Авторы

  • Аббос Шерматов
    TKTIYF

Биография автора

  • Аббос Шерматов , TKTIYF
    o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.80443

Ключевые слова:

xalqaro marketing innovatsion mahsulot mahsulotni diversifikatsiyalash tovar siyosati mahalliy kompaniyalar raqamli dizayn.

Аннотация

Ushbu maqolada xalqaro marketing tizimida tovar va tovar siyosatining roli hamda uning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri tahlil qilingan. Global bozor sharoitida raqobatbardoshlikni ta’minlashda tovarning sifat ko‘rsatkichlari, brend imiji, assortiment siyosati, qadoqlash va markalash kabi omillar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mualliflar xalqaro bozorlarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar tajribasini tahlil qilish orqali tovar siyosatini shakllantirish strategiyalarining samaradorligini baholagan hamda ularni mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri nuqtai nazaridan yondashgan.

background image

77

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

XALQARO MARKETING TIZIMIDA TOVAR VA TOVAR SIYOSATI

QO‘LLANILISHINING IQTISODIY AHAMIYATI

THE ECONOMIC SIGNIFICANCE OF THE USE OF COMMODITIES AND

COMMODITY POLICIES IN THE INTERNATIONAL MARKETING

SYSTEM

Shermatov Abbos Jumayevich

TKTIYF o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada xalqaro marketing tizimida tovar va tovar

siyosatining roli hamda uning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri tahlil qilingan. Global
bozor sharoitida raqobatbardoshlikni ta’minlashda tovarning sifat ko‘rsatkichlari,
brend imiji, assortiment siyosati, qadoqlash va markalash kabi omillar hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi. Mualliflar xalqaro bozorlarda faoliyat yuritayotgan
kompaniyalar tajribasini tahlil qilish orqali tovar siyosatini shakllantirish
strategiyalarining samaradorligini baholagan hamda ularni mamlakat iqtisodiyotiga
ta’siri nuqtai nazaridan yondashgan.

Abstract:

This article analyzes the role of goods and commodity policy in the

international marketing system and its impact on economic efficiency. In ensuring
competitiveness in the global market, factors such as product quality indicators, brand
image, assortment policy, packaging and labeling are of decisive importance. The
authors evaluated the effectiveness of commodity policy formation strategies by
analyzing the experience of companies operating in international markets and
approached them from the point of view of their impact on the country's economy.

Kalit so‘zlar:

xalqaro marketing, innovatsion mahsulot, mahsulotni

diversifikatsiyalash, tovar siyosati

,

mahalliy kompaniyalar, raqamli dizayn.

Keywords:

international marketing, innovative product, product diversification,

brand policy, local companies, digital design.


Kirish.

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida xalqaro marketing

faoliyatining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatli
faoliyat yuritish, mahsulotni xorijiy iste’molchilarga samarali tarzda yetkazish,
raqobat ustunligini ta’minlashda tovar va tovar siyosati muhim strategik vosita
sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, mahsulotning sifati, funksionalligi, dizayni,
brendlash, markalash va qadoqlash kabi jihatlari xalqaro iste’molchilar ehtiyojiga
moslashtirilmasa, marketing strategiyasining muvaffaqiyatsiz bo‘lishi ehtimoli ortadi.


background image

78

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Tovar siyosati nafaqat iste’molchilar talabini qondirishga, balki eksport hajmini
oshirish, tashqi bozorlarda milliy brendlarni ilgari surish, xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish va umuman mamlakatning iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Shu bois, tovar siyosatini xalqaro marketing tizimida strategik darajada rejalashtirish
va uni iqtisodiy jihatdan asoslash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri
hisoblanadi. Ushbu maqolada xalqaro marketing tizimida tovar va tovar siyosatining
qo‘llanilishi, uning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri, raqobat muhitidagi o‘rni hamda
amaliy natijalari ilmiy-nazariy va statistik tahlillar asosida yoritiladi. Maqolaning
asosiy maqsadi tovar siyosatini samarali tashkil etish orqali xalqaro marketing
faoliyatining iqtisodiy ahamiyatini asoslab berishdir.

