300
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
KORPORATIV BOSHQARUVNING TAMOYILLARI VA USULLARINI
JORIY ETISHINING XUSUSIYATLARI
Kamaldinova Sayyora Jamaldinovna
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Biznes Va
Tadbirkorlik Oliy Maktabi
Loyiha boshqaruvi yo'nalishi 2 kurs magistranti
Annotatsiya:
Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv
usullarini keng joriy etish, ularning faoliyati samaradorligini oshirishda soha
mutaxassislarining malaka va mahoratini yuksaltirish, bu borada xalqaro amaliyotni
o‘rganish va tatbiq etish, o‘zaro tajriba almashish, professional boshqaruvchilarni
tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘zlar:
korporatsiya, menejment, korporativ muhit, korporatsiya
subyektlari, korporatsiya tamoyillari, boshqaruv, korporativ aloqalar.
Аннотация:
В акционерных обществах важное значение имеет широкое
внедрение современных методов корпоративного управления, повышение
квалификации и профессионализма специалистов отрасли с целью повышения
эффективности их деятельности, изучение и применение международного
опыта, обмен опытом и подготовка профессиональных менеджеров.
Ключевые слова
: корпорация, менеджмент, корпоративная среда, субъекты
корпорации, принципы корпорации, управление, корпоративные связи.
Abstract:
In joint-stock companies, the wide implementation of modern
corporate governance methods, improving the qualifications and skills of industry
specialists to enhance operational efficiency, studying and applying international
practices, exchanging experiences, and training professional managers are of great
importance.
Key words
: corporation, management, corporate environment, corporate
entities, corporate principles, governance, corporate relations.
Korporativ boshqaruv – bu biznesning tashkiliy-huquqiy rasmiylashtirilishini,
tashkiliy strukturalarning optimallashuvini boshqarish, qabul qilingan maqsadlarga
muvofiq kompaniyada ichki va tashqi firma munosabatlarini tashkil qilishdir.
Korporativ boshqaruvni uning xususiyatlari boshqaruv ob’yekti sifatida
korporatsiyaning o’ziga xosliklari bilan izohlanadigan alohida bir turga ajratib,
aksiyadorlar manfaatlarining ustuvorligi hamda ularning korporatsiyani rivojlantirish
301
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
va boshqarishdagi roliga asoslangan, aksiyadorlarning o’zaro aloqa qilishini ko’zda
tutadigan (korporativ kommunikastiyalar) mulkchilik huquqining amalga oshirilishini
hisobga oladigan, butun korporatsiyani rivojlantirish strategiyasiga asoslangan va
nihoyat, korporativ madaniyatni, ya’ni xulq – atvor tamoyillari, umumiy an’analar
kompleksini vujudga keltiradigan boshqaruv sifatida tavsiflash mumkin.
Korporativ boshqaruv asosiy tip bo’lib ajralib turadi, boshqarish ob’yekti
sifatida u o’z xususiyatlariga ega hisoblanib, boshqaruv aksiyadorlarning foydasini
ko’zlagan holda amalga oshiriladi va korporatsiyalarning rivojlanishini ta’minlash,
aksiyadorlarning huquqlarini hisobga olish, korporatsiya strategiyasiga asoslangan
holda aksiyadorlarning o’zaro munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi.
Bunday boshqaruv natijasida korporativ madaniyati vujudga keladi va tartib
qoidalarning tamoyillari, urf-odatlari va ularni olib borish tartiblar kompleksi
shakllanadi.[1]
Korporativ boshqaruv tizimi - korporatsiya o’z aksiyadorlari manfaatlarini
ifodalashi va himoya qilishi lozim bo’lgan tashkiliy modelni ifodalaydi. Bu
aksiyadorlar, direktorlar kengashi, menejerlar va boshqa manfaatdor tomonlarning
(xodimlar, kreditorlar, mahalliy hukumat, jamoat tashkilotlari) o’zaro aloqa tizimi
bo’lib, undan maqsad amaldagi qonunchilikka rioya qilib, xalqaro andozalarga
muvofiq foydani oshirish hisoblanadi.
Korporatsiyalar o’z navbatida, davlat oldida korxonalarning masalan, yagona
soliq to’lovchi vakolotxonalari sifatida ishtirok etishi mumkin. Har qanday korporativ
birlashma faoliyat ko’rsatish maqsadiga ega bo’ladi va ushbu maqsadga erishishda
boshqarishni bosqichma-bosqich amalga oshiradi. Bu quyidagi rasmda kurib
o’tiladi.[2]
Korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Adolatlilik – boshqaruv qoidalari adolatli bo’lib, halol raqobatchilik sharoitida
kompaniyaga muvaffaqiyatli harakat qilishga imkoniyat berishi va shu bilan birga
barcha qatnashchilar, shu jumladan minoritar aksiyadorlarning ham huquqlarini
ta’minlash lozim.
Ravshanlilik – kompaniyaga aloqador barcha muhim axborotlar, shu jumladan
mulkchilik shakli, moliyaviy holati, faoliyat natijalari o’z vaqtida va aniq oshkora
qilinishini kerak.
Hissadorlik – barcha boshqaruv organlarining vazifalari va vakolatlarini aniq
ajratib berishni, Ijroiya organining Kuzatuv kengashi va aksiyadorlarga hisob berish
majburiyatini yuklaydi.
