Авторы

  • Мохичехра Холикулова
    Navoiy davlat universiteti
  • Ф.х. Xоликулова
    Navoiy davlat universiteti

Биографии авторов

  • Мохичехра Холикулова , Navoiy davlat universiteti
    Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) yo‘nalishi 2-kurs magistranti
  • Ф.х. Xоликулова , Navoiy davlat universiteti
    Ilmiy rahbar:p.f.d.(DSc), dots.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.98347

Ключевые слова:

boshlang‘ich ta’lim tanqidiy tafakkur xorijiy tajriba muammoli o‘qitish mustaqil fikrlash Finlandiya modeli Singapur tajribasi P4C dasturi.

Аннотация

Mazkur maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarida tanqidiy tafakkurni rivojlantirishning ahamiyati yoritiladi hamda bu borada xorijiy mamlakatlar tajribasi (AQSh, Finlandiya, Singapur) asosida samarali metodlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xorijiy yondashuvlarni O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.


background image

231

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TANQIDIY TAFAKKURNI

RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING

AHAMIYATI

Xoliqulova Moxichehra Nodir qizi

Navoiy davlat universiteti Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich

ta’lim) yo‘nalishi 2-kurs magistranti

moxichehraxoliqulova75@gmail.com

Holikulova F.X.

Ilmiy rahbar:p.f.d.(DSc), dots.

Annotatsiya:

Mazkur maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarida tanqidiy

tafakkurni rivojlantirishning ahamiyati yoritiladi hamda bu borada xorijiy
mamlakatlar tajribasi (AQSh, Finlandiya, Singapur) asosida samarali metodlar ko‘rib
chiqiladi. Shuningdek, xorijiy yondashuvlarni O‘zbekiston ta’lim tizimiga
moslashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

boshlang‘ich ta’lim, tanqidiy tafakkur, xorijiy tajriba, muammoli

o‘qitish, mustaqil fikrlash, Finlandiya modeli, Singapur tajribasi, P4C dasturi.

THE IMPORTANCE OF USING FOREIGN EXPERIENCES IN

DEVELOPING CRITICAL THINKING AMONG PRIMARY SCHOOL

PUPILS

Abstract:

This article highlights the importance of developing critical thinking

among primary school students and examines effective methods based on the
experiences of foreign countries (USA, Finland, Singapore). It also analyzes the
possibilities of adapting these international approaches to the educational system of
Uzbekistan.

Keywords:

primary education, critical thinking, foreign experience, problem-

based learning, independent thinking, Finnish model, Singaporean approach. P4C.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni hamda

Boshlang‘ich ta’lim

Konsepsiyasida ta’kidlanganidek, o‘quvchilarni mustaqil,

mantiqiy, tanqidiy fikrlashga o‘rgatuvchi,

ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni

qo‘llab, ularga fan asoslarini chuqur o‘rgatish hozirgi

zamon boshlang‘ich ta’limining

asosiy vazifalaridan hisoblanadi.


background image

232

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Bugungi kunda o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishga yordam

beradigan, fikrlashga undaydigan, kerak bo‘lsa o‘z tanqidiy fikrini bemalol bildira
oladigan yangi pedagogik

texnologiyalardan foydalanish usullari ishlab chiqilgan.

Ushbu usullardan samarali foydalanish bugungi

kun pedagog xodimlari oldida turgan

eng muhim vazifalardan hisoblanadi.

Bugungi globallashuv davrida ta'lim sohasida yangicha yondashuvlar,

innovatsion metodlar va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda. Xususan, o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirish masalasi
zamonaviy ta’limda ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari hali shaxs sifatida shakllanish bosqichida bo‘lganliklari uchun
ularda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish nihoyatda muhimdir.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi hali hayotiy tajribaga ega emas, ammo u o‘z

atrofini kuzatadi, savollar beradi va ularni hal qilishga harakat qiladi. Ana shu
jarayonni samarali yo‘lga qo‘yish uchun pedagogik texnologiyalardan foydalanish
lozim bo‘ladi. Bu texnologiyalar orqali o‘quvchilar o‘ylashga, bahslashishga, fikr
bildirishga, muammoni har xil yo‘l bilan hal qilishga o‘rganadi. Masalan, “bosh miya
hujumi” usuli orqali o‘quvchilar berilgan mavzu yuzasidan fikrlarini to‘g‘rimi,
noto‘g‘rimi deb baholamasdan erkin ifoda etadilar. Bu esa ularning o‘ziga ishonchini
oshiradi va ijodiy tafakkurga yo‘l ochadi.

