Авторы

  • М.Б. Рахимова
    TDPU

Биография автора

  • М.Б. Рахимова, TDPU
    1-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.80439

Ключевые слова:

sinf dars boshlang’ich ta’lim tanqid savodxonlik metod usul uslub vositalar.

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarini tanqidiy fiklashning pedagogik imkoniyatlari, tanqidiy fikrlashning afzalliklari, vositalari va metodlarini dars jarayonida tadbiq qilish samaradorligi haqida fikrlar bayon etilgan.


background image

57

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TANQIDIY FIKRLASHNING PEDAGOGIK

IMKONIYATLARI VA AFZALLIKLARI

M.B.Raximova

1-bosqich magistranti, TDPU

munirabonuraximovaaa@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarini tanqidiy

fiklashning pedagogik imkoniyatlari, tanqidiy fikrlashning afzalliklari, vositalari va
metodlarini dars jarayonida tadbiq qilish samaradorligi haqida fikrlar bayon etilgan.

Kalit so’zlar

: sinf, dars,boshlang’ich ta’lim, tanqid, savodxonlik, metod, usul,

uslub, vositalar.

Аннотация:

В данной статье изложены идеи о педагогических

возможностях критического мышления младших школьников, преимуществах
критического мышления, эффективности применения средств и методов в
процессе урока.

Ключевые слова:

класс, урок, начальное образование, критика,

грамотность, метод, метод, метод, средства.

Annotation.

This article presents ideas about the pedagogical possibilities of

critical thinking in younger schoolchildren, the advantages of critical thinking, and
the effectiveness of using tools and methods in the teaching process.

Keywords:

class, lesson, primary education, criticism, literacy, method,

method, method, means.


“Tanqidiy fikrlash” atamasi ilk bor XX asrning ikkinchi yarmida vujudga

kelgan. Mazkur tushuncha haqida tafsilot berishdan oldin, muayyan fikrlash
ko‘nikmalari ustida to‘xtalish maqsadga muvofiqdir. Chunki fikrlash ko‘nikmalari
o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni tarkib toptirish uchun nihoyatda zarurdir. Ta’lim
jarayonida “tanqidiy fikrlash” atamasidan foydalanish amerikalik faylasuf Jon
Dyuiga (1910-yil) borib taqaladi, u ko‘proq uni “reflektiv fikrlash” deb atagan. U
shunday ta’rif berdi: “Har qanday e’tiqod yoki bilimning taxminiy shaklini uni
qo‘llab-quvvatlovchi asoslar va u moyil bo‘lgan keyingi xulosalar nuqtayi nazaridan
faol, qat’iyatli va diqqat bilan ko‘rib chiq” va bunday mulohaza yuritish odatini ilmiy
nuqtai nazar bilan aniqladi. Jon Dyui tanqidiy fikrlashni ta’limning yakuniy
intellektual maqsad deb bildi. Uning fikricha: “O‘quvchilar muayyan muammo bilan
shug‘ullana boshlasalargina, ularda tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi. Shu sababli,


background image

58

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ta’lim jarayonining boshlang‘ich nuqtasi hisoblangan, biror vaziyat yoki hodisaga
tegishli bo‘lgan eng muhim savol bu hodisa qanday muammoni vujudga keltirishini
anglatadigan savoldir. Faqatgina muayyan muammo bilan kurashib, murakkab
vaziyatdan chiqish uchun o‘zining shaxsiy yo‘lini izlagandagina, o‘quvchi haqiqatan
ham fikrlaydi”. Darhaqiqat, rejali va maqsadli o‘qitish va tarbiyalash jarayonida
o‘quvchilarning intellekt darajasini aniqlash zaruriyati tanqidiy fikrlashni
shakllantirishni vujudga keltirgan. O‘z ibtidosida bu natijalar oddiy pedagogik
metodlar orqali aniqlangan.

Bugun biz demokratik jamiyatda yashayapmiz va bu jamiyatda yoshlarning faol

hayoti tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan vazifalarni bajara olish va muayyan
maqsadga erishish uchun zarur ma’lumotlarni topish va o‘z ustida ishlashi talab
qilinadi va kuzatib boriladi. «Tanqidiy fikrlash yangi, chuqur g‘oyalar sinovdan
o‘tkazilganda, baholanganda, ishlab chiqilganda va qo‘llanilganda yuzaga keladi»,
deydi Devid Kluster. Devid Kluster tanqidiy fikrlashni quyidagicha ta’riflaydi.
Tanqidiy fikrlash - shaxsiy fikrlash. Tanqidiy fikrlash savol va muammolarni
aniqlashdan boshlanadi. Tanqidiy fikrlash inson hayoti davomida duch kelgan
vaziyatlarda o‘z yechimini topadigan va uni turli misollar bilan tasdiqlaydigan aniq
dalillarga intiladi. Tanqidiy fikrlash - bu ijtimoiy fikrlash demakdir.

