Авторы

  • Шахзода Исроилова
    Buxoro davlat pedagogika institute

Биография автора

  • Шахзода Исроилова , Buxoro davlat pedagogika institute
    7 TEX-24 guruh magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.80470

Ключевые слова:

kompozitsiya kreativlik texnologiya raqamli ta’lim kreativ kompetentlik samaradorlik

Аннотация

Raqamli ta’lim muhitida bo’lg’usi texnologiya fani o’qituvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirish bugungi kunning talabi ekanligi, bugungi kunda ta’lim tizimi o’qituvchilarni nafaqat bilim bilan, balki ijodiy muammolarni hal qilishga qodir bo‘lgan kreativ kompetensiyalar bilan jihozlanishi, raqamli ta’lim muhitida kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish o’quv jarayonining samaradorligini oshirishi, va kelajakda o’qituvchilarning innovatsion yondashuvlarini shakllantirishi ko’rib chiqilgan.Unda bo’lg’usi o’qituvchilar yangi texnologiyalardan foydalanish orqali kreativlikni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’lishlari bayon qilingan.


background image

219

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO’LAJAK TEXNOLOGIYA FANI

O’QITUVCHILARNING KREATIV KOMPETENTLIGINI

RIVOJLANTIRISH

Isroilova Shaxzoda Shuxrat qizi

Buxoro davlat pedagogika institute 7 TEX-24 guruh magistranti


Annotatsiya:

Raqamli ta’lim muhitida bo’lg’usi texnologiya fani

o’qituvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirish bugungi kunning talabi
ekanligi, bugungi kunda ta’lim tizimi o’qituvchilarni nafaqat bilim bilan, balki ijodiy
muammolarni hal qilishga qodir bo‘lgan kreativ kompetensiyalar bilan jihozlanishi,
raqamli ta’lim muhitida kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish o’quv jarayonining
samaradorligini oshirishi, va kelajakda o’qituvchilarning innovatsion yondashuvlarini
shakllantirishi ko’rib chiqilgan.Unda bo’lg’usi o’qituvchilar yangi texnologiyalardan
foydalanish orqali kreativlikni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’lishlari bayon
qilingan.

Annotation:

In the digital education environment, the development of future

technology teachers' creative competencies is a demand of today. The current
education system equips teachers not only with knowledge but also with creative
competencies capable of solving innovative problems. Developing creative
competencies in a digital education environment increases the effectiveness of the
educational process and shapes teachers' future innovative approaches. It is discussed
that future teachers will have the opportunity to develop creativity by utilizing new
technologies.

Аннотация:

Развитие креативных компетенций будущих учителей

технологии в цифровой образовательной среде является требованием
сегодняшнего дня. Современная система образования должна оснащать
учителей не только знаниями, но и креативными компетенциями, способными
решать творческие проблемы. Развитие креативных компетенций в цифровой
образовательной среде повышает эффективность учебного процесса и
способствует формированию инновационных подходов у будущих учителей.
Рассматривается, что будущие учителя смогут развивать креативность,
используя новые технологии.

Tayanch so‘zlar:

kompozitsiya, kreativlik, texnologiya, raqamli ta’lim, kreativ

kompetentlik, samaradorlik,


background image

220

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Kirish

Texnologiya darslarini o’qitishda samaradorlikka erishish faqat bir tomonlama

yondashish orqali bo’lmaydi. Samaradorlikka erishish yuzasidan olib borilgan
tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, avvalo, samaradorlik - ma’lum bir mavzu tanlab
olinishi, o’sha mavzu yuzasidan ma’lumotlarni tahlil etgan holda olingan usullardan
dars tashkil etilishiga bog’liq bo’ladi.Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan
davom ettirib yangi bosqichga ko’tarilamiz . Rivojlanishning innovatsion yo’lini
tanlash, yuqori texnologiyalarni yaratish va amalga oshirish, mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishida bilim va ma'lumotlarning o’sib borayotgan o’rni yuqori
malakali mutaxassislarga katta talab qo’ymoqda. Bu ta'lim, fan va ishlab chiqarish
integratsiyasining yangi shakllarini talab qiladi va raqobatbardosh mutaxassislar
tayyorlashga qodir bo’lgan yangi avlod o’qituvchilarini shakllantirishni ustuvor
yo’nalishlardan biri sifatida belgilaydi.Oliy ta’lim muassasalari va ulardagi o’quv-
tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi
sifatini oshirish, bo’lajak o’qituvchilarni zamonaviy kasbiy kompetensiyalar bilan
qurollantirish, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik motivatsiyani
shakllantirish pedagoglarning kreativ kompetentligini rivojlantirish jarayonidagi
muhim vazifalardan sanaladi.