O‘quvchilarga tanqidiy fikrlash uchun eng avvalo, ularning o‘zlari mas’ul

ekanliklarini anglatish lozim. Pedagogning vazifasi tanqidiy fikrlashni rag‘batlantirib
turuvchi muhitni yaratishdangina iborat bo‘ladi.

Tanqidiy fikrlashni paydo qilish uchun quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:

o‘quvchida o‘ziga xos nuqtai-nazarni paydo qilish;

bir fikrdan boshqasining afazalligini asoslash mahorati;

murakkab muammolarni yechish mahorati;

bahsni dalillab olib borish;

yagona fikrni ishlab chiqish uchun birgalikda ishlash mahorati;

hayotiy tajribaning qarashlar va tasavvurlarga ta’sirini o‘rganish.

Tanqidiy tafakkur — bu bolaning voqea-hodisalarga faqat yuzaki qarab

qolmasdan, chuqur o‘ylashi, savollar berishi, muammoning sababi va oqibatini
tushunishga intilishi, o‘z fikrini asoslay olishi demakdir. Bugungi kunda ta’lim
jarayonining asosiy vazifalaridan biri — bolani tayyor bilim egasi emas, balki
izlanadigan, o‘rganuvchi va o‘z fikrini shakllantira oladigan shaxs sifatida
tarbiyalashdir.


background image

233

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Tanqidiy tafakkurni shakllantirish o‘qituvchidan katta mas’uliyat talab qiladi.

Har bir savol, har bir topshiriq bolani o‘ylantiradigan, izlanishga undaydigan bo‘lishi
kerak. O‘quvchining “nega?”, “qanday?”, “agar shunday bo‘lsa-chi?” kabi savollar
berishi, o‘z javobini dalillashi, boshqa fikrlarni tahlil qilishi uchun qulay muhit
yaratilishi lozim. Shu yo‘l bilan o‘qituvchi bolani tayyor fikrlarni qabul qiluvchi
emas, balki o‘z qarashlariga ega shaxs sifatida tarbiyalaydi.

Xorijda tanqidiy tafakkurni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi va bu

borada ilg‘or pedagogik texnologiyalar keng qo‘llaniladi. Quyida AQSH, Finlandiya,
Singapur tajribalari bilan tanishamiz::

AQSh tajribasi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida tanqidiy tafakkur ta’limning

asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Maktablarda “muammoli o‘qitish” (problem-
based learning) keng qo‘llaniladi. Bu usulda o‘quvchilarga real hayotdagi
muammolar taqdim etiladi va ular mustaqil guruhlarda muhokama qilib, turli
echimlar ishlab chiqadilar. Shuningdek, “loyiha asosida o‘rganish” (project-based
learning) orqali o‘quvchilar izlanish olib boradilar, dalillarga asoslangan fikr
bildiradilar. Shu bilan bir qatorda AQSHda o‘quvchilarda chuqur tanqidiy tafakkurni
rivojlantirish uchun Visible Thinking Routines, Thinking Maps singari o‘quv
dasturlaridan ham keng foydalaniladi.

Finlandiya tajribasi. Finlandiya ta’lim tizimi dunyoda eng ilg‘or tizimlardan biri

hisoblanadi. Bu yerda o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Darslar mobaynida o‘quvchilar mustaqil
izlanadi, tajribalar o‘tkazadi, savol-javoblarda faol ishtirok etadi. O‘qituvchilar esa
o‘quvchilarning har bir fikrini qadrlaydi va ularni rag‘batlantiradi. Finlandiyada
baholash tizimi ham rag‘batlantiruvchi xarakterga ega bo‘lib, tanqidiy fikrlashni
rivojlantirishga xizmat qiladi.

