172
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
YOSH AYOL-QIZLARGA BERILAYOTGAN IMKONIYATLAR: TAʼLIM,
SPORT VA ILMIY IZLANISHLAR SOHALARI TALQINIDA
Abduvohidova Farangiz Vahob qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti
noshirlik ishi yo’nalishi 3-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev tomonidan yosh ayol-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa fan-
taʼlim, sport va ilmiy izlanishlar sohalarida ro’y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar tahlil
qilinadi. Statistik maʼlumotlar asosida talabalar sonining o‘sishi, sport sohasidagi
yutuqlar va yosh tadqiqotchilarning faolligi ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar :
taʼlim, sport, ilmiy izlanishlar, grantlar, gender tengligI
Annotation:
This article features positive changes in the fields of young women
in the Republic of Uzbekistan, especially in the fields of education, sports and
research, especially in the fields of education, sports and research. On the basis of
numeric data, the activity of the number of students will be considered by the activity
of the number of students, the activity of sports achievements and young researchers.
It also briefs the role of various government programs, grants and projects in
women's lives.
Keywords:
Young women, education, sports, scientific research, grants,
generalship.
Аннотация:
В этой статье представлены позитивные изменения в области
молодых женщин в Республике Узбекистан, особенно в области образования,
спорта и исследований, особенно в области образования, спорта и
исследований. На основании числовых данных, активность числа учащихся
будет рассмотрена по числу студентов, активностью спортивных достижений и
молодых исследователей. Это также рассказывает о роли различных
государственных программ, грантов и проектов в жизни женщин.
Ключевые слова:
Молодые женщины, образование, спорт, научные
исследования, гранты, генерация.
Yosh ayollar va qizlarga yangi imkoniyatlar yaratish masalasi nafaqat
O‘zbekiston, nafaqat butun dunyoda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda gender tengligi va ayollarning jamiyatdagi o‘rni
tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, taʼlim, sport va ilmiy izlanishlar
173
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
sohalarida yosh ayol-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar miqdori va sifatining oshishi
sezilarli. Ushbu maqolada ushbu sohalarda qizlarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar
va yutuqlar tahlil qilinadi.
Xususan bu borada yurtboshimiz tomonlaridan ko’plab qaror va farmonlab
qabul qilinmoqda. “PQ-103-son 14.032025. “Oila va xotin-qizlarni qo’llab-
quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida
2025-yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib
quyidagilar belgilansin:
(a) 2 million nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash;
(b) 250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;
(v) 250 ming nafar xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish;
(g) 50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sog‘lomlashtirish
hamda ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha motivatsion
seminarlar tashkil etish”.
Shuningdek, Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni
yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, “Yangi O‘zbekistonda butun
xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish – eng
muhim vazifamiz bo‘lib qoladi Ushbu shukuhli ayyomda hammamiz bizni dunyoga
keltirgan, oq sut berib, mehr va tarbiya berib voyaga yetkazgan buyuk ona siymosiga,
mo‘tabar ayol zotiga ta’zim qilamiz. Zero, inson qadrini ulug‘lash avvalo azizu
mukarrama ayollarimizni ulug‘lashdan boshlanadi.
Shu ma’noda, Mir Alisher Navoiy bobomizning, jannat bog‘idan bahramandlik
istar ekansan, avvalo, munis onani rozi aylagin, degan so‘zlarini biz eng ezgu da’vat
sifatida qabul qilamiz.
Biz hayotimizning ma’no-mazmuni, butun borlig‘imizni siz, qadrli opa-
singillarimizdan ayri holda tasavvur etolmaymiz. Sizlar biz uchun hamisha go‘zallik
va nazokat, mehr va sadoqat, qanoat va shukronalik timsoli bo‘lib kelgansiz va doimo
shunday bo‘lib qolasiz. Mana shunday olijanob fazilatlaringiz bilan bizlarga hamma
vaqt kuch-g‘ayrat, hayotga, kelajakka ishonch bag‘ishlab kelayotganingiz uchun siz,
azizlarga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.
Hurmatli opa-singillar!
Yurtimizda mehnatkash, olijanob xalqimiz, birinchi navbatda, xotin-qizlarimiz
uchun erkin, obod va farovon hayot barpo etish – davlatimiz va jamiyatimizning eng
ustuvor vazifasi etib belgilangan. Jumladan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
doirasida xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, onalik va
bolalikni himoya qilish, gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va
174
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
manfaatlarini
ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda.
