42
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
SSENARIY – ESTRADA VA OMMAVIY TOMOSHALAR
DRAMATURGIYASINING ASOSI
Ikramov Shaxobiddin Najmiddinovich
OʻzDSMI dotsenti v.b.
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
Estrada
va
ommaviy
tomoshalar
dramaturgiyasining asosi bo‘lgan ssenariy haqqida so‘z yuritilgan bo‘lib, ssenariy
turlari, ssenariy yozishda nimalarga e’tibor berish kerakligi, montaj usullari atroflicha
yoritib berilgan.
Ssenariy – bu bo‘lg‘usi tadbirni tayyorlash uchun asosiy badiiy
manbadir. Ssenariyda tadbirning g‘oyasi, oliy maqsadi, kompozitsion tuzilishi aks
ettiriladi. Shuningdek, ssenariyda tadbir o‘tkaziladigan joy (sahna, maydon)ning
bezatilishi, qatnashchilar so‘zlarining matnlari, badiiy va hujjatli materiallar, badiiy
fon va fon guruhi tasviri, chiroqlar, sahnalashtirish rejasi va rejissyorlik tahlili ham
ko‘rsatilib o‘tiladi. Ssenariyning puxta bo‘lishi bo‘lajak tadbirning eng asosiy
yutuqlaridan biridir.
Kalit so‘zlar:
Tomosha, bayram, ssenariy, rejissyor, dramaturg, maydon, sahna,
kompozitsiya, ssenariynavislik.
Annotation:
This article discusses the script, which forms the basis of drama in
stage performances and mass shows. It covers different types of scripts, key aspects
to consider when writing a script, and various montage techniques. A script is the
main artistic source for preparing an upcoming event. The script reflects the idea,
ultimate goal, and compositional structure of the event. It also includes details on the
design of the venue (stage, area), the text of the participants' dialogues, artistic and
documentary materials, artistic background and background group imagery, lighting,
staging plan, and directorial analysis. The quality of the script is one of the key
factors for the success of the upcoming event.
Keywords:
Performance, celebration, script, director, playwright, venue, stage,
composition, scriptwriting.
Estrada va ommaviy tomoshalar dramaturgiyasining asosini ssenariy tashkil
etadi. Ssenariy – deb yozadi bayramshunos olim U.Qoraboev – italyancha so‘z
bo‘lib, asarning sxemasi, plani degan tushunchani bildiradi.[1]
Dramaturg, soha pedagogi Haydar Muhammad “ssenariy” tushunchasiga
quyidagicha ta’rif beradi: “Ssenariynavislik – yozuvchilikdir. Ssenariy - italyancha
so‘z bo‘lib, kinoda, televidenieda, teatrlarda qo‘yiladigan pesalar ommaviy
43
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
tomoshalar dasturi, rejasi, syujet va sxemasi,
kirish payti, chiqish vaziyatidir.
Ssenariynavislik - “Ssenariy” so‘ziga forscha “Navisanda” - yozuvchi, adib
ma’nosidan “navis” olinib, “Ssenariynavis” atamasi yaratilgan va joriy qilingan”.[2]
Ssenariy tabiati bo‘yicha bir qancha turlarga bo‘linadi:
Kino ssenariy:
badiiy filmlar ssenariysi;
hujjatli filmlar ssenariysi;
ilmiy-ommabop filmlar ssenariysi;
qo‘g‘irchoq va multifilmlar ssenariysi.
Televizion ssenariylar:
adabiy-badiiy ko‘rsatuvlar ssenariysi;
publitsistik – axborot ko‘rsatuvlar ssenariysi;
ma’naviy- ma’rifiy ko‘rsatuvlar ssenariysi;
ijtimoiy-siyosiy ko‘rsatuvlar ssenariysi;
o‘yin-ko‘ngil ochar ko‘rsatuvlar ssenariysi;
televizion filmlar ssenariysi;
musiqiy ko‘rsatuvlar ssenariysi va h.k.
