Авторы

  • Мадина Мустакимова
    Buxoro davlat universiteti

Биография автора

  • Мадина Мустакимова , Buxoro davlat universiteti
    Adabiyotshunoslik yo‘nalishi 1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.103236

Ключевые слова:

ma’naviy meros ruhiy uyg‘onish iymon tarbiya Naqshbandiylik tariqati milliy o‘zlik adolat

Аннотация

Maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri shoir Shodmon Sulaymon ijodida tarixiy xotira va ajdodlar merosiga bo‘lgan ehtirom masalasi yoritilgan. Shoir asarlarida tarixiy shaxslar siymosining badiiy ifodasi, ularning milliy ong va g‘ururni shakllantirishdagi o‘rni haqida fikr yuritadi. Maqolada, shoirning Mahmud Tarobiy, Alisher Navoiy, Bahouddin Naqshband singari buyuk ajdodlarga bag‘ishlangan she’rlari tahlilga tortilgan. Uning ushbu manzumalarida ruhiy teranlik, ma’naviy uyg‘onish, tasavvufiy tafakkur va milliy qadriyatlarga hurmat ruhi aks etgani yoritilgan.


background image

213

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

SHODMON SULAYMON SHE’RIYATIDA AJDODLAR XOTIRASI

TALQINI

Mustaqimova Madina Mo‘minjonovna

Buxoro davlat universiteti Adabiyotshunoslik yo‘nalishi

1-kurs magistranti

Annotatsiya:

Maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan

biri shoir Shodmon Sulaymon ijodida tarixiy xotira va ajdodlar merosiga bo‘lgan
ehtirom masalasi yoritilgan. Shoir asarlarida tarixiy shaxslar siymosining badiiy
ifodasi, ularning milliy ong va g‘ururni shakllantirishdagi o‘rni haqida fikr yuritadi.
Maqolada, shoirning Mahmud Tarobiy, Alisher Navoiy, Bahouddin Naqshband
singari buyuk ajdodlarga bag‘ishlangan she’rlari tahlilga tortilgan. Uning ushbu
manzumalarida ruhiy teranlik, ma’naviy uyg‘onish, tasavvufiy tafakkur va milliy
qadriyatlarga hurmat ruhi aks etgani yoritilgan.

Kalit so‘zlar

: ma’naviy meros, ruhiy uyg‘onish, iymon, tarbiya, Naqshbandiylik

tariqati, milliy o‘zlik, adolat

Annotation

: The article discusses the issue of historical memory and respect for

the heritage of ancestors in the work of one of the brightest representatives of modern
Uzbek literature, the poet Shodmon Sulaymon. The poet reflects on the artistic
expression of the image of historical figures in his works, their role in the formation
of national consciousness and pride. The article analyzes the poet's poems dedicated
to great ancestors such as Mahmud Tarabi, Alisher Navoi, and Bahauddin
Naqshband. It is highlighted that these poems reflect spiritual depth, spiritual
awakening, mystical thinking, and a spirit of respect for national values.

Key words:

spiritual heritage, spiritual awakening, faith, upbringing,

Naqshbandi order, national identity, justice


Kirish.

Bugun butunjahon o‘zgarishlari sharoitida milliy ma’naviyatni asrash va

uni yoshlar ongiga singdirish dolzarb masalaga aylanmoqda. Zamonaviy
texnologiyalar, turli madaniy oqimlar va g‘oyaviy tahdidlar doirasida o‘zlikni
yo‘qotmaslik har qachongidan ham muhimdir. Ana shunday sharoitda bizga
mustahkam ma’naviy tayanch, tub ildizlarga suyanish zarur bo‘ladi. Bu tayanch esa
ajdodlarimizning ulug‘ merosida, xususan, Naqshband bobomizning iymonli nafasida
mujassamdir. Naqshbandiylik tariqati inson qalbida mavjud poklik, sabr, iymon va
ruhiy uyg‘onishni tarannum etadi. Uning ruhi bugun ham yosh avlodni ezgulikka,


background image

214

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ma’rifatga, milliy g‘ururga da’vat etmoqda. Shu ma’noda, hazrat Naqshbandning
ruhiy merosi bizning ma’naviy mustahkam turmushimizning asosiy ustunlaridan
biridir.

Asosiy qism.

Hozirgi kunda mamlakatimizda milliy an’analar va ma’naviy

boyliklarimizga bo‘lgan e’tibor avvalgidan-da muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu
jarayonda ulug‘ ota-bobolarimizning merosi, yuksak insoniy fazilatlari va namunali
hayot yo‘li biz uchun qimmatbaho xazina vazifasini o‘taydi. Quyida keltirilgan
she’riy parcha ana shu ma’naviy olamning yorqin aksidir:

