Авторы

  • Наргиза Рахмонова
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
  • Азамат Саидов
    Sharif Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Биографии авторов

  • Наргиза Рахмонова , Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
    Psixologiya mutaxasisligi 1-kurs magistranti
  • Азамат Саидов , Sharif Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
    Amaliy psixologiya kafedrasi proffessori psixologiya fanlari doktori (DSc)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.103284

Ключевые слова:

Noto‘liqoila yoshlar psixologiyasi emotsional barqarorlik ijtimoiy moslashuv shaxsiy rivojlanish psixologik ta’sir psixologik nazariyalar

Аннотация

Ushbu maqolada noto‘liq oilada voyaga yetgan yoshlarning psixologik rivojlanishiga oilaviy omillarning ta’siri nazariy jihatdan tahlil qilingan. Noto‘liq oilaning turlari, ularning psixologikoqibatlariva yoshlarning shaxsiy rivojiga salbiy ta’siretuvchi omiillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, emotsional barqarorlik, ijtimoiy moslashuv, o‘zini anglash kabi psixologik nazariyalari –Eriksonning psixosotsial rivojlanish nazariyasi, Braunfenbrennerning ekologik tizimlar modeli va Bowlbyning bog‘lanish nazariyasi asosida izohlanadi. Maqolada yoshlarning psixik holatini tushunishva ularni qo‘llab-quvvatlashda psixologik yondashuvlarning ahamiyati ta’kidlanadi.


background image

264

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

YOSHLAR PSIXOLOGIYASIDA - NOTO‘LIQ OILANING TA’SIRI

Raxmonova Nargiza Umedjonovna

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Psixologiya mutaxasisligi 1-kurs magistranti

raxmonovanargiza476@gmail. com

Sharif Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Amaliy psixologiya

kafedrasi proffessori psixologiya fanlari doktori (DSc)

Saidov Azamat Ismoilovich

taqrizi ostida

Annotatsiya:

Ushbu maqolada noto‘liq oilada voyaga yetgan yoshlarning

psixologik rivojlanishiga oilaviy omillarning ta’siri nazariy jihatdan tahlil qilingan.
Noto‘liq oilaning turlari, ularning psixologikoqibatlariva yoshlarning shaxsiy rivojiga
salbiy ta’siretuvchi omiillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, emotsional barqarorlik,
ijtimoiy moslashuv, o‘zini anglash kabi psixologik nazariyalari –Eriksonning
psixosotsial rivojlanish nazariyasi, Braunfenbrennerning ekologik tizimlar modeli va
Bowlbyning bog‘lanish nazariyasi asosida izohlanadi. Maqolada yoshlarning psixik
holatini tushunishva ularni qo‘llab-quvvatlashda psixologik yondashuvlarning
ahamiyati ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar:

Noto‘liqoila, yoshlar psixologiyasi, emotsional barqarorlik,

ijtimoiy moslashuv, shaxsiy rivojlanish, psixologik ta’sir, psixologik nazariyalar

PSYCHOLOGICAL EFFECTS OF GGROWIING UP IN A SINGLE-PARENT

FAMILY ON YOUNG

Rakhmonova Nargiza Umedjonovna

Master’s degree student of psychology from Samarkand State

University named after SHarof Rashidov


Annotation:

The article

presents a theoretical

analysis of the psychological

impact of single-parent families on youth development. Various types of singlparent
families and their potential psychological consequences are examined, with a focus
on how these factors affect the emotional stability, social adaptation, and self-
perception of adolescenttts.

The discussion is grounded in key psychosial development theories, including

Erikson’s psychosial development theory Bronfenbrenner’s ecological systems


background image

265

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

model, and Bowlby’s attachment theory. The article emphasizes the importance of
psychological support and individuals from single-parent families navigate
developmental challenges.

Keywords

: Single-parent family, youth psychology, emotional stability, social

adaptation, personal development, psychological impact, psychological theories.


Zamonaviy jamiyatda oilaviy tuzilmalarning o‘zgarishi, xususan noto‘liq oilalar

sonining ortishi yoshlar psixologiyasiga salmoqli ta’sir ko‘rsatmoqda. Noto‘liq
oilalarda voyaga yetgan yoshlar ko‘pincha emotsional, ijtimoiy va akademik
muammolarga duch kelishai. Ushbu maqolada noto‘liq oilaning yoshlar
psixologiyasiga ta’siri nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
noto‘liq oilalarda o‘sayotgan bolalar depressiya, xavotir, tashqi agressiv xatti-
harakatlar va moddaga qaramlik kabi psixologik muammolarga moyil bo‘lishadi.
Ushbu muammolar ko‘pincha ota-onalarning haddan tashqari bandligi, moliyaviy
cheklovlar va ijtimoiy qo‘llab –quvvatlashning yetishmasligi bilan bog‘liq.

