372
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
TA
’
LIM SIFATINI OSHIRISHDA LOYIHALARNI BOSHQARISH TIZIMI
Isxakov Xusniddin Mirqunduzovich
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat
milliy institutining mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya.
Mazkur maqolada ta’lim sifatini oshirishda loyihalarni boshqarish
tizimi (LBT)ning ahamiyati yoritilgan. Ta’lim sohasidagi islohotlarning
muvaffaqiyati ko‘p hollarda samarali loyihalashtirish va boshqaruvga bog‘liq. Shu
sababli, maqolada LBTning asosiy tushunchalari, zamonaviy modellar (PMBOK,
PRINCE2, Agile, Scrum) va ularning ta’lim jarayoniga integratsiyasi ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi amaliy loyihalar misolida mavjud
muammolar tahlil qilinib, ularga yechimlar taklif etiladi. Xalqaro tajriba asosida
ilg‘or yondashuvlar tahlil qilinib, mahalliy sharoitga mos takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘z
lar:
Loyihalarni boshqarish, ta’lim sifati, boshqaruv tizimi, PMBOK,
PRINCE2, Agile, Scrum, innovatsion yondashuv, strategik rejalashtirish, o‘quv
jarayoni.
В ПОВЫШЕНИИ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ СИСТЕМА
УПРАВЛЕНИЯ ПРОЕКТАМИ
Исхаков Хусниддин Миркундузович
Научный сотрудник Национального института
педагогического мастерства им. А. Авлони
Аннотация.
В данной статье рассматривается значение системы
управления проектами (СУП) в повышении качества образования. Успешность
реформ в сфере образования во многом зависит от эффективного планирования
и реализации проектов. В статье анализируются ключевые понятия СУП,
современные модели (PMBOK, PRINCE2, Agile, Scrum) и возможности их
интеграции в образовательные процессы. Также представлены примеры
текущих проектов в Узбекистане, выявлены существующие проблемы и
предложены возможные решения. На основе международного опыта даны
рекомендации, адаптированные к местным условиям.
373
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ключевые слова:
Управление проектами, качество образования, система
управления, PMBOK, PRINCE2, Agile, Scrum, инновационный подход,
стратегическое планирование, учебный процесс
.
PROJECT MANAGEMENT SYSTEM IN IMPROVING THE QUALITY OF
EDUCATION
Iskhakov Khusniddin Mirkunduzovich
research fellow of the National Institute of Pedagogical
Mastery named after A. Avloni
Annotation.
This article explores the significance of project management
systems (PMS) in improving the quality of education. The success of educational
reforms largely depends on efficient project planning and execution. The paper
reviews fundamental PMS concepts, modern models (PMBOK, PRINCE2, Agile,
Scrum), and their potential integration into educational processes. It further analyzes
existing educational projects in Uzbekistan, highlights common challenges, and
offers practical solutions. Drawing on international best practices, the article provides
recommendations tailored to the national context for effective implementation.
Key words:
Project management, education quality, management system,
PMBOK, PRINCE2, Agile, Scrum, innovative approach, strategic planning,
educational process.
KIRISH
Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida ta’lim sifati milliy
taraqqiyotning eng muhim mezonlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Har qanday
davlatning intellektual salohiyati, raqobatbardoshligi va barqaror rivojlanishi
zamirida zamonaviy, sifatli va tizimli ta’lim yotadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda,
ta’lim sohasidagi islohotlar samaradorligini ta’minlash uchun ilg‘or boshqaruv
mexanizmlarini joriy etish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirishga qaratilgan bir qator strategik hujjatlar qabul qilindi. Xususan,
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomalarida
ta’limda sifat ko‘rsatkichlarini oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va
zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini tatbiq etish zarurligi bir necha bor alohida
374
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ta’kidlangan [1]. Ushbu yondashuvlardan biri –
loyihalarni boshqarish tizimi
bo‘lib, u
ta’lim jarayonini tashkil etish, resurslardan samarali foydalanish, vaqt va sifat
omillarini muvofiqlashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Loyihalarni boshqarishning xalqaro tan olingan modellaridan
–
PMBOK,
PRINCE2, Agile, Scrum kabi yondashuvlar turli sohalarda, jumladan ta’limda ham
keng qo‘llanilmoqda. Biroq, bu yondashuvlarni bevosita ta’lim sohasiga integratsiya
qilishda muayyan metodologik, tashkiliy va resurslarga doir muammolar mavjud.
