Авторы

  • Зарнигор Умарова
    Xalqaro Nordik universiteti

Биография автора

  • Зарнигор Умарова , Xalqaro Nordik universiteti
    Musiqa ta’limi va san’at yo‘nalishi 1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.80465

Ключевые слова:

Akademik vokal ovoz artikulyatsiya shovqin ashulachilik binigi guligi ishkamiy diafragma sadolanish kontekst.

Аннотация

Ushbu maqolada akademik ovozda har bir so‘z va ma’no aniq, tushunarli va to‘g‘ri bo‘lishi,bunda to‘g‘ri aytish, tushunarsiz yoki aniq emas bo‘lgan so‘zlardan qochish muhimligi, akademik ovozda odatda batafsil va mo‘tabar ma’lumotlar, statistika yoki nazariy asoslardan foydalanishi haqida fikrlar yuritilgan.


background image

200

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

VOKAL BILAN ISHLASH USULLARI

Umarova Zarnigor Rahmonali qizi

Xalqaro Nordik universiteti Musiqa ta’limi va san’at yo‘nalishi 1-kurs magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada

akademik ovozda har bir so‘z va ma’no aniq,

tushunarli va to‘g‘ri bo‘lishi,bunda to‘g‘ri aytish, tushunarsiz yoki aniq emas bo‘lgan
so‘zlardan qochish muhimligi, akademik ovozda odatda batafsil va mo‘tabar
ma’lumotlar, statistika yoki nazariy asoslardan foydalanishi haqida fikrlar yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

Akademik vokal, ovoz, artikulyatsiya, shovqin, ashulachilik,

binigi, guligi, ishkamiy, diafragma, sadolanish, kontekst.


Akademik vokal ovozi -

bu ovozning aniq, ravshan va ta’sirchan tarzi bo‘lib,

asosan akademik va professional kontekstlarda, ya’ni asarning tugal fikr anglatuvchi
parchalarida ishlatiladi. Bu ovoz o‘zining aniqligi, mukammal talaffuzi va
o‘zgartirishlarsiz ijro etilishi bilan farqlanadi. Akademik vokal ovozi, asosan, ta’lim,
ma’ruzalar, ilmiy muhokamalar va tajribaviy ishlarda qo‘llaniladi. Akademik vokal
ovozi bilan ishlash - bu ovozni faqat ma’ruza qilish, leksiya yoki ilmiy murakkab
matnlarni tushuntirishda ishlatish bilan cheklanmaydi, balki uning eng yuqori
darajadagi tasvirlanishi, talab qilinadigan aniqlik va diqqatga e’tibor qaratish kerak.
Akademik vokal ovozining asosiy xususiyatlariga e’tibor qaratsak, bunda

aniq

talaffuz asosida

akademik ovozda har bir so‘z aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Bu

xonanda uchun izohlar, tasvirlar yoki nuqtalarni aniq va to‘g‘ri qabul qilishga yordam
beradi.

Odatda, mashq qildirilmagan ovoz va professional ovoz bo‘ladi. Xonanda

ovozini mashq qildirishda ovoz chiqarish a’zolarining tabiiy xususiyatlariga bog‘liq
bo‘lgan jarangdorlik, shiralilik, uzoq sadolanish kabi sifatlar rivojlanishi hamda
tovush diapazoni kengayishi mumkin. Har bir xonanda ovozi tabiiy xususiyatlariga
qarab, opera-konsent, estrada yoki xalq qo‘shiqlari ijrochiligiga muvofiqlashtirilib,
professional tarbiyalanishi mumkin. Xonanda ovozini sadosining ravon, guldirab
yoki aksincha, siqilib chiqishi ashulachilik usullariga ham bog‘liq. Yevropa
professional ashulachiligida tovushni ko‘krakdan, tanglaydan chiqish kabi uslublar
qo‘llaniladi. O‘zbek va tojik ashulachiligida binigi, ya’ni dimog‘idan chiqariladigan
ovoz, guligi, ya’ni tomoqdan chiqariladigan ovoz, ishkamiy, ya’ni ko‘krak-qorin
diafragmasi vositasida hosil qilinadigan ovoz usullari mavjud. Xonanda ovoziining


background image

201

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

muhim xususiyatlaridan biri uning kuchli yangrashidir. Bunday xususiyatga ega
ovoz, ayniqsa, opera ijrochiligida talab qilinadi.

