Mualliflar

  • Savriniso Qodirjonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.43749

Kalit so‘zlar:

kontata drama janr yumor lirika opera fortepiano konsert balet epik.

Annotasiya

Ushbu maqolada Sergey Sergeyevich Prokofyevning kompozitorlik ijodi hamda yakkahon, xor va orkestr uchun yozilgan vokal instrumental asari “Aleksandr Nevskiy” kontatasi haqida so‘z yuritilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

59

SERGEY SERGEYEVICH PROKOFYEVNING FORTEPIANO IJODI HAMDA

“ALEKSANDR NEVSKIY” KONTATASI

Qodirjonova Savriniso Muhammadtursun qizi

ADPI Musiqa ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13899673

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Sergey Sergeyevich Prokofyevning kompozitorlik ijodi

hamda yakkahon, xor va orkestr uchun yozilgan vokal instrumental asari “Aleksandr Nevskiy”
kontatasi haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

kontata, drama, janr, yumor, lirika, opera, fortepiano, konsert, balet, epik.

SERGEY PROKOFIEV'S PIANO WORKS AND "ALEXANDER NEVSKY" CONTATA

Abstract.

This article presents the compositional works of Sergei Sergeevich Prokofyev

and vocal instrumental works written for solo, chair and orchestra by “Alexander Nevsky”
contacts are discussed.

Key words:

contata, drama, genre, humor, lyric, opera, piano, concert, ballet, epic.

ФОРТЕПИАННЫЕ ПРОИЗВЕДЕНИЯ СЕРГЕЯ ПРОКОФЬЕВА И КОНТАТА

«АЛЕКСАНДР НЕВСКИЙ»

Аннотатция.

В данной статье представлены композиторные произведения Сергея

Сергеевича Прокофьева и вокально-инструментальные произведения написанные для соло,
хора и оркестра “Александр Невский” контаты обсуждается.

Ключевые слова

: контата, драма, жанр, юмор, лирика, опера, фортепиано,

концерт, балет, эпик.


Sergey Sergeyevich Prokofyev XX asrning buyuk kompozitorlaridan biridir. Prokofyev

ijodi serqiralligi bilan ajralib turadi. O‘tkir, drama tizm, epik xarakter, yumor va lirika, uning
ijodiga xosdir. Prokofyev ijodi ko‘p janrlarni o‘z ichiga oladi. Dramma, operadan tortib balet va
kinogacha, sonatalar, simfoniyalar, konsertlar va boshqalar. S.S. Prokofyev 1891-yil 23-aprelda
Yekaterinislav guberniyasining Sansovka qishlog‘ida tug‘ildi. Otasi agranom, onasi fortepiano
chalishni bilgan ziyoli ayollardan bo‘lgan. Sergey fortepiano chalishni avval onasidan o‘rgandi.

5 yoshida u birinchi Xind galopi asarini yaratdi. 10 yoshida esa Velikan operasini yozdi va

o‘rtoqlari bilan xonaki spektakl yaratdi. Shunday qilib unda teatrga muxabbat paydo bo‘ldi. 1902-
yildan boshlab Taneyev maslahatiga ko‘ra Prokofyev Gliyer bilan shug‘ullana boshladi. 1909-yili
u konservatoriyani komplik bo‘limini tugatdi va N.N.Cherepnin sinfida o‘z bilimini davom ettirdi.

Bu yillarda u juda ko‘p asarlar yaratdi. Ulardan eng ko‘zga ko‘ringani fortepiano va orkestr

uchun birinchi konsert. 1912-yili Moskvada birinchi marta ijro etilib Prokofyevga katta
muvaffaqiyat olib keldi. 1912-1913 yillarda fortepiano va orkestr uchun Skiv syuitasi, fortepiano
uchun pyesalar ba romanslar yaratdi. 1915 -yili Dostoyevskiyning asari asosida katta opera
“Игрок” ni yaratdi. Prokofyev 1918-32 yillar davomida chetelda yashaydi.

Bu davrda ham u musiqaning hilmahil janrlarni ustida ishlaydi. Har xil shakllarda uning

konsertlari katta muvaffaqiyat bilan otar edi. Masalan: 1921 yilda “Uchta apelsinga muxabbat”
operasi, fortepiano va orkestr uchun “3- konsert”, Parijda “Masxaraboz haqida ertak” baletining
premyeralari bo‘lib o‘tdi. 1936- yilda uning mashxur baleti, “Romeo va Julyetta” yuzaga keldi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

60

Xayoti davomida: 12 ta opera, 7 ta balet, orotoriya, 6 ta kontata, 7 ta simfoniya, simfonik

syuitalar, fortepiano uchun 5 ta konsert, skripka va orkestr uchun 2 ta konsert, 2 ta torli kvartet, 14
ta sonata, 30 ta romans, kinofilmlar uchun musiqalar yaratdi.

