160
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
AXBOROTLASHGAN JAMIYAT VA HAYOTIMIZDA UNGA BO‘LGAN
EHTIYOJLAR
Arslonova Gulsanam Sa‘dullo qizi
Arifjonova Lolaxon Zavqiddin qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
: Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyat tushunchasi, uning
asosiy xususiyatlari va inson hayotidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy
texnologiyalar va internetning kundalik hayotimizga ta’siri, axborot almashinuvi va
raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi yoritiladi. Shuningdek,
axborotlashgan jamiyatning ta’lim, tibbiyot, biznes va davlat boshqaruvidagi roli ham
ko‘rib chiqiladi. Maqola jamiyat a’zolarining raqamli savodxonligini oshirish hamda
axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishning ahamiyatini ta’kidlaydi.
Kalit so‘zlar:
Axborotlashgan jamiyat, raqamli texnologiyalar, internet va sun’iy
intellekt, axborot almashinuvi, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, raqamli
savodxonlik,ta’lim, tibbiyot, biznes, davlat xizmatlari, muloqot, ma’lumot
almashinuvi, texnologik innovatsiyalar, ish o‘rinlari, kundalik hayot qulayligi.
Aslida bu tushunchani o‘rgangan olimlar uni hayotimizda qanday rol o‘ynashini
isbotlab o‘tishgan, bunga misol qilib bir qancha olimlarni ayta olamiz.
Axborotlashgan jamiyat tushunchasini fanga kiritgan olim Alvin Toffler. U o‘zining
"Uchinchi to‘lqin" (1990) asarida axborotlashgan jamiyatni sanoat jamiyatidan
keyingi bosqich sifatida tasvirlab, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omil sifatida
axborot texnologiyalarini ko‘rsatgan.Biz bilamizki, qaysi davlatning texnologiyalari
kuchli bo‘lsa, o‘sha davlatdagi ko‘p sohalar boshqalarnikiga qaraganda yashiroq
rivojlangan va ular bundanda rivojlanishga harakat qilib axborotlashgan jamiyat
tushunchasini o‘zlashtirishyapdi. Shuningdek, Manuel Castells ham axborotlashgan
jamiyat tushunchasini rivojlantirgan olimlardan biridir. U o‘zining "Axborot
jamiyati" (1996) asarida axborot texnologiyalarining global miqyosda jamiyatlarning
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tizimlariga ta’sirini tahlil qilgan. Bu tushuncha
tahlilidan kelib chiqadiki,texnologiyalar har bir davlatning kelajagini belgilaydi
chunki,
hozirgi
kunda
ko‘pchilik odamlar zamonaviy texnologiyalardan
foydalanishga harakat qilmoqda ya‘ni odamlar ularni sotib olish yoki shu zamonaviy
161
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
texnologiyalar sababli boshqa davlatga ketishmoqda va bu albatta, davlatga ijtimoiy,
siyosiy tarafdan yordam beradi.Castellning yana bir fikriga ko‘ra axborotlashgan
jamiyat dunyodagi odamlarni savodxonlikka yetaklashi mumkin chunki, biz
bilamizki bugungi kunda zamonaviy texnologiyalarda foydalanganlar bugungi zamon
talabiga mos keladigan dasturlar orqali ko‘plab bilimlarga erishmoqda. Bundan
tashqari, oddiy holda ham zamonaviy texnologiya orqali axborotlar yokida kerakli
ma‘lumotlarni olish juda oson va qulay.Castellsning yana bir fikriga ko‘ra,
axborotlashgan jamiyatda bilim va axborotning ta’siri juda katta bo‘lib, bu faqat
texnologik inqilob bilan cheklanmaydi, balki ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarga olib
keladi. Castells yana bir fikriga to‘xtalsak, bu tushunchani ma‘nosini yanada
chuqurlashtiramiz.Raqamli texnologiyalar madaniyatni o‘zgartirishda asosiy rol
o‘ynaydi, chunki internet va mobil texnologiyalar orqali yangi madaniy shakllar
paydo bo‘lmoqda. Bu texnologiyalar madaniy ifodalarni tez tarqatishga, turli ijtimoiy
guruhlar o‘rtasida yangi kommunikatsiya usullarini yaratishga yordam beradi.
