124
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ANTIK DAVR VA MUHAMMAD MUSO AL-XORAZMIY GEOGRAFIYASI:
O‘XSHASHLIK VA FARQLAR
Muxtorova Madina Inomjon qizi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Xorazmiyning matematika, geometriya, astronomiyaga oid
asarlari milliy va jahon tadqiqotchilar tomonidan ancha yaxshi o‘rganilib tadqiq
qilingan. Biroq, uning geografiya va tarix ilmi sohasiga qo‘shgan beqiyos hissasi hali
hanuz alohida tadqiqot obyekti sifatida chuqur o‘rganilmagan, tahlil qilinmagan.
Zero, Muhammad Xorazmiy Movarounnahrdan bo‘lgan ilk geografik asar yaratgan
olim hisoblanadi. Biroq, uning geografiya sohasida yozilgan “Surat ul-ard” asari
Ptolemey “Geografiya”sining tarjimasi degan fikrlar ham mavjud. Ushbu maqolada
Xorazmiy ilmiy merosining ustun jihatlari, asar olimning mustaqil yondashuvi bilan
yozilganligi va yunon geografiyasiga o‘xshash va farqli jihatlari o‘z isbotini topadi.
Tayanch so‘z va iboralar.
“Ma’rifatu uruz al-aqolim”, Yetti iqlim nazariyasi,
bosh meridian tushunchasi, Amaratus va Amazanus.
Annotation.
While al-Khwarizmi’s works on mathematics, geometry, and
astronomy have been extensively studied by both national and international scholars,
his invaluable contributions to the fields of geography and history remain largely
underexplored as distinct subjects of academic inquiry. Indeed, Muhammad al-
Khwarizmi is considered the first scholar from the region of Transoxiana to compose
a geographical treatise. However, there are ongoing scholarly debates regarding
whether his work Ṣūrat al-Arḍ is an original contribution or merely a translation of
Ptolemy’s Geography. This article investigates the distinctive features of al-
Khwarizmi’s scientific legacy, emphasizing the independent nature of his
geographical methodology and highlighting both the similarities to and differences
from Greek geographic thought.
Keywords:
“Maʿrifat ʿUrūḍ al-Aqālīm” (Knowledge of the Dimensions of the
Climes), Theory of the Seven Climes, concept of the Prime Meridian, Amaratus,
Amazanus.
Jamiyat uchun siyosiy-iqtisodiy bilimlar singari tarixiy va geografik bilimlar
ham muhim sanaladi. Ayniqsa, davlatchilik shakllanib borgani sari siyosiy-harbiy,
iqtisodiy, ijtimoiy va insoniy ehtiyojlar geografiyaga talabni oshirib yuborgan. Harbiy
yurishlar tashkil etish, davlat hududi va siyosiy boshqaruvining kengayishi, yangi
125
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ellar bilan tanishish, o‘z hududidan tashqariga chiqib tirikchilik uchun yangi yerlar,
dengiz va quruqlik savdosi olib borish, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yangi
bozorlarni topish bevosita mintaqa tabiiy geografiyasini bilishni talab etar edi. Islom
dini yaratilgandan so‘ng, inson olamni anglab yetishi uchun ilmga, sayohat qilishga
da’vat qilindi.
Musulmon dunyosida Muhammad Xorazmiy geografik asarni yaratib, mazkur
fan uchun tamal toshi qo‘ymaguncha bu sohada qoniqarli asar yaratilmagan.
