151
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ISLOM MADANIYATI VA SAN’ATINING TURLI HUDUDLARDAGI
TARIXI (IX-XV ASRLARDA)
Husen Xayrulloyevich Jo’rayev
Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti “Islom tarixi va
manbashunosligi, falsafa” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori
Muslimaxon Bo‘ronboy qizi Mirzaxalilova
Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti Islom tarixi va manbashunosligi
yo’nalishi 5.1ITM 21- guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada IX-XV asrlarda islom madaniyati va san’atining
turli hududlarda, shu jumladan Bog’dod va Abbosiylar xalifaligi, Andalusiya va
Ummaviylar xalifaligi, Movorounnahr va Temuriylar davlati, Fors va Saljuqiylar,
Safaviylar davlatida gullab yashnaganligi, bu hudullardagi ilm-fan, me’morchilik,
san’at sohalariga islom dinining ta’siri haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Kalit so’zlar:
madaniyat, san’at, “Bayt ul-Hikma”, Qurtoba masjidi, madrasa,
xattotlik, Ulug’bek rasadxonasi, Sulton Hasan madrasasi, miniatura san’ati.
ИСТОРИЯ ИСЛАМСКОЙ КУЛЬТУРЫ И ИСКУССТВА В РАЗЛИЧНЫХ
РЕГИОНАХ (в IX-XV веках)
Аннотация:
В статье представлена информация о расцвете исламской
культуры и искусства в различных регионах в IX-XV вв., включая Багдад и
Аббасидский халифат, Андалусию и Омейядский халифат, Трансоксанию и
государство Тимуридов, Персию и государства Сельджуков, Сефевидов, а
также о влиянии ислама на сферы науки, архитектуры и искусства в этих
регионах.
Ключевые слова:
культура, искусство, «Байт уль-Хикма», мечеть
Куртаба, медресе, каллиграфия, обсерватория Улугбека, медресе Султана
Хасана, искусство миниатюры.
HISTORY OF ISLAMIC CULTURE AND ART IN VARIOUS REGIONS
(IX-XV Centuries)
152
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Annotation:
This article presents information about the flourishing of Islamic
culture and art in various regions in the 9th-15th centuries, including Baghdad and
the Abbasid Caliphate, Andalusia and the Umayyad Caliphate, Transoxiana and the
Timurid state, Persia and the Seljuks, Safavid states, and the influence of Islam on the
fields of science, architecture, and art in these regions.
Keywords:
culture, art, "Bayt ul-Hikma", Qurtaba Mosque, madrasa,
calligraphy, Ulugbek Observatory, Sultan Hasan Madrasa, miniature art.
Kirish:
Islom dini vujudga kelganidan beri juda ham ko’plab xalq va davlatlarning
madaniyati va san’atini vujudga kelishi va rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb
etib kelmoqda. Ilm-fan, san’at va me’morchilik, adabiyot sohalarida yangidan yangi
va bir- birini takrorlmas bebaho, noyob asarlar yaratildi.
IX-XV asrlarda jahonning ko’plab mamlakatlariga yoyilgan islom madaniyati va
san’ati, shu davrgacha bo’lgan boshqa madaniyatlardan o’ziga xos uslubi va
yo’nalishlari, insonni jalb qiliuvchi jihatlari bilan ajralib turgan. Musulmon olamining
bunday yutuqlarini hozirgi davrgacha jahon olimlari katta qiziqish bilan o’rganmoqda
va ko’plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Islom madaniyati- islom dini va uning ilmiy, ijtimoiy, axloqiy, estetik va
ma’naviy yo’nalishlariga asoslangan madaniyat. Bu madaniyat o’zining davriy tarixi,
qonunlari, e’tiqodlari, uirf-odatlari, san’ati va arxitekturasi bilan ifodalanadi.
Islom san’ati- islom madaniyatidagi san’at, arxitektura, musiqa va adabiyotni
o’z ichiga oladi. Islom san’atining muhim xususiyati –tasvirlardan uzoq bo’lish va
tabiatning ruhiy va diniy ta’riflarini ko’rsatishga yordam beradigan yo’nalishdir.
Abbosiyar davrida madaniyat va san’atning rivojlanishi.
