268
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDAGI O‘Z-O‘ZINI ANGLASH VA
IJTIMOIY HAYOTDAGI O‘RNINI ANIQLOVCHI RENE JILYE TESTI
(4-sinflarda o‘tkazilgan tajriba misolida)
Xolyigitova Nasiba Xabibullayevna
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor
v.b, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Adinamatova Dono Ilxom qizi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi 4-bosqich
talabasi
Annotatsiya:
Maqolada zamonaviy ta’lim talabiga aylanayotgan o‘z-o‘ziga
baho berishni aniqlashtiruvchi test “Rene Jilye” testi haqida, uning maqsadi va
vazifasi, topshiriqlari, shkalalari, o‘tkazilishida kerakli jihozlar, 4-sinflarda
o‘tkazilgan tadqiqot testi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so`zlar:
Baholash
,
Rene Gille, rasmli, so‘zli topshiriq, shkala, itimoiy
munosabatlar, muhit, tajriba-sinovlari, natijalar.
Annotation
: The article reflects on the “Rene jilye” test, a test that clarifies self-
assessment that is becoming a modern educational requirement, its purpose and
function, tasks, scales, necessary equipment in the experiment, a research test
conducted in Grades 4.
Keywords:
Assessment, Rene Gille, pictorial, verbal assignment, scale,
emotional relationship, environment, Experience-tests, results.
Hozirgi kunda baholash bo‘yicha ko‘plab o‘zgarishlar kiritilyapti. Hattoki,
o‘quvchilarda o‘ziga ishonch, motivatsiyani shakllantirishda o‘z-o‘zini baholash
konsepsiyasi xorijiy va davlat maktablarida shakllanib, rivojlantirilmoqda. Ushbu
maqola orqali o‘zini baholashni ko‘rsatib beruvchi test bilan tanishasiz.[5]
Rene Jilye testi (Fransuzcha “Test de Rene Gille) – o‘quvchilarning ijtimoiy,
hissiy rivojlanishini baholashga qaratilgan, bolalarni ijtimoiy muhitdagi o`rnini
aniqlashga yordam beruvchi psixologik test hisoblanadi.[1] Ushbu Rene Jilye
metodikasi 1959-yilda fransuz psixologi Rene Gille tomonidan o`rganilib,
psixologiyaga kiritilgan. Rene jilye testini 4 yoshdan 12 yoshgacha bo`lgan bolalarda
o`tkazish talab etiladi. Testning maqsadi:
269
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
O‘quvchining ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, do‘stlari, o‘qituvchilari va
tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabatlarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat. Undan
tashqari bu test oquvchining o‘zini qanday qabul qilishi, oz-oziga bahosi, ijtimoiy
moslashuv darajasini ko`rsatib beradi.
Rene Jilye testi 12 ta shkala va 42 ta topshiriqdan iborat. Ularning 25 tasi rasmli
topshiriq bo`lib, oquvchi turli vaziyatlar tasvirlangan rasmlarga qaraydi va o‘zini u
yerda qanday o‘ringa qo‘yishini ifodalaydi. 17 tasi esa matnli topshiriq bo‘lib,
o‘quvchi turli vaziyatlar haqida o‘qib o`z fikrini bildiradi (u o‘sha vaziyatda nima
qilar edi). Bu topshiriqlar orqali hissiy munosabatlarni aniqlash mumkin. Masalan,
oila a’zolari bilan yaqinlik yoki uzoqlik kabi munosabatlar.
Ushbu testdan qaysi holatlarda foydalanish mumkin?
Ota-ona bilan munosabatlarni aniqlashda
O ‘qituvchi yoki tengdoshlari o‘rtasidagi munosabatlarni baholashda
Bolaning hissiy muammolarini aniqlashda
O‘zga baho berish darajasini aniqlashda
Testni olib borilishi. Test o‘tkaziladigan muhit erkin, tinch bo‘lishi zarur.
Bolaga testni har bir topshirig‘ini chuqur va oson tarzda tushuntirish talab etiladi.
Iloji bo‘lsa sinfda ko‘p o‘quvchi bilan o‘tkazilayotgan paytda topshiriqni navbat bilan
tuhuntirish va bajarish bilan birgalikda olib borish samarali bo‘ladi. Bolaga bu
topshiriqda to‘g‘ri va noto‘g‘ri javob yo‘qigini va o‘zini qanday his qilsa shunday
javob berilishi oldindan tushuntiriladi. Ushbu testni qog`oz variantda o‘tkazish ancha
qulay.
