97
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA LEKSIK-SEMANTIK
TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Marqayeva Yoqutxon Boytemir qizi
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 2-kurs magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida leksik-semantik
tafakkurni shakllantirsh usullari ko‘rib chiqiladi. Leksik-semantik taffakkur
o‘quvchilarga so‘zlar va ularning ma’nolari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni tushunishga
yordam beradi. Maqola o‘quvchilar uchun samaqali ta’lim usullarinini aniqlash va
taqdim etishga qaratilgan. Shuningdek, innovatsion metodlar va ta’lim
texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni muhokama qilinadi.
Kalit
so‘zlar:
Leksik-semantik
tafakkur,
boshlang‘ich sinf, o‘yinli
mashg‘ulotlar, interaktiv metodlar, so‘z boyligi, semantik o‘rganish, o‘rganish
metodlari, muloqot ko‘nikmalari, fikrlarni ifodalash, yangi leksik birliklar, leksik
o‘yinlar, so‘zlarni yaratish, nutq madaniyati.
Annotation:
This article explores methods for developing lexical-semantic
thinking in primary school students. Lexical-semantic thinking helps learners
understand the relationships between words and their meanings. The article aims to
identify and present effective teaching methods for students. In addition, it discusses
the role of innovative methods and educational technologies in the learning process.
Keywords:
Lexical-semantic thinking, primary school, game-based activities,
interactive
methods,
vocabulary,
semantic
learning,
learning
methods,
communication skills, expression of ideas, new lexical units, lexical games, word
formation, speech culture.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining leksik-semantik tafakkurini shakllantirish
ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqlarida ta’lim va tarbiyaning jamiyatdagi
o‘rni haqida quyidagicha ta’kidlaydi: “Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni
qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. ”
Ushbu fikr, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz jamiyat
taraqqiyotining asosi ekanligini ko‘rsatadi.
Leksik-semantik tafakkur, o‘quvchilarni so‘zlar va ularni ma’nolarini o‘rtasidagi
bog‘lanishlarni tushunishga, o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifodalashga va og‘zaki nutqini
98
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu jarayon o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash,
ijodkorlik va o‘z-o‘zini anglash qobiliyatlarini mustahkamlashda muhim rol
o‘ynaydi.
Boshlangi‘ch sinf o‘quvchilari uchun leksik-semantik guruhlarni o‘rganish,
ularning so‘z boyligini oshirish va muloqot qobiliyatini rivojlantirishda juda zarul
hisoblanadi. O‘quvchilar so‘zlar va ularning ma’nolarini o‘rganish jarayonida turli
usullarni qo‘llash orqali leksik-semantik tafakkurlarini shakllantirishlari mumkin. Bu
esa, o‘z navbatida, ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga yordam beradi.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida leksik-semantik tafakkurni
shakllantirish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolaning asosoiy maqsadi o‘quvchilar
uchun samarali ta’lim usullarini aniqlash va tavsiyalar berishdan iboratdir.
Shuningdek, maqolada ushbu jarayonda foydalaniladigan innovatsion metodlar va
ta’lim texnologiyalari ham muhokama qilinadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida leksik-semantik tafakkurni shakllantirish
uchun bir necha usullar tizimli ravishda qo‘llaniladi. Har bir usul bolalarning yosh
xususiyatlari va bilim olish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. Bulardan
biri o‘yinli mashg‘ulotlar usuli. O‘yinli mashg‘ulotlar metodini qo‘llash boshlang‘ich
sinfda o‘qitishning eng samarali va qiziqarli usullaridan biridir. Bolalar tabiatan o‘yin
orqali o‘rganishga qiziqadilar va bu usul ularni o‘qish jaryoniga faol jalb qilishga
yordam beradi. O‘yinli mashg‘ulotlar o‘quvchilarga so‘zlarning ma’nolarini
anglashda, ularning semantik xususiyatlarini tushunishda va nutq faoliyatlarini
rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. O‘yinli mashg‘ulotlarning asosiy afzalligi
shundaki, ular o‘quvchilarning e’tiborinijalb qilib, ularni o‘rganishga faollashtiradi.
O‘quvchi o‘yin jarayonida ko‘proq o‘zaro muloqotda bo‘ladi va bu nafaqat so‘z
boyligini oshirish, balki o‘quvchilarning tafakkurini kengaytirishga xizmat qiladi.
