Авторы

  • Анвар Умаров
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Биография автора

  • Анвар Умаров , Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
    tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.98233

Ключевые слова:

O‘g‘uz o‘g‘ qabila urug “o‘z” “O‘zbek-turkmanlari” “Nurota turkmanlari” “olti ota qozoyoqli” va “besh ota mang‘ishlov” “24 ota turkmanlilar” Oqman va Qoramon el-xalq qozoyoqli oytamg‘ali qo‘shtamg‘ali.

Аннотация

Maqolada XIX аср охири ва XX аср бошларида o‘rta Zarafshon xavzasi Samarqand, Nurota, Qo‘shrabod va unga tutash qishloqlardagi “O‘zbek туркманлари”, “Nurota turkmanlari” va “turkman-yuz eli” urug‘lari deb hisoblaydigan qishloq aholisining o‘rganilishi tarixi to‘g‘risida.


background image

71

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

NUROTA TURKMAN-YUZ ELINING O‘RGANILISH TARIXI

HISTORY OF THE STUDY OF THE NURATA TURKMEN-YUZ PEOPLE

Umarov Anvar Shuxratovich

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi

komarovanvar88@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada XIX аср охири ва XX аср бошларида o‘rta Zarafshon

xavzasi Samarqand, Nurota, Qo‘shrabod va unga tutash qishloqlardagi “O‘zbek
туркманлари”, “Nurota turkmanlari” va “turkman-yuz eli” urug‘lari deb
hisoblaydigan qishloq aholisining o‘rganilishi tarixi to‘g‘risida.

Tayanch so‘z:

O‘g‘uz, o‘g‘, qabila, urug, “o‘z”, “O‘zbek-turkmanlari”, “Nurota

turkmanlari”, “olti ota qozoyoqli” va “besh ota mang‘ishlov”, “24 ota turkmanlilar”,
Oqman va Qoramon, el-xalq, qabila, qozoyoqli, oytamg‘ali, qo‘shtamg‘ali.

Abstract.

The article deals with the study of clans that consider themselves

“Uzbek-Turkmen”, “Nurota-Turkmen” and “Turkman-Yuzeli” in Samarkand,
Nurota, Koshrobod and neighboring villages of the middle Zerafshan basin at the end
of the 19th and beginning of the 20th centuries.

Keywords.

Oguz, ogh, tribe, clan, "own",

"Uzbek-Turkmens," "Nurota

Turkmens," "six ancestors of Qozoyoqli" and "five ancestors of Mangishlov," "24
ancestors of Turkmens," Akman and Karamon, people, tribe, Qozoyoqli, Oytamghali,
Qoshtamghali.

Kirish.

Arab geografi Ibn Xavqal (X asr) ma’lumotlariga qaraganda, islom

dinini qabul qilgan mingga yaqin turk oilasi sharqdan Farob, Kenjit va Shosh
orasidagi hududga, ya’ni hozirgi Chimkentning janubi-g‘arbiga ko‘chib kelganlar.
O‘g‘uz – o‘g‘ – qabila – urug‘ ma’nosini anglatgan, “o‘z” esa qo‘shimchadir.
O‘g‘uzlar ittifoqi IX asrning oxiri – X asr boshlarida Orol va Kaspiy dengizlari
bo‘ylarida shakllanadi. Sirdaryo etaklarida poytaxti Yangikent bo‘lgan O‘g‘uzlar
davlati X asrda tashkil topadi. Ammo ko‘p o‘tmay ular qipchoqlar tomonidan tor-mor
etilib, bir qismi g‘arbga rus dashtlariga borib joylashadi. O‘g‘uzlarning boshqa qismi
saljuqiylar boshchiligida hozirgi Turkmaniston, Orol dengizining shimolida joylashib
qoladilar. Yozma manbalarda qayd etilishicha, o‘g‘uzlarning islom dinini qabul
qilganlari mahalliy aholi bilan aralashib ketgan qismi turkmanlar deb atalgan.
Mahmud Qoshg‘ariy (XI asr), Ibn al Asir (XI asr), Rashididdin (XIII-XIV asrlar),
Abulg‘ozixon (XVII asr)ning xabar berishicha, o‘g‘uzlar 22 yoki 24 qabiladan iborat


background image

72

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

bo‘lgan. Sirdaryoning quyi oqimi, Orol dengizining shimolida barpo bo‘lgan O‘g‘uz
davlatining yabg‘usi Saljuqbek Saljuqiylar sulolasining asoschisi bo‘lgan. Ibn al
Asirning yozishicha, u uzoq umr ko‘rib, 107 yoshida dunyodan ko‘z yumadi

7

.

