92
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ALISHER NAVOIYNING “XAMSA” DOSTONIDA HUSAYN BOYQARO
TAVSIFI
Abdullayeva Mavluda Vahobjon qizi
Namangan davlat universiteti "Ózbek adabiyotshunoslik" kafedrasi 2-kurs
magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Alisher Navoiy “Xamsa”
14
dostonlari asosida
Husayn Boyqaro obrazining badiiy talqini o‘rganiladi. Muallif Navoiy asarlaridagi
Husayn Boyqaro siymosini tarixiylik va badiiylik nuqtayi nazaridan tahlil qiladi.
Dostonlarda shoh obrazlari orqali Husayn Boyqaroning ideal hukmdor sifatlari –
adolat, ilmparvarlik, insonparvarlik va nafsni yengish kabi fazilatlari yoritiladi.
“Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Saddi Iskandariy” kabi asarlarda berilgan
manzaralar orqali bu ulug‘ sultonning ma’naviy portreti chiziladi.
Аннотация:
В данной статье рассматривается художественное
воплощение образа Хусейна Байкаро в поэмах «Хамса» Алишера Навои. Автор
анализирует образ правителя с точки зрения исторической достоверности и
художественной интерпретации. Через образы правителей в поэмах
раскрываются идеальные черты Хусейна Байкаро как справедливого, ученого и
гуманного правителя, стремящегося преодолеть свои страсти. Особенно
выделяются поэмы «Хайрат уль-аброр», «Фархад и Ширин» и «Садди
Искандарий».
Abstract:
This article explores the artistic depiction of Sultan Husayn Bayqara
in Alisher Navoi’s “Khamsa” quintet. The author analyzes how Navoi portrays
Husayn Bayqara not only as a historical figure but also as a literary ideal of a just,
wise, and humane ruler. Through characters and events in poems such as “Hayrat ul-
Abror”, “Farhod and Shirin”, and “Saddi Iskandariy”, the moral and spiritual image
of Husayn Bayqara is vividly illustrated.
Kalit sózlar:
"Xamsa" "ğoziy" "soqiy" "Hayrat ul abror" "Farhod va Shirin"
"Layli va Majnun" "Sabbai sayyor" "Saddi Iskandariy" renessans
15
, "Risola" va h. k
Alisher Navoiy “Xamsa” dostonlari orqali Husayn Boyqaroning tarixiy
siymosini yuksak badiiy darajada yoritgan. Bu obrazlar faqat adabiy vosita emas,
14
Arabcha “beshlik” degan ma’noni bildiruvchi so’z
15
Uyg’onish, rivojlanish
93
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
balki tarixiy haqiqatning badiiy ko‘rinishi sanaladi. Navoiy nazarida Sulton Husayn
Boyqaro ilm, adolat, donishmandlik va insonparvarlik mezonlariga mos keluvchi
hukmdor hisoblangan. Shu boisdan Navoiy o‘zining eng yirik va tarixiy asari
hisoblanmish bu yaxlit dostonida Husayn Boyqaroni har bir doston boshlanmalarida
e’tirof etadi. Nafaqat uni, balki uning zurriyodi Badiuzzamon n=mirzo madhi va unga
ko‘plab nasihat-u maslahatlar berib o‘tadi. Shu joyida Navoiyning chindan ham
“mutafakkirlar mutafakkiri” ekanligiga to‘liq amin bo‘lasiz. Chunki Navoiydan
Husayn Boyqaroning Yoshi ulug‘, garchand ular bir vaqtda maktabga borgan
bo‘lishlariga qaramay. Ikkinchidan, hukmdorlar Allohning yerdagi soyalari bo‘lib,
ularga qanchalik yaqin kishi bo‘lsangiz ham ko‘p nasihat qilish joiz ermas.
