mumkin. Bu to‘plam uning tarkibiy qismlarining umumiy xususiyatlarini ko‘rsatish orqali
yaratiladi» . Ikki asosiy tamoyilga asoslanib, biz quyidagicha fikrga egamiz:
31-oktabr, 2024-Yil
78
1) maydon nazariyasi tildagi so‘zlar tartibsiz va bir-biridan ajralgan holda mavjud
bo‘lmaydi, aksincha, ular ma’lum tuzilmalarga guruhlanadi, degan fikrga asoslanadi;
2) tuzilishi jihatidan turli xil tarkibli bo‘lgan leksik-semantik birliklarning bog‘lovchi
elementi (ular xoh turli so‘z turkumidagi so‘zlarning sinflari, leksik-grammatik maydonlar yoki
tematik guruhlar bo‘lsin) kategorik holat yoki semantik variant hisoblanadi- biz LSMni nutqning
turli so‘z turkumlariga mansub, variant maʼno bilan birlashgan leksik birliklarning paradigmatik
va sintagmatik jihatdan tashkil etilgan tizimi sifatida belgilaymiz.
Ushbu tadqiqot ishi doirasida LSM zamonaviy insonning moddiy dunyosining lingvistik
manzarasi bir qismini tavsiflovchi, umumiy leksema
avtodunyosi
bilan birlashtirilgan va
paradigmatik hamda sintagmatik munosabatlar bilan bog‘langan bir qator leksik mikrotizimlar
bilan ifodalangan leksik birliklar tizimi sifatida tushuniladi.
LSM nazariyasi bilan LSG va LS mikrotizim kabi leksik mikrotizimlarning har xil turlarini
aniqlash muammolari bog‘liq. Shuning uchun, bizningcha, bu tushunchalarning maqomi va
munosabatini aniq belgilash zarur.
LSG deganda bir so‘z turkumi leksik birliklarining soha arxisemasiga qaraganda nisbatan
past darajadagi semantik dominant bilan integratsiyasi tushuniladi, shuning uchun LSG
tushunchasi hajm jihatdan LSMga qaraganda torroq, lekin mazmunan boyroqdir. Jumladan,
“Kasblar” LSG ALSM tarkibiga kiradi va quyidagi leksemalar to‘plamini o‘z ichiga oladi:
haydovchi, taksi haydovchisi, avtomexanik, xodovoy(motor)ustasi, avtoslesar, poygachi,
avtodizayner, avtodiler, avtomotokaskadyor, avtomenedjer, avto tunukachi, avtokonstruktor,
avtomotorist, yo‘l harakati xavfsizligi xodimi, avto yuvuvchi, avtoinspektor, avtoinstruktor,
shinalar o‘rnatuvchi,avtoelektrik,
va boshqalar. Xulosa qiladigan bo‘lsak, tematik gruxlarga ajratib
o‘rganish juda zarur boisi,shu sohadagi sistemani umumtermin boyligi haqidagi tassavurga ega
bo‘lamiz, ikkinchidan bu tizimda so‘z yasash imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz va
tizimning har qaysi tematik gruppasidagi o‘ziga xos so‘z yasash modeli qanday ekanligini bilib
olamiz.
