Авторы

  • Абдулла Алмурадов
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
  • Елдор Хуррамов
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.98357

Ключевые слова:

sof foyda ipoteka banki kapital korrelyatsiya koeffitsiyenti ekonometrik model eng kichik kvadratlar usuli aktivlar kreditlar

Аннотация

Maqolada Ipoteka bankining sof foydasiga ta’sir qiluvchi omillar: chiziqli regressiya va multikollinearlik tahlili amalga oshirilgan. Muhim ko‘rsatkich sifatida sof foydaga ta’sir qiluvchi boshqa ko‘rsatkichlari ta’sirlari korrelyatsiya koeefitsiyenti orqali tahlil qilingan shu bilan birga eng kichik kvadratlar usuli orqali ekonometrik modellashtirish amalga oshirilgan. Ekonometrik modellashtirish natijalari bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan.


background image

285

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

IPOTEKA BANKINING SOF FOYDASIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR:

CHIZIQLI REGRESSIYA VA MULTIKOLLINEARLIK TAHLILI

Almuradov Abdulla

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

almuradov.55@mail.ru

Xurramov Eldor

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

eldorxurramov24@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada Ipoteka bankining sof foydasiga ta’sir qiluvchi omillar:

chiziqli regressiya va multikollinearlik tahlili amalga oshirilgan. Muhim ko‘rsatkich
sifatida sof foydaga ta’sir qiluvchi

boshqa ko‘rsatkichlari ta’sirlari korrelyatsiya

koeefitsiyenti orqali tahlil qilingan shu bilan birga eng kichik kvadratlar usuli orqali
ekonometrik modellashtirish amalga oshirilgan. Ekonometrik modellashtirish
natijalari bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan.

Kalit so‘zlar:

sof foyda, ipoteka banki, kapital, korrelyatsiya koeffitsiyenti,

ekonometrik model, eng kichik kvadratlar usuli, aktivlar, kreditlar

FACTORS AFFECTING THE NET PROFIT OF A MORTGAGE BANK:

LINEAR REGRESSION AND MULTICOLLINEARITY

Almuradov Abdulla

Tashkent State University of Economics

Khurramov Eldor

Tashkent State University of Economics


Abstract:

The article analyzes the factors affecting the net profit of the

Mortgage Bank: linear regression and multicollinearity. The effects of other
indicators affecting net profit as an important indicator were analyzed using the
correlation coefficient, and econometric modeling was performed using the least
squares method. Conclusions and suggestions are given based on the results of
econometric modeling.

Keywords:

net profit, mortgage bank, capital, correlation coefficient,

econometric model, least squares method, assets, loans


background image

286

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ЧИСТУЮ ПРИБЫЛЬ ИПОТЕЧНОГО

БАНКА: ЛИНЕЙНАЯ РЕГРЕССИЯ И МУЛЬТИКОЛЛИНЕАРНЫЙ

АНАЛИЗ

Алмурадов Абдулла

Ташкентский государственный экономический университет

Хуррамов Элдор

Ташкентский государственный экономический университет


Аннотация:

В статье анализируются факторы, влияющие на чистую

прибыль Ипотека-банка: линейная регрессия и мультиколлинеарный анализ.
Влияние других показателей, влияющих на чистую прибыль как важный
показатель, анализировалось с помощью коэффициента корреляции, а
эконометрическое моделирование выполнялось с использованием метода
наименьших квадратов. Выводы и предложения сделаны на основе результатов
эконометрического моделирования.

