Авторы

  • Машхура Бурханова
    Namangan davlat universiteti

Биография автора

  • Машхура Бурханова, Namangan davlat universiteti
    o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.102836

Ключевые слова:

Ko‘chirish siyosati iqtisodiy-siyosiy hayot temir yo‘l ishlab chiqarish etnik madaniyat temir yo‘l bekatlari xom ashyo tabiiy boylik metropoliya sanoat uyezd posyolka .

Аннотация

Ushbu maqolada imperiya hukumatining va mustamlaka ma'muriyatining aholini ko‘chirish siyosati bilan Rossiyaning qator guberniyalaridagi agrar aholini ko‘payib ketishi "muammosi"ning o‘zaro aloqadorligini asoslash uchun siyosatchilar ba'zan tadqiqotchilar keltirgan dalil isbotlar orasida metropoliya bilan mustamlakalar, shu jumladan Turkiston hududlari tutashganligi, imperiya aholisi uning jami mustamlakalari aholisidan ham ancha ortiqligi ko‘rsatilgan.


background image

121

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

KO‘CHIRUVCHILIK SIYOSATINI TURKISTON TUB XALQLARINING

SIYOSIY, FUQAROLIK AHVOLIGA TA’SIRI

Mashxura Burxanova

Namangan davlat universiteti o‘qituvchisi

mashhura1983@mail. ru


Annotatsiya:

Ushbu maqolada imperiya hukumatining va mustamlaka

ma'muriyatining aholini ko‘chirish siyosati bilan Rossiyaning qator guberniyalaridagi
agrar aholini ko‘payib ketishi "muammosi"ning o‘zaro aloqadorligini asoslash uchun
siyosatchilar ba'zan tadqiqotchilar keltirgan dalil isbotlar orasida metropoliya bilan
mustamlakalar, shu jumladan Turkiston hududlari tutashganligi, imperiya aholisi
uning jami mustamlakalari aholisidan ham ancha ortiqligi ko‘rsatilgan.

Kalit so‘z va iboralar:

Ko‘chirish siyosati, iqtisodiy-siyosiy hayot, temir yo‘l,

ishlab chiqarish, etnik madaniyat, temir yo‘l bekatlari, xom ashyo, tabiiy boylik,
metropoliya, sanoat, uyezd, posyolka, .

ВЛИЯНИЕ ПЕРЕСЕЛЕНЧЕСКОЙ ПОЛИТИКИ НА ПОЛИТИЧЕСКОЕ И

ГРАЖДАНСКОЕ ПОЛОЖЕНИЕ КОРЕННЫХ НАРОДОВ ТУРКЕСТАНА

Машхура Бурханова

Преподаватель Наманганского государственного университета.

mashhura1983@mail. ru


Аннотация:

В статье показано, что среди доказательств, приводимых

политиками, а порой и исследователями для обоснования связи
переселенческой политики царского правительства и колониальной
администрации с «проблемой» увеличения аграрного населения в ряде
российских губерний, указывается на связь метрополии с колониями, в том
числе с территориями Туркестана, а также на то, что численность населения
империи значительно превышала численность населения ее колоний, вместе
взятых.

Ключевые слова и фразы:

Переселенческая политика, экономическая и

политическая жизнь, железная дорога, производство, этническая культура,
железнодорожные станции, сырье, природные ресурсы, метрополия,
промышленность, уезд, поселение.


background image

122

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

IMPACT OF RESETTLEMENT POLICY ON THE POLITICAL AND CIVIL

SITUATION OF INDIGENOUS PEOPLES OF TURKESTAN

Mashkhura Burkhanova

Teacher of Namangan State University

mashhura1983@mail. ru


Abstract:

This article shows that among the evidence cited by politicians and

sometimes researchers to justify the connection between the resettlement policy of
the Imperial government and the colonial administration and the "problem" of the
increase in the agrarian population in a number of Russian provinces, there is the
connection between the metropolis and the colonies, including the territories of
Turkestan, and that the population of the empire significantly exceeded the
population of its colonies combined.

Key words and phrases:

Migration policy, economic and political life, railway,

production, ethnic culture, railway stations, raw materials, natural resources,
metropolis, industry, district, settlement.