Ushbu maqolada aynan shu muammolar tahlil qilinadi, ularni bartaraf etish yo‘llari
taklif etiladi hamda O‘zbekiston ta’lim tizimida loyihalarni boshqarish amaliyotining
istiqbollari ko‘rib chiqiladi.
1. Ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi omillar.
Ta’lim sifati –
bu faqatgina o‘quv dasturlarining mazmuni yoki
o‘qituvchilarning malakasi bilan cheklanmaydigan, balki murakkab, ko‘p omilli
tizimdir. Bugungi kunda ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni aniqlash va
ularni chuqur tahlil qilish ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga
aylangan. Chunki sifatli ta’lim –
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotning va milliy xavfsizlikning poydevoridir.
Birinchi navbatda, ta’lim jarayonining metodik va didaktik jihatlari muhim rol
o‘ynaydi. An’anaviy o‘qitish uslublarining zamonaviy interaktiv, loyiha asosidagi va
raqamli yondashuvlar bilan almashtirilmasligi o‘quvchilarning bilim olish
motivatsiyasini pasaytiradi. Shu bois, ta’lim metodologiyasida yangiliklar va
texnologik integratsiya darajasi muhim omil sifatida ko‘rilmoqda [2, B.170].
Ikkinchi muhim omil
–
pedagog kadrlarning malaka darajasi va ularni
muntazam rivojlantirish tizimidir. Ta’lim sifati, birinchi navbatda, o‘qituvchining
professionalligi bilan belgilanadi. Mamlakatimizda oxirgi yillarda o‘qituvchilarni
qayta tayyorlash, ularning innovatsion texnologiyalarni egallashiga e’tibor
kuchaytirilgan bo‘lsa
-
da, bu borada hali hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar
talaygina. Xususan, kasbiy rivojlanishning loyihalashtirilgan, individual yondashuvga
asoslangan modeli talab etiladi.
Uchinchi omil
–
ta’lim infratuzilmasi, ya’ni maktablar, kasb
-hunar markazlari,
oliy o‘quv yurtlarining moddiy
-
texnik bazasi va raqamli imkoniyatlaridir. Ta’lim
muassasalarining jihozlanishi, zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanganligi,
o‘quv muhiti xavfsiz va qulay bo‘lishi o‘quvchilarning natijalariga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi [3, B.132, 185, 193].
To‘rtinchi muhim jihat –
ta’lim tizimini boshqarish samaradorligi va undagi
strategik yondashuvlardir. Shu jumladan, loyihalarni boshqarish tizimini ta’lim
375
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
sohasida qo‘llash masalasi ham aynan mana shu omillar doirasiga kiradi. Bunday
yondashuvlar yordamida ta’limda natijadorlik, javobgarlik, shaffoflik va resurslardan
oqilona foydalanish ta’minlanadi. Biroq bu tizimni to‘laqonli joriy etish uchun avvalo
ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi barcha ichki va tashqi omillarni kompleks tahlil qilish
zarur.
2. Loyihalarni boshqarish tizimining nazariy asoslari
Loyihalarni boshqarish tizimi bugungi kunda faqat biznes va sanoat sohalarida
emas, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa ijtimoiy yo‘nalishlarda
ham keng qo‘llanilayotgan zamonaviy boshqaruv vositasidir. Uning nazariy
poydevori XX asrning ikkinchi yarmida shakllana boshlagan bo‘lib, dastlab yirik
sanoat va harbiy loyihalarni rejalashtirish va nazorat qilish ehtiyojidan kelib chiqqan.