Radioeshittirishlar ssenariysi:
ijtimoiy-siyosiy eshittirishlar ssenariysi;,
adabiy - badiiy eshittirishlar ssenariysi;
publitsistik-axborot eshittirishlari ssenariysi;
musiqiy eshittirishlar ssenariysi;
ma’naviy – ma’rifiy eshittirishlar ssenariysi;
o‘yin-ko‘ngil ochar eshittirishlar ssenariysi va h.k.
Sirk tomoshalari ssenariysi:
Estrada vaommaviy tomoshalar ssenariysi:
Estrada va ommaviy tomoshalar ssenariysi - sintetik asardir. Unda
dramaturgiyaning elementlari bo‘lib, ko‘proq epik xarakterdagi (ba’zida lirik – epik)
asarlarga yaqinlashib, ko‘proq u yoki bu mashtablilikni, ijtimoiy hodisalarni aks
ettiradi. Har bir ssenariyning badiiy darajasi, umumiy dramaturgiyada bo‘lganidek,
epizodlarning dramaturgik tugallanganligi, kartinaning obrazli yakunlanganligi,
tomoshabinga ta’sir etuvchi emotsional kuchlarning boshidan oxirigacha rivoji,
dramaturgiya talablariga javob bera olishi bilan belgilanadi.
Shunday bo‘lishiga qaramay, estrada va ommaviy tomoshalar ssenariysi, teatr
uchun yozilgan pesadan, badiiy filmga yozilgan ssenariydan farq qiladi. Undagi
44
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
publitsistik vazifalar, ahamiyatli, ijtimoiy hodisalar aniq qahramonlarning shaxsiy
qarama - qarshiliklari orqali emas, balki ijtimoiy ziddiyatlarni epik prinsip bo‘yicha,
yaxlit namoyish etiladi.[3]
Ssenariy – bu bo‘lg‘usi tadbirni tayyorlash uchun asosiy badiiy manbadir.
Ssenariyda tadbirning g‘oyasi, oliy maqsadi, kompozitsion tuzilishi aks ettiriladi.
Shuningdek, ssenariyda tadbir o‘tkaziladigan joy (sahna, maydon)ning bezatilishi,
qatnashchilar so‘zlarining matnlari, badiiy va hujjatli materiallar, badiiy fon va fon
guruhi tasviri, chiroqlar, sahnalashtirish rejasi va rejissyorlik tahlili ham ko‘rsatilib
o‘tiladi. Ssenariyning puxta bo‘lishi bo‘lajak tadbirning eng asosiy yutuqlaridan
biridir.
Ssenariyning
bo‘sh yozilishi esa tadbirning mexanik qismlar
umumlashmasiga, yagona syujetning buzilishiga, g‘oyaviy mazmunning to‘la
yoritilmasligiga olib keladi.[1]
Shuning uchun ijodiy guruh a’zolari aynan shu kasbning mutaxassislari bo‘lishi
hamda ijodiy guruhda ahillik talab qiladi.
Rejissyor B.Sayfullaev ssenariy yaratish haqida gapirib, uni 3 xil toifaga
ajratadi: Ya’ni,
–
oddiy ssenariy (mavjud materiallarni ketma- ketligi belgilanib, boshqaruvchi
bog‘lovchi sifatida ishtirok etadi);
–
yig‘ma ssenariy (turli xil ssenariylardan ishlatilgan materiallardan
foydalangan holda yoziladi);
–
original ssenariy (tomoshabin ko‘z oldida o‘zi kutmagan turli burilishlarga,
to‘qnashuvlarga, hissiyotlarga duch keladi va natijada u zerikmaydi, tadbirdan estetik
zavq oladi).[4]
Ssenariyda tasvirlanayotgan kurashni qahramonlar boshqarmay, balki unda faol
ishtirok etadilar. Estrada va ommaviy tomoshalar ssenariysi tomoshabinga emotsional
ta’sir qilish borasida keng imkoniyatlarga ega.