Savol berish va izlanishni davom ettirish bilim va har qanday rivojlanishning

mohiyatidir. E.Dakvort o‘z kitobida shunday deydi: “Yorqin g‘oyaning paydo
bo‘lishi intellektual rivojlanish ko‘rsatkichidir”. Pedagogikaning asosi bolaning o‘z
fikrlarini yaratishi va o‘zini yaxshi his qilishi mumkin bo‘lgan muhitni yaratishdir.
Va Dyuining asosiy g‘oyalari: o‘quvchini o‘quv dasturi bilan integratsiya qilish.
(Kim? - O‘quvchining o‘zi! O‘qituvchi faqat bunga sharoit yaratadi.) Dyuining ta’lim
tamoyili ikki tomonlama: bir tomondan, mavzuning yangi mavzusidan malakali
foydalanish orqali tajribani to‘ldirish, ikkinchi tomondan, xarakterning axloqiy
xarakterini, ayniqsa intellektual, hamkorlikdagi fikrlashni rivojlantirish. G‘oyalarni
g‘isht kabi mustahkamlab qurish mumkin emas ular vaziyat va hodisaga qarab
o‘zgarib turadi. G‘oyalar har doim sinov va xato orqali o‘zlashtiriladi va rivojlanib
boriladi.

Tanqidiy fikrlash haqida so‘z borganda albatta quyidagi savolga duch kelamiz.

Tanqidiy fikrlash dasturining o‘ziga xos xususiyati nimada? Butun insoniyat
o‘ylayotgani aniq. Qozoq pedagogik Shakarim Qudayberdiuli shunday deydi
insonning yaxshi yashashiga uchta xislat asos bo‘la oladi, ular halol mehnat, komil
aql, hamma narsadan ustun turadigan pok qalbdir. Bu fazilatlar insonni tug‘ilgan
kundan boshlab tarbiyalaydi. Insonga qimmatli fazilatlarni singdirish tug‘ilgandan


background image

59

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

boshlanishi kerak. Shaxs kamolotida ota-onalar bilan bir qatorda tarbiyachi va
o‘qituvchilar ham muhim rol o‘ynaydi, ya’ni ta’lim tizimi zimmasiga yuklangan yuk
yengil emas. Ta’lim tizimiga kirib kelayotgan interfaol usullar, ayniqsa, «O‘qish va
yozish orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirish» loyihasi o‘qituvchilarning faol ijodiy
faoliyatini ta’minlashda alohida o‘rin tutadi. Chunki loyiha o‘quvchilarni izlanish, o‘z
ustida ishlash yo‘liga solib, o‘qituvchi bilan birga yangi ma’lumotlarni olishga imkon
beradi. Tanqidiy fikrlashni qo‘llashda o‘qituvchining roli juda katta u o‘quvchi uchun
eng yaxshi bilimni berishga, turli ma’lumotlar bilan bilimini yanada kengaytirib
borishga intiladi. Menimcha, eng qimmatli narsa o‘quvchiga tayyor bilim berish
emas, balki uni o‘zi egallashi uchun uni ko'nikma bilan qurollantirishdir borishdir.
Shundagina o‘quvchi o‘z ustida mustaqil shug‘ullana oladi.

Tanqidiy fikrlash loyihasi orqali maktablarda jiddiy o‘zgarishlar tus oldi. Tahlil

qilish, xulosa chiqarish butun dunyodagi o‘quvchilarni va barcha darajadagi
o‘qituvchilarni birlashtiradi. Tanqidiy fikrlash loyihasi biz uchun juda muhimdir.
Loyiha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haqiqiy va doimiy o‘zgarishlarini
ta’minlay beradi. Darhaqiqat, tanqidiy fikrlash – axborotlarni o‘zlashtirishdan
boshlanadigan va xulosa chiqarish bilan tugallanadigan murakkab o‘ylash
jarayonidir. Ta’kidlash joizki, tanqidiy tafakkur-bilish faoliyatining yuqori darajasi
sifatida o‘quvchilarda matn bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirishga, og‘zaki va
yozma nutqni egallashga, mazkur matn bo‘yicha o‘rtoqlari bilan birgalikda harakatda
bo‘lishiga qaratilgan pedagogik texnologiya. Tanqidiy fikrlash o‘quv jarayondagi
ruhiyatni o‘zgartira oladigan tamoyillar majmuidir, ya’ni mashg‘ulot o‘qituvchi va
o‘quvchilarning ijodxonasiga aylanadi. Tanqidiy fikrlashning tuzilishlari, aqliy
faoliyatning umumlashgan usullarining shakllantirish yo‘llarini belgilovchi alohida
komponentlarning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi. Shu bilan birga mazkur
tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tanqidiy fikrlashning barcha
komponentlarini egallashga yo‘naltirish asosida tizimli ta’limga tayyorlash va
shaxsni har tomonlama faollashtirish oldinga suriladi. Bu maqsadlarni tugal
konsepsiya sifatida amalga oshirish an’anaviy didaktik tizimlarning barcha
bo‘g‘inlarini takomillashtirish, shu jumladan, o‘quvchilarning faol tanqidiy
tafakkurini shakllantirishning usullari, metodlari va tashkiliy vositalarini ta’minlash
uni inson taraqqiyotining turli yosh bosqichlarida chuqur tadqiq etish zaruriyatini
talab etadi.