Madaniyat va ma’lumotlar tez va keng tarqalishi, yangi generatsiyaning madaniyatga
bo‘lgan qarashlarini o‘zgartiradi.
Castells, ayni paytda, bu o‘zgarishlarning faqat ijtimoiy aloqalar va madaniyatni
kengaytirish bilan cheklanmasdan, ijtimoiy tengsizliklarni ham kuchaytirishi
mumkinligini ko‘rsatadi.Oldin aytilganidek, bugungi kunda axborotlashgan jamiyat
hayotimizning har bir sohasiga kirib bormoqda va uni rivojlantirishga bir qancha
qulayliklar qo‘shishga ulgurdi. Bu gapga misol qilib ingliz yozuvchisi Arnold
Toynbini gaplarini olsak bo‘ladi: U o‘zining "Tarixning o‘rganilishi" asarida,
jamiyatlarning rivojlanishini boshqaradigan eng muhim omil sifatida madaniy va
texnologik inqiloblarni ko‘rdi. U axborotning tez tarqalishi va yangi bilimlarning
jamiyat rivojiga ta’sirini tan olishni muhim deb bilgan. Toynbi, jamiyatlar axborot va
madaniyatni o‘zlashtirish orqali yangi bosqichlarga o‘tishini ta’kidladi. Uning fikriga
ko‘ra, axborotlashgan jamiyatning muvaffaqiyatli rivojlanishi, shuningdek, uning
yangi bilim va texnologiyalarni o‘z ichiga olgan innovatsion qarorlar qabul qilishga
tayyorligiga olib keladi.
Bugungi kunda biz turli xil texnologiyalar orqali kundalik hayotimizniri
rivojlantirishimiz va yaxshilashimiz mumkin. Ya‘ni biz turli xil texnologiyalardan
foydalanib bu ishlarni amalga oshiramiz. Masalan, telefon, kompyuter, kir yuvish
mashinasi,muzlatgich,changyutgich va hakoza.Marshall McLuhan — mashhur
kanadalik
kommunikatsiya
olimning
fikriga
ko‘ra, telefon va boshqa
kommunikatsiya vositalarini "kengaytirilgan a’zolar" deb atagan. McLuhanning
fikriga ko‘ra, telefon va boshqa texnologiyalar insonni fizikaviy chegaralarini
162
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
kengaytiradi va uni yangi kommunikatsiya shakllariga olib keladi. Uning fikriga
ko‘ra, bu texnologiyalar insonni butun dunyo bo‘ylab bog‘laydi va "global qishloq"
tushunchasini yaratadi. Telefon orqali odamlar bir-biriga tezkor ulanish imkoniyatiga
ega bo‘ladilar, bu esa jamiyatni yangi shaklda o‘zgarishlarga olib keladi.Aslida, bu
texnologiyalar juda oddiy turdagi texnologiya hisoblanadi va hammamiz undan
doimiy foydalanib kelamiz, lekin ular bizning hayotimizni shu qadar
yengillashtiradiki, ularning yordamisiz biz hayotimizni taassavur qila olmaymiz. Bu
fikrga dalil sifatida Alvin Toffler shu gaplarini keltirsak bo‘ladi.Uning "Uchinchi
to‘lqin" asarida, kompyuterlar va boshqa raqamli texnologiyalarni yangi
iqtisodiyotning shakllanishiga yordam beruvchi asosiy omil sifatida ko‘rsatgan.
Tofflerning fikriga ko‘ra, kompyuterlar va internet orqali insonlar o‘zaro aloqalarini,
ish faoliyatlarini va ijodiy jarayonlarini tez va samarali boshqarishlari mumkin.