Ovoz baland-pastligiga ko‘ra tabiatan bir nechta daraja – registrga ajratiladi.

Turli registrdagi tovushlar har xil tembr va yangroqlikka ega. Mksalan erkaklar
ovozining pastki diapazoni, ya’ni ko‘krak registri shirali va kuchli yangraydi, baland
tovushlar registri esa jarangli va quruqroq sadolanadi. Ayollar ovozi esa pastki
tovushlar, ya’ni ko‘krak registri, markaziy, o‘ta balandlikdagi va baland tovushlar
registrlariga bo‘linadi. Ayollarning baland tovushlar regsitrida ovoz ravon, jarangli
sado taratadi. Professional xonanda ovozi ikki oqtavadagi tovushlar diapazoniga ega
bo‘lishi va tekis, ravon yangrashi kerak.

Xonanda ovozini sadosi, ko‘pincha, so‘z talaffuz etish bilan bog‘liq. Ashula

ijrosida badiiy matnni tinglovchilarga ravshan qilib yetkazishda xususan unli
tovushlarni aniq aytish va xonanda ovozini nutq intonatsiyasi bo‘laklari bilan bog‘lay
olish muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda opera san’ati, akademik xor jamoalari
va kamer vokal ansambllari hanuzgacha jahon sahnalarida dolzarb bo‘lib, ularga
bo‘lgan talab yuqori darajada. Akademik vokal texnikasi nafaqat klassik ijrochilikda,
balki zamonaviy musiqa janrlarida ham foydalanilmoqda. Akademik vokalda to‘g‘ri
nafas olish, ovozni qo‘llash, rezonans va artikulyatsiya kabi elementlar muhim o‘rin
tutadi. Bu texnikalar vokalistlarga ovozni to‘g‘ri boshqarish, ortiqcha zo‘riqishning
oldini olish va uzoq muddat barqaror ijrochilikni ta’minlash imkonini beradi.
Noto‘g‘ri vokal texnikasi ovoz boyligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Akademik
vokal mashg‘ulotlari esa ovozni to‘g‘ri ishlatish va sog‘lom vokal usullaridan
foydalanishga o‘rgatadi. Bugungi kunda ovoz terapevtikasi va vokal gigienasi muhim
yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. Akademik vokal san’ati inson ovozining eng
yuksak darajadagi imkoniyatlarini ochib beruvchi, professional tayyorgarlik va
maxsus texnik yondashuv talab qiluvchi ijrochilik yo‘nalishidir. Vokal ijrochiligi
nafaqat tabiiy ovoz imkoniyatlariga, balki to‘g‘ri nafas olish, rezonansdan
foydalanish, artikulyatsiya va diksiya ustida izchil ishlashga ham asoslanadi. Shu
boisdan, akademik vokal ovozi bilan ishlash ovozning barqarorligini ta’minlash,
uning tiniqligi va ifodaliligini oshirish, shuningdek, vokal texnikasi va ijrochilik
madaniyatini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab
opera, ijrochiligiga bo‘lgan talab ortib borayotgani ushbu yo‘nalishning dolzarbligini
yanada oshirmoqda. Zamonaviy texnologiyalar rivojlanishi bilan musiqiy ijrochilikka
bo‘lgan yondashuv ham yangilanib, ovoz bilan ishlash jarayoni an’anaviy usullar
bilan bir qatorda ilmiy asoslangan texnologiyalar orqali takomillashtirilmoqda.


background image

202

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Akademik vokalni o‘rganish va uni rivojlantirish jarayoni tarixiy an’analar,

ilmiy yondashuv va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan.
Bugungi kunda ovoz bilan ishlash metodlari nafaqat klassik musiqiy ta’limda, balki
zamonaviy musiqa yo‘nalishlarida ham keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, akademik
vokal texnikalarini chuqur o‘rganish va rivojlantirish vokal san’atida yuksak
natijalarga erishish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada akademik
vokal ovozining xususiyatlari, uning shakllanish jarayoni va ovoz bilan ishlash
metodlari tahlil qilinadi.