Tanqidiy fikrlash bosqichlarining afzalliklari quydagilar:

-materialni takrorlash va o‘zlashtirish imkoniyati bo‘ladi;
-kattaroq chuqurlik paydo bo‘ladi yangi, qiziqarli fikr paydo bo‘ladi;


background image

60

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

-qiziqish, kuzatish qobiliyati ortadi;
-bolalar boshqa bolalarning tajribalarini qabul qila boshlaydilar: birgalikdagi ish

birlikni yaratadi, o‘quvchilar bir-birini tinglashni o‘rganadilar, hamkorlikda o‘qitish
usuli uchun mas’uliyatni o‘z zimmalariga oladilar;

-munozara davomida bir xil mazmunning bir nechta talqinlari topildi va bu yana

tushunish uchun ishlaydi.

Biz bajarayotgan tanqidiy fikrlash texnologiyasi va an’anaviy darslarni

solishtirib, quyidagi xulosaga keldik. Tanqidiy fikrlash texnologiyasidan
foydalanganda u doimo yo‘naltiradi: guruhlarga bo‘linadi, o‘quvchilarni matn
g‘oyasini aniqlashga undaydi, zukkolik bilan bog‘liq savollar berish orqali fikrlashni
rag‘batlantiradi, o‘quvchilarga o‘z fikrlarini yozishni taklif qiladi, o‘z fikrini ifoda
etishga yo‘naltiradi, o‘z fikrlarini erkin bildira oladi natijada o‘quvchilarning 70-80
foizi o‘qituvchiga qaraganda faol va tez harakat qilishiga olib keladi. O‘qituvchi bu
texnologiyalardan foydalangan holda o‘quvchilarning fanga qiziqishini oshiradi va
har bir darsni qiziqarli o‘tishga yo‘naltiradi. Pedagogik texnologiyalarni tavsiflashda
ularning asosiy belgilari-xususiyatlari, g‘oyalari, ta’lim tizimida qo‘llanilishi,
samaradorligi va samaradorligi asos qilib olinadi.

Ko‘pincha «tanqidiy fikrlash» atamasi noto‘g‘ri talqin qilinadi, uning o‘rnini

ijodiy fikrlash, mantiqiy xulosalar chiqarish, to‘g‘ri qaror qabul qilish, ma’lumotni
tahlil qilish qobiliyati kabi tushunchalar egallaydi. Yuqorida keltirilgan belgilar
tanqidiy fikrlash jarayonining tarkibiy qismlaridir. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish
usullarining ko‘pligi tufayli hamma narsani sanab o‘tish mumkin emas. Shuning
uchun

ularning

eng

mashhurlarini

sanab

o‘tish va ulardan samarali

foydalanilganlarning tavsifiga to‘xtalib o‘tish kifoya.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati.1-jild. – T.: “O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi” davlat milliy nashriyoti, 2006-yil. 39-bet.

2.

Butenko A.V., Xodos E.A. “Tanqidiy fikrlash: usul, nazariya, amaliyot”

2002-yil.

3.

Berjanov Q., Musin S. Pedagogika tarixi.-Almaty:mektep. 2009-yil.

4.

G‘afforova “Mustaqil fikrga o‘rgatish bugungi kunda ta’limning asosiy

vazifalaridan biridir” Boshlang‘ich ta’lim jurnali. 2012-yil 9-son.

5.

K.Qosimova,

Safo

Matchonov,

Xolida

G‘ulomova, Sharofat

Yo‘ldosheva, Sharafjon Sariyev. “Ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, “NOSIR”
nashriyoti, 2009.

Библиографические ссылки

O‘zbek tilining izohli lug‘ati.1-jild. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat milliy nashriyoti, 2006-yil. 39-bet.

Butenko A.V., Xodos E.A. “Tanqidiy fikrlash: usul, nazariya, amaliyot” 2002-yil.

Berjanov Q., Musin S. Pedagogika tarixi.-Almaty:mektep. 2009-yil.

G‘afforova “Mustaqil fikrga o‘rgatish bugungi kunda ta’limning asosiy vazifalaridan biridir” Boshlang‘ich ta’lim jurnali. 2012-yil 9-son.

K.Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G‘ulomova, Sharofat Yo‘ldosheva, Sharafjon Sariyev. “Ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, “NOSIR” nashriyoti, 2009.