113
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
O’ZBEKISTON SHAROITIDA ZAMONAVIY KADRLARNI INNOVATSION
BOSHQARISHNING JAHON TAJRIBASIDAN SAMARALI FOYDALANISH
ISTIQBOLLARI
Mirsodiqov Abdulla Tursunaliyevich
Farg‘ona davlat universiteti “Iqtisodiyot va servis” kafedrasi dotsenti
S.X.Omonova
Farg’ona davlat universiteti “Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar” yo’nalishi magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada innovatsion boshqarish jarayonida xorijiy
tajribalar va ularning ahamiyati tahlil etiladi. Xodimlarni yangiliklarga jalb qilish
usullari, ularning ijodkorligini rivojlantirish va fikrlarini ifoda etish imkoniyatlari
orqali tashkilot ichidagi innovatsion muhitlarni qanday yaratish mumkinligi ko‘rib
chiqiladi. Innovatsion boshqarish astoydil amalga oshirilganda tashkilotning
raqobatbardoshligini oshirishga katta hissa qo'shadi. Maqolada bir qator
muvaffaqiyatli xorijiy tajribalar va ularning amaliyotga qanday tatbiq etilishi haqida
ma'lumotlar taqdim etiladi. Ushbu tadqiqot natijalari, innovatsion boshqaruvni
amalga oshirishda samarali strategiyalarni belgilashga yordam beradi va
tashkilotlarga raqobat donushini ta'minlashda noyob yondashuvlarni taklif qiladi.
Aннотация:
Данная статья анализирует иностранный опыт и его значение
в процессе инновационного управления. Рассматриваются методы привлечения
сотрудников к новшествам, их творчество и возможность выразить свое
мнение, которые способствуют созданию инновационной среды в организации.
Если инновационное управление реализовано обстоятельно, это значительно
увеличивает конкурентоспособность организации. В статье представлены ряд
успешных зарубежных примеров и информация о том, как они могут быть
применены на практике. Полученные результаты исследования помогут
определить эффективные стратегии внедрения инновационного управления и
предложат уникальные подходы для обеспечения конкурентных преимуществ в
организациях.
Annotation:
This article analyzes foreign experiences and their significance in
the process of innovative management. It examines methods for engaging employees
in innovations, fostering their creativity, and providing opportunities for them to
express their opinions, which contribute to the creation of an innovative environment
114
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
within the organization. When innovative management is implemented diligently, it
greatly enhances the organization's competitiveness. The article presents several
successful foreign examples and discusses how these can be applied in practice. The
findings from this research will assist in identifying effective strategies for
implementing innovative management and offer unique approaches to ensuring
competitive advantages for organizations.
Kalit so’zlar:
Innovatsion boshqarish, xorij tajribalari, strategiyalar, texnologik
rivojlanish, raqobatlashuv, tajriba almashish, biznes modellar, innovatsion ekotizim.
Kлючевые слова:
Инновационное управление, зарубежный опыт,
стратегии, технологическое развитие, конкурентоспособность, обмен опытом,
бизнес-модели, инновационная экосистема
Keywords:
Innovative
management,
foreign
experience,
strategies,
technological development, competitiveness, knowledge sharing, business models,
innovation ecosystem
Kirish
Bugungi globallashuv sharoitida inson resurslarini boshqarish strategiyasi milliy
iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omillardan biriga
aylanmoqda. Oʻzbekiston ham jadal rivojlanayotgan davlat sifatida mehnat bozorida
zamonaviy kadrlar boshqaruvini yoʻlga qoʻyish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va
innovatsion yondashuvlardan foydalanish zaruratiga duch kelmoqda.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston mehnat bozori sezilarli oʻzgarishlarga
uchramoqda. Yangi islohotlar, investitsion muhitning yaxshilanishi va xususiy sektor
rivojining tezlashishi natijasida ishchi kuchiga boʻlgan talab ortib bormoqda. Shu
bilan birga, xalqaro kompaniyalar va texnologik startaplarning mamlakatga kirib
kelishi natijasida raqobat kuchayib, kadrlarni innovatsion boshqarish muammosi
dolzarb boʻlib bormoqda.