Muhammad Xorazmiygacha bo‘lgan davrda xalifalikda Misr, Mesopotamiya, Hind,
Xitoy, Yunon-rim, Eron va Turon ellarining geografik qarashlaridan foydalanishgan,
ularning asarlari suryoniy va arab tillarga tarjima qilingan. Bunda antik davr –
yunonlar geografiyasi asosiy o‘rinda bo‘lgan. Sharqda Batlimus Qalavdiy deb
ataluvchi Klavdiy Ptolemey Misrning Iskandariya shahrida, milodiy II asrda
yashagan yunon olimidir. U astronomiya, geografiya, fizika va geometriyaga doir
yirik asarlar yozgan. Geografiyaga bag‘ishlangan asari 8 bobdan iborat bo‘lib, o‘zi
chizgan 26 ta alohida hududlar xaritalari unga ilova qilingan. Muhammad
Xorazmiyning “Surat ul-ard” asari yangidan yozilganmi yoki Ptolemey
“Geografiya”sining shunchaki ko‘chirilgan tarjima shaklimi yoki Xorazmiyning
geografik qarashlari faqatgina antik davr olimlarining geografiyasiga asoslangan
holda shu bilan cheklanganmi degan bahsli masala avvaldan mavjud bo‘lgan. Ikki
asar, ikki xil dunyoqarash, yunonlar va Xorazmiy merosi sinchiklab o‘rganilsa
oradagi tafovutlar yaqqol seziladi. Bayt ul-hikmada ilmiy ishlar qizg‘in ketayotgan
bir vaqtda, Xorazmiy Bag‘dod observatoriyasida yer yuzi aylanasidagi gradus
miqdorini o‘lchash ekspeditsiyasida qatnashgan. Xalifa Ma’mun o‘z davrida
olimlarga osmon va yerning batafsil xaritalarini yaratish vazifasini topshirgan. Ushbu
loyihaning natijasi sifatida dunyo atlasi tuzilishi kerak edi. Kartografiya ishlarini olib
borish uchun 70 dan ortiq olim jalb qilinib, ularga Muhammad Xorazmiy rahbarlik
qilgan. Bu xaritalar keyinchalik “Ma’mun dunyo xaritasi” nomi bilan mashhur bo‘lib,
840-yillarda tayyorlangan deb taxmin qilinadi.
Xorazmiy tomonidan tuzilgan xaritalar bilan bog‘liq holda “Surat ul-ard”
kitobi ham mashhur bo‘lgan. Kitob bir necha o‘nlab xarita va ularga berilgan
izohlardan iborat – jami 48 varoq. Atlasdan faqat 4 ta xarita saqlanib qolgan. Asar
matni arabcha, nasx xatida yozilgan. Qo‘lyozma asosan zij tarzida, ya’ni joylar va
ularning koordinatalari jadvali ko‘rinishida yozilgan
13
. Kitobning yana bir nomi
13
Ҳ. Ҳасанов, О. Бўриев. Ал-Хоразмий географияси. – Тошкент: Фан, 1983. – Б. 11.
126
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
“Kitobu rasm ar-rub al-ma’mur” (“Ma’muraning rasmi”, “Aholi yashaydigan chorak
rasmi”).
Qo‘lyozmada jami 2402 ta geografik obyektning koordinatasi keltirilgan,
shundan muallif tomonidan nomlangani 936 ta, qolgan 1466 tasi nomlanmagan.
Xorazmiy o‘z asarini boblar va alohida bo‘limlarga ajratmagan bo‘lsa-da,
materialning joylashuvi asosida uni olti bo‘limga bo‘lish mumkin: 1-bo‘limda
yerning odamlar yashaydigan ma’mur qismidagi shaharlarning nomlari yetti iqlim
bo‘ylab, jadvalda uzunlama va kenglamalari bilan keltiriladi;
2-bo‘limda ham shu tartibda tog‘lar;
3-bo‘limda dengizlar;
4-bo‘limda dengizlardgi orollar;
5-bo‘lim mamlakatlar, davlat va o‘lkalar;
6-bo‘limida yerning ma’mur qismidagi daryolar va buloqlar tavsiflanadi.
Muhammad Xorazmiy fan tarixida yetti iqlim nazariyasi asoschisi va bu yetti
iqlimni janubdan shimolga tomon tasvirlashni boshlab bergan olim hisoblanadi.
Yunonlarda bu an’ana mavjud bo‘lmay, ular iqlimlarni g‘arbdan sharqqa tomon
tasvirlaydi. Xorazmiy nega aynan iqlimlarni janubdan shimolga tomon tasvirlaydi?