Opera ya’ni akademik vokal ijrochiligi bu egallanishi bir muncha murakkab

bo‘lgan katta bir janr hisoblanadi. Bu janr bizga XX asrning 30-40 yillarida Muhtor
Ashrafiy hamda Sergey Vaselenkoning “Bo‘ron” operasi bilan kirib keldi. Avvalida
opera asarlari to‘liq yopiq ovozda ijro etilmadi. Chunki, O‘zbekistonda hali bu
janrning malakali ustalari yo‘q edi. Opera asarlari akademik yopiq ovozda kuylanadi.
Keyinchalik Rossiya va Italiya davlatlarida opera san’ati ustozlari o‘qitilib, mazkur
soha rivojiga muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda, hozirga qadar bu sohaning sir
asrorlari o‘rganilib kelinmoqda.

Akademik vokal ovozi bu yopiq yig‘ilgan jozibali ovozdir. Biz bu ovozda

kuylangan asarlarni tingalaganimizda uning jozibasi insonni beixtiyor hayolot
olamiga yetaklaydi. Ovozning go‘zal tebranishi huddiki insonning asab tolalarini
erkalab tichlantiradi, ruhiy olami tetiklanadi. Hozirda opera teatrlari, avvalgidek bosh
emas, odamlarning tinglash va san’atni qabul qilish madaniyati sezilarli darajada
rivojlangan. Talabaga asar tanlash jarayonida o‘qituvchi tomonidan talabaning ovoz
imkoniyatlari aniqlab olinishi juda muhim hisoblanadi. Ijro paytidagi eng asosiy
qoidalar ham har darsda davomiy o‘rgatilib borishi kerak. Bular diqqatni jamlash,
to‘g‘ri nafas olish, ritmni his etish, harflarni to‘g‘ri talafuz etish. Ushbu qoidalar
ijrodagi yengillikni va ohanglarni jarangdorliligini taminlaydi. Sahnada turib masalan
auditoriya ming kishilik bo‘lsa mikrofonsiz asar kuylangan taqdirda ham sahnada
o‘tirgan oxirgi tomoshabingacha ovoz hamda so‘zlarning tushunarlilik darajasi
yuqori bo‘ladi.

Ovozni yo‘lga qo‘yish ya’ni tarbiyalashda ayniqsa balog‘at yoshidagi

xonandalarda ehtiyotkorlik bilan professional yondoshish kerak. Bu davr o‘tish davri
bolib, organizmda turli o‘zgarishlar payti xisoblanadi. Bu payt ovoz bilan juda
ehtiyotkorona ishlash kerak. Bu 9-12 yoshlar oralig‘i va 12-16 yoshlar oralig‘idir.
Insonni ovoz apparatini murakkab bir musiqa asbobga tenlashtirsak ham bo‘ladi.
Lekin, tembrning nozikligi, hissiyotlarga boy, nafis, ohangni ifodalashda boshqa
musiqa asboblaridan birmuncha murakkabroqdir.


background image

203

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Fortepiano jo‘rligida kuylashni to‘g‘ri qoidalarini o‘rganib borish barobarida

raspevka qilishni o‘rganamiz: og‘izni yumib jag‘ni tushirgan holda, og‘izni ichki
holati dumaloq sharcha shaklida shu barobarida diafragmaga to‘gri nafas olish kerak.
Nafasni ayol xonandalar diafragmada yani qovurg‘ani tagida oladilar erkak
xonandalar esa qoringa nafasni oladilar. Nafas olish jarayonida juda ehtiyotkorlik
bilan, ovoz chiqarmasdan 1 va 2 sekund oralilig‘ida diafragma yoki qoringa tez
stakatodek nafas olish eng to‘gri usuldir. Kuylashdan oldin raspevka qilish va nafas
olish mashqlari haqida bizda yetarli bilimlar shakllangan bo‘lishi shart. Buni
bilmagan ijrochining ovozi o‘ta kuchli bo‘lgan taqdirda ham u ijro jarayonida turli
qiyinchiliklarga uchrashi mumkin. Kuylash paytidagi kerakli joyda to‘g‘ri nafas olish
juda muhim hisoblanib, ijrichining ovozini to‘g‘ri yo‘naltiradi va bora bora ovozning
yanada shakllanishiga yordam beradi. Belgilangan nuqtada to‘g‘ri hafas olmaslik esa
yuqori pardalarda qiyinchilik tug‘diradi. Har bir sohada nazariy bilimlar o‘rganilishi
lozim va bu jarayonda o‘qituvchining ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Nazariy
bilmlarni amaliyotda qo‘llash orqali biz ko‘zlangan natijalarga erishishimiz mumkin.

