29
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
MARKAZIY OSIYODAGI IX-XII ASRLARDAGI ILM FAN,
MADANIYATINING GURKIRAB YASHNASHI VA UYG‘ONISH DAVRI
Saidjon Husenovich Xayrullayev
Ўзбекистон халқаро ислом академияси, “Матншунослик ва адабий
манбашунослик (араб тили)” йўналиши магистранти
Muhammadqodir Abdulatib o‘g‘li Abduvaliyev
Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti “Islom tarixi va
manbashunosligi,falsafa”yo’nalishi 5.1-ITM 2021 guruhi talabasi
abduvaliyevmuhammad77@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolam orqali Markaziy Osiyo IX-XII asrlarda ilm-fan
va madaniyat sohalarida o‘zining eng yuksak rivojlanishiga erishganligi va bu davrda
ilm-fan, madaniyat, tibbiyot, falsafa va adabiyot sohalarida katta yutuqlar yuz
berganligini, ushbu davrni "Ilk uyg‘onish davri" deb atash mumkin, chunki Markaziy
Osiyo o‘sha paytda ilmiy va madaniy faoliyatning markaziga aylanganligi haqida
manbalar orqali ko’rib taxlil qilib chiqamiz.
Kalit So’zlar:
Bayt-ul Xikma, Ma’mun akademiyasi, ilm-fan, madaniyat,
Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Farobiy,
Al-Farg'oniy,,Uyg’onish davri, Tasavvuf.
Annotation:
Through this article, we will analyze through sources that Central
Asia reached its highest development in the fields of science and culture in the 9th-
12th centuries, and that during this period, great achievements were made in the
fields of science, culture, medicine, philosophy, and literature. This period can be
called the "Early Renaissance", because Central Asia became the center of scientific
and cultural activity at that time.
Keywords:
Bayt-ul-Hikma, Mamun Academy, science, culture, Al-Khwarizmi,
Beruni, Ibn Sina, Farobi, Al-Farghani, Renaissance, Sufism.
Аннотация:
В этой статье мы проанализируем с помощью источников, что
Центральная Азия достигла своего наивысшего развития в области науки и
культуры в IX-XII веках, и что в этот период были достигнуты большие
достижения в области науки, культуры, медицины, философии и литературы.
Этот период можно назвать «Ранним Возрождением», потому что Центральная
Азия стала центром научной и культурной деятельности в то время.
Ключевые слова:
Байт-уль-Хикма, Академия Мамуна, наука, культура,
Аль-Хорезми, Беруни, Ибн Сина, Фараби, Аль-Фергани, Возрождение, Суфизм.
30
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
KIRISH:
Markaziy Osiyo IX-XII asrlarda ilm-fan va madaniyat sohalarida o‘zining eng
yuksak rivojlanishiga erishgan mintaqalardan biri bo‘ldi. Bu davrda ilm-fan,
madaniyat, tibbiyot, falsafa va adabiyot sohalarida katta yutuqlar yuz berdi. Ushbu
davrni "Ilk uyg‘onish davri" deb atash mumkin, chunki Markaziy Osiyo o‘sha paytda
ilmiy va madaniy faoliyatning markaziga aylandi.
TADQIQОT MATERIALLARI VA METОDОLОGIYA:
Bugungi kunda ilm-fan va texnologiya jadal rivojlanayotgan bir paytda, IX–XII
asrlardagi Markaziy Osiyo uyg‘onish davri tajribalarini o‘rganish va ulardan saboq
olish juda muhim. Bu davr faqat tarixiy yutuqlar bilan emas, balki ilmiy izlanishlarga
bo‘lgan keng qamrovli yondashuvi, turli madaniyat va dinlararo muloqot orqali bilim
almashinuvi kabi tamoyillari bilan ham ahamiyatlidir.
Hozirgi kunda ta’lim tizimi,
innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishda aynan shu davrdagi ilmiy
merosdan ilhom olish mumkin. Ayniqsa, buyuk allomalar – Al-Xorazmiy, Beruniy,
Ibn Sino va Forobiy kabi olimlarning ilmiy ishlari nafaqat o‘sha davrda, balki hozir
ham matematika, tibbiyot, astronomiya va falsafa kabi sohalarda dolzarbligini
yo‘qotmagan.