O‘yin orqali o‘quvchilar o‘rganilyotgan leksik birliklarni amalda qo‘llash
imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ularning bilimlarini mustahkamlaydi. O‘yin
o‘quvchilarni o‘rganishga undaydi, chunki bolalar o‘yin orqali bilim olishni ko‘proq
qiziqarli va oson deb his qilishadi. O‘quvchilarda o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqish
kuchayadi. O‘yin yordamida o‘quvchilar yangi so‘zlarni o‘rgandilar, sinonim va
antonim so‘zlar haqida tushunchalarni shakllantiradilar. Bundan tashqari, o‘yin
jarayonida so‘zlarning turli ma’nolarini va ularning kontekstdagi o‘zgarishini
o‘rganadilar. O‘quvchilar o‘yin davomida o‘z fikrlarini ifodalashga va muloqot
qilishga ko‘proq vaqt sarflashadi, bu esa ularning nutq malakalarini rivojlantiradi.
“Ma’nodoshini top” metodi: O‘quvchilarga bir qancha so‘z berilib, ular bu
so‘zlarning ma’noshlarini topishlari kerak. Misol uchun, “yaxshi” leksemasi uchun
99
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
o‘quvchilar “a’lo”, “zo‘r” kabi so‘zlarni sinonim sifatida tanlashadi. Bu metod
leksemalarning ma’no turkumlarini o‘rganishga xizmat qiladi. “Zid ma’noli so‘z top”
o‘yini: Bu didaktik o‘yinda o‘quvchilar keltirilgan so‘zning qarama-qarshi
ma’nolarini topishlari kerak. Misol tariqasida, “issiq” leksemasining antonimi
“sovuq”, “yaxshi” so‘zining zid ma’nosi esa “yomon”. Bu kabi didaktik o‘yin
o‘quvchilarga so‘zlarning antonimlarini tushunishga ko‘maklashadi. “O‘ylab ko‘r”
o‘yini: Bolalar berilgan so‘zning sinonimi yoki antonimini o‘ylab topishi kerak
bo‘ladi. Bu metod o‘quvchilarning so‘zlarni o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va
samarali qiladi. Didaktik o‘yinlarining ta’siri ilmiy jihatdan ham isbotlangan. Sh. A.
Raximov (2018) fikricha, o‘yin metodlari o‘quvchilarning diqqatini dars jarayoniga
qaratadi, o‘quvchilarning qiziqishini orttiradi va ular yangi ma’lumotlarni faollik
bilan o‘zlashtiradilar. O‘yinli mashg‘ulotlar o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini
rivojlantirishda muhim hisoblanadi, chunki o‘quvchilar o‘yin mobaynida mantiqiy va
semantik aloqalarni qidiradi va ularni to‘g‘ri tushunadi.
Grafik tasvir va Klaster metodlari o‘quvchilarga leksemalarning ma’nolarini
anglash, ularning ma’noviy jihatlarini tushunish va so‘zlarni turli matnlarda ishlatish
imkoniyatini hosil qiladi. Bu usullar orqali o‘quvchilar nafaqat so‘zning ma’nosini
tushunishadi, balki ular orasidagi aloqalarni ko‘rishadi va leksik-semantik guruhlarni
tahlil qilish malakalarini orttiradi. Grafik tasvirlar (diagrammalar, sxemalar,
jadvallar) orqali o‘quvchilar leksemalarning ma’nolarini yaxshiroq o‘rganadilar. Ular
so‘zlarning farqli ma’nolarini va ularning matndagi joylarini ko‘rish orqali
tafakkurlarini rivojlantiradilar. Grafik tasvirlar metodini foydalanishda, o‘quvchilarga
leksemalarning ma’nolarini ko‘rish va bu ma’nolarni bir-biriga bog‘lash imkoniyati
beriladi.
Klaster usulida
o‘quvchilar bir-biriga aloqador bo‘lgan leksemalarni
guruhlaydilar va ularning orasidagi semantik munosabatlarni o‘rganadilar. Bu metod
o‘quvchilarga so‘zlarning ma’nolarini yaxshiroq tushunishga va ular o‘rtasidagi
aloqalarni anglashga ko‘maklashadi. Klaster metodida so‘zlar bir-biriga bog‘lanib,
mantiqiy tizimda shakllantiriladi. Bu usullar o‘quvchilarga nafaqat so‘zlarning
ma’nolarini, balki ularning matndagi o‘rinlarini ham anglashga ko‘maklashadi.