Bunday ssenariy muallifi, tomoshabinlarga berilgan tarixiy faktlarga bo‘lgan
munosabatiga suyanishi mumkin.
Ssenariy muallifi unga dramaturgik asarlardan parchalar kiritishi yoki aniq
qahramonlarning aniq to‘qnashuvlarini ko‘rsatuvchi u yoki bu dramaturgik
xarakteriga ega bo‘lgan epizodlarni o‘zi yozishi mumkin. Albatta ssenariyda
qanchalik ko‘p badiiy vositalar qo‘llanilsa, u shunchalik murakkablashadi, lekin
ssenariyning g‘oyaviy-badiiy yaxlitligini vujudga keltirish oson bo‘ladi. Shuning
uchun ssenariy dramaturgiyasi, ya’ni uning kompozitsion qurilishi katta ahamiyatga
egadir.
45
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ssenariy muallifi ssenariy yaratish jarayonida asosan mahalliy dalil, hujjat va
tarixiy materiallarga asoslanib, ulardan to‘g‘ri foydalana olishi lozim. Muallif
qo‘llanilayotgan rasmiy hujjatlarni quruq chiqmasligi uchun shunday badiiy
uslublarni topishi kerakki, bu badiiy uslublar, yorqin, hayajonga soluvchi, emotsional
harakatdagi asarga aylanishi kerak. Muallif o‘zi ishlatayotgan tarixiy-hujjatli
materialni yaxshi bilishi, o‘zi tasvirlayotgan davrning tarixchisiga aylanishi kerak.
Bitta hujjat kontekstda turlicha ta’sir qilishi mumkin. Hujjatli asar ustida ish olib
borganda, uning g‘oyaviy va badiiy vazifalarini hujjatlar bilan ishlash jarayonida
aniqlab olish kerak. Oldindan, o‘z asarining aniq g‘oyasini muallif aniqlab olmasa, u
yoki bu hujjatli material, ma’lum audiatoriyaga kontekstda qanday talqin etilishini
bila olmaydi. Faqat shundagina muallif asarda qaysi hujjat, qaerda qanday ma’no
kasb etadi, qaysi hujjatni qayta ishlash lozimligi ma’lum bo‘ladi.
Muallif hujjatni qayta ishlashda kontekstdan kelib chiqqan holda,
boshlovchining baholash uslubi bilan, boshqa materialni ulashi mumkin. Hujjatlar
bilan ishlash jarayonida, ularni soxtalashtirish eng katta xato hisoblanadi. San’at
sohasida hujjatlarni inkor etish dalil bilan ijodkor g‘oyasi orasiga «xitoy devoriga»
o‘xshagan to‘siq qo‘yadi. Hujjatlarga bunday munosabat, ijodkor g‘oyasining
ob’ektiv haqiqatdan chetga chiqib, unga zid munosabatni vujudga keltiradi.
Avvalambor biz «hujjat» va «dalil» atamalarining ma’nosini tushinib olishimiz
lozim. Ko‘p mualliflarda «adabiyotdagi dalil» va «hujjatli adabiyot» tushunchalari bir
ma’noda ishlatiladi. «Dalil» va «hujjat» tushunchalari sinonim sifatida qaraladi. Shu
sababli ko‘p chigalliklarga yo‘l qo‘yiladi.
Bizga ma’lumki, tarixiy dalil hech qachon qaytarilmaydi va uni boshqatdan
vujudga keltirib bo‘lmaydi. Shuning uchun u hech bir asarda gavdalana olmaydi.
Hujjat esa- bu dalil haqidagi guvohlikdir. U real mavjud bo‘lib, uni bemalol
ishlatish mumkin. Bundan tashqari, bo‘lib o‘tgan hodisalar haqidagi yozma
guvohliklar, bayonnoma, stenogramma, nikoh haqidagi guvohnoma va h.k.lar dalil
sifatida ishlatilishi mumkin. Yo bo‘lmasa fotosuratlar, kinokadrlar «tasviriy» dalil
sifatida qo‘llaniladi.