Bundan tashqari, globallashuv sharoitida madaniy merosni asrab-
avaylash va yosh avlodga yetkazish masalasi ham dolzarb hisoblanadi. Markaziy
Osiyo uyg‘onish davrining tahlili milliy o‘zlikni anglash, ilmiy tafakkurni
rivojlantirish va madaniy integratsiyani kuchaytirishga xizmat qiladi. Shu bois, bu
mavzuni o‘rganish nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki zamonaviy taraqqiyot uchun
ham muhim strategik ahamiyat kasb etadi.
IX–XII asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan va madaniyatning yuksak
rivojlanganligini o‘rganish, bu davrning jahon tamadduni taraqqiyotiga qo‘shgan
hissasini tahlil qilish hamda hozirgi ilmiy va madaniy jarayonlar bilan bog‘liq holda
uning ahamiyatini yoritis
Ilk uyg‘onish davrining asosiy omillarini aniqlash – bu davrda ilm-fanning
rivojlanishiga sabab bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy va madaniy omillarni o‘rganish. Buyuk
allomalarning ilmiy merosini tahlil qilish – Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Forobiy
kabi olimlarning ilmiy yutuqlari va ularning jahon ilm-fani rivojiga ta’sirini
o‘rganish. Markaziy Osiyo ilmiy markazlari faoliyatini o‘rganish – Bag‘dod, Buxoro,
Samarqand va Xorazmdagi ilmiy va madaniy muhitni yoritish. Bu davrda rivojlangan
fan sohalarini tahlil qilish – matematika, astronomiya, tibbiyot, falsafa, me’morchilik,
adabiyot va boshqa sohalardagi yutuqlarni o‘rganish. Markaziy Osiyo uyg‘onish
davrining bugungi ahamiyatini ochib berish – bu davrdagi ilmiy merosning
zamonaviy fan va texnologiyalar rivojiga ta’sirini ko‘rsatish. Madaniy va ilmiy
31
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
merosni asrab-avaylash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish – buyuk ajdodlarimizning
ilmiy yutuqlarini yosh avlodga yetkazish va ularning qadriyatlarini targ‘ib qilish.
TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA:
Arablar Xuroson, Movarounnahr va Xorazmni fath qilgach, oʻlkada islom dini
bilan bir qatorda arab tili, arab alifbosi ham joriy qilindi. Arab tili davlat tili, islom
dini tili va fan tili darajasiga ko'tarildi. Mahalliy tilda yozilgan asarlar yo'q qilindi,
yerli bilimdonlar quvg'in ostiga olindi.
Arab tilini, islom dini va Qur'oni Karimni yaxshi egallagan va bilgan
shaxslarning jamiyatdagi o'rni va nufuzi oshdi. Bu arab tiliga nisbatan hayotiy
ehtiyojni kuchaytirdi. Movarounnahr va Xorazmda ham hatto o'z ona tiliga nisbatan
arab tilini yaxshi bilgan tolibi ilmlar borgan sayin ko'payib bordilar. Arab tili va
islom dini boʻyicha mukammal bilim va malakaga ega bo'lganlar arab xalifaligining
markaziy shaharlariga borib o'qishni odat tusiga, an'anaga aylantirdilar. Damashq,
Qohira, Bag'dod, Kufa, Basra singari katta shaharlarda Movarounnahr va Xorazmdan
borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shgan ajdodlarimiz soni borgan
sayin ko'payib bordi. Xususan bu borada Bag'dod shahri Sharqning ilm-ma'rifat
markazi sifatida katta ahamiyat kasb etdi. IX asrda bu shaharda «Bayt-ul-Hikma»
(«Donishmandlar uyi») Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. Xuddi shunga
monand X asr oxiri XI asr boshlarida Xorazmda ham podsho Ma'mun ibn Ma'mun
(995-997) va uning avlodlari davrida 1004-yilda “Donishmandlar uyi” tashkil etildi.