Abbosiylar xalifaligi (750-1258) davrida islom olamining madaniy va ilmiy
taraqqiyoti yuqori bosqichga chiqdi. Bu davrda ilm-fan, adabiyot, falsafa,
me’morchilik va san’at yuksak darajada rivojlandi. Ushbu davr islomni uyg’onish
davri deb ham ataladi. Abbosiylar xalifasi Xorun ar-Rashid (786-809) va uning o’g’li
al-Ma’mun (813-833) Bog’dodda Bayt al-Hikma (donishmandlar uyi) nomli ilmiy
markaz tashkil etishdi. Ushbu markaz islom dunyosining eng yirik ilmiy markazi
bo’lib, unda yunon, fors, hind va boshqa tillardagi ilmiy asarlar arab tiliga tarjima
qilindi. Xususan, matematika sohasida Muhammad al-Xorazmiy-agebra faniga asos
sogan va “Hisob al-jabr val-muqobala” kitobini yozgan. U yaratgan algoritmlar
hozirgi raqamli hisob-kitoblarning asosini tashki etadi. Abu Kamil - algebra bo‘yicha
tadqiqotlar olib borgan va kvadrat ildizlar bilan ishash usullarini ishab chiqqan.
153
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Astranomiya sohasida esa, Ahmad al-Farg’oniy “Astranomiya asoslari” asarini
yozgan va Yer kurrasining o’lchovlarini aniqlagan. Uning ishlari Yevropa
astranomiyasiga katta ta’sir ko’rsatgan. Al-Battani-Quyosh va Oy harakatini aniq
o’rgangan va trigonometriya bo’yicha yirik asarlar yozgan. Tibbiyot sohasida ham bir
qancha yutuqlarga erishildi. Abu Bakr ar-Roziy - “Kitob al-Hoviy” va “Al- Judari
val-Hasaba’’asarlarini yozgan u ilk bor chechak va qizamiq kasalliklarini batafsil
o’rgangan. Abu Ali ibn Sino - “Tibbiyot qonunlari” asarini yozgan. Bu asar o’rta asr
Yevropasida ham darslik sifatida ishlatilgan.
Abbosiylar davrida sharq me’morchiligi gullab-yashnadi. Ularning inshootlari
o‘zining ulug‘vorligi, geometrik naqshlari va arabeska uslubidagi bezaklari bilan
mashhur edi. Bag‘dod shahri (Al-Mansur tomonidan asos solingan) – doira shaklidagi
shahar bo‘lib, markazida xalifaning saroyi joylashgan edi. Samiradagi Al-Mutavakkil
masjidi – Islom dunyosidagi eng katta masjidlardan biri bo‘lib, baland minorasi bilan
mashhur. Qohiradagi Ibn Tulun masjidi – Abbosiylar davrida qurilgan eng yirik
masjidlardan biri.
Arabeska – Islom me’morchiligida geometrik naqshlar va o‘simliksimon
bezaklar keng qo‘llangan. Kaligrafiya – Qur’on oyatlari va diniy yozuvlarni yozish
uchun arab kaligrafiyasi san’ati rivojlandi.
Abbosiylar davrida arab adabiyoti yuksak taraqqiy etib, ko‘plab mashhur shoir
va yozuvchilar yetishib chiqdi. Abu Nuvvas – she’riyatda yangi uslublarni kiritib,
o‘zbek va fors adabiyotiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Al-Mutanabbiy – arab
she’riyatining eng mashhur vakillaridan biri. Uning she’rlari hayot haqiqatlarini aks
ettirgan. “Ming bir kecha” ertaklari – ushbu davrda shakllangan bo‘lib, Sharq
adabiyotining eng mashhur asarlaridan biri hisoblanadi.
Abbosiylar davrida yunon falsafasi Islom olamiga tarjima qilinib, rivojlanish
bosqichiga chiqdi. Al-Kindiy – birinchi musulmon faylasuf bo‘lib, Aristotel
falsafasini Islom ta’limoti bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilgan. Al-Farobiy –
“Ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin) deb tanilgan. U ideal davlat, axloq va falsafa
bo‘yicha asarlar yozgan.