Grafik tasvirlar va klasterlar yordamida o‘quvchilar so‘zlarning bir-biriga
bog‘lanishini va semantik aloqalarini ko‘rishadi. Bu metodlar leksik-semantik
tafakkurni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular o‘quvchilarga
nafaqat ma’lumotlarni o‘rganish, balki o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishga
ham hissa qo‘shadi. Klaster metodining samaradorligi ilmiy tadqiqotlarda o‘z aksini
topdi. Tohirova (2021) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda, klaster metodining
o‘quvchilarga so‘zlarning semantik munosabatlarini tushunishga ko‘maklashishini
100
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ta’kidlangan. Shuningdek, grafik tasvirlar orqali o‘quvchilar so‘zlarning ma’nolarini
va ularning m’noviy jihatdan farq qilishini aniq ko‘rishadi, bu esa ularning
tafakkurlarini kengaytiradi. Leksema
larni tahlil qilish va ajratish metodlari
o‘quvchilarga so‘zlarning turli ma’nolarini topish, ularning semantik tuzilishini
anglash va so‘zlar orasidagi tafovvutlarni ajratish imkonini beradi. Ushbu metodlar
yordamida o‘quvchilar leksemalarning o‘zi va ularning ma’nodoshlari, zid
ma’nolilari, ma’nolaridagi nozik farqlarni yaxshiroq tushunishadi. So‘zlarni tahlil
qilish usullari o‘quvchilarga o‘zlashtirayotgan so‘zning barcha semantik tomonlarini
faarqlashga yordam beradi. Sinonim va antonimlarni farqlash metodlari
o‘quvchilarga so‘zlarning zid ma’nolarini tushunishga ko‘maklashadi. Bu metod
yordamida o‘quvchilar so‘zlarni nafaqat o‘z ma’nosi bilan, balki boshqa so‘zlar bilan
taqqoslab ko‘rishadi. Sinonimlar orqali o‘quvchilar so‘zlarning o‘ziga xos ma’no
jihatlarini, antonimlar orqali esa ularning qarama-qarshi ma’nolarini tushunishadi.
Masalan:
O‘quvchilarga “yaxshi” so‘zi aytiladi, ular bu so‘zning ma’nodoshlarini
(a’lo, zo‘r, ajoyib) va qaram-qarshi ma’nolarini (yomon, yaxshi emas) ajratishadi. Bu
jarayon so‘zlarning leksik- semantik tomonlarini samaraliroq tushunishga yordam
beradi. So‘zlarni tahlil qilish usullari o‘quvchilarning leksik-semantik tafakkurlarini
shakllantirishda samarali ekanligi ilmiy tadqiqotlarda izohlangan. Raximov (2015)
tomonida o‘tkazilgan tadqiqotlar so‘zlarni tahlil qilish usulining o‘quvchilarda
so‘zlarning semantik munosabatlarini tushunishga va ularning og‘zaki nutq
ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berishini ko‘rsatgan. Ushbu kabi uslub
o‘quvchilarni so‘zlarning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunishga olib keladi va
ularning ma’lum bir so‘zning ma’nosini yanada aniqroq anglashiga yordam beradi.
Shunday qilib, matnni tahlil qilish usullari shakllar mazmunini, so‘zlarning va
iboralarining kontekstdagi ma’nolarini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Mantiqiy
tuzilmani aniqlash usullari esa o‘quvchilarg a matndagi ma’lumotlar o‘rtasidagi
aloqalarni, fikrlarning qanday bog‘langanligini tushunishga yordamlab, bu qatlarning
quyidagi jumlalardagi mu
ㅡ
niyatini aniqlab beradi. Ushbu usullar o‘quvchilarda
mantiqiy fikrlash habkiga asoslanilgan so‘zlarning ma’nolarini chuqur angalash
ko‘nikmalarini rivojlantiradiu. Matnni tahlil qilishda o‘quvchilar so‘zlari va
iboralarni tahlil qilib, matnni o‘qib chiqib, uning asosiy fikrlarini va tarkibiy
bo‘limlarini aniqlaydilar. Ulalar matnni o‘z ichiga olgan so‘zlar va iboralar
munosabatlarini tahlil qilib, matning mantiqiy tuzilmasini aniqlashadilar.
