DOI:
https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.102431Ключевые слова:
dvigitel motor generator stator rotor cho‘tka kollektor val cho‘lg‘am reostat.Аннотация
Ushbu maqolada temir yo‘l transporti avtomatika va telemexanika tizimlarida keng qo‘llaniladigan o‘zgarmas tokda ishlovchi dvigatellarning ishlash prinsipi, konstruksion tuzilishi va ularning afzalliklari hamda kamchiliklari yoritilgan. Dvigatellar sinxron cho‘tkali dvigatellar turiga mansub bo‘lib, kollektor va cho‘tka mexanizmi orqali quvvatlanadi. Ular stator magnit maydonida aylanish orqali ishlaydi. Statorlar doimiy magnit yoki cho‘lg‘amlardan iborat bo‘lib, dvigatel quvvatiga qarab tanlanadi. Maqolada, shuningdek, dvigatelning aylanish tezligini o‘zgaruvchan qarshilik orqali boshqarish usullari, ketma-ket, parallel, mustaqil va aralash qo‘zg‘alish sxemalari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. O‘zgarmas tok dvigatellari tejamkorligi, ekologik tozaligi, soddaligi va tezkor ishga tushirilishi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, ulanish uchun maxsus quvvat manbaini talab qilishi va texnik xizmat ko‘rsatish zaruriyati kabi kamchiliklari mavjud. Dvigatellarning asosiy qo‘llanilish sohalari — elektrovozlar, tramvaylar, elektr poyezdlar, yuk ko‘tarish mexanizmlari va sanoat uskunalarida tezlikni keng diapazonda boshqarish zarur bo‘lgan tizimlardir. Ushbu tadqiqot temir yo‘l avtomatikasi sohasidagi zamonaviy motorlarni tanlashda muhim ahamiyatga ega.
Библиографические ссылки
Clarence W. de Silva, Sensors and Actuators Control system Instrumentation, CRC Press, 2007, 699 p.
Nathan Ida, Sensors and their Interfaces, SciTech publishing, UK, 2014, 784 p.
Микропроцессорная Система Технических Средств (МСТС). Руководство по программированию. Смоленск: ОАО НПО “Техноприбор”
Карпов Ю.Г. Теория автоматов. СПб.: Питер. – 2002. – 254 с.
Шалыто А.А. Логические управление. Методы аппаратной программой реализации алгоритмов. СПб.: Наука, 2000.
Sipser, Michael, “Instruction” to the Theory of Computation,” 2nd edition, Thomson Course Technology, ISBN 0-534-95097-3. Chapter 8: Space Complexity, 2006.