Ключевые слова:

чистая прибыль, ипотечный банк, капитал,

коэффициент корреляции, эконометрическая модель, метод наименьших
квадратов, активы, кредиты


KIRISH
Tijorat banklarining maqsadi o‘z nomidan ma’lumki, maqsadi foyda olishga

qaratilgan tijoriy faoliyatni amalga oshirish va shu asosda maksimal samaradorlikka
erishishdir. So‘nggi yillarda O‘zbekiston bank tizimida olib borilayotgan islohotlar
natijasida tijorat banklarining faoliyati yana bir bosqichga ko‘tarildi. Ayniqsa,
banklarning moliyaviy barqarorligi ko‘p jihatdan ularning ichki moliyaviy
ko‘rsatkichlari, boshqaruv samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq. Banklarning sof
foydasi ularning moliyaviy holatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri
hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich bankning kredit siyosati, daromad va xarajatlar tuzilmasi,
aktivlar hajmi va sifatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Ipoteka banki O‘zbekistonning yetakchi tijorat banklaridan biri sifatida faoliyat

yuritib, aholiga va tadbirkorlarga turli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda.
Uning sof foydasining yildan yilga o‘zgarib turishi, turli omillarning ta’sirida yuz
bermoqda. Shuning uchun, sof foydaga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni aniqlash,
bankni kelgusida rivojlanish strategiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb
etadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI


background image

287

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Tadqiqotda muhim ko‘rsatkich sifatida Ipoteka bankining sof foydasiga ta’sir

qiluvchi boshqa ko‘rsatkichlari ta’sirlari korrelyatsiya koeefitsiyenti orqali tahlil
qilingan hamda eng kichik kvadratlar usuli orqali ekonometrik modellashtirish
amalga oshirilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR
Tahlilimizning dastlabki qismida ipoteka bank saytida keltirilgan moliyaviy

ko’rsatkichlaridan yaroqli bo‘lganlarini tanlab olamiz. Amalga oshiradigan
tahlilimizda natijaviy belgi sifatida Ipoteka bankining sof foyda ko‘rsatkichini
olamiz, mustaqil o’zgaruvchilar sifatida esa aktivlar, kreditlar, kapital, sof foizli
daromad, operatsion daromad ko’rsatkichlarini tanlab olamiz. Sof foyda
ko‘rsatkichning o‘zgarishiga boshqa omillarning ta’siri qanchalik darajada kuchli
yoki kuchsiz ekanligini aniqlash maqsadida korrelyatsion tahlilni amalga oshiramiz.
Korrelyatsiya ko‘effitsiyenti biror omilning boshqa bir omilning o‘zgarishiga
qanchalik darajada ta’sir ko‘rsatishini ifodalovchi muhim ko‘rsatkich hisoblanib, u -1
va 1 oralig‘ida o‘zgaradi. Agar ko‘rsatkich 0 va 1 oralig‘ida bo‘lsa, omil belgi
natijaviy belgi o‘zgarishiga to‘g‘ri, -1 va 0 oralig‘ida bo‘lsa, omil belgi natijaviy
belgi o‘zgarishiga teskari ta’sir ko‘rsatishini ifodalaydi. Korrelsiya koeffitsiyenti
qanchalik 1 yoki -1 yaqin bo‘lsa, bog‘liqliq shu darajada kuchli bo‘ladi

56

. Tahlillarni

davom ettirish uchun omillarni tanlashda korrelyatsiya koeffitsiyentining 0,7 dan
yuqori yoki -0,7 dan kichiklarini tanlab olishimiz zarur, chunki mazkur holda omillar
natijaviy belgiga kuchli ta’sir ko‘rsatayotganligini ifodalaydi. Omillar orasidan eng
kuchli bog‘liqlikka ega bo‘lganlarini ajratib 1-jadvalda tasvirlaymiz.

1-jadval: Ipoteka bankining sof foydasiga ta’sir etuvchi omillarning

korrelyatsiya matritsasi

56

Ulugbekovich, A. U. (2023). Solving Pension System Problems through Econometric Modeling. INTERNATIONAL

JOURNAL OF HEALTH SYSTEMS AND MEDICAL SCIENCES, 2(5), 36-39.