Saljuqbek dastlab Yangikent yabg‘ulari xizmatiga kirgan. Lekin ular bilan

murosa qila olmay, Sirdaryoning quyi chap sohilidagi Jand hokimi bilan
yaqinlashadi. Jand hokimi Shohmalik bilan ham kelisha olmagach, Nurota tog‘lariga
ko‘chgan. Somoniy hukmdorlari o‘g‘uzlarga Nurota dasht yaylovlarida yashashga izn
beradi. Nurota o‘g‘uzlarining bir qismi qolib, qolganlari Amudaryodan o‘tib, hozirgi
Turkmaniston hududiga borib joylashadilar. Zarafshon vodiysi va Nurota tog‘
etaklarida o‘g‘uz saljuqlar avvaldan yashagan. Ular ilk bor VIII-IX asrlarda shu
hududga kelib o‘rnashganlar. X asr davomida ularning soni birmuncha ko‘paygan.
O‘g‘uz saljuqiylarning katta qismi XI asrning birinchi choragida Xurosonga
ko‘chgan bo‘lsada, ularning bir qismi Nurota tog‘oldi tumanlarida qolib, o‘zbek
qabilalari bilan aralashib ketgan

8

. Qizilqumdan janubda cho‘l va dashtlar vohalar

bilan aralash joylashib, ularning asosiy aholisi Dashti Qipchoqdan chiqqan yarim
ko‘chmanchi turmush tarziga o‘tgan o‘zbek urug‘-qabilalari bo‘lgan.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

O‘zbeklar tarkibidagi turkman-yuz eli Nurota

turkmanlari tarixini ilmiy jixatdan o‘rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan,
V.V.Raddov, A.D.Grebenkin, A.Xoroshxinlar boshlab berdilar.

Nurota bekligida yashagan turkmanlar haqida ilk bor nemis olimi turkshunos

V.V.Radlov 1868 yili yozgan

9

. V.V.Radlov Nurota torligidagi Qoratog‘ tizmasining

janubi-g‘arbiy etaklarida joylashgan Oqchop qishlog‘idan boshlab, sharqqa tomon
safar qilib, to Qoraabdal qishlog‘igacha bo‘lgan qariyib 100-150 kilometrlik
masofada joylashgan qishloqlarning etnik tarkibi, xo‘jaligi, sug‘orish tizimi va
qishloqlarga olib boruvchi yo‘llarni o‘rgandi. V.V.Radlovning fikricha, Buxoro
amirligi xududiga kiruvchi Nurota bekligida yashovchi va uzini turkman deb atovchi
gurux; uchta katta uruqqa- Qozoyoqli, qonjig‘ali, bo‘gajiliga bo‘linadi va ular
Zarafshon voxasidagi boshqa axoli singari o‘troq yashaydilar

10

.

V.V. Radlovning Nurota tog‘ oldi qishloqlariga qalgan bu safari 1868 yilda

Zarafshon voxasining bir qismi Samarkand shaxri bilan birgalikda Rossiya

7

Ибн ал Асир. Ал Комил фит-тарих. Т. 1. –М., 1973. С. 52-76.

8

Эшов Б., Адилов А. Ўзбекистон тарихи. 303 б; Истаҳри ВСА, III, с. 286; Шониѐзов К.Ш. Қарлуқ давлати ва

қарлуқлар. –Тошкент: Шарқ, 1999. 95 б.

9

Радлов В.В. Из Сибири. О населении Зерафшанской долины. –М.., 1989, с. 162-166.

10

Радлов В.В. Средняя Зерафшанская долина // Записки Императорского Русского географического общества

по отделению этнографии. Т. 6. СПб, 1880. С. 3,9, 51, 55, 63, 64.


background image

73

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

imperiyasi boshqaruviga o‘tgach yuz bergan va bu xudud Zarafshon okrugi deb
atalgan.

