168
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
DUNYO XALQLARI MIFLARI: TUSHUNCHA VA MAZMUN MOHIYATI
Aliqulova Manzura Ravshan qizi
Shahrisabz davlat pedagogika institute 1-bosqich talabasi
Karimova Zilola Ulug’bek qizi
Shahrisabz davlat pedagogika institute 1-bosqich talabasi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada mifologiya haqida qarashlar, miflarning asosiy
turlari, paydo bo’lishi haqidagi tushunchalar berilgan. Miflar orqali din va dunyo
ilmlarining to’qnashuvlariga e’tibor qaratilgan.
Annotation
: This article presents views on mythology. It provides explanations
of the main types of myths – primordial, celestial, anthropogenic, cultic,
ethnogenetic, calendar, and eschatological myths.
Аннотация
: В данной статье представлены взгляды на мифологию. Даны
объяснения основных видов мифов – первобытных, небесных, антропогенных,
культовых, этногенетических, календарных и эсхатологических мифов.
Kalit so’zlar
: Mif,ibtidoiy, samoviy, sig’inish, ilohlar,mifologik,xudolar,
yaxshilik va yomonlik, yunon mifologiyasi
Keywords
: Myth, primordial, celestial, cult, gods, mythological, deities, good
and evil, Greek mythology.
Ключевые слова
:
Миф, первобытный, небесный, культ, боги,
мифологический, божества, добро и зло, греческая мифология.
Mif (yunoncha. ―mythos — afsona, rivoyat, asotir) — qadimgi odamlarning
borliq, olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui boʻlib, koinotning yaratilishi,
inson, oʻsimliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning
paydo boʻlishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar,
maʼbudlar va ilohlar toʻgʻrisidagi eʼtiqodiy qarashlarni oʻz ichiga olgan. Mif qadimgi
odamning voqelikka boʻlgan ongsiz munosabati ifoda etgan boʻlib, tabiat va jamiyat
hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qadimgi tasavvurlar
silsilasidir. Qadimgi odamning olam haqidagi tasavvurlarini oʻzida ifodalagan va
avloddan avlodga yetkazishga moʻljallangan miflarning ommalashish usullari ham
turlicha boʻlib, asosan, jonli, ogʻzaki ijro orqali, yaʼni soʻz vositasida hikoya qilib
berilgan. Mifologik tasavvurlar tizimi ibtidoiy udum va marosimlarning magʻzini
tashkil etuvchi ramziy xatti-harakatlardan iborat ritual oʻyinlar sifatida ham namoyish
qilingan. Miflar quyidagi turlarga boʻlinadi:
169
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
1) ibtidoiy miflar (olamning yaratilishi va yerda hayotning paydo boʻlishi
toʻgʻrisidagi miflar);
2) samoviy miflar (osmon jismlari va tabiat hodisalarining paydo boʻlishi
haqidagi miflar);
3) antropogenik miflar (gʻayrioddiy hislatga ega boʻlgan afsonaviy pahlavonlar)
4) sigʻinish miflari (muayyan eʼtiqodiy ishonchlar bilan bogʻliq, masalan, suv,
oʻsimlik, olovga sigʻinish haqidagi miflar);
5) etnogenetik miflar (urugʻqabilalarning kelib chiqishi bilan aloqador miflar;
masalan, 92 oʻzbek urugʻlarining paydo boʻlishi haqidagi mif);
6) kalendar miflar (yil, oy, kun hisobi bilan bogʻliq miflar, masalan, ayamajuz,
ahman-dahman, chilla, toʻqson hisobi bilan bogʻliq miflar);
7) esxatologik miflar (olamning intihosi haqidagi, masalan, oxirzamon
toʻgʻrisidagi mif).