Rene Jilye tasti.
№
Shkala nomlari
Topshiriqlar soni
1
Onaga munosabat
1-4, 8-15, 17-19, 27, 38, 40-42
2
Otaga munosabat
1-5, 8-15, 17-19, 37, 40-42
3
Ota-ona juftligi sifatida ota-onaga
munosabat
1-4, 6-8, 14, 17, 19
4
Aka-uka yoki opa-singillar bilan
munosabat
1, 2, 4, 5, 6, 8-19,30, 40, 42
5
Bobo-buvilar bilan munosabat
1, 4, 7-13, 17-19, 30, 40, 41
6
Do`stga (dugonaga) munosabat
1, 4, 8-19, 25, 30, 33-35, 40
7
O‘qituvchiga
(yoki
obro‘si
kattalarga) munosabat
1, 4, 5, 9, 11, 13, 17, 19, 26, 28-30,
32, 40
8
Qiziqish
5, 22-24, 26, 28-32
270
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
9
Bolalarning
katta
guruhlarida
muloqot qilishi
16, 22-24
10
Bolalar
guruhida
ustunlik,
yetakchilik
20-22, 39
11
Xulq-atvorning
ijtimoiy
adekvatligi
9, 25, 28, 32-38
12
Yolg‘izlik, izolyatsiya qilish istagi 9, 10, 14-16, 17, 19, 22-24, 29, 30,
40-42
Testning topshiriqlari.
1.
Mana stulda turli odamlar o‘tiribdi. 2. X qo‘ying qayerda siz
Qaysi biri sensan? o`tiryapsiz?
3. Siz o‘zingiz o‘tirgan joyingizni
belgilang.
4. Endi bu stol atrofida bir nechta
odamni va o‘zingizni joylashtiring.
5. Stol boshida siz yaxshi bilgan odam
o‘tirgan.Qayerda o‘tirardingiz?
6. Oilangiz bilan dam olishni o‘tkazadi-
gan uydasiz. O‘zingiz uchun xona tanlang
7.Siz uzoq vaqtdan beri do‘stlaringiz
bilansiz. Siz qaysi xonani tanlagan
bo‘lardingiz?
8.Yana siz do‘stlaringiz bilansiz. Ba’zi
odamlarni xonalar va o‘z xonangizni
belgilang.
271
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
9.Bir kishiga sovg‘a berishga qaror qilindi. Siz berishni xohlaysizmi? Kimga
berardingiz?
10. Sizda bir necha kun ta’tilga chiqishingizga imkoningiz bor, lekin siz
boradigan joyda faqat 2 ta bepul joy bor: biri siz uchun, ikkinchisi boshqa odam
uchun. O‘zingiz bilan kimni olib ketardingiz?
11. Siz juda qimmat narsani yo‘qotdingiz. Bu muammo haqida birinchi bo‘lib
kimga aytasiz?
12. Tishingiz og‘riyapti va tishingizni oldirish uchun tish shifokoriga borishingiz
kerak. Siz yolg‘iz ketasizmi? Yoki kimdir bilanmi? Agar kimdir bilan ketsangiz, u
kim?
13. Siz imtihondan o ‘tdingiz. Bu haqida birinchi bo‘lib kimga aytasiz?
18. Sizga va boshqalarga sovg‘alar
berildi.
Kimdir
boshqalardan
ko‘ra
yaxshiroq sovg‘a oldi. Uning o‘rnida kim
bo‘lishi xohlaysiz?
19. Siz uzoq safarga ketyapsiz, oilangizdan uzoqdasiz. Kimni ko‘proq
sog‘inardingiz?
14. Siz shahar tashqarisida sayrdasiz.
Qayerda ekanligingizni X bilan belgilang.
15. Do‘stlaringiz bilan sayrdasiz.
Qayerdaligingizni X bilan belgilang.
16. Siz qayerdasiz?
17.Endi bu rasmga bir nechta odamni va
o‘zingizni joylashtiring.
20. Do ‘stlaringiz sayrga chiqishadi. Siz
qayerdasiz?
21. Bu bolalar maydonchasi. Qayerda
ekanligingizni belgilang.
272
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
22. Kim bilan o ‘ynashni yoqtirasiz: Yoshingizdagi do ‘stlaringiz? Sizdan
kattami? Sizdan yoshmi?