Chunki “iqlim” asli yunoncha “klima” so‘zidan olingan bo‘lib, “og‘ish”, “yer
yuzasining quyosh nurlariga nisbatan qiyaligi” degan ma’noni anglatadi. Muhammad
Xorazmiy shunga asoslanib, quyosh nurlarini yer yuziga janubdan shimolga tomon
qiya tushishiga hamohang iqlimlarni joylashtirgan. Antik dunyo va al-Xorazmiy
geografiyasi o‘rtasidagi munosabatlarda o‘xshashlik bo‘lsa-da, bu kabi farqlar ham
talaygina va ko‘p jihatlarda ko‘rinadi. Quyida Muhammad Xorazmiyning
“Ma’rifatu
uruz al-aqolim” – “Iqlimlarning kenglamasini bilish”
geografik asarida yetti iqlim
nazariyasining darajalarda chegaralanishini ko‘rish mumkin:
•
Birinchi iqlim: kengligi 15-darajagacha (ekvatorial mintaqa);
•
Ikkinchi iqlim: kengligi 24-darajagacha (subekvotarial mintaqa);
•
Uchinchi iqlim: kengligi 30-darajagacha (tropik mintaqa);
•
To‘rtinchi iqlim: kengligi 36-darajagacha (subtropik mintaqa);
•
Beshinchi iqlim: kengligi 41-darajagacha (mo‘tadil mintaqa);
•
Oltinchi iqlim: kengligi 45-darajagacha (taxminan mo‘tadil mintaqa);
•
Yettinchi iqlim: kengligi 48-darajagacha (taxminan mo‘tadil va subantarktik
mintaqa).
•
Yettinchi iqlimdan tashqari iqlim: 63-darajagacha, lekin buni alohida iqlim
sifatida keltirmaydi.
127
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Hozirgi zamonaviy ilm-fandayam iqlimlarning bu tartibda joylashishi
isbotlangan. Ekvatordan shimol va janubga tomon quyosh nurlarining yer yuziga
taqsimlanishi bir xilda bo‘lmaganligi sababli 7 ta asosiy iqlim mintaqalari fanga
kiritilgan.
Xorazmiyning ham Ptolemeyning ham asari faqatgina geografik asar
hisoblanmay, tarixiy geografik xarakterga ham ega. Binobarin, tarixiy geografiya yer
yuzining o‘tmishdagi tabiati, relefi, iqlimi, suvlari, tuprog‘i, o‘simligi, hayvonot
dunyosi, aholisi va xo‘jaligidan iborat majmuani o‘z ichiga oladi
14
. Tarixiy
geografiya – bu geografiyaning bir yo‘nalishi bo‘lib, u hududiy o‘zgarishlar va
landshaftlarning tarixiy rivojlanishini o‘rganadi. Ushbu fan geografik sharoitlarning
o‘zgarishi, tabiiy va ijtimoiy omillarning hududiy taqsimotga ta’siri, shuningdek,
inson faoliyatining geografik muhitga ta’sirini tarixiy jarayonlar doirasida tahlil
qiladi. Bu yo‘nalish tarix va geografiya fanlari chorrahasida joylashgan bo‘lib,
qadimgi manbalar, xaritalar, arxeologik topilmalar va boshqa dalillarga asoslangan
holda, muayyan davrlarda geografik sharoitlarning qanday bo‘lganini qayta tiklashga
harakat qiladi. Ikki qomusiy olim o‘zlarining geografiyasida mana shu jihatlarni
qamrab oladi, hududlar bilan bir qatorda ba’zi xalqlarning nomlarini ham sanab
o‘tadi. Yana bir o‘xshashlik jihati, Ptolemey va Xorazmiy bosh meridian uchun
Kanar orollarining g‘arbidan o‘tgan meridianni tanlagan. Shu sababli hozirgi vaqtda
Grinvich joylashgan shahar – London 0° da emas, Ptolemeyda 20°, Xorazmiyda
(Londinun) 21°ga to‘g‘ri keladi. Xorazmiy g‘arbiy meridianni qat’iy tanlagan bo‘lsa,
Ptolemeyda Eratosfen ta’siri seziladi. Ptolemey uchun Iskandariya, Rodos va Asvon
orqali o‘tgan meridian ham muhim bo‘lgan. Ptolemey va Xorazmiy deyarli bir xil
parallelni ekvator sifatida tanlagan. Ptolemeyda Taporbana (Shri Lanka) orolining
eng janubiy nuqtasi Orneon shahrining kenglamasi 2°30′ janubiy kenglamada
joylashsa, bu Xorazmiyda (Ag‘nan shahri) 3° janubiy kenglamaga to‘g‘ri keladi
15
. Bu
zamonaviy kunimizdagi sonlardan juda katta farq qilmaydi, hozirda Shri Lankaning
eng janubiy nuqtasi Dondra bo‘lib, taqriban 6° shimoliy kenglikka to‘g‘ri keladi.