Ezgulik kuchlarining zulmatni oʻziga makon qilgan yovuzlikka qarshi kurashini
oʻzida aks ettirgan qadimgi miflar badiiy tafakkurning shakllanishida muhimrol
oʻynagan. Voqelikni estetik kategoriya sifatida idrok etish hamda badiiy soʻz
vositasida talqin qilish anʼanasi kelib chiqqach, qadimgi miflarning asosiy qismi soʻz
sanʼatining turli janrlariga singib ketgan.
O'rta Osiyo xalqlari dunyodagi boshqa xalqlar qatori o'zlarining eng qadimgi va
boy madniyatiga, adabiy tarixiga ega. Grek, Xind, Xitoy, Arman tarixchilarining, Rus
va Evropa olimlarining asarlarida O'rta Osiyo xalqlarining qadimgi madniyati va
og'zaki ijodi to'grisida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. O'rta Osiyo xalqlarining
madaniyatini, og'zaki ijodini o'rganishda rus olimalridan A.A.Kushakevich,
N.Lyapunova, V.Vasilev, E.F.Kal, A.A.Divaev, A.N.Samoylovich, V.V.Rallov, V.V.
Bartold, N. Volniskiy, N.P.Ostoumov kabilarning xizmatlari kattadir. Y.G'ulomov,
V.Shishkin va S.P.Tolstov kabi mushxur arxeolog olimlarning O'zbekiston
territoriyasida olib brogan arxeologik qidiruv ishlari ham xalqimizning eng qadimiy
va boy madaniy merosga ega bo‗lganligini ko'rsatadi. Arxeologik qazilmalar
natijalari eramizdan avvalgi minginchi yillardayoq bu hududlarda odamlar istiqomat
qilganliklarini isbotlaydi. Eramizgacha bo'lgan O'rta Osiyoda (Xorazm, Amudaryo,
Zarafshon vohalarida) yashagan xalqlarning tili, urf-odatlari va madaniyati bir-
biridan katta farq qilmagan. O'rta Osiyo hududida yashagan qabilalarning bir qismi
ko'chmanchilik bilan hayot kechiradigan bo'lsa, ikkinchi bir qismi o'troq holda
yashagan. Ko'chmanchilik bilan hayot kechirganlari chorvachilik va ovchilik bilan
shug'ullangan bo'lsalar, o‗troq holda yashaganlari dehqonchilik, hunarmandlik bilan
mashg'ul bo'lganlar.
170
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Davrlar o'tishi bilan xalq sun'iy sug'orish, inshoot ishlarini keng yo‗lga qo‗ya
boshlagan. Ibtidoiy kishi tasavvurida tabiatda unga do'st va dushman bo'lgan ikki xil
kuch mavjud. Ana shu tasavvur zaminida turli miflar, afsonalar paydo bo'lgan. Bu
haqida A.M.Gorkiy so'zlagan nutqida quyidagilarni aytgan edi:
―Qadimgi ertaklar, miflar va afsonalarning ma'lum ekanligiga shubha
qilmayman, ammo men bu ertak, mif va afsonalarning asosiy mag'zini chuqurroq
tushunishni istardim. Bularning asosiy g'oyasi qadimgi davrlardagi mehnat
kishilarning yukini engillashtirishga, ularning ish unumini oshirishlariga, to'rt oyoqli
va ikki oyoqli dushmanlariga qarshi qurollanishlariga hamda so'z kuchi-―avrash‖,
―afsun‖ yo'li bilan tabiatning kishilarga xatarli bo'lgan hodisalarga ta'sir etishlariga
qaratilgan‖.
Shunday qilib, mif kishilarnng zaif tomonlarinigina emas, balki ularning kuch-
qudrati va orzu-armonlarini ham fantaziya asosida tasvirlaydi, mujassamlashtiradi, u
poeziya va san'atning ravnaq topishiga zaminyaratadi. Shuning uchun ham qadimgi
mif, afsonalarni o'rganish M.Gorkiy yozganidek: ―Insonlarga dushman bo'lgan
tabiat hodisalari, stixiyalarga ta'sir qilish istagi‖ qanday bo'lganligini yaqqol tasavvur
qilishga imkon beradi.