Turkistondagi Rossiyaning mustamlakachilik tajribasi haqida shuni ta’kidlash

kerakki, imperiya siyosiy doiralarining o‘lkadagi xo‘jalik va ijtimoiy hayot
sohasidagi qadimiy an’analariga ega bo‘lgan xalqlarning tili, etnik hamda tarixiy
o‘ziga xosligini tugatish vazifasini qo‘ymaganligi ma’lum. Dastlab Volgabo‘yi va
Sibir, so‘ngra boshqa hududlarni zabt etish bilan birga, u yerdagi aholining
ko‘pchiligini zo‘rlik bilan pravoslav dinini qabul qildirish, qo‘pol ravishda
ruslashtirish siyosati olib borilgan. Ivan Grozniy davridan boshlab nafaqat
geostrategik va iqtisodiy jihatdan, balki ulug‘ rus, shuningdek, musulmonlarga qarshi
ekspansiya rus mustamlakachiligining jiddiy belgisi edi.

Rossiya imperiyasining hukmron doiralari mafkuralari islom diniga e’tiqod

qiluvchi xalqlarni siyosiy va g‘oyaviy parokanda qilish zarur deb hisobladilar.
Chunki, busiz hokimiyatning mustamlakachi tuzumini hamda Turkistonga
ko‘chirilayotgan rus aholisining iqtisodiy, siyosiy mavqyei va hukmronligini
ta’minlab bo‘lmasdi. Zero, Buxoro amirligi va Xiva xonligidan tortib olingan
hududlariga keltirib joylashtirilgan rus aholisiga Rossiyaning mazkur protektoratlari
hukmdorlariga hamda tub xalqlariga doimiy tazyiq o‘tkazib turishining muhim omili
sifatida qaraldi.


background image

123

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

To‘g‘ri, boshqa mustamlakachi davlatlar tajribasida bu kabi hodisalar deyarli

bo‘lmagan, lekin buning aksi ham bo‘lgan edi. Masalan, Yaponiya Xitoyni zabt
etgach, uning taxdidli darajada ko‘p aholisini kamaytirish va siyraklashtirish
maqsadida yuz minglab xitoyliklarni ishchi kuchi sifatida o‘zining Tinch okeani
mintaqasi hamda Janubiy-Sharqiy Osiyodagi mustamlakalariga ko‘chirtirib
joylashtirgan edi. Aholining ijtimoiy, ma’naviy manfaatlari va madaniyatiga nisbatan
tashkiliy-mafkuraviy yondashuvi oldindan ishlab chiqilmagan edi. Biroq, ularning
mazkur manfaatlarni inkor etish niyati istilodan oldinroq ma’lum edi. Milliy
madaniyatni esa iqtisodiyot singari buyukdavlatchilik singari maqsadlariga
bo‘ysundirish nazarda tutilgan edi.

Ilk pallada Rossiya hukmron doiralari mustamlakachi ma’muriyatining

Turkiston uchun maxsus mo‘ljallangan yondashuv va uslublari bo‘lmaganligini
quyidagicha izohlash mumkin: imperiya xukumati G‘arbiy yevropa davlatlari, eng
avvalo, Buyuk Britaniya hamda Fransiya bilan munosabatlar yanada murakkablashib
ketishidan xavfsirab, XIX asrning 60-yillari boshida qozoq xonliklariga kirib
borishdan tashqari, Qo‘qon xonligi hududining katta qismini istilo etish bilan
vaqtincha egallash niyatida edi. Ustiga-ustak ma’lumki, 1865 yilda avgustida
Turkiston oblasti tuzilganidan keyin imperiya xukumati ushbu viloyat o‘rniga
Rossiya imperiyasi protektorati ostida bo‘lishi kerak bo‘lgan.