Bundan ko‘rinadiki, Ptolemey uchun kenglamasi 8°30′ parallel, Xorazmiy uchun 9°
bo‘lgan parallel ekvator vazifasini bajargan. Antik va o‘rta asrlar ilm-fani uchun buni
ulkan xato deb ham bo‘lmaydi. Yerning og‘ish burchagi bunday tafovutlarni keltirib
chiqarishi tabiiy edi.
14
О. Бўрийев. Темурийлар даври ёзма манбаларида Марказий Осиё (тарихий географик лавҳалар). – Тошкент:
Ўзбекистон, 1997. – Б. 3.
15
А. Аҳмедов. Муҳаммад ибн Мусо Ал-Хоразмий. Танланган асарлар: Математика, астрономия, география. –
Тошкент: “Фан”, 1983.– Б. 247.
128
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ptolemeyning kitobi asosan matnlardan iborat bo‘lsa, Xorazmiy o‘z asarini zij
tarzida yozgan. Ptolomey oykumenani Yevropa, Afrika va Osiyoga bo‘lib tasvirlab,
geografik obyektlarni ana shu qit’alar tartibida izohlagan. Yerni ekvatordan shimolga
21 zonaga, uning yuzasini qit’alar tartibida 94 eparxiyaga (o‘lka, mamlakat) bo‘lgan.
Xorazmiy yerni yetti iqlim mintaqasiga taqsimlab, avval shaharlar, tog‘lar, daryolarni
iqlim tartibiga qat’iy rioya qilib alohida-alohida tartiblashtirgan. Yerning odamlar
yashaydigan qismini 56 bilod – o‘lkaga ajratgan. Xorazmiy har bir o‘lkaning nomini
keltirgandan so‘ng, uning geografik o‘rnini xatosiz belgilash maqsadida
koordinatalarini ham ko‘rsatadi. Xorazmiy o‘z ro‘yxatini tuzishda Ptolemey asariga
emas, uning xaritasiga ko‘proq murojaat qilar, kerakli joylarda uning
hisoblashlaridagi xatoliklarini o‘z asarida to‘g‘irlab ham ketgan. Bunday kamchiliklar
uchta qit’ani izohlashda ham mavjud. Mavzudan yiroqlashmaslik uchun asosiy
e’tibor Osiyo qit’asiga qaratildi, Afrika va Yevropani tasvirlashda ikki olimning
farqli jihatlari umumiy sanab o‘tildi.
Ptolemey Osiyoni asarining 5-7 boblarida, 48 ta viloyatga bo‘lib, 12 ta xaritada
bergan
16
. Xorazmiy zamonigacha Osiyoning siyosiy xaritasida katta o‘zgarishlar ro‘y
beradi va bu “Surat ul-ard”da o‘z ifodasini topadi. Xorazmiy geografiyasida Osiyo
qit’asidagi 29 ta o‘lka va mamlakatlar nomi 4-bo‘limda sanab o‘tiladi. Yana bir necha
o‘lka va viloyat nomlarini asarning boshqa bo‘limlarida, tog‘ va daryolar, ko‘llarni
tavsiflashda eslab o‘tadi. Aynan Osiyo qit’asi bo‘yicha Xorazmiy Ptolemey
ma’lumotlariga ko‘p o‘zgartirishlar va yangiliklar kiritadi. Sind, Shom, Tabariston,
Jurjon, Sug‘d, Zarang, turkiy xalqlar mamlakati – Arz at-Turk, Allon yeri,
To‘qqizg‘uzlar yeri, Siniston, Ya’juj va Ma’juj yerlari, kabi viloyat nomlari
Xorazmiy tomonidan kiritilgan yangi, sharqona nomlardir. Yunonlarda bu joylar aks
etgan bo‘lsa-da, endi Xorazmiy o‘z xaritasida Sharq an’analarini aks ettirishga
harakat qilib hududlarni o‘z tilida nomlaydi. Shu bilan birga Xorazmiy, bu nomlardan
qaysi biri Ptolemeydagi joy nomlariga mos tushishini ta’kidlab, yangi ma’lumotlar
bilan to‘ldirgan: Suriya viloyati va u Shom, Sarmatiya viloyati va u Allon yeri, Seriqa
viloyati u Siniston yeri, Asko‘siya – Skifiya viloyati Imay tog‘larigacha u Turk yeri,
Skifiya Imay tog‘lari ortida u To‘qqizg‘uzlar (o‘g‘uzlar) yeri. Bu bilan Xorazmiy
Osiyoda VIII – IX asrlarda yuz bergan haqqoniy sharoitni, demo-etnografik xaritani
aks ettirgan
17
. Madyan, Kobul, Sijiston, Hirot, Mosil, Ozarbayjon, Shosh va Torband,
Isfijob, Mahra va Usrushana nomlari butunlay yangi bo‘lib, Ptolemeydan keyingi
16
Ҳ. Ҳасанов, О. Бўриев. Ал-Хоразмий географияси. – Тошкент: Фан, 1983. – Б. 21.
