Авторы

  • Бурхон Турсунов

Биография автора

  • Бурхон Турсунов
    Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra boshlig‘i psixol.f.b.f.d (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.127666

Аннотация

Mazkur maqolada shaxsning jamiyatda ijtimoiylashuvi jarayoni va uning psixologik jihatlari tahlil qilishga harakat qildik. Ijtimoiylashuv insonning jamiyatga moslashuvi, ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi hamda shaxsiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydigan jarayon sifatida qaraladi. Maqolada ijtimoiylashuvda mahalla, oila, maktab, tengdoshlar, ommaviy axborot vositalari va bu jarayonga ta’sir qiluvchi psixologik omillar (emotsional rivojlanish, o‘zini anglash, moslashuvchanlik) aks ettirishga harakat qilindi. Shuningdek, ijtimoiylashuvning buzilishi (masalan, ijtimoiy izolyatsiya yoki konformizm) psixologik oqibatlari bilan birga ko‘rib chiqildi.


background image

122

Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

JAMIYATDA SHAXS IJTIMOIYLASHUVI JARAYONINING PSIXOLOGIK

JIHATLARI

Tursunov Burxon Saydaxmatovich

Jamoat xavfsizligi universiteti

kafedra boshlig‘i

psixol.f.b.f.d (PhD),


Annotatsiya:

Mazkur maqolada shaxsning jamiyatda ijtimoiylashuvi jarayoni

va uning psixologik jihatlari tahlil qilishga harakat qildik. Ijtimoiylashuv insonning

jamiyatga moslashuvi, ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi hamda shaxsiy rivojlanishida
muhim rol o‘ynaydigan jarayon sifatida qaraladi. Maqolada ijtimoiylashuv

da

mahalla,

oila, maktab, tengdoshlar, ommaviy axborot vositalari va bu jarayonga ta’sir

qiluvchi

psixologik

omillar

(emotsional

rivojlanish,

o‘zini

anglash,

moslashuvchanlik) aks ettirishga harakat qilindi. Shuningdek, ijtimoiylashuvning
buzilishi (masalan, ijtimoiy izolyatsiya yoki konformizm) psixologik oqibatlari bilan

birga ko‘rib chiqildi.

Kalit so

zlar:

jamiyat, ijtimoiylashuv, shaxs, rivojlanish, psixologik moslashuv,

ijtimoiy omillar, oila va tarbiya, psixologik, konformizm, ijtimoiy izolyatsiya,
muomala psixologiyasi, jamiyatga moslashuv.

Annotation:

In this article, we attempted to analyze the process of socialization

of the individual and its psychological aspects. Socialization is viewed as a process

that plays an important role in a person’s adaptation to society, assimilation of social

experience, and personal development. The article highlights the stages of
socialization, its main agents (family, school, peers, mass media), and the
psychological factors influencing this process (emotional development, self-
awareness, adaptability). Furthermore, the disruption of socialization (such as social
isolation or conformism) is considered along with its psychological consequences.

Keywords:

activity, socialization, personality development, psychological

adaptation, social factors, family and upbringing, conformism, social isolation,
communication psychology, adaptation to society.

Annotatsiya:

V dannoy state predprinyata popыtka proanalizirovat protsess

sotsializatsii lichnosti i yego psixologicheskie aspektы. Sotsializatsiya
rassmatrivaetsya kak protsess, igrayuщiy vajnuyu rol v adaptatsii cheloveka k
obщestvu, usvoenii sotsialnogo opыta i lichnostnom razvitii. V state otrajenы etapы
sotsializatsii, yeyo osnovnыe agentы (semya, shkola, sverstniki, sredstva massovoy
informatsii), a takje psixologicheskie faktorы, vliyayuщie na dannыy protsess
(emotsionalnoe razvitie, samosoznanie, adaptivnost). Takje rassmotrenы narusheniya


background image

123

Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

protsessa sotsializatsii (naprimer, sotsialnaya izolyatsiya ili konformizm) i ix
psixologicheskie posledstviya.

Klyuchevie

slova:

deyatelnost,

sotsializatsiya,

razvitie

lichnosti,

psixologicheskaya adaptatsiya, sotsialnыe faktorы, semya i vospitanie, konformizm,
sotsialnaya izolyatsiya, psixologiya obщeniya, adaptatsiya k obщestvu.