Shu okrugning Kattaqo‘rg‘on uyezdida yashovchi turkmanlarning ba’zi qabila

va urug‘larini A.D.Grebenkin 1872 yilda Moskvada nashr qilingan maxsus to‘plamda
«Rus Turkistonidagi o‘zbeklar» nomli makolasida (aniqrog‘i xisobotida) bayon
qiladi. Bunda o‘zbekning Kattaqo‘rg‘on uyezdida yashovchi va o‘zlarini turkman deb
atovchi el tarkibidagi bo‘gajali qabilasi o‘rda, yastovon, chisg‘osh, ko‘ztamg‘ali,
jilontamg‘ali, jomonturkman, jodir urug‘laridan, qonjig‘ali qabilasi iyitbo‘rboy,
qiyqim qabilasidan, oytamg‘ali qabilasidan to‘por va sart urug‘laridan tashkil topgan.
Qozoyoqli qabilasining tarkibiga qizil-jodraq urug‘ini kiritib, bu urug‘ning qorakisa,
boroq, chitmas, qo‘shtamg‘ali nomli to‘rtta tarmoq uruq (mayda uruq)qa bo‘linishini
ko‘rsatgan

11

.

V.V. Radlov, A.D.Grebenkinlar bilan deyarli bir davrda Turkistonga kelib,

o‘zbekning turkman-yuz elini etnografik jixatdan o‘rgangan tadqiqotchilardan yana
biri A.Xoroshxindir. U 1876 bilda Nurota tizma tog‘ining shimoliy-sharqiy
yonbag‘irlarida yashovchi va o‘zlarini turkman deb atovchi aholining airim urug‘lari
xaqida qisqa ma’lumotlar yozib qoldirgan. Bu ma’lumotlar ichida turkmanlarning XII
asr o‘rtalarida Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idan, kozirgi Turkiston shaxri atrofidan
ko‘chib kelish sabablarini bildiruvchi qiziq bir tarixiy rivoyat xam bor.

Unda aytilishicha, XII asr o‘rtalarida turkmanlarga og‘a-ini Oqmon va

Qoramonlar biylik kilgan. Ular Turkiston (Yassi) tog‘ atrofida chorvachilik bilan
mashg‘ul bo‘lib ko‘chib yurishgan. Birok, tariqat pirlaridan biri bo‘lgan Qul Xo‘ja
Axmad Yassaviy bilan ular o‘rtasida o‘g‘irlangan ot tufayli nizo chiqgach, turkman
elining biylari Oqman va Qoramonlar Turkistonni tashlab Kaspiy buyidagi Bolqon
torligiga ko‘chishga majbur bo‘lgan. Ularning ko‘chish yo‘li Movaraunnaxr orqali
o‘tgan bo‘lib, Nurota tog‘ligidan o‘tishda ularning bir qismi bu yerlarda kolib
ketadi

12

.

Muhokama va natijalar.

O‘zbek-turkmanlar XX asrning o‘rtalarigacha

qishloqlarda yashab, 2 ta yirik urug‘-jamoaga “olti ota qozoyoqli” va “besh ota
mang‘ishlov”ga bo‘lingan. Olti ota qozoyoqlilar: oytamg‘ali, qo‘shtamg‘ali,
qonjig‘ali, bo‘g‘ajili, qozoyoqlilarga bo‘lingan. Ularning har biri yana 6 tadan kichik
urug‘-jamoalariga bo‘linib “24 ota turkmanlilar” deb ataladi.

11

Гребенкин А.Д. Таджики. Узбеки. Мелкие народности Заравшанского округа // Русский Туркестан. Сборник,

изданный по поводу Политехнической выставки. Вып. V. Статьи по этнографии, технике, сельскому хозяйству
и естественной истории. М., 1872// узбеки русский туркестан сборник изданный по поводу политической
выставки. Вып. V М., 1872. С. 105-108.

12

Хорошхин А.П. Сборник статей касающихся до Туркестанского края. СПб, 1876. С. 246,399, 519.


background image

74

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Ikkinchi etnik guruhga kirgan urug‘-jamoadagilar “besh ota mang‘ishlov”lar

“chilikli”, “qunish”, “anna”, “sirtsuluv”, “qizil”, “bog‘ojat” qavmlariga bo‘lingan.
Ular aksari Nurota tog‘lari atro-fidagi Jo‘sh, Chuya, Qo‘shrabot, Qo‘rg‘on, Pchot,
Ajrim, Pangot, Qovunchi, Zarband, Oqtepa, Maydonsoy va yana ko‘plab qishloqlarda
yashaydilar. “Olti ota qozoyoqli”lar yoki tamg‘ali turkmanlar Nurota vohasining
janubi-g‘arbiy qismidan to Qo‘ytoshgacha, Quvkalla, Garasha, Xo‘rob, Ilonli,
Qorabdal, Nakrut, Eshmoqsoq, Gulchambar, Bolg‘ali, Jarbuloq, Ko‘sa, Chag‘ishmon
(Sag‘ishmon), G‘ujumsoy, Safarota va yana boshqa qishloqlarda joylashganlar

13

.