25. Do‘stlaringiz sizni ataylab turtib,
yiqitdi. Siz nima qilasiz: yig‘laysizmi? O‘qituvchiga shikoyat qilasizmi? Uni
urasizmi? Hech narsa demaysizmi?
26. Onangizga ko‘p yordam berasizmi? Kamdan-kam holatlarda? Har doim?
23. Mana bu sizning o ‘rtoqlaringiz. Siz
o‘zingizni belgilang.
24. Bu o‘yin qoidalari ustida janjallashayot-
gan do‘stlaringiz. Siz o‘zingizni belgilang.
27. Mana sizga yaxshi tanish odam.
O‘tirganlarga nimadir deyapti. Siz qaysi
odamsiz?
28.Bu odamlar stol atrofida. Ulardan biri
nimanidir tushuntiryapti, siz
tinglovchilardan qay birisiz?
29.Siz va do‘stlaringiz bilan sayrdasiz.
O‘qituvchi sizga nimalarnidir
tushuntiryapti. Tinglovchilardan qaysi
biri siz?
30. Yurish paytida hamma o‘tga o‘tirdi.
Qayerda siz o‘tiribsiz?
31. Bu odamlar qiziqarli ko‘rsatuvni
tomosha qilishyapti. Siz qayerdasiz?
32. O‘qituvchi o‘quvchilarga jadvalni
ko‘rsatyapti. Siz qaysi o‘quvchisiz?
273
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
33. O‘rtoqlaringizdan biri ustingizdan kuldi. Siz nima qilasiz: Yig‘lamoqchisiz?
Siz uning ustidan kulasizmi? Indamaysizmi?
34. O‘rtoqlaringizdan biri do‘stingiz ustidan kulyapti. Siz nima qilasiz:
Yig‘laysizmi? Indamaysizmi? Uning ustidan kulasizmi? Urasizmi?
35. Do‘stingiz ruxsatsiz ruchkangizni oldi. Siz nima qilasiz: Yig‘laysizmi?
Shikoyat qilasiz? Baqirasizmi? Urasizmi? Indamaysizmi?
36. Siz lotto yoki shashka o‘ynayapsiz va ketma-ket ikki marta yutqazdingiz.
Nima qilasiz: Yig‘laysizmi? O‘yinni davom ettirasizmi? Hech narsa demaysizmi?
G‘azablanishni boshlaysizmi?
37. Otangiz sizga sayr qilishga ruxsat bermayapti. Siz nima qilasiz: Javob
bermaysizmi? Yig‘lay boshlaysizmi? E’tiroz bildirasizmi? Ta’qiqqa qarshi chiqishga
harakat qilasizmi?
38. Onangiz sayrga chiqishga ruxsat bermayapti. Siz nima qilasiz: Javob
bermaysizmi? Yig‘lay boshlaysizmi? E’tiroz bildirasizmi? Ta’qiqqa qarshi chiqishga
harakat qilasizmi?
39. O‘qituvchi chiqib, sizga sinfni nazorat qilishni ishonib topshirdi. Siz bu
topshiriqni bajara olasizmi?
40. Siz oilangiz bilan kinoga borgansiz. Kinoteatrda ko‘plab bo‘sh o‘rindiqlar
mavjud. Qayerda o‘tirasiz? Siz bilan kelganlar qayerda o‘tirishadi?
41. Kinoda bo‘sh o‘rindiqlar ko‘p.
Sizning qarindoshlaringiz allaqachon o‘z
joylarida. O‘zingizni belgilang
42. Yana kinodasiz. Qayerda o‘tiribsiz?
274
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Yuqorida
testni
mohiyati
bilan
tanishdingiz. Ushbu testni Vosiq xalqaro
maktabi 4-sinf o‘quvchilarida tajriba
qilib o‘tkazib ko‘rdim. Tajribada 42
nafar o‘quvchi faol qatnashdi. Ulardan
52 % i (22 nafar) o‘g‘il va 48%i (20
nafar) qiz.
Natijaga ko‘ra qiz bolalarning
ko‘rsatkichi quyidagicha:
Ularning
3
nafarida
Liderlik
qobiliyati kuchli ammo atrofdagilar bilan munosabatlari har xil natijaga ega. 4
nafarida esa Yolg‘izlikka bo‘lgan moyillik kuchli bo‘lib 50 %i bu holatda o‘zining
qiziqishi bilan band bo‘lishini ko ‘rsatmoqda. 2 nafar o‘quvchida bobo-buvi bilan
(aka-uka, opa-singil) bilan munosabati qolganlarga qaraganda dominant. 4 nafar
o‘quvchida esa aksincha, do‘st yoki o‘qituvchi bilan munosabati yuqori darajada.
Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, eng yuqori natija sifatida 7 nafar o‘quvchi
tomonidan ota-ona bilan munosabat qayd etilgan.
O‘g‘il bolalarning ko‘rsatkichi esa quyidagicha:
Ularda Liderlik qobiliyati 5 nafar o‘quvchida aniqlangan. Yana 5 nafar
o‘quvchida Yolg‘izlik ko ‘rsatilmoqda. 1 nafar o‘quvchida bobo-buvi (aka-uka, opa-
singil) bilan munosabat qolganlarga qaraganda kuchliroq. 2 nafar o‘quvchida esa bu
ko‘rsatkich do‘st yoki o‘qituvchi bilan munosabatni aks ettirmoqda. Qiz o‘quvchilar
kabi Ota-ona bilan munosabat eng yuqori darajani ko‘rsatayotganini aniqladim.
O'g'il
52%
Qiz
48%
O'g'il
Qiz
0
1
2
3
4
5
6
7
Ota-ona bilan munosabat
Do`st yoki o'qituvchi bilan munosabat
Bobo-buvi bilan munosabat
Yolg'izlik
Liderlik
Qiz bolalarning ko`rsatkichi
275
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Xulosa, ushbu test rasmli topshiriqlarga boy bo‘lganligi sababli o‘quvchilar
uchun juda qiziq. Bu topshiriqlar orqali o‘quvchini psixologik tomonlama boshqalar
bilan munosabatini o‘rganish, ulardagi muammoni va o‘ziga beradigan bahosini
aniqlash mumkin. Yuqorida bayon etilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki,
Rene Jilye testi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘z-o‘zini anglash darajasi,
ijtimoiy munosabatlardagi faolligi hamda shaxslararo aloqalardagi hissiy holatini
aniqlashda samarali vosita hisoblanadi. Test yordamida o‘quvchilarning o‘ziga
bo‘lgan ishonchi, ota-ona, o‘qituvchi, do‘stlar bilan bo‘lgan munosabatlari,
yolg‘izlikka moyilligi, yetakchilik xususiyatlari kabi bir qator psixologik holatlar
aniqlandi.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qiz va o‘g‘il bolalar orasida o‘zgaruvchan
individual farqlar mavjud bo‘lib, ularning ijtimoiy muhitga munosabati, o‘z o‘rnini
anglash darajasi va hissiy reaksiya berish usullari turlicha shakllanmoqda. Jumladan,
qiz bolalarda ota-ona bilan iliq munosabatlar, ijtimoiy muvofiqlik yuqori darajada
kuzatilgan bo‘lsa, o‘g‘il bolalarda esa liderlik xususiyatlari va mustaqil qaror qabul
qilishga moyillik kuchliroq namoyon bo‘ldi.Rene Jilye testining mazkur shakli
boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilar psixologik portretini yaratish, ularga
individual yondashuvni shakllantirish hamda ijtimoiy-emotsional rivojlanishni
qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ushbu testdan
foydalangan holda pedagoglar va psixologlar bolalar bilan ishlash jarayonida aniq
yo‘nalish va yondashuvlar ishlab chiqishlari mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Gille, R. (1959).
Test de Rene Gille: Méthode d'évaluation du développement
social et affectif de l'enfant
. Paris: Presses Universitaires de France
0
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Ota-ona bilan munosabat
Do`st yoki o'qituvchi bilan munosabat
Bobo-buvi bilan munosabat
Yolg'izlik
Liderlik
9
2
1
5
5
O'g'il bolalarning ko`rsatkichi
276
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2.
Sharipov, Sh. (2007).
O‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash xususiyatlari
.
Toshkent: O‘zbekiston pedagogik nashriyoti.
3.
Abdullaeva, N. (2020).
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida psixologik
xususiyatlar va o‘z-o‘zini anglash
. Ilmiy maqola, Toshkent.
4.
Zufarova M.E. (2010). Umumiy psixologiya. Toshkent. Milliy jamiyat
nashriyoti
5.
Назарова, З.Т. (2020). O‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash
ko‘nikmalarini shakllantirishda psixologik yondashuv. //
Psixologiya va hayot
, №4,
34–38-betlar.