Vaqt o‘tishi bilan bu yondashuv tizimlashdi, standartlashtirildi va turli sohalarda
qo‘llashga moslashtirildi.
Loyihalarni boshqarish tizimi deganda, ma’lum bir maqsadga erishish uchun
cheklangan vaqt, byudjet va resurslar doirasida aniq rejalashtirilgan,
muvofiqlashtirilgan va baholanuvchi faoliyatlar yig‘indisi tushuniladi [4]. Ushbu
tizimning asosiy nazariy komponentlariga quyidagilar kiradi:
•
Maqsad va natija yondashuvi
–
loyiha boshlanishidan avval uni qanday
natijaga olib kelishi aniq belgilanadi;
•
Resurslarni boshqarish
–
moliyaviy, insoniy, texnik va vaqt resurslarining
optimal taqsimlanishi;
•
Risklarni boshqarish
–
noaniqlik va salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun
ehtimoliy tahdidlarning oldini olish strategiyasi;
•
Kuzatuv va baholash
–
loyiha bosqichlarini rejalashtirilgan natijalar bilan
taqqoslab tahlil qilish tizimi.
Loyihalarni boshqarish tizimi bugungi kunda xalqaro tashkilotlar tomonidan
ishlab chiqilgan standartlar asosida yuritiladi. Jumladan, Project Management
Institute (PMI) tomonidan ishlab chiqilgan PMBOK (Project Management Body of
Knowledge) standarti eng keng tarqalgan nazariy asoslardan biri hisoblanadi [5].
Ushbu yondashuv loyiha hayotiy tsikli
–
boshlanish, rejalashtirish, amalga oshirish,
monitoring va yakunlash bosqichlariga tayanadi.
Bundan tashqari, Britaniyada ishlab chiqilgan PRINCE2 (Projects IN Controlled
Environments) modeli ham boshqaruvga tizimli yondashuvi bilan ajralib turadi. U
loyihani har bir bosqichda aniq hujjatlash va mas’uliyat taqsimotiga alohida e’tibor
qaratadi. Yana bir muhim model
–
Agile metodologiyasi, ayniqsa, tez o‘zgaruvchan
376
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
muhitda ishlaydigan loyihalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, moslashuvchanlik,
muntazam aloqa va bosqichma-bosqich yetkazib berish tamoyillariga asoslanadi [6].
Shunday qilib, loyihalarni boshqarish tizimi mustahkam nazariy asoslarga ega
bo‘lib, ularni ta’lim sohasiga moslashtirish orqali islohotlarni tizimli, samarali va
natijador tarzda olib borish imkoniyati yaratiladi. Kelgusi bo‘limda ushbu nazariy
yondashuvlarning ta’lim jarayoniga integratsiyasi va amaliyotdagi qo‘llanilishi
haqida so‘z yuritiladi.
3. Loyihalarni boshqarish tizimi modellarining tahlili (PMBOK, Agile,
Scrum, PRINCE2).
Zamonaviy
boshqaruv
amaliyotida
turli
sohalarda
muvaffaqiyatli
qo‘llanilayotgan bir nechta loyiha boshqaruv modellari mavjud bo‘lib, ularning har
biri o‘ziga xos yondashuvga ega. Ta’lim tizimida ham bu modellarning konseptual
asoslari va metodologik yondashuvlari tobora ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda.
PMBOK modeli.
PMBOK (Project Management Body of Knowledge) modeli loyiha
boshqaruvining klassik va eng keng tarqalgan yondashuvlaridan biri hisoblanadi.
Uning asosiy tamoyillari
–
loyiha bosqichlarini aniq ajratish (boshlash, rejalashtirish,
amalga oshirish, monitoring va yakunlash), faoliyatni funksional sohalarga ajratish
(resurslarni boshqarish, risklar, kommunikatsiyalar, sifat, vaqt va h.k.) va o‘lchab
bo‘ladigan ko‘rsatkichlarga asoslangan boshqaruvdan iboratdir [5].