Matnni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar so‘zlarning ma’nolarini aniqlab,
ularning matndagi o‘rinlarini tushunishga harakat qiladilar. Masalan, o‘quvchilarga
“Yoz fasli” haqida qisqa matn berilib, ular matnni tahlil qilib, faslning qanday
101
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
tasvirlanganligini, so‘zlarning ma’nolarini qanday ishlatilganini aniqlaydilar. Bunda
o‘quvchilar matndagi asosiy g‘oyalarni ajratib olishadi va matnni tushunish
darajalarini ko‘rsatadilar. Matnni tahlil qilish va mantiqiy tuzilmani aniqlash
metodlari haqida ilmiy tadqiqotlar ko‘plab foydali natijalarga erishilganligini
ko‘rsatadi. Tursunov (2019) o‘z ishida matnni tahlil qilishning o‘quvchilarda
so‘zlarning semantik va grammatik tuzilishini tushunishga yordam berishini
ta’kidlagan. Ushbu metod orqali o‘quvchilar matnni mantiqiy ravishda tahlil qilib,
fikrlarni aniq ajratib olishadi va so‘zlarning kontekstdagi ishlatilishini tushunadilar.
Shuningdek, Maqsudov (2020) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda matnni tahlil qilish
metodining o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash va nutqni tahlil qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirishda qanday yordam berishini ko‘rsatgan.
Ma’lumotlarni tizimli tarzda
o‘rgatish
metodlari o‘quvchilarga o‘rganilayotgan mavzuni tartiblangan holda
o‘zlashtirish imkonini beradi. Bu metodlar yordamida o‘quvchilar ma’lumotlarni
yaxshiroq
eslab
qolishlari
va
ularni
o‘zlarining bilimlariga asoslanib
mustahkamlashlari mumkin. Tizimli o‘rgatishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda
so‘zlarning turli semantik qatlamlarini ajratib ko‘rsatish va bu ma’lumotlarni ta’lim
jarayonida samarali foydalanishdir. Tizimli o‘rgatish metodida o‘quvchilar birinchi
navbatda asosiy tushunchalarni o‘rganadilar, so‘ngra bu tushunchalar o‘rtasidagi
bog‘lanishlarni tushunishga harakat qiladilar. Bu metod orqali o‘quvchilar
o‘rganilayotgan mavzuni yaxshiroq tushunib, uni tizimli tarzda o‘zlashtirishadi.
O‘quvchilar ma’lum bir mavzuni ketma-ketlik bilan o‘rganib, har bir bosqichda yangi
bilimni oldingi bilimlarga asoslaydilar. Masalan: So‘zlarning sinonim va
antonimlarini o‘rgatishda o‘quvchilarga avval asosiy tushunchalar (masalan,
“sinonim” va “antonim” tushunchalari) tushuntiriladi, keyin esa bu tushunchalar
yordamida misollar keltiriladi va o‘quvchilar sinonim va antonimlarni ajratishda
tizimli yondashuvni o‘rganadilar. Ma’lumotlarni tizimli tarzda o‘rgatish va
mustahkamlash metodlari haqidagi ilmiy tadqiqotlar bu usulning samaradorligini
ko‘rsatadi. Xususan, Abdullaeva (2021) tomonidan olib borilgan tadqiqotda tizimli
o‘rgatish metodining o‘quvchilarda so‘z boyligini oshirish va semantik tafakkurlarini
rivojlantirishdagi ahamiyati ta’kidlangan. Shuningdek, Mustafayeva (2019) o‘z
tadqiqotida ma’lumotlarni mustahkamlash jarayonining o‘quvchilarda o‘zlashtirilgan
bilimlarni uzoq muddatli saqlashga yordam berishini ko‘rsatgan. Ushbu tadqiqotda
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida leksik-semantik tafakkurni shakllantirishning turli
metodlari, xususan, o‘yinali mashg‘ulotlar, yangi leksik birliklarni yaratish va
interaktiv metodlar yordamida sinovdan o‘tkazildi. Tadqiqot jarayonida quyidagi
asosiy natijalarga erishildi:·
O‘yinli Mashg‘ulotlarning Samaradorligi:
Tadqiqotda
102
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
o‘yinli
mashg‘ulotlarning
o‘quvchilarning
leksik-semantik
tafakkurlarini
shakllantirishdagi ahamiyati kuzatildi. O‘quvchilar o‘yinlar yordamida o‘rganilgan
so‘zlarni samarali va tez o‘zlashtirishdi. O‘yinlarda faol ishtirok etgan o‘quvchilar
so‘zlarni yanada to‘g‘ri ishlatish hamda ularning semantik o‘zgarishlarini aniqlashda
muvaffaqiyat ko‘rsatdilar. Shuningdek, o‘yinlar o‘quvchilarda ijodiy tafakkur va
fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam berdi.