Estrada va ommaviy tomoshalar ssenariysini yaratish jarayonida, albatta mavzu
va g‘oyani aniqlab olish lozim. Ko‘pincha bularning ikkisini aralashtirib yuboradilar.
Turli g‘oyaviy pozitsiyadan, ushbu mavzuda o‘z g‘oyalarini ochib beradilar.
Shunday qilib:
Asarning g‘oyasi
– bu muallifning jamiyat hayotini o‘zgartirish, asarning nima
sababdan yozilgani borasidagi faol fikridir. Bu bizning nima uchun kurashga
chorlashimizdir.
46
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Mavzu
– bu ssenaristning nima haqida hikoya qilmoqchiligi, tadbirda
yoritiladigan hayotiy ko‘rinishlardir.
Bayram yoki tomoshaning g‘oyasi badiiy va hujjatli materiallarni tanlashda asos
bo‘ladi. G‘oya faqatgina bayram yoki tomoshaning oxirida (finalda) echilib,
tomoshabinga mulohaza uchun ozuqa berishi lozim.
Syujet
– bu harakat davomida voqealarning rivojlanish zanjiridir. Syujet har
qanday teatrlashtirilgan tomoshada qarama-qarshiliksiz rivojlanmaydi.
Fabula
– asar mazmunida harakatning asosiy momentlarini tasvirlashdir.
Boshqacha qilib aytganda, fabula-bu umumlashtirilgan syujet, syujet esa,
konkretlashtirilgan (aniqlashtirilgan) fabuladir.
Kompozitsiya
– bu dramaturgiya qonuniyatlariga asoslangan holda, bayram
yoki tomoshaning barcha komponentlarini bir butuncha jamlab, harakatni tashkil
etishdir. Teatrlashtirilgan bayram va tomoshalarning kompozitsion tuzilishi-prolog,
asosiy harakatdagi tugun, kulminatsiya va final (echim)dan tashkil topadi.
Prolog
– bu tadbirning asosiy g‘oyasini umumlashma tasvirlashdir.
Tugun
– bu harakatning boshlanishi bo‘lib, tomoshabin fikri va his-
tuyg‘ularining asosiy, birinchi darajali voqeasidir.
Asosiy harakat –
bu syujetning, qarama-qarshilikning rivojlanishi bo‘lib,
kurash jarayoni, to‘qnashuvlar va to‘siqlarni engib o‘tishni tasvirlashdir. Aynan mana
shu erda ziddiyatlar rivoji juda ham muhimdir.
Kulminatsiya
– bu harakat rivojining eng yuqori nuqtasi va eng yuqori
keskinligidir. U albatta echimga olib boradi.
Final
– (ko‘pincha uni echim deb, ba’zida epilog deb ham ataydilar) bu bayram
yoki tomoshaning tugallanishidir.
Ssenariyda kompozitsiyaning ushbu komponentlari to‘liq ishtrok etgandagina
to‘liq badiiy asar shakliga kiradi.
Estrada va ommaviy tomoshalar ssenariysida harakatning uzviyligiga real
bo‘layotgan voqealarni faqatgina qayd etish bilangina emas, balki eng muhim
masalalar g‘oya va mavzudan kelib chiqib, erishiladi.[3]
Estrada va ommaviy tomoshalarni sahnalashtirish amaliyotida ssenariyning
uchta ish olib borish bosqichi, varianti shakllangan. Bular quyidagilardan iborat:
(ishchi) ssenariy rejasi, adabiy ssenariy, ishchi ssenariy (yoki montaj varaqasi).
Albatta adabiy-badiiy ssenariy yaratishdan oldin (ishchi) ssenariy rejasi tuziladi.
Bu ssenariy rejasida qilinadigan ishlar chamalanib, eskiz varianti ko‘rib chiqiladi.