Eriksonning psixosotsial rivojlanish nazariyasi

28

Erikson o‘zining Identity youth and crisis asarida shaxs rivojlanishining

muhim bosqichlari haqida to‘xtatib, yoshlik davrini identifikatsiya va rol chalkashligi
orasida kurash deb ta’riflaydi. Bu bosqichda muvaffaqiyatli yakunlasa shaxs o‘zini
anglaydi, aks holatda ichki ziddiyatlarga duch keladi. Erik Eriksonning psixosotsial
rivojlanish nazariyasiga ko‘ra, inson hayoti davomida sakkizta rivojlanish
boosqichidan o‘tadi o‘tadi. Har bir bosqichda muayyan psixosotsial inqirozlar yuzaga
keladi. Noto‘liq oilalarda voyaga yetgan yoshlar ayniqsa” identifikatsiya va rol
chalkashligi” bosqichida o‘zlarini anglashda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

Bronfenbrennerning ekologik tizimlar nazariyasi
Urie bronfenbrennerning ekologik tizimlar nazariyasi inson rivojlanishini beshta

o‘zaro bog‘liqtizimlar orqali tushuntiradi: mikrosistema(oila, maktab ), mezosistema(
mikrosistemalar aloqalar), ekzosistema ( ota-onaning ish joyi kabi bilvosita ta’sirlar)
makrosistema (madaniyat, ijtimoiy qadriyatlar) va xronosistema (vaqt o‘tishi bilan
yuz beradigan o‘zgarishlar). Noto‘liq oilalarda bu tizimlar orasida muvozanatni

buzilishi yoshlarning psixologik rivojlanishiga ta’sir qiladi.

29

Bronfenbrenner (1979)

yildagi o‘zining The ecology of human development experiments by nature and
design nomli asarida insonning rivojlanishini turli ijtimoiy tzimlar o‘zaro ta’siri
orqali tushuntiriladi. Unga ko‘ra bola rivojlanishida oilaviy muhit va madaniy-

28

Erikson Identity :young and Crisis

29

Bronfenbrenner” theecology of human development: experiments by nature and design’


background image

266

Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

iqtisodiy omillar ta’sirida shakllanadi. Noto‘liq oilalarda oilaviy tizimning buzilishi
yoshlarning psixologikva ijtimoiy moslashuviga ta’sir ko‘rsatadi.

Xulosa

Noto‘liq oilalarda voyaga yetgan yoshlar ko‘plab muammolarga duch kelishlari

mumkin. Erikson, Bronfenbrennner nazariyalari bu muammolarni tushunishga
muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Yoshlarning sog‘lom psixologik
rivojlanishini ta’minlaah uchun ijtimoiy qo‘llab –quvvatlash tizimlarini kuchaytirish
va psixologik yordam xizmatlarini kengaytirish zarur. Umuman olganda, noto‘liq
oilalarda voyaga yetayotgan yoshlarning psixologik holatini yaxshilash uchun ota-
onalar, o‘qituvchilar, psixologlar va ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida
samarali hamkorlik muhimdir. Bu yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salomat va
barqaror shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi hamda jamiyatimizning ijtimoiy
farovonligini oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Amato, P. R (20050. The impact of family formation change on the cognitive,

social, and emotsional well-being of the next generation. The Future of children 15(2)
75-96

2. Bowlby J (1982) Attachment and loss Vol. 1. Attachment (2

nd

ed) New York

Basic books

3. Bronfenbrenner U (1979) The ecology of human development. Experiments

by nature and design. Cambridge MA Harvard University Press.

4. Erikson E (1968) Identity youth and crisis New York
5. McLanahan S Sandefur G (1994) Growing up with a single parent. What

hurts, what helps. Cambridge, MA Harvard University Press

Библиографические ссылки

Amato, P. R (20050. The impact of family formation change on the cognitive, social, and emotsional well-being of the next generation. The Future of children 15(2) 75-96

Bowlby J (1982) Attachment and loss Vol. 1. Attachment (2nd ed) New York Basic books

Bronfenbrenner U (1979) The ecology of human development. Experiments by nature and design. Cambridge MA Harvard University Press.

Erikson E (1968) Identity youth and crisis New York

McLanahan S Sandefur G (1994) Growing up with a single parent. What hurts, what helps. Cambridge, MA Harvard University Press