“Texnologiya” fani o'qituvchilarini kasbiy faoliyatiga tayyorlashda kreativ

kompetentligini rivojlantirishning bir nechta usullari mavjud. Bu usullar,
o'qituvchilarni fikrlash, muhokama qilish va o'rganish jarayonlarini qo'llab-
quvvatlash orqali ularga yangiliklar kiritishga imkon beradi. Texnologik ta’lim
darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya metodlarini qo’llash, metod va
vositalari, ta’lim jarayonining muvaffaqiyati, uning shakligagina emas, balki
qo’llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog’liqdir. Ta’lim nazariyasida
o’qitishda turli yangi pedagogik texnologiyalar metodlarini qo’llash asosiy o’rin
egallaydi. Yangi pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati o’qituvchi va
o’quvchilarning o’zaro xamkorligi va uzviy ravishda faollik ko’rsatishidadir. Chunki
agar darsda o’qituvchi bosh figura, ya’ni yetakchi fikr bildiruvchi bo’lib qolsa,
o’quvchilar ma’suliyati va javobgarlik hissi susayadi. Demak, ular mustaqil fikr
yuritish, mushohada qilish, xulosa chiqarishdan yiroqda bo’ladi . Pedagogik
texnologiyani o’quv jarayonida qo’llash o’qituvchidan o’rganuvchilarda
tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta o’zlashtirishni, zarur malaka va
ko’nikmalarni, ularni kuzatuvchanlik, tafakkur va mantiqiy nutqni, xotira va ijodiy
tasavvurni tarbiyalashga imkon beradi.”Texnologiya” fanini o’qituvchilarni kasbiy
faoliyatiga tayyorlashda kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi, ularni


background image

221

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

texnologik qadriyatga mos ravishda tayyorlash va ularning kreativ va innovatsion
g'oyalarini o'rnatishda yordam beradi. Bu metodikalar, o'qituvchilarga yangiliklarni
qabul qilish, ularni texnologik vositalardan foydalanishni o'rganish, va o'quvchilarga
ma'naviy va amaliy texnologik tajribalarni taqdim etishda yordam berishi mumkin.
Kreativ kompetentlikni rivojlantirish metodikalari o'qituvchilarni talablarining
individual xususiyatlarini e'tiborga olib, ularning yangiliklarga, innovatsiyalarga va
texnologik muhitlarga qaratilgan taqdirda integratsiyalashishlarini rag'batlantiradi.
Bunday metodikalar, o’qituvchilarga o’quv jarayonini o’zlashtirish va o’quvchilarga
texnologik mahsulotlardan foydalanish va ularni yangi texnologiyalarni qo’llashda
o’rganish imkoniyatini beradi. Natijada, “Texnologiya” fani o’qituvchilari kasbiy
faoliyatiga tayyorlashda kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi, ularning
o’quvchilarni bugungi dunyoda muvaffaqiyatli yutuqlarga olib kelishiga
ko’maklashadi.

Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative ” yaratuvchi, ijodkor) –

individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda
mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini
ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida,
muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki
uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim
omili sifatida aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o’tkirlikni belgilab beradi.
Raqamli ta'lim muhitida texnologiya fani o'qituvchilarining kreativ kompetentligini
rivojlantirish, o'qituvchilarning innovatsion yondashuvlarini qo'llab-quvvatlash va
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bunda,
o'qituvchilarni raqamli vositalar va platformalardan samarali foydalanishga o'rgatish,
shuningdek, o'quv jarayonida interaktiv va ijodiy metodlarni qo'llash muhim
ahamiyatga ega. Shu bilan birga, o'qituvchilarning kreativ kompetentligini
rivojlantirish uchun maxsus treninglar, seminarlar va kurslar tashkil etilishi zarur. Bu
tadbirlar orqali o'qituvchilar yangi pedagogik uslublar va raqamli vositalardan
foydalanish bo'yicha malakalarini oshirishlari mumkin. O'qituvchilarning ijodiy
yondashuvlarini qo'llab-quvvatlash, o'z navbatida, o'quvchilarning bilim olish
jarayonini yanada samarali va qiziqarli qiladi. Bunda raqamli ta’lim muhitida
bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilarining kreativ kompetentligini’rivojlantirish,
o’qituvchilarning ijodiy va innovatsion fikrlash qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan
muhim jarayondir. Bu, o’z navbatida, o’quvchilarga zamonaviy ta’lim metodlarini
yetkazish va ularning bilim olish jarayonini yanada samarali qiladi.


