Авторы

  • Ситора Ярашова
    Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti

Биография автора

  • Ситора Ярашова , Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
    “Psixologiya (Social Psychology)” yo‘nalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.98319

Ключевые слова:

maktabgacha yosh davri madaniy identifikatsiya shaxs oila irsiyat muhit milliy qadriyatlar.

Аннотация

Har bir davr o‘z rivojlanish darajasiga qarab shaxs hayotida alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, maktabgacha yosh davri nutq va taffakurning rivojlanishi, hissiyotlar va irodaviy jarayonlar shakllanishi hamda madaniy identifikatsiya paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada aynan
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilar, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyatlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi va ma’lumotlar beriladi.


background image

87

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY QADRIYATLAR

ASOSIDA TARBIYALASHNING IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIRI

Yarashova Sitora Yermamatovna

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Psixologiya (Social Psychology)” yo‘nalishi

magistranti


Annotatsiya:

Har bir davr o‘z rivojlanish darajasiga qarab shaxs hayotida

alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, maktabgacha yosh davri nutq va taffakurning
rivojlanishi, hissiyotlar va irodaviy jarayonlar shakllanishi hamda madaniy
identifikatsiya paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada aynan

3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilar, ya’ni maktabgacha yoshdagi
bolalarda milliy qadriyatlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi va
ma’lumotlar beriladi.

Kalit so‘zlar:

maktabgacha yosh davri, madaniy identifikatsiya, shaxs, oila,

irsiyat, muhit, milliy qadriyatlar.

Annotation

: Each stage of life holds a particular significance depending on the

level of development of the period. Especially, the preschool age plays a crucial role
in the development of speech and thinking, the formation of emotions and volitional
processes, as well as the emergence of cultural identification. This article analyzes
and provides information on the factors influencing the development of national
values in preschool children aged 3 to 7.

Keywords

: preschool age, cultural identification, personality, family, heredity,

environment, national values.

Аннотация:

Каждый этап жизни человека имеет особое значение в

зависимости от уровня развития данного периода. Особенно важным является
дошкольный возраст, когда активно развиваются речь и мышление,
формируются эмоции и волевые процессы, а также появляется культурная
идентификация. В данной статье рассматриваются и анализируются факторы,
влияющие на развитие национальных ценностей у детей дошкольного возраста
от 3 до 7 лет.

Ключевые слова

: дошкольный возраст, культурная идентификация,

личность, семья, наследственность, среда, национальные ценности


Kirish.

Hozirgi globallashuv davrida yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida

tarbiyalash nafaqat ma’naviy-ma’rifiy ehtiyoj, balki jamiyat barqarorligining muhim


background image

88

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

omili hisoblanadi. Bolaning ijtimoiylashuvi erta yoshda, ya’ni maktabgacha davrda
boshlanadi va bu davrda unga singdirilgan qadriyatlar uning keyingi shaxsiy rivojiga,
jamiyatga moslashishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

35

Mamlakatimizda maktabgacha

ta'lim tashkilotlarida milliy qadriyatlarga bo‘lgan e'tibor kun sayin yaxshilanib
bormoqda. Qabul qilinayotgan qarorlar va amalga oshirilayotgan tadqiqotlar
fikrimizning dalilidir. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “Maktabgacha yoshdagi bolalarni har
tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-
sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish”

36

kabi muhim vazifalar

belgilangan. Bu esa, maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni
tarbiyalashning interaktiv vositalarini ishlab chiqish, tarixiy obidalar bilan tanishtirish
jarayonida bolalarda o‘tmishga qiziqishni shakllantirishning metodik tizimini
takomillashtirishni taqozo etadi. Qadriyatlar bolaning shaxs sifatida shakllanishida
yo‘l ko‘rsatadi va uni jamiyatning faol a’zosi sifatida tayyorlaydi. V.A. Slastyonin
ta’kidlashicha, “ijtimoiylashuv — bu shaxsni jamiyatga moslashtirish, undagi
qadriyatlar tizimini ongli ravishda qabul qilish jarayonidir”

37

Asosiy qism.

Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan

ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi.
Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar egallashlari lozim bo‘lgan mazmunni
tanlash, uning egallab olishiga rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta’lim-tarbiya
jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari,
bolaning rivojlanish jarayoni ulaming yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik
yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ulaming mustaqil hayotga butunlay
moslashmaganligi hisobga olinadi

2

Ya’ni maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarda

madaniy identifikatsiyani rivojlantirish, ularni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash
orqali ijtimoiylashuv jarayonini shakllantirish jarayonida ma’lum bir standartlardan
chetga chiqish lozim. Bola o‘zining rangli dunyosiga ega, hech bir cheklovlarsiz
rivojlanishni xohlaydgan shakllanish jarayonidagi shaxsdir. Shu sababli bolalarda

35

Karimova, M. (2020). Milliy qadriyatlar va tarbiya masalalari. Toshkent: Ma’naviyat.

36

O‘zbekistonikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-son Qarori // Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 10.05.2019 y., 07/19/4312/3106-son

37

Slastyonin, V. A. (2000). Pedagogika: O‘qituvchi kasbiga kirish. Moskva.


background image

89

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

qadriyatlarga nisbatan mehr-muhabbat ongli ravishda yosh davridagi faoliyat turi
bilan yondashgan holatda o‘rgatib borilishi lozim.