Ssenariy rejasi va montaj varaqasisiz ommaviy teatrlashtirilgan bayramni,
ijtimoiy-badiiy hodisa sifatida tashkil qilish umuman mumkin emas. SHunday qilib,
47
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ssenariy rejasi-mavzuga bayram va tomoshaning yaxlit badiiy obrazni yaratishdagi
birinchi yondoshishidir.
Aynan materiallarni o‘rganish jarayonidan dramaturgiyaning ajralmas qismi
bo‘lgan bo‘lajak teatrlashtirilgan bayramni ko‘ra olish vujudga keladi. Ba’zi muxim
epizodlarni xal etishning asosiy fikri izlanish jarayonida vujudga keladi.
Ssenariy rejasi-teatrlashtirilgan bayram va tomosha kompozitsiyasining
umumlashma tasvir strukturasidir. Aynan ssenariy rejasida muallif fikrining aniq
qurilmasi yuzaga keladi.
Bo‘lajak ssenariydagi ritmik chizgilar, asosiy epizodlar va ketma-ketlik
xarakterini aniqlashda yordam beradi.
Adabiy ssenariyda bayramning barcha epizodlari to‘liq tas’virlanib, matnlar,
badiiy bezakning asosiy prinsiplari, xalq ommasining harakat xarakterlari ishlab
chiqiladi. Adabiy ssenariy ustida ishlash jarayonida butun bayramning umumiy
strukturasi, aniq belgilanib, u yoki bu epizoddagi (emotsionallik bilan bog‘liq
bo‘lgan) harakat keskinligi aniqlanadi. Ishning bu bosqichida bayram tomoshasining
kerakli tempi aniqlanib, umumiy dramatik harakatning dinamikasi belgilanadi.
Belgilangan adabiy ssenariyda harakat bo‘lib o‘tadigan joy va vaqtni tasvirlash,
adabiy ssenariydagi ma’lumotlar rassomning ishi uchun boshlang‘ich punkt bo‘lib
xizmat qiladi.
Bundan tashqari, teatrlashtirilgan bayramning adabiy ssenariysida xoreografik
va plastik kompozitsiyalar, syujetining tasviri, tovush va yorug‘lik, fon va boshqa
tasvirlar to‘liq ko‘rsatiladi.
Teatrlashtirilgan ommaviy bayramlar dramaturgiyasi ustida ishlashda ishchi
ssenariy yoki montaj varaqasini yozish, uchinchi, yakunlovchi bosqich bo‘lib
hisoblanali. I.M.Tumanov: -«Montaj varaqasini ommaviy teatrlashtirilgan bayramni
tashkil etishda eng ishonchli yordamchilar deydi. Bu ssenariy bayram davomida
bo‘lib o‘tadigan barcha narsani o‘z ichiga qamrab olib: bayramning vaqti,
o‘tkaziladigan joy, qatnashchilar, harakat yo‘nalishi aniq ko‘rsatiladi. D.V.Tixomirov
o‘zining «Teatrlashtirilgan tomoshalar haqida suhbat» nomli kitobida montaj
varaqasini, ishchi ssenariyni rejissyorning hujjatidir deydi. Montaj varag‘ini, har bir
nomerning komponentlari, uni ta’minlash uslublari, aniq ko‘rsatiladigan rejissyorlik
parteturasi deb ataganlar. Unda barcha xizmatlarga beriladigan topshiriqlar o‘z aksini
topadi»,-deydi.
Haqiqatda, musiqa, nur, pirotexnika, kino-video, maxsus butaforiya, hatto omma
harakati kabi ommaviy bayramlar dramaturgiyasining barcha elementlari parteturada
48
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ko‘rsatiladi. Montaj varag‘i umumiy, aniq, detallar har tomonlama aniq o‘rganib
chiqilgandan keyingina yoziladi.
Montaj varag‘idagi satr va ustunlarning soni (yuqoridan pastga har bir
komponentning harakati bo‘yicha yoziladi) bayramning masshtabi va undagi
elementlarning soniga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.