17
Ҳ. Ҳасанов, О. Бўриев. Ал-Хоразмий географияси. – Тошкент: Фан, 1983. – Б. 21.; А. Аҳмедов. Муҳаммад ибн
Мусо Ал-Хоразмий. Танланган асарлар: Математика, астрономия, география. – Тошкент: “Фан”, 1983.– Б. 265.
129
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
o‘zgarishlar hisobga olingan. Masalan, Eronning sharqida Gedrosiya va Araxosiya
degan joy nomlari yo‘lib, bu hududlarni II – III asrlarda sak qabilalari egallaganligi
sababli bu yerlar Xorazmiy davriga kelib Sakaston ya’ni arabcha nomi Sijiston deb
ataladigan bo‘ldi. Shuningdek, qadimgi Paropamisada va Ariya o‘rnida markazi
Kobul va Hirotda bo‘lgan kichik davlatlar ham shakillangan bo‘lib, Kobul davlati
hatto X asrda ham mavjud bo‘lgan
18
. Muhammad Xorazmiy o‘zigacha bo‘lgan
tarixchi geograf olimlarning orasida tarixda birinchi bo‘lib Orol dengizini alohida
ko‘l sifatida tavsiflaydi. Olim Amudaryoni Balx daryosi, Sirdaryoni Uzun daryo deb
ataydi va koordinatalarini keltiradi.
Bundan tashqari, Ptolemey Osiyoning janubida Hind okeani va buning shimoli-
sharqida Malakka yarim oroli va Hindi-Xitoy yarim oroli orasida Buyuk Qo‘ltiqni
ko‘rsatish bilan chegaralanadi. Xorazmiy esa Hind okeanida sharqda Zulmat dengizi
ya’ni Tinch okeanini ham ko‘rsatadi. Muhammad Xorazmiy Hindi-Xitoy yarim
orolini Ptolemey kabi janubga juda ko‘p davom ettirmaydi va bu orqali uni shimol
yo‘nalishida “qisqartirib” Tinch okeaniga “yo‘l ochadi”. Agar Ptolemey yerning obod
qismining chekka sharqini 180° da Hindi-Xitoyning sharqiy qismi bilan tugatsa,
Xorazmiy ma’murani Afrika qit’asini sharqdan g‘arbga “siqish” evaziga 10° g‘arbga
suradi va chekka sharqqa Zulmat dengizi va undagi Yoqut orollarini va boshqa
nomsiz orollarni joylashtiradi
19
. Xorazmiydagi Javhar (Yoqut) oroli Filippin
orollariga mos keladi. Ptolemey esa bu yerlarni xaritasiga tushirmagan. Bundan shu
ayon bo‘ladiki, Xorazmiy Osiyoning janubiy-sharqini ancha to‘liq tasavvur qilgan va
Ptolemey ma’lumotlarini yaxshigina to‘ldirgan.
Yevropa Ptolemey “Geografiya”sida 34 viloyatdan iborat bo‘lsa, Xorazmiy uni
22 ta o‘lkadan iborat qilib asariga kiritadi. Ptolemey Skandinaviya yarim orolidan
xabardor bo‘lmagan va xaritasiga ham kiritmagan. Shu sababli ham Boltiq hamda
Shimoliy dengizni birga tasvirlab Sarmatika okeani deb atagan. Unda ham
Xorazmiyda ham Yevropa va Osiyoning chegarasi Don (Tanis) daryosidan o‘tgan.
Xorazmiy qadimgi Ispaniya, Tarrakona va Betikani arablar hukmronligi davridagi al-
Andalus nomi bilan ataydi. Qomusiy alloma Ptolemey asari bilangina cheklanib
qolmay, undan ham qadimiyroq asardan ham xabardor bo‘lganiga bir qiziq misol, u
Italiyaning shimoli-g‘arbidagi Tirreniya o‘lkasini miloddan bir necha asr avvalgi
nomi Tirseniya bilan ataydi. Semiriqa viloyati va u yarim orol (Yukatan yarim oroli),
Sarmatiya o‘lkasi (Yevropadagi qismi) va u Burjon yeri deb izohlaydi. Germaniyani
18
Абу Райҳон Беруний. Қонуний Маъсудий. Танланган асарлар, V том. – Тошкент: Фан, 1968. – Б. 424.
