Авторы

  • Назокат Астанаева
    O‘zbekiston respublikasi Oriental universiteti

Биография автора

  • Назокат Астанаева , O‘zbekiston respublikasi Oriental universiteti
    2 kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.98356

Ключевые слова:

Jadid Behbudiy haftiyak qizlar ta’limi otinoyilar Fitrat Ayniy maktab teatr xorijiy tajriba gendir tenglik bola tarbiyasi.

Аннотация

Ushbu maqola XIX asr oxiri – XX asr boshida Turkiston jadid maʼrifatparvarlarining xotin-qizlar masalasida qarashlari, xususan, jamiyat hayotida xotin-qizlar oʻrni va roli, ularning savodxonlik darajasi, bu borada jadidlarning olib borgan saʼyi- harakatlari, xotin-qizlarni bilimli qilish, yangi usul maktablariga ularni jalb etish kabi qarashlari tahlil etilgan.


background image

281

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

JADID TARAQQIYPARVARLARIDA XOTIN QIZLAR ROLI

Astanayeva Nazokat Toshtemirovna

O‘zbekiston respublikasi Oriental universiteti 2 kurs magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqola XIX asr oxiri – XX asr boshida Turkiston jadid

maʼrifatparvarlarining xotin-qizlar masalasida qarashlari, xususan, jamiyat hayotida
xotin-qizlar oʻrni va roli, ularning savodxonlik darajasi, bu borada jadidlarning olib
borgan saʼyi- harakatlari, xotin-qizlarni bilimli qilish, yangi usul maktablariga ularni
jalb etish kabi qarashlari tahlil etilgan.

Kalit soʻzlar:

Jadid, Behbudiy, haftiyak, qizlar ta’limi, otinoyilar, Fitrat, Ayniy,

maktab, teatr, xorijiy tajriba, gendir tenglik, bola tarbiyasi.

Аннотация:

В данной статье рассматриваются взгляды просветителей-

джадидов Туркестана на проблему женщин в конце XIX – начале XX века, в
частности, их представления о роли и месте женщин в общественной жизни,
уровне их грамотности, а также усилия джадидов по повышению
образовательного уровня женщин, привлечению их в новые методические
школы.

Ключевые слова

: джадиды, Бехбудий, «хафтияк», женское образование,

отинойи, Фитрат, Айни, школа, театр, зарубежный опыт, гендерное равенство,
воспитание детей.

Abstract:

This article analyzes the views of Turkestan's Jadid enlighteners on

the women's issue in the late 19th and early 20th centuries, particularly their
perspectives on the role and position of women in society, their literacy levels, the
efforts made by the Jadids to educate women, and their initiatives to involve women
in modern-method schools.

Key words

: Jadid, Behbudiy, Haftiyak, girls’ education, otinoyis, Fitrat, Aini,

school, theater, foreign experience, gender equality, child upbringing.


XIX asr oxiri – XX asr boshida oʻlkadagi maʼnaviy hayotga nazar tashlaydigan

boʻlsak, XIX asr oxiri – XX asr boshida ommalashgan otinchilik qizlar uchun
boshlangʻich taʼlim vazifasini ado etdi, ularga bibi xalifa yoki bibi otinlar dars
berganlar. Maktab yillarida qizlar oʻz bibiotinlari boshchiligida asosan, “Haftiyak”ni
Qurʼonning 2-3 ta surasini oʻqib oʻrganganlar. Qurʼonning boshqa suralarini esa
uylarida oʻrgatishgan. “Qizlar uchun ilm mutlaqo ortiqcha, qizlarni tikish, bichish va
toʻqishga oʻrgatinglar, oʻqish va yozishni chetga surib qoʻyinglar”, - degan