Singapur tajribasi. Singapurda esa “XXI asr ko‘nikmalari” konsepsiyasi asosida

ta’lim tashkil etilgan bo‘lib, bu ko‘nikmalar orasida tanqidiy fikrlash muhim o‘rin
tutadi. Maktablarda o‘yinli usullar, fikr xaritalari, infografikalar, grafikalar asosida
tahlil qilish mashqlari keng qo‘llaniladi. Bolalar dars davomida savollar beradi,
izlanadi, bir-birining fikrini tahlil qiladi.


background image

234

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL


Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, xorijda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida

tanqidiy fikrlashni rivojlantirish faqatgina ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan
chegaralanib qolmaydi. Turli xil platformalar, o‘quv dasturlari orqali ham tanqidiy
fikrlashni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratilgan. Masalan, P4C dasturi.

Philosophy for Children (P4C) dasturi bolalarda tanqidiy, mantiqiy va ijodiy

fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan ta’lim dasturidir.
Ushbu dastur 1970-yillarda amerikalik faylasuf va pedagog Matthew Lipman
tomonidan ishlab chiqilgan. Dastur asosan maktab yoshidagi bolalar uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, ular orasida muloqot va fikr almashinuvi orqali falsafiy va
tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan.

Dastur maqsadlari:
1. Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish: bolalarni muammolarni tahlil qilish,

savollar berish va muqobil yechimlarni ko‘rib chiqishga o‘rgatish.

2. Ijodiy fikrlashni rag;batlantirish: bolalarni yangi va noan’anaviy fikrlarni

ilgari surish va yangi g‘oyalar yaratishga undash.

3. Mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish: bolalarni dalillarni tahlil

qilish, asoslantirilgan xulosalar chiqarish va o‘z fikrlarini mantiqan asoslashga
o‘rgatish.

4. Aloqa va muloqot ko‘nikmalarini oshirish: Bolalarni o‘z fikrlarini aniq va

ravon ifoda etish, boshqalarni tinglash va fikrlarini hurmat qilishga o‘rgatish.

P4C dasturining afzalliklari:
-

bolalarda tabiat va atrofdagi dunyo haqida qiziquvchanlikni oshiradi;

-

o‘z fikrini erkin ifoda etish va himoya qilish orqali bolalarda o‘ziga bo‘lgan

ishonch ortadi.


background image

235

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

-

jamoaviy muloqot va hamkorlik orqali bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalar

rivojlanadi;

-

o‘zgacha fikrlashga nisbatan bag‘rikenglik rivojlanadi;

-

o‘quvchilarning savol berish madaniyati shakllanadi;

-

o‘z fikrini asoslash, dalillash ko‘nikmasi mustahkamlanadi.

Philosophy for Children (P4C) dasturi hozir ham mavjud va butun dunyo

bo‘ylab keng qo‘llanilmoqda. Bu dastur ko‘plab maktablarda va ta’lim
muassasalarida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda va o‘qituvchilar hamda pedagoglar
tomonidan

bolalarda

tanqidiy

va

ijodiy

tafakkurni

rivojlantirish

uchun

foydalanilmoqda. Bu dasturning hozirgi kunda tarqalish darajasi quyidagicha:

1. Xalqaro tarqalish: P4C dasturi AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada,

Yangi Zelandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va ko‘plab Yevropa mamlakatlari kabi
turli davlatlarda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Har bir mamlakatda dastur o‘ziga
xos tarzda moslashtirilgan va milliy ta’lim tizimiga integratsiya qilingan.

2. Tadqiqotlar va resurslar: P4C dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘plab

tadqiqotlar o‘tkazilmoqda va yangi resurslar yaratilmoqda. Ushbu tadqiqotlar
bolalarda tanqidiy va ijodiy tafakkur ko‘nikmalarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatayotganini ko‘rsatmoqda.

