179
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
BOLANI MAKTABDA O`QISHGA JISMONIY TAYYORLIGI
Madatova Dilnura Zohidjon qizi
Andijon davlat pedagogika institute Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2- bosqich
talabasi
Annotatsiya:
ushbu maqolada bolani maktabga jismoniy tayyorlash, uning
kelajakdagi muvaffaqiyatli o’qish jarayonini ta’minlash uchun juda muhimligi haqida
ma’lumotlar keltirilgan. Jismoniy tayyorgarlik nafaqat sog’lom o’sish uchun zarur,
balki bolaning o’ziga bo’lgan ishonchini, jamiyatga moslashuvini va maktabdagi
faoliyatiga ta’sir qiladi. Yaxshi jismoniy tayyorgarlik bolaga maktabda uzoq vaqt
davomida o’tirish, diqqatni jamlash, shuningdek, ruhiy va jismoniy charchoqni
kamaytirish imkonini berishi haqida yozilgan.
Kalit so’zlar:
rejim, maishiy sharoiti, lakkilab yurish, ertalabki badantarbiya,
chalinmaysan, ko’nikishi, maktab rejimi.
Аннотация:
В статье представлена информация о том, насколько важна
физическая подготовка ребенка к школе для обеспечения его будущего
успешного процесса обучения. Физическая подготовка не только необходима
для здорового роста, но и влияет на уверенность ребенка в себе, социальную
адаптацию и успеваемость в школе. Было написано, что хорошая физическая
подготовка позволяет ребенку дольше сидеть в школе, концентрироваться и
снижать умственную и физическую усталость.
Ключевые слова:
режим, условия жизни, хождение босиком, утренняя
физкультура, играть нельзя, привыкание, школьный режим.
Abstract:
This article provides information on the importance of preparing a
child for school, which is essential for ensuring their future successful learning
process. Physical fitness is not only necessary for healthy growth, but also affects the
child's self-confidence, adaptation to society and performance at school. It is written
that good physical fitness allows a child to sit for a long time at school, concentrate,
and also reduce mental and physical fatigue.
Keywords:
regime, living conditions, walking barefoot, morning physical
education, you can't play, getting used to it, school regime.
Bolalarni maktabga tayyorlashda salomatlik va jismoniy rivojlanganlikning
ahamiyati. O‘qish uchun bolalar anchagina jismoniy va aqliy kuch sarflashlari kerak.
Shuning uchun ota-ona bola maktabga borguniga qadar uning to‘g‘ri jismoniy
180
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
rivojlanishi va sog‘lom bo‘lib o‘sishi g‘amxo‘rlik qilishi juda muhimdir. Bola
hayotining rejimi. Odatda, sog‘lom bola kasalmand va zaif bolaga nisbatan maktab
rejimiga va butun dars davomida o‘zida jush urib turgan g`ayratlarini tiyib jim
utirishga tezroq ko‘nikadi. Har bir bola aniq kun tartibiga ongli ravishda rioya
qilishiga bog‘liq. Bolani maktab rejimiga tayyorlashda, uning sogligini
mustahkamlashda ertalab ma’lum vaqtda o‘rindan turish, ovqatlanish va uyquga
yotishga aniq rioya qilinishi kerak. Har bir oila mehnat faoliyatining xarakteri,
maishiy sharoiti, bolalarning soni va shu kabilarga o‘z yashash tartibini o‘rnatadi.
Biroq siz bir narsani, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolaning nonushtasi va tushligi
o‘rtasidagi oraliq 4 soatdan oshmasligini, tushlik va kechki ovqat o‘rtasidagi oraliq –
bir oz kattaroq (6-7 soat), buning orasida yengil ovqatlanish kechki choy bo‘lishi
kerakligini unutmasligingiz kerak. Bolaning bir sutkadagi uyqusi taxminan 11 soatni
tashkil qilishi kerak. Bola tushlikdan so‘ng 1-1,5 soat dam olishga odatlansin.
Kechqurun u doimo bir vaqtda, ya’ni 9 dan kechikmay uxlagani yotsin. Bola
miriqib uxlasin desangiz, quyidagi qoidalarga rioya qiling:
- bola uxlaydigan xonani yaxshilab shamollating;
- bolani uxlashga yotishdan oldin tishini tozalashga, yuz-qo‘li, buyni, oyogini
yuvishga odatlantiring;
- bolaga o‘rinda nonushta qilishga aslo yo‘l qo‘ymang;
- bolaning me’yoriy rivojlanishi uchun u toza havoda ko‘p harakat qilishi kerak.
Tengdoshlari bilan chopsin, sakrasin, narsalarga tirmashib chiqsin. Bola ochiq
havoda kish oylarida 4 soatdan kam bo‘lmasin, yozda esa deyarli butun kunini ochiq
havoda o‘tkazsin. Bolaga kun bo`yi tinim bilmay lakillab yurishga yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi, bunday ortiqcha o‘ynoqilikdan bola maktabning talabchan intizomiga
ko‘nikishi qiyin bo‘ladi.
Harakatli o‘yinlarning tinch faoliyatlar bilan almashinib turishini kuzatib borish
zarur. Bolaning kundalik rejimga amal qilishi uchun asosan, qat’iy nazorat lozim.
Bola kundalik rejimni bajarish majburiyligiga va hech qanday gap, iltimoslar,
ma’lum vaqtda ovqatlanmaslik hamda o`ynamaslikka sabab bo‘la olmasligiga
ko‘nikishi kerak. Shu bilan birga rejimning zarurligi va uning foydasini doimo
tushuntirib borish lozim. Masalan: “Ertalabki badantarbiya mashqlarini yaxshi
bajarding, endi kun bo‘yi tetik yurasan”,”Barakalla, gullarni tozalab yaxshi qilibsan.
Menga ancha yordaming tegdi”,”O‘z vaqtida ovqatlansang, tez o‘sasan hamda,
kasalga chalinmaysan” va shu kabilar. Rejimning qimmati bola faoliyatining har xil
turlarining almashinib turishini ta’minlashdir, bu esa yosh, o‘suvchi organizmni
charchashdan saqlaydi, bolaning har tomonlama kamol topishiga imkon beradi.
181
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Masalan, bola rasm solishga qiziqib ketib, stoldan 40 daqiqa davomida turmadi, lekin
u faol harakat qilishi, ya’ni o‘ynashi, chopishi kerak. Shuning uchun u o`ynab
bo‘lganidan keyingina unga tinch o‘yin yoki mashg‘ulotni tavsiya qilish mumkin.
Agarda ish shu yusinda ketsa, bola shunday tartibga rioya qilsa, u qay darajada
bo‘lmasin astasekin o‘z faoliyatini boshqarishga odatlanadi, bu uni kundalik va
maktab rejimining asosiy qoidalariga osongina ko‘nikishida katta ahamiyatga egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Илк қадам” давлат ўқув дастури. Тузувчилар: Грошева И.В., Евстафева
Л.Г., Маҳмудова Д.Т., ва бошқалар. – Тошкент, 2018 йил.
2. Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –
Tоshkent: Ilm ziyo, 2006.
3. Mavrulоv A. Ma`anaviy barkamоl insоn tarbiyasi. – Tоshkent: O‘zbekistоn,
2008.
4. Egamberdieva N. Ijtimоiy pedagоgika. – Toshkent: A.Navоiy nоmidagi