background image

282

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

jamoatchilik fikrining mavjudligi adabiyotlarda keltiriladi. Kamdan-kam qizlar
oʻqishga oʻrgatiladi, undan ham kam hodisalarda yozishga, qizlarning koʻpchiligi
asosan kunduzgi ibodat, namoz oʻqish bilan band edi. Turkistondagi maktablarda
qizlar koʻprok fors va turk sheʼriyatini oʻrganib, yozuvga kam eʼtibor berganlar.
Maktablarni tugatishlari bilan qizlarning oʻqishiga yakun yasalgan. Baʼzi joylarda
qizlar maktabi boʻlsada, ota-onalar bir yildan keyinoq qizlarining oʻqishini toʻxtatib
qoʻyar, odatda ularni juda yosh turmushga berib yuborardilar. Bularning barchasi
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida turkiston maktab-maorifining oʻziga xos
xususiyatlaridan biri edi.

Jadidlar farzandlar tarbiyasi ayollar qoʻlida ekanligi alohida taʼkidlaganlar.

Sadriddin Ayniy bu haqida quyidagi fikrni bildirgan edi: “Agarda xotun kishi tarbiyat
topgan, savodli boʻlsa, farzandini ham tarbiyat qilib taraqqiylik odami qiladur.[1]
Birinchidan, diniy, va dunyoviy bilimlarni mukammal oʻqitadigan yangi jadid
maktablari tashkil etib, millatning kelajagi boʻlgan farzandlarni komillik darajasiga
koʻtarish. Ikkinchidan, jurnallar tashkil qilib omma ongini oshirish, Uchinchidan,
teatr turuppalari tashkil qilib, xalqning baʼzi yomon illatlarini fosh etib, madaniy
oshirishni maqsad qilib oldi.

Behbudiy bola tarbiyasida oilaning, maktabning rolini koʻrsatar ekan, ularning

jismoniy, gigenik tarbiyasiga ham eʼtibor qaratmoq lozim ekanligini oʻqtiradi.
Bunday qarashlarni uning “Hifzi sihati oila” (Oilaning salomatligini saqlash)
maqolasida bayon etadi. “Bolalarning yosh vaqtlaridan ishqiy gʻazallar oʻqishlariga
yoʻl qoʻymaslik, kerak deydi. Ayniqsa, qizlar tarbiyasi haqida gapirib, bunda oʻta
ehtiyotkorlik lozim deydi. Oʻn toʻrt yoshga toʻlgan qizlarni bu vaqtda nihoyat diqqat
bilan oʻtkazib, ularni zohiriy va botiniy va tarbiyalarini hifzi sihat va shariat taklifigʻa
muvofiq etmoqlari kerak. Bu holda qizlarni vujudini quvvatsiz etadurgan har xil
taomlardan saqlab ham issiq liboslarni kiygʻizmoq kerak” [2] - deydi oʻz maqolasida.
Behbudiy. Toʻy-maʼrakalarga ketadigan befoyda pullarga bolalarni hukumat
maktablariga berib, bu puldan talabalarni Makka va Madina, Misr, Istanbul va
Rossiya dorilfunun va dorusanolarigʻa yuborilib,diniy,dunyoviy va zamonaviy
odamlar yetishtirishni yoqlab chiqadi.

Hattoki, Ismoilbek Gasprinskiy ham “Dorur-rohat” asarida ham amirning

rafiqasi Xadichabonuning davlatni boshqarish ishlariga aralashishi, ayollar qozi
(sudya) kabi turli vazifalarda ishlashi toʻgʻrisida yozar ekan, bu bilan xotin-qzlarning
ijtimoiy faoliyatida erkaklardan kam ish bajarmasligini koʻrsatadi” [3] - deb yozadi.

Shuning uchun ham jadidlar musulmon xotin-qizlarini ozodlikka chiqarishga,

teng huquqli boʻlishga, shu bilan taraqqiyot yoʻliga, ilm-fan, maʼrifatga, dunyoviy


background image

283

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ishlarni oʻrganishga chaqirganligi, undaganligi ularning xizmatlari beqiyosligini
koʻrsatardi. Eng asosiysi, erkaklar bilan teng huquqda jamoat ishlarida qatnashishlari,
saylovlarda

ishtirok

etishlari

uchun

qilgan

saʼy-harakatlari

Turkiston

maʼrifatparvarlarining Sharq mamlakatlarida birinchilardan boʻlib intilganligini
koʻrsatardi.