PMBOK modelining ta’limga moslashuvi quyidagi imkoniyatlarni beradi:
•
O‘quv loyihalarini (masalan, yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish yoki
maktab infratuzilmasini modernizatsiya qilish) tizimli va bosqichma-bosqich amalga
oshirish;
•
Har bir loyiha bosqichida natijadorlikni baholash;
•
Resurslardan (vaqt, mablag‘, mutaxassislar) oqilona foydalanish.
Agile yondashuvi.
Agile
–
bu loyiha boshqaruviga moslashuvchan va interaktiv yondashuv bo‘lib,
tez o‘zgaruvchan sharoitlarda samarali ishlashi bilan ajralib turadi. Uning asosiy
tamoyillari
–
mijoz (foydalanuvchi) bilan doimiy aloqada bo‘lish, qisqa iteratsiyalar
orqali natijani yetkazish, jamoa ichidagi ishonch va avtonomiyani rivojlantirish [6].
•
Agile modeli ayniqsa quyidagilarda foydali:
•
O‘quv dasturlarini muntazam yangilash va testdan o‘tkazish;
•
Eksperimental dars uslublarini sinovdan o‘tkazishda;
377
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
•
O‘quvchilarning fikr
-mulohazalarini tezda hisobga olib, dars dizaynini
moslashtirishda.
Scrum metodologiyasi.
Scrum
–
Agile metodologiyasining aniq strukturaviy ko‘rinishi bo‘lib, loyihani
“sprint” deb ataluvchi qisqa vaqtli sikllarga bo‘lib, har birida aniq natijaga erishishni
nazarda tutadi. Bu metod jamoaning o‘zini o‘zi boshqarish qobiliyatini oshiradi, har
bir a’zoning roli va mas’uliyatini aniq belgilaydi [7].
•
Ta’limda Scrum modeli quyidagicha qo‘llanilishi mumkin:
•
O‘quv jamoalari (o‘qituvchi, o‘quvchi, IT mutaxassis) o‘rtasida loyiha
asosidagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish;
•
O‘quv yilining bosqichlarida maqsadli natijalarga erishishni rejalashtirish;
•
Sinf darajasidagi ilg‘or tajribalarni amalda sinab ko‘rish.
PRINCE2 modeli.
PRINCE2 (Projects IN Controlled Environments) modeli esa loyiha
boshqaruviga kuchli nazorat va hujjatlashtirish tamoyillarini kiritadi. Unda har bir
loyiha bosqichi qat’iy tartibda rejalashtiriladi, risklar doimiy nazoratda bo‘ladi va
loyiha hayotiy tsikli davomida har bir qaror asosli hujjatlar bilan tasdiqlanadi [8].
Ta’lim tizimida PRINCE2 quyidagi yo‘nalishlarda foydali bo‘lishi mumkin:
•
Yirik ta’lim loyihalarini (milliy test tizimi, raqamlashtirish, o‘quvchi baholash
tizimi) boshqarishda;
•
Loyiha hujjatlarini yuritish va manfaatdor tomonlar bilan aniq aloqa
o‘rnatishda;
•
Har bir bosqichda qarorlarni huquqiy va moliyaviy jihatdan asoslashda.
Ushbu modellarni chuqur tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, har biri ta’lim sohasida
turli darajadagi loyihalarni yuritishda o‘ziga xos ustunliklarga ega. Asosiy masala –
ularni mahalliy ta’lim tizimining ehtiyojlari, resurslari va madaniyatiga mos tarzda
tanlash va moslashtirishdir.
4. Ta’lim tizimida loyihalarni boshqarish tizimining joriy etilishi:
O‘zbekiston tajribasi.