Inson tabiatiga xos eng muhim xususiyatlardan biri bu uning jamiyat bilan uzviy

aloqada yashashi

hamda hayot tarzini o‘tashidir. Har bir inson o‘z hayotining ilk

bosqichlaridanoq ijtimoiy muhit ta’sirida

rivojlanadi, jamiyatdagi, atrof-muhitdagi

qadriyatlar, urf odatlar,

me’yorlar, xatti

-

harakat andozalarini o‘zlashtiradi

hamda

takomillashtiradi. Ushbu uzluksiz va murakkab jarayon psixologiyada ijtimoiylashuv
deb ataladi. Ijtimoiylashuv shaxsning ijtimoiy hayotida, faoliyatida ijtimoiy tajriba

orttirishiga, o‘zini jamiyatda anglash va munosib o‘rin egallashiga

shart sharoitlar

yaratadi. U insonning psixologik rivojlanishi, shaxsiy identiteti, moslashuvchanligi

hamda kommunikativ salohiyati kabi muhim jihatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bugungi

zamonamizning globallashuv va axborot oqimining kuchaygan sharoitida shaxsning
ijtimoiylashuvi tobora murakkablashib, takomillashib bormoqda. Ayniqsa, yosh

avlodning to‘g‘ri ijtimoiy shakllanishi

davlat, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim

omilga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu
masalaga alohida e’tibor qaratib, “Yangi O‘zbekistonni barpo etishda, eng avvalo,
ongli, faol va sog‘lom fikrlaydigan yosh avlodni tarbiyalashimiz lozim. Shunday
yoshlar borki, ularni oila, maktab va jamiyat birdek tarbiyalashi kerak

21 deb

ta’kidlab o‘tgan edi. Darhaqiqat

, shaxsning shakllanishida, rivojlanishida jamiyat,

ijtimoiy muhit, ijtimoiy institutlarning

o‘rni va o‘zaro uyg‘unlikda

gi faoliyat yuritishi

muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu faoliyatni amalga oshirishda oila, mahalla, maktab,

oliy ta’lim

muassasalari va media muhitining hamkorligi va roli psixologik nuqtai nazardan
muhim sanaladi.

Ijtimoiylashuv tushunchasi psixologiya fanida shaxsning jamiyatga moslashuvi

va ijtimoiy tajriba orttirish jarayoni sifatida talqin qilinadi. Bu boradagi adabiyotlarni

tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, har bir shaxs ijtimoiy hayotga faol tarzda qo‘shilmas
ekan, u to‘liq yetuk shaxs sifatida shakllanishi qiyinlashadi. Psixolog

A.V.Petrovskining fikricha, ijtimoiylashuv bu insonning jamiyatdagi rolini anglab

yetishi va bu rolni faol ijro etishga tayyor bo‘lishidir. U bu jarayonni faqat tashqi

21

Mirziyoyev Sh. M.,

Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

https://president.uz. 2020.


background image

124

Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

omillar emas, balki ichki psixik ehtiyojlar bilan ham bog‘laydi

22. Bizningcha,

olimning qarashlarida juda muhim bir haqiqat yotadi

ya’ni

inson jamiyatga, ijtimoiy

muhitda,

faqat ta’sirni qabul qiluvchi emas, balki unga faol ta’sir ko‘rsatuvchi

subyekt sifatida kiradi. Binobarin

, shaxs o‘z ijtimoiy o‘rnini

izlaydi hamda

o‘zlashtiradi, balki uni

rivojlantiradi. Aynan shuning uchun ham har bir insonning

individual xususiyatlari, tajribasi, qobiliyati, va psixologik holati ijtimoiylashuv

jarayoniga o‘ziga xoslik

bilan kirishadi

. G‘arb olimlaridan Jorj G. Midning “I” va

“Me” nazariyasi bu jarayonni chuqur tushuntirib beradi. Unga ko‘ra, inson o‘zini
boshqalarning ko‘zlari bilan ko‘rishga, ya’ni o‘zini jamiyatda qanday qabul

qilinishini anglashga harakat qiladi23

deb ta’kidlaydi. Ayniqsa, o‘smirlik davrida bu

psixologik xususiyat

kuchli namoyon bo‘ladi

, yoshlar boshqalarning fikriga juda

e’tiborli, ta’sirli va sezgir bo‘lib qoladilar. Bu esa o‘smirlarda o‘z

-

o‘zini anglash,

ijtimoiy identitet rivojlanishi hamda

ichki konfliktlar paydo bo‘lishi kabi murakkab

psixologik jarayonlarni boshidan kechiradi.