A.Fitrat ham o‘zining “Munozara” asarida bu haqda fikr yuritib, aksariyat

mudarrislarning Turkiston ayollari tahsil olishi “behuda va ayollarning yaratilishidagi
hikmat tavolud va tanosul (tug’ish va nasl qoldirish)dir” degan fikriga farangining
unga qarshi fikr mulohazalarini keltiradi.[4] A.Fitrat kelajak avlodlarning ongsiz,
irodasiz, tarbiyasiz, nodon va johil bo‘lmasliklari uchun xotin-qizlar o‘qimishli,
sog‘liqni saqlash va bolalar tarbiyasidan xabardor bo‘lishlari kerakligini zarur deb
biladi.[5]

Xulosa qilib aytish mumkinki, Jadid ziyolilarining ijtimoiiy-siyosiy, madaniy-

ma’rifiy qarashlarida ta’lim jarayoniga, ayollar ta’limiga alohida e’tibor berganliklari
jadidchilik harakatining Turkistonni ravnaq ettirish yo‘lidagi, xalq ta’limi va
pedagogikasini rivojlantirishdagi intilishlarini yaqqol ko‘rsatib berdi. Bu qarashlar
jadid ziyolilarining quyidagi g‘oyalarining hayotga tadbiq etilishi bilan namoyon
bo‘ldi: oilada ayollarning o‘rnini belgilsh orqali ularning jamiyatdagi mavqeini
oshirish; xotinqizlar o‘qimishli, sog‘liqni saqlash va bolalar tarbiyasidan xabardor
bo‘lishlari kerakligini; ma’rifatli oilaning yosh avlodni ijtimoiy, axloqiy va mehnat
tarbiyasidagi o‘rnini ko‘rsatish va hokazo. Turkiston jadidlari ma’rifiy qarashlarida
yangi usul maktablari ochish, yoshlarga qisman diniy va dunyoviy bilimlar berish
bilan cheklanmadilar. Bu yo‘lda jadidlar xotin-qizlar masalasiga alohida e’tibor berib,
dunyoviy ishlarni bajarishda xotin-qizlar ham erkaklar qatorida teng bo‘ishlari
kerakligini ta’kidlaganlar.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Айний. С. Мусулмонлар хаёти Туркистон вилоятининг газетаси.

1906. 16-19 июл.

2.

Бехбудий М. Танланган асарлар. // Тўпловчи, сўзбоши ва изоҳлар:

Б.Қосимов 2-нашри, тузатилган ва тўлдирилган. -Т.:«Маънавият» 2002. –Б. 81-
82.

3.

Қосимов Б. Исмоилбек Гаспиринский – Тошкент: Мерос. 1996. –

Б.68


background image

284

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

4.

“Bukhara Inqilabi Tarikhi Uchun Materiallar” (Materials for the 206

TIMUR KOCAOGLU history of Bukharan revolution). In Asarlar, 1: 3–260.
Tashkent:

5.

Jadid mutafakkirlarining axloqiy qarashlari. –T.: O’zMU. 2007

Библиографические ссылки

Айний. С. Мусулмонлар хаёти Туркистон вилоятининг газетаси. 1906. 16-19 июл.

Бехбудий М. Танланган асарлар. // Тўпловчи, сўзбоши ва изоҳлар: Б.Қосимов 2-нашри, тузатилган ва тўлдирилган. -Т.:«Маънавият» 2002. –Б. 81-82.

Қосимов Б. Исмоилбек Гаспиринский – Тошкент: Мерос. 1996. –Б.68

“Bukhara Inqilabi Tarikhi Uchun Materiallar” (Materials for the 206 TIMUR KOCAOGLU history of Bukharan revolution). In Asarlar, 1: 3–260. Tashkent:

Jadid mutafakkirlarining axloqiy qarashlari. –T.: O’zMU. 2007