Talaffuz va nutqni ustida ishlab har bir harf ravon chiqishiga erishish mumkin.

Artikulyatsiya bu muayan bir tovushni xosil qilishda nutq mushaklarini harakati
hisoblanadi. Artikulyatsiyaning asosiy ikkita turi mavjud bo‘lib ular: legato va
stakkato. Stakkatoda ovoz uzib-uzib kuylanadi. Legatoda o‘zaro ovozlar bir biriga
bo‘lanib ijro etiladi. Undan tashqari paramento hamda glissando kabi artikulyatsiya
ifodalari mavjud. Kuylaganda, gapirganda, ovoz ohangining qay darajada
tebranayotganligiga etiborli bo‘lish aslo foydadan holi bo‘lmaydi. Asar ijrosida so‘z
birinchi o‘rnida turadi. Har bir so‘z ta’sir kuchiga ega. So‘zni insonning ruhiy
holatiga tasiri o‘ta muhimdir. Hattoki so‘zdagi har bir harflarning chiroyli jarangi,
suhbat paytidagi ohangning ohista yoqimliligi ham suhbatning davomiyligini
taminlaydi va o‘zinig chiroyli natijasini ko‘asatadi. So‘z va ohangni bir butun deb
baralla aytishni istar edim. So‘zlar chiroyli bo‘lib undagi ohang yoqimsiz bo‘lsa bu
suhbatdoshni, uni eshitib turgan barcha tinglovchilarni diqqatini o‘ziga jalb eta
olmaydi.

Asar ijro etishdan oldin ovoz sozlash mashqlarini oddiysidan murakkabi tomon

bosqichma-bosqich amalga oshorilishi maqsadga muvofiqdir .Sibilus dasturda ovoz
sozlash mashqlarini notalashtirdim va uni misol tariqasida ko‘rsatib beraman.

1-

Og‘iz yopiq bo‘lgan holatda mi-re,mi-re,do, ijro qilinadi va bu mashq

ovozni asta qizdirib navbatdagi ovoz mashqiga tayarlab beradi:


background image

204

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL


2- Do, re, mi, fa, sol, fa, mi, re, do - biz bu mashq orqali kuylovchining

talafuzlarini yo‘lga solib boramiz.

3- A, o, o‘, u - shu unli harflar ishlirokida ligato raspevkasi bilan ishlaymiz.
4- ya-a-a-a-a, bu stakato mashqi deb nomlanadi.Yuqoridagi mashqlarda ovoz

qizib kuylashga tayyor bo‘la boshlaydi.

Akademik ovoz - bu ma’lumotni aniq, ravshan va ta’sirchan tarzda yetkazishga

qaratilgan ovozning turi. Akademik ovozda har bir so‘z va ma’no aniq, tushunarli va
to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Bunda to‘g‘ri aytish, tushunarsiz yoki aniq emas bo‘lgan
so‘zlardan qochish muhim. Akademik ovozda biror bir mavzu yoki fikrni to‘liq va
tizimli tarzda izohlashga harakat qilinadi. Bunda fikrlar har qanday moslashuvlarsiz,
tizimli va aniq bo‘ladi. Akademik ovozda odatda batafsil va mo‘tabar ma’lumotlar,
statistika yoki nazariy asoslardan foydalaniladi. Bu tarzda, shovqin yoki juda rang-
barang ovozlardan qochish lozim. Shuningdek, akademik ovoz muammolarga
ishonchli va ob’ektiv yondashishni talab qiladi va u ma’lumotni yoki fikrni
shakllantirishda eng yuqori darajadagi aql va mutaxassislikni ko‘rsatishga xizmat
qiladi.