Ko’rsatkichlar Sof foyda

Aktivlar

Kreditlar

Kapital

Sof

foizli

daromad

Operatsion
daromad

Sof foyda

1

Aktivlar

0,887445237 1

Kreditlar

0,870116293 0,994779029 1

Kapital

0,793882588 0,933398938 0,939761815 1

Sof

foizli

daromad

0,931970225 0,79232874

0,739770355 0,678446153 1

Operatsion
daromad

0,912702377 0,760430997 0,703563378 0,641656938 0,99848262 1


background image

288

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL


Jadvaldan ko‘rinadiki, Sof foyda bilan eng kuchli korrelyatsiyaga sof foizli

daromad (0,9319) egadir. Undan keyin operatsion daromad (0,9127), Aktivlar
(0,8874), kreditlar(0.8701) va kapital(0.7938) bog‘langandir. Mazkur omillarning sof
foyda bilan bog‘liqlik darajasi kuchlidir. Mazkur omillarning barchasi sof foyda
natijalari o‘zgarishlariga to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.

Bundan tashqari jadvaldan shuni ko’rishimiz mumkunki mustaqil o‘zgaruvchilar

orasida multikollinearlik mavjud. Multikollinearlik bu umumiy natijaga birgalikda
ta’sir etuvchi omillar o`rtasidagi zich korrelyatsion bog`liqlikdir.

57

Multikollinearlikni

regressiya modelidan bir yoki bir necha chiziqli bog‘langan omillarni chiqarib
tashlash yoki boshlang‘ich omillarni yangi, yiriklashtirilgan omillarga aylantirish
yo‘li bilan bartaraf etish mumkin.

58

Tahlilimiz natijasida Korrelatsiya koeffitsiyentlari Aktivlar, Kreditlar, Kapital

va Operatsion daromad o‘zgaruvchilari o‘zaro yuqori darajada bog‘langanligi sababli
modeldan chiqaramiz. Multikollinearlikni kamaytirish maqsadida faqat Sof foizli
daromad asosiy omil sifatida qoldiramiz.

Tadqiqotning navbatdagi bosqichida Ipoteka bankining sof foydasiga ta’sir

qiluvchi ko’rsatkichlar omillar ta’sirining ekonometrik modellari eng kichik
kvadratlar usulini qo‘llash orqali quramiz hamda eng to‘g‘ri modelni tanlab olamiz.
Chiziqli funksiyaga qurilgan modelda tavsiflaymiz. Ya’ni umumiy holdagi formula
quyidagicha:

Bu yerda:
Y – natijaviy belgi;

– erkli o‘zgaruvchilar oldidagi koeffitsiyentlar;

– erkli o‘zgaruvchilar;

const – Y ning boshlang‘ich qiymati;
e – hisobga olinmagan qism.

2-jadval: Ipoteka bankining sof foizli daromadlar hajmi o’zgarishi sof foydasiga

ta’sirining regressiya tenglamasi

Omillar

Koeffitsiyent Standart xatolik t-statistika

P-qiymat

const

-108,3089863 140,0715955

-0,77324018 0,49595718

Sof foizli daromad

0,456771019

0,102585412

4,452592334 0,02108144

57

https://dictionary.tsue.uz/soz/MULTIKOLLINEARLIK

58

https://staff.tiiame.uz/storage/users/112/presentations/ncDiXejwXOeFr7UjMp9KVNCuLjjH2oNoK75hvZzU.pdf


background image

289

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Ko‘rsatkich

Qiymat

Kvadrat

chetlanishlar

yig‘indisi

37926,76713

Modelning standart xatoligi

112,4377859

Ko‘rsatkich

Qiymat

Ko’plikdagi R

0.931970225

R-kvadrat

0,868568501

Moslashgan R-kvadrat

0,824758001

F-statistika (1, 3)

19,8255785

P-qiymat (F)

0,021081443


Tuzilgan tenglamamiz asosida olib borilgan tahlil natijalari quyidagicha:
a)

Ko’plikdagi R (Korrelyatsiya koeffitsiyenti) = 0.93197 – bu sof foyda va

sof foizli daromad o‘rtasida juda kuchli bog‘liqlik mavjudligini bildiradi.