Hozirgi kunda bolalarda milliy qadriyatlar vositasida axloqiy sifatlarni

shakllantirish, bolaning xulq madaniyati, ularning ongli faoliyati, bilim saviyasi,
e’tiqodi-tarixiy tajribalarga, an’analar, udumlar va urf-odatlarga munosabati
darajasida tarkib toptirish, milliy qadriyatlarimiz bo‘lmish an’analar, udumlar va

urf - odatlarni o‘rganish, oila, maktabgacha ta'lim tashkiloti, jamoatchilik hamda
mahallalarda amalga oshirilmoqda.

38

Maktabgacha yosh davridagi bolalarga milliy

qadriyatlarni ongli ravishda singdirishda ta’kidlab o‘tilgandek oila hamda
jamiyatning o‘rni ahamiyatlidir. Shax sifatida shakllanayotgan har qanday yosh avlod
o‘z jamiyati haqida qayg‘urishni bilishi ahamiyatlidir. Milliy qadriyatlarga
asoslangan tarbiyaning amaliy jihatlari bir necha xildir. Bular:

Pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, milliy qadriyatlarni maktabgacha

yoshdagi bolalarning ongiga singdirish quyidagi yo‘llar orqali amalga oshiriladi:

Og‘zaki ijod namunalarini o‘rganish – ertak, maqol, topishmoq kabi janrlar

orqali bolalarga yaxshi - yomonni ajrata olish, halollik, mehnatsevarlik kabi ijtimoiy
fazilatlar o‘rgatiladi

39

Rolli o‘yinlar – Masalan, “oilaviy hayot”, “mehmon kutish”, “dehqonchilik”

kabi o‘yinlar orqali bolalar milliy rollarni va ijtimoiy munosabatlarni anglaydilar.

Milliy bayramlar va urf-odatlarni nishonlash – Navro‘z, Mustaqillik kuni kabi

bayramlarni o‘tkazish orqali bolalarda vatanga sadoqat, birlik, mehr-oqibat hissi
mustahkamlanadi.

Milliy kiyimlar va san’at – Raqs, milliy kuylar, liboslar orqali estetik did va

milliy iftixor tarbiyalanadi.

Z. A. Kamilovaning fikricha, milliy qadriyatlarga asoslangan ta’lim tarbiya

“bolaning shaxsiy qadriyatlar tizimini shakllantirishda asosiy manba hisoblanadi”.
Aynan milliy qadriyatlar bola ongida Vatanparvarlik hissini uyg‘otadi va kelajakda
o‘z yurti uchun xizmat qilishga hissa qo‘shadigan shaxs bo‘lib voyaga yetadi.

Xulosa.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash

ularning ijtimoiylashuv jarayonini yengillashtiradi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga
xizmat qiladi. Bu yondashuv bola shaxsining ma’naviy yetukligi, ijtimoiy
moslashuvchanligi, madaniy ongining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

38

“Maktabgacha ta`lim pedagogikasi” Pedagogika kollejlari uchun o ‘quv qo‘llanma. Taqrizchi: pedagogika fanlari

nomzodi-N.M. EGAMBERDIYEVA

39

Yoqubov, A. (2017). Bolalar tarbiyasida og‘zaki ijodiy merosning o‘rni. Toshkent: Fan.


background image

90

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Shunday ekan, pedagoglar va ota-onalar bu jarayonda birgalikda ishlashi lozim.
Shuningdek, milliy qadriyatlar asosida tarbiyalangan bolalarda kommunikativ
ko‘nikmalar, empatiya, jamoadorchilik, vatanparvarlik, axloqiy tafakkur kabi muhim
ijtimoiy-psixologik xususiyatlar shakllanadi. Bu esa ularning tengdoshlar va kattalar
bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnatishiga, ijtimoiy muhitda o‘zini erkin tutishiga
yordam beradi. Shu bois, maktabgacha ta’lim muassasalarida milliy qadriyatlar
asosida ishlangan maxsus dasturlar, didaktik o‘yinlar va metodik vositalardan keng
foydalanish tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Karimova, M. (2020). Milliy qadriyatlar va tarbiya masalalari. Toshkent:

Ma’naviyat.

2. Slastyonin, V. A. (2000). Pedagogika: O‘qituvchi kasbiga kirish. Moskva.
3. Yoqubov, A. (2017). Bolalar tarbiyasida og‘zaki ijodiy merosning o‘rni.

Toshkent: Fan.

4. Kamilova,Z.A. (2021). “Milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning

psixopedagogik asoslari”. Pedagogik izlanishlar jurnali, №4.

Библиографические ссылки

Karimova, M. (2020). Milliy qadriyatlar va tarbiya masalalari. Toshkent: Ma’naviyat.

Slastyonin, V. A. (2000). Pedagogika: O‘qituvchi kasbiga kirish. Moskva.

Yoqubov, A. (2017). Bolalar tarbiyasida og‘zaki ijodiy merosning o‘rni. Toshkent: Fan.

Kamilova,Z.A. (2021). “Milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning psixopedagogik asoslari”. Pedagogik izlanishlar jurnali, №4.