Urganchda tashkil etilgan bu “Bayt-ul-Hikma” “Ma'mun akademiyasi” (Xorazm
akademiyasi) deb nomlanadi. Bag'dod va Urganchdagi “Donishmandlar uyi”da o‘z
vaqtida nom-lari dunyoga mashhur ulug' alloma va mutafakkirlar tahsil olganlar. Ular
orasida Ahmad Fargo'niy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammor, Abu
Saxl Masihiy, Ibn Iroq kabi ulug va buyuk zotlarning nomlari bor. Movarounnahr va
Xorazmda IX-XII asrlarda ijtimoiy-iqti-sodiy va madaniy taraqqiyotda (yuz bergan
ijobiy yutuqlar va muvaffaqiyatlar haqida gap ketganda, ana shu yutuq va muvaf-
faqiyatlarning asosiy omili va sababchisi boʻlgan markazlash-gan mustaqil
davlatlarning vujudga kelganligini e'tibordan qochir-masligimiz kerak, albatta.
Qadimgi zamonlardan Turon, Turkiston, Movarounnahr degan nomlar bilan
atalib kelgan Markaziy Osiyo mintaqasi madaniy, ma'naviy va ilmiy merosining
salmoqli qismi tasavvuf bilan bog'liqdir. Zero, xalqimiz turmush tarzi, madaniyati va
ijtimoiy-falsafiy qarashlariga katta ta'sir o'tkazgan tasavvuf ajdodlarimizning diniy
e'tiqodidan tortib ijodiy faoliyatining barcha qirralarigacha bo'lgan sohalar, jumladan,
ilm-fan, adabiyot va san'atda u yoki bu darajada o'z aksini topdi. Kadimiy
Movarounnahr zamini Islom tasavvufi beshiklaridan biri hisoblanadi. VIII-XІ
32
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
asrlarda Islom olamining boshqa yirik markazlari qatori Markaziy Osiyoda ham
so'fiylik harakati ildiz otib, tasavvufning nazariy va amaliy asoslari shakllandi, XІІ
asrdan boshlab esa bu o'lkada, keyinchalik, butun Islom dunyosida Dong taratgan
Yassaviya, xojagon-Naqshbandiya, Kubraviya, Ishqiya kabi so'fiylik tariqatlari
vujudga keldi. Bular orasida Islom olamida birinchilardan bo'lib vujudga kelgan eng
qadimiy va ko'p mamlakatlarga tarqalgan eng nufuzli tariqatlardan biri sifatida
mashhur bo'lgan xojagon-Naqshbandiya tariqati o'zining tarkidunyochilikni
qoralovchi, insonparvarlik, vatanparvarlik va mehnatsevarlikni targ'ib etuvchi ilg'or
ta'limoti bilan ajralib turadi. Mustaqillik yillarida butun o'tmish merosimiz qatorida
xojagon-Naqshbandiya tariqati ta'limoti, ushbu tariqat namoyandalari hayotini
o'rganish va xalqimizga etkazish borasida katta ishlar kilindi.
Jumladan, 1993 yili Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi, 2003 yilda
Abduxoliq G'ijduvoniyning 900 yilligi, 2004 yilda esa Xoja Ahror Valiy
tavalludining 600 yilligi xalqaro darajada keng nishonlandi. 2004 yil 27 mayda
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Bahouddin Naqshband yodgorlik
majmuasi markazini tashkil etish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. 2008 yildan
e'tiboran ana shu markaz muassisligida "Naqshbandiya" ilmiy-irfoniy, adabiy-
ma'rifiy (uch oylik) jurnali nashr etib kelinyapti. 2010 yil 30 avgustda "Buxoro
madaniy markazi" majmuida qad rostlagan "ko'hna va boqiy Buxoro"
monumentining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ana shu monument peshtoqiga
Bahouddin Naqshbandga mansub bo'lgan “Dil ba yor u, dast ba kor” so'zlari bo'rtiq
harflar bilan katta-katta qilib bitib qo'yilgan. Mamlakatimiz tarixiy taraqqiyotining
"2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi" asosida boshlangan yangi bosqichida
O'zbekiston Respublikasi hukumatining ma'naviy merosimiz, jumladan, so'fiy
ajdodlarimiz hayoti va ta'limotiga bo'lgan e'tiborining yanada kuchayishi
kuzatilmoqda. 2017 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev
tashabbusi bilan Imom Termiziy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari,
O'zbekistondagi Islom tsivilizasiyasi markazi va O'zbekiston xalqaro Islom
akademiyasi tashkil etildi, qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ'ib qilish
tizimi yanada takomillashtirildi.
