Авторы

  • Рисолат Абдуллаева
    Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.98342

Ключевые слова:

: o‘yinli texnologiyalar metodik yondashuv boshlang‘ich ta’lim motivatsiya gamifikatsiya innovatsion metodlar.

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda o‘yinli texnologiyalarni qo‘llashning metodik xususiyatlari, ularning ta’limva uning samaradorligiga ta’siri, metodik yondashuvlari va real dars jarayoniga integratsiyasi yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘yinli yondashuvni takomillashtirish ham muhokama qilinadi.


background image

202

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘YINLI TEXNOLOGIYALARNI

QO‘LLASHNING METODIK XUSUSIYATLARI

Abdullayeva Risolat

Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti

risolatabdullayeva110@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda o‘yinli texnologiyalarni

qo‘llashning metodik xususiyatlari, ularning ta’limva uning samaradorligiga ta’siri,
metodik yondashuvlari va real dars jarayoniga integratsiyasi yoritilgan. Shuningdek,
zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘yinli yondashuvni takomillashtirish ham
muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar:

o‘yinli texnologiyalar, metodik yondashuv, boshlang‘ich ta’lim,

motivatsiya, gamifikatsiya, innovatsion metodlar.


Hozirgi kunda ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar o‘qitish uslublarini

zamonaviylashtirishni talab qilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida
ta’lim samaradorligini oshirishda o‘yinli texnologiyalarning o‘rni juda beqiyosdir.
Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘yin asosida o‘rganishga
yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar ularning fanlar va fanlarni o`rganishga bo‘lgan
qiziqishini kuchaytiradi. O‘yinli texnologiyalarning mohiyati va ahamiyati O‘yinli
texnologiyalar ta’lim jarayonida nafaqat ko‘ngilochar vosita sifatida, balki metodik
asosga ega ta’limiy vosita sifatida e’tirof etiladi. O`yinli texnologiyalar orqali
o‘quvchilar ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, muammolarni mustaqil hal
qilish kabi kompetensiyalarni rivojlantiradilar.

O‘yin — bu inson faoliyatining tabiiy hamda ijtimoiy ko‘rinishidir, unda

qatnashuvchilar belgilangan qoidalar asosida harakat qilib, o‘z malaka va
ko‘nikmalarini rivojlantiradi, ijodiy tafakkurini ishga soladi, his-tuyg‘ularini
namoyon qiladi va aksariyat hollarda bu faoliyat ko‘ngil ochish bilan yakunlanadi.

O‘yinli texnologiyalar — bu ta’lim jarayoniga o‘yin asosidagi elementlarni joriy

etish orqali darsni qiziqarli, interaktiv va samarali tarzda tashkil etishga qaratilgan
metodik yondashuvdir. Bu texnologiya o‘quvchilarning e’tiborini jalb qilish bilan
birga, ularni dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi.

Mashhur pedagog Seymur Papert konstruksionizm nazariyasida inson tajriba

orqali eng yaxshi o‘rganishini ta’kidlaydi. Shuningdek, Jeyms Pol Gi o‘yinlarning


background image

203

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

chuqur o‘rganishdagi o‘rnini alohida ta’kidlab, yaxshi ishlab chiqilgan o‘yinlar
tanqidiy fikrlashni rivojlantirishini isbotlagan.

O‘yinli texnologiyalarni dars jarayoniga qo‘shishda quyidagi metodik

elementlar muhim:

o

Maqsadga yo‘naltirilganlik: O‘yin aniq ta’limiy maqsadga xizmat qilishi

kerak.

o

Didaktik samaradorlik: Bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga

yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur.

o

Qiziqarlilik: O‘yin o‘quvchini jalb etib, motivatsiyani oshirishi kerak.

o

Qayta aloqa: Natijalarni tahlil qilish imkoniyati bo‘lishi lozim

O‘yinli texnologiyalarni boshlang‘ich fanlarga integratsiyalash juda muhim va u

quyida siz real dars namunasini ko`rishingiz mumkin:

Dars mavzusi: “Ko‘paytirish va bo‘lish amallarini mustahkamlash”
Fan: Matematika
O‘yin nomi: Matematik poyga Vazifalar: Guruhlarga bo‘lib, misollar yozilgan

kartochkalar tarqatiladi. Har bir to‘g‘ri javob “1 qadam” hisoblanadi. Eng ko‘p to‘g‘ri
javob bergan guruh g‘alaba qozonadi.