Uchinchidan, podshoh zoti borki, ularga aql o‘rgatgan kishini xushlamaydi, uning
haq gaplarini tan olgisi kelmaydi, o‘zini u insondan aqlsiz deya masala jiddiy tus
olishi mumkin. SHu jihatlaridan olib qaraydigan bo‘lsak, Navoiy bunda mohirlik
bilan Badiuzzamon mirzo obrazidan ham shahzodaga yuksak ehtiromini ko‘rsatdi,
ham Husayn Boyqaroga demoqchi bo‘lgan so‘zlarini ustalik bilan Badiuzzamon
mirzoga maslahat, olqish, nasihat ko‘rinishida namoyon etdi. Bundan tashqari
dostondagi bosh qahramon obrazlari orqali Husayn Boyqaroning protatipini yaratdi.
Jumladan, “Hayrat ul abror” dostonidagi hikoyatlardagi shohlarning adolati, qonuniy
choralar ko‘rishi, hiylagarlarni jazolashi kabi manzaralarda Husayn Boyqaroning
tavsifini ko‘rishimiz mumkin. Yoki “Farhod va SHirin “ dostonida Farhod obrazi
orqali komillikka intilayotgan inson timsolini uchratamiz. Shu jihatdan bu dostonda
Navoiy podshohini aynan komil inson bo‘lishini orzu qiladi va uni ham nafsni
yengishga ezgulik sari olg‘a intilishga chorlaydi. “Sabbai sayyor” dostonida esa shoh
Bahrom obrazi orqali tez erishilgan narsaning inson hayotida u qadar qadri
bo‘lmasligi, to‘qlikka sho‘xlik kabi illatlar qalamga olinadi. Shoh Bahrom kibrga
berilganligi, nafsi yo‘lida hech bir haqiqatni tan olmay, hech bir nasihatni eshitmay
qilgan ishlari ortidan oxiri uni yer yutadi. Vaqtida ogoh bo‘lmagan bandasining holi
shunday bo‘lishini hazrat uqtirib o‘tadi. “Saddi Iskandariy” dostonida esa Navoiy
Iskandarni har tomonlama shohlik sifatlarini o‘zida jamlagan hukmdor sifatida e’tirof
etadi. Iskandar goh katta-katta mashvaratlar uyishtirsa, goh o‘zga davlatlarga harbiy
safarlar tashkil qiladi. Abadiy tiriklik suvini izlab, yer ostiga kirgan ham, sehrgarlar
tilsimini olimlar yordamida ilm yo‘li bilan yenggan ham uning o‘zi edi. 500 olimni
qayerga borsa ham o‘zi bilan olib yurgan bu hukmdor, manmanlikka mukkasidan
ketmagan, darveshning so‘zi haqiqat bo‘lsa uni o‘zidan baland tutgan, 800 yilda bir
tug‘ilgan alomatli inson deya e’tirof etilgan.
94
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Xulosa qiladigan bo‘lsak, “Xamsa” dostonlarida Navoiy qanchalik ustalik bilan
Husayn Boyqaro obrazini gavdalantira olgan. Unga xos bo‘lgan sifatlarni tanlab,
so‘zlar sehri bilan ifodalay olgan. Xalqparvarligi, adolati, xalq g‘amini yeyishi, hayit
kunlari namozlarga borishi va shunga o‘xshash go‘zal sifatlarini ta’riflab bergan.
“Shoh G‘oziy” sifati bilan ulug‘lab, nomiga go‘zal tashbihlar yordamida
o‘xshatmalar bitgan. Goh sahovatda dengizga qiyoslasa, goh quyosh uning sahiyligi
oldida bir zarraga aylanib hijolat chekishini aytib o‘tadi. Kamchiliklariga ham
yuzlanib, iymonga, insofga chaqiradi.
Alisher Navoiy haqida fikr yuritganimizda bevosita ana shu davr muhitiga asos
solgan Husayniy nomi bilan ijod qilgan shoh Husayn Boyqaro nomini tilga olamiz.
