61
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
SEMIRISHNING FIZIOLOGIK MEXANIZMLARI
Abdumannonova Muborakxon Abdupulat qizi
Alfraganus Universiteti Tibbiyot fakulteti 2-kurs talabasi
Qoraboyeva Malika Abdumajit qizi
Alfraganus Universiteti Tibbiyot fakulteti 2-kurs talabasi
Xayrullayeva Maftuna Ibodullayevna
Alfraganus Universiteti Tibbiyot fakulteti Tibbiyot kafedrasi o’qituvchisi
Alfraganus University, Tashkent, Uzbekistan
Annotatsiya:
Ushbu tezisda semirishning fiziologik mexanizmlari, uning
sabablari va organizm tizimlariga ta'siri haqida tahliliy ma'lumotlar keltirilgan.
Tadqiqotda gipotalamusning vazn nazoratidagi roli, leptin va insulin rezistentligining
ahamiyati, adipozit to'qimalarning faolligidagi o'zgarishlar chuqur o'rganilgan.
Semirishning yurak-qon tomir, endokrin, nafas olish, muskulskelet va immun
tizimlariga salbiy ta'sirlari tafsilotli ko'rib chiqilgan. Xulosa qilib, ishlab chiqarilgan
profilaktika choralari va sog'lom turmush tarzining ahamiyati ta'kidlangan.
Kalit so‘zlar:
Semirish, fiziologik mexanizmlar, gipotalamus, leptin, insulin
rezistentligi, adipozit to’qimalar.
Аннотация:
В данном тезисе представлен аналитический обзор
физиологических механизмов ожирения, его причин и воздействия на системы
организма. Исследование глубоко изучает роль гипоталамуса в контроле веса,
значение резистентности к лептину и инсулину, изменения в активности
адипоцитных тканей. Подробно рассмотрены негативные последствия
ожирения для сердечно-сосудистой, эндокринной, дыхательной, опорно-
двигательной и иммунной систем. В заключении подчеркивается важность
разработанных профилактических мер и здорового образа жизни.
Ключевые слова:
ожирение, физиологические механизмы, гипоталамус,
лептин, инсулинорезистентность, адипоцитные ткани.
Abstract:
This thesis provides an analytical overview of the physiological
mechanisms of obesity, its causes and effects on div systems. The study thoroughly
examines the hypothalamus' role in weight control, the significance of leptin and
insulin resistance, and changes in adipocyte tissue activity. The negative impacts of
obesity on cardiovascular, endocrine, respiratory, musculoskeletal and immune
systems are examined in detail. In conclusion, the importance of developed
preventive measures and healthy lifestyle is emphasized.
62
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Keywords:
obesity, physiological mechanisms, hypothalamus, leptin, insulin
resistance, adipocyte tissues.
Bugungi kunda semirish global sog‘liq muammolaridan biri sifatida dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo aholisining katta qismi ortiqcha vazn va semirishdan
aziyat chekmoqda. Semirish nafaqat tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarish, balki ichki
organlar, tizimlar faoliyatining buzilishiga olib keluvchi jiddiy fiziologik
jarayonlarning natijasidir.
XXI asrda texnologik taraqqiyot, urbanizatsiya, passiv turmush tarzi va yuqori
kaloriyali ovqatlanish madaniyatining keng tarqalishi semirish darajasini keskin
oshirdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, har uchinchi kishi
ortiqcha vaznga ega, bu esa yurak-qon tomir, endokrin, nafas va muskul-skelet tizimi
kasalliklarining rivojlanish xavfini oshiradi.
Hususiy fiziologiya nuqtayi nazaridan semirish energiya balansi va metabolik
jarayonlarning buzilishi natijasida yuzaga keladi. Shunday ekan, semirishning
fiziologik asoslarini chuqur o‘rganish, uning oldini olish va davolash usullarini ishlab
chiqish zamonaviy tibbiyotda nihoyatda dolzarb hisoblanadi.
Organizmda vazn nazoratining boshqarilishi.
Organizmda vazn nazorati
gipotalamus tomonidan boshqariladi. Gipotalamusning lateral va ventromedial
yadrolari ishtaha va energiya sarfini muvofiqlashtiradi. Lateral gipotalamus ishtaha
markazi bo‘lib, ventromedial qismi esa to‘qlik markazi hisoblanadi. Ushbu
markazlarning faolligi leptin va insulin kabi gormonlar orqali boshqariladi.
