Авторы

  • Нафосат Раззокова
    Buxoro davlat pedagogika instituti

Биография автора

  • Нафосат Раззокова , Buxoro davlat pedagogika instituti
    pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.80438

Ключевые слова:

xalqparvar tamoyil aholi maqsad strategiya siyosat yuritish iqtisodiyot jadal rivojlantirish adolat va qonun ustuvorligi.

Аннотация

ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida ilgari surilgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar so‘z yuritiladi.


background image

53

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

TALABA YOSHLARNING TARAQQIYOT MAZMUNINI ANGLASHNING

ASOSIY YO‘NALISHLARI

Razzoqova Nafosat Ramiz qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabasi


Annotatsiya:

ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida

ilgari surilgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

xalqparvar, tamoyil, aholi, maqsad, strategiya, siyosat yuritish,

iqtisodiyot, jadal rivojlantirish, adolat va qonun ustuvorligi.

ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ПОНИМАНИЯ СОДЕРЖАНИЯ

РАЗВИТИЯ СТУДЕНЧЕСКОЙ МОЛОДЕЖИ

Раззокова Нафосат Рамиз кизи

Бухарский государственный педагогический институт Студент педагогического

направления

Аннотация:

В данной статье говорится о реформах в духовно-

образовательной сфере, выдвинутых в Стратегии развития нового Узбекистана.

Ключевые слова:

ориентация на людей, принцип, население, цель,

стратегия, разработка политики, экономика, быстрое развитие, справедливость
и верховенство закона.

MAIN DIRECTIONS FOR STUDENT YOUTH TO UNDERSTAND THE

CONTENT OF DEVELOPMENT

Razzokova Nafosat Ramiz qizi

Bukhara State Pedagogical Institute Student of Pedagogical education

Abstract:

This article discusses the reforms in the spiritual and educational

sphere put forward in the development strategy of New Uzbekistan.

Keywords:

People-oriented, principle, population, goal, strategy, policy

implementation, economy, rapid development, justice and the rule of law


background image

54

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Yangi O‘zbekistonda yangi milliy huquqiy tizimlar shakllanmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va eng
asosiysi inson qadri tamoyilini eʼtirof qilmoqdalar. So‘nggi besh yillik islohotlarning
natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-
huquqiy,ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.Jahon miqyosidagi
murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur
tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida
xalqimizning farovonligini yanada oshirish,iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya
qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hamda faol fuqarolik jamiyatini
shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida
prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Harakatlar strategiyasidan-taraqqiyot strategiyasi
sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishlardan iborat “2022-
2026 yillarda mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
farmonni imzoladi.

Strategiya besh bosqichda amalga oshiriladi, ularning har biri aniq maqsadlardan

iborat. Hammasi bo‘lib 100 ta maqsad mavjud.

Stategiyaning birinchi tamoyili “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik

jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish”.Ushbu tamoyil
12 ta maqsadni o‘z ichida olgan bo‘lib,unda asosan inson qadrini ulug‘lash,aholining
barcha muhtoj qatlamlari,ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlar olishi davlat
boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqaroga xizmat qilishga yo‘naltirish”tamoyili
asosida transformatsiya qilish va xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini
takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

Strategiyaning ikkinchi tamoyili “Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi

tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish”. Bu tamoyil
fuqarolar o‘rtasida qonunga hurmat va itoat qilish hissini shakllantirish, sud va
boshqa organlar hujjatlarining o‘z vaqtida vaz to‘liq ijrosini ta’minlash, qonun
ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu
jarayonning bosh me’zoni sifatida belgilash kabi maqsadlarni o‘z ichiga olgan.

Strategiyaning uchinchi tamoyili “Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish,uning o‘sish

sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash”.Mazkur tamoyilda hududlarni
mutanosib rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyotni 1,4-1,6 barobariga oshirish,suv
resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni iqtisod qilish bo‘yicha
alohida davlat dasturini amalga oshirish,respublika eksport salohiyatini oshirish
orqali 2026-yilda respublika eksport hajmlarini 30 milliart dollarga yetkazish,dasturiy


background image

55

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

mahsulotlar industriyasini hajmini 5 marta,ularning eksportini esa 10 marta oshirish
singari maqsadlarni o‘z ichiga jamlagan.

Strategiyaning to‘rtinchi tamoyili “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish,inson

kapitalini rivojlantirish”.Ushbu tamoyilda quyidagilar maqsad qilib qo‘yilgan.2026-
yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta
ko‘rib chiqib,amalda joriy etish,qariyb 100 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo
etish,tibbiy

asbob-uskunalarga

texnik

xizmat

ko‘rsatish

tizimini

takomillashtirish,olimpiya va paraalimpiya harakatini rivojlantirish,jismoniy tarbiya
va sport bilan muntazzam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini ko‘paytirishdir.

Strategiyaning beshinchi tamoyili “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash ushbu

sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish”.Ushbu tamoyilda asosan
O‘zbekiston tarixini o‘ganish va targ‘ib qilishni yanada rivojlantirish buyuk
ajdodlarimizning boy ilmiy me’rosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish,
jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash,
madaniyat va san’at sohalarini yanada rivojlantirish kabi maqsadlarni o‘z ichiga
oladi.

Strategiyaning oltinchi tamoyili “Umumbashariy muammolarga milliy

manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim toppish”. Ushbu tamoyilda davlat
xizmatida halollik standartlarini joriy etish, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat
migratsiyasi siyosatini olib borish, Orol dengizining tubida qo‘shimcha 500 ming
gektar yashil maydonlarni barpo etib umumiy hajmini 2,5 million gektarga yetkazish
kabi maqsadlarni o‘z ichiga olgan.

Strategiyaning yettinchi tamoyili “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa

salohiyatini kuchaytirish,ochiq pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish”.Ushbu
tamoyilda

quyidagilar

maqsad

qilib

qo‘yilgan,mamlakatning

xalqaro

munosabatlardagi teng huquqli subyekt sifatidagi rolini oshirish,favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish,harbiy
xizmatchilar,ularning oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini har tomonlama
kuchaytirish va jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har bir tamoyilda avvalo inson manfaatlari

ustun turadi. Bu tamoyillar inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyat barpo
etishdan iboratdir. Yuksalayotgan yangi O‘zbekistonda yaratilgan bunday
imkoniyatlar yuksak marralarni egallash uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat
qiladi.Prezidentimiz boshlab bergan oqilona siyosatda birinchi o‘rinda kelajak
avlodning manfaatlarini o‘ylagan holda tuzulgan puxta o‘ylangan va mustahkam
tuzulgan strategiyadir.


background image

56

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh. M. "Milliy taraqqiyot yo‘limizni qatʼiyat bilan davom ettirib

yangi bosqichga ko‘taramiz". 2019-yil.

2. Mirziyoyev Sh.M "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari". 2020-yil.
3. Mirziyoyev Sh. M. "Yangi O‘zbekiston strategiyasi ". 2021-yil.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh. M. "Milliy taraqqiyot yo‘limizni qatʼiyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko‘taramiz". 2019-yil.

Mirziyoyev Sh.M "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari". 2020-yil.

Mirziyoyev Sh. M. "Yangi O‘zbekiston strategiyasi ". 2021-yil.