Kontata - ( ital.. cantata, lot. Cantare- qo‘shiq)- yakkaxon, xor va orkestr uchun yozilgan

vocal instrumental asar

1

. Kontata g‘oya jihatidan bir biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha

nomerlardan tashkil topgan. Taniqli sovet rejissori Ser Eyzenshteyn XIII-asrda bo‘lib o‘tgan
Novgorod knyazligining tefton ritsarlari bilan kurashi haqida filmni surtga oldi. Voqea 1242-yilda
bo‘lib o‘tgan edi. Film musiqasini rejissorning eng yaqin do‘sti S.Prokofyev yaratdi. Film katta
muvaffaqiyatga ega bo‘ldi, lekin filmdagi musiqa yetarli emas edi, shuning uchun kompozitorga
musiqiy material ustida ishlashni davom ettirish istagi paydo bo‘ldi. S.Prokofyev yirik qismdagi
mustaqil asar ya’ni kontata ustida juda ham tez ish olib bordi. 1939 yil 17-mayda Moskva
konservatoriyasining katta zalida birinchi premyerasi bo‘lib o‘tdi. S.Prokofyev o‘z kontatasida rus
xalqining oliyjanob vatanparvarligini kuyladi. Knyaz Aleksandr Nevskiy o‘z xalqini
krestonosetslardan himoya qiladi. Kontatada rus asarlari va nemis ritsarlarining musiqiy
mavzulari qarama qarshi qo‘yilgan. Kompozitor kontataning birinchi tovushlaridan
qahramonlarga bo‘lgan munosabatlarini ko‘rsatdi. Dushmanlar musiqasi keskin, qopol, puflama
cholg‘ular ijrosida yangrasa, rus xalqining kuyi ohista, lirik, kuychan bo‘lib torli cholg‘ular
ijrosida sadolanadi. Kontata 7 qismdan iborat:

1 Русь под игом мангщльским.
2 Песня об Александра Невском.
3.Крестоносцы во Пскове.
4.Вставайте люди русские.
5.Ледовое побоище.
6.Мёртвое поле.

7.Въезд Александра во Псков.
Kontata janr jihatidan o‘ziga xos hususiyatga ega. Unda vokal nomer bilan birga ustaqil

orkestr epizodlari ham bor. Shunday qilib vokal kontata boshlashi dasturli simfonizm hususiyatlari
bilab bog‘liqdir. 1. Русь под игом мангольским. Bu 3 qismli tuzilmadan iborat bo‘lgan, orkestr
kirish qismidir. Musiqa intonatsion jihatdan buyoqlarga boy bo‘lib, rus halqining mangollar
tomonidan bosib olinganligi katta qayg‘u va g‘am bilan aks ettirilgan.

1

I.A Akbarov Musiqa lug‘ati-Toshkent G‘ofur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1987, 40b.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

61

2. Песня об Александра Невском. Altlar bilan to‘ldirilgan. Erkaklar xori va orkestr uchun

3 qismli reprizali shaklda yozilgan. Ruslarning shvedlar ustidan qilgan g‘alabasi haqida hikoya va
yangi tayyorlanayotgan sinovlar. Kuyning bir me’yordagi harakati Prokofyevning bilina
qo‘shiqlari harakteriga yaqinlashganini bildiradi. O‘rta qism “Ух как мы бились мы рубились
мы” so‘zlari bilan boshlanib, bir oz jonlidir. Garmonik jihatdan butun qism diatonik I-IV, I-V
pog‘onalar o‘rtasidagi plagal munosabatga asoslangan.

3. “Крестоносцы во Пскове” I-II qismga qarama qarshi. Orkestr kirish qismidagi

dissonanslar chaqiriq va nido sifatida yangraydi. Mayus kirish qismidan so‘ng krestonosetslarning
“Перегренус” xori ijro etiladi.