Turkman-yuzlar har biri sakkiztadan urug‘ jamoaga bo‘lingan. Vaxtamg‘alilar:

qozoyoqli, ko‘ztamg‘ali, kesovli, bolg‘ali, qozoq, jariqbosh, alifli, botesh,
jilontamg‘alilar, potas, qarg‘a, yurga (yurchi), egachi, boloxo‘r, ko‘sa, taroqli, yas
(yassi) urug‘ jamoalarini tashkil etgan

14

.

Etnolog

F.Tolipovning

yozishicha,

1976

yili

Sobiq

Ittifoq

Fanlar

akademiyasining N.N.Mikluxo-Maklay nomidagi antropologiya va etnografiya
instituti, Turkmaniston FAning Sh.Botirov nomidagi tarix instituti bilan hamkorlikda
Nurota o‘zbek-turkmanlarining etnogenezi va antropologik (irqiy) tipini aniqlash
maqsadida maxsus ekspeditsiya uyushtiradi. Ekspeditsiya a’zolarining asosiy qismi
Nurota turkmanlari dastlab o‘troqlashgan: Jo‘sh, Chuya, Qo‘shrabot, Navkat
qishloqlarida,

shuningdek,

Oqtosh-Chashma

qishlog‘i (“G‘azg‘on” davlat

xo‘jaligida) bo‘ladilar. Kichikroq guruh tog‘ning janubi va janubi-sharqida
joylashgan Quvkalla hamda Garasha qishloqlarida yashaydigan o‘zbek-turkmanlar
orasida tadqiqotlar olib boradi.

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Nurota turkmanlari Kaspiybo‘yi turkmanlari bilan

etnogenetik jihatdan yagona ildizga ega bo‘lishlari bilan birga, ularning yuz, tana
tuzilishlari, hatto, tishlarining tuzilishlarida ham o‘xshashlik ko‘zga tashlanishi
ta’kidlangan. Har ikki hudud aholisi tanasining rangi, yuz va ko‘z tuzilishidagi
hozirgi antropologik farqlar va o‘zgarishlariga esa uzoq yillar mobaynidagi tabiiy-
geografik muhit hamda iqlimning ta’siri katta bo‘lganligi olimlar tomonidan qayd
etildi.

Garasha qishlog‘ida o‘zbek-turkman-larining “bo‘g‘ajili” etnik jamoasi

tarkibidagi: “jovbosar”, “buzoq”, “mexoyam”, “qozoq”, “girra” urug‘lari yashaydi.
Tadqiqot-chilarning fikricha, bu etnik jamoalar ajdodlari dastlab Nurota tog‘

13

Мусаев Н. Нурота тоғлари ёнбағирлари аҳолисининг этник таркибига оид баъзи мулохазалар. // Ўзбекистонда

этнодемографик жараёнлар Т., 2005. 71-бет.

14

Дала этнографик маълумотлар. Қўшробод тумани 2023 й.


background image

75

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

tizmasining markaziy qismida, ya’ni Oqtepa, Qo‘shrabot, Jo‘sh qishloqlarida
yashashgan.

O‘zbek-turkmanlarini Garasha qishlog‘iga kelib joylashishi borasida ikki xil fikr

mavjud: birinchisi – o‘zbek-turkmanlar tabiiy sharoiti qulay keng yaylovlar, suv
manbalari ilinjida uzoq muddat mobaynida, bosqichma-bosqich ko‘chib kelib
joylashganlar. Ikkinchisi – qishloqdagi xo‘jalar tashqi dushmanlar – yovdan himoya
qilish uchun o‘zbek-turkmanlarini Oqtepa, Qo‘shrabotdan maxsus ko‘chirib
keltirganlar.

Dastlab qishloq hududiga qo‘shtamg‘ali va oytamg‘ali urug‘ vakillari kelib

o‘rnashgan. Ular ma’lum vaqt yashaganlaridan so‘ng Qorabdal qishlog‘iga ko‘chib
o‘tadilar. Ma’lumotlarga qaraganda, o‘zbek-turkmanlarini Garashadan Qorabdalga
ko‘chib o‘tishlariga eshonlar va o‘zbek-turkmanlar o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab
bo‘lgan. Oqtepa, Qo‘shrabot va Quvkalladan bekjig‘alilar: jovbosar, buzov, girra,
qozoq mexoyam, jingichka urug‘lari vakillari Garashaga kelib joylashgan.
Ko‘chishga sabab aholi sonining o‘sishi, yaylov va suv manbalari uchun kurashning
kuchayishi, etnik mojarolar bo‘lgani ehtimol

15

.