Shu maqsadda, avvalo, milliy qonunchiligimiz takomillashtirilib, opa-
singillarimiz uchun yanada keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Buning tasdig‘ini
birgina misol, ya’ni, saylov kodeksimizda deputatlikka nomzodlarning kamida 40
foizi yoki har 5 nafaridan 2 nafari ayol kishi bo‘lishi zarurligi mustahkamlab
qo‘yilganida yaqqol ko‘rish mumkin.
Bugun ushbu muhtasham zalda hurmatli deputat va senator ayollarimizni ko‘rib
turganimdan xursandman. Mamlakatimizda qonunchilikni mustahkamlash, qabul
qilinayotgan qonunlarimizning adolatli va ta’sirchan bo‘lishida ularning ham albatta
hissasi katta. Buning uchun xalq vakillari bo‘lgan bu ayollarimizga chin qalbdan
minnatdorlik bildiramiz”-deydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi
nutqida.
Taʼlim sohasidagi imkoniyatlar: O‘zbekiston Respublikasida yosh ayol-
qizlarning taʼlim olishga bo‘lgan intilishi yilda yilga ortmoqda. So‘nggi yillarda
taʼlim sohasida ayollarning o‘rni sezilarli darajada oshdi. Misol uchun, 2015-2024
yillari orasida, o’n yil ichida, oliy taʼlimga o‘qishga kirgan talaba qizlar soni 40% ga
oshgan. Bu holat yurtimizda ayollar uchun taʼlim olish imkoniyatlarining
kengayganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, davlat tomonidan taqdim etilayotgan
grantlar va mukofotlar yosh ayol-qizlarning taʼlim olishiga katta yordam bermoqda.
“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti yosh qizlarga ilmiy va ijodiy sohalarda
yutuqlarga erishishda katta ko’mak berishi bilan ajralib turadi. 2023-yilda bu
mukofotni informatika yo‘nalishida Sevara Mirzayeva qo‘lga kiritgani bu dasturning
anchayin samarali ekanidan dalolat beradi. Ayol-qizlar uchun STEM (ilm-fan,
texnologiya, muhandislik va matematika) sohalarida taqdim etilgan grantlar va
stipendiyalar esa ularning texnik va ilmiy sohalarda ham puxta bilim egallashlariga
ko’prik vazifasini o’tamoqda.
Biz yoshlarga berilgan imkoniyatlardan biri bu-magistratura bosichiga qabul
qilingan xotin-qizlarning kontrak pullari to’liq davlat tomonidan to’lab berilmoqda.bu
orqali magistratura bosqichida tahsil olayotgan yosh olimalarning soni ortib boryapti.
2023-2024-yilda magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlar soni20 054 nafar
bo’lgan. O‘qishga tavsiya etilgan ayol-qizlar 6 393 nafarni tashkil etgan. Bunda
davlat granti asosida 3 238 nafar, To‘lov-kontrakt asosida 3 155 nafar o’quvchi tahsil
olmoqda. Shundan 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.
175
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Sport sohasidagi yutuqlar: So‘nggi yillarda sport sohasida ayol sportchilarning
muvaffaqiyatlari quvonarli hamda o‘z yurtida va xalqaro miqyosda yutuqlarga
erishyotgan qizlar o‘sib bormoqda. O‘zbekistonlik ayol sportchilarning xalqaro
musobaqalardagi g’alabalari, jumladan, Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlarida
g‘olib bo‘lishlari, ayollarning sportdagi salohiyatini yana bir bor tasdiqlamoqda.
Masalan, Tatyana Minina – taekvondo bo‘yicha Olimpiya medalini qo‘lga
kiritdi, shuningdek, Diyoraxon Mamadaliyeva – boks bo‘yicha jahon chempioni.
Bunday yutuqlar yosh sportchilarni rag‘batlantirib, ularga qo‘shimcha imkoniyatlar,
afarlar eshigini ochmoqda.Sport sohasida yosh ayol sportchilarga taqdim etilgan
davlat dasturlari ham ularning sportga qiziqishini yanada o’stiradi. Sport tashkilotlari
va federatsiyalar tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy va tashkiliy yordam yosh
sportchilarga o‘z mahoratini oshirish imkoniyatidir.
