191
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINING
IJTIMOIY INTELLEKTINI RIVOJLANTIRISH
Umurov Zarif Latifboyevich
Buxoro davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa
doktori (PhD)
Ibragimova Shaxnozabonu Ismoilovna
Buxoro davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakulteti 7-
MT-24-guruh magistri
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
maktabgacha
ta’lim
tashkiloti
tarbiyalanuvchilarida ijtimoiy intellektni shakllantirishning ahamiyati, metodlari va
tarbiyachi rolining o‘rni haqida so‘z boradi. Bolalarda ijtimoiy munosabatlar, his-
tuyg‘ularni tushunish, va guruhda hamkorlik qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning
samarali yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
ijtimoiy intellekt, maktabgacha ta’lim, bola rivoji, tarbiyachi,
muloqot, empatiya, o‘yin metodi.
РАЗВИТИЕ СОЦИАЛЬНОГО ИНТЕЛЛЕКТА ВОСПИТАННИКОВ
ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО УЧРЕЖДЕНИЯ
Аннотация:
В статье рассматриваются важность формирования
социального интеллекта у воспитанников дошкольных образовательных
учреждений, методы его развития и роль воспитателя. Особое внимание
уделяется развитию у детей навыков общения, эмпатии и сотрудничества в
группе.
Ключевые слова:
социальный интеллект, дошкольное образование,
развитие ребёнка, воспитатель, общение, эмпатия, игровые методы.
DEVELOPMENT OF SOCIAL INTELLIGENCE IN PRESCHOOL
EDUCATIONAL INSTITUTION PUPILS
Annotation:
This article explores the importance of developing social
intelligence in preschool children, the methods used for its enhancement, and the role
of educators. Special focus is given to improving children’s communication skills,
empathy, and group cooperation through effective pedagogical strategies.
192
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Keywords:
social intelligence, preschool education, child development,
educator, communication, empathy, play-based learning.
Kirish.
Mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar
insonning har tomonlama rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ayniqsa, maktabgacha
ta’lim bosqichidagi bolalarning shaxsiy rivojiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu
jarayonda bolalarning ijtimoiy tafakkuri, hissiy empatiyasi, muloqot madaniyati va
guruhda ishlash qobiliyati kabi ijtimoiy intellekt ko‘nikmalarini shakllantirish muhim
ahamiyatga ega.
Yangi O‘zbekistonda ta’lim sohasini modernizatsiya qilish, har bir bolaning
intellektual, ma’naviy va jismoniy salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishga
yo‘naltirilgan. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning nafaqat bilim olishi,
balki shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiluvchi yo‘nalishlar muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Ushbu jarayonda bolalarning ijtimoiy muhitda o‘zini tuta bilishi,
boshqalarning his-tuyg‘ularini anglay olishi, muloqotga kirisha olishi, ya’ni ijtimoiy
intellektini rivojlantirish masalasi juda muhimdir.
Asosiy qism.
Ijtimoiy intellekt (social intelligence) - bu shaxsning boshqalar
bilan o‘zaro munosabatlarda to‘g‘ri yo‘l tuta olish qobiliyati, his-tuyg‘ularni anglash,
empatiya qilish va jamoa bilan ishlashdagi samaradorligidir. Bu qobiliyat bola
tug‘ilishi bilan birga shakllana boshlaydi va ijtimoiy muhitda faoliyat olib borish
orqali rivojlanadi. Maktabgacha yoshda bu qobiliyatni rivojlantirish orqali bola
keyinchalik maktabda, jamiyatda, kasbiy sohada muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha yoshda bolalar ko‘proq taqlid, muloqot va o‘yin orqali oila,
tarbiyachi va tengdoshlaridan ijtimoiy tajriba to‘playdi. Ularning hissiy dunyosi
taraqqiy etadi, muloqot madaniyati shakllanadi. Bu bosqichda quyidagi xususiyatlar
kuzatiladi:
bola o‘z his-tuyg‘ularini anglay boshlaydi.
atrofdagilarning kayfiyatiga ta’sirlanadi.
guruhdagi munosabatlarga moslashishga intiladi.
rolli o‘yinlar orqali turli ijtimoiy rollarni sinab ko‘radi.