302
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Javobgarlik – aksiyadorlar va boshqa manfaatdor shaxslar oldida ma’muriyat
hamda kompaniya faoliyatiga bog’liq qarorlarni qabul qiluvchi shaxslarning
javobgarligi.[3]
Aksiyadorlik
jamiyatining
boshqaruv
tizimi
korporativ
boshqaruv
tamoyillarining amalga oshishini ta’minlashi zarur.
O’zbekiston Respublikasida mulkchilikning aksiyadorlik shakli aksiyadorlar
uchun o’zini o’zi qoplaydigan va investorlar uchun foydali bo’libgina qolmasdan,
balki xo’jalik yuritishning bunday shakli mulkchilikning boshqa shakllariga (davlatga
tegishli, qo’shma, xususiy) nisbatan samarali ekanini yaqqol ko’rsatuvchi namuna
vazifasini ham bajaradi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi quyidagi shakllarda
tijorat tashkilotlarini tashkil qilish imkoniyatini nazarda tutadi:
-
ochiq aksiyadorlik jamiyati va yopiq aksiyadorlik jamiyati;
-
mas’uliyati cheklangan jamiyat va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat;
-
to’liq shirkat va kommandit shirkat;
-
ishlab chiqarish kooperativi;
-
- xususiy korxona;
-
unitar korxona
Tomonlar manfaatlari bir-biriga to’g’ri kelmasligi va sezilarli darajada
farqlanishi mumkin. Qanday qilib, qaysi usullar yordamida menejerlarning
hokimiyatini cheklash va aksiyadorlarning manfaatini himoya qilish mumkin? Shu
bilan birga, menejerlarni bo’g’ib tashlamaslik, ularning tashqi sharoit o’zgarishlariga
befarq bo’lmasligiga qanday qilib erishish mumkin? Aynan shu masalalar faqat
korporativ boshqaruv tomonidan hal qilinishi mumkindir.[4]
Boshqa shakldagi tijorat tashkilotlariga nisbatan ochiq aksiyadorlik jamiyatining
afzalliklari:
- soni minglab shaxslargacha chiqishi mumkin bo’lgan qatnashchilarning son
tarkibiga hech qanday cheklanishlarning yo’qligi;
- fond bozori orqali katta hajmdagi investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati;
- jamiyat majburiyatlari bo’yicha aksiyadorlarning javobgarligi faqat ustav
kapitalidagi ulushi miqdorida cheklanganligi. Aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari
bo’yicha javob bermaydi. Ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining tavakkalchiligi
ko’p sonli aksiyadorlar o’rtasida taqsimlanadi;
- aksiyalar erkin oldi-sotdi predmeti bo’lib, ularga egalikning o’zgarishi
aksiyadorlik kapitali va aksiyadorlarga nisbatan huquq hamda majburiyatlarning
o’zgarishiga olib kelmaydi;
303
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
- yirik kompaniyaning ustunligidan foydalanish (murakkab, ilm – fan yutuqlarini
ishlatishni talab qiluvchi mahsulotlarni ishlab - chiqarish imkoniyati, o’zlik va qarz
sarmoyani jalb qilish orqali ishlab chiqarishni diversifikasiya qilish imkoniyatlari va
hokazo). Ochiq aksiyadorlik jamiyati kamchiliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- aksiyadorlik jamiyatini tuzishda tashkiliy qiyinchiliklar (ko’plab hujjatlarni
tayyorlash, ularni ko’pchilik idoralardan o’tkazish va h.k.);
- davlat tomonidan qattiq nazorat qilinishi va huquqiy tartibga solinishi;
- bevosita aksiyadorlik jamiyatiga va uning aksiyadorlariga yuklanuvchi sezilarli
soliq yuki;
- ochiq aksiyadorlik jamiyati
s
ifatida axborotlarning nisbatan chuqur oshkora
qilish majburiyati natijasida faoliyatning tijorat sirlari oshkora bo’lishi, hisob yuritish
va hisobot tayyorlashda talablarning yuqoriroq bo’lishi;
- odatda, boshqa shaxslar guruhlarining manfaatlariga zid bo’lgan va ochiq
aksiyadorlik jamiyati faoliyatida xususiy manfaatlarga ega bo’lishi mumkin bo’lgan
turli shaxslar guruhlarining mavjud bo’lishi hamda yollanma menejerlarga ularga
qarashli bo’lmagan mulkni boshqarish bo’yicha vakolatlarning berilishi.[5]
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Қурбонов Х.А. Корпоративные финансы Т.: «Консаудитинформ».
2007 г. 6 с.
2.
Ларина Л.С., Сергеев СВ. Управление финансами коммерческого
банка (Текст): учебный минимум / Л.С. Ларина, СВ. Сергеев. - М.: ИД
«Юриспруденция», 2008. – 32
3.
Сщапкин А.С. Экономические и финансовые риски: Оценка,
управление, портфел инвестиций.- М.: «Дашков и Ко», 2008 г.
4.
M.B.Xamidulin. Korporativ strategiyalarni moliyalashtirish usullari va
mexanizmlari. Korxonani boshqarish jurnali. 2007 y. №5-6. 4b
5.
Shernayev
A.A,
Qalandarov
Z.I.
Sog'liqni
saqlash
tizimini
moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning rolini oshirish masalalari «Интернаука»:
научный журнал - №2 20(196). Часть 7. Москва, изд. «Интернаука», 2021. - с.
58-60