O‘zbek

psixolog olimlarining qarashlari esa ijtimoiylashuvni milliylik, milliy

madaniyat va qadriyatlar bilan bog‘lab o‘rganadi. Masalan, A. A. Karimov va G. I.
Saidova o‘z tadqiqotlarida ijtimoiylashuvda oilaning o‘rni, ayniqsa ota

-onaning

shaxsiy namunasi va bolalar bilan emotsional aloqaning ahamiyati muhimligini

alohida ta’kidlaydilar

24. Ularning fikricha, oila- bu ijtimoiylashuvning birinchi va

eng muhim maktabidir. Shaxsan men ham bu

g‘oyaga

qisman

qo‘shilaman, chunki

yoshlikdagi emotsional jihatlar,

o‘zaro

ishonch va xavfsizlik hissi insonning butun

ijtimoiy hayotidagi munosabatlariga asos

bo‘lib xizmat qiladi

. Shu bilan birga,

zamonaviy sharoitlarda ijtimoiylashuv omillari sirasiga internet hamda ijtimoiy
tarmoqlarning

o‘rni va

roli ham keng yoritilmoqda. Masalan, M.Turakulovaning

izlanishlarida virtual muhit orqali ijtimoiylashuvning ijobiy va salbiy jihatlari

ko‘rsatilgan: bir tomondan yoshlar ko‘proq fikr almashadi, o‘zlarini erkin ifoda etadi

,

ikkinchi tomondan esa, real ijtimoiy tajriba yetishmasligi, yolg‘izlik, taqlidga
moyillik kabi xavfli holatlar yuzaga keladi⁴.

Shu o‘rinda ta’kidlash

lozimki, jamiyatda

ijtimoiylashuv faqat tashqi ta’sirlarni

qabul qilish emas, balki

inson o‘z

-

o‘zini anglab, ongli ravishda

davlat, jamiyatga

ijtimoiy

munosabat bildirish jarayonidir. Inson o‘ziga xos psixologik

xususiyat

22

Petrovskiy A. V. , Shaxs va jamiyat: psixologik tahlil. Moskva:1986. Pedagogika.

B. 45-67.

23

Mead G. H. , Mind, Self, and Society. Chicago: 1934. University of Chicago Press.

P. 112-135.

24

Karimov A. A., Saidova G. I.. Shaxs psixologiyasi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti.

Toshkent.:

2019


background image

125

Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

hamda psixologik ehtiyoj, qobiliyat va

tajribaga ega bo‘lgan mavjudot sifatida

jamiyatda mavjud ijtimoiylashuv jihatlarni ham ongli ravishda

o‘zlashtiradi.

Tahlil qilingan tadqiqotlar hamda psixologik nazariyalar asosida shuni

ta’kidlash

lozimki, jamiyatda ijtimoiylashuv jarayoni shaxsiy rivojlanishning ajralmas qismi

bo‘lib, uning muvaffaqiyati ko‘plab omillarga bog‘liq

jarayondir. Xususan, oila,

mahalla, maktab,

oliy ta’lim muassasalari

va media muhitining hamkorligi va

psixologik

ta’siri muhim

ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Oilada farzand

tarbiyasida ota-

onaning ijtimoiylashuvdagi o‘rni va roli hamda ta’lim muassasasi

dagi

ta’lim va muhit

shaxsning ijtimoiy-psixologik barqarorligining asosiy poydevori

sifatida ham alohida ta’kidlan

adi. Bu borada psixolog olimlarning fikrlariga,

nazariyalariga

to‘liq qo‘shilish mumkin, chunki farzandning oiladagi

tarbiyasi,

hurmat, mehr-muhabbat va

o‘zaro

ishonch muhiti unga ijtimoiy psixologik

ko‘nikmalarni shakllantirishda tayanch bo‘lib xizmat qiladi

. Bundan tashqari,

zamonaviy sharoitda ijtimoiylashuv na

faqat an’anaviy sharoitlar ta’sirida

, balki

zamonaviy raqamli texnologiyalar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali kuchli tarzda
amalga oshirilmoqda. Bu yangi muhit

o‘smirlar va yoshlarning o‘zaro

ijtimoiy

munosabatlarida yangicha yondashuvlarni

yuzaga keltiradi, biroq u o‘z navbatida

yoshlarda yangi xavf-

xatarlar va noto‘g‘ri taqlid kabi holatlarni ham yuzaga

keltirishi

mumkin.

Bizningcha, shuning uchun ham jamiyatda shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida

texnologik, psixologik

omillarni chuqur o‘rganish, o‘zlashtirish

hamda boshqarish

zarurati kuchaymoqda. Bundan tashqari, shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida yuzaga

kelishi mumkin bo‘lgan

psixologik buzilishlar, xususan, ijtimoiy izolyatsiya va

konformizm kabi psixologik

holatlar shaxsning psixologik salomatligiga salbiy ta’sir

ko‘rsat

ishi mumkin. Bu kabi

holatlar shaxsning o‘zligini anglash jarayonini

murakkablashtiradi, shaxsda ichki konfliktlarni kuchaytiradi va hatto stress,
depressiya, affekt kabi ruhiy buzilish yoki ruhiy kasalliklar keltirib chiqarishi
mumkin. Shuning uchun, jamiyatda

ijtimoiylashuvni qo‘llab

-quvvatlashni

kuchaytirish, mahalla, ota-onaning rolini kuchaytirish, ijtimoiy muhitni yaxshilash,
psixologik yordam va oilaviy hamda ijtimoiy psixologik

qo‘llab

-quvvatlash

mexanizmlarini yanada kuchaytirish

lozim bo‘ladi

.