b)

R-kvadrat (determinatsiya koeffitsiyenti) = 0.8686 – bu sof foydadagi

o‘zgarishlarning 86.86 foizi sof foizli daromad orqali tushuntirilishini ko‘rsatadi.

c)

F-statistika = 19.83 va unga mos P-qiymat = 0.021 – bu modelning

induktiv tahliliga ko‘ra, yuqoridagi modelning statistik jihatdan ahamiyatliligi
ifodalovchi ko‘rsatkich (F-statistika) 0,05 dan kichik, shu sababli ham mazkur model
statistik jihatdan ahamiyatli hisoblanadi.

d)

Standart xatolik = 112.44 – bu model prognozining aniqligini bildiradi.

Modelning induktiv tahlili. Modelda Fisher-Snedekor F-kriteriysining qiymati

0,05 dan kichik, shuning uchun model statistik jihatdan ahamiyatli. Olingan mustaqil
o‘zgaruvchilar sof foizli daromadning statisik jihatdan ahamiyatliligi Styudentning t-
kriteriysi bo‘yicha tekshirilganda 0,05 dan kichikligi va statistik jihatdan
ahamiyatliligi tasdiqlandi. Demak mazkur model induktiv tahlil bo‘yicha qo‘llash
uchun yaroqli.

Modelning interpretatsion tahlili:

Tuzilgan tenglamaning determinatsiya koeffitsiyenti 0,8686 ga teng bo‘lib, hosil

qilingan model orqali Ipoteka banki sof foydasining 86,86 foizini tushuntirish
mumkin. Korrelyatsiya koeffitsiyentiga mos ravishda, modelning mustaqil
o‘zgaruvchilari to‘g‘ri bog‘lanishda.

XULOSA VA TAKLIFLAR


background image

290

Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Sof foizli daromadning 1 birlikka o‘sishi, o‘rtacha hisobda sof foydani 0.4567

birlikka oshirishga olib keladi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, quyidagilarni xulosa sifatida ta’kidlash o‘rinli:
Ipoteka bankining sof foydasiga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida sof

foizli daromad aniqlangan. Bu esa bankning aktivlaridan qanday foydalanayotganligi
va kredit siyosati bilan bog‘liq holda daromad olish strategiyasining muhimligini
tasdiqlaydi. Modeldagi determinatsiya koeffitsiyenti (R² = 0.8686) yuqori bo‘lishi,
real holatni ijobiy aks ettirishini ko‘rsatdi. Multikollinearlik bank faoliyatini
kompleks tahlil qilishda muhim omil hisoblanadi, shuning uchun omillar orasidagi
bog‘liqliklar doimiy nazorat qilib borilishi zarurligi aniqlandi.

Korrelyatsiya koeffitsiyenti natijalaridan ko‘rinadiki sof foizli daromadni

oshirish bankning sof foydasini barqaror oshirish uchun, uning asosiy manbai bo‘lgan
sof foizli daromadni ko‘paytirishga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqilishi lozim. Bu
kredit portfelini diversifikatsiya qilish, kredit foiz stavkalarini optimallashtirish va
kreditni qaytarish intizomini kuchaytirishni o‘z ichiga oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Ulugbekovich, A. U. (2023). Solving Pension System Problems through

Econometric Modeling. INTERNATIONAL JOURNAL OF HEALTH SYSTEMS
AND MEDICAL SCIENCES, 2(5), 36-39.

2.

https://dictionary.tsue.uz/soz/MULTIKOLLINEARLIK

3.

https://staff.tiiame.uz/storage/users/112/presentations/ncDiXejwXOeFr7

UjMp9KVNCuLjjH2oNoK75hvZzU.pdf

Библиографические ссылки

Ulugbekovich, A. U. (2023). Solving Pension System Problems through Econometric Modeling. INTERNATIONAL JOURNAL OF HEALTH SYSTEMS AND MEDICAL SCIENCES, 2(5), 36-39.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)