O'rta Osiyo xalqlarining qadimgi mif va afsonalarda,asosan, yaxshilik va
yomonlik, nur va zulmat o'rtasidagi kurash tasvirlanadi. Ko‗pchilik mifologik
obrazlar mana shu ikki kuch o'rtasidagi kurash fonida gavdalanadi.
Miflarda hikoya qilinishicha, ikki olam ya'ni yaxshilik va yomonlik olami bor.
Yaxshilik olami Axura Mazda (Xurmuz) yomonlik olamiga Angra Manyu
(Axriman) boshchilik qiladi. Go'yo 3000 yil mobaynida bu ikki olam bir-biri bilan
to'qnashmagan. Yaxshilik va Nur olamini bilib qolgan Axriman unga qarshi kurash
ochmoqchi bo'ladi. Xurmuz bu kurashning oldini olib, ikkinchi uch ming yillikda
osmon, yer, suv, o'simlik, hayvonlar va boshqalar hamda birinchi insonni yaratdi.
Shundan so'ng uchinchi davr (6000-8999) kurash davri boshlandi. Yer yuzi turli
kuchlarning to‗qashuvi makoniga aylandi.
Axriman birinchi insonni o'ldirgan bo'lsa ham, lekin kishilik urug'ini yo'qotib
yubora olmaydi. To'rtinchi davr (9000-11999)da yaxshilik va kuch nurlari yomonlik
va zulmat ustidan g'alaba qozonadi. Ana shu ikki kuch o'rtasidagi kurash xalq og'zaki
ijodida Kayumars, Siyovush, Baxman va Doro, Mitra, Anaxita, Gerasp kabi
afsonaviy va mifologik obrazlarda mujasamlashgan.
Yunon mifologiyasiga ko‘ra, olamning yaralishi 3 ta asosiy bosqichlardan
iborat: dunyo qanday yaratilganligi, birinchi xudolar va odamlarning paydo bo'lishi
haqidagi dastlabki hikoyalarni o‘z ichiga olgan davr. Bu davr afsonalarida Xaos,
171
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Gaiya, Yerdan so'ng, tirik mavjudotlar uchun unumdor va xavfsiz makon qanday
paydo bo'lganligi, Tartarus (spektral olam) Eros bilan (muhabbatning hayotiy kuchi)
hosil bo'lganligi haqida hikoya qilinadi. Keyin zulmat (Erebos), tun (Nix), samoviy
va yerdagi yorug'lik (Eter va Hemera) va osmon (Uran) paydo bo'ldi. Ulardan
birinchi samoviy sulolani tugatgan boshqa xudolar va ilohlar paydo bo'ldi, masalan,
Gipnos (uyqu), Moiralar, Sikloplar va Gekatonchirlar (50 boshli hayvonlar).
Mana shu bosqichda xudolar o'rtasidagi birinchi to'qnashuvlar paydo bo'la
boshladi. To‘qnashuvlar Yunon mifologiyasida taniqli xudolardan bo'lgan ikkinchi
sulolaning paydo bo'lishiga olib keldi. Zevsning qizi Afina birinchi odamning
yaratuvchisi bo'lgan. Xudolar va odamlar asri ushbu bosqichda xudolardan odamlar
ko‗paya boshlaydi, xuddi Afrodita, Anxislar singari va odamlar xudolar haqida
xabardor bo'lib, ular bilan to'qnashuvlarni boshlaydilar. Prometey ilohiy olovni
o'g'irlagani bunga yaqqol misoldir.Qahramonlik davri - bu Troya urushi kabi yarim
xudolar va odamlar haqidagi hikoyalarning to'plami. Ushbu davrda buyuk
xudolarning obro'si yo'qoladi.