O‘zbekiston Respublikasi so‘nggi yillarda ta’lim tizimini isloh qilish va
zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish yo‘lida faol harakat qilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan strategik maqsadlardan biri
sifatida sifatli ta’limga erishish, yosh avlodni raqobatbardosh va kasbiy yetuk
mutaxassislar etib tayyorlash masalasi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida
belgilanmoqda [1].
378
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Aynan shu kontekstda loyihalarni boshqarish tizimining elementlarini ta’lim
tizimiga bosqichma-bosqich integratsiya qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu
jarayon bir nechta yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda:
1. Ta’limda milliy islohotlarni loyiha sifatida yuritish.
Mamlakatimizda 2017
–
2021-yillarda amalga oshirilgan Harakatlar strategiyasi
va undan keyingi rivojlanish dasturlarida ta’lim sohasidagi islohotlar aniq maqsadlar,
vaqt doirasi, indikatorlar va natijaviylik mezonlari bilan belgilab berilgan. Bu esa
klassik loyihalarni boshqarish tamoyillariga mos keladi [2, B.170].
Masalan, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2022–
2025-yillarga
mo‘ljallangan "Ilk qadam" dasturi, Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan "Yangi
O‘zbekiston maktabi" konsepsiyasi –
barchasi aniq reja, monitoring, byudjet va
nazorat mexanizmlariga asoslangan loyihalardir.
2. Raqamli ta’lim infratuzilmasini loyihaviy boshqarish.
"Raqamli ta’lim" konsepsiyasi doirasida elektron kundalik, masofaviy o‘qitish
platformalari (masalan, EduMarket, Edutub.uz) va o‘qituvchilar uchun onlayn malaka
oshirish loyihalari ishlab chiqilmoqda. Ushbu loyihalar xalqaro donorlar (Jahon
banki, UNICEF, KOICA) bilan hamkorlikda olib borilayotgani bois, ularda
loyihalarni boshqarish tizimi qat’iy qo‘llanilmoqda [3, B.185].
3. O‘qituvchilar malakasini oshirishda loyiha yondashuvi.
O‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi ham
loyihalashtirilgan yondashuv asosida qayta tashkil etilmoqda. Misol uchun, 2023-
yilda joriy etilgan "Ustoz" dasturi orqali har bir pedagog uchun individual rivojlanish
yo‘li ishlab chiqildi. Bu modelda har bir bosqich monitoring va baholashdan o‘tadi,
ya’ni loyihalarni boshqarish tizimi asosida tashkil etilgan.
O‘zbekiston ta’lim tizimida loyihalarni boshqarish tizimining joriy etilishi hali
to‘liq yakunlanmagan bo‘lsa
-
da, ayni yo‘nalishdagi dastlabki bosqichlar ijobiy
natijalar bermoqda. Asosiy masala
–
bu tizimni barcha ta’lim bosqichlarida uzviy
tarzda joriy qilish, boshqaruv subyektlarini tayyorlash va institutsional asoslarni
kuchaytirishdir.
5. Loyihalarni boshqarish tizimi asosida ta’lim sifatini oshirish
mexanizmlari.
Ta’lim sifatini oshirish bugungi kunda nafaqat pedagogik, balki tizimli
boshqaruv muammosi sifatida ham ko‘rilmoqda. Chunki zamonaviy ta’lim sifati ko‘p
omillarga bog‘liq: o‘qituvchilarning malakasi, o‘quv dasturlarining zamonaviyligi,
infratuzilma, monitoring va baholash tizimlari, o‘quvchi motivatsiyasi va boshqalar.
379
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Bu omillarning barqaror va kompleks boshqaruvi esa loyihalarni boshqarish tizimi
orqali samarali amalga oshirilishi mumkin [4].