Innovatsion boshqarish – bu tashkilot va korxonalar faoliyatini yanada samarali
va raqobatbardosh qilish maqsadida yangilik va kreativlikni joriy etish jarayonidir.
Bugungi kunda globalizatsiya va texnologik rivojlanish sababli, muvaffaqiyatli
innovatsion boshqarish hamma sohalarda, xususan, xodimlar boshqaruviga kiritilishi
zarur. Jahon miqyosidagi kompaniyalar va ko’plab tashkilotlar, bugungi kunga kelib,
o’z xodimlarini inson resurslari sifatida ko’rishdan tortib, ularni yaratish,
innovatsiyalarni joriy etishni faollashtirishga qaratilgan startegitalarni amaliyotga
tadbiq etishmoqda.
115
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Mazkur maqolada xorijiy mamlakatlarning ilgʻor kadrlar boshqarish tizimlari,
innovatsion boshqarishda xodimlarni jalb etish va motivatsiyalash usullarini tahlil
qilinib, ularning Oʻzbekistonda qoʻllash istiqbollari va amaliyotga tatbiq etish yoʻllari
muhokama qilinadi.
Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqotda quyidagi metodologik yondashuvlar qo‘llanildi:
Tahliliy yondashuv
– xorijiy davlatlarda kadrlarni boshqarish bo‘yicha mavjud
tajribalarni o‘rganish va O‘zbekiston sharoitiga mos keladigan usullarni aniqlash;
Taqqoslash metodi
– turli mamlakatlardagi innovatsion boshqaruv modellarini
o‘zaro solishtirish;
Ekspert tahlili
– HR mutaxassislarining fikrlari va amaliy tavsiyalarini
o‘rganish orqali samarali boshqaruv usullarini aniqlash;
Empirik tadqiqot
– O‘zbekistondagi yirik kompaniyalarning kadrlar
boshqaruvi tajribalarini o‘rganish va baholash.
Adabiyotlar sharhi
Innovatsion boshqarish sohasidagi adabiyotlar, ilmiy tadqiqotlar va asosiy
manbalar
tashkilotlar
va
korxonalarning
samaradorligini
oshirish,
raqobatbardoshligini mustahkamlash hamda xodimlarni jalb qilish usullarini
o‘rganish uchun katta ahamiyatga ega. Ushbu adabiyotlar sharhida innovatsion
boshqarish konsepsiyasi, uning asosiy elementlari va xorijiy tajribalar yoritiladi.
1. Peter F. Drucker — "Management: Tasks, Responsibilities, Practices"
Drucker (2009) o‘zining asarida boshqaruv jarayoni, xodimlar va tashkilotlar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni chuqur tahlil qiladi. U innovatsiyaning
muhimligini ta'kidlab, xodimlarni boshqarish va ularning ijodkorligini qo‘llab-
quvvatlash orqali tashkilotning raqobatbardoshligini oshirish zarurligini ko'rsatadi.
Drucker xodimlarni yangilik yaratishda qanday rag‘batlantirish va ularga imkoniyat
berish mumkinligi haqida fikrlar bildiradi.
2. Robert S. Kaplan va David P. Norton — "The Balanced Scorecard: Measures
That Drive Performance"
Kaplan va Norton (1992) o‘z asarida "Balanced Scorecard" tizimini ishlab
chiqqanlar va uning strategik boshqaruvda qanday oshkoralik va o'lchovlarni taqdim
etishini ko‘rsatgan. Ushbu asarda innovatsion boshqaruv jarayonida xodimlarning
roliga e'tibor qaratiladi. Vaqt o'tishi bilan ushbu tizim xodimlarni motivatsiya qilish
va innovatsion fikrni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan metodlardan biri
sifatida tanilgan.
