132
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA O‘QUVCHILARNING MEDIA
SAVODXONLIGINI OSHIRISH
O‘rinboyeva Kumushoy Sultonbek qizi
Andijon davlat pedagogika institute Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
Odiljonova Gulyora
Rustamova Mushtariy
Yangiboyeva Nilufar
Fizika va astronomiya yo‘nalishi 2-kurs talabalari
Urinboyeva Kumushoy Sultanbek qizi
Andijan State Pedagogical Institute Teacher of the Department of Exact and Natural
Sciences
Odiljonova Gulyora
Rustamova Mushtariy
Yangiboyeva Nilufar
Physics and Astronomy Department 2nd year students
Оринбаева Кумушой Султанбек кызы
Андижанский государственный педагогический институт Преподаватель
кафедры точных и естественных наук
Одилжонова Гулёра
Рустамова Муштарий
Янгибаева Нилуфар
Кафедра физики и астрономии Студентка 2 курса
Annotatsiya:
Ushbu tezis zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida
o'quvchilar media savodxonligini oshirish masalalariga bag'ishlangan. Bugungi
axborot asrida media savodxonligi har bir o'quvchi uchun muhim ko‘nikma bo‘lib,
ularning kelajakdagi muvaffaqiyati va jamiyatdagi faol ishtirokini ta’minlaydi.
Tezisda media savodxonligi tushunchasi, o‘quvchilar orasida media savodxonlikni
rivojlantirishning ahamiyati, zamonaviy axborot texnologiyalarining bu jarayondagi
roli, samarali o‘qitish usullari va yondashuvlari, shuningdek, O‘zbekiston ta’lim
tizimidagi mavjud amaliyot va tavsiyalar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari media
savodxonlikni ta’lim tizimiga samarali integratsiya qilish va zamonaviy
texnologiyalardan maqsadli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar bilan yakunlanadi.
133
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Abstract:
This thesis is devoted to the issues of improving media literacy of
students using modern information technologies. In today's information age, media
literacy is an important skill for every student, ensuring their future success and
active participation in society. The thesis analyzes the concept of media literacy, the
importance of developing media literacy among students, the role of modern
information technologies in this process, effective teaching methods and approaches,
as well as existing practices and recommendations in the education system of
Uzbekistan. The research results are concluded with recommendations for the
effective integration of media literacy into the education system and the targeted use
of modern technologies.
Аннотация:
Диссертация
посвящена
вопросам
повышения
медиаграмотности студентов с использованием современных информационных
технологий. В современную информационную эпоху медиаграмотность
является важнейшим навыком для каждого учащегося, обеспечивающим его
будущий успех и активное участие в жизни общества. В диссертации
анализируется
понятие
медиаграмотности,
важность
формирования
медиаграмотности у учащихся, роль современных информационных
технологий в этом процессе, эффективные методы и подходы обучения, а также
современная практика и рекомендации в системе образования Узбекистана.
Результаты исследования завершаются рекомендациями по эффективной
интеграции медиаграмотности в систему образования и целенаправленному
использованию современных технологий.
Kalit so‘zi:
kvest texnalogiyalari, media savodxonlik, zamonaviy axborot
texnalogiyalari, kasbiy tayyorgarlik, ijtimoiy faollik.
Bugungi kunda axborot oqimi va media mazmunning jadal o‘sishi sharoitida,
o‘quvchilarning media savodxonligini oshirish ta’lim tizimining dolzarb
vazifalaridan biriga aylandi. Media savodxonlik - bu turli xil shakl va formatdagi
axborotni tanqidiy tahlil qilish, baholash va yaratish qobiliyatidir. Zamonaviy axborot
texnologiyalari esa bu jarayonda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq
ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
Farmoni hamda 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida ham raqamli
texnologiyalarni joriy etish va axborot madaniyatini oshirish masalalari alohida
ta'kidlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi
134
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizmini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli, 2020-yi 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning
yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-sonli farmonlari va 2021-yil 25-yavvardagi “Xalq
ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz
kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963-sonli
qarorida maktab o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini Malaka oshirish
tizimida rivojlantirish vazifasi sifatida belgilab qo‘yilgan. Bu o‘z navbatida,
o'quvchilarning media savodxonligini oshirish masalasining davlat siyosati darajasida
qo‘llab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi.