Loyihalarni boshqarish tizimidan foydalanib ta’lim sifatini oshirishda
quyidagi asosiy mexanizmlarni ajratish mumkin:
1. Strategik rejalashtirish asosida sifatni nazorat qilish.
Loyihalarni boshqarish tizimi strategik rejalashtirishni asosiy bosqich sifatida
ko‘radi. Bu bosqichda ta’lim sifatining hozirgi holati tahlil qilinadi, mavjud
muammolar aniqlanadi va aniq, o‘lchovli maqsadlar belgilanadi. Masalan, bir yilda 9
-
sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan o‘zlashtirish darajasini 15%ga oshirish
maqsad qilinadi. Bu natija loyiha yakunida baholanishi mumkin bo‘lgan mezonga
aylanadi [6].
2. Sifat indikatorlarini loyihalashtirish va monitoring.
Ta’lim sifati loyihalari doirasida maxsus indikatorlar ishlab chiqiladi: o‘quv
dasturi mazmunining yangiligi, darsliklar sifat darajasi, o‘qituvchilarning malaka
baholari, o‘quvchilarning test natijalari, ota
-onalarning qoniqish darajasi kabi. Har bir
indikator uchun mezon, uslub va vaqt oralig‘i belgilanadi. Bu esa natijalarni nazorat
qilish imkonini beradi.
3. Loyiha jamoalari va rollarning aniqligi.
Sifatli loyiha jamoasi
–
natijadorlik garovidir. Ta’lim loyihalarida har bir
ishtirokchining roli aniqligi muhim: loyiha rahbari (masalan, maktab direktori),
mas’ul ijrochilar (fan metodistlari, IT mutaxassislar), manfaatdor tomonlar (ota
-
onalar, mahalliy hokimliklar) aniq belgilanadi. Bu rollarning boshqaruv zanjirida
aniqligi, ularning javobgarligini kuchaytiradi [5].
4. Sinov, tahlil va teskari aloqaga asoslangan yondashuv.
Loyiha yondashuvi doimiy tahlil, test, qayta ishlov va yangilash bosqichlariga
asoslanadi. Bu ayniqsa ta’lim sohasida muhim: biror o‘quv metodikasi joriy etilgach,
u sinfda sinovdan o‘tkaziladi, o‘quvchilar va o‘qituvchilar fikrlari asosida tahlil
qilinadi va zarur o‘zgarishlar kiritiladi (Scrum va Agile metodologiyalaridagi
iteratsion yondashuvga muvofiq) [7].
5. Resurslarni maqbul boshqarish.
Ta’lim sohasida byudjet, vaqt, kadrlar va texnologik resurslar yetarli emasligi
sababli ularni optimal taqsimlash nihoyatda muhim. Loyihalarni boshqarish tizimi bu
resurslarni ustuvorliklar asosida taqsimlash, ortiqcha sarflarning oldini olish va
natijaga yo‘naltirilgan boshqaruvni amalga oshirish imkonini beradi.
6. Innovatsiyalarni tizimli joriy qilish.
380
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Yangi texnologiyalar, raqamli vositalar, interaktiv usullar
–
bularning barchasi
loyihaviy asosda sinovdan o‘tkazilib, samarador bo‘lsa, umumiy tizimga joriy
qilinadi. Bu esa innovatsion ta’limning yo‘lga qo‘yilishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim sifatini oshirish jarayoni turli chora
-tadbirlar orqali
emas, balki loyiha tamoyillariga asoslangan boshqaruv orqali kompleks tarzda
yuritilsa, barqaror va o‘lchab bo‘ladigan natijalarga erishish mumkin. Bunda har bir
loyiha aniqligi, o‘lchanishi, erishuvchanligi va vaqti belgilangan SMART
mezonlariga asoslanishi kerak.
6. Xulosa va tavsiyalar.
Ta’lim sifatini oshirishda loyihalarni boshqarish tizimini joriy etish bugungi
kunda juda dolzarb va samarali yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada
loyihalarni boshqarishning asosiy modellari tahlil qilindi, O‘zbekistonning ta’lim
tizimida ularni qo‘llash tajribasi ko‘rib chiqildi va ta’lim sifatini oshirish uchun
samarali mexanizmlar taklif etildi.