Toffler bu texnologiyalarni "ma’lumotlashgan jamiyatning qurilish bloklari" sifatida
tasvirlaydi.Lekin ba‘zi olimlarning fikriga ko‘ra bu texnologiyalar ba‘zan qarshi
ta‘sirlarni olib kelishi mumkin.Bunga misol qilib Sherri Terkelning gaplarini keltira
olamiz.(Uning "Yolg‘iz birga asarida: Nega biz texnologiyadan ko‘proq, lekin bir-
birimizdan kamroq narsani kutamiz") kitobida texnologiyaning insonlar o‘rtasidagi
munosabatlarga ta’sirini tahlil qiladi. Uning asosiy fikrlaridan biri shundaki,
texnologiyalar insonlarni bir-biriga bog‘layotgandek ko‘rinsa ham, aslida ularning
o‘zaro munosabatlarini sayozlashtiradi va suyuq qiladi. Uning bu fikriga oid mashhur
jumlasi quyidagicha:“We are lonely but fearful of intimacy. Digital connections may
offer the illusion of companionship without the demands of friendship.”(Biz
yolg‘izmiz, ammo yaqinlikdan qo‘rqamiz. Raqamli aloqalar bizga do‘stlik talablarisiz
hamrohlik illyuziyasini taqdim etishi mumkin.)Bu jumlaga asoslanib, Turkle
texnologiyalar insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur va mazmunli bo‘lishiga
yordam bermasligini, aksincha, ularni yuzaki va vaqtinchalik qilishi mumkinligini
ta’kidlaydi. Dunyo bilan hamnafas bo‘lishimiz uchun biz dunyoviy, diniy bilimlarni
o‘rganishimiz kerak va bunga biz axborotlashgan jamiyatbilan uzviy holda
zamonaviy texnologiyalarda nfoydalanib erishishimiza mumkin Bunga O‘zbekiston
Respublikasining ikkinchi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmonlari dalil bo‘la
oladi.Ya‘ni Shavkat Mirziyoyev ta’limda texnologiyalarning rolini yanada
rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Uning texnologiyalar asosida ta’limni
rivojlantirish haqidagi fikrlaridan biri quyidagicha:"Bugungi kunda ta’lim tizimi
zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashishi shart. Raqamli ta’lim platformalari,
onlayn darslar va sun’iy intellekt imkoniyatlarini joriy etish orqali yosh avlodga
sifatli bilim berish zamon talabi hisoblanadi." Uning tashabbusi bilan:"Raqamli
163
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
O‘zbekiston – 2030" dasturi qabul qilindi, bunda ta’limda IT texnologiyalarni keng
qo‘llash belgilangan."Milliy ta’lim dasturi" ishlab chiqildi, unda elektron ta’lim
tizimlari va masofaviy ta’lim shakllarini rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida
belgilandi.Prezident maktablari, IT-parklar va raqamli texnologiyalar universitetlari
ochildi, bu esa texnologiyalar asosida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirdi.
Bunga oid qo‘shimcha qilib birinchi prezidentimizning ham gaplarini keltira
olamiz.Masalan,"Biz kelajagimizni, jamiyatimiz taraqqiyotini ta’lim-tarbiya tizimi
bilan bog‘laymiz. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali yosh
avlodga sifatli bilim berish – bizning eng muhim vazifamizdir. Uning tashabbusi
bilan:1997-yilda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi, bunda zamonaviy
texnologiyalar asosida ta’lim olish masalasi ko‘tarildi.2001-yilda Prezident Islom
Karimov "Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi, bu esa ta’limda AKTni keng joriy
etishning boshlanishi bo‘ldi.Bu ishlar amalga oshirilgani uchun bugun bizning ta‘lim
sohamizda bir qancha ko‘zga ko‘rinarli yutqlar bir va bo‘lishda davom etib kelyapdi.