Podsho Rossiyasi (Chor Rossiyasi) davrida Turkistonga yuborilgap rus

tadqiqotchilaridan yana biri M.S.Andreyev bo‘lib, u 1916 yilda Nurota tumaniga,
uniig shimoli-sharqiy hamda shimol (terskay) tomonidagi qishloqlarga safar qilgan.
Safardan maqsad — o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan qishloqlarni, aholi sonini, soylarni,
kechuvlarni, yo‘llarni, buloq suvlarini geografik kartaga tushurish, aholining etnik
tarkibini, guruxlarga bo‘linishini aniqlash edi va bu uning xisobotlarida qayt
etilgan

16

. 1917 yildan keyin ko‘p o‘tmasdan Turkistonga M.S.Andreyev va

I.I.Zarubinlar yuborildi. Bular oldiga xam Turkiston xalqlarini etnik-o‘zaro yaqinlik,
lingvistik, tildagi tafovutlarva madaniy jixatdan o‘rganish maqsad qilingan edi.

Nurota-turkmanlarni ilk tadqiq etilishi 1921 yili etnolog M.S. Andreyev

tomonidan tashkil qilingan Samarqand ekspeditsiyasi doirasida boshlangan. Olim o‘z
hisobotida Samarqand viloyatida yashagan turkmanlar o‘zbeklarning ta’siriga
shunchalik kuchli uchraganki, ular o‘zlarini o‘zbek qabilalaridan biri deb
hisoblashadi, deb yozadi. Ayni paytda turkmanlarni o‘zbeklardan jismoniy
xususiyatlari, shevalari, xoli gilam to‘qishlari bilan farqlanishlariga ham e’tibor
qaratadi

17

.

15

Толипов Ф. Мозийга бўйлашган маскан. –Т.: Ниҳол. 2008. 18-20 б.

16

Андреев М.С. Из поездки в 1916 г. в Нуратинские горы и прилегающую к ним часть Кзыл-Кумов-Восток.

№1(5). Ташкент. 1923. С-12.

17

Андреев М.С. Некоторые результаты этнографической экспедиции в Самаркандскую область в 1921 г. –

ИторГО, т. XVII, 1924.


background image

76

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Xulosa.

Turkistonni o‘rganish bo‘yicha yuborilganlar orasida M.S.Andreyev va

I.I.Zarubinlar xam bor edi. M.S.Andreyev 1921 yplda Samarkand viloyatiga safar
qilgan va o‘zlarini o‘zbekning turkman elidanmiz deb hisoblovchi axolining
qishloqlarini borib ko‘rib, ularning qanday urug‘larga mansub ekanligini yozib
qoldirgan

18

.

I. I. Zarubin xam Samarqand viloyatining aholisi, ularning soni, etnik tarkibi,

xar bir etnik guruxlarning tarqalish chegaralarini aniqlash maqsadida 1920-1924
yillarda Samarkand viloyatida olib borgan ilmiy tekishrish ishlarining xisoboti 1926
yilda kitob bo‘lib nashrdan chiqdi. U o‘zining ushbu asarida, o‘zbekning turkman
elini o‘rgangan boshqa tadqiqotchilar orasida birinchi bo‘lib, o‘zbek turkmaniga
nisbatan «nurota turkmani» atamasini qo‘llaydi

19

. Bu atamani xozirgi Nurota tumani

Sintob qishlog‘ida yashovchi turkmanlarga nisbatap ishlatgan. Nurota turkmanlari
o‘zbeklarga til va turmush tarzi jixatidan yaqin bo‘lsa-da, aslida mutloqa mustaqil
etnografik guruxdir degan xulosaga kelgan.

Shunday qilib, tadqiqotchilar o‘zbek turkmanining urug‘lari, ularning tili,

shevasi, urf-odatlari, tarqalish chegaralari, qishloqlari, shu qishloqlarga olib
boradigan yullar, kechuvlar, suvlar, buloqlar, xo‘jalik hayoti xaqidagi ma’lumotlarni
yozib qoldirgan. Garchi bular Turkistonni bo‘lib, parchalab tashlash, ma’muriy
topshiriqni bajarish, xisobot uchun to‘plangan ma’lumotlar bo‘lsa-da, biroq fan
uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi. Unda, nurota turkmanlarining XIX asr oxiri va
XX asr boshlaridagi etnik tarkibi qisman bo‘lsa-da, o‘z aksini topgan.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Ибн ал Асир. Ал Комил фит-тарих. Т. 1. –М., 1973.