Bu yerda Prokofyev o‘zi yoqtirgan uslubni butun mavzularni yoki uning parchlarini

dinamik ravishda qayta ishlash va avvalgi mavzular bilan bog‘liq bo‘lgan yangi mavzu yaratishni
qo‘llagan. Klassik kuy past registrda boshlanadi va ikki oktava yuqoriga kengayadi. Keng
mavzuning dinamik repriza boshlanadi. Ikkinchi mavzu fa majorda ilxom baxsh etuvchi madhiya
ruxida yozilgan bo‘lib Prokofyevning oliy yutuqlaridan biridir. Mayus kirish qismi kirib
kelgandan so‘ng Peregrenus xori asta ilro etiladi.

4. “Вставайте люди русские” jabr-zulm tortgan buyuk rus endi boshqa qahramon

tomonidan ko‘rsatilgan. Xor ancha rivojlangan uni yorug‘ vatan urushi davrida juda ko‘pchilik
yoqtirar edi. O‘rta qismdagi ajoyib D-dur dagi mavzu Mixail Ivanovich Glinkaning “Руслан и
Людмила” dagi mavzuni eslatadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

62

5. “Ледовое побоище”- kontataning markaziy nomeri. U katta hajmdagi rivojlov bo‘lib,

avvalgi nomerlarda yangragan dramatik mavzularni uchratish mumkin. Shuningdek yangi rus
mavzular bu nomerda paydo bo‘ladi. Avval qishki peyzaj aks ettiriladi. U c-moll va gis-moll
uchtovushliklari orqali ko‘rsatiladi. Rus askarlarning paydo bo‘lishi xorning “Вставайте люди
русские” mavzui bilan boshlanadi. “Крестоносец” larning musiqasi qo‘pol va russlarning
musiqasi esa qat’iyatli va intiluvchan harakterda yangraydi.

6. “Мёртвое поле”- Metso soprano va orkestr uchun qo‘shiq 6-qism kontataning yagona

yakkaxon uchun yozilgan nomeri. Katta jangdan so‘ng ayol ovozining torli cholg‘ular ijrosidagi
lirik qo‘shig‘I yangraydi. Bu qo‘shiq vafot etkanlarni xotirlash qo‘shigo‘idir. Qo‘shiqning
qayg‘uli kuyini Prokofyev xalq yig‘ilari intonatsiyalari asosida yaratgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

63

7. “Въезд Александра во Псков” Finalda rus xalqining g‘alabasini ulug‘lovchi xori

yangraydi. Kontataning tanish bo‘lgan mavzulari “Вставайте люди русские” va “Песня об
Александра Невском” birlashtiradi. Birinchi qahromonona mavzu 4 ovozli xor yordamida,
madhiya ruhida, tantanovor harakterda sadolanadi. Ikkinchi mavzu ham xor yordamida ohista
tempda ijro etiladi.

Xulosa qilib aytganda “Александр Невский” kontatasi Sergey Sergeyevich

Prokofyevning ijodida asosiy o‘rinni egallaydi, chunki kontatadagi mavzu qahromonona epik
milliy mavzu bo‘lib, bu mavzu “Urush va tinchlik” operasida, “Ivan Grozniy” musiqasida va
boshqa asarlarda rivojlandi. Xozirgi kunda Prokofyevning asarlari yirik orkestrlarda ijro etilib
kelinmoqda.

REFERENCES

1.

I.A Akbarov Musiqa lug‘ati-Toshkent G‘ofur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti,
1987, 450b.

2.

Прокофьев С.С. “Александр Невский” контата для меццо сопрано, хора и оркестр соч
78- Москва Музыка 1971-88 с.

3.

Вишневецский И. Г. Сергей Прокофьев – Москва. 2009г (Жизнь за мечательных
людей).

4.

Прокофьев С.С. Поле мёртвых: из контаты “Адександр Невский”- Москва 2006 г.

5.

Путеводитель по диску “Александр Невский”: Великие композиторы Москва 2006-
181с

Bibliografik manbalar

I.A Akbarov Musiqa lug‘ati-Toshkent G‘ofur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1987, 450b.

Прокофьев С.С. “Александр Невский” контата для меццо сопрано, хора и оркестр соч 78- Москва Музыка 1971-88 с.

Вишневецский И. Г. Сергей Прокофьев – Москва. 2009г (Жизнь за мечательных людей).

Прокофьев С.С. Поле мёртвых: из контаты “Адександр Невский”- Москва 2006 г.

Путеводитель по диску “Александр Невский”: Великие композиторы Москва 2006-181с