Ilmiy izlanishlar va innovatsiyalar: Yosh ayol tadqiqotchilarning ilmiy
izlanishlari jamiyatda ayol-qizlarning o’rni yuksalyotganidan dalil. O‘zbekistonda
yosh ayol tadqiqotchilarning faolligi oshib, ilmiy va innovatsion sohalarda ularga
ko‘plab imkoniyatlar va yordamlar mavjud. Masalan, Nodira Karimova biologiya
fanlari bo‘yicha ilmiy izlanishlarni olib borayotgan yosh tadqiqotchi sifatida tanilgan.
SHuningdek, yosh iqtidorli tengdoshimiz Dilnoza Akbarova esa texnika fanlari
sohasida o‘zining innovatsion g‘oyalari bilan ilm-fanga katta hissa qo’shgan. Ayol
tadqiqotchilarga maxsus tashkil etilgan grantlar, tadqiqot dasturlari va start Uplar ilm-
fan sohasidagi yosh ayollarning ishtirokini oshiradi. O‘zbekistonda “Tech4Girls”
kabi dasturlar yosh qizlarga texnologiya va innovatsiya sohalarida o‘z imkoniyatlarini
sinab ko‘rish imkoniyatini yaratmoqda.
Yosh ayol-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa taʼlim, sport va ilmiy
izlanishlar sohalarida, sezilarli darajada o‘sdi. Mamlakatda ayollarga qulay sharoitlar
yaratish, grantlar va boshqa dasturlar orqali yosh qizlarning salohiyatini oshirishga
alohida eʼtibor berilmoqda.
Shunday imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar safida men ham
borman. Xususan, 2022-yil Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat
universitetining filologiya fakulteti noshirlik ishi yp’nalishiga byudjet asosida o’qizga
tavsiya etildim. 3 yillik ta’limim davomida, o’z faning fidoyi ustozlari, malakali
mutaxassislardan bilim olib, o’z fanimni yanada yaxshi egallashga haraka
qilyapman.prezidentimiz tomonidan tashkil etilayotgan chet tilini yanada yaxshi
o’rganishga qaratilgan rag’batlantirishlaridan biriga muvaffaq bo;ldim.bu ham albatta
biz ucgun moliyaviy tarafdan qo’llab- quvvatlash va rivojlanish uchun ilhom
manbayidir. Turli xil tanlovlar va musobaqalar qizlar ruhiyatini ko’taradi va
176
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
rivojlanishga imkon yaratadi. Samarqand davlat universitetida har yili “YIL
TALABASI” tanlovi o’tkaziladi.bunda 7 ta yo’nalish bo’yicha avval fakultetlar
kesimida, so’ng universitet bosqichida saralanadi. G’olib bo’lgan talabalarga moddiy
rag’batlantirishlar beriladi. Men ham shu tanlovning g’olibasiman. Bu orqali menda
o’zimga bo’lgan ishonchning yanada ortganini payqadim. ilmiy izlanishlarda esa
adabiyotshunoslik, tilshunoslik mavzularida ilmiy rahbarim bilan tadqiqotlar olib
boryapmiz. Bu kabi yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, o’quvchini yanada izlanishga va
yuksalishga chorlaydi. Hozirda ilmiy izlanishlarim natijasida 30dan ortiq
ma’qolalarim e’lon qilingan. Bunday imkoniyatlar va yuksak e’tibor uchun hurmatli
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga tashakkur. Biz yoshlar bundan o’zimizda
ishonch hissini tuyamiz va Yangi O’zbekistonimizni gullab-yashnashiga o’z
hissamizni qo’shamiz. O’zbek tilshunosligida yangi yo’nalishlarni ochib,
adabiyotshunoslikda o’zbek durdona sarlarini jahon adabiyotiga taqdim etamiz.
Bunday imkoniyatlar ko’payaversa, ilmga bo’lgan intilish orqadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Tadjibayeva, D. (2022). Gender tengligi va ijtimoiy rivojlanish:
O‘zbekistonda ayollar roli. Toshkent: Fan va Taraqqiyot nashriyoti.
2. Karimova, N. (2021). Yosh ayollar uchun oliy taʼlim imkoniyatlari: tahlil va
istiqbollar. O‘zbekiston pedagogika jurnali, 4(2), 45–59.
3. Akbarova, D. (2023). Innovatsion loyihalarda ayollarning ishtiroki:
O‘zbekiston tajribasi. Ilmiy izlanishlar va amaliyot, 2(1), 88–96.
https://president.uz/oz/lists/view/7076
https://lex.uz/uz/docs/-7433397