Abbosiylar davrida musiqa san’ati ham rivojlandi. Ziryab – mashhur hofiz
bo‘lib, Bag‘dod va Andalusda yangi musiqa uslublarini yaratgan. Al-Farobiy –
musiqa nazariyasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan va “Musiqa kitobi”ni yozgan.
Teatr va xalq tomoshalari. Rasmiy teatr mavjud bo‘lmasa ham, xalq orasida
masxarabozlik, qo‘g‘irchoq teatrlari va sokincha (pantomin) tomoshalari keng
tarqalgan edi.
Saljuqiylar davrida islom madaniyati va sanʼati
154
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Saljuqiylar (XI-XIII asrlar) islom madaniyatining rivojlanishida katta hissa
qo‘shgan. Ayniqsa, ularning hukmronligi davrida: meʼmorchilik sohasida madrasa va
masjidlar qurilishi avj oldi. Eng mashhur namunalar qatoriga Isfahon Jome masjidi va
Samarqanddagi Ko‘k gumbaz kiradi. G‘isht va sirlangan plitkalar bilan bezatilgan
inshootlar keng tarqaldi.
Adabiyot va ilm-fan yo’nalishida Nizomiy Ganjaviy, Umar Xayyom, Anvariy
kabi shoirlar ijod qildi.
Islom falsafasi va tabiiy fanlar rivojlandi, mashhur olim Nosiriddin Tusi o‘z
asarlarini yaratdi.
Miniatyura sanʼati bo’yicha Bog‘dad va Isfahon miniatyura maktablari
shakllandi. Qurʼon va boshqa qo‘lyozmalar bejirim naqshlar bilan bezatildi.
Hunarmandchilik va keramika sohalarida kulolchilik va gilam to‘qish sanʼati
yuksak darajaga ko‘tarildi. Saljuqiylar metall buyumlar, xususan, bronza va misdan
yasalgan idishlarning nafis naqshlari bilan mashhur bo‘lgan.
Movarounnahr va temuriylar davrida islom madaniyati va sanʼati.
Movarounnahr va temuriylar davri (XIV-XVI asrlar) Islom madaniyati va
sanʼatining gullab-yashnagan davri bo‘lib, bu davr ilm-fan, me’morchilik, tasviriy
sanʼat, adabiyot va musiqa sohalarida ulkan yutuqlarga erishilgan. Temur va uning
avlodlari fan va madaniyat homiysi sifatida mashhur bo‘lib, Samarqand, Buxoro,
Hirot va Shahrisabz kabi shaharlar yirik ilmiy va madaniy markazlarga aylangan.
Temuriylar davrida ta’lim va ilmiy muhit juda rivojlandi. Ko‘plab madrasalar
qurilib, olimlar va mutafakkirlar jamlangan. Mirzo Ulug‘bek – Samarqandda
Ulug‘bek rasadxonasi va madrasasini qurib, yulduzlar jadvalini tuzgan. Uning “Ziji
Ko‘ragoniy” asari keyingi asrlarda ham astronomiya fanida katta ahamiyat kasb etdi.
Qozizoda Rumiy va Ali Qushchi – Ulug‘bekning shogirdlari bo‘lib, astronomiya va
matematika sohalarida muhim ishlar qilgan. Lutfiy va Ibn Sino ta’siri – Ibn Sinoning
“Tib qonunlari” asari Movarounnahrda keng o‘rganilgan.Abu Rayhon Beruniy –
geologiya, geografiya va farmakologiya sohasida katta ilmiy meros qoldirgn.
Adabiyot Temuriylar davrida yuksak darajaga chiqdi. Davr shoirlari, tarixchilari
va faylasuflari o‘z asarlari bilan butun Sharqqa ta’sir o‘tkazdi. Alisher Navoiy –
“Xamsa” asarini yaratib, o‘zbek adabiyotiga asos soldi. U o‘zining “Muhokamat ul-
lug‘atayn” asarida turkiy tilning arab va fors tillaridan kam emasligini isbotladi.