Akademik ovozning maqsadi — ma’lumotni mantiqiy, isbotlangan va ravshan

tarzda yetkazishdir. Bu turdagi ovoz ilmiy muhitda ishlash, tahlil qilish va
bahslashish uchun muhim ahamiyatga ega.

Xulosa qilib aytganda akademik vokal bilan ishlashda ovozning texnik

tomonlarini rivojlantirish, nafasni to‘g‘ri olish, ifodaviyligini oshirish, sahna mahorati
ustida ishlash kabilar ijrochidan bir vaqtning o‘zida talab qilinadi.Har bir opera
ijrochisi uchun bu murakkab, ammo bu juda go‘zal jarayon bo‘lib,unda mustahkam
iroda, sabr, kasbga bo‘lgan fidoiylik, va mustaqil o‘sishga intilish asosiy mezon
xisonlanadi.


background image

205

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Opera ovozi bu mening nazarimda butun vujuddan chiqqan ohang, ongli

yondashuv, nafislik va go‘zallikni o‘zida mujassam etadi.U yig‘ilgan kuchli tovush
bo‘lib, u musiqiy asardagi his tuyg‘ularni tinglovchi qalbiga olib kiradigan, uning
qalbiga rangli jilvalar bilan kirib bora oladigan ilohiy ovozga o‘xshaydi.Ushbu
yuksak tehnik maxorat emotsional ifoda uyg‘unligini talab etadigan murakkab sohani
egallash bir muncha qiyinchiliklar tug‘dirgan bo‘lsada, bu ovoz bilan ishlash jarayoni
shaxsan menda yoqimli va g‘oyatda go‘zal kechadi.Vokal ovozini rivojlantirish
muntazam mashqlar va to‘g‘ri metodikani talab etadi.Muhimi har bir ijrochi o‘z
ovozi ustida davomiy ishlashligi uni yanada kuchli, jozibali hamda ta‘sirchan
qiladi.Asosiysi ijod matonat iroda va ijodkorlikdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “O‘zbek milliy

maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. Xalq
so‘zi. 2017 yil 17 noyabr.

2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “ Adabiyot va

san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksal-tirishning
mustahkam poydevoridir” ma’ruzasi. Xalq so‘zi. 2017 yil 5 avgust.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Sharq taronalari”

Xalqaro musiqa festevalini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora – tadbirlari
to‘g‘risidagi Qarori. Xalq so‘zi. 2019 yil 26 fevral.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “II Xalqaro maqom

san’ati anjumanini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarori. Xalq so‘zi. 2019 yil 26 fevral.

5. Panjiev Q., Salimova D. Vokal va zamonaviy musiqa. Toshkent. Innovatsiya-

ziyo. 2019. 184-b.

6. Qahhorov N.V. Vokal asoslari. Toshkent. Iqtisod-moliya. 2008. 313-b.

7.Yusupova N.

Musiqa savodi metodikasi va ritmika. Toshkent. Musiqa, 2010.

154-b.

8.Sodiqova Sh.A.

Maktabgacha pedagogika. Toshkent. Tafakkur bo‘stoni,

2013. 124-b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. Xalq so‘zi. 2017 yil 17 noyabr.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “ Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksal-tirishning mustahkam poydevoridir” ma’ruzasi. Xalq so‘zi. 2017 yil 5 avgust.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festevalini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora – tadbirlari to‘g‘risidagi Qarori. Xalq so‘zi. 2019 yil 26 fevral.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “II Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. Xalq so‘zi. 2019 yil 26 fevral.

Panjiev Q., Salimova D. Vokal va zamonaviy musiqa. Toshkent. Innovatsiya-ziyo. 2019. 184-b.

Qahhorov N.V. Vokal asoslari. Toshkent. Iqtisod-moliya. 2008. 313-b.

Yusupova N. Musiqa savodi metodikasi va ritmika. Toshkent. Musiqa, 2010. 154-b.

Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. Toshkent. Tafakkur bo‘stoni, 2013. 124-b.