Bu nom bizlarga Mirkarim Osimning ‘’Zulmat ichra nur’’, Oybekning ‘’Navoiy’’,
‘’Bola Alisher” kabi asarlaridan tanish. XV asrning “mumtoz davr” bo‘lishiga sabab
bo‘lgan bu ulug‘ hukmdor nafaqat ilm fanga homiylik qildi, balki mamlakatni obod
qilishda, osmono‘par imoratlar qurishda faol ishtirok etdi. Shoh va shoir Bobur
Husayn Boyqaroning shakl-shamoyilini chizish jarayonida uning shaxsiy
xususiyatlari va insoniy fazilatlarini teran ilg‘ashga ham intiladi. “Harrof va xushxulq
kishi edi. Xulqi bir nima guzaroroq voqe bo‘lub edi, so‘zi ham xulqidek edi. Ba’zi
muamolotga shar’ni bisyor rioyat qilur edi. Bir qatla bir o‘g‘li bir kishini o‘lturgani
uchun qonliqlarg‘a topshurub, dorilqazog‘a yibordi. Shuju va mardona kishi erdi.
Temurbek naslidin hech kim ma’lum emaskim, Sulton Husayn Mirzocha qilich
chopmish bo‘lg‘ay”. Ma’lumki, Husayn Boyqaro temuriy shahzodalar orasida eng
donishmandi, barcha soha hunarmandlarini, ilm ahlini qo‘llab quvvatlaydigan
homiysi hisoblangan. Uhukmronlik qilgan davrda Xuroson, ayniqsa uning poytaxti
Hirot shahri adabiy, madaniy, ilmiy va san’at markazi sifatida rivojlanadi, taraqqiy
etadi. Husayn boyqaro obrazi buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning deyarli barcha
asarlarida ko‘zga ko‘rinadi. Ayniqsa, shoir asarlarining gultoji hisoblangan “Xamsa”
dostonida Husayn Boyqaro tasviri, uning qilgan ezgu amallari, bunyodkorliklari
qalamga olinadi. Alisher Navoiyning “Hayrat ul abror” dostonidagi uchinchi
maqolatda ulug‘ shoirning hukmdor haqidagi qarashlari o‘zining badiiy ifodasini
topgan. Dostonning 26-bobini tashkil etuvchi ushbu maqolat “Salotin bobidakim,
adolatlari “ayn”ning chashmayi zuloli mulk bo‘stonin serob qilg‘ay, to bu bo‘stondin
amniyat va farog‘at gullari ochilg‘ay…” tarzidagi sarlavha bilan boshlanadi.
Maqolatda so‘z podshohlar va ularning nomlarini mangu bo‘lib qolishiga daxldor
bo‘lguvchi adolatli siyosatlari xususida boradi. “Adolat” so‘zi arab yozuvida “ayn “
harfi bilan yoziladi. Mutafakkir shoir uning birinchi harfidan kelib chiqib, juda
chiroyli tashbehni o‘z o‘rnida, maqolat sarlavhasidayoq qo‘llaydi. Alisher Navoiy
95
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Husayn Boyqaroni ushbu asarida “Shoh G‘oziy” deya ulug‘laydi. “G‘oziy” so‘zi
Navoiy asarlari lug‘atida “g‘azot qiluvchi”, “Jang qilib boshqa yerlarni bosib
oluvchi” degan ma’nolarni anglatadi. Haqiqatan ham “Xamsa” dostonini o‘qish
vaqtida Husayn Boyqaro madhiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, uning chindan ham
qilichini qalqon qilib ko‘p harbiy safarlar uyishtirganiga guvoh bo‘lamiz.