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu tadqiqotda xalqaro marketing tizimida

tovar va tovar siyosatining iqtisodiy ahamiyatini aniqlash, ularning iqtisodiy
samaradorlikka ta’sirini baholash hamda marketing strategiyalarining amaliyotda
qo‘llanilishini tahlil qilish maqsad qilingan. Maqsadga erishish uchun quyidagi ilmiy
tadqiqot metodlari qo‘llanildi. Taqqoslash (komparativ) usuli xalqaro bozorda
faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalar tovar siyosati misolida milliy va xorijiy
amaliyot o‘rtasidagi farqlar aniqlab berildi. Iqtisodiy-statistik tahlil xalqaro savdo
ko‘rsatkichlari, eksport hajmi, tovar turlari bo‘yicha solishtirma tahlillar olib borildi.
Jahon banki, UNCTAD va xalqaro marketing agentliklarining ochiq ma’lumotlar
bazasidan foydalanildi. Ekspert so‘rovnomasi va kontent tahlil xalqaro marketing
sohasidagi mutaxassislar bilan o‘tkazilgan suhbatlar va xalqaro kompaniyalar
hisobotlari asosida tovar siyosatining amaliy qirralari o‘rganildi.

Asosiy qism

.

1. Xalqaro marketing tizimida tovar siyosatining o‘rni. Tovar siyosati marketing

tizimining markaziy elementlaridan biri bo‘lib, mahsulotni yaratish, rivojlantirish,
assortimentni shakllantirish, markalash, qadoqlash va brendlash faoliyatlarini o‘z
ichiga oladi. Ayniqsa, xalqaro marketing sharoitida tovar siyosati iste’molchilar
ehtiyojini aniqlash va ular asosida tovar taklifini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra,

McKinsey Global Institute

2023-yilgi hisobotida

brendlash va innovatsion mahsulot siyosatini qo‘llagan kompaniyalar eksport hajmini
o‘rtacha 25–30% ga oshirganini qayd etadi. Masalan, Janubiy Koreya, Yaponiya va
Germaniyada yuqori texnologiyali brend mahsulotlar global bozorda eng talabgir
tovarlar qatoriga kiradi.

2. Xalqaro tovar siyosatining iqtisodiy samaradorligi, Tovar siyosatining

iqtisodiy samaradorligi ko‘p jihatdan

asosiy mahsulot strategiyalarining

to‘g‘ri


background image

79

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

tanlanishi,

brend qiymati

,

innovatsion xususiyatlar

, hamda

iste’molchilar

segmentiga moslashtirish

bilan chambarchas bog‘liq. 2022-yilgi

Statista

ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng yirik 10 ta brendning umumiy qiymati
$2,1 trillionni tashkil etgan bo‘lib, ularning barchasi yuqori darajadagi
mahsulot siyosatini olib boruvchi kompaniyalar (Apple, Microsoft, Amazon,
Samsung va boshqalar) hisoblanadi.

Quyidagi jadvalda ayrim mamlakatlar misolida tovar siyosatining eksportga

ta’siri ko‘rsatilgan:

Ushbu ko‘rsatkichlar xalqaro bozorda brend va tovar siyosatining eksport

samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.

3. Mahsulot diversifikatsiyasi va innovatsion siyosat. Tovar siyosatining yana

bir muhim jihati – mahsulotni diversifikatsiyalash, ya’ni bir necha segmentga
mo‘ljallangan turli xil mahsulot liniyalarini yaratishdir. Bu strategiya ayniqsa xalqaro
marketingda xavflarni kamaytirish, turli segmentlarda ishtirok etish va barqaror
daromad oqimini ta’minlash uchun muhim hisoblanadi. Misol uchun,

Procter &

Gamble

kompaniyasi turli mamlakatlarda bir xil tovar turini turli nom va

xususiyatlar bilan taqdim etadi. Bu ularga lokal bozorlarga moslashish imkonini
beradi va foydani maksimal darajada oshiradi. 2022-yil yakunlariga ko‘ra, P&G’ning
tovar siyosati tufayli sof foydasi 14% ga oshgan.

4

. O‘zbekiston kontekstida tovar siyosatining ahamiyati. O‘zbekistonda so‘nggi

yillarda eksport hajmi o‘sib bormoqda, ammo eksportda yuqori darajadagi brendlar
va tovar siyosati yetarlicha rivojlanmagan.