3. John P. Kotter — "Leading Change"
116
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Kotter (1996) o'z asarida o'zgarishlarni boshqarish va innovatsion fikrlarni
rivojlantirishda rahbarlarning roliga diqqat qaratadi. U xodimlarni o‘zgarishlarga
tayyorlash va innovatsion g‘oyalarni qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berib,
muvaffaqiyatli boshqaruvning asosiy tamoyillarini taqdim etadi. Kotterning ishida
xodimlarni ishtirok etish va ularning fikrlarini qabul qilish zarurligi alohida
ta'kidlanadi.
4. Melissa A. Schilling — "Strategic Management of Technological Innovation"
Schilling (2013) o'z asarida texnologik innovatsiyalarni boshqarishning strategik
jihatlari bilan tanishtiradi va bu jarayonda xodimlarning o‘rni haqida batafsil
ma'lumot beradi. U tashkilot ichida innovatsion muloqotni kuchaytirishga qaratilgan
strategiyalarni ko‘rsatadi va xodimlarning yangi g‘oyalarga qanday munosabatda
bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritadi. Schillingning ishlari, innovatsiyalarning
muvaffaqiyati uchun xodimlarning ta'siri haqida tushuncha beradi.
5. Joe Tidd va John Bessant — "Managing Innovation: Integrating
Technological, Market and Organizational Change"
Tidd va Bessant (2018) innovatsion boshqaruvni boshqarish jarayonida
texnologik, bozor va tashkiliy o‘zgarishlarni birlashtirish muhimligini ta'kidlaydilar.
Ular innovatsion jarayonlarni boshqarish uchun amaliy tavsiyalar berib, xodimlar va
boshqaruv o'rtasida muvozanat yaratish, samarali motivatsiya tizimlarini ishlab
chiqishning ahamiyatini ko'rsatadilar. Ularning ishi, xodimlarning innovatsion
jarayonlardagi o'rniga e'tibor qaratgan holda, tashkilotlar uchun kerakli
strategiyalarning amal qilishini o'rganadi va ilgari suradi.
6. Clayton M. Christensen — "The Innovator's Dilemma"
Christensen (1997) "The Innovator's Dilemma" asarida yangiliklar yaratish va
mavjud bozorlar o'rtasidagi raqobat natijasida tashkilotlarning qanday qiyinchiliklar
bilan yuzma-yuz kelayotganini yoritadi. U innovatsion yondoshuvning ahamiyatini
ta'kidlaydi va xodimlarni yangiliklarni qo'llab-quvvatlashda mukofotlash va ularni
innovatsion g'oyalarga jalb qilish strategiyalarini taklif etadi. Ushbu asar innovatsion
boshqaruvni ilgari surishga ko'maklashuvchi muhim manba hisoblanadi.
7. Henry Chesbrough — "Open Innovation: The New Imperative for Creating
and Profiting from Technology"
Chesbrough (2003) "Open Innovation" konsepsiyasi orqali korxonalar
innovatsiyalarni yaratishda o‘zaro hamkorlik va tsezimkorlikni muhim faktor deb
hisoblaydi. U xodimlarga yangiliklarni yaratishda tashqaridan olingan g'oyalarni
qabul qilish va ularni birlashtirish imkoniyatini berish zarurligini ta'kidlaydi. Bu
117
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
yondashuv innovatsion boshqarish jarayonida ochiq fikr va hamkorlik muhitini
yaratishga yordam beradi.