2.

Андреев М.С. Из поездки в 1916 г. в Нуратинские горы и

прилегающую к ним часть Кзыл-Кумов-Восток. №1(5). Ташкент. 1923.

3.

Андреев М.С. Некоторые результаты этнографической экспедиции

в Самаркандскую область в 1921 г. – ИторГО, т. XVII, 1924.

4.

Гребенкин

А.Д.

Таджики.

Узбеки.

Мелкие

народности

Заравшанского округа // Русский Туркестан. Сборник, изданный по поводу
Политехнической выставки. Вып. V. Статьи по этнографии, технике, сельскому

18

Андреев М.С.Некоторые результаты этнографической экспедиции в Самаркандскую область в 1921

(Доложено в заседании Турк. отд. Р.Г.О. 27/I - 1922 г.) с. 125-126.

19

Зарубин И.И. Население Самаркандской области, его численность, этнографический состав и

территориальное распределение // Тр. Комиссии по изучению племенного состава населения СССР и
сопредельных стран. Л., 1926. Вып. 10. С.16-18.


background image

77

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

хозяйству и естественной истории. М., 1872 // узбеки русский туркестан
сборник изданный по поводу политической выставки. Вып. V М., 1872.

5.

Зарубин И.И. Население Самаркандской области, его численность,

этнографический состав и территориальное распределение // Тр. Комиссии по
изучению племенного состава населения СССР и сопредельных стран. Л., 1926.
Вып. 10.

6.

Мошкова В.Г. Некоторые общие сведения о родопленном составы

узбеков, каракалпаков и туркмен // Труды института археолгии и этнографии.
М. 1950. Вып.2.

7.

Мусаев Н. Нурота тоғлари ёнбағирлари аҳолисининг этник

таркибига оид баъзи мулохазалар. // Ўзбекистонда этнодемографик жараёнлар
Т., 2005.

8.

Радлов В.В. Из Сибири. О населении Зерафшанской долины. –М..,

1989,

9.

Толипов Ф. Мозийга бўйлашган маскан. –Т.: Ниҳол. 2008.

10.

Хорошхин А.П. Сборник статей касающихся до Туркестанского

края. СПб, 1876.

11.

Шониѐзов К.Ш. Қарлуқ давлати ва қарлуқлар. –Тошкент: Шарқ,

1999. 95 б.

12.

Дала этнографик маълумотлар. Қўшробод тумани 2023 й.

Библиографические ссылки

Ибн ал Асир. Ал Комил фит-тарих. Т. 1. –М., 1973.

Андреев М.С. Из поездки в 1916 г. в Нуратинские горы и прилегающую к ним часть Кзыл-Кумов-Восток. №1(5). Ташкент. 1923.

Андреев М.С. Некоторые результаты этнографической экспедиции в Самаркандскую область в 1921 г. – ИторГО, т. XVII, 1924.

Гребенкин А.Д. Таджики. Узбеки. Мелкие народности Заравшанского округа // Русский Туркестан. Сборник, изданный по поводу Политехнической выставки. Вып. V. Статьи по этнографии, технике, сельскому хозяйству и естественной истории. М., 1872 // узбеки русский туркестан сборник изданный по поводу политической выставки. Вып. V М., 1872.

Зарубин И.И. Население Самаркандской области, его численность, этнографический состав и территориальное распределение // Тр. Комиссии по изучению племенного состава населения СССР и сопредельных стран. Л., 1926. Вып. 10.

Мошкова В.Г. Некоторые общие сведения о родопленном составы узбеков, каракалпаков и туркмен // Труды института археолгии и этнографии. М. 1950. Вып.2.

Мусаев Н. Нурота тоғлари ёнбағирлари аҳолисининг этник таркибига оид баъзи мулохазалар. // Ўзбекистонда этнодемографик жараёнлар Т., 2005.

Радлов В.В. Из Сибири. О населении Зерафшанской долины. –М.., 1989,

Толипов Ф. Мозийга бўйлашган маскан. –Т.: Ниҳол. 2008.

Хорошхин А.П. Сборник статей касающихся до Туркестанского края. СПб, 1876.

Шониѐзов К.Ш. Қарлуқ давлати ва қарлуқлар. –Тошкент: Шарқ, 1999. 95 б.

Дала этнографик маълумотлар. Қўшробод тумани 2023 й.