«Montaj» so‘zi, fransuzcha «montage» so‘zidan olingan bo‘lib - to‘plash,
yig‘ish degan ma’noni anglatadi. Montaj–faqatgina texnologiyani emas, balki hayot
hodisalari bilan, chuqur g‘oyaviy-falsafiy aloqa o‘rnatishdagi izlanishning badiiy
tafakkuri uslubidir.
Bo‘lajak ssenariy kompozitsiyasini tuzishda ssenariydagi syujet harakatiga
qarama-qarshilikni amalga oshirish orqali erishiladi. Kompozitsiya asarning ichki
strukturasini, g‘oyaning mantiqiy isbotini ochib beradi. Agar syujet harakatni vujudga
keltirsa, kompozitsiya mantiq, tempo-ritmni aniqlab, harakatni tashkillashtiradi.
Ssenariyda albatta ekspozitsiya bo‘lishi shart (ekspozitsiya lotincha «expositio»
- ta’riflash degan ma’noni bildirib, adabiy asarning kirish qismidir). Ssenariyda
ekspozitsiya rivojlanib, tugunga boradi. Ekspozitsiya va tugun juda ham aniq bo‘lishi
lozim, chunki ular bo‘lib o‘tayotgan voqea-hodisalarni to‘g‘ri qabul qila olish uchun
tomoshabinni tayyorlay olishi kerak.
Ssenariyda montajning bir qancha turlari mavjud:
1. «Ketma-ketlik montaji» - bunda barcha nomerlar g‘oyaviy navbat bo‘yicha
birin-keyin keladi.
2. «Parallel» montaj – bunda harakat bir vaqtning o‘zida bir necha tekislikda
bo‘lib o‘tib, bir-birini to‘ldirib, boyitadi.
3. «Assotsiativ montaj» - (yoki V.YAxontov ataganidek, «portlash» montaji) –
bunda ikki voqea bir-biri bilan to‘qnashib, yangi badiiy obrazni vujudga keltiradi.
4. «Ochiq» montaj – bu tomoshabinlarning ko‘z o‘ngida bloklar va
nomerlarning almashishi.
5. «Yopiq» montaj - bu oldindan ssenariyda belgilangan, g‘oyaviy
almashishlar.[5]
Shunday qilib, estrada va ommaviy tomoshalar dramaturgiyasida g‘oyaviylik,
syujetning mantiqiy va ketma-ket qurilishi, real dalil va badiiy epizodlarni assotsiativ
taqqoslash, ichki ritmik mutanosiblik asosiy montaj prinsipi hisoblanadi.
Hulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, ssenariy muallifi rejissyor bilan ijodiy
hamkorlikda hayotiy va mahalliy materiallardan foydalanib, badiiyat qonuniyatlari
asosida, o‘z g‘oyasiga, mazmuniga ega bo‘lgan yangi asarni yarata oladigan ijodkor
bo‘lmog‘i lozim.
49
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1.
Qoraboyev U. Badiiy-ommaviy tadbirlar. – Toshkent: О‘qituvchi, 1986.
2.
Muhammad H. Ssenariynavislik asoslari. – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2008
3.
AhmedovF.E. Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari. – Toshkent:
Aloqachi, 2008. – 424 b.
4.
Rustamov V.Q. Ommaviy bayramlar rejissurasi. – Toshkent: TDMI
bosmaxonasi, 2008.
5.
Mamatqosimov J.A. Estrada va ommaviy tomoshalar rejissurasi. –
Toshkent: Donishmand ziyosi, 2023. – 176 b.
6.
Юсупова М.Р. Режиссура эстрады и массовых представлений.
Тошкент: Lesson press, 2021. -161 б.
7.
Egamberdiyev F.T. Estrada va ommaviy tomoshalar rejissurasi. –
Toshkent: Fan va texnologiya, 2018. – 356 b.
8.
Mamatqosimov J.A. Aktyorlikmahorati.Toshkent: Lesson press, 2019. –
220 b.