XULOSA
IX–XII asrlar Markaziy Osiyo tarixida ilm-fan va madaniyatning yuksak
darajada rivojlangan davri bo‘lib, bu davrni Sharq Uyg‘onishi yoki Ilk Uyg‘onish deb
atash mumkin. Bu jarayonning vujudga kelishida siyosiy barqarorlik, ilmiy muhitni
33
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
qo‘llab-quvvatlovchi hukmdorlar, madaniy va ilmiy almashinuv hamda turli millat va
din vakillarining hamkorligi muhim rol o‘ynagan.
Bu davrda matematika, astronomiya, tibbiyot, falsafa, geografiya, adabiyot va
boshqa sohalarda ulkan yutuqlarga erishildi. Xususan, Al-Xorazmiy algebra faniga
asos solib, hozirgi zamonaviy hisoblash tizimining asoslarini yaratdi. Ibn Sino
tibbiyot sohasida inqilobiy kashfiyotlar qilib, uning "Tib qonunlari" asari asrlar
davomida Yevropada asosiy qo‘llanma sifatida ishlatildi. Abu Rayhon Beruniy
astronomiya va geografiya sohalarida ilg‘or ilmiy qarashlarni ilgari surdi, Forobiy esa
falsafiy tafakkurni rivojlantirib, Sharq va G‘arb madaniyati o‘rtasidagi intellektual
ko‘prikni mustahkamladi.
Ushbu ilmiy yutuqlarning global ahamiyatga ega ekanligini hisobga olsak,
Markaziy Osiyodagi uyg‘onish faqat mintaqaviy hodisa bo‘lib qolmay, balki butun
jahon ilm-faniga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Ayniqsa, IX–XII asrlardagi ilmiy meros
keyinchalik Yevropa Uyg‘onish davriga zamin yaratgan omillardan biri bo‘ldi. Bu
davrda Buxoro, Samarqand, Xorazm, Marv va Bag‘dod kabi shaharlar ilm-fan
markazlari sifatida dunyoga mashhur bo‘lib, olimlar uchun bebaho bilim manbalariga
aylangan. Bugungi kunda ushbu ilmiy merosni o‘rganish va unga asoslanib yangi
ilmiy izlanishlar olib borish juda dolzarbdir.
Zamonaviy texnologiyalar va fan taraqqiyotiga nazar tashlaganda, qadimgi
allomalarning ishlarini chuqur o‘rganish, ularning metodlari va ilmiy yutuqlarini
yangi texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa,
informatika, tibbiyot, muhandislik, astronomiya va falsafa sohalarida o‘sha davrdagi
kashfiyotlardan foydalanish imkoniyati mavjud. Shuningdek, Markaziy Osiyo
uyg‘onish davrining madaniy va ilmiy merosini asrab-avaylash, uni yoshlarga
yetkazish va xalqaro miqyosda targ‘ib qilish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
R.Shamsutdinov. Sh.Karimov “Vatan Tarixi” birinchi kitob. “Sharq”
nashriyoti. Toshkent 2010.
2.
A.S. Sagdullayev. “O‘ZBEKIST0N TARIXI” I kitob ”DONISHMAND
ZIYOSI” TOSHKENT 2021,
3.
Q.USMONOV, M.SODIQOV, S.BURXONOVA “O‘ZBEKIST0N
TARIXI”. “IQTISOD-MOLIYA” Toshkent 2006.
4.
Q.Ergashev H.Hamidov “O’ZBEKIST0N TARIXI”. “G‘afur G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi ”.Toshkent-2015.
34
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
5.
А.Р.Муҳаммаджонов.”ЎЗБЕКИСТОН ТАРИХИ” (IV асрдан XVI
аср бошларигача). Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи.
Тошкент – 2004.
6.
N.Jumaveva. “SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI” O’quv
qo‘llanma “Durdona” nashriyoti. Buxoro – 2022.
7.
G’.Razzoqov. K.Raximov. “Xojagon-Naqishbandiya tariqati va Yetti
pir” Toshkent “O’zbekiston” 2020.
8.
X.Xomidiy. “Tasavvuf allomalari” “ Sharq” nashriyoti Toshkent 2004.