Statistika agentligi

ma’lumotlariga ko‘ra,

2023-yilda O‘zbekistonning sanoat eksportida qayta ishlanmagan xomashyo ulushi


background image

80

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

52% ni tashkil qilgan. Bu esa mahsulotga qo‘shilgan qiymat darajasining pastligini va
tovar siyosati zaifligini ko‘rsatadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekiston
uchun tovar siyosatini rivojlantirish, ayniqsa brendlash, qadoqlash va assortiment
siyosatini takomillashtirish orqali eksportni ko‘paytirish va xalqaro marketingda
mustahkam o‘rin egallash mumkin.

Kompaniyalar misolida xalqaro tovar siyosati: amaliy tahlil
Samsung Electronics (Janubiy Koreya). Samsung o‘zining xalqaro marketingda

tovar siyosatini yuqori darajada avtomatlashtirilgan innovatsion mahsulotlar, raqamli
dizayn va segmentlarga moslashtirilgan assortiment bilan olib boradi. Har bir mintaqa
uchun maxsus seriyalar ishlab chiqariladi: masalan, Janubi-Sharqiy Osiyo bozorida
arzonroq “A” seriyali smartfonlar, Yevropa va AQShda esa flagman “S” va “Z”
seriyalari. Samsungning 2023-yildagi sof daromadi $197 mlrd ni tashkil etdi va
eksportning 74% ulushi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarga to‘g‘ri keldi. Bu
kompaniyaning tovar siyosati orqali iqtisodiy samaradorlikka erishganini ko‘rsatadi.

Nestle (Shveytsariya). Nestle dunyodagi eng yirik oziq-ovqat kompaniyasi

bo‘lib, 190 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. Uning tovar siyosatida lokal
ehtiyojlarga moslashtirish ustuvor o‘rin tutadi. Masalan, Hindistonda vegetarian
mahsulotlarga e’tibor kuchli, Shimoliy Amerikada esa shakar miqdori past bo‘lgan
versiyalar ishlab chiqariladi. Nestle mahsulotlarining umumiy soni 2000 dan oshadi
va ular orasida 30 dan ortiq global brendlar mavjud (Nescafe, KitKat, Maggi, Gerber
va boshqalar). 2022-yilda kompaniya daromadi $104 mlrd bo‘lib, eksportga to‘g‘ri
kelgan ulushi 62% ni tashkil etdi.

Huawei (Xitoy). Huawei kompaniyasi xalqaro bozorlarda yuqori texnologiyali

mahsulotlar, xususan, mobil telefonlar va 5G texnologiyasi orqali o‘z tovar siyosatini
ilgari suradi. Kompaniya o‘z brendi ostida faqat texnologik emas, balki arzon, o‘rta
va yuqori narx segmentlari uchun ham mahsulot ishlab chiqaradi. Huawei 2021-yilda
AQSh sanksiyalariga qaramasdan, eksportdan $83 mlrd daromad oldi. Ularning
asosiy muvaffaqiyatlaridan biri modellashtirilgan assortiment siyosati orqali har bir
mintaqa uchun mos texnik yechimlar taklif qilishdir.

Artel (O‘zbekiston). Artel O‘zbekistonning yetakchi elektrotexnika ishlab

chiqaruvchisi bo‘lib, so‘nggi yillarda xalqaro bozorlarga chiqish harakatlarini
kuchaytirmoqda. Kompaniya turli brendlar ostida (Artel, Avalon, Techno) faoliyat
yuritib, mahsulot qadoqlanishi va funksionalligini eksport bozorlari talablariga
moslashtirib boradi. Artel mahsulotlari 2023-yil oxirida MDH va Sharqiy Yevropa
mamlakatlariga eksport qilina boshladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar ichida


background image

81

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

brendlash va assortiment siyosatini professional darajada olib borayotgan
kompaniyalardan biri sifatida e’tirof etiladi.

Xulosa va takliflar.