Bu o`tkazilgan o`yin natijasi quyidagicha bo’ladi: O`quvchilarda raqobat orqali

motivatsiya ortadi. Mustahkamlash darsi bo`lganligi sababli o’quvchilar o`tilgan
mavzu bo`yich bilimlarini mustahkamlanadi.Bolalarda jamoa va jamoada ishlash va
hamkorlik kompetensiyalari rivojlanadi.

Quyida siz o’yinli texnologiyalar darsda qanchalik samarali ekanligini Xorazm

viloyati Gurlan tumanida o`tkazilgan tajriba orqali ko`rishingiz mumkin:

Bu tajriba uchun ikkita sinf tanlandi. Tajribaviy sinf va nazorat guruhi.
Tajribaviy sinf: Oyinli texnologiyalar orqali dars o`tiladi.
Nazorat sinfi: An’anaviy usulda dars olib boriladi.

Ko’rsatkich

Tajribaviy sinf

Nazorat sinfi

Darsda o`quvchilar

faolligi

90%

68%

Mustaqil ishlash

ko`nikmasi

85%

60%

Qiziqish darajasi

Yuqori

O’rtacha

Baholash natijalari

4,5 (o`rtacha)

3,4 (o’rtacha)


background image

204

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O`yinlli texnologiyalarni ta`lim tizimida qo’llash yuqori samaradorlik bilan bir

qatorda qo`llash jarayonida turli xil qiyinchiliklar bo`lishi mumkin.

o

Birinchi qiyinchilik bu yuqori sifatlga ega bo`lgan o‘yin materiallari

yetishmasligi;

o

Ikkinchi qiyinchilik esa o‘qituvchilarning yetarli tayyorgarlikka ega

emasligi.

Bu kabi muammolarni hal qilish uchun o‘qituvchilar,va boshqa soha egalari

ya’ni dasturchilar va tadqiqotchilar o’rtasidagi hamkorlik katta ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda sun’iy intelekt kundan kunga rivojlanib bormoqda. Kelajakka nazar
tashlaydigan bo`lsak sun’iy intellekt yanada rivojlanishi va sun’iy intelekt yordamida
individual o‘yin rejimlari, blokcheyn orqali yutuqlarni kuzatish va o‘yinga
asoslangan baholash tizimlari yaratilishi kutilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, o‘yinli texnologiyalar boshlang‘ich ta’limda nafaqat

ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi, balki o‘quvchilarning shaxsiy
rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘tkazilgan amaliy kuzatuvlar natijasida,
bu texnologiyalar darslarni interaktiv, samarali va qiziqarli tarzda tashkil etishga
xizmat qilishi aniqlangan. Shu sababli, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv
jarayonida o‘yinli yondashuvlardan oqilona va tizimli foydalanishlari tavsiya etiladi.
Kelgusida ushbu metodlarning fanlar kesimidagi qo‘llanilishi va o‘quvchilarning
uzoq muddatli rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha chuqurroq tadqiqotlar olib borilishi
lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Papert, S. (1980). Mindstorms: Children, Computers, and Powerful Ideas.

Basic Books.

2. Gee, J. P. (2003). What Video Games Have to Teach Us About Learning and

Literacy. Palgrave Macmillan.

3. Jonassen, D.H. (1999). Designing Constructivist Learning Environments.

Educational Technology.

4. Qodirova, N. (2020). “Boshlang‘ich ta’limda innovatsion metodlar”, Ta’lim

va taraqqiyot, 3(5).

5. Karimov, Z. (2021). “Didaktik o‘yinlar va ularning metodik asoslari”,

Pedagogik izlanishlar, 2(1).

Библиографические ссылки

Papert, S. (1980). Mindstorms: Children, Computers, and Powerful Ideas. Basic Books.

Gee, J. P. (2003). What Video Games Have to Teach Us About Learning and Literacy. Palgrave Macmillan.

Jonassen, D.H. (1999). Designing Constructivist Learning Environments. Educational Technology.

Qodirova, N. (2020). “Boshlang‘ich ta’limda innovatsion metodlar”, Ta’lim va taraqqiyot, 3(5).

Karimov, Z. (2021). “Didaktik o‘yinlar va ularning metodik asoslari”, Pedagogik izlanishlar, 2(1).

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)