Orenburg general-gubernatori Krijonovskiy 1866 yil bahorida muqaddas

Toshkentga kelgan edi, biroq bu faqat diplomatik nayrang edi, chunki Turkistonning
ichki ma’muriy hududiy tuzilishining o‘zi iskanjasida sof harbiy vazifalarni amalga
oshirishga moslashtirilgan edi. Rossiya imperiyasining tub xalqlari qurolli qarshilik
ko‘rsatishidan cho‘chib 1874 yilda Shimol (Sibir), Shimoliy Kavkaz, Turkiston
musulmon aholisi vakillarini harbiy xizmatga jalb etishini rasmiy ravishda taqiqladi.
Biroq, K. Kaufmanga bunday chora, shuningdek, mustamlaka rejimini
mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilgan boshqa choralar ham yetarli emasdek tuyuldi, ‘

Shu bois u harbiy vazifaga yozgan ma’ruzasida: “Agar biz o‘lkani bundan

buyon ham shu tarzda boshqaradigan bo‘lsak ham, uning aholiga bizni xukmdorlar
deb hisoblamay ixtiyorida har ehtimolga karshi jiddiy harbiy kuch bo‘lgan pozitsiya
agentlari deb adolatli ravishda o‘ylaydi” [1. B. 147]. Garchi, imperiya hukmron
doiralari tomonidan Kaufmanning barcha islohotchilik takliflarida hisobga olinmagan
bo‘lsa-da, 1886 yilda qabul qilingan “Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risida
Nizom”ga muvofiq, ilgari liberal deb ovoza qilingan harbiy xalq boshqaruvi
ma’muriy pozitsiya boshqaruviga almashtirildi. Lekin o‘lka, oblast, uezd boshliqlari,


background image

124

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

turli idoralar amaldorlari an’anaviy ravishda asosan, Rossiya harbiylaridan tayinlanar
edi.

Shu bilan birga, Rossiya hukmron doiralarida Turkistondagi imperiyasi

mustamlakachilik siyosatini qo‘llab-quvvatlab chiqqan rus ziyolilari muhitida ko‘p
millatli tub aholining madaniy-ma’rifiy boyligi hamda an’analarining mafkuraviy
ta’sirini zaiflashtirish usullari, shuningdek, islomni inkor etish va ruhoniylarning
mashhur vakilalrini mustamlaka hokimlari tarafiga og‘dirish yoki pravoslav
ruhoniylar faoliyatini tashkil qilish bilan barobar musulmonlik salohiyatiga qarshi
oshkora ta’sir ko‘rsatish to‘g‘risidagi bahs- munozaralar tinmay davom etardi.

Turkiston general-gubernatorligi tuzilganidan keyingi birinchi davrdanoq o‘lka

va oblastlar ma’muriyati, jumladan, birinchi general-gubarnator Fon Kaufman
yettisuv oblasti harbiy gubernatori N. Kalpokovskiy, Sirdaryo oblasti harbiy
gubernatori A. Abramov musulmon ruhoniylari madrasa va maktablar ustidan
ma’muriy, siyosiy nazorat o‘rnatishga darhol kirishdi. Yirik shaharlarda shayxulislom
va qozikalon lavozimlari bekor qilindi, an’anaviy sudlar o‘troq aholidagi qozi va
ko‘chmanchi aholidagi biy sudlari faoliyat sohasai cheklandi va xokazo. Mahalliy
qishloq aholisining ekin maydonlari yaylovlarning katta qismini bosib olish,
chorvadorlar ko‘chib yuradigan mintaqani qat’iy ma’muriy-hududiy chegaralash,
qishloq ovul ko‘chmanchi urug‘-qabila jamolarida boshqaruvning yangicha tartibini
o‘rnatish orqali xukmron doiralar jamoa ichki va jamoalararo aloqalarini qishloq
jamoasining an’anaviy ijtimoiy tuzilishini jiddiy ravishda zaiflashtirishga erishdilar.
Bularning hammasi ko‘chirib keltirilgan rus dehqonlarining imtiyozli joylashtirish
bilan bir qatorda, ular hukmron bo‘lish uchun iqtisodiy, siyosiy va ma’muriy
sharoitlarni yaratdi. Ayni mahalda tub o‘troq va ko‘chmanchi aholining huquqsiz
ahvolini doimo namoyish etib turish zarur edi

[2. B. 254].

1876 yildan boshlab Toshkent, Samarqand va Yangi Marg‘mlondan tashqari

barcha shaharlar uezd boshliqlari tasavvuriga berildi, vaholanki, ular bungacha ham
mustamlaka tizimini ta’minlash, korxonalar, shaharlar tub aholisidan soliq va
o‘lponlarni yig‘ish uchun mas’ul edilar. Toshkentda 1877-yilda duma saylanib, unda
“Shahar qoidasi”ga ko‘ra, ovoz berish vakolatiga ega bo‘lganlarning umumiy
sonining 2/3 qismini ruslar, 1/3 qismini esa tub aholi vakillari tashkil qilishi kerak
edi. Biroq, dumaga saylangan mahalliy zodagonlarning vakillari ushbu aholi
manfaatlari va huquqlarini himoya qilmas, bu bilan ularning kamsitilishiga
ko‘maklashardi [3. B. 81].