Iymon ziyosidan borliq mukarram,
Dilga orom solgay qaldirg‘och sasi.
Har lahza his etib kengayar olam –
Naqshband boboning uyg‘oq nafasin.
Bunda tong yorishgay dunyoni qutlab,
Tinchlik shukronasi tomgay ko‘zidan.
Alpomishlar o‘sar allalar tinglab –
Naqshband boboning dilbar qizidan.
Ushbu she’riy parchada Bahouddin Naqshband bobomizning iymonli nafasidan

ilhom olgan borliq manzarasi tasvirlanadi. Iymon nuri bilan to‘lgan olam, qalbga
orom bag‘ishlaydigan qaldirg‘och sadosi orqali inson ruhiy uyg‘onishga da’vat
etiladi. Har lahza kengayib borayotgan olam tasviri orqasida esa uyg‘oq ruh va
yuksak ma’naviyatni shakllantirish zarurligi uqtiriladi. Tong yorishgan zamon
tinchlik shukronasiga to‘ladi. Bu manzarada ko‘zlardan to‘kilgan shukrona yoshlar
timsolida xalqning tinchlik va barqarorlik uchun minnatdorligi o‘z aksini topadi.
Allalar eshitib ulg‘ayayotgan Alpomishlar obrazi esa, milliy ruh va jasoratni
avlodlarga singdirishning o‘ziga xos timsolidir. Naqshband boboning “dilbar qizi”
obrazida esa tarbiyaning, ma’naviy parvarishning muhimligi ifodalangan. Mangulik
sabog‘i, ma’rifat va qadriyatlar karvoni esa avlodlar davomiyligi va ma’naviy
uzviyligini anglatadi. Dunyo harakatini hushyorlik bilan kuzatadigan ogoh o‘g‘lonlar
esa Naqshband boboning ruhiy vorislari sifatida tasvirlanadi. She’rning har bir
misrasi bizga shuni eslatadiki, bugungi kunda ham Naqshband boboning orzulari —
ma’naviyatli, bilimli va jasur yoshlarni tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Bu she’r nafaqat adabiy asar, balki ruhiy tarbiya darsligidir. Zero, ma’naviyatga
suyanmagan millatning ertangi kuni porloq bo‘la olmas. Naqshband bobomizning
uyg‘oq nafasi esa har doim bizni yuksaklikka chorlayveradi.

Albatta, tarixiy shaxslarga bo‘lgan hurmat, ularga ehtirom ko‘rsatish xalqning

ma’naviy kamoloti va milliy o‘zligini anglashdagi muhim omillardan biridir.


background image

215

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Ayniqsa, o‘zbek adabiyotining sarchashmasi, ma’naviyatimizning qudratli ustuni
bo‘lgan Alisher Navoiy bobomizga bag‘ishlab yozilgan asarlar bu ehtiromning
amaliy ifodasidir. Shodmon Sulaymonning Navoiy nomini ulug‘lagan she’rlari
alohida e’tiborga loyiq. Shoir she’rlarida Navoiy obrazini tarixiy emas, balki tirik,
doimo yuragimizda yashovchi ma’naviy yo‘lboshchi sifatida gavdalantiradi. U
Navoiy shaxsiyatini yuksak badiiy ifoda, jo‘shqin tuyg‘ular va falsafiy yondashuv
orqali tasvirlaydi. Shoir fikricha, Navoiy faqat o‘z davrining emas, balki har bir
zamonning o‘chmas yulduzi, xalq qalbida abadiy yashovchi nur sochuvchi quyoshdir.
Shuning uchun ham u she’rlarida Navoiyga qarata:

Qorong‘u o‘zbaki osmon Navoiysiz, Navoiysiz,

Boqar Oy arshidin nolon Navoiysiz, Navoiysiz.
Qilib “Qushlar-la suhbat” dil topardi “Chin suyukli”sin –
Ma’yusdir “Mantiq”u “Bo‘ston” Navoiysiz, Navoiysiz.
Saharda yo‘l qarab, ko‘kka boqarkan xastadil Jomiy,
Ko‘zin yoshlar edi pinhon Navoiysiz, Navoiysiz.
Alisher Navoiy nomini eshitgan har bir o'zbek yuragi faxr va g'ururga to'ladi.

Shodmon Sulaymonning ushbu she'riy parchasi esa ulug' zotga bo'lgan cheksiz
ehtiromning yorqin ifodasidir. Shoir Navoiysiz o'zbek osmonining qorong'u, Oyning
esa nolon ekanini ta'kidlab o‘tadi. Navoiy asarlarining ma’lum davrlarda e’tiborsiz
qoldirilishi adabiyotimiz va madaniyatimizda ulkan bo'shliqni keltirib chiqargan.
Shoirning fikricha, bu asarlar ham Navoiysiz ma'yus va g'amgin. She'rda Navoiyning
zamondosh do'sti Abdurahmon Jomiy obrazi ham katta ahamiyatga ega. Jomiyning
ko'kka boqib, sahroda yo'l qarab yurishi, ko'z yoshlarini pinhon tutishi uning qalbida
Navoiyga bo'lgan sog'inch va qayg'u alangasini yoqib yuborganini ko'rsatadi.
Darhaqiqat, Navoiyning buyukligi va xalqimiz uchun ahamiyati beqiyos. Ulug‘
mutafakkir bobomizning ulkan ma’naviy merosi xalqimiz ma’naviyatining
shamchirog‘idir.