Kadrlarni innovatsion boshqarish bo‘yicha ilg‘or tadqiqotlar va ilmiy
adabiyotlar ushbu sohaning nazariy va amaliy jihatlarini ochib beradi. Innovatsion
boshqarish sohasida olib borilgan tadqiqot va adabiyotlar, tashkilotlar uchun
xodimlarni jalb qilish va motivatsiya qilish, kreativ g'oyalarni qo'llab-quvvatlash
muhimligini ta'kidlaydi. Ushbu adabiyotlar, xodimlar va boshqaruv o'rtasidagi to'g'ri
munosabatlar, innovatsion jarayonlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun
zarurdir. Innovatsion boshqarish strategiyalari va xorijiy tajribalar asosida faoliyat
yuritgan
tashkilotlar
yangiliklarni
yaratishda
raqobatbardoshligini
oshirish
imkoniyatiga ega bo'ladi.
Tadqiqot natijalari
Innovatsion boshqarishda xorij tajribalardan foydalanish mavzusidagi tadqiqot
natijalari quyidagi asosiy jihatlarni o'z ichiga oladi:
1. Xorijiy tajribalarni o'rganish
Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, xorijiy tajribalarni o'rganish innovatsion
boshqarish jarayonlarini samaraliroq tashkil etishga yordam beradi. O'zbekiston
uchun innovatsion strategiyalar va usullarni qo'llash, ularni mahalliy sharoitlarga
moslashtirish muhimdir.
2. Raqobatbardoshlik
Innovatsion boshqarish va xorij tajribalaridan foydalanish orqali kompaniyalar
raqobatbardoshlikni oshiradi. Masalan, Yevropa va Amerikadagi kompaniyalar
innovatsion boshqarishda ilg'or texnologiyalar va yondashuvlardan foydalanish orqali
bozorning o'zgaruvchan sharoitlariga tezda javob bera olishadi.
3. Tashkilot madaniyati
Tadqiqotlar xorijiy tajribalar asosida tashkilotlarning innovatsion madaniyatini
rivojlantirishning ahamiyatini ko'rsatadi. Innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash va
jamoa a'zolarini yangi fikrlar bilan ilhomlantirish uchun ochiq va qulay muhit
yaratish talab etiladi.
4. Texnologiyalarni qo‘llash
Innovatsion boshqarishda zamonaviy texnologiyalardan (masalan, sun'iy
intellekt, katta ma'lumotlar) foydalanish tajribasi xorijda yuqori darajada o'rganilgan.
Bunday
texnologiyalar
kompaniyalarga
jarayonlarni
optimallashtirish
va
samaradorlikni oshirishda yordam beradi.
5. Tajribalar almashish
118
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Tadqiqotlar ko'rsatadiki, xorijiy va mahalliy kompaniyalar o'rtasida tajriba
almashish innovatsion imkoniyatlarni kengaytiradi. Xorijiy investitsiyalar va
hamkorliklar orqali bilim va texnologiyalar almashinuvi yuz berishi mumkin.
6. Strategik rejalashtirish
Innovatsion boshqarishda xorijiy tajribalarni qo'llash strategik rejalashtirish
jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Kompaniyalar o'z maqsadlariga erishishga yordam
beradigan samarali strategiyalarni ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar.
Shu bilan birga, tadqiqotlar xorij tajribalaridan foydalanishni yanada samarali
qilish uchun mahalliy sharoitlarni hisobga olish zarurligini ko'rsatadi. Bu, innovativ
dasturlarni amalga oshirishda o'ziga xos ijtimoiy va iqtisodiy omillarni inobatga
olishni talab etadi.
O‘zbekiston sharoitida zamonaviy HR texnologiyalaridan foydalanish darajasi
nisbatan past bo‘lsa-da, ularni joriy etish uchun katta salohiyat mavjud. Agile
boshqaruv tamoyillarini qo‘llagan tashkilotlar xodimlarning motivatsiyasini
oshirishga va ishlab chiqarish samaradorligini yaxshilashga erishgan.
Xodimlarni doimiy o‘qitish va qayta tayyorlash dasturlari mamlakatning
iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masofaviy va gibrid ish
tizimlarini kengaytirish orqali ish samaradorligini oshirish mumkinligi aniqlandi.