General-gubernatorlik tuzilgan, ayniqsa, ko‘chirib keltirilgan ruslar xo‘jalik,

fuqarolik jihatidan imtiyozli joylashtirish uchun imkoni boricha ko‘proq qulay sharoit


background image

125

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

yaratish maqsadida shuningdek, mustamlakachi xukmdorlarning tub aholiga
munosabatini yanada qat’iylashtirish uchun mahalliy boshqaruv va an’anaviy sudlar
tizimini o‘zlashtirish bo‘yicha choralar amalga oshirildi. Shaharlarda qozilik sudlari,
ko‘chmanchi hududlarning biy sudlari butkul rasmiy bosqichga aylantirildi, ularga
olinadigan pul 100 so‘mdan olinmaydigan da’volarnigina ko‘rib chiqishga ruxsat
berilgan edi. Bu sudlar, avvalgidek, nikoh va ajrashish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rar,
tub aholi bunday masalalarni ko‘proq an’anaviy jamoa urug‘ usulida hal etardi.

Umuman, tub aholining deyarli 90 foizi nizo, da’vo va xokazolar bilan uezd,

oblast xokimiyatlariga to‘la xisob beradigan an’anaviy sudlarga murojaa barcha qozi
va biylar 1865–1867- yillardagi kabi tayinlanardi. Bunda rus harbiylaridan iborat
uchastka pristavkalari, uezd sudlari, oblast boshqaruvlarining hamda general-
gubernator, devonining sud bo‘limlari shuningdek, harbiy sud xokimliklari hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Harbiy sud komissiyalari, aniqsa, Turkistonda tez-
tez joriy etilib turadigan favqulodda yoki harbiy holatlar davrida, tub aholining
xokimiyat boshboshdoqliklariga qarshi ko‘targan isyoni ishtirokchilarining ishini
ko‘rib chiqishda shafqatsiz ish olib borardi.

Shu bilan bir qatorda Rossiya imperiyasi va mustamlakachi ma’muriy

qamoqxonalar xibsxonalar hududlarini ma’muriy hududiy jihatdan oblastlar, uezdlar
hamda volostlar, shaharlarda esa eski va yangi shahar qismlariga ajratib tashlash
bo‘lib, o‘troq qishloq jamoalari, ko‘chmanchi aholining va qarindosh-urug‘chilik
xo‘jalik aloqlari ham bo‘lingan edi.

Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek, ko‘chirib keltirilgan ruslarni ma’muriy, xatto

tabaqaviy joylashtirish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganida mustamlakachi
ma’muriyat Turkiston tub aholisi huquqlari manfaatlarini oshkora oyoqosti qilgani
holda kerak darajada tez va aniq ish olib borardi. Masalan, Rostov guberniyasidagi
rus dehqonlari istiqomat qiladigan Podka qishlog‘i yerlarini Kelinskaya stansiyasi
kazaklariga berish zarurati yuzaga kelganligi Sirdaryo ko‘chiruvchilik boshqarmasi
Don qo‘shinlari Nakaznoyning iltimosiga ko‘ra mazkur dehqonlarni ko‘chirib
keltirishga rozilik berdi. Buning uchun yettisuv oblasti Prejevalsk uezdi Oqsuy
volostiga qarashli Kungay qishlog‘idagi qirg‘izlar, o‘zbeklar va uyg‘urlardan
sug‘oriladigan yerlarni tortib tortib olib, rus dehqonlariga berishga qaror qilindi.