Bizningcha, shaxsning jamiyatga ijtimoiy psixologik moslashuvi va uning

ijtimoiy-

psixologik barqarorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yanada

batafsil

o‘rganish uchun

ilmiy tadqiqotlar

o‘tkazish va turli

metodlar qo‘llanilishi zarur.

Shuningdek,

jamiyatda o‘smirlar hamda

yoshlar orasida onlayn va oflayn


background image

126

Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ijtimoiylashuv

dasturlarini ishlab chiqish orqali yo‘lga qo‘yilishi ularni

yanada tezroq

jamiyatga ijtimoiylashuvini rivojlantirishi mumkin.

Umuman olganda, ijtimoiylashuv nafaqat shaxsning ichki dunyosini

rivojlantiradi, balki uni davlat va jamiyatga, ijtimoiy muhitga, atrof-muhit bilan uzviy

aloqada bo‘lishini ta’minlaydigan murakkab

jarayondir. Shu sababli, jamiyatda

ijtimoiylashuv jarayonini samarali va uzluksiz tashkil etish, uning psixologik
asoslarini chuqur anglash va ijtimoiy muhitni psixologik

sog‘lomlashtirish orqali

davlat va jamiyat rivojiga xizmat qilish mumkin.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, jamiyatda

ijtimoiylashuv jarayoni shaxsning

o‘zligi,

shaxsiyati hamda jamiyat bilan

o‘zaro

munosabatlarini rivojlantirishda hal

qiluvchi

omil bo‘ladi

. Ilmiy t

adqiqotlar tahlili shuni ko‘rsat

adiki, jamiyatda

ijtimoiylashuv faqat tashqi ta’sirlarning natijasi emas, balki shaxsning o‘zini anglashi,

ijtimoiy moslashuvchanligi hamda psixologik rivojlanishining murakkab jarayoni

bilan uzviy bog‘liq

.

Jamiyatda oilaning farzand tarbiyasidagi mehr-muhabbatli muhiti, maktab va

ta’lim muassasalaridagi

ijobiy psixologik muhit va tengdoshlarining ijobiy psixologik

ta’siri,

shuningdek,

zamonaviy

sharoitlardagi

zamonaviy

internet

va

texnologiyalarning imkoniyatlaridan ongli va ehtiyotkorlik bilan

munosabatda bo‘lish

jamiyatda

ijtimoiylashuv jarayonining muvaffaqiyatli bo‘lishida muhim ahamiyatga

ega. Shuningdek, jamiyatda ijtimoiy izolyatsiya va konformizm kabi salbiy
psixologik holatlar shaxsning ruhiyatini buzilishiga va ruhiy salomatligiga xavf va
tahdid soladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M.,

Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati. https://president.uz. 2020

2.Petrovskiy A. V. , Shaxs va jamiyat: psixologik tahlil. Moskva:1986.

Pedagogika.

B. 45-67.

3. Mead G. H. , Mind, Self, and Society. Chicago: 1934. University of Chicago

Press.

P. 112-135.

4. Karimov A. A., Saidova G. I. , Shaxs psixologiyasi. Toshkent:2019.

O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti. –

B. 78-102.

5. Turakulova M. ,

“Ijtimoiy tarmoqlar va yoshlar psixologiyasi”.

2020. Yosh

olim, №4

(57), 45-49.

6.

https://phsreda.com/e-articles/208/Action208-96413.pdf

.

7.

https://cyberleninka.ru

.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M., Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati. https://president.uz. 2020

Petrovskiy A. V. , Shaxs va jamiyat: psixologik tahlil. Moskva:1986. Pedagogika. – B. 45-67.

Mead G. H. , Mind, Self, and Society. Chicago: 1934. University of Chicago Press. – P. 112-135.

Karimov A. A., Saidova G. I. , Shaxs psixologiyasi. Toshkent:2019. O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti. – B. 78-102.

Turakulova M. , “Ijtimoiy tarmoqlar va yoshlar psixologiyasi”. 2020. Yosh olim, №4 (57), 45-49.