Bugun O‘zbekiston yoshlarini vatanparvarlik, bilimga chanqoqlik va

adolatparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifaga aylangan. Tarix sahifalarini
varaqlaganimizda, bizga ulug‘ saboqlar beruvchi ajdodlarimiz siymosi ko‘z
oldimizda gavdalanadi. Ular orasida Sohibqiron Amir Temur, buyuk alloma Beruniy
va osmon sirlarini zabt etgan Ulug‘bek alohida o‘rin egallaydi. Har bir millatning
ma’naviy uyg‘oqligi uning tarixiy xotirasiga, buyuk ajdodlariga bo‘lgan
munosabatidan boshlanadi. Quyidagi she’riy parchada aynan mana shu g‘oya kuchli
badiiy va ruhiy ohangda aks ettirilgan:

“Tur, olg‘a bos, el o‘g‘li, adolat – shioringdur!” –


background image

216

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Temur bobomdek Sohibqironlar sasi kelgay.
Saboq o‘rganar ustoz Beruniydan Ulug‘bek,
Somon yo‘lidek cheksiz osmonlar sasi kelgay.
Ushbu she’riy satrlarda shoir avlodlar orasidagi ma’naviy rishtani uzilmas ipdek

tasvirlaydi. Temur bobomiz misolida – adolat va yurtparvarlik, Beruniy va Ulug‘bek
timsolida esa ilm-fan va tafakkur yo‘lining nurli manzillari g‘oyasi ilgari suriladi.
Birinchi misrada "El o‘g‘li" deb atalgan bugungi yoshlar tarixiy merosga egalik
qilishga, uni qadrlashga da’vat etiladi. "Adolat – shioringdur!" degan chaqiriq hozirgi
zamonning eng dolzarb ehtiyojiga to‘g‘ri keladi. Zero, adolat bo‘lmagan jamiyatda
baraka, taraqqiyot va hamjihatlik bo‘lmaydi. Temur siymosi Sohibqiron sifatida esga
olinadi – bu nafaqat yurtni himoya qilgan sarkarda, balki o‘z zamonasining adolatli
hukmdori sifatida tarixda qolgan shaxsdir. Shoir aynan ana shu ruhi bilan kelajak
avlodni ruhlantirmoqchi: "Sasi kelgay", ya’ni uning sadosi qalblardan joy olsin,
yuraklardan yangrasin. Keyingi misralarda esa Beruniy va Ulug‘bek singari ilm va
tafakkur timsollari tilga olinadi. Ular orqali ilmning cheksiz olamiga chorlov bor.
"Somon yo‘li" – bu astronomiyada yulduzli tizim bo‘lsa-da, she’riy ifodada bu
bilimning cheksiz osmoni sifatida talqin qilinadi. Demakki, shoir yoshlarga
aytmoqchi: cheksizlik sari intiling, ajdodlar kabi buyuk bo‘ling!

Xulosa.

Bugungi tahlikali zamonda milliy ma’naviyatni asrash va uni yoshlarga

singdirish eng dolzarb vazifalardan biridir. Bu yo‘lda bobolarimiz Bahouddin
Naqshband, Alisher Navoiy, Amir Temur, Beruniy va Ulug‘bek kabi buyuk
ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun mustahkam tayanchdir. Ularning
insonparvarlik g‘oyalari, ilm va ma’rifatga bo‘lgan intilishi bugungi avlod uchun
ibrat maktabidir. Ana shu merosni asrab, yoshlarga yetkazish orqali biz ma’naviy
yuksalish sari dadil qadam tashlaymiz. Shoir Shodmon Sulaymonning tarixiy
shaxslar yodi, xotirasi bilan bog‘liq she’rlari shu jihatlariga ko‘ra e’tiborlidir. Ularni
o‘rganish va badiiy ifoda xususiyatlariga ko‘ra talqin qilish zamonaviy
adabiyotshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shodmon SULAYMON. Otamning ayvoni. She’rlar, dostonlar, monologlar,

hikoyalar. – Buxoro: “Adabiy Buxoro” nashriyoti, 2024. – 316 b.

2. Сулаймон, Шодмон. Мен бахтли яралдим (Шеърлар, достон). Т. :

“НАВРЎЗ” нашриёти, 2015. – 136 б.

3. Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси. – Т. : Шарқ, 2002.
4.

https://ziyouz.

uz/ozbek-sheriyati/ozbek-zamonaviy-sheriyati/shodmon-

sulaymon/

Библиографические ссылки

Shodmon SULAYMON. Otamning ayvoni. She’rlar, dostonlar, monologlar, hikoyalar. – Buxoro: “Adabiy Buxoro” nashriyoti, 2024. – 316 b.

Сулаймон, Шодмон. Мен бахтли яралдим (Шеърлар, достон). Т. : “НАВРЎЗ” нашриёти, 2015. – 136 б.

Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси. – Т. : Шарқ, 2002.

https://ziyouz. uz/ozbek-sheriyati/ozbek-zamonaviy-sheriyati/shodmon-sulaymon/