Boz ustiga, Dondan ko‘chirib keltirilayotgan 60 nafar dehqonning

qambag‘alligini hisobga olib mazkur boshqarma quyidagi qarorni qabul qildi:
“Mablag‘ni aholidan ajratib, xar bir oilaga 25 rubldan berilsin, chunki yo‘l kredit
uchun berilgan qarz miqdori (100 rubl) ushbu xarajatlarni qayta ko‘chiriladiganlar
uchun ziyon kelitrmay amaga oshirish imkonini bermaydi”. Bunday yangilik xususan


background image

126

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

volost boshqaruvchilari qishloq oqsoqollari, ovul va urug‘ biylarining qat’iy tartibda
saylanishi, qishloq jamoalarining, shuningdek, ko‘chmanchi aholi urug‘larining vaqt
sinovidan o‘tgan ijtimoiy tuzilishini yemirgani hold, ikki yoqlama zul mustamlaka
zulmi va quyi ma’muriyat vakillari zulmini sezilarli darajada kuchaytirish bilan bir
qatorda, ko‘plab suiste’mollar, jinoyatkorona ishlarni yuzaga keltirdiki, ulardan
shahar va qishloqning tub aholisi cheksiz jabr ko‘rdi [4. B. 184].

Mustamlaka ma’muriyati o‘zining Turkistondagi mutlaq hokimiyatidan Buxoro

amirligi, xiva xonligining o‘ziga qarashligidan foydalanib, imperiyas xukumatining
qat’iy qo‘llab-quvvatlash orqali, Turkiston, Buxoro va Xiva o‘rtasidagi tovar
ayirboshlash ustidan bojxona nazoratini joriy etdi, ushbu mintaqalarning tub aholisi
jumlasidan bo‘lgan savdogarlarning Rossiyadagi faoliyatini zaiflashtirishga harakat
qilib Afg‘oniston u yoqda tursin, xatto Markaziy Osiyoning turli mintaqalarida
istiqomat kiluvchi o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkmanlarning hamkorlik qilish
imkoniyatini jiddiy ravishda chekladi.

Metropoliya

va

Turkiston

general-gubernatorligining

islomga

qarshi

kayfiyatdagi yuqori doiralari shunday vaziyatni vujudga keltirdilarki, oqibatda
muborak xaj ziyoratiga borish uchun mablag‘ga ega musulmonlarnnig soni keskin
kamayib ketdi. Shunda ham hajga borish imkoniyatiga ega bo‘lganlar uezd boshlig‘i
orqali, Samarqand va Yangi Marg‘ilonda esa harbiy gubernatorlar orqali, Toshkentda
shahar boshlig‘i orqali general-gubernatorning ruxsatini olishga majbur edilar.
Shunday ruxsat olish qiyin bo‘lganligiga misol keltirish mumkin. Masalan, 1888 yil
11 aprelda Toshkentning Sebzor dahasida istiqomat qiluvchi Saidumarxo‘ja
Mirzohojilov Shayxontohur dahasidagi Qatorterak mahalasida istiqomat qiluvchi
Mulla Olimxon Maxzum Muhammadxo‘ja Domullinov Toshkent shahar boshlig‘iga
arznoma taqdim etdi.

Shuni alohida qayd etish zarurki, XIX asrning o‘rtalariga qadar xatto O‘rta

Osiyoning zng zulmkor rejimlarida ham Rossiyada ham zikr etilgan mamlakatlarga
borish yo‘lida shu qadar rasmiyatchilikdan iborat va sargardon qiladigan to‘siq
qo‘yilmagandi. Rus hukumati mustamlaka Turkistonning tub aholisiga nisbatan
shunday usul qo‘llay boshladi. Bu tub aholi va Xitoydan ko‘chib kelgan
musulmonlarning tabaqalashtirib pasport bilan ta’minlash edi. Mahalliy aholidan
bo‘lgan musulmonlarga quyi ma’muriyat kafolati asosida, rus xukumati ruxsati bilan
pasport berilardi Kelib chiqishi Xitoydan bo‘lgan musulmonlarga esa pasport Uyg‘ur
yoki Dungak jamiyatlari qarori bilan lekin politsiya organlari xulosasi bo‘yicha
berilardi

[5. B. 29–31].