19
А. Аҳмедов. Муҳаммад ибн Мусо Ал-Хоразмий. Танланган асарлар: Математика, астрономия, география. –
Тошкент: “Фан”, 1983.– Б. 266.
130
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Xorazmiy saqlablar, Saqolaba yeri ya’ni slavyanlar yeri deb atashidan Yevropa
xaritasida ilk o‘rta asrlarda ro‘y bergan tarixiy-etnik o‘zgarishlar o‘z aksini topgan.
Saqolaba yeri va Burjon Xorazmiy tomonidan kiritilgan yangi tushunchalardir
20
. Al-
Xorazmiy Tashqi dengiz – Atlantika okeanini tavsiflashda undagi Skandiya va Faziya
orollari bilan bir qatorda Erkaklar oroli – Amaratus va Ayollar oroli – Amazanusni
ham keltiradi
21
. “Amazonka ayollari” degan an’anaviy tushuncha qadimdan mavjud
bo‘lgan va Xorazmiy ham bundan xabardor bo‘lgan. Ular haqida shunday rivoyat
keladi: Xorazm podshohi Farasman Aleksandrga diplomatik munosabatlarida
Amazoniya yurtigacha olib borishini aytgan, u bunda Kavkazni nazarda tutgan.
Aftidan, Xorazmiy bu tushunchadan xabardor bo‘lgan ko‘rinadi, biroq olim
Amazoniyani o‘z asarida Atlantika okeanidagi orollar qatorida sanab o‘tadi. Bugungi
kunda Amazoniya deb ataluvchi bu hudud Janubiy Amerikaning shimoliy hududlari –
Amazonka daryosi, o‘rmonlariga to‘g‘ri keladi.
Afrikaga Xorazmiy Ptolemeydan ko‘ra ancha aniq yondashgan. Uning shakli
Xorazmiyda haqiqatga ancha yaqin. Xuddi shu kabi O‘rta Yer dengizi Ptolemeyda
haddan tashqari cho‘zilib ketgan bo‘lib, Xorazmiy uni 12° dan ortiqroqqa
qisqartirgan. Ptolemey Afrikani 12 ta, Xorazmiy 9 ta o‘lkaga bo‘lgan, shundan
oltitasi Ptolemey ro‘yxatidagi viloyatlar bilan bir xil bo‘lsa, qolgan uchtasidan biri ar-
Ramlo hozirgi Sahroi Kabirning janubiy qismiga to‘g‘ri keladi. Xorazmiy bu yerlarni
yomg‘ir yog‘maydigan qumlik yerlar deb ta’kidlaydi. Ikkinchisi, G‘ona – Gana
o‘lkasi, ag‘ramantlar qavmi yashaydi deya ta’rif berilgan bu yer Ptolemey xaritasida
garamant qabilalari o‘lkasi deb yozilgan, ammo unda Xorazmiy qo‘llagan viloyat
nomi – Gana berilmagan. Xulosa shuki, Gana garamant qabilalarining birlashuvi
natijasida ilk o‘rta asrlarda vujudga kelgan viloyatdir. Bunga o‘xshash yana bir misol,
ad-Damla mamlakati ham Ptolemey xaritasida uchramaydi. Bu mamlakat ham
Ptolemeydan so‘ng vujudga kelganligi oydinlashadi
22
. Uchinchisi, Barbar o‘lkasi,
Ptolemeyda ham bu o‘lka bor faqat joylashuv o‘rni Xorazmiynikidan ancha
farqlanadi. Ptolemey Barbariyani Afrikaning sharqiy chekkasiga koordinatasi 75°
sharqiy uzunlik, 7° janubiy kenglikda, dengiz sohilida tasvirlasa, Xorazmiy uni
Sahroi Kabirning markaziga, 26° sharqiy uzunlik, 19° janubiy kenglikda – bugungi
kunda barbar xalqi keng tarqalgan Jazoir hududiga joylashtiradi
23
. O‘z navbatida,
20
Ҳ. Ҳасанов, О. Бўриев. Ал-Хоразмий географияси. – Тошкент: Фан, 1983. – Б. 20.