Bugungi kunda mamlakatimizning pedagog kadrlarni qayta tayyorlash hamda
malakasini oshirish uchun zarur metodik shart-sharoitlatni yaratish hamda ularni
darslarini loyihalashga oid kasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish
mexanizmini takomillashtirish zaruriyati tug‘ilmoqda. Malaka oshirish jarayonida
maktab o‘quvchilarining darslarini loyihalashga oid kompetentligini rivojlantirishda
interfaol ta’lim texnalogiyalarini, xususan “Kvest” texnalogiyasidan foydalanish
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu texnalogiyadan foydalanish uchun dastlab
unga oid tushuncha, imkoniyatlari, xususiyatlari, qo‘llash bosqichlari, algoritmi
bo‘yicha tadqiqotchilarning fikrlarini hamda ularni tadqiqotlarini tahlil etish lozim.
Dastlab “Kvest” qadimgi sivilizatsiyalar davrida paydo bo‘lgan va insoniyatni
butun tarixi davomida unga hamroh bo‘lgan, deb tahmin qilishimiz mumkin. Chunki
“Kvest” - bu jumboqli texnalogiya hisoblanadi. Insoniyat esa har doim jumboqlarni
yechishlari uchun turli xil izlanishlarni olib borgan. Ular turli vaqtlarda yashiringan
xazinalarni va tabiiy boyliklarni topishga oid izlanishlar olib borganlar.
Ma’lum vaqtgacha “Kvest” va pedagogika parallel ravishda mavjud bo‘lib, ular
bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan. Bu boradagi inqilob kompyuter texnalogiyalari
tufayli sodir bo‘ldi. “Kvest” texnalogiyasi pedagogika 20-asrning oxirida, ya’ni
kompyuter o‘yinlari dunyosi rivojlangandan so‘ng kirib keldi. O‘tgan asrning 90-
yillarida “Sierra” kompyuter kompaniyasi King’s Quest, Spee Quest Police Quest
kabi o‘yinlarini yaratdi. Ushbu ishlab chiqargan ba’zi kompyuter o‘yinlari “Kvest”
o‘yinlari nomi bilan atala boshlandi. Bu borada E.A.Igumnovaning fikriga ko‘ra
“Kvest” – ma’lum bir maqsad uchun kerakli ma’lumotlarni qidirishdi. Uning
ta’kidlashicha “Kvest” tushunchasi kompyuter o‘yinlari dunyosi rivojlanishidan
paydo bo‘lgan.
135
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Dastlab “Kvest” atamasi ta’lim texnalogiyasi sifatida 1995-yilda San-Diego
Univeritetining (AQSH) ta’lim texnalogiyalari professori Berni Dodj tomonidan
taklif etgan.
Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari oldida o‘qitiladigan
o‘quv fanlarini mavzulari bo‘yicha o‘quvchilarni kreativ fikrlashini oshirishga
qaratilgan dars ishlanmalarini loyihalash muammosi mavjud bo‘lib ularni bartaraf
etish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Uning yechimi o‘qituvchidan ilmiy va
uslubiy fikrlashni o‘quv predmeti mazmunini loyihalashtirish qobilyatini, o‘z
mutaxasisligiga oid malakalarini oshirishni, ya’ni yuqori darajadigi uslubiy
konpetensiyaning namoyon bo‘lishini talab qiladi. Buni esa “Kvest” texnalogiyasidan
foydalanib, samarali natijalarga erishish mumkin.
“Kvest” (loyihalash) bosqichlari:
Qidirish:
1.Loyihaning mavzusini aniqlash.
2.Muammoni qidirish va tahlil qilish.
3.Loyihaning maqsadini belgilash.
Analitik:
1.Mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish.
2.Axborot bo‘shliqlarini qidirish.