background image

127

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Rossiyadan ko‘chirib keltirilganlar uning fuqarolari uchun umumiy bo‘lgan

polpartiga ega bo‘lib, metropolgiyaga erkin borib kelsalar, Turkiston musulmonlariga
u yerga borish uchun alohida hujjat berilgan. Ushbu hujjatda egasi “sart” deb
atalganidan tashqari, o‘sha “sart”ning belgilari: yoshi, bo‘yining uzunligi, sochi,
qoshi va ko‘zlarining rangi, burni, og‘zi, engachi, yuzining o‘ziga xosliklari alohida
alomatlari qayd etilgan. Bular jinoyatchi xaqidagi to‘planadigan ma’lumotlarga
o‘xshar edi. O‘rta Osiyo (Buxoro) yahudiylari huquqlarini alohida tartibga solish
imperiyas va mustamlakachi ma’muriyatning Turkiston, ya’ni butun O‘rta Osiyo
mintaqasi ijtimoiy-siyosiy hayotiga nisbatan tutgan pozitsiyasining buyuk
davlatchilik ko‘rinishlaridan biri bo‘ldi [6. B. 345].

Yahudiylar bunday huquqiy jihatdan tartibga solishni o‘zlari 400 yil davomida

achinarli holda yashagan va Buxoro amirligida na Qo‘qon xonligida ko‘rishgandi.
Rossiya imperiyasining XIX asrning 80-yillari boshidan yahudiylarga yer sotishni
ta’qiqlovchi qonunlar shuningdek, yahudiylarni davlat o‘quv yurtlariga qabul
qilishning ko‘zda tutuvchi qonunlar amal qilgani ma’lum. Nomi yuqorida zikr etilgan
xonliklarda XIX asrning 70-yillariga qadar yevropa yahudiylari bo‘lmagan, Buxoro
yahudiylari esa diniy va dunyoviy ta’limni asosan mahalliy hududlarda, qisman chet
elda olgan.

Mustamlakachi ma’muriyat esa antisemitcha yo‘lni hayotning barcha sohalarida

namoyon qilish, eng avvalo, Buxoro yahudiylarining rus savdogarlari va sanoatchilari
bilan raqobatini tugatishga intilgan. Rossiya imperiyasining Turkistondagi
mustamlakachilarga xukmronligi davrida qabul qilingan qonunlar ushbu yo‘lning
sezilarli darajada kuchaytirishga hizmat kildi. Bunday holat imperiya Ichki ishlar
vazirining Turkiston general-gubarnatorlarga 1893 yil 15 sentyabrda yo‘llagan
maktubida o‘z ifodasini topgan. Maktubda jumladan, shunday deyiladi: “So‘nggi
paytlarda O‘rta Osiyoning savdogar yahudiylari va ularning gumashtalarining savdo
ishlari bilan Moskvaga kelishlari masalasi ko‘satrilgani bois Ichki ishlar vazirligi
qonunning 992-modda 1876 yil nashridan kelib chiqib, ushbu moddaga
qo‘shimchaga muvofiq, “Rossiya fuqaroligiga o‘tishga ruxsat berilganlari
buxoroliklar va xivaliklar bilan barobar savdo-sotiq ishlari olib borish uchun O‘rta
Osiyodan “Orenburg yo‘li”ga kelishlari mumkin. Biroq, Orenburgdan ichki
guberniyaga kirishlaridan ularga nisbatan yahudiylar to‘g‘risidagi umumiy qoidalarga
rioya eitshlari darkor. O‘rta Osiyo fuqaroligida qolgan yahudiylar esa ichki
guberniyalarga muvaqqat kirish uchun pasportlar to‘g‘risidagi nizomning 289-
moddasiga muvofiq, ichki ishlar vazirligidan ruxsat olmoqlari kerak” edi [7. B. 43–
45].


background image

128

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Amirlik

fuqarosi

bo‘lgan

Buxoro

yahudiylarining

hamda

Rossiya

yahudiylarining Turkiston hududida bo‘linishini azrat qilishning o‘ziga xos usullarini
keltirib chiqardi. Masalan, Buxorodagi Rossiya imperatorining siyosiy agentligi
mustamlaka ma’muriyat tomonidan Buxoro yahudiylariga, ularning savdo sohasidagi
raqobatchilik faoliyati bilan bog‘liq ravishda da’volar borligi yoki yo‘qligini paydar-
pay aniqlab turardi. Masalan, 1903 yil 29 dekabrda mazkur agentlik Samarqand
oblasti harbiy gubarnetaoriga Samarqandda savdo ishlari bilan band bo‘lgan to‘rt
yahudiy to‘g‘risida so‘rovnoma yuborgan. To‘g‘ri, so‘rovnomaga sabab qilib, amirlik
xukumatining iltimosi ko‘rsatilgan bo‘lib, unda: “Janob Turkiston general-
gubarnatorining 1898 yil 9 yanvardagi 15-sonli farmoyishiga asosan va Buxoro
xukumatining iltimosiga ko‘ra, Siz Janobi oliylaridan shuni iltimos qilish sharafiga
muyassarmanki, Samarqand shahrida Buxoro fuqarolari bo‘lishi Yuna Bleva Karaev
–16 yil, Is’hoq Yoqubov – 8 yil, Zavulon Yoqubov – 12 yil mobaynida savdo
qilayotgan yahudiylarning bo‘lishlari sizga malol kelayotgani yoki yo‘qligi
to‘g‘risida meni xabardor qilsangiz”, deb murojaat qilingan.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, imperiya xukumatining ko‘chirib