O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xalqaro marketing

tizimida tovar siyosati kompaniyalar va mamlakatlar iqtisodiy salohiyatini oshirishda
muhim strategik vosita sifatida xizmat qiladi. Tovar siyosati mahsulotni bozorda
muvaffaqiyatli joylashtirish, iste’molchilar ehtiyojiga moslashtirish, raqobatbardosh
narx va dizayn taklif etish orqali eksport hajmini oshirish va brend qiymatini
mustahkamlash imkonini beradi.

Ilmiy va statistik tahlillar asosida aniqlanishicha:

Yirik xalqaro kompaniyalar (Samsung, Nestle, Huawei) tovar siyosatini

diversifikatsiya, innovatsiya va lokal moslashtirish orqali yuqori iqtisodiy
samaradorlikka erishmoqda;

Mahsulotga qo‘shilgan qiymat va brendlash darajasi o‘rtasida bevosita

bog‘liqlik mavjud;

O‘zbekiston eksportida xomashyo ulushi yuqori bo‘lib, tovar siyosatining

kuchsizligi mahsulotlarni xalqaro bozorda raqobatbardosh qilmasligini ko‘rsatmoqda.

Shunday

qilib,

xalqaro

marketing

strategiyasida

tovar

siyosatini

takomillashtirish mamlakatning umumiy iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Quyidagi fikrlarni taklif sifatida ko‘rib o‘tish mumkinki,

1.

Milliy brendlar siyosatini rivojlantirish: mahsulotlarning xalqaro

bozorlarda tanilishi uchun brend yaratish va uni strategik ravishda ilgari surish zarur.

2.

Tovar

diversifikatsiyasi

va

moslashtirishga

e’tibor:

eksport

mahsulotlarini iste’molchi ehtiyojlariga mos holda modifikatsiya qilish (masalan,
dizayn, qadoqlash, funksionallik) xalqaro raqobatbardoshlikni oshiradi.

3.

Mahsulotga qo‘shilgan qiymatni oshirish: xomashyo eksportidan qayta

ishlangan, yuqori texnologiyali, brendli mahsulotlar eksportiga o‘tish iqtisodiy
samaradorlikni ta’minlaydi.

4.

Xalqaro tajribalarni o‘rganish: Samsung, Nestle, va Huawei kabi

kompaniyalar tajribasidan foydalanib, mahalliy kompaniyalar uchun marketing va
tovar siyosati bo‘yicha maxsus metodologiyalar ishlab chiqish lozim.

5.

Davlat

tomonidan

qo‘llab-quvvatlash: eksportga mo‘ljallangan

mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun tovar siyosatini rivojlantirishga doir
grantlar, soliq imtiyozlari va konsalting xizmatlarini taklif etish maqsadga muvofiq.

6.

Mahalliy

kompaniyalar

o‘rtasida

kooperatsiyani

kuchaytirish:

innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishda ilmiy-tadqiqot institutlari va korxonalar
hamkorligi brendli mahsulotlar sonining ortishiga olib keladi.


background image

82

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Уразметова, Ш. Т. (2021).

Халқаро маркетинг: назария ва амалиёт

.

– Тошкент: Иқтисод-молия.

2.

Axmedova, G. G. (2022). “Tovar siyosatining eksport salohiyatiga

ta’siri: O‘zbekiston tajribasi”.

Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar

ilmiy jurnali,

№2, 45–51.

3.

Statista (2023).

Leading Global Brands by Brand Value

. URL:

www.statista.com

4.

McKinsey Global Institute (2023).

Global flows: The ties that bind in an

interconnected world

. URL:

www.mckinsey.com

5.

O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. (2024).

2023-yil eksport-

import statistik ko‘rsatkichlari

. URL:

https://stat.uz

Библиографические ссылки

Уразметова, Ш. Т. (2021). Халқаро маркетинг: назария ва амалиёт. – Тошкент: Иқтисод-молия.

Axmedova, G. G. (2022). “Tovar siyosatining eksport salohiyatiga ta’siri: O‘zbekiston tajribasi”. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar ilmiy jurnali, №2, 45–51.

Statista (2023). Leading Global Brands by Brand Value. URL: www.statista.com

McKinsey Global Institute (2023). Global flows: The ties that bind in an interconnected world. URL: www.mckinsey.com

O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. (2024). 2023-yil eksport-import statistik ko‘rsatkichlari. URL: https://stat.uz