Qadimgi yunon miflari, barcha xalqlarning adabiyoti singari yunon adabiyoti
ham og'zaki xalq ijodi zaminida paydo bo'lgan. Yunon folkloridan juda kam
namunalar saqlanib qolgan bo'lsa ham, shularga, asosan, qadimda yunon xalqining
anchagina boy og'zaki adabiyoti boʻlganliginianiqlash mumkin. Ibtidoiy jamoa
kishilarining tabiat haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi afsona va asotirlar
yig'indisi qadimgi yunon mifologiyasini tashkil etadi. Uyg'onish davri (XIV-XVII a.)
Ovrupa ilm-u adabiyotida antic qahramonlarga qaytish, ularga murojaat qilish
kuzatiladi. O'qimishli insonlar tilida ilohlar, qahramonlarning nomlari tez-tez
takrorlanadi. Ularni yod etish, o'rganish, ularga taqlid qilish rusumga aylanadi.
Odamlarning tilida iloh Mars urush, Venera (Afrodita) muhabbat, iloha Nemezida
qasos, Minerva donishmandlikning ramziga aylanadi. Bu hol rus adabiyotiga ham
ko'chgan.
Chunonchi, A.S.Pushkin o'z she'rlarida ko'p bor san'at homiysi Apollonga
murojaat etadi. Antik davr madaniyati, jumladan, yunon mifologiyasining jahon
xalqlari taraqqiyotiga, san'at-u adabiyotiga ko'rsatgan ta'siri juda katta. Lekin aytish
joizki, yunon miflari ham yo'q joydan paydo bo'lgan emas, balki u ham o'z vaqtida
Sharq mifologiyasi, xususan, shumer madaniyati, mifologiyasi bulog'idan yetarlicha
suv ichgan. Afsuski, shu choqqacha bu tarixiy haqiqat ko'zdan panada qolib keldi.
Chunonchi, yunon mifologiyasida uchraydigan ayrim mavjudodlar ildizlarini shumer
adabiyotida uchratamiz. Misol uchun, yunonlarning boshi insonniki, tanasi otniki
bo'lgan kentavri yoki boshi hoʻkizniki, tanasi insonniki boʻlgan menotavriga o'xshash
172
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
mavjudodga shumerlarning "Bilgamish" dostonida duch kelamiz. Bilgamishni
jazolash uchun ilohlar tomonidan loydan yasab yuborilgan Eabanining ham boshida
shoxi, orqasida dumi boʻlib, yarim odam, yarim hayvon tarzida tasvirlanadi. Bunday
o'xshashliklarning faqat tasodifga yo'yib bo'lmaydi. Shunga qaramay, yunon
miflarining zamonaviy inson tasavvuri va tafakkuriga ko'rsatgan ta'sir daraja
xalqlarining totemizm, animizm, fetishizm bilan bog'liq qarashlari yaqqol
ifodalangan. Mifning paydo bo'lishi nafaqat olamni, ayni paytda, insonning o'z- o'zini
anglashga bo'lgan urinishi bilan ham bog'liq hodisa edi. Mif-afsonalar yurtma-yurt
kezib yuradigan qo'shiqchilar tomonidan ijro etilgan. Ularni yunonker aedlar deb
atashgan. Aedlar afsonalardan tashqari, turli madhiyalar va qo'shiqlarni ham ijro
etishgan. Mif, qo'shiq va madhiyalar esazamonlar o'tishi bilan Homer, Hesiod kabi
ko'plab shoirlar tomonidan ulkan dostonlarga aylantirilgan. Miloddan oldingi V
asrgacha yashab ijod qilgan Esxil, Sofokl, Evripid kabi ulug' yunon dramaturglari o'z
asarlarini, xususan, tragediyalarini ilohlar va qahramonlar haqidagi qadimgi miflar
negizida yaratganlar. Ammo mif bir joyda qotib turmaydi, aksincha, ijtimoiy ongning
o'sishi bilan u ham baravar harakatlanadi, davr muammolarini tushuntirib beradigan