3. O‘qituvchilarni tayyorlash: P4C dasturini samarali amalga oshirish uchun

o‘qituvchilar va pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishadi. Ushbu tayyorgarlik
dasturlari orqali ular bolalarda tanqidiy va ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi
metodlarni o‘rganishadi.

4. Onlayn resurslar: Hozirgi kunda P4C dasturiga oid ko‘plab onlayn resurslar

mavjud. Bu resurslar o‘qituvchilar va ota-onalar uchun mashg‘ulotlar, qo‘llanmalar
va metodik materiallarni o‘z ichiga oladi. Masalan, “The Philosophy Foundation” va
“SAPERE” kabi tashkilotlar P4C bo‘yicha resurslarni taklif etadi.

5. Konferensiyalar va seminarlari: P4C bo‘yicha xalqaro konferensiyalar va

seminarlar muntazam o‘tkazilib, tajriba almashinuvi va yangi metodik yondashuvlar
muhokama qilinadi. Bu tadbirlar pedagoglar va tadqiqotchilar uchun yaxshi
platforma bo‘lib xizmat qiladi.

P4C dasturi hozirgi kunda ham dolzarb bo‘lib, bolalarning tanqidiy va ijodiy

tafakkurini rivojlantirishda katta rol o‘ynamoqda. Bu dastur orqali bolalar nafaqat o‘z
fikrlarini ifoda etish va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi, balki
jamiyatda faol va ongli fuqaro bo‘lish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy ko‘nikmalarni
ham o‘zlashtiradilar.


background image

236

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O‘zbekiston ta’lim tizimiga xorijiy tajribalarni moslashtirish imkoniyatlari.

Xorijiy yondashuvlarni o‘zbek ta’lim tizimiga tatbiq qilishda mahalliy mentalitet,
mavjud infratuzilma va pedagoglarning tayyorgarlik darajasi hisobga olinishi zarur.
Quyidagi yondashuvlarni amaliyotga tatbiq qilish mumkin:

-

darslarda guruhli ishlar va erkin munozaralar tashkil etish;

-

o‘quvchilarni mustaqil izlanishga undaydigan savollar berish;

-

tanqidiy fikrni rivojlantiruvchi materiallar (jadval, diagramma, grafik, onlayn

platformalar, dasturlar)dan foydalanish;

-

har bir mavzuga oid muammoli vazifalar tayyorlash;

-

o‘yin texnologiyalarini joriy etish.

Shuningdek, o‘qituvchilarning tanqidiy tafakkurga oid bilim va ko‘nikmalarini

oshirish bo‘yicha malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yilsa, o‘quvchilarda mustaqil
fikrlash, ijodkorlik tanqidiy fikrlash singari ko‘nikmalarni rivojlantirishda anchagina
samarali yutuqlarga erishish mumkin..

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy tafakkurni shakllantirish ularning

shaxs sifatida rivojlanishiga, mustaqil fikr yurita olishiga, har qanday holatga ongli
yondasha olishiga xizmat qiladi. Xorijiy tajribalarni o‘rganish va ular asosida milliy
model yaratish O‘zbekiston ta’lim tizimi samaradorligini oshirishda muhim omil
hisoblanadi. Pedagoglar bu borada asosiy vositachilar sifatida o‘z ustida muntazam
ishlashlari zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Abdullayeva B.S., Safarova R.G., Bahromov A. va boshqalar. Boshlang‘ich

ta’lim konsepsiyasi.. – T.: 2015.

2.Xodjiyeva F.O. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish. Monografiya.

Toshkent: “Fan” nashriyoti. 2008. – 13-bet.

3.https://www.sapere.org.uk/.
4.https://www.montclair.edu/iapc/.

Библиографические ссылки

Abdullayeva B.S., Safarova R.G., Bahromov A. va boshqalar. Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi.. – T.: 2015.

Xodjiyeva F.O. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish. Monografiya. Toshkent: “Fan” nashriyoti. 2008. – 13-bet.