Xulosa:
Axborotlashgan jamiyat va hayotimizdagi unga bo‘lgan ehtiyojlar
mavzusi bo‘yicha xulosa qilganda, bugungi kunda axborot texnologiyalarining
rivojlanishi jamiyatning barcha sohalarini, jumladan, ta’lim, ish faoliyati, ijtimoiy
aloqalar va kundalik hayotni tubdan o‘zgartirmoqda. Axborotlashgan jamiyatda
axborot va texnologiyalar insonlar o‘rtasidagi aloqalarni soddalashtirgan va global
miqyosda bir-biriga bog‘langan yangi turdagi tarmoq jamiyatini yaratgan. Bu jarayon
hayotimizdagi ehtiyojlarni yangi shaklda talab qilmoqda, masalan, axborotga tezkor
kirish, raqamli kommunikatsiya va masofaviy ish faoliyatini ta’minlash.Shuningdek,
axborotlashgan jamiyatda, texnologiyalar insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni faqat
samarali qilish bilan cheklanmay, balki ularni yuzaki va virtual tarzda shakllantirishi
mumkin. Bu esa, ba’zi hollarda, haqiqiy va chuqur aloqalarni yo‘qotishga olib keladi.
Shu bilan birga, texnologiyalarni to‘g‘ri va samarali qo‘llash, axborot resurslarini
ongli ravishda boshqarish va ijtimoiy tengsizliklarni bartaraf etish jamiyatni yanada
rivojlantirishi mumkin. Umumiy xulosa qilib aytganda, axborotlashgan jamiyatda
texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyoj, insonlarning global tarmoqda o‘zaro aloqalari va
axborotga kirish imkoniyatlarini kengaytiradi, ammo ularni noto‘g‘ri ishlatish,
shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni zaiflashtirishi ham mumkin. Shunday qilib,
jamiyatni axborot texnologiyalari yordamida rivojlantirish uchun bu texnologiyalarni
mas’uliyatli va samarali boshqarish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
164
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
1.O‘zbekiston Respublikasining ikkiinchi prezidenti Shavkat Mirziyoyening
2018-yil 5-iyuldagi PQ-3832 qarori bilan tasdiqlangan "Raqamli O‘zbekiston
2030"nutqidan olingan.
2.Islom Karimovning "Yuksalish yo‘lida" kitobi: Toshkent 2009-yil. B-400
3.Alvin Tofflerning "Uchinchi to‘lqin"kitobi 1980-yil. B-528 "William Morrow
andcompany " tomonidan nashr etilgan.
4.Manuel Castellning"Axborot jamiyatining o‘sishi". "Blackwell Publishing"
tomonidan nashr etilgan.Buyuk Britaniyada 1996-yil B-556
5. Arnold Toynbee"Tarixning o‘rganilishi". "Oxford University Press tomidan
1961-yil. B-600.
6. Aralovna, Ochilova Guzal, et al. "Ecological globalization and its social place
in the globalization system of processes." Journal of Survey in Fisheries Sciences
10.1S (2023): 5000-5006.
7.Ayonovna
A.
S.
IN
THE
CONTEXT
OF
ENVIRONMENTAL
GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION
BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35.
8. Omonov, Bakhodir Nurillaevich, Go‘zal Aralovna Ochilova, and Sitora
Ayonovna Azamova. "SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE ECOLOGICAL
ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN." World of Scientific news in Science 1.3
(2023): 15-28.
9. Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of Environmental
Education and Upbringing in Young People in the Conditions of Environmental
Globalization." Global Scientific Review 13 (2023): 7-10.
10. Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o’g’li.
"EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL
TUSHUNCHASI ‘." TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..
11. Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL
GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION
BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..
12. Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF
ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE
AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL
GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. –
2024. – С. 94-97.
13. Azamova S. EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYANING RIVOJLANISH
BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.