Ta’lim tizimida loyihalarni boshqarish tizimini tatbiq etishning asosiy xulosalari
quyidagilardan iborat:
Loyihalarni boshqarish tamoyillari ta’lim tizimida sifatni kompleks va tizimli
nazorat qilish imkonini beradi, bu esa samarali rejalashtirish, resurslarni oqilona
taqsimlash va natijalarni monitoring qilish orqali ta’lim sifatining yaxshilanishiga
xizmat qiladi [4].
PMBOK, Agile, Scrum va PRINCE2 kabi loyihalarni boshqarish modellari
ta’lim sohasida turli maqsadlar va shart
-
sharoitlarga moslashib qo‘llanilishi mumkin.
Ayniqsa, moslashuvchanlik va iterativlik tamoyillari ta’lim sifatini oshirishda katta
ahamiyatga ega.
O‘zbekiston tajribasi ko‘rsatadiki, loyihalarni boshqarish tizimining joriy etilishi
davlat darajasida qo‘llanilayotgan milliy dasturlar va raqamlashtirish loyihalarida
muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, ammo tizimli yondashuvni barcha darajalarda
kengaytirish talab qilinadi.
Ta’lim sifatini oshirish mexanizmlarida strategik rejalashtirish, sifat indikatorlari
ishlab chiqish, loyiha jamoalari tarkibini aniqlash, doimiy tahlil va teskari aloqa,
shuningdek, resurslarni maqbul boshqarish muhim o‘rin tutadi.
Tavsiyalar:
O‘zbekiston ta’lim tizimida loyihalarni boshqarish tamoyillarini yanada kengroq
joriy etish uchun malakali kadrlar tayyorlash va ularni muntazam o‘qitish tizimini
yo‘lga qo‘yish zarur.
381
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
1.
Har bir ta’lim loyihasi uchun aniq SMART mezonlariga asoslangan
maqsad va indikatorlar ishlab chiqilishi lozim.
2.
Ta’lim jarayonida loyihalarni boshqarish tizimining moslashuvchan
yondashuvlari
—
Agile va Scrum metodologiyalari ko‘proq tatbiq qilinishi kerak.
3.
Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish loyihalarini davlat va nodavlat
tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borish va natijalarini muntazam monitoring qilish
tavsiya etiladi.
4.
Loyihalarni boshqarish bo‘yicha o‘quv dasturlari va metodikalar ishlab
chiqilib, barcha darajadagi ta’lim muassasalarida keng tatbiq etilishi kerak.
5.
Shu bilan, ta’lim sifatini oshirishda loyihalarni boshqarish tizimi
samaradorligini oshirish uchun tizimli, kompleks va doimiy ravishda
takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Iqtiboslar / Сноски / References
1.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий
Мажлисга
Мурожаатномаси.
24.01.2020
//
URL:
https://president.uz/uz/lists/view/3324
(Text of President Shavkat Mirziyoyev’s
Address to the Oliy Majlis.24.01.2020//URL: ttps://president.uz/en/lists/view/3324)
2.
Ўзбекистон Республикаси Ҳукумати “2017–2021 йилларга
мўлжалланган Ҳаракатлар стратегияси” // URL:
of Actions for 2017-2021 by the Government of Uzbekistan // URL:
https://strategy.gov.uz)
3.
Jahon banki va UNICEF bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ta’limni
rivojlantirish
bo‘yicha
loyihalar
hisobotlari.
2022
//
URL:
https://worldbank.org/education/uzbekistan
4.
Project Management Institute. A Guide to the Project Management Body
of Knowledge (PMBOK Guide). 7th Edition, 2021.
5.
Agile Alliance. Agile Practice Guide. 2020.
6.
D. Kerzner. Project Management: A Systems Approach to Planning,
Scheduling, and Controlling. 12th Edition. Wiley, 2017.
7.
PRINCE2 Agile. AXELOS Global Best Practice. 2018.