Navoiy asarlari Sharq va G‘arb adaiyotida alohida ahamiyatga ega. Uning
asarlaridan kim nimani izlasa, o‘shani topa oladi. Chunki uning asarlari oradan qariyb
olti yuz yil vaqt o‘tgan bo‘lsa ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Uning asarlari
g‘oyasi va mazmun ko‘lami keng bo‘lib, ularning ilmiy-tasavvufiy g‘oyalari,
tipologik xususiyatlari alohida ahamiyatga ega sanaladi. Navoiy asarlarining obrazlar
tizimi, ifodalanishi, tasvir doirasi va uslub poetikasiga tasavvufiy-ma’rifiy g‘oyalar
singib ketganligi, bu tasavvufiy masalalar Suyuma G‘aniyeva, Ibrohim Haqqul,
Najmiddin Komilov, Aziz Qayumovlar tomonidan yoritilgan. Ushbu dissertatsiyamda
esa Navoiyning eng yirik “Xamsa” asarida Husayn Boyqaro timsolini o‘rganib
chiqib, Navoiy naznida bu ulug‘ sulton qanday tasvirlanganligini imkon qadar
jumlalar orqali yoritdim. Shu bilan birga tadqiqot ishida Husayn Boyqaroning Navoiy
bilan munosabati, uning erishgan yutuqlari ham batafsil bayon etilgan.
Yuqoridagilarni asoslagan holda shuni aytish joizki, Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida: “Biz o‘z oldimizga
mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni
qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar,
Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va shroitlarni
yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush
tarzini qaror toptirish, ilm fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish borasida ham
milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim”, - deya ta’kidlab
o‘tganligi ham bizlar uchun ahamiyatlidir. Navoiy ijodini o‘rganish bo‘yicha Jahon
adabiyotida E. E Bertels, V. V. Bartoldlarni keltirish mumkin. O‘zbek adabiyotida
esa o‘tgan asrdan boshlab shoir ijodiga qiziqish, asarlaridagi tub mohiyatni anglash
sari qadamlar boshlangan. Shuni ham e’tirof etish mumkinki, Navoiy ijodiga qiziqish
uning hayotlik davridayoq boshlangan. Bu haqida biz Navoiy bilan bir davrda
yashagan ilm ahlining asarlaridsn bilishimiz mumkin. S. Hasanovning “Navoiyning
yetti tuhfasi”, S. G‘aniyevaning “Navoiy nasri nafosati”, H. Qudratillayevning
“Alisher Navoiyning adabiy estetik qarashlari”, “Najmiddin Komilovning “Xizr
chashmasi”, “Ma’nolar olamiga safar”, I. Haqqulning uch kitobdan iborat “Navoiyga
qaytish”, Aziz Qayumovning “Dilkusho takrorlar va ruhafzo ash’orlar” kabi yozgan
ishlarini misol sifatida tilga olishimiz mumkin.
96
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Shu vaqtgacha qilingan dissertatsiya ishlarida Husayn Boyqaro va Navoiy
obrazlariga alohida to‘xtalish uning “Tarixi mulki ajam” asari asosida uchraydi.
So‘nggi yillarda Shukrullo Islomov, G‘aybulla Xolbekovlar Alisher Navoiy
asarlaridagi tarixiy shaxslar portreti, ayniqsa, Husayn Boyqaro obrazining talqinini
yoritgan.
Ushbu magistrlik ishida aynan Navoiyning “Xamsa” dostonlarida Husayn
Boyqaroning debochalarda maqtov va olqishlarga sazovor bo‘lishi, unga xos bo‘lgsn
sifatlar bilan ulug‘lanishi, har bir dostondagi qahramonlar xarakterlari orqali Husayn
Boyqaro portreti chizilishi bayon etilgan. Dostonning asl variantidan parchalar
keltirilib, shakl va mazmun jihatdan tahlil qilingan. Uning g‘oya va maqsadlari
asoslanib, ochib berilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Alisher Navoiy. "Xamsa". Toshkent: Fan nashriyoti.
2. Navoiy, A. "Majolis un-nafois", "Munshaot", "Tarixi anbiyo va hukamo".
3. G‘aniyeva, S. "Navoiy va uning davri". Toshkent: Fan, 1970.
4. Osim, M. "Zulmat ichra nur". Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 1966.
5. Oybek. "Navoiy". Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 1943.
6. Davlatshoh Samarqandiy. "Tazkirat ush-shuaro".
7. Xondamir. "Makorim ul-axloq".
8. Mallayev, N. "Navoiy ijodiyotining xalqchil negizi". Toshkent, 1973.