Yangi leksik birliklar
yaratishning ta’siri:
Yangi leksik birliklarni yaratish mashg‘ulotlari o‘quvchilarning
so‘z boyligini kengaytirishda muhim rol o‘ynadi. O‘quvchilar o‘zlarining
yaratuvchanliklarini namoyish etib, o‘rganilgan so‘zlarni o‘ziga xos va kreativ tarzda
qo‘llashni o‘rgandilar. Bu metod o‘quvchilarga nafaqat so‘zlarning ma'nosini, balki
ularni haqiqiy hayotda qanday ishlatishni tushunishga yordam berdi.
Interaktiv
metodlarning samarasi:
Interaktiv metodlar, jumladan, guruh ishlari va so‘zlar bilan
ishlash mashg‘ulotlari, o‘quvchilarning so‘z boyligini va ularning o‘zaro muloqot
qilish qobiliyatini oshirdi. O‘quvchilar guruh bo‘lib ishlashda bir-birlarining
bilimlarini to‘ldirib, o‘rganilgan so‘zlarni turli kontekstlarda qo‘llashni o‘rgandilar.
Shuningdek, interaktiv metodlar o‘quvchilarda o‘zaro fikr almashish va fikrlarni aniq
ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam berdi.
Fikrlarni yozma va og‘zaki
shaklda ifodalash:
Yozma va og‘zaki shaklda so‘zlarni ishlatish mashg‘ulotlari
orqali o‘quvchilar so‘zlarning turli kontekstlarda qanday ishlatilishini o‘rganishdi.
Mashg‘ulotlar o‘quvchilarga o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifodalash, so‘zlarni aniq va to‘g‘ri
ishlatishda yordam berdi. Bu metod leksik-semantik tafakkurning rivojlanishiga katta
hissa qo‘shdi.
Boshqalar bilan muloqotning ta’siri:
O‘quvchilar boshqalar bilan
muloqotda bo‘lish orqali o‘rganilgan so‘zlar va iboralarni qo‘llashni o‘rgandilar.
Muloqot mashg‘ulotlari o‘quvchilarga so‘zlarning semantik yuksalishi va ularni turli
kontekstlarda qo‘llashni o‘rgatdi. Bu metod o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga
va nutq madaniyatni rivojlantirishga katta yordam berdi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, leksik-semantik tafakkurni shakllantirish
uchun faqat nazariy bilim yetarli emas, balki o‘yin, interfaol mashg‘ulotlar va matn
asosida ishlash kabi amaliy metodlarni tizimli ravishda qo‘llash lozim. Ayniqsa,
dramatizatsiya va grafik tasvir metodlari o‘quvchilarning so‘zlar o‘rtasidagi semantik
aloqalarni ongli ravishda anglashini tezlashtiradi. Kelgusida o‘quvchilarning leksik-
semantik tafakkurini chuqurlashtirish uchun innovatsion metodlardan, xususan,
raqamli texnologiyalar yordamida semantik o‘yinlar tashkil etish ham dolzarb bo‘lib
qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
103
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
1.
Alimov, M.
(2000).
Boshlang‘ich ta’limda o‘qitish metodikasi
. Tashkent:
O‘qituvchi.
2.
Andreeva, G. M.
(2017).
Metodologiya i metodika obucheniya russkomu
yazyku v nachal’noi shkole
. Moskva: Vysshaia shkola.
3.
Kabilova, Z. Z.
(2015).
Lexical and semantic properties of proverbs in
teaching native language
. Journal of Applied Linguistics and Language Research,
2(5), 30-36.
4.
Normurodov, R. S. , & Rahimov, S. N.
(2022).
Matematika va til
integratsiyasi: zid ma'noli so‘zlar yordamida matematikani o‘zlashtirish
. Tashkent:
Innovatsiya.
5.
Tashkent, M.
(2019).
Boshlang‘ich ta’limdagi innovatsion metodlar
.
Tashkent: TDIU nashriyoti.
6.
Guseva, N. N.
(2018).
Metody obucheniya leksike v nachal'noi shkole
.
Moskva: Izd-vo MGU.
7.
Azizov, S. A.
(2016).
O‘qitishda innovatsion texnologiyalar va metodlar
.
Toshkent: Fan va texnologiya.
8.
Shuxratov,
S.
(2019).
O‘quvchilarda leksik-semantik tafakkurni
rivojlantirishda o‘yinli metodlar
. O‘qitish metodikasi jurnali, 8, 24-29.
9.
Mukhtarov, K.
(2021).
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida so‘z boyligini
kengaytirish usullari
. Tashkent: O‘qituvchi.