21
А. Аҳмедов. Муҳаммад ибн Мусо Ал-Хоразмий. Танланган асарлар: Математика, астрономия, география. –
Тошкент: “Фан”, 1983.– Б. 261.
22
А. Аҳмедов. Муҳаммад ибн Мусо Ал-Хоразмий. Танланган асарлар: Математика, астрономия, география. –
Тошкент: “Фан”, 1983.– Б. 254.
23
Ҳ. Ҳасанов, О. Бўриев. Ал-Хоразмий географияси. – Тошкент: Фан, 1983. – Б. 20.
131
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ptolemey ma’lumotiga o‘ta aniqlik kiritadi hamda Xorazmiy barbar xalqlarining
Sharqiy Afrikadan g‘arbga siljishini ko‘rsatib bergan. Ularning Ptolemey zamonida
Sharqiy Afrikada yashaganligining isboti sifatida Somalidagi Barbara shahrining
nomlanishini keltirish mumkin.
Xorazmiy hamda antik davr olimlari va Ptolemey o‘rtasidagi bunday
o‘zgarishlar, farqlar va kamchiliklar bo‘lishi xolisona tahlil qilinsa, oradan o‘tgan
uzoq davr ham ilm-fandagi rivojlanishga ham tarixiy geografik qiyofaning
o‘zgarishiga ta’sir etishi ochiqlanadi. Deyarli yetti asr ichida juda katta ham tabiiy,
ham tarixiy hodisalar ro‘y beradi. Tabiat hodisalari, urushlar, aholining demografik
ko‘rsatgichining o‘sib borishi, yangi davlatlar vujudga kelishining hammasi yangi
yerlarni o‘zlashtirish, siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotni yaxshilashga harakat, etnik
jarayonlarning sodir bo‘lishiga olib keladi. Vulqon otilishi, zilzila suv toshqinlari
yoki cho‘llashish, aholini boshqa hududlarga ko‘chishga undaydi. Bunday hodisalar
va janglar ta’sirida hududlarning joylashuv o‘rni ham ma’lum darajada o‘zgaradi,
ba’zan yo‘q bo‘lib ketadi yoki yangi mamlakatlar vujudga keladi. Endi tarixda
etnoslarning bir hududdan boshqasiga ko‘chishi ko‘p kuzatiladi. Buning natijasi
o‘laroq, geografik obyektlarning nomlanishida ham har xilliklar bo‘lishi tabiiy. Bu
Xorazmiydan keyingi sharq geografiyasi uchun ham xos jarayondir.
Al-Xorazmiy o‘zigacha bo‘lgan davr geografiyasi tarixida tub burilish yasaydi.
Olim joylarning geografik koordinatalarini aniqlashda, endi fazo geometriyasi,
fazoviy va gorizontal o‘lchash usullaridan foydalanadi. Bunda yulduzlar va
sayyoralar joylashuvi, ularning harakati, yerga nisbatan qanday burchak hosil qilib
joylashishini chuqur o‘rgangan, matematik va astronomik usullardan ustalik bilan
foydalangan va Ptolemeydan bir qadam oldinga o‘tgan Xorazmiy nuqtalarning
koordinatalarini bugungi zamonaviy o‘lchash natijalariga yaqin bo‘lgan aniqlikda
hisoblab chiqadi. Xorazmiy o‘ziga xos va ulug‘vor hislatlari bo‘lgani holda, Vatanni
tark etgungacha ilmiy qarashlari rivojlana boshlagan, undan so‘ng o‘zidan oldin
o‘tgan olimlardan o‘rgangan, ularning asarlarini hurmat bilan tahsil etib, tanqidiy
ravishda ko‘zdan kechirgan. Muhammad Xorazmiy nafaqat Markaziy Osiyoning
balki, Sharq geografiyasining asoschisi, uzoq Ispaniyadan to Qashqargacha barcha
tabiatshunos, geograf va sayyoh olimlarga ilhom bergan, na’muna bo‘lgan yo‘l
boshchi hamdir. Uning aniq fanlar va geografiya bo‘yicha mohirona yozilgan asarlari
G‘arb-u Sharq olimlari ijodiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bir necha yuz yillar davomida
qayta-qayta ko‘chirildi. Yangi yaratilayotgan asarlar uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