Aosiy qism
Innovatsion boshqarishda xorij tajribalardan foydalanish mavzusi zamonaviy
iqtisodiyotning muhim bir qismidir. Innovatsiyalarni boshqarish jarayonida xorijiy
tajribalarni o'rganish va ularni mahalliy sharoitlarga moslashtirish, tashkilotlar va
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda muhim ro'l o'ynaydi. Ushbu
maqolada innovatsion boshqarishda xorij tajribalaridan foydalanishning asosiy
jihatlari, yondashuvlari va amaliy nuqtai nazarlari ko'rib chiqiladi.
1. Innovatsion strategiyalarni shakllantirish
Xorijiy tajribalar innovatsion strategiyalarni ishlab chiqishda yordam beradi.
Yevropa va Amerika davlatlaridagi kompaniyalar o'z strategiyalarini ishlab chiqishda
ilg'or tadqiqotlar va tajribalarni asos sifatida ishlatishadi. Ular yangi mahsulotlar va
xizmatlar yaratishda muvaffaqiyatsizliklardan o'rganish va muvaffaqiyatlarni
takrorlash mexanizmlarini o'z ichiga olgan strategiyalarni ishlab chiqadilar.
2. Ochiq innovatsiyalar
Ochiq innovatsiya yondashuvi yangiliklarni yaratish uchun tashqi manbaalardan,
jumladan, universitetlar, tadqiqot markazlari va boshqa kompaniyalar bilan
hamkorlikda foydalanishni anglatadi. Masalan, Google va IBM kabi kompaniyalar
muntazam ravishda uning foydasini to'liq baholaydilar. Xorijiy tajribalar asosida
119
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
olingan bilimlar, ish jarayonlarini optimallashtirishga, yangi g'oyalarni tezda amalga
oshirishga va resurslarni samarali foydalanishga yordam beradi.
3. Texnologik yondashuvlar
Zamonaviy texnologiyalarni innovatsion boshqarishda qo'llash xorijiy tajribalar
orqali amalga oshiriladi. Sun'iy intellekt, katta ma'lumotlar va bulutli texnologiyalar
xorijiy kompaniyalarda keng qo'llaniladi. Bu texnologiyalar yordamida kompaniyalar
jarayonlarni avtomatlashtirish, ma'lumotlarni chuqur tahlil qilish va iste'molchilar
ehtiyojlariga tezda javob berish imkoniyatlariga ega bo'ladi.
4. Aloqa va hamkorlik
Mahalliy va xorijiy kompaniyalar o'rtasidagi hamkorlik innovatsion jarayonlarni
tezlashtiradi. Ularning o'zaro tajriba almashishi yangi g'oyalarni kiritishda,
muammolarni hal qilishda va raqobatni oshirishda yordam beradi. Xorijiy
investitsiyalar va sektorlararo hamkorliklar yangi imkoniyatlarga olib kelishi
mumkin.
5. Tashkilot madaniyati va kadrlar tayyorlash
Innovatsion boshqarishda kadrlar tayyorlash va tashkilot madaniyatini
rivojlantirish muhimdir. Xorijiy tajribalar asosida tashkilotlar innovatsion fikrlarni
rag'batlantiradigan ijobiy muhit yaratadilar. Bunda savodxonlik va kasbiy ishlab
chiqarishga e'tibor berish, shuningdek, jamoaning birgalikdagi ish faoliyatini
rivojlantirishga qaratilgan treninglar o'tkazish xarakterlidir.
6. Mahalliy sharoitlarni hisobga olish
Xorijiy tajribalarni muvaffaqiyatli qo'llash uchun mahalliy sharoitlarni to'g'ri
baholash zarur. Har bir mamlakatning iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sharoitlari
boshqaruv yondashuvlariga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shuning uchun xorij
tajribalarini o'rganishdan oldin mahalliy ehtiyojlar va xususiyatlarni tahlil qilish
muhimdir.