holga keladi. Masalan, Zevs va uning atrofidagi ilohlar shunday evrilish natijasida
paydo bo'lgan. Ilohlarga qadar yer yuzini zamin-u osmon bolalari: Titanlar, dahshatli
maxluqlar devlar, tog'day katta yuz qo'lliklar, oyoqlar o'rnida ulkan ilonlar osilib
turadigan Gigantlar, bir ko'zli Sikloplar boshqargan ekan. Ular kimlar edi? Miflarda
aytilishicha, tabiatning yovuz kuchlari bo'lib, dunyoni boshqarganlar. Nihoyat,
chaqmoq va osmon ilohi Zevs kelib, ularni jilovlagan va dunyo hukmronligini o'z
qo'liga olgan. Zevs va uning yonidagi yangi ilohlar endi odam shaklida tasavvur
etilgan. Ularga insonlik sifatlari berilgan: ilohlar xuddi odamlar kabi talashib-
tortishishgan, yarashgan, har biri o'z ishi bilan mashg'ul boʻlgan, ya'ni oʻziga
ajratilgan "xo'jalik ishi"ni yurgizgan. Yangi ilohlarning odamlardan birgina farqi
shuki, ular abadiy yashar edilar. Ma'lumki, ibtidoiy jamoa tuzumida insonlar qabila-
qabila boʻlib yashaganlar. Lekin vaqtlar o'tib qabilachilik tuzumi yemrilishi va harbiy
aristokrat qatlamning kuchayib borishi natijasida oddiy tabaqaning ahvoli yanada
og'irlashadi. Tabiat kuchlari qarshisidagi vahima ustiga boylarning zulmi kelib
qo'shiladi. Ayni shu hol o'sha vaqtda odamlarning diniy e'tiqodida tub burilish
yasaydi.
Xulosa qilib aytganda, O'rta Osiyo mifologiyasi ko'proq tabiat bilan
uyg‗unlikda bo‗lishni, xudolar va tabiat kuchlarining birligini ulug‗lashni
ta'kidlaydi. Uning tasavvurlari ko'pincha tenglik, qahramonlik, va yashashning oddiy,
lekin kuchli tomonlarini aks ettiradi. Umuman olganda, har ikkala mifologiya o'z
173
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
xalqining dunyoqarashini va qadriyatlarini aks ettirgan bo'lib, ularning
madaniyatlarida hayotning murakkabligi va insonning tabiatga bo'lgan munosabati
orqali kuchli ma'naviy va axloqiy saboqlar beriladi. Orta Osiyo va qadimgi Yunon
mifologiyalari o'rtasidagi farqlar va o'xshashliklar ularning madaniyatlari, tarixiy
sharoitlari va diniy e'tiqodlariga bog'liqdir. O'rta Osiyo mifologiyasida tabiat bilan
uyg'unlik, jamoaviy birlik va xudolarni tabiatning kuchlari sifatida tasvirlash ko'proq
ahamiyatga ega, Yunon mifologiyasida esa xudolar ko'proq insonlarning hissiyotlari,
ehtiroslari va kurashlari bilan bog'liq. Ikkala mifologiya hamaxloqiy saboqlar va
qahramonlik hikoyalari orqali insoniyatning qadriyatlarini va dunyoqarashlarini aks
ettiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
N. Rahmonov ―O‗zbek adabiyoti tarixi‖ ―Sano-standart‖ nashriyoti
TOSHKENT – 2017.
2.
U. Hamdamov, O. Qosimov ―Jahon adabiyoti‖ (o‗quv qo‗llanma).- T:
―Barkamol fayz media‖, 2017.
3.
A. M. Gorkiy ― Adabiyot haqida‖ Toshkent – 1962.
4.
Arxiv.uz+
5.
Azamova S. A. PROBLEMS OF FORMATION OF ECOLOGICAL
CULTURE IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL GLOBALIZATION //BEST
JOURNAL
OF
INNOVATION
IN
SCIENCE,
RESEARCH
AND
DEVELOPMENT. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 743-749.