keltirilgan ruslar manfaatlari taqazosi bilan yuzaga kelgan ulug‘ rus kayfiyati
ko‘pincha Turkistonga kelgan Rossiya yahudiylariga nisbatan ham o‘zboshimchalik
qilinishiga olib kelardi. Shu bilan bevosita bog‘liq ravishda imperiyaning hukmron
doiralari hamda Turkiston ma’muriyati doimiy harbiy xukmronlikni ta’minlash,
ishonchli rus aholisining sonini xo‘jalik farvonligini oshirish, iqtisodiyot va mehnat
zahiralarini Rossiya imperiyasi manfaatlarida foydalanishning buyuk davlatchilik
tizimini yaratish, tub aholi ustidan qattiq siyosiy va pasport rejimini Turkiston,
Buxoro va Xiva aholisining borib-kelishi bo‘yicha vatandoshlarning parokanda
bo‘lishiga sabab bo‘ladigan bir qator cheklashlarni joriy etish bilan bir qatorda, tub
millat xalqlarini rus madaniyatining rus tilining, umuman, Rossiya imperiyasi
tarkibida bo‘lishning afzalligi va maqbulligiga asta-sekin ishontirib borish
choralariga jiddiy e’tibor berdi.


Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati:

1. Асқаров А. Ўзбекистон тарихи. 1-жилд. – Тошкент: Фан, 1993. – Б. 147.
2. Шамсудцинов Р. , Каримов Ш. , Убайдуллаев Ў. Ватан тарпхи. –

Тошкент: Фан, 2002. – Б. 254.

3. Абдураҳмонова Н. , Эргашев Ф. Туркистонда чор мустамлака тузуми. –

Тошкент: Академия, 2002. – Б. 81.


background image

129

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

4. Шониёзов К. , Бобобеков Ҳ. Ўзбекистон тарихи. – Тошкент: Шарқ. 2000.

– Б. 184.

5. Аҳмаджанов А. Россия империяси – Марказий Осиёда. – Тошкент:

Шарқ, 2003. – Б. 29–31.

6. Муртазаева Р. Ҳ. Ўзбекистон тарихи. – Тошкент: Ўзбекистон, 2003. – Б.

345.

7. Зиёев Ҳ. Ўзбек хонликлари – чоризм асоратида (XIX асрнинг 50–70 йй).

– Тошкент: Хазина, 1994. – Б. 43–45.

Библиографические ссылки

Асқаров А. Ўзбекистон тарихи. 1-жилд. – Тошкент: Фан, 1993. – Б. 147.

Шамсудцинов Р. , Каримов Ш. , Убайдуллаев Ў. Ватан тарпхи. – Тошкент: Фан, 2002. – Б. 254.

Абдураҳмонова Н. , Эргашев Ф. Туркистонда чор мустамлака тузуми. – Тошкент: Академия, 2002. – Б. 81.

Шониёзов К. , Бобобеков Ҳ. Ўзбекистон тарихи. – Тошкент: Шарқ. 2000. – Б. 184.

Аҳмаджанов А. Россия империяси – Марказий Осиёда. – Тошкент: Шарқ, 2003. – Б. 29–31.

Муртазаева Р. Ҳ. Ўзбекистон тарихи. – Тошкент: Ўзбекистон, 2003. – Б. 345.

Зиёев Ҳ. Ўзбек хонликлари – чоризм асоратида (XIX асрнинг 50–70 йй). – Тошкент: Хазина, 1994. – Б. 43–45.