Abdurahmon Jomiy – fors-tojik adabiyotining ulug‘ shoirlaridan biri bo‘lib,
tasavvufiy she’riyatda katta yutuqlarga erishdi. Zahiriddin Muhammad Bobur –
"Boburnoma" asarini yozib, tarix, geografiya va adabiyotga oid qimmatli
ma’lumotlarni qoldirgan. Xoja Ahror Valiy – tasavvuf namoyandasi bo‘lib,
155
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Movarounnahrda Naqshbandiya tariqatini rivojlantirgan. Kamoliddin Husayn –
falsafa va adabiyot bo‘yicha ko‘plab asarlar yozgan.
Temuriylar davrida me’morchilik eng yuksak cho‘qqisiga chiqdi. Samarqand,
Buxoro, Hirot, Shahrisabz kabi shaharlarda ajoyib inshootlar barpo etildi. Shohi
Zinda majmuasi (Samarqand) – XIV-XV asrlarda qurilgan, nafis koshinlar bilan
bezatilgan maqbara. Goʻri Amir maqbarasi (Samarqand) – Amir Temurning
maqbarasi, o‘zining ulug‘vor me’moriy yechimi bilan mashhur. Bibi Xonim masjidi
(Samarqand) – Temur tomonidan qurdirilgan, Islom dunyosining eng yirik
masjidlaridan biri. Ulug‘bek madrasasi (Samarqand, Buxoro) – ta’lim va ilmiy
markaz bo‘lib xizmat qilgan.
Temuriylar davrida kitob san’ati, ayniqsa, miniatura rivojlandi. Kamoliddin
Behzod – dunyoga mashhur rassom bo‘lib, uning ishlari fors va turkiy
miniaturalarning yuksak namunasidir. Hirotda kitobat san’ati yuksak darajaga chiqib,
nafis bezaklar bilan bezatilgan qo‘lyozmalar yaratildi.
Musiqa sanʼati sohasida Ustod Abdulqodir Marog‘iy – Temur saroyida xizmat
qilgan mashhur bastakor va musiqashunos. Shashmaqom asoslari temuriylar davrida
rivojlanib, keyinchalik Markaziy Osiyo musiqasiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Saljuqiylar va Safaviylar davlatlari davrida islom madaniyati va sanʼati yuksak
darajada rivojlangan. Bu davrda meʼmorchilik, adabiyot, miniatyura sanʼati va
hunarmandchilik gullab-yashnagan.
Safaviylar davrida islom madaniyati va sanʼati.
Safaviylar (1501-1736) Eron va Markaziy Osiyoda islom sanʼati va
madaniyatining yana bir cho‘qqisini yaratgan. Isfahon shahri Safaviylar davrida
islom meʼmorchiligida eng go‘zal obidalarga ega bo‘ldi. Imom masjidi, Lo‘tfulloh
masjidi va Ali Qapu saroyi bunga misoldir. Safaviylar gumbazlarni moviy va oq
koshinlar bilan bezash anʼanasini davom ettirdilar.
Tabriz va Isfahon miniatyura maktablari shakllandi. Reza Abbosiy kabi mashhur
rassomlar ijod qildi.
Hunarmandchilik va gilam to‘qishda Isfahon, Qum va Tabriz gilamlari butun
dunyoda mashhur bo‘ldi. Zargarlik va yog‘och o‘ymakorligi sanʼati taraqqiy etdi.
Xulosa:
Islom madaniyati va sanʼati Abbosiylar, Movarounnahr, Temuriylar, Saljuqiylar
va Safaviylar davrida mislsiz yuksaklikka erishdi. Har bir davlat o‘z davrida ilm-fan,
meʼmorchilik, adabiyot va sanʼatning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. Bu davlatlar
tomonidan asos solingan ilmiy, badiiy va meʼmoriy anʼanalar bugungi kunda ham
islom madaniyatining bebaho merosi sifatida qadrlanadi.
156
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf – Isom tarixi. 2 - kitob. –
T.: Hilol-nashr. - 2018.
2.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf - Olam va odam, din va
ilm. – T.: Hilol-nashr. 2002.
3.
Temur tuzuklari – Amir Temur tomonidan yozilgan.
4.
Ziyo Kavrak – “Safaviylar davri madaniyati”.
5.
Aliyev R. – “Movorounnahr madaniyati va ilm –fani”.
6.
Abduqodir Zohidiy. Turkistonda O‘rta asr arab-musumon madaniyati. –
T.: - 1993.
7.