Xulosa
Oʻzbekistonning iqtisodiy rivojlanishida inson kapitali va kadrlar salohiyatining
innovatsion boshqaruvi muhim oʻrin tutadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
samarali kadrlar boshqaruvi — bu nafaqat inson resurslarini to‘g‘ri taqsimlash, balki
ularni strategik maqsadlarga yo‘naltirish vositasidir. Rivojlangan mamlakatlarning
ilg‘or yondashuvlari, jumladan, raqamli texnologiyalar asosida boshqaruv,
moslashuvchan ish tizimlari, kasbiy o‘sishni rag‘batlantirish va ijodkorlikni qo‘llab-
quvvatlash kabi elementlar Oʻzbekiston sharoitida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mahalliy sharoitga moslashtirilgan holda ushbu tajribalardan foydalanish,
xususan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, kadrlar malakasini
120
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
oshirishda uzluksiz o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish, va zamonaviy boshqaruv
kompetensiyalarini
rivojlantirish
orqali
erishiladi.
Bu
yo‘nalishda milliy
xususiyatlarni hisobga olgan holda, innovatsion boshqaruv yondashuvlarini
bosqichma-bosqich joriy etish zarur.
Umuman olganda, zamonaviy kadrlarni innovatsion boshqarish tizimining jahon
tajribasiga tayangan holda samarali yo‘lga qo‘yilishi Oʻzbekistonda raqobatbardosh
iqtisodiy modelni shakllantirish, barqaror rivojlanish va ilg‘or texnologiyalarni
muvaffaqiyatli joriy etishda muhim turtki bo‘lib xizmat qiladi.Xulosa qilib aytganda,
innovatsion boshqarishda xorij tajribalardan foydalanish, zamonaviy biznes va
iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatga ega. Xorijiy kompaniyalarning tajribalari va
yondashuvlari innovatsion jarayonlarni tezlashtirish, yangiliklarni yaratish va
raqobatini oshirishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Bu yondashuvlar natijasida
tashkilotlar samarali innovatsion strategiyalarni ishlab chiqish, raqobatbardosh bo'lish
va global bozorga moslashish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Yuqorida keltirilgan innovatsion yondashuvlar O‘zbekistonning kadrlar
boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi va iqtisodiy taraqqiyot uchun
mustahkam asos yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Drucker, P. (1999). Management Challenges for the 21st Century.
HarperBusiness.
2. Mintzberg, H. (2004). Managers Not MBAs: A Hard Look at the Soft Practice
of Managing and Management Development. Berrett-Koehler Publishers.
3. Becker, G. S. (2009). Human Capital: A Theoretical and Empirical Analysis,
with Special Reference to Education. University of Chicago Press.
4. Cascio, W. F., & Boudreau, J. W. (2011). Investing in People: Financial
Impact of Human Resource Initiatives. Pearson FT Press.
5. McKinsey & Company (2021). The Future of Work after COVID-19.
McKinsey Global Institute Report.
6. Rakhimov, A. (2017). Innovatsion faoliyatni boshqarish: nazariya va
amaliyot. Toshkent: O'zbekiston milliy universiteti.
7. Tursunov, I. (2018). Innovatsion iqtisodiyot va boshqaruv. Toshkent:
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi.
8. Abdullaeva, N. (2020). Innovatsion strategiyalar: O'zbekistondagi amaliy
dasturlar. Tashkent: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.
121
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
9. Ibragimov, S., & Murodov, A. (2019). Innovatsion boshqaruvning asosiy
tamoyillari. Toshkent: O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
10. Sadiqov, S. (2021). O'zbekistonda innovatsion rivojlanish va uning
boshqaruvi. Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi.
11. Norov, B. (2022). Boshqaruv tizimida innovatsiyalarni joriy etish. Toshkent:
O'zbekiston davlat iqtisodiyot universiteti.