background image

222

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Dars jarayonida innovatsion vositalardan foydalanish:

O’qituvchilarning

raqamli kompetentliklarini oshirishda 3D modellashtirish, simulyatsiyalar va
interaktiv platformalar,interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
(AKT) va kabi innovatsion vositalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ushbu
vositalar o’quv jarayonini qiziqarli va samarali tashkil etishga yordam beradi.

Pedagogik-psixologik

yondashuvlar:

Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy

faoliyatga tayyorlashda kreativ kompetentligini rivojlantirish metodlarining
pedagogik-psixologik imkoniyatlari ham muhimdir. O'qituvchilarning ijodiy va
tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning pedagogik mahoratini
oshirishga yordam beradi. O’qituvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirishda
pedagogik-psixologik metodlarning ahamiyati katta. Mustaqil fikrlash, innovatsion
yondashuvlarni qo'llash va o'quvchilarga zamonaviy ta'lim metodlarini yetkazish
qobiliyatlarini shakllantirish uchun maxsus metodlar va yondashuvlar qo'llanilishi
zarur.

O'quv jarayonida metod va vositalarni qo'llash:

Umumiy o’rta ta’lim

maktablarida texnologiya ta’limini samarali rivojlantirish uchun o’qituvchilar
zamonaviy shakl, metod va vositalardan foydalanishlari zarur. Bu, o’z navbatida,
o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Pedagogik metodlarni integratsiya qilish:

O’qituvchilarning kreativ

kompetentligini rivojlantirishda innovatsion ta’lim metodlarini, masalan, Flipped
Classroom, Coaching, Trening, Consulting, Project-Based Learning, Cooperative
Learning, Gamification, Problem-Based Learning, Design Thinking kabi metodlarni
qo'llash samarali natijalarga olib keladi. Quyida Flipped Classroom metodi haqida
ma’lumot berib o’tilgan bo’lib:

Flipped Classroom

(Revers Klass) metodikasi – bu an’anaviy o’qitish

uslubining teskari usuli bo’lib, unda talaba uyda darsni o’rganadi, darsda esa
o’qituvchi yordamida amaliy mashqlar bajaradi yoki mavzularni chuqurroq
o’rganadi. Bu metodika talabalarga o’z vaqtini samarali foydalanish imkonini beradi
va an’anaviy darslarning strukturasini o’zgartiradi.

Ushbu metodning afzalliklari va kamchiliklari bormi degan savol albatta o’rtaga

chiqadi. Quyida bu metodning ishlash texnikasi, yutuq va kamchiliklari ko’rib
chiqilgan:

Flipped Classroom qanday ishlaydi?

1.

Uyda o’rganish

: Talabalar,o’qituvchi tomonidan tayyorlangan yoki

internetdagi manbalar orqali videolar, maqolalar, prezentatsiyalar kabi o’quv


background image

223

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

materiallarini uyda o’rganadilar. Bu materiallar talabalarni va o’quvchilarga
mavzularni asosiy tushunchalar bilan tanishtiradi.

2.

Darsda amaliy ishlar

: Darsda esa talabalarga mavzuni chuqurroq

o’rganish va amaliy mashqlarni bajarish imkoniyati beriladi. Bu vaqt davomida
o’qituvchi talabalarga yordam berish, ularga savollarni muhokama qilish, guruhli
ishlarda yordam ko’rsatish va o’zlashtirishni tekshirishga imkon yaratadi.

3.

Muntazam feedback

: O’qituvchi dars davomida talabalarga tezkor

feedback berib, ularning tushunmovchiliklarini bartaraf etishga yordam beradi va
yanada chuqurroq fikrlashga rag’batlantiradi.

Flipped Classroom metodining afzalliklari

Faol o’rganish

: Talabalar o’z-o’zidan o’rganish va amaliy mashqlar orqali

o’rganish jarayoniga faol jalb qilinadi. Dars vaqtida ular o’qituvchining yordamida
o’zlashtirishni mustahkamlashadi.

