181
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
YOSHLAR HUQUQIY MADANIYATINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI
Barakayev Shahzod
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada jamiyatimizda huquqiy madaniyatni oshirish
borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ko’lami haqida so’z borib,
yoshlarimizning jinoyatga qo’l urishini oldini olish maqsadida ularning huquqiy
savodxonligini oshirish zarurligi aks ettirilgan. Bu jarayonda albatta huquqiy
tarbiyaning o’rni beqiyos bo’lib, bunda ommaviy axborot vositalari, televideniye
bizga katta yordam berishi keltirilib o’tilgan.
Kalit so’zlar
: huquqiy ong, huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat, qonun
ustuvorligi
Bugungi kunda demokratik davlat qurishni maqsad qilib olgan ekanmiz, bunda
avvalo, yoshlarimizning vatanparvarlik ruhida tarbiyash bilan bir qatorda ularning
huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlar o’rtasidagi jinoyatchilik va zo’ravonlikka
barham berish uchun ularning huquqiy madaniyatini oshirish lozim. Buning uchun
mamlakatimizda yetarlicha qonun va loyihalar ishlab chiqilmoqda. Misol uchun
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 18.05.2020 yildagi 274-
IV-sonli qaroriga muvofiq: “yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish,
ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini
shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini
ta’minlash bo’yicha kechiktirib bo’lmaydigan vazifalarni o’z ichiga olgan besh
muhim tashabbus amalga oshirilmoqda”[1].
Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishda, avvalo, ularga huquqiy tarbiya
berish lozim. Huquqiy tarbiya masalasida so’z yuritadigan bo’lsak, Yo. Sadikova
shunday fikr bildirgan:“Huquqiy tarbiya bu avloddan avlodga huquqiy madaniyat,
huquqiy tajriba, huquqiy ideallar va jamiyatda vujudga keladigan nizolarni hal eti
shning vositalari va mexanizmlarini o’tkazish ( uzatish) yuzasidan tegishli sub’ektlar
tomonidan olib boriladigan maqsadga yo’naltirilgan faoliyatdir. Huquqiy tarbiyaning
bosh maqsadi insonning huquqiy ongini rivojlantirish va jamiyat huquqiy
madaniyatini ko’tarishdir”[2].
“Bugungi kunda huquqiy tarbiyaning keng tarqalgan shakllariga quyidagilarni
kiritish mumkin: ommaviy axborot vositalari yordamida huquqni targ’ib qilish;
ommabop huquqiy adabiyotlarni chop etish; og’zaki shakldagi huquqiy targ’ibot olib
182
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
borish; fuqarolarga huquqiy ta’lim berish; kasbiy huquqiy ta’limni olib borish;
yuridik amaliyotning ta’siri orqali huquqiy tarbiya olib borish; san’at va adabiyot
asarlari ta’siri bilan huquqiy tarbiya olib borish”[3].
Huquqiy ongni shakllantirishda huquqiy tarbiya vositalari katta ahamiyatga ega.
Z.M.Islomov “huquqiy targ’ibot, huquqiy ta’lim, yuridik amaliyot va o’z-o’zini
tarbiyalashni huquqiy tarbiya vositalari” [4] sifatida ta’kidlab o’tadi.
Huquqiy tarbiya natijasida biz o’sib kelayotgan yosh avlodni huquqiy
madaniyatini oshirgan bo’lamiz. Huquqiy madaniyat – bu jamiyat taraqqiyotining
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy darajasi bilan belgilanadigan, insoniyat
to’plagan huquqiy qadriyatlarni rivojlantirish va ulardan foydalanishning nasldan
naslga o’tadigan o’lchovi bo’lgan umumiy madaniyatning bir turi. Huquqiy
madaniyatni rivojlantirish orqali biz yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir
ko’rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda
qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat,
huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg’otgan bo’lamiz.
Aholi huquqiy savodxonligini oshirish uchun avvalo, hozirgi kundagi
globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targ’ibotning ilg’or va
ta’sirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan
yetarlicha foydalanish zarur. Fuqarolarning yuksak huquqiy ongi va huquqiy faolligi
ma’rifiy jamiyatda huquq ustuvorligining, huquqiy davlatning poydevoridir.
Fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish,
jinoyatchilikka qarshi kurashishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Aholiga o’zi yashab turgan jamiyatdagi qonunlarni bilishi hamda uni o’z
hayotida amalda tatbiq etishini ko’zlagan holda, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
2019-yildagi farmonlarida fuqarolar ongida “ Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini
qaror toptirish-demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir” –degan hayotiy
g’oyani mustahkamlash, aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar, qabul qilanyotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining
mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish birlamchi vazifalardan
etib belgilandi[5].
Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki, huquqiy ong va huquqiy madaniyat
bosqichma-bosqich shakllanib boradigan jaryon hisoblanadi. Huquqiy madaniyatning
yuksalishi esa qonunga itoat tuyg’usini rivojlanishiga olib keladi. Hozirgi kunda
mazkur masala davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, shu maqsadda fuqarolarning
huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, ta’lim-tarbiyasi, huquqiy savodxonligini yanada
183
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
yuksaltirish, yoshlarning huquq sohasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, ularni
huquqiy jihatdan yetuk va barkamol avlod etib tarbiyalash asosiy maqsad va
muddaolardan biri hisoblanadi. Jamiyatda o’z haq-huquqini biladigan va qonun-
qoidalarg og’ishmay amal qiladigan fuqarolar huquqiy davlatning poydevori
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Kengashining 18.05.2020 yildagi IV-sonli qarori. w.w.w.lex.uz
2.
Sadikova.Yo.
Huquqiy
ongni
shakllantirishda
demokratik
qadriyatlarning o’rni. Monografiya. –T.: “ Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa
uyi”. 2021.-B.49
3.
Пиголкина.А.С. Правасознание и правовая култура. Теорея
государства и права. М: Юрайт-издат. 2006.-B.554
4.
Islomov.Z.M. Davlat va huquq nazariyasi.-T.: “ Adolat”, 2007.-B.578
5.
Zakirova.S. “ Xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirishda nodavlat
noijorat tashkilotlarining o’rni va roli”. // Fuqarolik jamiyati.-B.49