3.Axborot yig‘ish va tahlil etish
4.Loyihaning maqsadiga erishishning samarali usulini toppish(muqobil
yechimlarini tahlil qilish), faoliyat algoritmini qurish.
5.Loyihani amalga oshirish rejasini tuzish: ishni bosqichma-bosqich amalga
oshirish
6.Resurslarni tanlash
Amaliy:
1.Rejalashtirilgan texnalogik opetarsiyalarni bajarish.
2.Muntazam sifat nazorati.
3.Dizayn va texnalogiyaga o‘zgartirishlar kiritish.
Taqdimotli:
1.Taqdimot materiallarini tayyorlash.
2.Loyiha taqdimoti.
Yuqorida keltirilgan bosqichlardan foydalanilgan holda “Kvest” uzluksiz kasbiy
rivojlantirish
tizimida
o‘qituvchining
loyihalashga
oid
kompetentligini
rivojlantirishda foydalaniladi.
136
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
“Kvest” texnalogiyasini joriy etish va sinovdan o‘tkazish tajribasi ma’lumotlari
tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularni umumiy o‘rta ta’lim maktab fanlarini o‘qitishga
kiritish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
-axborot ko‘nikmalarini rivojlantirish;
-bilish
jarayoniga
ijobiy-hissiy
munosabatni
shakllantirish,
o‘rganish
motivatsiyasini, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bilimlarini o‘zlashtirish sifatini
oshirish;
-o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish;
-o‘quv materialini o‘zlashtirish strategiyasini o‘zlashtirishning umumiy
ko‘nikmalarini shakllantish.
“Kvest” – bu ishtirokchi tomonidan ta’lim o‘yinidan ruhiy muammolarni hal
qilishda, syujet orqali o‘tishni talab qiladi. Bunda topshiriqlarni xuquqiy va syujet
orqali o‘tishni talab qilinadi. Bunda topshiriqlar haqiqiy va virtual shaklda taqdim
etiladi. Kvestlar ishtirokchilari ushbu o‘yin faoliyatining jozibali Tomoni sifatida
mantiq, e’tibor, aqlning rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Tinglovchilarning ta’lim motivatsiyasini oshirish va guruhli taqdiqot faoliyatini
tashkil etish uchun “Kvest” taxnalogiyasi zamonavit ta’lim texnalogiyasi bo‘lib
xizmat qiladi:
-tinglovchining o‘zaro ta’sir qiladigan ma’lumotlarining bir qismi yoki
barchasini global tarmoq orqali ehtiyojlarga yo‘naltirilgan faoliyat;
-rolli o‘yin elementlari bilan muammoli vazifalar hosil qilanadi.
Bunda ilmiy-uslubiy manbaalarning turli adabiyotlarni o‘rganish, shuningdek,
glabal tarmoqdan qidirishga yo‘naltiradi.
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarning media savodxonligini oshirish
zamonaviy ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. Axborot texnologiyalari bu
jarayonda nafaqat o'rganish obyekti, balki samarali ta’lim vositasi ham bo‘lib xizmat
qiladi. Media savodxonlikni rivojlantirish uchun kompleks yondashuv zarur bo‘lib,
bu yondashuv o'quv dasturlarini takomillashtirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish,
zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish va texnologik infratuzilmani rivojlantirishni
o‘z ichiga oladi.
Media savodxonlik o‘quvchilarni nafaqat axborot oqimida mo‘ljal olishga, balki
zamonaviy axborot jamiyatida faol fuqaro bo‘lishga ham tayyorlaydi. Ushbu
ko‘nikmalar o‘quvchilarning kelajakdagi muvaffaqiyati, shaxsiy va kasbiy
rivojlanishi uchun zarurdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
137
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
Farmoni
3. Solieva, M. (2021). “O‘zbekistonda media ta‘limni rivojlantirish masalalari”.
Ta’lim tizimida innovatsiyalar, 45-52.
4. “Kvest texnalogiyalari yordamida o‘quchilarni media savodxonligini
oshirish” D.O‘.Qarshiyeva, 2022