Ijtimoiy intellekt — shaxsning atrofidagi odamlar bilan samarali muloqot qilish,
ularning his-tuyg‘ularini tushunish va jamoada to‘g‘ri munosabat o‘rnatish
qobiliyatidir. U emotsional intellektdan farqli ravishda, ko‘proq jamoa bilan
munosabat, ijtimoiy muammolarni hal qilishda namoyon bo‘ladi.
Maktabgacha yoshda bolalar faol ravishda atrofdagilarni kuzatadi, taqlid qiladi
va muloqotda bo‘ladi. O‘yin, rolli mashqlar, birgalikdagi faoliyatlar orqali bolalarda
ijtimoiy holatlarga to‘g‘ri munosabat shakllanadi.
193
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ijtimoiy intellektni rivojlantirish usullari quyidagilarni tashkil etadi:
rolli o‘yinlar bolalar turli ijtimoiy rollarni bajarish orqali empatiya va
tushunish qobiliyatini rivojlantiradi;
his-tuyg‘ularni anglash mashqlari yuz ifodalari, holatlarni talqin qilish
orqali;
guruhdagi faoliyatlar sheriklik, navbat kutush, hamkorlikni o‘rgatish;
erta bolalik psixologiyasi asosida tarbiya har bir bolaning individual
xususiyatlarini hisobga olish.
Ijtimoiy intellektni rivojlantirishda bir nechta metod va shakllarni tavsiya
qilish mumkin:
1. Rolly o‘yinlar –
Rolli o‘yinlar bolalarning turli ijtimoiy rollarni ijro etishiga,
his-tuyg‘ularni ifoda qilishi va muloqot qobiliyatini rivojlantirishiga xizmat qiladi.
Masalan, "do‘konchi-mijoz", "doktor-bemor" kabi o‘yinlar orqali bolalar muloqot
qilish, navbat kutush, o‘z fikrini bildirish kabi qobiliyatlarni o‘rganadi.
2. Guruhli faoliyatlar –
Jamoaviy mashg‘ulotlar bolalarning bir-birini tinglash,
hamkorlik qilish, mas’uliyat hissini shakllantirishda muhim. Buning uchun musiqiy
raqslar, birgalikda rasm chizish, qurish o‘yinlari samaralidir.
3. Hissiyotlar bilan ishlash –
Tarbiyachi bolalarga yuz ifodalari orqali his-
tuyg‘ularni anglatishni o‘rgatishi, turli holatlarda qanday tutinish kerakligini
muhokama qilishi kerak. Bu orqali bola o‘z his-tuyg‘ularini boshqarishni,
boshqalarga munosabatni rivojlantiradi.
4. Interaktiv metodlar –
Savol-javob, so‘z o‘yinlari, multfilmlar asosida
muhokama qilish bolalarda tinglash, bahs qilish, tushunish qobiliyatini oshiradi.
Ijtimoiy intellektni rivojlantirishda tarbiyachilarning o‘rni:
Tarbiyachi ijtimoiy muhit yaratuvchisi sifatida bolalar o‘rtasida muloqot, hurmat
va ko‘mak kabi ijobiy munosabatlarni shakllantirishda asosiy shaxs hisoblanadi.
Xulosa.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ijtimoiy intellektni shakllantirish
bolalarning shaxsiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Bolalarni jamiyatda to‘g‘ri
munosabat o‘rnatuvchi, muloqotga kirishuvchan, empatik shaxslar sifatida
tarbiyalash uchun zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv mashg‘ulotlar va
samarali muloqot usullaridan foydalanish zarur. Tarbiyachi, ota-ona va jamiyatning
hamkorligida bu maqsadga erishish mumkin.
Адабиётлар рўйхати:
194
Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
1.
Goleman, D. (2006). Social Intelligence: The New Science of Human
Relationships. Bantam.
2.
Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher
Psychological Processes. Harvard University Press.
3.
Mamedova, M.J. (2020). Maktabgacha yoshda bolalarning ijtimoiy
faolligini shakllantirish. – Toshkent: “Ilm Ziyo”.
4.
Berns, R. (2004). Rebyonok i zabota o nyom. M.: Piter.
5.
Qurbonov, Sh. (2021). Maktabgacha ta’limda zamonaviy yondashuvlar.
– Toshkent: Fan va texnologiya.
6.
Samoylenko, I.V. (2018). Sotsialnыy intellekt i yego razvitie v
doshkolnom vozraste. – Jurnal “Doshkolnoe vospitanie”, №6.