Leptin garmonining semirishga aloqasi.
Leptin yog‘ to‘qimalaridan ajralib
chiqadigan gormon bo‘lib, gipotalamusga to‘qlik signalini yuboradi. Odatda yog‘
zaxirasi ortganda leptin miqdori ko‘payadi va ishtaha kamayadi. Ammo semirishda
leptin rezistentligi rivojlanadi — ya’ni, gipotalamus leptinning to‘qlik signalini
to‘g‘ri qabul qilmaydi, natijada odam ortiqcha ovqatlanishda davom etadi.
Shuningdek, oshqozon devoridan ajraladigan grelin gormoni ochlik hissini
kuchaytiradi va ovqat qabul qilishga undaydi.
Semirishda adipotsitlar (yog‘ hujayralari) faolligini o‘zgarishi
. Ular nafaqat
energiya zaxirasini saqlaydi, balki endokrin organ sifatida leptin, adiponektin va
rezistin kabi biologik faol moddalarni ajratadi. Semirishda adiponektin darajasi
pasayadi, bu esa insulin rezistentligi va ateroskleroz rivojlanishiga yordam beradi.
Organizm tizimlariga semirishning ta’siri quyidagicha namoyon bo‘ladi:
63
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Yurak-qon tomir tizimi: Semirish arterial gipertenziya, ateroskleroz va yurak
yetishmovchiligi rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Semirishda qonda lipidlar miqdori
oshadi, bu esa qon tomir devorlariga zarar yetkazadi.
Endokrin tizim: Semizlik 2-tur qandli diabet rivojlanishining asosiy risk
omilidir. Insulin rezistentligi rivojlanib, qonda glyukoza darajasi ko‘tariladi.
Nafas olish tizimi: Ortiqcha yog‘ diafragmaga bosim o‘tkazadi, nafas olish
mexanikasini buzadi va uyqu apnoe sindromiga olib keladi.
Muskul-skelet tizimi: Ortiqcha vazn suyak va bo‘g‘imlarga ortiqcha yuk
tushirib, osteoartrit va umurtqa muammolarini keltirib chiqaradi.
Reproduktiv tizim: Semizlik ayollarda polikistik tuxumdon sindromi, erkaklarda
esa testosteron darajasining pasayishiga olib keladi.
Immun tizim: Semizlik surunkali past darajadagi yallig‘lanish holatini keltirib
chiqaradi va infeksiyalarga qarshi immun javobni pasaytiradi.
Energiya almashinuvi va semirish.
Semirish metabolik faollikni pasaytiradi,
bazal almashinuv sur'ati kamayadi, natijada energiya sarfi kam bo'lib, yog' to'planishi
davom etadi. Semiz kishilarda mitoxondrial faoliyat ham pasayishi aniqlangan.
Semirishda gormonal disbalanslar.
Insulin: semirish insulin sekretsiyasini
oshiradi, keyinchalik esa insulin rezistentligini keltirib chiqaradi. Tireoid gormonlari:
gipotiroidizmda bazal almashinuv sur'ati pasayib, semirishga sabab boladi.
Xulosa,
Semirish — organizmdagi murakkab va ko‘p bosqichli fiziologik
jarayonlar buzilishi natijasida yuzaga keladigan holatdir. Gipotalamus, adipozit
to‘qima, insulin va leptin signalizatsiyasi kabi mexanizmlarning buzilishi semirish
rivojlanishining asosini tashkil qiladi. Semirish faqat ortiqcha vazn emas, balki
yurak-qon tomir, endokrin, nafas va muskul-skelet tizimi kasalliklarini
rivojlantiruvchi xavf omili hisoblanadi.
Hozirgi davrda semirishning fiziologik mexanizmlarini chuqur o‘rganish orqali
ushbu holatni erta aniqlash va samarali profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish
imkoniyati oshmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G’ulomov G.S. Hususiy fiziologiya. Toshkent: 2018. – 142-152-betlar.
2. A.K. Mamedov. Fiziologiya. Toshkent: 2019. – 198-204-betlar.
3. Guyton and Hall. Textbook of Medical Physiology. 14th Edition. 2016. 832-
850-betlar.
4. Inson fiziologiyasi. - Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2021. 86-bet.
5.G. A. Abenova. Gigiyena va umumiy fiziologiya asoslari. - Samarqand:
SamMI, 2017. 90-bet.