Yuqori interaktivlik

: Dars vaqtida talabalar o’rtasida muhokama, guruhli

ishlash va bir-biriga yordam berish imkoniyatlari ko’payadi, bu esa o’rganishni
yaxshilaydi.

Shaxsiylashtirilgan o’qish

: Talabalar o’qish materiallariga o’z vaqtida kirish

imkoniga ega bo’lib, har bir talaba o’z sur’atida o’rganish imkoniyatiga ega.

Yangi resurslarga kirish

: Talabalar dars materiallari sifatida videolar,

maqolalar, podkastlar va boshqa turli xil manbalardan foydalanishlari mumkin. Bu
esa o’rganishning qiziqarli va samarali bo’lishiga yordam beradi.

Flipped Classroom metodining kamchiliklari

O’zini o’zi boshqarish

: Ba’zi talabalar o’z-o’zini o’qishga qodir

bo’lmasliklari mumkin, chunki bu usul yuqori darajada mustaqillikni talab qiladi.

Texnologiyaga kirish

: Har bir talabada kerakli texnologiyaga, masalan,

internet yoki kompyuterga kirish imkoniyati bo’lmasligi mumkin.

Materiallarni tayyorlash

: O’qituvchilar ushbu metodni muvaffaqiyatli

amalga oshirish uchun ko’p vaqt va resurs sarflashlari kerak. Videolar yoki boshqa
o’quv materiallarini tayyorlash va talabalarga yaxshi yordam ko’rsatish uchun
maxsus tayyorgarlik talab etiladi.

Flipped Classroom metodikasi talabalarga darsni an’anaviy tarzda emas, balki

o’z-o’zini o’rgatish orqali taqdim etadi va darslarda amaliyotga ko’proq e’tibor
qaratadi. Bu metod talabalarni mustaqil o’qishga rag’batlantiradi, kreativ fikrlashga
yo’naltiradi, darsning samaradorligi oshadi, yuqori samaradorlikka erishiladi
shuningdek, o’qituvchining roli o’zgargan holda, o’quv jarayonini yanada samarali va
qiziqarli qiladi.


background image

224

Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Shu bilan birga, o’qituvchilarning raqamli kompetentliklarini oshirishda oliy

ta’lim muassasalarida raqamlashtirish ta’lim muhitida bo’lajak texnologiya fani
o’qituvchilarining kasbiy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish ham
muhim ahamiyatga ega. Raqamli ta'lim muhitida bo'lajak texnologiya fani
o'qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish, ta'lim tizimining zamonaviy
talablariga mos ravishda o'qituvchilarning ijodiy va innovatsion qobiliyatlarini
oshirishga qaratilgan muhim jarayondir.

XULOSA

Umuman olganda, raqamli ta'lim muhitida bo'lajak texnologiya fani

o'qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish, o'quv jarayonini zamonaviy
va samarali tashkil etishga, shuningdek, o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini
oshirishga xizmat qiladi. kreativ ijodkorlik - o’quvchilar, talabalarni bilishga bo’lgan
qiziqishini faollashtiradigan, ijodiy qobiliyatini shakllantiradigan kuchli vositadir.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- Toshkent:

TDPU, 2003.

2. Ismailova Z.K., Maxsudov P.M., Ergashev O.K., Matkarimov K.J. Maxsus

fanlarni o‘qitish metodikasi. Magistratura mutaxassisliklari uchun o‘quv qo‘llanma -
Toshkent. ”Navruz”, 2019.

3. Muslimov N.A., va boshqalar. Kasb ta’limi o’qituvchilarining kasbiy

kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. Monografiya.– “Fan va texnologiya”
nashriyoti, T.: 2013- y

4. N.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Sayfurov, A.To’rayev - Pedagogik

kompetentlik va kreativlik asoslari. Toshkent. “Sano-standart” 2015-y

5.Prezident.uz

Библиографические ссылки

Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- Toshkent: TDPU, 2003.

Ismailova Z.K., Maxsudov P.M., Ergashev O.K., Matkarimov K.J. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. Magistratura mutaxassisliklari uchun o‘quv qo‘llanma -Toshkent. ”Navruz”, 2019.

Muslimov N.A., va boshqalar. Kasb ta’limi o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. Monografiya.– “Fan va texnologiya” nashriyoti, T.: 2013- y

N.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Sayfurov, A.To’rayev - Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. Toshkent. “Sano-standart” 2015-y

Prezident.uz